{"id":34004,"date":"2024-02-09T09:21:46","date_gmt":"2024-02-09T04:21:46","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=34004"},"modified":"2024-02-09T09:21:46","modified_gmt":"2024-02-09T04:21:46","slug":"alisher-navoiy-ezgulik-kuychisi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&lang=oz","title":{"rendered":"ALISHER NAVOIY \u2013 EZGULIK KUYCHISI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nizomiddin Mir Alisher Navoiy &#8211; buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tavallud topgan. Otasi G\u02bbiyosiddin Muhammad (uni G\u02bbiyosiddin Kichkina deb ham atashgan) saroyning nufuzli amaldorlaridan, onasi (ismi ma\u02bclum emas) Kobul amirzodalaridan Shayx Abu Said Changning qizi bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alisher Navoiyning bolaligi temuriy hukmdor Shohruh Mirzo (1377-1447) hukmronligining so\u02bbnggi yillariga to\u02bbg\u02bbri keladi. U temuriyzoda shahzoda Husayn Boyqaro (1438-1506) bilan birga voyaga yetadi. 4 yoshida maktabga borib, tez fursatda savod chiqaradi. Turkiy va forsiyda bitilgan she\u02bcrlarni o\u02bbqib, yod oladi. O\u02bbzbek tili bilan bir qatorda forsiy tilni ham mukammal egallaydi. Alisherning tog\u02bbalari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G\u02bbaribiylar ham shoir bo\u02bblishgan. Bo\u02bblajak shoir ana shunday muhitda tarbiya topadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hirotda u mashhur shoiru fozillardan tahsil olib, she\u02bcrlar mashq qila boshlaydi. Sa\u02bcdiy Sheroziyning \u201cGuliston\u201d, \u201cBo\u02bbston\u201d asarlarini o\u02bbqib, Farididdin Attorning \u00abMantiq ut-tayr\u00bb dostonini yod oladi. Ushbu falsafiy doston bilan tanishuv yosh Alisherning dunyoqarashida o\u02bbziga xos burilish yasaydi. U kelajakda\u00a0 \u201cMantiq ut-tayr\u201d singari jiddiy asar yaratishni ko\u02bbngliga tugadi va vaqtlar o\u02bbtib tasavvufga oid \u201cLison ut-tayr\u201d dostonini yaratadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zamondosh tarixchi G\u02bbiyosiddin Xondamir (1473-76-1534)ning ma\u02bclum qilishicha,\u00a0 bir kuni Mavlono Lutfiy (1367-1465) o\u02bbspirin Alisherdan bir g\u02bbazal o\u02bbqib berishini so\u02bbraydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yosh Alisher matla\u02bci quyidagicha bo\u02bblgan g\u02bbazalni o\u02bbqib beradi:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Orazin yopqach, ko\u02bbzumdin sochilur har lahza yosh,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Bo\u02bbylakim, paydo bo\u02bblur yulduz, nihon bo\u02bblg\u02bbach quyosh.<\/em><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunda Mavlono Lutfiy: \u201cImkoni bo\u02bblganida edi, o\u02bbzimning turkiy va forsiydagi 10-12 ming baytimni shu birgina g\u02bbazalga almashtirgan va ushbu ayirboshlash natijasini o\u02bbzim uchun katta muvaffaqiyat hisoblagan bo\u02bblardim\u201d<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>,- deya shoir iste\u02bcdodini yuksak baholaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alisher bolalik chog\u02bblaridan umrining oxirigacha vaqtining ko\u02bbp qismini ilm egallash va kamolotga erishishga sarflagan. \u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U dastlab Mashhad, so\u02bbngra Samarqand madrasalarida tahsil olish bilan birga \u201cNavoiy\u201d taxallusi bilan turkiyda, \u00a0\u201cFoniy\u201d taxallusi bilan forsiyda ijod qilib, \u201czullisonayn\u201d (ikki tilda ijod qiluvchi) shoir sifatida taniladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alisher Navoiyning Samarqandda yaratilgan \u201cA\u02bcloyi Shoshiy va to\u02bbn tikuvchi hunarmand\u201d, Bobur haqidagi muammolari, \u201cHoloti Sayyid Hasan Ardasher\u201d kabi asarlari, bir necha g\u02bbazallari\u00a0 safar avvalida Hirotda yozilgan ijod namunalaridan o\u02bbzining yetukligi bilan katta farq qiladi. Demak, Samarqand haqiqatdan ham Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyatida muhim sifatiy o\u02bbzgarishni vujudga keltiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1469-yili Xuroson taxtini Alisherning bolalik do\u02bbsti Husayn Boyqaro egallaydi. Shu yili Alisher Navoiy Husayn Boyqaroga atab \u201cHiloliya\u201d qasidasini bitadi. 1470-yilda o\u02bbzining turkiyda yozgan she\u02bcrlaridan iborat ilk devoni \u2013 \u201cBadoyeul bidoya\u201dni tuzadi. Navoiy 1483-1485-yillar davomida\u00a0 butun ijodining durdonasi hisoblanmish \u201cHayratul abror\u201d, \u201cFarhod va Shirin\u201d, \u201cLayli va Majnun\u201d, \u201cSab\u02bcai sayyor\u201d va \u201cSaddi Iskandariy\u201d dostonlaridan iborat \u201cXamsa\u201d asarini yaratadi. Shuningdek, \u201cTarixi muluki Ajam\u201d, \u201cMajolisun nafois\u201d, \u201cMunshaot\u201d, \u201cMezonul avzon\u201d, \u201cNasoimul muhabbat\u201d, \u201cDevoni Foniy\u201d, \u201cLisonut tayr\u201d, \u201cMuhokamatul lug\u02bbatayn\u201d, \u201cTarixi anbiyo va hukamo\u201d, \u201cSirojul muslimin\u201d, \u201cArbain\u201d, \u201cMahbub ul-qulub\u201d kabi o\u02bbttizdan ortiq bebaho asarlar yozadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shoir ijodining mazmun-mohiyatini insonparvarlik, xalqparvarlik, bag\u02bbrikenglik, yaxshilik, komillik kabi ezgu tamoyillar tarannumi tashkil etadi. Mutafakkirning \u201cBilmaganin so\u02bbrab o\u02bbrgangan \u2013 olim \/ Orlanib so\u02bbramagan o\u02bbziga zolim\u201d, \u201cOz-oz o\u02bbrganib, dono bo\u02bblur \/ Qatra-qatra yig\u02bbilib, daryo bo\u02bblur\u201d, \u201cZahmat chekib ilm o\u02bbrgangan \u2013 donishmand\u201d<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a> kabi hikmatlari ilmu ma\u02bcrifat targ\u02bbibida muhim ahamiyat kasb etadi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alisher Navoiy adabiy faoliyatni siyosat bilan uyg\u02bbunlashtirgan buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobidir. Hazrat Navoiy 1469-yili hukmdor Husayn Boyqaro tomonidan davlat boshqaruviga jalb qilinadi. 1469-1472-yillarda muhrdor, 1472-1476-yillarda amir <em>(vazir)<\/em>, 1487-1488-yillarda Astrobod hokimi lavozimlarida samarali faoliyat ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Navoiy 1476-yilda vazirlik lavozimidan iste\u02bcfoga chiqadi. Ammo iste\u02bcfoga chiqqanidan keyin ham siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hayotning girdobida qolaveradi. \u201dVaqfiya\u201d asarida ta\u02bckidlanishicha, mamlakatning turli burchaklaridan jamiyatning hamma tabaqlariga mansub son-sanoqsiz kishilar turli-tuman masalalar yuzasidan Navoiyga doimiy murojaat etgan. Shoirning o\u02bbz ta\u02bckidiga ko\u02bbra, erta tongdan tunga qadar butun vaqtini uning homiyligi va saxovatiga, ko\u02bbmagi va maslahatiga umidvor insonlarga ajratishga to\u02bbg\u02bbri kelgan<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalq oldida va temuriylar saroyida yuksak hurmat va ishonchga ega bo\u02bblgan Navoiy butun kuchini, mulklarini el farovonligi, yurt obodligi yo\u02bblida sarflab, \u201cDin va dunyo ishlarida haq va haqiqat nizomi\u201d, \u201cHazrat sultonning yaqin kishisi\u201d va \u201cUlug\u02bb amir\u201d kabi yuksak unvonlarga musharraf bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alisher Navoiy Hirot, Mashhad, Nishopur va boshqa shaharlarda ko\u02bbplab masjid, xonaqo, madrasa, hammom, shifoxona barpo etadi, arig\u02bbu hovuzlar qazdirib, ko\u02bbprik va to\u02bbg\u02bbonlar qurdiradi. Davlatshoh Samarqandiy o\u02bbn ikkita inshoot haqida gapirib o\u02bbtgan bo\u02bblsa, Xondamir yuzdan ziyod bino va inshootni, shu jumladan, hovuz va ko\u02bbpriklarni sanaydi. Faxri Hirotiy \u201cAmir Alisher 370 xayriya binosini qurgan\u201d, deb umumiy tarzda hisob qilsa, Som Mirzo bu songa aniqlik kiritib, \u201cuch yuz yetmishdan to\u02bbqsontasi rabotlardir\u201d <a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>, deb qayd etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alisher Navoiy ko\u02bbrsatmasi bilan Hirotdagi Marg\u02bbaniy bog\u02bbi qarshisida jome masjidi qurilgan va shaharning jome masjidi qayta ta\u02bcmirlangan<a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>. Mazkur masjidni ta\u02bcmirlash ishlarini\u00a0 kuzatish uchun Navoiy deyarli har kuni u yerga tashrif buyurgan. Aksar hollarda etagini qayirib, boshqa ishchilar qatorida mehnat qilgan. Bu yerda ishlayotgan me\u02bcmorlar va usta-hunarmandlarga ko\u02bbplab qimmatbaho kiyimlar, mukofotlar taqdim etish orqali ularning ko\u02bbngillarini shod etgan. Natijada uch-to\u02bbrt yil cho\u02bbzilishi mumkin bo\u02bblgan qurilish ishlari atigi olti-yetti oyda poyoniga yetkazilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XV asr ikkinchi yarmida Hirotdagi madaniy taraqqiyotda Alisher Navoiy yetakchi o\u02bbrin tutgan. Samarqandda Amir Temur kutubxonasining vorisi sifatida Mirzo Ulug\u02bbbek kutubxonasi faoliyat ko\u02bbrsatgan bo\u02bblsa, Hirotda Boysung\u02bbur mirzo, Sulton Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy kutubxonalari bo\u02bblgan. Saroy kutubxonalaridan farqli o\u02bblaroq Navoiy kutubxonasidan oddiy xalq ommasi foydalanish imkoniyatiga ega bo\u02bblgan. Mashhur olim Mirxond, uning nabirasi Xondamir, boshqa ko\u02bbpgina tarixchi va adabiyotchilar o\u02bbz asarlarini yaratishda mazkur kutubxonada jamlangan tarixiy manbalardan foydalangan, Kamoliddin Behzod, Shoh Muzaffar va boshqa mohir ustalar u yerda samarali ijod qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XV asrda temuriylar hukmronligi davrida Xuroson va Movarounnahr madaniy jihatdan yuksaldi. Shu bois, adabiyotlarda mazkur davr \u201cTemuriylar renessansi\u201d deb ataladi. Ushbu renessans rivojida buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning ham ulkan hissasi bor. Bu hissa uning ham ijodiy, ham davlat arbobi sifatidagi\u00a0 faoliyatida o\u02bbz aksini topgan.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">BAXTIYOR TURSUNOV, <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-<\/span><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Xondamir G\u02bb. Makorim ul-axloq. \u2013T.: Akademnashr, 2018. \u2013B. 88-89.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> Navoiy A. Mahbub ul-qulub. Mukammal asarlar to\u02bbplami (MAT): 20 tomlik. 14 t. \u2013T.: Fan, 1998. \u2013B. 115.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> Navoiy A. Vaqfiya. MAT: 20 tomlik. 14 t. \u2013T.: Fan, 1998. \u2013B. 259.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> Sirojiddinov Sh. Alisher Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili. \u2013T.: Akademnashr, 2011. \u2013 B.79.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a> Navoiy A. Vaqfiya. MAT: 20 tomlik. 14 t. \u2013T.: Fan, 1998. \u2013B. 261-262.<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nizomiddin Mir Alisher Navoiy &#8211; buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi. 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tavallud topgan. Otasi G\u02bbiyosiddin Muhammad (uni G\u02bbiyosiddin Kichkina deb ham atashgan) saroyning nufuzli amaldorlaridan, onasi (ismi ma\u02bclum emas) Kobul amirzodalaridan Shayx Abu Said Changning qizi bo\u02bblgan. Alisher Navoiyning bolaligi temuriy hukmdor Shohruh Mirzo (1377-1447) hukmronligining so\u02bbnggi yillariga to\u02bbg\u02bbri keladi. U &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":34002,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ALISHER NAVOIY \u2013 EZGULIK KUYCHISI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ALISHER NAVOIY \u2013 EZGULIK KUYCHISI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ALISHER NAVOIY \u2013 EZGULIK KUYCHISI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ALISHER NAVOIY \u2013 EZGULIK KUYCHISI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-02-09T04:21:46+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/navoiy090224.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"413\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&lang=oz\",\"name\":\"ALISHER NAVOIY \u2013 EZGULIK KUYCHISI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/navoiy090224.jpg\",\"datePublished\":\"2024-02-09T04:21:46+00:00\",\"dateModified\":\"2024-02-09T04:21:46+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ALISHER NAVOIY \u2013 EZGULIK KUYCHISI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/navoiy090224.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/navoiy090224.jpg\",\"width\":660,\"height\":413},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ALISHER NAVOIY \u2013 EZGULIK KUYCHISI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ALISHER NAVOIY \u2013 EZGULIK KUYCHISI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ALISHER NAVOIY \u2013 EZGULIK KUYCHISI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ALISHER NAVOIY \u2013 EZGULIK KUYCHISI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ALISHER NAVOIY \u2013 EZGULIK KUYCHISI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-02-09T04:21:46+00:00","og_image":[{"width":660,"height":413,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/navoiy090224.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&lang=oz","name":"ALISHER NAVOIY \u2013 EZGULIK KUYCHISI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/navoiy090224.jpg","datePublished":"2024-02-09T04:21:46+00:00","dateModified":"2024-02-09T04:21:46+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ALISHER NAVOIY \u2013 EZGULIK KUYCHISI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/navoiy090224.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/navoiy090224.jpg","width":660,"height":413},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34004&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ALISHER NAVOIY \u2013 EZGULIK KUYCHISI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34004"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=34004"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34004\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34005,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34004\/revisions\/34005"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/34002"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=34004"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=34004"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=34004"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}