{"id":29182,"date":"2023-06-16T09:19:11","date_gmt":"2023-06-16T04:19:11","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29182"},"modified":"2023-06-16T09:19:11","modified_gmt":"2023-06-16T04:19:11","slug":"imom-buxoriyning-birrul-volidayn-asari-qo%ca%bblyozma-nusxasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&lang=oz","title":{"rendered":"IMOM BUXORIYNING \u201cBIRRUL VOLIDAYN\u201d ASARI QO\u02bbLYOZMA NUSXASI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosi olimlar, tadqiqotchilar va sharqshunoslar tomonidan keng o\u02bbrganilib kelmoqda. Yurtimizda ham buyuk muhaddisning ma\u02bcnaviy merosi va ibratli hayoti jadallik bilan tadqiq etilmoqda. Buyuk vatandoshimiz hadis ilmining sultoni Imom Buxoriyning hayoti va boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganar ekanmiz, uning dunyoqarashi, ichki olami g\u02bboyat ibratli va ko\u02bbp jihatlari bilan har qanday davr uchun ham katta ahamiyat kasb etishini ko\u02bbrishimiz mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldirgan bo\u02bblib, ijodiy faoliyati davomida yozgan asarlari \u2013 bizga ma\u02bclum bo\u02bblgani \u2013 yigirma to\u02bbrttani tashkil etadi. Manbalarda \u201cJome\u02bcus sahih\u201d, \u201cAdabula mufrad\u201d, \u201cTarixus sag\u02bbir\u201d, \u201cTarixul avsat\u201d, \u201cTarixul kabir\u201d, \u201cKitobul ilal\u201d, \u201cBirrul volidayn\u201d, \u201cAsomius sahoba\u201d, \u201cKitobul kuna\u201d kabi asarlar Imom Buxoriy qalamiga mansubligi ta\u02bckidlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Barchamizga ma\u02bclumki, Imom Buxoriyning shoh asari bo\u02bblmish \u201cSahihul Buxoriy\u201d butun islom ummatining ittifoqi bilan Qur\u02bconi karimdan keyingi eng ishonchli manba sifatida e\u02bctirof etilgan. \u201cSahihul Buxoriy\u201d va \u201cAdabul mufrad\u201d axloq-odob, ibodat, ijtimoiy mezonlarni belgilovchi manbalar va umuminsoniy qadriyatlar namunalaridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xususan, ota-onaga yaxshilik bashariyat hayotidagi eng asosiy mavzulardan biri hisoblanadi. Chunki, ota-onasiga yaxshilik qilmagan kishi boshqalarga ham saxovat ko\u02bbrsatmaydi. Shuning uchun ham hadisi shariflarga oid barcha adabiyotlarda ana shu mavzuga atab alohida asarlar yozilganini yo alohida boblar ajratilganini yoki ko\u02bbramiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy bu mavzuda \u201cBirrul volidayn\u201d kitobini yozgan. Unda ota-onani e\u02bczozlash, duosini olish, xizmatida qoim bo\u02bblish haqida so\u02bbz yuritiladi. Ota-onasiga yaxshilik qilgan kishining duosi ijobat bo\u02bblishi, ota-ona musulmon bo\u02bblmasa-da silai rahmdan voz kechmaslik, haqorat qilmaslik, ko\u02bbziga tik boqmaslik, gap qaytarmaslik, huzurida \u201cuff\u201d tortmaslik zarurati ta\u02bckidlanadi. Ota-onaga oq bo\u02bblish gunohi kabiralardan biri ekani, ularga osiylikning salbiy oqibatlari tilga olinadi. Shuningdek, ota-onaning farzand oldidagi burchlari va farzandning ota-ona oldidagi vazifalari kabi masalalarni yoritib beruvchi hadisi shariflar keltiriladi. Ushbu kitob ixcham, mo\u02bbjazgina bo\u02bblib, uni shogirdi Ibn Dilluyah<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>\u00a0Imom Buxoriydan rivoyat qilgan. Bu asar bir necha asrlar davomida odamlar orasida Ibn Dilluyahdan naql o\u02bblaroq tarqalgan. Keyinroq hadis rivoyat qilinadigan ilm majlislarida bu asar asta-sekinlik bilan yo\u02bbqola borgan va oqibatda bizga qadar yetib kelmagan asarlar qatoriga kirib qolayozgan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqotchi Bassam ibn Abdulkarim Hamzaviyning ta\u02bckidlashicha<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>, \u201cBirrul volidayn\u201dni o\u02bbzida saqlab qo\u02bbygan, shogirdlariga o\u02bbqitgan mutaaxxirin ulamolardan biri \u2013 bu, imom, hofiz va sayyid Muhammad Abdulhay Kattoniydir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy ota-onaga yaxshilik mavzusida ko\u02bbp hadis rivoyat qilgan. Bu nusxada silai rahm, farzand tarbiyasi va odob-axloq masalalariga doir hadislar ham keltirilgan. Imom Buxoriy \u201cJome\u02bcus sahih\u201d va \u201cAdabul mufrad\u201dda ham ota-onaga yaxshilik mavzusiga doir hadislarni keltirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ota-onaga yaxshilik mavzusida Imom Buxoriydan boshqa ulamolar \u2013 Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Is\u02bchoq Harbiy Bag\u02bbdodiy Shofeiy (vaf. 285\/898), Abu Muhammad Qosim ibn Asbag\u02bb Qurtubiy Molikiy (vaf. 340\/952), Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad ibn Hayyon (vaf. 369\/980), Abu Muso Yumn ibn Ahmad ibn Yamn Tujibiy Tulaytiliy (vaf. 390\/1000), Abu Muhammad Hasan ibn Muhammad Xallol Bag\u02bbdodiy (vaf. 439\/1048), Abu Bakr Muhammad ibn Valid Turtushiy Molikiy Andalusiy (vaf. 520\/1126), Jamoliddin Abulfaraj Abdurahmon ibn Ali ibn Muhammad ibn Javziy (vaf. 597\/1200), Taqiyuddin Ali ibn Abdul Kofiy Subukiy (vaf. 756\/1355), Jamoluddin Muhammad ibn Abdussalom Noshiriy Zubaydiy (vaf. 906\/1501), Abul Futuh Ahmad ibn Muhammad Halabiy Halaviy (vaf. 1195\/1781), Qutbiddin Abulvafo Umar ibn Muhammad Yofiy (vaf. 1233\/1818), Ahmad ibn Muhammad (vaf. 1380\/1960) ham \u201cBirrul volidayn\u201d nomli asarlar yozgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy yozgan asarlar orasida uning o\u02bbzi \u201cBirrul volidayn\u201d deb nomlagan ixcham hadis kitobi borligiga hech qanday shubha yo\u02bbq. Chunki, bu kitob uning qalamiga mansubligidan dalolat beradigan bir nechta dalil bor. Jumladan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 \u201cBirrul volidayn\u201dni uning shogirdi Ibn Dilluyah naql qilgan;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 hadis rivoyat qilgan bir guruh roviylarning o\u02bbz silsilasi va shayxlari haqida so\u02bbz yuritganida Imom Buxoriyni ham tilga olgani, buning Imom Buxoriyga yetib boradigan muttasil sanadlari mavjudligi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Bir qancha ulamolar Imom Buxoriyning tarjimai holini yozganda mazkur kitob uning qalamiga mansubligini zikr qilgani;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Ulamolar o\u02bbz asarlarida bu kitobni zikr etganda Imom Buxoriyga nisbat bergani.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadis ulamolari ittifoq qilganidek, \u201cBirrul volidayn\u201dni Imom Buxoriydan naql qilgan shaxs Ibn Dilluyahdir. Zero, ular asardagi isnodlarni aynan u orqali kitobning o\u02bbziga qadar olib boradi va uni rivoyat qilguvchi shaxs sifatida Dilluyahni tilga oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning mazkur asari joriy 2014 yili nashrdan chiqarilgan qadimiy qo\u02bblyozmalardan hisoblanadi. Uni Bassam ibn Abdulkarim Hamzaviy va Abdul\u02bcatiy Muhyi Sharqoviy tahqiq va tadqiq qilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>. Ular kitobning qo\u02bblyozmasi to\u02bbg\u02bbrisida fikr yuritganda, bu Muhammad Abdulhay Kattoniyga tegishli Kattoniyya kutubxonasida saqlanayotgan yagona nusxa ekanini aytib, nashrga tayyorlashda aynan shunga asoslanganini ta\u02bckidlagan. Sharqoviy qo\u02bbshimcha ravishda bu yagona nusxa emasligi, Liviyadagi Ilmiy tadqiqot harakatlari markazida 1545-raqam ostida yana bir qo\u02bblyozma mavjudligi, lekin uni tadqiq qilish imkoni bo\u02bblmaganini aytgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Qo\u02bblyozmaning ilk sahifasida<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-29177 alignleft tie-appear\" src=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/brv1.jpg\" sizes=\"(max-width: 400px) 100vw, 400px\" srcset=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/brv1.jpg 400w, https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/brv1-196x300.jpg 196w\" alt=\"\" width=\"400\" height=\"611\" \/><\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0643\u062a\u0627\u0628 \u0628\u0631 \u0627\u0644\u0648\u0627\u0644\u062f\u064a\u0646 \u062a\u0623\u0644\u064a\u0641 \u0627\u0644\u0625\u0645\u0627\u0645<\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0\u0623\u0628\u064a \u0639\u0628\u062f \u0644\u0644\u0647 \u0643\u062a\u0628 \u0625\u0633\u0645\u0627\u0639\u064a\u0644 \u0625\u0628\u0631\u0627\u0647\u064a\u0645 \u0627\u0644\u0628\u062e\u0627\u0631\u064a<\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0631\u0648\u0627\u064a\u0629 \u0623\u0628\u064a \u0628\u0643\u0631 \u0645\u062d\u0645\u062f \u0628\u0646 \u0623\u062d\u0645\u062f \u062f\u0644\u0648\u064a\u0647 \u0639\u0646\u0647<\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0631\u0648\u0627\u064a\u0629 \u0623\u0628\u064a \u064a\u0639\u0644\u0649 \u062d\u0645\u0632\u0629 \u0628\u0646 \u0639\u0628\u062f \u0627\u0644\u0639\u0632\u064a\u0632 \u0627\u0644\u0645\u0647\u0644\u0628\u064a \u0639\u0646\u0647<\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0627\u0644\u0645\u0643\u062a\u0628\u0629 \u0627\u0644\u0643\u062a\u0627\u0646\u064a\u0629 \u0644\u0645\u0627\u0644\u0643\u0647\u0627 \u0645\u062d\u0645\u062f \u0639\u0628\u062f \u0627\u0644\u062d\u064a \u0627\u0644\u0643\u062a\u0627\u0646\u064a<\/strong>\u00a0<strong>\u0628\u0641\u0627\u0633<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>\u201cBirrul volidayn\u201d kitobi Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohimning asari.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Bu kitobni undan Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Dilluyah rivoyat qilgan.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Muhammad ibn Ahmad ibn Dilluyahdan Abu Ya\u02bclo Hamza ibn Abdulaziz Muhallabiy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>\u00a0rivoyat qilgan.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Muhammad Abdulhay Kattoniyga tegishli Fos shahridagi Kattoniyya kutubxonasi,\u00a0<\/em><\/strong>yozuvlarini o\u02bbqish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Keyingi sahifa:<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-29178 alignleft tie-appear\" src=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/brv2.jpg\" sizes=\"(max-width: 428px) 100vw, 428px\" srcset=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/brv2.jpg 428w, https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/brv2-199x300.jpg 199w\" alt=\"\" width=\"428\" height=\"645\" \/><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu sahifa \u201cBirrul volidayn\u201d kitobidagi hadislarni Muhammad ibn Ismoil Buxoriy Abu Abdulloh Jo\u02bbfiydan 328\/940 yilda Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Dilluyah Daqqoq, undan Abu Ya\u02bclo Hamza ibn Abdulaziz Muhallabiy rivoyat qilgani to\u02bbg\u02bbrisidagi ma\u02bclumot bilan boshlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarning asli Damashqda bo\u02bblib, Abdulhay Kattoniy uni Muhammad ibn Muhammad Muborak Hasaniy Jazoiriy Damashqiy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>dan olgan. Ko\u02bbchiruvchi xattot Muhammad ibn Muhammad Husayniy Halabiy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>\u00a0bo\u02bblib, kitob oxirida yozilganidek, hijriy 887\/1482 yili yozib tugatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Qo\u02bblyozma nusxaning so\u02bbnggi sahifasi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-29179 alignleft tie-appear\" src=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/brv3.jpg\" sizes=\"(max-width: 428px) 100vw, 428px\" srcset=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/brv3.jpg 428w, https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/brv3-216x300.jpg 216w\" alt=\"\" width=\"428\" height=\"594\" \/><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>\u00a0\u201cBu\u00a0<\/em><\/strong><em>(nusxa)<strong>ni ojiz banda Muhammad ibn Muhammad Mansur ibn Ali Husayniy Halabiy 887\/1482 yilning 28 shavvolida Qohiradagi Al-Azhar jomesining tepasida o\u02bbzi uchun olib qo\u02bbydi. Alloh bu yurtni himoyasiga olsin. Allohim, sayyidimiz Muhammadga, u zotning olu as\u02bchoblariga salavotlar yuborgin!\u201d<\/strong><\/em>\u00a0mazmunidagi yozuv bilan nihoyalangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, unga Muhammad Abdulhay Kattoniy o\u02bbz qo\u02bbli bilan ushbu iboralarni yozgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>\u201cBu kitobni fozil alloma Muhammad ibn Ahmad Ismoiliy Zarhuniy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>\u00a0kamina Muhammad Abdulhay Kattoniyning qo\u02bblida Kattoma<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>\u00a0qasrida tinglab oldi. Bu 1324\/1906 yilning rabius soniy oyida, hajdan qaytayotganimda men bilan ko\u02bbrishish uchun o\u02bbsha yerga kelgan vaqtda bo\u02bbldi\u201d.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqoridagi ma\u02bclumotlarga asoslanib aytish mumkinki, bu kamyob nusxa biri bo\u02bblib, ehtimol, bugungi kunda islom olamida yagonadir. Undagi hadislarning ayrimlari Hofiz Ibn Hajarning nusxasida ham mavjud. Bu esa mana shu nusxaning aniqligini quvvatlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Lekin muallif, nusxa ko\u02bbchiruvchi va asar o\u02bbqib berilgan shaxslarning tarixlari orasida tafovutlar bor. Bassam ibn Abdulkarim Hamzaviy: \u201cMen o\u02bbqib chiqqanimda anglab yetdimki, undagi iboralar bir-biridan farq qiladi. Masalan, taxminan birinchi yarmi asarning nomiga uyg\u02bbun va aloqador. Chunki, ota-onaga yaxshilik haqida gap ketgan. Ikkinchi yarmiga keladigan bo\u02bblsak, garchi, undagi iboralarning aksar qismini shu mavzuga aloqador deyish uchun biroz ta\u02bcvil qilish mumkin bo\u02bblsa-da, ular ota-onaga yaxshilik mavzusidan juda ham yiroq. Bu narsa, ayniqsa, nusxa ko\u02bbchiruvchining vafot etgan sanasi juda ham keyingi davrga to\u02bbg\u02bbri kelayotgani menda bu nusxaning sobitligi borasida shubha uyg\u02bbotdi. Keyinroq asarning birinchi va ikkinchi yarmida Imom Buxoriyning \u201cBirrul volidayn\u201d kitobida kelgan iboralarni ayrim imomlar rivoyat va naql qilganini ko\u02bbrdim. Ana shu naqllar bu nusxadagi iboralarga muvofiq kelishini ko\u02bbrib, ko\u02bbnglim taskin topdi va bu nusxaning sobitligiga ishonchim komil bo\u02bbldi\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBirrul volidayn\u201d bir necha yo\u02bbllar bilan rivoyat qilingan bo\u02bblsa-da, barchasi Ibn Dilluyahga borib taqaladi. Undan bir guruh roviylar, jumladan, birinchilardan bo\u02bblib Muhallabiy \u201cBirrul volidayn\u201d kitobini rivoyat qilgan. Undan Abu Bakr Ahmad ibn Ali ibn Abdulloh ibn Umar ibn Xalaf Sheroziy Nishopuriy (tug\u02bb.398\/1105), Abu Abdulloh Hokim, Hamza Muhallabiy, Abu Bakr ibn Favrak, Abu Abdurrahmon Sulamiy va ularning tabaqalarida bo\u02bblgan kishilar hadis tinglagan. Abu Bakr Sheroziydan Ibn Tohir Maqdisiy, Vajih Shahhomiy va Umar Saffor hadis rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, ushbu kitobda rivoyat qilingan hadislar mazmunan har bir kitobxonning ishonchini, e\u02bctiqodini mustahkamlaydi, shu bilan birga, insonni ma\u02bcnaviy kamolotga da\u02bcvat etadi. Shunday ekan, hadislar yoshlarimizning komil inson bo\u02bblib shakllanishida muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, undan oiladagi muhitni sog\u02bblomlashtirish, ota-onalar haqlarini anglash, yoshlar tarbiyasi, jamiyatimizda ota-ona va farzand munosabatlarini to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga solish maqsadida foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO\u02bbYXATI<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">\n<ol>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdul\u02bcatiy Muhyi Sharqoviy. \u201cBirrul volidayn\u201d. Misr. Dorul kutub misriyya.2014.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Bassam ibn Abdulkarim Hamzaviy.\u201cBirrul volidayn\u201d. Mag\u02bbrib. Dorul hadisil kattoniyya. 2014.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.ahlalhdeeth.com\/vb\/showthread.php?t=123772\">https:\/\/www.ahlalhdeeth.com\/vb\/showthread.php?t=123772<\/a><\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/ar.wikipedia.org\/\">https:\/\/ar.wikipedia.org\/<\/a><\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/kfnl.gov.sa\/Ar\/RecentlyShelvedBooks\/Pages\/20180514-1.aspx\">https:\/\/kfnl.gov.sa\/Ar\/RecentlyShelvedBooks\/Pages\/20180514-1.aspx<\/a><\/span><\/li>\n<\/ol>\n<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Ibn Dilluyah \u2013 Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Dilluyah Daqqoq Nishopuriy. Abu Ali Ahmad ibn Hafs ibn Abdulloh Sulamiy, Abul Azhar Ahmad ibn Azhar ibn Mani\u02bc va Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriydan hadis tinglagan. Hijriy 329\/941 yilda vafot etgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Bassam ibn Abdulkarim Hamzaviy.\u201cBirrul volidayn\u201d. Mag\u02bbrib. Dorul hadisil kattoniyya. 2014. B.35.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0O\u02bbsha asar. B.28.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Abdul\u02bcatiy Muhyi Sharqoviy. \u201cBirrul volidayn\u201d. Misr. Dorul kutub misriyya.2014.B.21. \/\/ Bassam ibn Abdulkarim Hamzaviy.\u201cBirrul volidayn\u201d. Mag\u02bbrib. Dorul hadisil kattoniyya. 2014. B.35.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Abdul\u02bcatiy Muhyi Sharqoviy. \u201cBirrul volidayn\u201d. Misr. Dorul kutub misriyya.2014. B.21.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Muhallabiy \u2013 ishonchli olim, Abu Ya\u02bclo Hamza ibn Abdulaziz Muhallabiy Nishopuriy bo\u02bblib, u kishi Muhammad ibn Ahmad ibn Dilluyahdan hadis eshitgan. Xususan, Imom Buxoriyning \u201cBirrul volidayn\u201d kitobini ko\u02bbproq taxminlarga ko\u02bbra, 328\/1008 yili Nishopur shahrida eshitgan. Muhallabiydan Abu Abdulloh Hokim, Abu Bakr Bayhaqiy, Muhammad ibn Ismoil Taflisiy, Abu Bakr ibn Xalaf va boshqalar hadis rivoyat qilganlar. Muhallabiy hijriy 406\/1015 yilda vafot etgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0Hijriy 1263 yili Bayrutda tavallud topgan va hijriy 1330 yili Damashqda vafot etgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u00a0Ushbu \u201cBirrul volidayn\u201d qo\u02bblyozmasining nusxa ko\u02bbchiruvchisi \u2013 Sayyid Sharif Roziyuddin Abu Bakr va Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Muhammad ibn Ali ibn Hoshim ibn Mansur Husayniy, Muvsaviy, Halabiy, Hanbaliy bo\u02bblib, O\u02bbzining otasiga o\u02bbxshab Ibn Mansur nomi bilan mashhur bo\u02bblgan. 863\/1459 yili tavallud topgan. 895\/1490 yillarda hayot bo\u02bblgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a>\u00a0U \u2013 buyuk alloma Muhammad ibn Ahmad ibn Idris Alaviy Zarhuniy bo\u02bblib, hijriy 1288\/1871 yilning Safar oyida Zarhunda tavallud topgan. Unga sayyid Ja\u02bcfar, uning o\u02bbg\u02bbli sayyid Muhammad, sayyid Abdulkabir va uning o\u02bbg\u02bbli sayyid Abdulhay Kattoniylar, Habib Husayn Habashiy, Tahomiy Kanun va boshqalar \u201cBirrul volidayn\u201d kitobini rivoyat qilishga ijozat berishgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a>\u00a0Hozirda bu joy \u201cKatta qasr\u201d nomi bilan mashhurdir.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29174#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a>\u00a0Bassam ibn Abdulkarim Hamzaviy.\u201cBirrul volidayn\u201d. Mag\u02bbrib. Dorul hadis al-kattoniyya. 2014. B.36.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Barot AMONOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-<\/strong><strong>tadqiqot markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosi olimlar, tadqiqotchilar va sharqshunoslar tomonidan keng o\u02bbrganilib kelmoqda. Yurtimizda ham buyuk muhaddisning ma\u02bcnaviy merosi va ibratli hayoti jadallik bilan tadqiq etilmoqda. Buyuk vatandoshimiz hadis ilmining sultoni Imom Buxoriyning hayoti va boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganar ekanmiz, uning dunyoqarashi, ichki olami g\u02bboyat ibratli va ko\u02bbp jihatlari bilan har qanday davr uchun &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":29175,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>IMOM BUXORIYNING \u201cBIRRUL VOLIDAYN\u201d ASARI QO\u02bbLYOZMA NUSXASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"IMOM BUXORIYNING \u201cBIRRUL VOLIDAYN\u201d ASARI QO\u02bbLYOZMA NUSXASI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"IMOM BUXORIYNING \u201cBIRRUL VOLIDAYN\u201d ASARI QO\u02bbLYOZMA NUSXASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"IMOM BUXORIYNING \u201cBIRRUL VOLIDAYN\u201d ASARI QO\u02bbLYOZMA NUSXASI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-06-16T04:19:11+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/brv01.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1000\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"491\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&lang=oz\",\"name\":\"IMOM BUXORIYNING \u201cBIRRUL VOLIDAYN\u201d ASARI QO\u02bbLYOZMA NUSXASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/brv01.jpg\",\"datePublished\":\"2023-06-16T04:19:11+00:00\",\"dateModified\":\"2023-06-16T04:19:11+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"IMOM BUXORIYNING \u201cBIRRUL VOLIDAYN\u201d ASARI QO\u02bbLYOZMA NUSXASI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/brv01.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/brv01.jpg\",\"width\":1000,\"height\":491},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"IMOM BUXORIYNING \u201cBIRRUL VOLIDAYN\u201d ASARI QO\u02bbLYOZMA NUSXASI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"IMOM BUXORIYNING \u201cBIRRUL VOLIDAYN\u201d ASARI QO\u02bbLYOZMA NUSXASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"IMOM BUXORIYNING \u201cBIRRUL VOLIDAYN\u201d ASARI QO\u02bbLYOZMA NUSXASI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"IMOM BUXORIYNING \u201cBIRRUL VOLIDAYN\u201d ASARI QO\u02bbLYOZMA NUSXASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"IMOM BUXORIYNING \u201cBIRRUL VOLIDAYN\u201d ASARI QO\u02bbLYOZMA NUSXASI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-06-16T04:19:11+00:00","og_image":[{"width":1000,"height":491,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/brv01.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&lang=oz","name":"IMOM BUXORIYNING \u201cBIRRUL VOLIDAYN\u201d ASARI QO\u02bbLYOZMA NUSXASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/brv01.jpg","datePublished":"2023-06-16T04:19:11+00:00","dateModified":"2023-06-16T04:19:11+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"IMOM BUXORIYNING \u201cBIRRUL VOLIDAYN\u201d ASARI QO\u02bbLYOZMA NUSXASI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/brv01.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/brv01.jpg","width":1000,"height":491},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29182&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"IMOM BUXORIYNING \u201cBIRRUL VOLIDAYN\u201d ASARI QO\u02bbLYOZMA NUSXASI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/29182"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=29182"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/29182\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29183,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/29182\/revisions\/29183"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/29175"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=29182"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=29182"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=29182"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}