{"id":29151,"date":"2023-06-15T15:24:23","date_gmt":"2023-06-15T10:24:23","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29151"},"modified":"2025-02-26T16:15:18","modified_gmt":"2025-02-26T11:15:18","slug":"sulosiyoti-dorimiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&lang=oz","title":{"rendered":"SULOSIYOTI DORIMIY"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda islom tarixi va hadisshunoslikka qiziqish tobora ortmoqda. Bunda keyingi yillarda islom ilmlarining oltin davrida yashab ijod qilgan allomalar merosini o\u02bbrganishga keng yo\u02bbl ochilgani muhim omil bo\u02bblmoqda. \u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dini ta\u02bclimotini o\u02bbrganish, sunnat va hadisni to\u02bbplashda Movarounnahrda yashab ijod etgan yetuk muhaddis, tafsir, hadis kabi fanlar asoschilaridan biri Imom Dorimiy alohida o\u02bbrin tutadi. Uning shoh asari bo\u02bblmish \u201cSunan\u201d nafaqat nodir meros, balki \u201cKutubi tis\u02bca\u201d, ya\u02bcni \u201cTo\u02bbqqiz kitob\u201d deb ataluvchi eng ishonchli hadislar to\u02bbplamidan biri sifatida g\u02bboyat qadrlidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurahmon ibn Fazl ibn Bahrom ibn Abdulloh Abu Muhammad Tamimiy Dorimiy Samarqandiy 181\/797 yili Samarqandda tavallud topgan. Muhaddisning bobosi Bani Tamim qabilasi mavlosi va Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamning kotiblaridan biri bo\u02bblgan Dorim ibn Molik ibn Hanzala ibn Zayd Manot ibn Tamimga bog\u02bblangani uchun allomaga Dorimiy nisbasi berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cCiyar a\u02bclomin nubalo\u201d, \u201cTabaqotul huffoz\u201d va \u201cA\u02bclom\u201d asarlarida Imom Dorimiy Movarounnahrning eng yirik muhaddislaridan biri sifatida e\u02bctirof etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hofizul hadis Abu Quraysh rahmatullohi alayhi muhaddis haqida bunday deydi: \u201cMen Muhammad ibn Bashshorning: \u201cDunyoda to\u02bbrtta buyuk hofiz (juda ko\u02bbp hadis yod olgan muhaddislar) bor. Birinchisi \u2013 Abu Zur\u02bca, ikkinchisi \u2013 nishopurlik Imom Muslim, uchinchisi \u2013 samarqandlik Abdulloh ibn Abdurahmon Dorimiy, to\u02bbrtinchisi \u2013 buxorolik Imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriy\u201d, deganini eshitganman\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn Ibrohim Sheroziy aytadi: \u201cIbn Abdurahmon Dorimiy aql-idrokda, dinu diyonatda yetuk kishi edi. U zotning hadis va turli darslarni yodlashdagi quvvayi hofizasi, halimligi, komil mo\u02bbminga xos ibodati, zohidligi va hadis ilmi sohibiga xos ziyrak-bilimdonligi zarbulmasal qilingandir\u201d. Yana shu roviy: \u201cImom Dorimiyning hadis, tafsir, fiqhga oid va boshqa ilmiy ishlari Samarqandda paytlaridayoq ma\u02bclum va mashhur edi. So\u02bbng Xurosonda, undan keyin Shom, Iroq, Makkai mukarrama, Madinai munavvara va Misrdagi ulamolar huzurlarida bo\u02bblib, hadis, tafsir va fiqh ilmlarini o\u02bbrgangan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislariga qo\u02bbshilgan yolg\u02bbonlardan qo\u02bbriqlovchilar qatorida bo\u02bblib, buyuk muhaddis, komil mufassir va faqih olim edi\u201d, deb aytadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bandorning zikr qilishicha: \u201cDunyoning hofizlari to\u02bbrt kishi: Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Muslim ibn Hajjoj Naysoburiy, Abu Zur\u02bca Roziy va Abdulloh ibn Abdurahmon Dorimiy Samarqandiydir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Dorimiy hayoti davomida bir necha asarlar yozgan bo\u02bblib, ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini \u201cMusnad\u201d, \u201cTafsir\u201d, \u201cJomi\u02bc\u201d, \u201cSulosiyot fil hadis\u201d, \u201cKitob sunna fil hadis\u201d va \u201cKitob savmul mustahazot val mutaxayyirot\u201d kabi asarlari tashkil qiladi. Allomaning eng mashhur asari \u201cMusnad\u201d (lug\u02bbaviy ma\u02bcnosi \u2013 \u201cTayanch\u201d yoki \u201cSanadli hadislar to\u02bbplami\u201d) bo\u02bblib, \u201cSunani Dorimiy\u201d nomi bilan mashhur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Dorimiy 255\/869 yili 75 yoshida vafot etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk ajdodimizning ma\u02bcnaviy merosini ommabop, xalqchil tarzda yetkazish maqsadida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari tomonidan \u201cSunani Dorimiy\u201d asari asosida \u201cSunani Dorimiy\u201ddagi durdona hadislar\u201d nomli risola tayyorlandi. Unda yuzdan ortiq nodir hadislar jamlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Dorimiyning eng mashhur kitoblaridan biri \u201cSunani Dorimiy\u201d bo\u02bblib, uni Dorimiy asarlarining durdonasi, javohiri, deb atashadi. \u201cSunani Dorimiy\u201d olti sahihning biri deb ham yuritiladi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29148#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abul Fazl Muhammad ibn Tohir Maqdisiy (448\/1056-508\/1114) \u201cAtroful kutubis sitta\u201d nomli kitobida Imom ibn Mojaning \u201cSunan\u201didagi hadislar besh \u201cSahih\u201ddagilardan 1339 taga ziyodaligini hisobga olib, Imom ibn Mojani oltinchi o\u02bbringa qo\u02bbygan. Keyingi ba\u02bczi ulamolar ham shunga ergashgan. Lekin Shayx Salohiddin A\u02bcloiy: \u201cImom Dorimiyning \u201cMusnad\u201dini Ibn Moja \u201cSunani\u201d o\u02bbrniga qo\u02bbyilsa, eng ma\u02bcqul ish bo\u02bblur edi\u201d, aytadi. Shayx Abulhaq Dehlaviy (1551-1642) shu fikrni hujjat bilan isbotlab: \u201cBa\u02bczi ulamolar fikr yuritib, Imom Dorimiyning \u201cSunani\u201d oltinchi sahih kitob bo\u02bblishi afzalroqdir. Chunki bundagi rivoyatlar sanadida zaif kishilar ozligi, inkor qilingan so\u02bbzlar kamyobligi, sanadlarning yuqoriligi va hatto sulosiy (sanadi uch roviyli) hadislari Imom Buxoriyning \u201cSahih\u201didagilardan ko\u02bbproq ekanini aytishadi\u201d, deb ta\u02bckidlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Dorimiyning \u201cMusnadi\u201d musulmon kishining shaxsiy va ijtimoiy hayotida uchraydigan deyarli barcha holat (masala)larni o\u02bbz ichiga olgan keng qamrovli asardir. Kitob fiqhiy boblarga bo\u02bblib yozilgani, turli (marfu\u02bc, mavquf, maqtu\u02bc) hadislar mavjudligini e\u02bctiborga olib, uni \u201cSunan\u201d deb atash tarafdori bo\u02bblgan ulamolar ko\u02bbpchilikni tashkil etadi. Shunday bo\u02bblsa-da, asarga berilgan barcha nomlar haqli ravishda uning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib qo\u02bbyilganini ta\u02bckidlash kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Dorimiyning \u201cSunan\u201dida Qur\u02bconi karimning 51 surasidagi ba\u02bczi oyatlar hadislar orqali sharhlangani allomaning yetuk mufassir ham bo\u02bblganidan dalolat beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSunani Dorimiy\u201d ikki jilddan iborat bo\u02bblib, birinchisida arablarning islomdan avvalgi ba\u02bczi odatlari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlari, hadislarning yozilish davri va ilm fazilati haqida so\u02bbz yuritilgan muqaddima, keyin ibodat, tahorat, namoz, zakot kitoblari keltirilgan. Ikkinchi jildi ro\u02bbza, ibodat, qurbonlik, ov, yeguliklar, ichimliklar, tushlar, nikoh, taloq, jazolar, va\u02bcdalar va qasamlar, xun, jihod, savdo, izn so\u02bbrash, nozik masalalar, meros huquqi, vasiyatlar, Qur\u02bcon fazilatlari haqidagi kitoblarga bo\u02bblingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Dorimiyning \u201cSunani\u201d boblariga nom berish, bahs-munozarali hadislar bo\u02bbyicha izoh yozish va o\u02bbz fikrlarini qayd etish usuli, shuningdek, boshqa sahih to\u02bbplamlarda uchramaydigan hadislar rivoyat qilingani, roviylar silsilasining qisqaligi bilan alohida ajralib turadi. Yana bir e\u02bctiborga molik jihati, unda o\u02bbn beshga yaqin sulosiy hadis mavjudligidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSunani Dorimiy\u201d asari 3558 hadisni o\u02bbz ichiga olgan bo\u02bblib, jami 23 kitob, 1374 bobdan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29148#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>\u00a0tashkil topgan. Shundan o\u02bbn beshtasining roviylar silsilasi uch sanadlidir. Uch roviy qatnashgan hadislar \u201csulosiyot\u201d deb ataladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSulosiyoti Dorimiy\u201dning qo\u02bblyozma nusxalari:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Madina shahridagi Orif Hikmat kutubxona fondida 44 raqam ostida saqlanadi. O\u02bblchami 14&#215;23 sm bo\u02bblib, 62 sahifadan iborat. Bu nusxaga Imom Buxoriy (22 ta), Imom Termiziy (1 ta), Abdulhamid Keshiy (51 ta), Imom Ibn Moja (5 ta) va Imom Dorimiyning (15 ta) sulosiyotlari kiritilgan.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyingi davrda allomaning \u201cSunan\u201dida keltirilgan uch sanadli hadislar alohida olinib, Buxoriy, Termiziy, Keshiy, Ibn Moja, Tabaroniy kabi muhaddislarning \u201cSulosiyot\u201dlari bilan birga Afif Muhammad ibn Nuriddin Iyjiy tomonidan to\u02bbplangan. Ushbu qo\u02bblyozma asosida 1405\/1985 yil 1 ramazon \/ 20 mayda Ali Rizo Abdulloh va Ahmad Barza tomonidan tahqiq qilingan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29148#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yaman kutubxonasida 1251 raqam ostida saqlanayotgan \u201cMajmua\u201d tarkibiga Imom Dorimiy (4<sup>b<\/sup>-6<sup>b<\/sup>\u00a0varaqlar, 14 ta<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29148#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>), Imom Buxoriy (12<sup>a<\/sup>-15<sup>b<\/sup>\u00a0varaqlar, 22 ta), Abd ibn Humayd Keshiy (16<sup>a<\/sup>-23<sup>b<\/sup>\u00a0varaqlar, 51 ta), Ahmad ibn Hanbal (24<sup>a<\/sup>-52<sup>a<\/sup>\u00a0varaqlar, 214 ta) sulosiyotlari kiritilgan. \u201cMajmua\u201d 52 varaq bo\u02bblib, har bir sahifasi 19 satrdan iborat. Matnda muallif nomlari, \u201caxbarano\u201d, \u201chaddasano\u201d kabi so\u02bbzlar qizil siyohda berilgan. Ko\u02bbchirilgan yili va xattoti ko\u02bbrsatilmagan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zohiriya kutubxonasida 3787 raqam ostida saqlanayotgan \u201cMajmua\u201d tarkibiga Imom Dorimiy (20<sup>b<\/sup>-27<sup>a<\/sup>\u00a0varaq) \u201cSulosiyoti\u201d ham kiritilgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turkiyaning Nuri Usmoniya kutubxonasida 750 raqam ostida saqlanayotgan \u201cMajmua\u201d tarkibiga Imom Buxoriy (1<sup>b<\/sup>-7<sup>a<\/sup>\u00a0varaqlar, 22 ta), Imom Termiziy (7<sup>a<\/sup>-8<sup>b<\/sup>\u00a0varaqlar, 1 ta), Imom Dorimiy (8<sup>b<\/sup>-11<sup>a<\/sup>\u00a0varaqlar, 15 ta), Imom ibn Moja (11<sup>b<\/sup>-12<sup>b<\/sup>\u00a0varaqlar, 5 ta), Abd ibn Humayd Keshiy (16<sup>a<\/sup>-23<sup>b<\/sup>\u00a0varaqlar, 51 ta) sulosiyotlari kiritilgan. Shuningdek, \u201cShamoili nabaviya (Imom Termiziy)\u201d, \u201cArba\u02bcin hadis Imom Navaviy\u201d, \u201cShamoili nabaviya (Nuri Iyjiy)\u201d, \u201cMavludi sharif\u201d asarlari ham o\u02bbrin olgan.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMajmua\u201d 220 varaqdan iborat bo\u02bblib, har bir sahifasi 15 satrdan iborat. Matnda qora siyohdan tashqari, tillo rang ham ishlatilgan. Qo\u02bblyozmaning boshi va ba\u02bczi sarvaraqlari chiroyli naqshlar bilan bezatilgan. Xattoti va ko\u02bbchirilgan yili noma\u02bclum. Qo\u02bblyozmaning boshida 1099\/1688 yil sanasi ko\u02bbrsatilgan bo\u02bblsa-da, bu aynan ana o\u02bbsha yili ko\u02bbchirilgan degan xulosani bermaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Dorimiyning \u201cSulosiyot\u201d hadislaridan 7 tasi \u2013 Yazid ibn Horundan rivoyat qilingan. Shundan Yazid ibn Horun \u2192 Humayd \u2192 Anas ibn Molikdan 6 ta, Yazid ibn Horun \u2192 Osimdan \u2192 Abdulloh ibn Sarjisdan 1 ta hadis keltirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Osimdan 4 ta hadis rivoyat qilingan. Shundan Abu Osim \u2192 Yazid ibn Abu Ubayd \u2192 Salama ibn Akva\u02bcdan 1 ta, Abu Osim, Muammal va Abu Nu\u02bcaym \u2192 Ayman ibn Nobil \u2192Qudoma ibn Abdulloh ibn Ammor Kilobiydan 1 ta, Abu Osim \u2192 Usmon ibn Sa\u02bcd \u2192 Anas ibn Molikdan 1 ta, Abu Osim \u2192 Abdulloh ibn Ubayd \u2192 Anasdan 1 ta hadis;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ja\u02bcfar ibn Avndan 2 ta hadis rivoyat qilingan. Shundan Ja\u02bcfar ibn Avn \u2192 Yahyo ibn Said \u2192 Anasdan 1 ta; Ja\u02bcfar ibn Avn \u2192 Ismoil ibn Abu Xolid \u2192 Ibn Abu Avfodan 1 ta;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Nu\u02bcaym \u2192 Mus\u02bcab ibn Sulaym \u2192 Anas ibn Molikdan 1 ta;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Mug\u02bbiyra \u2192 Safvon \u2192 Ayfa\u02bc ibn Abdulkaloiydan 1 ta hadis sanadlari bilan rivoyat qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Kelgusida \u201cSulosiyoti Dorimiy\u201d asarini tarjima qilishda asarning yuqorida keltirilgan uchta qo\u02bblyozma nusxasi va tahqiqlardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29148#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. 1-juz\u02bc. \u2013T.: Sharq, 2008.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29148#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Imom Dorimiy. Sunani Dorimiy. \/\/ Tahqiqchilar: Favoz Ahmad Zumariy va Xolid Sab\u02bca A\u02bclamiy. II jild. \u2013 Karachi: Orombog\u02bb qadimiy kutubxonasi, 1407\/1987.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29148#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Tahqiqchilar Orif Hikmat kutubxona fondida 311 raqamda saqlanayotgan qo\u02bblyozmadagi (o\u02bblchami 13&#215;18 sm dan iborat, Abulqosim Sulaymon ibn Ahmad) Tabaroniy (3 ta) sulosiyotini ham kiritgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29148#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Shu qo\u02bblyozmada Imom Dorimiyga tegishli 19 ta sulosiyot keltirilgan. Ammo 14 ta hadis Imom Dorimiyga va 5 ta hadis Imom Mojaga tegishlidir.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Mehrojiddin AMONOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>tarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori\u00a0<\/strong><strong>PhD<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda islom tarixi va hadisshunoslikka qiziqish tobora ortmoqda. Bunda keyingi yillarda islom ilmlarining oltin davrida yashab ijod qilgan allomalar merosini o\u02bbrganishga keng yo\u02bbl ochilgani muhim omil bo\u02bblmoqda. \u00a0 Islom dini ta\u02bclimotini o\u02bbrganish, sunnat va hadisni to\u02bbplashda Movarounnahrda yashab ijod etgan yetuk muhaddis, tafsir, hadis kabi fanlar asoschilaridan biri Imom Dorimiy alohida o\u02bbrin tutadi. Uning &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":29149,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>SULOSIYOTI DORIMIY - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"SULOSIYOTI DORIMIY\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"SULOSIYOTI DORIMIY - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"SULOSIYOTI DORIMIY\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-06-15T10:24:23+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-02-26T11:15:18+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/sulosdorimi.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"429\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&lang=oz\",\"name\":\"SULOSIYOTI DORIMIY - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/sulosdorimi.jpg\",\"datePublished\":\"2023-06-15T10:24:23+00:00\",\"dateModified\":\"2025-02-26T11:15:18+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"SULOSIYOTI DORIMIY\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/sulosdorimi.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/sulosdorimi.jpg\",\"width\":660,\"height\":429},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"SULOSIYOTI DORIMIY\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"SULOSIYOTI DORIMIY - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"SULOSIYOTI DORIMIY","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"SULOSIYOTI DORIMIY - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"SULOSIYOTI DORIMIY","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-06-15T10:24:23+00:00","article_modified_time":"2025-02-26T11:15:18+00:00","og_image":[{"width":660,"height":429,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/sulosdorimi.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&lang=oz","name":"SULOSIYOTI DORIMIY - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/sulosdorimi.jpg","datePublished":"2023-06-15T10:24:23+00:00","dateModified":"2025-02-26T11:15:18+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"SULOSIYOTI DORIMIY","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/sulosdorimi.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/sulosdorimi.jpg","width":660,"height":429},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29151&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"SULOSIYOTI DORIMIY"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/29151"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=29151"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/29151\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29152,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/29151\/revisions\/29152"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/29149"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=29151"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=29151"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=29151"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}