{"id":29132,"date":"2023-06-15T09:31:10","date_gmt":"2023-06-15T04:31:10","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29132"},"modified":"2023-06-15T09:35:04","modified_gmt":"2023-06-15T04:35:04","slug":"inson-vafotidan-so%ca%bbng-savob-yetib-turadigan-amallar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29132&lang=oz","title":{"rendered":"INSON VAFOTIDAN SO\u02bbNG SAVOB YETIB TURADIGAN AMALLAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Bir hadis sharhi<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Hayot insonga tuhfa etilgan eng katta ne\u02bcmat va imkoniyatdir. Shunday ekan, hayotlik vaqtida bu imkoniyatdan oqilona foydalanib umrining oxiriga qadar xayrli amallarni ko\u02bbp-ko\u02bbp qilishi kerak. U vafot etdimi, endi uning uchun imkoniyatlar eshigi yopiladi. Lekin shunday amallar ham borki, inson vafotidan so\u02bbng uning savobi qiyomatga qadar yetib turadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda bunday deyiladi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong><em>\u201cInson vafot etsa, uning amali to\u02bbxtaydi, lekin uch narsadan: manfaat olinadigan ilm, sadaqai joriya yoki haqqiga duo qiladigan solih farzanddan davom etadi\u201d,\u00a0<\/em><\/strong>dedilar\u201d<em>(Imom Muslim rivoyati).<\/em>\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu hadis ulkan ma\u02bcnoni o\u02bbz ichiga qamrab olgan bo\u02bblib uni kengroq sharhlaymiz.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Foydali ilm.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insonni ilm yo\u02bblini tutishi, imon va e\u02bctiqod bilan jamiyat uchun foydali kitoblar yozishi, shogirdlar yetishtirishi ulkan saodatdir. Qoldirgan foydali ilmi tufayli vafot etganidan keyin ham unga savob yetib turadi.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"2\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sadaqai joriya.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilm dargohlari barpo etish, muhtojlarga uy-joy qurib berish, ko\u02bbpriklar bino qilish, olis hududlarga suv chiqarib berish ulkan savobdir. Bu ishlar ham islom ta\u02bclimotida sadaqai joriya (savobi doim yetib turadigan xayrli amal) sanaladi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo Qur\u02bconi karimda:\u00a0<strong>\u201cUlar yengillikda ham, og\u02bbirlikda ham nafaqa qiladiganlardir\u2026 Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradi\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29129#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>,\u00a0<\/strong>deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kalbiy bu oyat haqida \u201cUlar qiyinchilik holatida ham, osonlikda ham mollaridan infoq-ehson qiladiganlardir\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"3\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haqqiga duo qiladigan solih farzand.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ne\u02bcmatlar orasida eng ulug\u02bbi, albatta, farzanddir. Uni chiroyli tarbiya qilib, halol luqma yedirish, kasbli qilib jamiyatga qo\u02bbshguniga qadar, ota-onadan katta sabr-matonat talab etiladi. Bu mashaqqatlarga chidab kelgan yoshi ulug\u02bb ota-ona endi undan mehr, yaxshiliklar kutib yashaydi. Alloh taolo Qur\u02bconi karimda:\u00a0<strong>\u201cAllohga ibodat qilingiz va Unga hech narsani sherik qilmangiz! Ota-onalarga esa yaxshilik qilingiz!\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29129#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>,\u00a0<\/strong>deydi. Demak, ularga yaxshilik qilish, bemor bo\u02bblsa davolatish, ko\u02bbngillariga qarash farzandning zimmasidagi burchlardandir. \u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqt-soati yetib ota-ona vafot etsa ham, ularning farzand zimmasida bir qancha haqlari bo\u02bbladi:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolodan ularni jannatga kiritishni so\u02bbrab duo qilish;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hayoti dunyoda bilib-bilmasdan qilgan gunohlarini kechirishini so\u02bbrab iltijo qilish;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ortidan qolgan yaqin qarindosh-urug\u02bblari, yor-birodarlari bilan yaqin munosabatda bo\u02bblib, silai rahmni mustahkamlash ham ota-onaning ruhlarini shod etadi.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, kim yuqorida keltirilgan hadisni o\u02bbrganib, uni hayotga tatbiq etsa, Yaratganning inoyatiga erishish baxtiga muyassar bo\u02bbladi. \u00a0Rabbimiz hammamizga doimo ilm yo\u02bblida sobit bo\u02bblib, xayrli amallarda bardavomlikni saqlashni hamda ota-onalarimizga xizmat qilib, duolarini olib yurishni nasib aylasin!<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29129#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Oli Imron surasi, 134-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29129#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Niso surasi, 36-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Mashrab XIDIROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bir hadis sharhi \u00a0Hayot insonga tuhfa etilgan eng katta ne\u02bcmat va imkoniyatdir. Shunday ekan, hayotlik vaqtida bu imkoniyatdan oqilona foydalanib umrining oxiriga qadar xayrli amallarni ko\u02bbp-ko\u02bbp qilishi kerak. U vafot etdimi, endi uning uchun imkoniyatlar eshigi yopiladi. Lekin shunday amallar ham borki, inson vafotidan so\u02bbng uning savobi qiyomatga qadar yetib turadi. \u00a0Abu Hurayra roziyallohu anhudan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":29130,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[659,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/29132"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=29132"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/29132\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29134,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/29132\/revisions\/29134"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/29130"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=29132"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=29132"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=29132"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}