{"id":32715,"date":"2023-11-17T20:38:59","date_gmt":"2023-11-17T15:38:59","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32715"},"modified":"2023-11-17T21:31:27","modified_gmt":"2023-11-17T16:31:27","slug":"qur%ca%bcon-va-sunnatda-bag%ca%bbrik%d0%b5nglik-talqini","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&lang=oz","title":{"rendered":"QUR\u02bcON VA SUNNATDA BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK TALQINI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insonlarga millati, irqi va dinidan qat\u02bci nazar ularni kamsitmay, qo\u02bbpollik qilmay, muloyim xatti-harakatlar bilan munosabatda bo\u02bblish bag\u02bbrikenglikni ifodalaydi. Bu yuksak axloqli kishilarga xos oliy fazilatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dini manbalarida axloqiy tamoyillar muhim o\u02bbrin tutib, bular orasida bag\u02bbrikenglikning alohida o\u02bbrni bor. Eng so\u02bbnggi dinga \u201cIslom\u201d nomining berilishi uning boshqa ma\u02bcnolar qatorida bag\u02bbrikeng va bag\u02bbrikenglik dini ekanini anglatadi. Afsuski, so\u02bbnggi paytlarda islom nomidan turli buzg\u02bbunchilik, odamlar orasida xavf va qo\u02bbrquv uyg\u02bbotish, tinch aholi qonini to\u02bbkish, mol-mulkiga ziyon yetkazish kabi qabih ishlarni amalga oshirayotgan ayrim toifalar haqida ko\u02bbp eshitmoqdamiz. Prezidentimiz bu haqda \u201cBiz muqaddas dinimizni zo\u02bbravonlik va qon to\u02bbkish bilan bir qatorga qo\u02bbyadiganlarni qat\u02bciy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>, degan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karim oyatlariga nazar tashlasak,\u00a0<strong>\u201c<\/strong>Ezgulik va taqvo (yo\u02bbli)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yo\u02bbli)da hamkorlik qilmangiz! Allohdan qo\u02bbrqingiz! Albatta, Alloh azobi qattiq zotdir<strong>\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>,\u00a0<strong>\u201c<\/strong>(Ey insonlar!)<strong>\u00a0Sizlarning ushbu diningiz (aslida) bir din (ya\u02bcni, islom)dir. Men esa\u00a0<\/strong>(barchangizning)<strong>\u00a0Rabbingizdirman. Bas, Menga ibodat qilingiz!\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>,\u00a0<strong>\u201cUning belgilaridan\u00a0<\/strong>(yana biri)<strong>\u00a0\u2013 osmonlar va yerni yaratishi va sizlarning tillaringiz va ranglaringizni xilma-xilligidir. Albatta, bunda barcha olimlar uchun alomatlar bordir\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>,\u00a0<strong>\u201cEy insonlar! Darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishingiz uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qo\u02bbydik. Albatta, Alloh nazdida\u00a0<\/strong>(eng azizu)<strong>\u00a0mukarramrog\u02bbingiz taqvodorrog\u02bbingizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>,\u00a0<strong>\u201cDin to\u02bbg\u02bbrisida sizlar bilan urushmagan va sizlarni o\u02bbz yurtingizdan\u00a0<\/strong>(haydab)<strong>\u00a0chiqarmagan kimsalarga nisbatan yaxshilik qilishingiz va ularga adolatli bo\u02bblishingizdan Alloh sizlarni qaytarmas. Albatta, Alloh adolatli kishilarni sevar\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>, deb aytilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insonda bag\u02bbrikenglik tuyg\u02bbusini quyidagi xislatlar shakllantiradi:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><u>O\u02bbzga<\/u><u>larning kamchiliklarini\u00a0<\/u><u>berkitish<\/u><u>.<\/u>\u00a0Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong><em>\u201c<\/em><\/strong><strong><em>Kim mo\u02bbminning aybini yashirsa<\/em><\/strong><strong><em>,<\/em><\/strong><strong><em>\u00a0Alloh qiyomat kuni uning aybini yashiradi<\/em><\/strong><strong><em>\u201d<\/em><\/strong>, deganlar<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><u>G\u02bbazabni yengish<\/u>. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:\u00a0<strong><em>\u201c<\/em><\/strong><strong><em>Birovni\u00a0<\/em><\/strong><em>(kurashib)\u00a0<\/em><strong><em>yiqitgan polvon emas, g\u02bbazablangan vaqtida jahlini yutgan odam polvondir!\u201d<\/em><\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><u>Kechirimli<\/u><u>lik.<\/u>\u00a0Alloh taolo:\u00a0<strong>\u201c<\/strong>Afvni ixtiyor eting, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz o\u02bbgiring!\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>\u00a0deydi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><u>Qo\u02bbpol<\/u><u>likdan saqlanish.<\/u>\u00a0Nabiy sollallohu alayhi vasallam\u00a0<em>\u201c<\/em><strong><em>Albatta men rahmat o\u02bblaroq yuborildim<\/em><\/strong><strong><em>\u201d<\/em><\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a><strong>,\u00a0<\/strong><strong>de<\/strong><strong>ganlar<\/strong><strong>.<\/strong><\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><u>Yomon gumondan tiyilish.<\/u>\u00a0Alloh taolo:\u00a0<strong>\u201c<\/strong>Ey mo\u02bbminlar, ko\u02bbp gumon(lar)dan chetlaninglar! Chunki ba\u02bczi gumon(lar) gunohdir!\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>\u00a0dedi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><u>Kibr va manmanlikdan saqlanish<\/u><u>.<\/u>\u00a0Alloh taolo:\u00a0<strong>\u201c<\/strong>Odamlarga (kibrlanib) yuzingni burishtirmagin va yerda kerilib yurmagin. Chunki, Alloh hech bir kibrli, maqtanchoq kimsani suymas\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>, deydi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><u>Odamlarni masxara qil<\/u><u>ishdan ehtiyot bo\u02bblish.<\/u>\u00a0Alloh taolo:\u00a0<strong>\u201c<\/strong>Ey mo\u02bbminlar, (sizlardan) bir qavm (boshqa) bir (mo\u02bbmin) qavmni masxara qilmasin!\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>\u00a0deydi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><u>Sabrli bo\u02bblish<\/u><u>.<\/u>\u00a0Alloh taolo bunday marhamat qiladi:\u00a0<strong>\u201c<\/strong>Sabr qilingiz! Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a>. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong><em>\u201c<\/em><\/strong><strong><em>Hech kimga sabrdan ko\u02bbra yaxshiroq va kengroq ne\u02bcmat berilmagan<\/em><\/strong><strong><em>\u201d<\/em><\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn15\" name=\"_ftnref15\"><strong>[15]<\/strong><\/a><strong>,<\/strong>\u00a0deganlar.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islomda din va e\u02bctiqodga majburlash yo\u02bbq. E\u02bctiqod kuch bilan emas, aksincha, faqat ishontirish va shaxsning roziligi bilan o\u02bbzgarishi lozim. Bosh Qonunimizda \u201cHamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e\u02bctiqod qilish yoki hech qaysi dinga e\u02bctiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo\u02bbl qo\u02bbyilmaydi\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn16\" name=\"_ftnref16\">[16]<\/a>, deyilgan. Agar din odamlarga qo\u02bbrquv va shafqatsizlik orqali yetkazilsa, imonning ma\u02bcnosi qolmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oilaviy hayotda bag\u02bbrikenglikka ayollarga yaxshi munosabat, farzandlarga mehr-shafqatli bo\u02bblish, ota-ona huquqlariga rioya qilish orqali erishiladi. Bu borada Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam eng ibratli zot bo\u02bblganlar. Ayollariga mehrli, sabr-toqatli va muhabbat bilan muomala qilar, farzandlari va nabiralariga muruvvat ko\u02bbrsatar edilar. Rivoyatlarda keltiriladiki, namoz o\u02bbqiyotganida nabiralari Hasan va Husayn yelkalariga minib olganida ham sabr qilib, ularga indamaganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dinda majburlash yo\u02bbqligi haqida Alloh taolo bunday marhamat qiladi:\u00a0<strong>\u201c<\/strong>Dinda zo\u02bbrlash yo\u02bbq, zero, to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbl yanglish yo\u02bbldan ayro bo\u02bbldi. Bas, kim shayton (yoxud butlar)ni inkor etib, Allohga imon keltirsa, demak, u mustahkam halqani ushlabdi. Alloh eshituvchi va biluvchidir\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn17\" name=\"_ftnref17\">[17]<\/a>. Bu boradagi yana bir oyat:\u00a0<strong>\u201c<\/strong>Agar Rabbingiz xohlasa edi, Yer (yuzi)dagi barcha kishilar yoppasiga imon keltirgan bo\u02bblur edilar. Bas, Siz odamlarni mo\u02bbmin bo\u02bblishlariga majbur qilasizmi?!\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn18\" name=\"_ftnref18\">[18]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musulmon masjidga borish huquqiga ega bo\u02bblganidek, nasroniy cherkovda, yahudiy esa sinagogada ibodatini ado etish huquqiga ega. Darhaqiqat, Qur\u02bconi karimda bu borada bunday deyilgan:<strong>\u00a0\u201cAgar Alloh odamlarning b<\/strong><strong>a\u02bczilarini ba\u02bczilari bilan daf etib turmas ekan, albatta, Alloh nomi ko\u02bbp zikr qilinadigan\u00a0<\/strong>(rohiblarning)<strong>\u00a0uzlatgohlari,\u00a0<\/strong>(nasroniylarning)<strong>\u00a0butxonalari,\u00a0<\/strong>(yahudiylarning)<strong>\u00a0ibodatxonalari va\u00a0<\/strong>(musulmonlarning)<strong>\u00a0masjidlari vayron qilingan bo\u02bblur edi\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn19\" name=\"_ftnref19\">[19]<\/a><strong>.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madina jamoatida bir muddat birga yashagan yahudiylarning ibodatlarini cheklamaganlar va Najron nasroniylarning diniy amallariga ruxsat berganlar. Musulmonlarga ahli kitoblar so\u02bbygan hayvonlarning go\u02bbshtini yeyishga va pokiza ayollariga uylanishga izn berganlar. Yahudiylarni islomga qiziqtirish uchun oldilardan olib o\u02bbtilgan tobutni ko\u02bbrib, o\u02bbrnilaridan turdilar, mayyitga hurmat bajo keltirdilar va buni sahobalarga ham tavsiya qilganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam yahudiylarga masjidga kirishga ruxsat berganlar, mushriklarga man qilganlar. Shu ijobiy munosabat tufayli yahudiylarning bir qismi musulmon bo\u02bblgan. Abdurahmon ibn Simak Yahudiy, Abdulloh ibn Salom ibn Xoris, Abdurahmon ibn Abu Quraziy, Abdulquddus Isroiliy, Ali ibn Rifa Quraziy, As\u02bcad ibn Ubayd va Maymun ibn Yamin kabilar islomni qabul qilgan. Yahudiylar musulmon bo\u02bblish bilan Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamni rahbar o\u02bblaroq qabul qilib, Madinaga qarshi har qanday tashqi tahdid yoki hujumga qarshi musulmonlar bilan bir safda turgan. Shaharda din va e\u02bctiqod erkinligini, odamlar hayoti va mulkiy xavfsizligini ta\u02bcminlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o\u02bbzaro kelishuvga erishilgan g\u02bbayrimusulmonlar (zimmiylar) haq-huquqlari borasida nihoyatda ehtiyotkor edilar. Bu borada\u00a0<strong><em>\u201cKim bir<\/em><\/strong><strong><em>or<\/em><\/strong>\u00a0<strong><em>zimmiyga<\/em><\/strong><strong><em>\u00a0ozor bersa, menga ozor bergan bo\u02bbladi<\/em><\/strong><strong><em>\u201d<\/em><\/strong>,\u00a0<strong><em>\u201c<\/em><\/strong><strong><em>Kim\u00a0<\/em><\/strong><strong><em>biz ahd<\/em><\/strong><strong><em>lashgan<\/em><\/strong>\u00a0<strong><em>g\u02bbayrimusulmonlardan<\/em><\/strong><strong><em>\u00a0biriga zulm qilsa, uning haq<\/em><\/strong><strong><em>qidan ushlab qolsa<\/em><\/strong><strong><em>, qo\u02bblidan kelmaydigan\u00a0<\/em><\/strong><strong><em>ishni buyursa<\/em><\/strong><strong><em>\u00a0yoki majburlasa,\u00a0<\/em><\/strong><strong><em>qiyomat kuni men uning dushmani bo\u02bblaman\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn20\" name=\"_ftnref20\">[20]<\/a>,<\/em><\/strong>\u00a0deganlar. Xalifalar ham musulmon bo\u02bblmaganlar huquq va imtiyozlarining himoyachisi edilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam doim Alloh taoloning amriga itoat etish, maxluqotlarga mehr-shafqat ko\u02bbrsatish, mo\u02bbtadil bo\u02bblish, dushmanlik o\u02bbrniga do\u02bbstlik va muhabbat rishtalarini o\u02bbrnatishga, g\u02bbazab yoki qasos o\u02bbrniga yumshoqlik, yomonlik o\u02bbrniga xayrixoh bo\u02bblish kerakligini ta\u02bckidlaganlar. Ezgulik barcha dinlarning asosi ekaniga ishora sifatida o\u02bbtgan payg\u02bbambarlar va ularga nozil bo\u02bblgan muqaddas kitoblarini hurmat qilganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bag\u02bbrikenglikni asosiy tamoyillardan biri deb bilganlar.\u00a0<strong>\u201c<\/strong>(Ey Muhammad) Rabbingizning yo\u02bbli (dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan da\u02bcvat qiling! Ular bilan eng go\u02bbzal uslubda munozara qiling!\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftn21\" name=\"_ftnref21\">[21]<\/a> oyatidan kelib chiqib, dinni bag\u02bbrikenglik bilan targ\u02bbib etdilar. Odamlarning da\u02bcvatga qo\u02bbpol munosabati u zotni bundan qaytara olmadi. Toif ahli Payg\u02bbambar alayhissalomga xunuk muomala qilganda, kechirimlilikka asoslanib, Alloh taolodan ularni halok etmasdan, balki to\u2018g\u2018ri yo\u2018lga solishini so\u02bbrab duo qilganlari jaholatga qarshi ma\u02bcrifatning ayni misolidir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>Mirziyoyev Sh.M. BMTning 72-sessiyasida so\u02bbzlagan nutqidan. 2017 yil 20 sentyabr. AQSH.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>Qur\u02bconi karim ma\u02bcnolarining tarjima va tafsiri. Tarjima va izohlar muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. \u2013 T.: TIU, 2006. Moida surasi 2-oyat. (Keyingi o\u02bbrinlarda sura nomi va oyat raqami beriladi)<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>Anbiyo surasi 92-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>Rum surasi 22-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>Hujurot surasi 13-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>Mumtahana surasi 8-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>Sahihi Buxoriy. 2442-hadis, Sahihi Muslim.2580-hadis.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>Sahihi Buxoriy. 76-bob. G\u02bbazabni bosish haqida. 6114-hadis.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a>A\u02bcrof surasi 199-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a>Imom Muslim rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a>Hujurot surasi 12-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a>Luqmon surasi 18-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a>Hujurot surasi 11-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref14\" name=\"_ftn14\">[14]<\/a>Anfol surasi 46-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref15\" name=\"_ftn15\">[15]<\/a><em>Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy rivoyati<\/em><em>.<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref16\" name=\"_ftn16\">[16]<\/a>O\u02bbzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 35-modda. 2023 yil 30 aprel kuni o\u02bbtkazilgan O\u02bbzbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref17\" name=\"_ftn17\">[17]<\/a>Baqara surasi 256-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref18\" name=\"_ftn18\">[18]<\/a>Yunus surasi 99-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref19\" name=\"_ftn19\">[19]<\/a>Haj surasi 40-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref20\" name=\"_ftn20\">[20]<\/a>\u00a0Sahihi Abu Dovud. 3052-hadis.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=32712#_ftnref21\" name=\"_ftn21\">[21]<\/a>Nahl surasi 125-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Toxir<\/strong><strong>\u00a0EVADULLAYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-<\/strong><strong>tadqiqot markazi<br \/>\nbo\u2018lim boshlig\u2018i<br \/>\n<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Insonlarga millati, irqi va dinidan qat\u02bci nazar ularni kamsitmay, qo\u02bbpollik qilmay, muloyim xatti-harakatlar bilan munosabatda bo\u02bblish bag\u02bbrikenglikni ifodalaydi. Bu yuksak axloqli kishilarga xos oliy fazilatdir. Islom dini manbalarida axloqiy tamoyillar muhim o\u02bbrin tutib, bular orasida bag\u02bbrikenglikning alohida o\u02bbrni bor. Eng so\u02bbnggi dinga \u201cIslom\u201d nomining berilishi uning boshqa ma\u02bcnolar qatorida bag\u02bbrikeng va bag\u02bbrikenglik dini ekanini anglatadi. &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32713,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>QUR\u02bcON VA SUNNATDA BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK TALQINI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"QUR\u02bcON VA SUNNATDA BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK TALQINI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"QUR\u02bcON VA SUNNATDA BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK TALQINI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"QUR\u02bcON VA SUNNATDA BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK TALQINI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-11-17T15:38:59+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-11-17T16:31:27+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/bagrikeng.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"374\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&lang=oz\",\"name\":\"QUR\u02bcON VA SUNNATDA BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK TALQINI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/bagrikeng.jpg\",\"datePublished\":\"2023-11-17T15:38:59+00:00\",\"dateModified\":\"2023-11-17T16:31:27+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"QUR\u02bcON VA SUNNATDA BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK TALQINI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/bagrikeng.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/bagrikeng.jpg\",\"width\":660,\"height\":374},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"QUR\u02bcON VA SUNNATDA BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK TALQINI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"QUR\u02bcON VA SUNNATDA BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK TALQINI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"QUR\u02bcON VA SUNNATDA BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK TALQINI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"QUR\u02bcON VA SUNNATDA BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK TALQINI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"QUR\u02bcON VA SUNNATDA BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK TALQINI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-11-17T15:38:59+00:00","article_modified_time":"2023-11-17T16:31:27+00:00","og_image":[{"width":660,"height":374,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/bagrikeng.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&lang=oz","name":"QUR\u02bcON VA SUNNATDA BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK TALQINI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/bagrikeng.jpg","datePublished":"2023-11-17T15:38:59+00:00","dateModified":"2023-11-17T16:31:27+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"QUR\u02bcON VA SUNNATDA BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK TALQINI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/bagrikeng.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/11\/bagrikeng.jpg","width":660,"height":374},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=32715&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"QUR\u02bcON VA SUNNATDA BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK TALQINI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/32715"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=32715"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/32715\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32729,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/32715\/revisions\/32729"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/32713"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=32715"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=32715"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=32715"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}