{"id":31852,"date":"2023-10-17T11:34:26","date_gmt":"2023-10-17T06:34:26","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31852"},"modified":"2023-10-17T11:34:26","modified_gmt":"2023-10-17T06:34:26","slug":"arbinjon-va-unga-yondosh-qishloqlardan-chiqqan-roviylar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&lang=oz","title":{"rendered":"ARBINJON VA UNGA YONDOSH QISHLOQLARDAN CHIQQAN ROVIYLAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arbinjon shahri tarixda \u201cArbinjon\u201d, \u201cArbinjoni\u201d, \u201cArbinj\u201d, \u201cRabinjon\u201d va \u201cArabnajn\u201d nomlari bilan atalgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn1\" name=\"_ftnref1\"><sup>[1]<\/sup><\/a>. Aksar arab manbalarida \u201c\u0623\u064e\u0631\u0652\u0628\u0650\u0646\u0652\u062c\u064e\u0646\u201d \u2013\u201cArbinjon\u201d shaklida kelgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn2\" name=\"_ftnref2\"><sup>[2]<\/sup><\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbrta asrlarda Samarqand Sug\u02bbdini Buxoro Sug\u02bbdidan Arbinjon va Karmana shaharlaridan Buttamongacha bo\u02bblgan hudud ajratib turgan. Samarqandning Buxoroga yaqin yerlarida Ishtixon, Kushoniya, Dabusiya va Arbinjon joylashgan. Ishtixon va Kushoniya Qoradaryoning shimolida, Dabusiya va Arbinjon janubida bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abulqosim ibn Havqalning \u201cKitobul masolik val mamolik\u201d (\u201cYo\u02bbllar va mamlakatlar haqidagi kitob\u201d) asarida keltirilishicha Karmanadan Dabusiyagacha to\u02bbrt, Dabusiyadan Arbinjongacha besh, Arbinjondan Zarmongacha besh farsah masofa bo\u02bblgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn3\" name=\"_ftnref3\"><sup>[3]<\/sup><\/a>. Yozma manbalarda qayd etilishicha, Arbinjon Dabusiyadan kattaroq bo\u02bblgan. 1158 yili Xorazmshoh El Arslonning Samarqandga yurishi davrida vayron etilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>. Hozirgi kunda shaharning xarobalari Narpay tumani Qadim mahallasi Yovuzguzar qishlog\u02bbi hududida saqlanib qolgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arbinjon shahri mudofaa nuqtai nazardan va iqtisodiy jihatdan qulay hududda joylashgan. Shahar: ark, oddiy odamlar yashaydigan shahriston va hunarmandlar joylashgan rabotini o\u02bbz ichiga olgan. Atrofida Sakon, Sankabos, Sankadizak, Furqon, Karzon kabi bir necha qishloq unga tobe bo\u02bblgan. Arbinjonda turli davrlarda A.Yu.Yakubovskiy, V.A.Shishkin, T.Mirg\u02bbiyosov, G.A.Pugachenkova, Yu.F.Buryakov va O.M.Rostovsev kabi tarixchi \u2013 arxeologlar tomonidan arxeologik tadqiqotlar o\u02bbtkazilgan. Qazishmalar chog\u02bbida X asrning birinchi yarmiga oid bir necha oltin dinor, kumush va mis tangalar topilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arbinjonda dehqonchilik bilan birga to\u02bbqimachilik ham rivojlangan bo\u02bblib, \u201cRabinjoni\u201d navli gazlama ishlab chiqarilgan. U pishiqligi bilan mashhur bo\u02bblgan. X asrda yashab o\u02bbtgan arab sayyohi Masdusiyning yozishicha, Arbinjon xalqaro bozorda \u201cRabinjoni\u201d gazlamasi va qizil matodan tikilgan chakmonlari bilan dovrug\u02bb taratgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arbinjonda ilm-fan va madaniyat rivojlangan bo\u02bblib, unda o\u02bbziga xos hadis maktablari shakllangan. Buning tasdig\u02bbi sifatida IX-XI asrlarda Arbinjon shahri va atrofidagi qishloqlardan yetishib chiqqan, tarixiy manbalarda nomlari zikr etilgan o\u02bbnlab hadis roviylarini keltirish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Quyida ularni qisqacha tavsiflab, tanishtirib o\u02bbtamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abu Bakr Ahmad Arbinjoniy (vaf. 315\/927 y.)<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To\u02bbliq ismi \u2013 Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Muso ibn Rijo ibn Honish Arbinjoniy. O\u02bbz davrida ishonchli hadis roviysi va hanafiy mazhabining taniqli faqihlaridan hisoblangan. Boshlang\u02bbich ta\u02bclimni otasi Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Muso ibn Rijo ibn Honish Karzoniydan olib, hadislarni asosan undan rivoyat qilgan. Ahmad Arbinjoniy Arbinjonda qozilik qilgan. Undan Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad va Abulabbos Idris Arbinjoniy kabi roviylar ta\u02bclim olgan va hadis rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda Ahmad Arbinjoniyning vafoti borasida turlicha ma\u02bclumotlar mavjud. Ayrim manbalarda 315\/927<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>\u00a0yil deb keltirilgan bo\u02bblsa, ba\u02bczilarida 369\/979 yil rabi\u02bcus soniy (oktyabr) oyida vafot etgani qayd etilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abu Muso Horun Arbinjoniy (X-asr)<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To\u02bbliq ismi \u2013 Abu Muso Horun ibn Sohib Arbinjoniydir. Abdulkarim Sam\u02bconiyning \u201cAnsob\u201d asarida allomaning shogirdi Abulabbos A\u02bcto Arbinjoniy 369\/979 yilda vafot etgani qayd etilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>. Shunga asoslanib, Abu Muso Horun Arbinjoniy X asrda yashab o\u02bbtgan, deb xulosa qilish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Muso Arbinjoniy Muhammad ibn Muso Sohib Yahyo ibn Aqsom Qoziydan ta\u02bclim olgan va undan hadis rivoyat qilgan. O\u02bbzi esa, Abulabbos A\u02bcto ibn Ahmad ibn Idris Arbinjoniy va Abulhasan Ali ibn Umar ibn Muhammad Harbiy kabi roviylarga ustozlik qilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abulabbos A\u02bcto Arbinjoniy (vaf. 369\/979 y.)<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To\u02bbliq ismi \u2013 Abulabbos A\u02bcto ibn Ahmad ibn Idris Arbinjoniy. O\u02bbz davrida ishonchli hadis roviysi va hanafiy mazhabining taniqli faqihlaridan hisoblangan. U hadis ilmini ustozi Abu Muso Horun ibn Hojib (Sohib) Arbinjoniydan o\u02bbrgangan va undan hadis rivoyat qilgan. O\u02bbzi esa, Abu Sa\u02bcd Idrisiyga ustozlik qilgan. Alloma Arbinjonda bir muddat qozilik qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda A\u02bcto Arbinjoniy 369\/979 yil rabi\u02bcus soniy (oktyabr) oyida vafot etgani qayd qilingan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abu Muslim Omir Arbinjoniy (vaf. 293\/905-906 y.)<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To\u02bbliq ismi \u2013 Abu Muslim Omir ibn Mukomil ibn Muhammad ibn Qutn ibn Usmon ibn Abdulloh ibn Osim ibn Xolid ibn Qurra ibn Mushrif Hamadoniy Arbinjoniydir. Bobosi Muhammad ibn Qutn o\u02bbz zamonasining mashhur hadis roviylaridan bo\u02bblgan. Shu bois Abu Muslim Arbinjoniy ko\u02bbpincha bobosidan eshitib o\u02bbrgangan hadislarni rivoyat qilgan. Keyinchalik Abu Salama Yahyo ibn Mug\u02bbira Maxzumiy, Hoshim ibn Qosim Haroniy, Horun ibn Muso Farobiy, Salama ibn Shubayb kabi ustozlardan hadis tinglagan. Fozil inson va ishonchli roviy hisoblangan. Doim \u201c<strong><em>Ilmni yozish bilan mahkamlang<\/em><\/strong>\u201d hadisiga amal qilib, eshitganlarini yozib borgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Muslimdan Muhammad ibn Ahmad ibn Hoshim Zahabiy, Abdurahmon ibn Fath Siroj, Muhammad ibn Zakariyo ibn Husayn Nasafiy kabi allomalar hadis tinglagan va rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda yozilishicha, alloma 293\/905-906 yilda vafot etgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Vahb<\/strong><strong>\u00a0ibn Jamil Arbinjoniy<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning to\u02bbliq ismi Vahb ibn Jamil ibn Fazl Arbinjoniydir. \u201cAnsob\u201dda qayd etilishicha haj ibodatini ado qilib, yurtiga qaytayotganda bir muddat Bag\u02bbdod shahrida qolgan va Fazl ibn Abbos ibn Abdulloh Balxiydan hadislar tinglagan. Keyinchalik ustozlaridan eshitgan hadislarni odamlarga o\u02bbrgatib yurgan. Bog\u02bbdodda undan Abulhasan ibn Jundiy hadis eshitgan va rivoyat qilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abu Nasr Ahmad Arbinjoniy<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0To\u02bbliq ismi \u2013 Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Abdulloh Arbinjoniy Sug\u02bbdiy. Hadisga oid ta\u02bclimni Abdulloh ibn Abdurahmon Samarqandiy, Abu Tavba Saiyd ibn Hoshim Kag\u02bboziy va Ahmad ibn Ayyub Bazashiy kabi allomalardan olgan, ulardan rivoyat qilgan. O\u02bbzi Abu Ali Sayravoniyga ustozlik qilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abu Sa\u02bcd Muhammad Arbinjoniy<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning to\u02bbliq ismi Abu Sa\u02bcd Muhammad ibn Hishom ibn Is\u02bchoq Arbinjoniydir. Uning tug\u02bbilgan yoki vafot etgan yillari manbalarda qayd etilmagan. Ammo ustozi Muhammad ibn Salom Poykandiy 777-839 yillarda yashagani to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumot bor. Shunga asoslanib, Abu Muso Horun Arbinjoniy IX asrda yashab o\u02bbtgan, deb aytish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Sa\u02bcd boshlang\u02bbich ta\u02bclimni Arbinjon allomalaridan olgan. Keyinchalik Buxoroga ketgan. U yerda yashab qolgani uchun Buxoriy nisbasini ham olgan. Muhammad ibn Salom Poykandiy (777-839), Hasan ibn Harb, Ahmad ibn Abu Abdulloh Taymiy va Fazl ibn Dovud kabi o\u02bbz davrining mashhur muhaddislaridan ta\u02bclim olgan va hadis rivoyat qilgan. o\u02bbzi Yusuf ibn Rayhonning ustozi bo\u02bblgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Karzon<\/strong><strong>\u00a0qishlog\u02bbi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Abdulloh Yoqut Hamaviyning \u201cMo\u02bbjamul buldon\u201d asarida Karzon Samarqand Sug\u02bbdidagi Arbinjon shahriga yondosh qishloqlardan biri bo\u02bblgani va Korazni<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a>\u00a0deb atalgani qayd etilgan. Hozirgi nomi Xo\u02bbjakarzon. O\u02bbrta asrlarda bu yerda ilm-fan, madaniyat, dehqonchilik yaxshi rivojlangan. IX-X asrlarda bir qancha roviy yetishib chiqqan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abu Ja\u02bcfar Muhammad Karzoniy (IX asr oxiri, IX asr boshi)<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Muso ibn Rijo ibn Honish Karzoniy. Ba\u02bczi manbalarda Furqoniy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn15\" name=\"_ftnref15\"><sup>[15]<\/sup><\/a>\u00a0deb ham keltirilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn16\" name=\"_ftnref16\">[16]<\/a>. Muhammad ibn Muhammad Husayniy Zobidiyning \u201cTojul u\u02bcrus min javohiril qomus\u201d (\u201cQomus marvaridlaridagi kelinlar toji\u201d) asarida uning Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Muso ibn Rijo ibn Honish Arbinjoniy ismli o\u02bbg\u02bbli 369\/979 yil vafot etgani qayd qilingan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn17\" name=\"_ftnref17\"><sup>[17]<\/sup><\/a>. Shunga asoslanib, Abu Ja\u02bcfar Muhammad Karzoniy IX asr oxiri \u2013 IX asr boshida yashab o\u02bbtgan, desak, adashmagan bo\u02bblamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Karzoniy hadis ilmida o\u02bbz zamonasining fozil kishilaridan biri bo\u02bblib, farzandu nabiralari ham hadis rivoyat qilgan. Asosan Abu Mus\u02bcab Ahmad ibn Abu Bakr Zuhriy, Yahyo ibn Maxtum Qoziy, Is\u02bchoq ibn Abu Isroil, Solih ibn Musmar Kushmihoniy, Hannod ibn Sariy, Muhammad ibn Bashshor va Husayn ibn Haris Marvaziy kabi taniqli allomalardan hadis tinglagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Undan Muhammad Karzoniydan Ahmad, Muthir isimli o\u02bbg\u02bbllari va nabirasi Abu Bakr Muhammad ibn ibn Ahmad Karzoniy hamda shogirdi Abu Bakr Muhammad ibn Usoma Muqriy Samarqandiy ta\u02bclim olgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn18\" name=\"_ftnref18\">[18]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abulhasan Muthir Karzoniy<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abulhasan Muthir ibn Muhammad ibn Muso ibn Rijo ibn Honish Karzoniy. Yuqorida nomi zikr qilingan Abu Ja\u02bcfar Muhammad Karzoniyning kenja o\u02bbg\u02bbli. Dastlabki ta\u02bclimni otasidan olgan va undan hadis rivoyat qilgan. O\u02bbzi esa jiyani (akasining o\u02bbg\u02bbli) Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Muso Karzoniyga ustozlik qilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn19\" name=\"_ftnref19\">[19]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abu Bakr Muhammad Karzoniy (vaf. 370\/980-981)<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Muso ibn Rijo ibn Honish Karzoniy. Asosan dehqonchilik bilan shug\u02bbullangan. Hadis ilmini otasi Ahmad ibn Muhammad Karzoniy va bobosi Muhammad ibn Muso Karzoniydan olgan. Undan Abu Muhammad Ahmad ibn Ali Dabusiy va Abu Sa\u02bcd Idrisiy hadis tinglagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Sa\u02bcd Idrisiy aytadi: \u201cArbinjonga borganimizda, undan hadis yozib oldik\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn20\" name=\"_ftnref20\">[20]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Karzoniy 370\/980-981 yilda Arbinjon qishlog\u02bbida vafot etgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn21\" name=\"_ftnref21\">[21]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Sankabos<\/strong><strong>\u00a0qishlog\u02bbi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arbinjon shahriga yondosh qishloqlardan biri.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abulhasan Ahmad Sankabosiy (vaf. 406\/1015)<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abulhasan Ahmad ibn Rabi\u02bc ibn Shofe\u02bc ibn Muhammad ibn Mo\u02bbmin Sankabosiy. Farzandu nabiralari ham roviy bo\u02bblgan. Hadis ilmini Omir ibn Shubayb, Ahmad ibn Humayd ibn Said Sankabosiy va Abdusamad ibn Abdulaziz Nasafiy kabi ustozlardan o\u02bbrgangan va ulardan hadislar rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Undan o\u02bbg\u02bbli Ali Sankabosiy ta\u02bclim olgan. Manbalarda qayd etilishicha Abulhasan Ahmad Sankabosiy 406\/1015 yili vafot etgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn22\" name=\"_ftnref22\">[22]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abulhasan Ali Sankabosiy (vaf.452\/1061)<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abulhasan Ali ibn Ahmad ibn Robi\u02bc ibn Shofe\u02bc Sankabosiy. Yuqorida nomi zikr etilgan Abulhasan Ahmad Sankabosiyning o\u02bbg\u02bbli. Dastlabki ta\u02bclimni otasidan olgan. Keyinchalik Ahmad ibn Humayd Sankabosiy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn23\" name=\"_ftnref23\">[23]<\/a>\u00a0va hofiz Abu Said Abdurahmon ibn Muhammad ibn Muhammad Astraboziydan ilm o\u02bbrgangan va hadis rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzi esa Abulqosim Abdulloh ibn Umar Kasiy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn24\" name=\"_ftnref24\">[24]<\/a>\u00a0yoki Koshoniy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn25\" name=\"_ftnref25\">[25]<\/a>\u00a0va Abulhasan Ali ibn Usmon kabi allomaning ustozi bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda qayd etilishicha, Abulhasan Ahmad 452\/1061 yili zulhijja oyining 9 sanasida (3 yanvar) Samarqandda vafot etgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn26\" name=\"_ftnref26\">[26]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abu Ali Hasan Sankabosiy<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Ali Hasan ibn Ali ibn Ahmad ibn Robi\u02bc ibn Shofe\u02bc Sankabosiy. Abulhasan Ali Sankabosiyning o\u02bbg\u02bbli. Avval otasidan, keyin Muhammad ibn Nasr Marvaziy va Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy kabi allomalardan ta\u02bclim olib, ulardan hadislar rivoyat qilgan. Undan Abu Muhammad Abdujabbor ibn Muhammad ibn Ahmad Havoriy Bayhaqiy va Amr ibn Shubayb Sankabosiy hadis rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hasan Sankabosiydan Arbinjonning o\u02bbsha davrdagi hokimi Abdulmalik ibn Ka\u02bcb Sankabosiy ham hadis tinglagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abu Ali Mazo Sankabosiy<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Ali Mazo ibn Hotam ibn Ubaydulloh ibn Zahhor ibn Taxxor Sankabosiy. Abu Muhammad Hasan ibn Mo\u02bbtiydan ta\u02bclim olgan va aksar hadislarni undan rivoyat qilgan. O\u02bbzi faqih Abdulloh ibn Muhammad ibn Shoh Samarqandiyning ustozi bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Furqon<\/strong><strong>\u00a0qishlog\u02bbi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arbinjonga qarashli yerning nohiyasida joylashgan. Manbalarda uning \u201cFurfora\u201d deb ham atalgani qayd etilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn27\" name=\"_ftnref27\">[27]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Sulaymon Furqoniy<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sulaymon ibn Muoz Sug\u02bbdiy Furqoniy. Allomaning tug\u02bbilgan yoki vafot qilgan yili manbalarda qayt etilmagan. Manbalarda uning ustozi Abd ibn Humayd Keshiyning 786-863 yillarda yashagani qayd etilgan. Sulaymon Furqoniy Imom Buxoriy bilan zamondosh bo\u02bblgan desak, xato bo\u02bblmaydi. Chunki \u201cJomius sahih\u201dda Abd ibn Humayd Keshiydan rivoyat qilingan bir necha hadis bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Sulaymon Furqoniy hadislarning aksariyatini Muhammad ibn Suhayl ibn Vohid Bohiliy va Abd ibn Humayd Keshiydan rivoyat qilgan. Undan Abu Nasr Muhammad ibn Ahmad ibn Hojib va Nasr ibn Ahmad ibn Ismoil ibn Sobih Koshoniy hadis ilmidan ta\u02bclim olgan.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn28\" name=\"_ftnref28\">[28]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Sakon<\/strong><strong>\u00a0qishlog\u02bbi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arbinjon shahri yaqinidagi qishloqlardan biri bo\u02bblib, Sakkon deb ham atalgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abu Ali Sakoniy<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadislarni asosan ustozi Said ibn Mansurdan rivoyat qilgan. O\u02bbzi esa faqih Ibrohim ibn Hamdavayh Ishtixoniyning ustozi bo\u02bblgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftn29\" name=\"_ftnref29\">[29]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">IX-XII asrlar islom olamida ilm-fan rivojining oltin davri bo\u02bblgan. O\u02bbsha kezlarda Samarqandning deyarli har go\u02bbshasidan allomalar yetishib chiqqan. Ular dunyo ilm-fani taraqqiyotiga benazir hissa qo\u02bbshib, tarix zarvaraqlaridan munosib o\u02bbrin egallagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Albatta, bu muxtasar maqola O\u02bbrta asrlarda Arbinjon va unga yondosh hududlarda tug\u02bbilib o\u02bbsgan barcha allomalarning hayoti va ilmiy merosini aks ettirmaydi. Unda arab manbalarida qayd etilgan ba\u02bczi ma\u02bclumotlar keltirildi, xolos. Shu bois Arbinjon, Karzon, Sankabos, Furqon va Sakon kabi shahar va qishloqlar tarixi va u yerlardan yetishib chiqqan allomalar hayoti va ilmiy ijodini o\u02bbrganish bo\u02bbyicha keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib borish hali dolzarb masala bo\u02bblib qolaveradi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Qarang: Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J, 1. \u2013 Bayrut, 1988. \u2013 B. 104; Muhammad ibn Muhammad Husayniy Zobidiy. Tojul u\u02bcrus min javohiril qomus. J, 35. Dorul hidoya. \u2013 B. 74.; Abdulloh Abdulhamid Saad. O\u02bbrta Osiyo olimlari qomusi. \u2013T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-ma\u02bcrifiy markazi nashriyoti, 2007. \u2013B. 20.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Abulqosim ibn Havqol. Kitobul masolik val mamolik. \u2013 Laydan. 1873. \u2013B. 342.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Abulqosim ibn Havqol. Kitobul masolik val mamolik. J,1. \u2013 B. 1.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Nuriddin Begaliyev, Abdurayim Turobov. Samarqand toponimiyasi. \u2013Samarqand. 2015. \u2013B. 27<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Muhammad ibn Muhammad Husayniy Zobidiy. Tojul u\u02bcrus min javohiril qomu. J, 35. Dorul hidoya. \u2013 B. 74.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Mo\u02bbjamul buldon. J, 9. \u2013 Bayrut, 1979. \u2013 B. 302.; Abdulloh Abdulhamid Sa\u02bcd. O\u02bbrta Osiyo olimlari qomusi. \u2013 T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-ma\u02bcrifiy markazi nashriyoti, 2007. \u2013 B. 21.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J, 1. \u2013 Bayrut, 1988. \u2013 B. 104.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J, 1. \u2013 Bayrut, 1988. \u2013 B. 105.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J, 1. \u2013 Bayrut, 1988. \u2013 B. 104.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J, 1. \u2013 Bayrut, 1988. \u2013 B. 104.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J, 1. \u2013 Bayrut, 1988. \u2013 B. 105.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J, 3. \u2013 Bayrut, 1988. \u2013 B. 44.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J, 3. \u2013 Bayrut, 1988. \u2013 B. 44.; Suyundik Mustafo Nurotoiy. Xatirchilik tabarruk siymolar. \u2013 T.: Muharrir. 2010. \u2013 B. 25.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref14\" name=\"_ftn14\">[14]<\/a>\u00a0Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Mu\u02bcjamul buldon. J, 4. \u2013 Bayrut, 1979. \u2013 B. 428.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref15\" name=\"_ftn15\">[15]<\/a>\u00a0Furqon qishlog\u02bbi ham Arbinjonga qarashli qishloqlardan biridir.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref16\" name=\"_ftn16\">[16]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J, 4. \u2013 Bayrut, 1988. \u2013 B. 406.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref17\" name=\"_ftn17\">[17]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J, 1. \u2013 Bayrut, 1988. \u2013 B. 104.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref18\" name=\"_ftn18\">[18]<\/a>\u00a0Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Mu\u02bcjamul buldon. J, 9. \u2013 Bayrut, 1979. \u2013B.344.; Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J, 4. \u2013 Bayrut, 1988. \u2013B. 406.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref19\" name=\"_ftn19\">[19]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J, 11. \u2013 Bayrut, 1988. \u2013B. 17.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref20\" name=\"_ftn20\">[20]<\/a>\u00a0Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Mu\u02bcjamul buldon. J, 4. \u2013 Bayrut, 1979. \u2013B. 428.; Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J, 3. \u2013 Bayrut, 1988. \u2013B.27.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref21\" name=\"_ftn21\">[21]<\/a>\u00a0Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Mu\u02bcjamul buldon. J, 9. \u2013 Bayrut, 1979. \u2013B. 344.; Suyundik Mustafo Nurotoiy. Xatirchilik tabarruk siymolar. \u2013 T.: Muharrir. 2010. \u2013B. 31.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref22\" name=\"_ftn22\">[22]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J, 3. \u2013 Bayrut, 1988. \u2013B.322.; Muhammad ibn Muhammad Husayniy Zobidiy. Tarixul u\u02bcrus min javohiril qomus. J, 5. Dorul hidoya. \u2013B. 272.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref23\" name=\"_ftn23\">[23]<\/a>\u00a0Muhammad ibn Muhammad Husayniy Zobidiy. Tojul u\u02bcrus min javohiril qomu. J, 5. Dorul hidoya. \u2013B. 272<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref24\" name=\"_ftn24\">[24]<\/a>\u00a0Muhammad ibn Muhammad Husayniy Zobidiy. Tojul u\u02bcrus min javohiril qomu. J, 35. Dorul hidoya. \u2013B. 25.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref25\" name=\"_ftn25\">[25]<\/a>\u00a0Shamsiddin Zahabiy. Tarixul islom val vafayotul mashohir val a\u02bclom. J. 35. \u2013 Bayrut. Lubnon. 1987. \u2013B. 61.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref26\" name=\"_ftn26\">[26]<\/a>\u00a0Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Mu\u02bcjamul buldon. J, 7. \u2013 Bayrut, 1979. \u2013B. 25.; Muhammad ibn Muhammad Husayniy Zobidiy. Tojul u\u02bcrus min javohiril qomu. J, 5. Dorul hidoya. \u2013B. 322.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref27\" name=\"_ftn27\">[27]<\/a>\u00a0Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Mu\u02bcjamul buldon. J, 4. \u2013 Bayrut, 1979. \u2013B. 428.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref28\" name=\"_ftn28\">[28]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J, 4. \u2013 Bayrut, 1988. \u2013B. 406.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=31849#_ftnref29\" name=\"_ftn29\">[29]<\/a>\u00a0Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Mu\u02bcjamul buldon. J, 2. \u2013 Bayrut, 1979. \u2013B. 461.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Yo\u02bbldoshxon ISAYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Arbinjon shahri tarixda \u201cArbinjon\u201d, \u201cArbinjoni\u201d, \u201cArbinj\u201d, \u201cRabinjon\u201d va \u201cArabnajn\u201d nomlari bilan atalgan[1]. Aksar arab manbalarida \u201c\u0623\u064e\u0631\u0652\u0628\u0650\u0646\u0652\u062c\u064e\u0646\u201d \u2013\u201cArbinjon\u201d shaklida kelgan[2]. O\u02bbrta asrlarda Samarqand Sug\u02bbdini Buxoro Sug\u02bbdidan Arbinjon va Karmana shaharlaridan Buttamongacha bo\u02bblgan hudud ajratib turgan. Samarqandning Buxoroga yaqin yerlarida Ishtixon, Kushoniya, Dabusiya va Arbinjon joylashgan. Ishtixon va Kushoniya Qoradaryoning shimolida, Dabusiya va Arbinjon janubida bo\u02bblgan. Abulqosim &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":31850,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650,667],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ARBINJON VA UNGA YONDOSH QISHLOQLARDAN CHIQQAN ROVIYLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ARBINJON VA UNGA YONDOSH QISHLOQLARDAN CHIQQAN ROVIYLAR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ARBINJON VA UNGA YONDOSH QISHLOQLARDAN CHIQQAN ROVIYLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ARBINJON VA UNGA YONDOSH QISHLOQLARDAN CHIQQAN ROVIYLAR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-10-17T06:34:26+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/bukhari_buxoriy2023_123.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"11 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&lang=oz\",\"name\":\"ARBINJON VA UNGA YONDOSH QISHLOQLARDAN CHIQQAN ROVIYLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/bukhari_buxoriy2023_123.jpg\",\"datePublished\":\"2023-10-17T06:34:26+00:00\",\"dateModified\":\"2023-10-17T06:34:26+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ARBINJON VA UNGA YONDOSH QISHLOQLARDAN CHIQQAN ROVIYLAR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/bukhari_buxoriy2023_123.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/bukhari_buxoriy2023_123.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ARBINJON VA UNGA YONDOSH QISHLOQLARDAN CHIQQAN ROVIYLAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ARBINJON VA UNGA YONDOSH QISHLOQLARDAN CHIQQAN ROVIYLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ARBINJON VA UNGA YONDOSH QISHLOQLARDAN CHIQQAN ROVIYLAR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ARBINJON VA UNGA YONDOSH QISHLOQLARDAN CHIQQAN ROVIYLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ARBINJON VA UNGA YONDOSH QISHLOQLARDAN CHIQQAN ROVIYLAR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-10-17T06:34:26+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/bukhari_buxoriy2023_123.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"11 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&lang=oz","name":"ARBINJON VA UNGA YONDOSH QISHLOQLARDAN CHIQQAN ROVIYLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/bukhari_buxoriy2023_123.jpg","datePublished":"2023-10-17T06:34:26+00:00","dateModified":"2023-10-17T06:34:26+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ARBINJON VA UNGA YONDOSH QISHLOQLARDAN CHIQQAN ROVIYLAR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/bukhari_buxoriy2023_123.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/10\/bukhari_buxoriy2023_123.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=31852&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ARBINJON VA UNGA YONDOSH QISHLOQLARDAN CHIQQAN ROVIYLAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/31852"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=31852"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/31852\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":31853,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/31852\/revisions\/31853"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/31850"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=31852"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=31852"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=31852"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}