{"id":33785,"date":"2024-01-26T11:17:21","date_gmt":"2024-01-26T06:17:21","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=33785"},"modified":"2024-01-26T11:17:43","modified_gmt":"2024-01-26T06:17:43","slug":"nuqtasiz-yozilgan-qo%ca%bblyozmalar-yoxud-shonli-o%ca%bbtmishimiz-pasporti-hisoblanmish-qadimiy-manbalar-haqida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&lang=oz","title":{"rendered":"NUQTASIZ YOZILGAN QO\u02bbLYOZMALAR yoxud shonli o\u02bbtmishimiz pasporti hisoblanmish qadimiy manbalar haqida"},"content":{"rendered":"<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/20240126_yuz.jpg\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Har bir xalq o\u02bbz madaniyatiga ega. Ularning tafakkuri, dunyoqarashi, bilimi yozishmalar orqali bizgacha yetib kelgan. Qadimiy yozma manbalar buyuk tariximizning ko\u02bbzgusidir. <\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Bular orqali ulug\u02bb ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan muhtasham adabiyot, san\u02bcat, madaniyat, ilm-ma\u02bcrifat obidasi haqida ko\u02bbp ma\u02bclumotlarga ega bo\u02bblamiz. <\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimizning 2022-yil 10-fevraldagi \u201cQadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori bu borada katta voqea bo\u02bbldi. Ushbu qaror asosida Vazirlar Mahkamasining \u201cQadimiy yozma manbalar davlat reyestri to\u02bbg\u02bbrisidagi nizomni tasdiqlash haqida\u201dgi qarori ham 2022-yil 6-sentyabr kuni e\u02bclon qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ustuvor vazifalaridan biri qadimiy yozma manbalar davlat reyestrini yuritish hisoblanadi. Davlat reyestri muzeylar, kutubxonalar va arxiv fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarda saqlanayotgan qadimiy yozma manbalarni saqlash, tizimlashtirish va nazorat qilishga yo\u02bbnaltirilgan. Bu qadimiy yozma manbalar 1950-yilga qadar yaratilgan asarlarni qamrab oladi, ya\u02bcni ular tarkibiga yozma yodgorliklar, qo\u02bblyozmalar va toshbosmalar kiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, O\u02bbzbekistondagi muzey, kutubxona, arxiv fondlar va boshqa tashkilotlarda 100 mingdan ziyod qadimiy yozma manbalar saqlanadi. Ular ichida qo\u02bblyozmalar, tarixiy hujjatlar va toshbosmalar bor. Shu jumladan, 40 mingdan ko\u02bbproq manbalarni qo\u02bblyozmalar tashkil etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaziy Osiyo jahon tamaddunining beshiklaridan biridir. Shu bois, diyorimizda o\u02bbtgan asrlar davomida ilmning turli sohalariga oid asarlar yozilgan. Qur\u02bcon, hadis, fiqh ilmlarini o\u02bbrganish barobarida til, adabiyot, tasavvuf, falsafa, mantiq, tarix, matematika, tibbiyot, san\u02bcat, geometriya, astronomiya kabi fanlar haqida buyuk daholarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy asarlar jahon tamadduniga alohida ulush qo\u02bbshib kelmoqda. Shuning uchun o\u02bbrta asrlar haqida gap ketganda, bizning avlodimiz g\u02bburur bilan ajdodlar nomini eslaydi. Ammo ularning nomlari bilan g\u02bbururlanish kamlik qiladi, balki munosib avlod bo\u02bblish uchun ular yaratgan muhtasham ilmiy asarlarni o\u02bbqib, uqish hamda amaliyotga tatbiq etish kerak bo\u02bbladi. Masalan, Ibn Sinoning 450 dan ortiq asari bor. Ammo ushbu olimning bizgacha yetib kelgan jami asarlarini o\u02bbqib chiqqan kishilarni barmoq bilan ham sanash qiyin. Buning sababi shundaki, olimning asarlari turli fan sohasiga tegishli va ularni o\u02bbqib tushunish uchun chuqur bilimga ega bo\u02bblish kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqimiz o\u02bbtmishidan xabardor bo\u02bblish, ajdodlarimiz tafakkuri merosidan bahra olish uchun qadimiy yozma manbalar ko\u02bbprik vazifasini o\u02bbtaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ular bizni o\u02bbtgan asrlar bilan bog\u02bblaydi. O\u02bbsha davrdan yetib kelgan har bir manbaning qadr-qimmati bugungi kunda oshib bormoqda. Chunki inson tafakkuri mahsuli hech qachon eskirmaydi, aksincha, vaqt o\u02bbtishi bilan yangicha jilolanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qadimiy yozma manbalarni Davlat reyestriga kiritish nafaqat ularni yo\u02bbq bo\u02bblib ketishdan saqlanishga zamin yaratadi, balki ilmiy izlanuvchilar uchun dastlabki ma\u02bclumotlar bazasi sifatida ham xizmat qiladi. Aks holda, ko\u02bbp asarlar qayerda saqlanayotgani haqida ma\u02bclumotga ega bo\u02bblolmaymiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayni paytda Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Davlat reyestrining 8 jildi nashrdan chiqdi. Har bir jild mingta manbani qamrab olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ya\u02bcni 8 ming qo\u02bblyozma haqida asosiy ma\u02bclumotlar bazasi shakllantirildi. Bu jildlarga kiritilgan barcha manbalar qo\u02bblyozmalardan iborat bo\u02bblib, asosan, arab, fors va eski o\u02bbzbek tillarida yozilgan. Ko\u02bbp manbalar nasta\u02bcliq xatida ko\u02bbchirilgan, buning barobarida nasx, suls, shikasta kabi xatlarda yozilgan manbalar ham mavjud. Ushbu manbalar, asosan, Qur\u02bcon, hadis, tajvid, fiqh, tarix, tasavvuf, geografiya, adabiyot, grammatika, lug\u02bbat, mantiq, falsafa, adabiyotshunoslik kabi yo\u02bbnalishlarga tegishli.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalar turli davrlarda kotiblar tomonidan ko\u02bbchirilgan. Lekin kuzatishlar qo\u02bblimizdagi manbalarning aksar qismi aynan XIX asrda ko\u02bbchirilganini ko\u02bbrsatadi. Bu esa, bir tomondan, o\u02bbsha davrda ajdodlarimizning ilmiy merosini ko\u02bbchirib chiqish uchun boshqa davrlarga nisbatan qizi qish ortganini bildirsa, ikkinchi tarafdan, bizning davrimizga yaqin bo\u02bblgani bois, nisbatan ko\u02bbproq manbalar yetib kelganini isbotlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda qo\u02bblyozmalarni asrab-avaylashga yangi usullar tatbiq qilinayotgan bo\u02bblsa-da, ayrim joylardagi manbalarning moddiy-texnik bazasida kamchiliklar kuzatiladi. O\u02bbylaymizki, Davlat reyestriga kiritish barobarida o\u02bbsha manbalarni restavratsiya qilish ishlari ham yo\u02bblga qo\u02bbyilishi bunday kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etishga zamin hozirlaydi. Bu borada Islom sivilizatsiyasi markazida keng ko\u02bblamli ishlar amalga oshirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalar ichida nuqtasiz yozilgan qo\u02bblyozmalar barmoq bilan sanarli bo\u02bblsa ham, o\u02bbsha davrning o\u02bbziga xos yozish uslubidan dalolat beradi. Biz bunday manbalar orqali o\u02bbrta asr olimlarining zakovati darajasi hamda kotiblarning xat ko\u02bbchirish mahoratidan xabardor bo\u02bblishimiz mumkin. Bu usulda ko\u02bbchirilgan manbalarning ayrimlari mantiq ilmiga tegishli. Asl ajdodi bizning diyorimizdan chiqqan Mirzo Abdulqodir Bedilning devoni Markaziy Osiyoda sevib o\u02bbqilardi. Bedilning ijodi hindiy uslubida yozilgani uchun uni tushunish qiyin kechadi. Bundan tashqari, Bedil devonlari, asosan, shikasta xatida ko\u02bbchirilgan edi. Shikasta xatini hamma ham o\u02bbqiy olmasdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bularga qo\u02bbshimcha tarzda Bedil devonlari shikasta xatida nuqtasiz yozilganiga guvoh bo\u02bblamiz. Bunday matnlarni o\u02bbqiydigan kishi xat o\u02bbqishda va matnlarni tushunishda o\u02bbta usta bo\u02bblishi kerak edi, aks holda, bu kabi manbalarni o\u02bbqib tushunish oson kechmasdi. Shunday murakkab ishlarni uddalashda aruz vaznini bilish ham yordam beradi. O\u02bbqilishi qiyin bo\u02bblgan ayrim so\u02bbzlarni vazn orqali ma\u02bcnosini tushunib o\u02bbqishga imkon paydo bo\u02bblardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hammaga ma\u02bclumki, o\u02bbtgan asrlarda bizning diyorimizda navoiyxonlik, bedilxonlik kechalari bo\u02bblib turardi. Bunday adabiy kechalarda mashhur shoirlarning she\u02bcrlari o\u02bbqilardi, baytlari tahlil qilinardi va har bir baytda kamida ikkita \u2014 zohiriy va botiniy ma\u02bcnolar yuklatilgani aniqlanardi. Manbalar ichida Alisher Navoiy, Bedil devonlari kabi asarlarga ko\u02bbp duch kelinishini aynan shular bilan izohlashimiz mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chunki ilmiy mo\u02bbtabar manbalar qatorida nomi yuqorida zikr etilgan shoirlarning devonlari boshqa asarlarga nisbatan ko\u02bbproq kuzatiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlat reyestriga kiritish jarayonida har bir manba haqida, asosan, quyidagi ma\u02bclumotlar kiritiladi: asar nomi, muallifi, xattot, tili, mavzusi, nashr etilgan yoki ko\u02bbchirilgan yili, holati, o\u02bblchamlari, inventar raqami, shakli, saqlanish joyi, manbaga oid qo\u02bbshimcha ma\u02bclumotlar. Bulardan tashqari, muqovaning holati va rangi, qog\u02bboz, xat turi haqida ma\u02bclumotlar kiritiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayrim manbalar ikki yoki uch tilda yozilgan. Masalan, bitta qo\u02bblyozma da Alisher Navoiyning \u201cArbain\u201di barobarida Abdurahmon Jomiyning \u201cChihil hadis\u201di va hadislarning asl varianti qorishma tarzda keltirilganini ko\u02bbrishimiz mumkin. Shuning uchun bitta qo\u02bblyozma manbaning tili haqida ma\u02bclumot berganda uchta tilni ham ko\u02bbrsatish lozim bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarni Davlat reyestriga kiritish paytida ko\u02bbproq quyidagi muammolarga duch kelinadi: asar nomi yo\u02bbq yoki xato berilgan, muallifi yozilmagan, ko\u02bbchirilgan yili yozilmagan yoki ikkita sana mavjud, unvon yoki kolofon qismi yo\u02bbq, poygirlar qo\u02bbyilmagani bois, titilib ketgan varaqlarni tartibga keltirish qiyin kechadi, majmua shaklidagi manbalarning faqat bitta asariga ma\u02bclumot berilgan, boshqalariga biror ishora ham yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, ayrim manbalarning ko\u02bbchirilgan joyi va yili unvon yoki kolofon qismida emas, balki asarning o\u02bbrtarog\u02bbida beriladi. Buning uchun asarni boshidan oxirigacha ko\u02bbrib chiqishga to\u02bbg\u02bbri keladi. Yana bir holat, \u201cGulshani roz\u201d nomi bilan asosiy ma\u02bclumoti taqdim etilgan manba, aslida, boshqa asar ekani ma\u02bclum bo\u02bbldi. Holbuki, manbaning birinchi betida arab yozuvida \u201cGulshani roz\u201d deb yozilgan edi. Ma\u02bclumot sifatida aytish lozimki, ming baytli ushbu asar Sohibqiron Amir Temur sevib mutolaa qilgan kitoblardan hisoblanadi. Asarda tasavvufiy masalalar savol-javob tarzida yozilgani uchun qo\u02bblma-qo\u02bbl yurar ekan, qo\u02bblyozmalar ichidan ko\u02bbp nusxalari chiqishiga ham shu asos bo\u02bblsa kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Diqqatni o\u02bbziga tortadigan yana bir masala bor. Ayrim asarlarga sharh yozilgan, yana boshqa olimlar tomonidan o\u02bbsha sharhga hoshiyalar bitilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ammo manbada asosiy asar muallifiga ishora qilingan, xolos.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu esa har bir asarni sinchiklab ko\u02bbrib chiqib, ishonch hosil qilgandan keyin Davlat reyestriga kiritish kerakligini talab qiladi. Shular hisobidan ba\u02bczi holatlarda ko\u02bbp vaqt ketib qoladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bayoz (antologiya)larda ko\u02bbp shoirlar nomi berilgan, ayrimlarida yo\u02bbq. Davlat reyestriga kiritilayotgan bayoz manbalarning o\u02bbziga xos usuli shundan iboratki, ularda zullisonayn shoirlar ijodi berilgan yoki ikki tilda yozilgan she\u02bcrlar saralab olingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir manba ortida muallif xizmatidan tashqari, kotiblar mehnati turadi. Yozma manbalar aynan shunday kishilar mehnati evaziga bizgacha yetib kelgan. Ammo har bir ishda ma\u02bclum darajada kamchilik bo\u02bblishi tabiiy hol. Ayrim asarlarni ko\u02bbchirish asnosida kamchiliklarga yo\u02bbl qo\u02bbyilgan holatlar ham kuzatiladi. Buning barobarida, kamchiligi bor nusxalarga tuzatishlar kiritgan kishilarning ishi tahsinga loyiq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Majmua (to\u02bbplam) asarlarining ayrimlari turli mavzularda yozilgan risolalardan iborat. Ularning bir qismi 10-20 tadan ko\u02bbp asarni o\u02bbz ichiga qamrab olgan. Ammo ularning tarkibidagi risolalar nomi, muallifi, ko\u02bbchirilgan yilini aniqlash oson kechmaydi. Chunki ayrim to\u02bbplamlardagi matnlar bo\u02bbyalib ketgan, betlari yirtilgan yoki mog\u02bbor bosgan bo\u02bbladi. Uning ichidagi har bir risola turli xat yoki turli qog\u02bbozda ko\u02bbchirilgani ham ko\u02bbzga tashlanadi. Majmualar tarkibidagi asarlar ayrim paytda e\u02bctibordan chetda qolib ketmoqda. Holbuki, ular tarkibida noyob risolalar jamlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir qo\u02bblyozma asar tamaddunimiz tamal toshidek xizmat qilib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boshqacha qilib aytganda, qadimiy yozma manbalar bizning shonli tariximiz pasporti hisoblanadi. Shuning uchun ularni asrab-avaylash, yo\u02bbqolishdan saqlash nafaqat soha mutaxassislari, balki butun jamoatchilikning muhim ishiga aylanishi lozim.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xusrav HAMIDOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi katta ilmiy xodimi, <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">filologiya fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2024-yil 26-yanvar, \u211619(1080)<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Har bir xalq o\u02bbz madaniyatiga ega. Ularning tafakkuri, dunyoqarashi, bilimi yozishmalar orqali bizgacha yetib kelgan. Qadimiy yozma manbalar buyuk tariximizning ko\u02bbzgusidir. Bular orqali ulug\u02bb ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan muhtasham adabiyot, san\u02bcat, madaniyat, ilm-ma\u02bcrifat obidasi haqida ko\u02bbp ma\u02bclumotlarga ega bo\u02bblamiz. Prezidentimizning 2022-yil 10-fevraldagi \u201cQadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":33782,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>NUQTASIZ YOZILGAN QO\u02bbLYOZMALAR yoxud shonli o\u02bbtmishimiz pasporti hisoblanmish qadimiy manbalar haqida - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"NUQTASIZ YOZILGAN QO\u02bbLYOZMALAR yoxud shonli o\u02bbtmishimiz pasporti hisoblanmish qadimiy manbalar haqida\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"NUQTASIZ YOZILGAN QO\u02bbLYOZMALAR yoxud shonli o\u02bbtmishimiz pasporti hisoblanmish qadimiy manbalar haqida - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"NUQTASIZ YOZILGAN QO\u02bbLYOZMALAR yoxud shonli o\u02bbtmishimiz pasporti hisoblanmish qadimiy manbalar haqida\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-01-26T06:17:21+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-01-26T06:17:43+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/20240126_yuz.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&lang=oz\",\"name\":\"NUQTASIZ YOZILGAN QO\u02bbLYOZMALAR yoxud shonli o\u02bbtmishimiz pasporti hisoblanmish qadimiy manbalar haqida - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/20240126_yuz.jpg\",\"datePublished\":\"2024-01-26T06:17:21+00:00\",\"dateModified\":\"2024-01-26T06:17:43+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"NUQTASIZ YOZILGAN QO\u02bbLYOZMALAR yoxud shonli o\u02bbtmishimiz pasporti hisoblanmish qadimiy manbalar haqida\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/20240126_yuz.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/20240126_yuz.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"NUQTASIZ YOZILGAN QO\u02bbLYOZMALAR yoxud shonli o\u02bbtmishimiz pasporti hisoblanmish qadimiy manbalar haqida\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"NUQTASIZ YOZILGAN QO\u02bbLYOZMALAR yoxud shonli o\u02bbtmishimiz pasporti hisoblanmish qadimiy manbalar haqida - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"NUQTASIZ YOZILGAN QO\u02bbLYOZMALAR yoxud shonli o\u02bbtmishimiz pasporti hisoblanmish qadimiy manbalar haqida","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"NUQTASIZ YOZILGAN QO\u02bbLYOZMALAR yoxud shonli o\u02bbtmishimiz pasporti hisoblanmish qadimiy manbalar haqida - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"NUQTASIZ YOZILGAN QO\u02bbLYOZMALAR yoxud shonli o\u02bbtmishimiz pasporti hisoblanmish qadimiy manbalar haqida","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-01-26T06:17:21+00:00","article_modified_time":"2024-01-26T06:17:43+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/20240126_yuz.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&lang=oz","name":"NUQTASIZ YOZILGAN QO\u02bbLYOZMALAR yoxud shonli o\u02bbtmishimiz pasporti hisoblanmish qadimiy manbalar haqida - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/20240126_yuz.jpg","datePublished":"2024-01-26T06:17:21+00:00","dateModified":"2024-01-26T06:17:43+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"NUQTASIZ YOZILGAN QO\u02bbLYOZMALAR yoxud shonli o\u02bbtmishimiz pasporti hisoblanmish qadimiy manbalar haqida","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/20240126_yuz.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/20240126_yuz.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=33785&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"NUQTASIZ YOZILGAN QO\u02bbLYOZMALAR yoxud shonli o\u02bbtmishimiz pasporti hisoblanmish qadimiy manbalar haqida"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/33785"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=33785"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/33785\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":33787,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/33785\/revisions\/33787"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/33782"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=33785"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=33785"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=33785"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}