{"id":30781,"date":"2023-08-29T14:24:29","date_gmt":"2023-08-29T09:24:29","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30781"},"modified":"2023-08-29T14:24:29","modified_gmt":"2023-08-29T09:24:29","slug":"ijtimoiy-yig%ca%bbin-odoblari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=30781&lang=oz","title":{"rendered":"IJTIMOIY YIG\u02bbIN ODOBLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyatdagi muammolarning yechimini topish va turli fikrlarni eshitib, to\u02bbg\u02bbri qaror chiqarish uchun ijtimoiy yig\u02bbinlar o\u02bbtkaziladi. \u00a0Qayerda\u00a0 inson yo jamoa manfaatlari uchun suhbat bo\u02bblsa, u foydali, botil so\u02bbzlar gapirilsa, \u00a0g\u02bbiybat, chaqimchilik va bo\u02bbhton qilinsa, aksincha, zararli yig\u02bbin bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karimda foydali yig\u02bbinlar haqida Alloh taoloning bunday ko\u02bbrsatmasi bor:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\ufd3f\u064a\u064e\u0627 \u0623\u064e\u064a\u0651\u064f\u0647\u064e\u0627 \u0627\u0644\u0651\u064e\u0630\u0650\u064a\u0646\u064e \u0622\u064e\u0645\u064e\u0646\u064f\u0648\u0627 \u0625\u0650\u0630\u064e\u0627 \u0642\u0650\u064a\u0644\u064e \u0644\u064e\u0643\u064f\u0645\u0652 \u062a\u064e\u0641\u064e\u0633\u0651\u064e\u062d\u064f\u0648\u0627 \u0641\u0650\u064a \u0627\u0644\u0652\u0645\u064e\u062c\u064e\u0627\u0644\u0650\u0633\u0650 \u0641\u064e\u0627\u0641\u0652\u0633\u064e\u062d\u064f\u0648\u0627 \u064a\u064e\u0641\u0652\u0633\u064e\u062d\u0650 \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u064f \u0644\u064e\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0648\u064e\u0625\u0650\u0630\u064e\u0627 \u0642\u0650\u064a\u0644\u064e \u0627\u0646\u0652\u0634\u064f\u0632\u064f\u0648\u0627 \u0641\u064e\u0627\u0646\u0652\u0634\u064f\u0632\u064f\u0648\u0627\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ey mo\u02bbminlar! Qachonki, sizlarga yig\u02bbilishlarda: \u201c<\/strong>(davrani)\u00a0<strong>kengaytiringiz! deyilsa, bas, kengaytiringiz, Alloh sizlarga ham<\/strong>\u00a0(kerak paytida keng)\u00a0<strong>joy berur. Yana qachonki, \u201cturingiz!\u201d deyilsa, darhol turingiz!<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30777#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday ekan, kishi ishtirok etayotgan yig\u02bbinlar o\u02bbzi uchun foydali bo\u02bblishi va Allohning roziligini topish uchun quyidagi odoblarga rioya etsa, maqsadga muvofiq bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Avvalambor yig\u02bbinni amru ma\u02bcruf (odamlarni yaxshilikka chaqirish) va nahiy munkar (yomonlikdan qaytarish) tarzida tashkil qilish bilan uning fazilatini oshirish lozim. Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:\u00a0<strong><em>\u201cQaysi bir qavm bir yig\u02bbinga to\u02bbplansa-yu u yerda Allohni eslamasa va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovat aytmasa, ana shu yig\u02bbin qiyomat kunida o\u02bbsha jamoa uchun hasrat va nadomat bo\u02bbladi\u201d<\/em><\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30777#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bbinning yana bir odobidan biri kirib kelganda va chiqib ketayotganda salom berishdir. Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:\u00a0<strong><em>\u201cBirortangiz bir yig\u02bbinga kelsa, salom bersin. Agar o\u02bbtirishga fursat bo\u02bblsa, o\u02bbtirsin. U yerdan chiqib ketishida ham salom bersin. Savob darajasida ikkisi tengdir\u201d<\/em><\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30777#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imkon bo\u02bblsa, yig\u02bbindagilar bilan qo\u02bbl berib ko\u02bbrishish kerak. Baro ibn Ozib roziyallohu anhu rivoyat qiladi: \u201cRasululloh sollallhou alayhi vasallam:\u00a0<strong><em>\u201cIkki musulmon uchrashib, bir-biri bilan qo\u02bbl berib ko\u02bbrishsa, ular hali ajralmay turib, gunohlari kechiriladi\u201d,\u00a0<\/em><\/strong>dedilar\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30777#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bbinga kelgan odobli kishi odamlarning yelkalaridan oshib, oldingi safga o\u02bbtishga urinmaydi va ikki odamning o\u02bbrtasiga ularning iznisiz o\u02bbtirib olmaydi. Amr ibn Shuayb bobosidan rivoyat qiladi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:\u00a0<strong><em>\u201cIkki kishining o\u02bbrtasiga ularning iznisiz o\u02bbtirilmaydi\u201d<\/em><\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30777#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbtirgan kishini o\u02bbrnidan turg\u02bbizmaslik ham odobdir. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:\u00a0<strong><em>\u201cBirontangiz o\u02bbzi o\u02bbtirishi uchun bir kishini joyidan turg\u02bbizib yubormasin. Lekin joy beringlar, sig\u02bbishinglar\u201d<\/em><\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30777#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bbinga kelgan kishi bo\u02bbsh joyga o\u02bbtirishi lozim. Jobir ibn Sumra roziyallohu anhu aytadi:\u00a0<strong><em>\u201cBiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldilariga kirsak, qayer bo\u02bbsh bo\u02bblsa, o\u02bbsha yerga o\u02bbtirar edik\u201d<\/em><\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30777#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bbinda ikki kishining o\u02bbzaro gapiga quloq tutish odobsizlik hisoblanadi. Ibn Abbos roziyallohu anhumo rivoyat qiladi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong><em>\u201cKim odamlarning gapiga ular istamagan holda quloq tutsa, qiyomat kuni qulog\u02bbiga qalay quyiladi\u201d<\/em><\/strong>, dedilar\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30777#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hojati uchun yig\u02bbindan chiqqan kishi qaytib kelgach, o\u02bbsha joyga o\u02bbtirishga haqli bo\u02bbladi. Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong><em>\u201cKim yig\u02bbindan chiqib, so\u02bbng qaytib kelsa, shu joyga boshqalardan ko\u02bbra haqliroqdir\u201d<\/em><\/strong>, dedilar<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30777#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Duo yig\u02bbindagi xato va kamchiliklarga kafforat bo\u02bbladi. Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong><em>\u201cKim bir yig\u02bbinda o\u02bbtirganida behuda gap-so\u02bbz ko\u02bbpayib ketsa, u yerdan \u00a0turishdan oldin \u201cSubhanaka allohumma va bihamdika, ashhadu an laa ilaha illa anta, va astag\u02bbfiruka va atubu ilayhi\u201d desa, ushbu kalima majlisda bo\u02bblgan behuda gaplari uchun kafforat bo\u02bbladi\u201d<\/em><\/strong>, dedilar\u201d (Allohim! Sen poksan. Senga hamd bo\u02bblsin. Sendan o\u02bbzga iloh yo\u02bbq, deb shahodat keltiraman. Sendan istig\u02bbfor so\u02bbrayman va Senga tavba qilaman)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30777#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kishi yuqorida aytib o\u02bbtilgan odoblarga rioya qilsa, u qatnashadigan barcha yig\u02bbinlar bu dunyoda ham, oxiratda ham o\u02bbziga foyda beradigan anjumanlarga aylanadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30777#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Mujodala surasi, 11-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30777#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Imom Termiziy rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30777#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Imom Abu Dovud rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30777#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Imom Ibn Moja rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30777#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Imom Abu Dovud rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30777#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Imom Buxoriy rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30777#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0Imom Termiziy rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30777#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u00a0Imom Buxoriy rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30777#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a>\u00a0Imom Muslim rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=30777#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a>\u00a0Imom Termiziy rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Otabek BAXRIYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jamiyatdagi muammolarning yechimini topish va turli fikrlarni eshitib, to\u02bbg\u02bbri qaror chiqarish uchun ijtimoiy yig\u02bbinlar o\u02bbtkaziladi. \u00a0Qayerda\u00a0 inson yo jamoa manfaatlari uchun suhbat bo\u02bblsa, u foydali, botil so\u02bbzlar gapirilsa, \u00a0g\u02bbiybat, chaqimchilik va bo\u02bbhton qilinsa, aksincha, zararli yig\u02bbin bo\u02bbladi. Qur\u02bconi karimda foydali yig\u02bbinlar haqida Alloh taoloning bunday ko\u02bbrsatmasi bor: \ufd3f\u064a\u064e\u0627 \u0623\u064e\u064a\u0651\u064f\u0647\u064e\u0627 \u0627\u0644\u0651\u064e\u0630\u0650\u064a\u0646\u064e \u0622\u064e\u0645\u064e\u0646\u064f\u0648\u0627 \u0625\u0650\u0630\u064e\u0627 \u0642\u0650\u064a\u0644\u064e \u0644\u064e\u0643\u064f\u0645\u0652 \u062a\u064e\u0641\u064e\u0633\u0651\u064e\u062d\u064f\u0648\u0627 &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":30778,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[659,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/30781"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=30781"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/30781\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30782,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/30781\/revisions\/30782"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/30778"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=30781"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=30781"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=30781"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}