{"id":34123,"date":"2024-02-28T08:56:08","date_gmt":"2024-02-28T03:56:08","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=34123"},"modified":"2024-02-27T16:59:22","modified_gmt":"2024-02-27T11:59:22","slug":"at-tarixul-kabirda-nomlari-kelgan-samarqandlik-hadis-roviylari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cAT-TARIXUL KABIR\u201dDA NOMLARI KELGAN SAMARQANDLIK HADIS ROVIYLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, Imom Buxoriyning \u201cAt-Ta\u02bcrixul kabir\u201d asari hadis roviylari haqidagi ayrim ma\u02bclumotlarni ham qamrab olgan biografik manbadir. Imom Buxoriy unga o\u02bbzi tanigan-bilgan barcha roviylar haqidagi ma\u02bclumotlarni kiritgan. Bular orasida Samarqandiy nisbasi bilan kelgan uch nafar roviy ham bor. Ular Ibrohim ibn Shammos Abu Is\u02bchoq Samarqandiy, Is\u02bchoq ibn Ibrohim Abu Ali Samarqandiy va Ahmad ibn Ayyub Samarqandiydir. Alloh taolo ularni o\u02bbz rahmatiga olsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur roviylarning har biri, Imom Buxoriy va boshqa muhaddislar ta\u02bcbiri bilan aytganda, hadis sohasida ishonchli shaxslar bo\u02bblgan. Ushbu maqolada ulardan Ibrohim ibn Shammos Abu Is\u02bchoq Samarqandiy rahimahulloh hayoti va ilmiy faoliyati haqida so\u02bbz yuritiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy: \u201cIbrohim ibn Shammos Abu Is\u02bchoq Samarqandiy. U Ibn Muborakdan uning: \u201cImon \u2013 so\u02bbz va amaldir\u201d, deganini eshitgan. No\u02bbmon haqida sukut saqlagan\u201d, deb yozadi. Shuningdek, \u201cUning shunday deb aytganini men ham eshitganman\u201d, deb qo\u02bbshimcha qiladi<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Shaxsiy hayoti<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibrohim ibn Shammos Samarqandiyning tavallud sanasi ma\u02bclum emas. Manbalardan ma\u02bclum bo\u02bblishicha, uning Mushtamil va Atiq ismli ikki o\u02bbg\u02bbli, Mushtamil o\u02bbg\u02bblidan Muhammad ismli nabirasi bo\u02bblgan. Masalan, Abdulkarim Sam\u02bconiy Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad ibn Atiq Samarqandiy Shuxnokiy haqida so\u02bbz yuritar ekan, u Muhammad ibn Mushtamil ibn Ibrohim ibn Shammos Samarqandiydan hadis rivoyat qilganini aytadi<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>. Xuzondiy nisbasidagi olimlar haqida so\u02bbz yuritish asnosida, u Samarqanddan bir yarim farsax<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a> uzoqlikda joylashgan qishloq bo\u02bblib, Salamaning otasi Ahmad ibn Muhammad Mitvaiy Xuzondiy Dehqon o\u02bbsha yerlik ekanini yozadi. So\u02bbng u Ibrohim ibn Shammos Samarqandiyning ikki o\u02bbg\u02bbli \u2013 Atiq va Mushtamildan hadis rivoyat qilganini ta\u02bckidlaydi<a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>. Yoqut Hamaviy ham Ahmad ibn Muhammad Mitvaiy Xuzondiy haqida so\u02bbz yuritayotib Ibrohim ibn Shammos Samarqandiyning Atiq ismli o\u02bbg\u02bblidan hadis rivoyat qilganini yozgan<a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xatib Bag\u02bbdodiyning yozishicha, Ibrohim ibn Shammos Samarqandiy boshi va gavdasi katta, badani etli, soch-soqoli qizil odam bo\u02bblgan. U bilan hamsuhbat bo\u02bblish maroqli kechgan. Podshohlar qabuliga kirib turgan. Ko\u02bbplab g\u02bbazotlarda ishtirok etgan. Shijoatli va chavandoz kishi bo\u02bblgan. U 221\/836-yili Muharram oyining dushanba kuni vafot etgan va chorshanba kuni dafn qilingan<a href=\"#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Ilmiy faoliyati<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ustozlari:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xatib Bag\u02bbdodiy uning ustozlari haqida quyidagilarni yozgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cIbrohim ibn Shammos Abu Is\u02bchoq Samarqandiy. Bag\u02bbdodga kelgan. U yerda Ismoil ibn Ayyosh, Muslim ibn Xolid Zanjiy, Fuzayl ibn Iyoz, Abu Is\u02bchoq Fazoriy, Abdulloh ibn Muborak, Sufyon ibn Uyayna, Baqiya ibn Valid va Vaki\u02bc ibn Jarrohdan hadis rivoyat qilgan<a href=\"#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hofiz Mizziy yozishicha<a href=\"#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>, Ibrohim ibn Shammos G\u02bboziy Abu Is\u02bchoq Samarqandiy Bag\u02bbdodga kelib, bir muddat shu yerda yashagan. U Xatib Bag\u02bbdodiy sanab o\u02bbtgan olimlardan tashqari yana Jarir ibn Abdulhamid, Hafs ibn Humayd, Hafs ibn Mafsara San\u02bconiy, Abu Muoviya Abdulloh ibn Ubayd ibn Abbod Basriy, Usmon ibn Hisn ibn Abida ibn Alloq Damashqiy, Fazl ibn Muso Siynoniy, Mus\u02bcab ibn Mohon va Abu Bakr ibn Ayyoshdan ham hadis rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shogirdlari:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibrohim ibn Shammosdan Ahmad ibn Hanbal, Dovud ibn Rushayd, Abu Xaysama Zuhayr ibn Harb, Muhammad ibn Abu Attob A\u02bcyan, Abbos ibn Muhammad Duriy, Ahmad ibn Muloib va Ahmad ibn Ali Barbahoriy hadis rivoyat qilgan\u201d<a href=\"#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>. Hofiz Mizziy uning shogirdlari safiga quyidagi ismlarni ham kiritgan: Ibrohim ibn Said Javhariy, Ibrohim ibn Abdulloh ibn Junayd Xataliy, Xolid ibn Yazid Roziy, Abu Badr ibn Abbod ibn Valid G\u02bbabriy, Abdulloh ibn Muhammad ibn Savra Balxiy, Abu Zur\u02bca Ubaydulloh ibn Abdulkarim Roziy, Usmon ibn Xurzod Antokiy, Ali ibn Hasan ibn Abu Maryam, Ali ibn Iso Marvaziy, Muhammad ibn Idris Buxoriy Mitvaiy, Muhammad ibn Husayn Burjaloniy, Abu Bakr Muhammad ibn Abu Attob A\u02bcyan va Abu Sariy Nasr ibn Mug\u02bbira Buxoriy<a href=\"#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Ibrohim ibn Shammos Samarqandiyning ba\u02bczi rivoyatlari<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U Baqiya ibn Validdan, u Hakam ibn Abdullohdan, u Zuhriydan, u Said ibn Musayyibdan, u Oisha roziyallohu anhodan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: <strong><em>\u201cIlmim ziyoda bo\u02bblmaydigan kunimga Alloh baraka bermasin\u201d<\/em><\/strong>, degan hadislarini rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U Ismoil ibn Ayyoshdan, u Abdurahmon ibn Ziyod ibn An\u02bcamdan, u Salomon ibn Omirdan, u Muslim ibn Yasordan, u Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilib, Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamning <strong><em>\u201cSulaymonga qanday mulk berilganidan xabaringiz bor. Ana shu mulk uning Alloh taolodan qo\u02bbrquvini ziyoda qilgan, xolos. U Rabbidan qo\u02bbrqqanidan osmonga tikilib qaramagan\u201d,<\/em><\/strong> degan hadislarini aytib bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibrohim ibn Shammos Fuzayl ibn Iyozdan, u Lays ibn Mujohiddan rivoyat qilib, mana bu xabarni aytib bergan: \u201cDo\u02bbzax ahlini qichima egallab oladi. Ular ko\u02bbp qashinganlaridan suyaklari ko\u02bbrinib qoladi. Shunda: \u201cEy falonchi! Ey falonchi! Ey falonchi! Bu sizlarga azob berayaptimi?\u201d degan nido bo\u02bbladi. Ular: \u201cHa\u201d, deydi. \u201cBu \u2013 mo\u02bbminlarga ozor berganingiz uchundir\u201d, deb aytiladi\u201d<a href=\"#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Sariy Nasr ibn Mug\u02bbira Buxoriy bunday degan: \u201cMen Ibrohim ibn Shammosning: \u201cMen odamlarning eng faqihini ham, eng taqvolisini ham, eng ko\u02bbp hadis yod olganini ham ko\u02bbrdim. Odamlarning eng faqihi \u2013 Ibn Muborak, eng taqvolisi \u2013 Fuzayl ibn Iyoz va eng ko\u02bbp hadis yod olgani \u2013 Vaki\u02bc ibn Jarrohdir\u201d,\u00a0 deb aytayotganini eshitdim\u201d<a href=\"#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dovud ibn Rushayd Ibrohim ibn Shammos Samarqandiyning bunday deb aytganini naql qilgan: \u201cAgar orzu qilganimda, Ibn Muborakning aqli va taqvosini, Fuzaylning zuhdi va halimligini, Vaki\u02bcning ibodati va hifzini, Iso ibn Yunusning xushusini, Husayn Jo\u02bbfiyning sabrini orzu qilgan bo\u02bblar edim\u201d<a href=\"#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Ibrohim ibn Shammos Samarqandiy haqida ulamolar fikri<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ahmad ibn Muhammad Marvaziy hikoya qiladi: \u201cAbu Abdulloh, ya\u02bcni Ahmad ibn Hanbal menga bunday dedi: \u201cZindondaligimda Ibrohim ibn Shammos oldimga kirdi va mendan bir hadis haqida so\u02bbradi. Men unga bir narsalarni aytib, bahona qildim. Shunda Ibrohim: \u201cAxir Vaki\u02bcning huzurida biz uchun ham hadis yodlamasmiding?!\u201d dedi\u201d<a href=\"#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hasan Doraqutniy: \u201cIbrohim ibn Shammos \u2013 Samarqandiy bo\u02bblib, siqa (ishonchli, adolati va zehni yuqori darajada bo\u02bblgan roviy)dir\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Bakr Asram bunday deydi: \u201cMen Abu Abdulloh, ya\u02bcni Ahmad ibn Hanbalning Ibrohim ibn Shammos Samarqandiyni tilga olib, u haqda yaxshi gaplar gapirayotgani va mana bu xabarni aytib berganini eshitdim: \u201cDo\u02bbstlarimizdan ba\u02bczilari menga yozishicha, u (Ibrohim ibn Shammos Samarqandiy) yuz ming dirhamni meros qoldirib, unga turklardan asir tushganlarini sotib olishni vasiyat qilibdi. Ular ikki yuz yoki shunga yaqin qulni sotib olishibdi\u201d <a href=\"#_ftn15\" name=\"_ftnref15\">[15]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ahmad ibn Yasor ibn Ayyub bunday degan: \u201cIbrohim ibn Shammos Abu Is\u02bchoq sunnat va jamoat ahlidan bo\u02bblgan. U ilmlarni yozib olgan, ulamolar suhbatida bo\u02bblgan. U Abu Is\u02bchoq Fazoriy, Marvon ibn Muoviya, Abu Bakr ibn Ayyosh, Ibn Muborak, Vaki\u02bc va boshqalardan hadis rivoyat qilgan. Is\u02bchoq ibn Ibrohim, ya\u02bcni Ibn Rohavayh uni nihoyatda qadrlar, bizni undan hadis yozib olishga qiziqtirar edi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Said Idrisiy: \u201cIbrohim ibn Shammos G\u02bboziy Samarqandiy. Kunyasi \u2013 Abu Is\u02bchoq. Jasoratli, qo\u02bbrqmas, yakkama-yakka jangga chiquvchi, olim, fozil, ilmiga amal qiluvchi, hadis rivoyat qilishda ishonchli va mustahkam, ahli sunnaning tarafida turuvchi, ko\u02bbp g\u02bbazotlarda qatnashuvchi\u00a0 kishi bo\u02bblgan\u201d<a href=\"#_ftn16\" name=\"_ftnref16\">[16]<\/a>, deb yozadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa o\u02bbrnida aytish mumkinki, Samarqand zamini chindan ham buyuk ulamolar beshigidir. Jumladan, Ibrohim ibn Shammos Samarqandiy ham shu zaminda tug\u02bbilib, voyaga yetgan. Keyinchalik Ibn Muborakning ortidan Marvga ketgan. Shuningdek, ma\u02bclum muddat Bag\u02bbdodda ham istiqomat qilgan.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Imom Buxoriy. At-Ta\u02bcrixul kabir, Muhammad ibn Solih Dabbosiy tahqiqi bilan. \u2013 Ar-Riyoz: An-Noshirul mutamayyiz. 2019. \u2013 J. 1. \u2013 B. 707. 939-xabar.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> Abdulkarim Sam\u02bconiy. Al-Ansob. Abdurahmon ibn Yahyo Muallimiy Yamoniy va boshqalar tahqiqi, \u2013Haydarobod: Majlisu doiratil maorifil usmoniya, 1-nashr. 1926. \u2013 J. 8. \u2013 B. 172.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> 1 farsax 5760 metr masofaga teng.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> O\u02bbsha manba, \u2013 J. 5. \u2013 B. 65-66.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a> Yoqut Hamaviy. Mo\u02bbjamul buldon. \u2013 Bayrut: Doru Sodir, 1995. \u2013 J. 2. \u2013 B. 349.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a> Xatib Bag\u02bbdodiy. Tarixu Bag\u02bbdod, Doktor Bashshor Avvod Ma\u02bcruf tahiqi. \u2013 Bayrut: Dorul g\u02bbarbil islomiy, 2002. \u2013 J. 7. \u2013 B. 5.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a> O\u02bbsha asar. \u2013 J. 7. \u2013 B. 8.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a> Hofiz Abu Hajjoj Jamoliddin Mizziy. Tahzibul kamol fi asmoir rijol, Bashshor Avvod Ma\u02bcruf tahqiqi bilan. \u2013 Bayrut: Muassasatur risola, 1980. \u2013 J. 2. \u2013 B. 105.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a> Tarixu Bag\u02bbdod. \u2013 J. 7. \u2013 B. 5.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a> Tahzibul kamol fi asmoir rijol. \u2013 J. 2. \u2013 B. 105.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a> Abu Bakr Xaroitiy. Al-Muntaqo min makorimil axloq va maoliyha va mahmudu taroifiha. \u2013 Damashq-Suriya: Dorul fikr, 1986. \u2013 B.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a> Muhammad Xalaf Saloma. Taqribu kitabiz zuhd li Ibn Muborak. \u2013 B. 18.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a> Tahzibul kamol fi asmoir rijol.\u00a0 \u2013 J. 30. \u2013 B. 482.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref14\" name=\"_ftn14\">[14]<\/a> Tarixu Bag\u02bbdod. \u2013 J. 7. \u2013 B. 7.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref15\" name=\"_ftn15\">[15]<\/a> O\u02bbsha asar. \u2013 J. 7. \u2013 B. 8.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref16\" name=\"_ftn16\">[16]<\/a> O\u02bbsha asar. \u2013 J. 7. \u2013 B. 8.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">ALOUDDIN NEMATOV<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ma\u02bclumki, Imom Buxoriyning \u201cAt-Ta\u02bcrixul kabir\u201d asari hadis roviylari haqidagi ayrim ma\u02bclumotlarni ham qamrab olgan biografik manbadir. Imom Buxoriy unga o\u02bbzi tanigan-bilgan barcha roviylar haqidagi ma\u02bclumotlarni kiritgan. Bular orasida Samarqandiy nisbasi bilan kelgan uch nafar roviy ham bor. Ular Ibrohim ibn Shammos Abu Is\u02bchoq Samarqandiy, Is\u02bchoq ibn Ibrohim Abu Ali Samarqandiy va Ahmad ibn Ayyub Samarqandiydir. &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":34124,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cAT-TARIXUL KABIR\u201dDA NOMLARI KELGAN SAMARQANDLIK HADIS ROVIYLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u201cAT-TARIXUL KABIR\u201dDA NOMLARI KELGAN SAMARQANDLIK HADIS ROVIYLARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cAT-TARIXUL KABIR\u201dDA NOMLARI KELGAN SAMARQANDLIK HADIS ROVIYLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u201cAT-TARIXUL KABIR\u201dDA NOMLARI KELGAN SAMARQANDLIK HADIS ROVIYLARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-02-28T03:56:08+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-02-27T11:59:22+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/tarix-kabir.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"371\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&lang=oz\",\"name\":\"\u201cAT-TARIXUL KABIR\u201dDA NOMLARI KELGAN SAMARQANDLIK HADIS ROVIYLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/tarix-kabir.jpg\",\"datePublished\":\"2024-02-28T03:56:08+00:00\",\"dateModified\":\"2024-02-27T11:59:22+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u201cAT-TARIXUL KABIR\u201dDA NOMLARI KELGAN SAMARQANDLIK HADIS ROVIYLARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/tarix-kabir.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/tarix-kabir.jpg\",\"width\":660,\"height\":371},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cAT-TARIXUL KABIR\u201dDA NOMLARI KELGAN SAMARQANDLIK HADIS ROVIYLARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cAT-TARIXUL KABIR\u201dDA NOMLARI KELGAN SAMARQANDLIK HADIS ROVIYLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u201cAT-TARIXUL KABIR\u201dDA NOMLARI KELGAN SAMARQANDLIK HADIS ROVIYLARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cAT-TARIXUL KABIR\u201dDA NOMLARI KELGAN SAMARQANDLIK HADIS ROVIYLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u201cAT-TARIXUL KABIR\u201dDA NOMLARI KELGAN SAMARQANDLIK HADIS ROVIYLARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-02-28T03:56:08+00:00","article_modified_time":"2024-02-27T11:59:22+00:00","og_image":[{"width":660,"height":371,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/tarix-kabir.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&lang=oz","name":"\u201cAT-TARIXUL KABIR\u201dDA NOMLARI KELGAN SAMARQANDLIK HADIS ROVIYLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/tarix-kabir.jpg","datePublished":"2024-02-28T03:56:08+00:00","dateModified":"2024-02-27T11:59:22+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u201cAT-TARIXUL KABIR\u201dDA NOMLARI KELGAN SAMARQANDLIK HADIS ROVIYLARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/tarix-kabir.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/tarix-kabir.jpg","width":660,"height":371},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34123&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cAT-TARIXUL KABIR\u201dDA NOMLARI KELGAN SAMARQANDLIK HADIS ROVIYLARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34123"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=34123"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34123\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34125,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34123\/revisions\/34125"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/34124"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=34123"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=34123"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=34123"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}