{"id":29111,"date":"2023-06-14T17:56:19","date_gmt":"2023-06-14T12:56:19","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=29111"},"modified":"2023-06-14T17:56:19","modified_gmt":"2023-06-14T12:56:19","slug":"o%ca%bbzb%d0%b5kistonlik-ziyoratchilar-uchun-barcha-sharoit-muhayyo-etilgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&lang=oz","title":{"rendered":"O\u02bbZB\u0415KISTONLIK ZIYORATCHILAR UCHUN BARCHA SHAROIT MUHAYYO ETILGAN"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-29109 tie-appear\" src=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/gazeta116.jpg\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" srcset=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/gazeta116.jpg 660w, https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/gazeta116-300x300.jpg 300w, https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/gazeta116-150x150.jpg 150w\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"660\" \/><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allohga shukrki, so\u02bbnggi yillarda mamlakatimizda diniy-ma\u02bcrifiy sohada ulkan islohotlar kechmoqda. Xususan, davlatimizning bevosita ko\u02bbmagi bilan yurtdoshlarimizning haj ibodatlarini har qachongidan ham yuksak saviyada tashkil etish, ular uchun munosib qulayliklarni yaratib berish borasida tizimli ishlar qilinmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan atigi olti-yetti yil avval haj kvotasi 5200 tani tashkil etgan bo\u02bblsa, 2019 yilda bu raqam 7200 ta, 2022 yilda esa 12 000 taga yetdi. Joriy yilda mamlakatimiz fuqarolari uchun umumiy haj kvotasi 15 000 etib belgilandi. Albatta, haj kvotasining yildan-yilga oshib borishi ham yurtimizda diniy-ma\u02bcrifiy yo\u02bbnalishda amalga oshirilayotgan ishlar ko\u02bblami naqadar kengligidan darak beradi. Eng muhimi, xalqimiz bu kabi o\u02bbzgarishlarni katta xursandlik va quvonch bilan qabul qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir mo\u02bbmin-musulmon borki, Allohning baytini umrida bir bor bo\u02bblsa-da, tavof qilishni, Hazrati Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning muborak Ravzai shariflarini ziyorat etishni orzu qiladi. Chunki bu muqaddas zaminlarda Qur\u02bconi karim oyatlari nozil bo\u02bblgan, islom tarixiga oid ko\u02bbplab voqea-hodisalar yuz bergan va savobli amallarning ajru mukofoti bir necha baravar ko\u02bbpaytirib beriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, Ka\u02bcbatullohda ibodat qilishning, Nabiy alayhissalomning masjidlarida namoz o\u02bbqishning savobi juda ulug\u02bb. Masjidul Haramda bir rakat namozga yuz ming rakat, Masjidi Nabaviyda esa ming rakat namozning savobi beriladi. Bunday ulkan imkoniyatga erishishga barchaning talpinishi tabiiy hol.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtimiz ziyoratchilari shu yilning 4 iyunidan 19 iyun kuniga qadar \u00a0mamlakatimizdagi 10 ta xalqaro aeroport (Toshkent, Namangan, Farg\u02bbona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch, Nukus shaharlari) orqali Madina shahriga parvoz qiladilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir umr Ka\u02bcbai muazzama, Ravzai sharifni sog\u02bbinib yashab o\u02bbtib ketgan ajdodlarimizning orzulari bu yil 15 ming hoji timsolida ro\u02bbyobga chiqmoqda. Bunday buyuk sharafga va baxtga noil bo\u02bblib turgan hamyurtlarimiz odamning havasini keltiradigan sharoitlarda haj safarini ado etish uchun ayni kunlarda Madinai munavvara va Makkai mukarrama shaharlarida bo\u02bblib turishibdi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Munavvar shahar og\u02bbushida<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hojilarimiz azaliy an\u02bcanaga muvofiq dastlab Madina shahriga kelib, Ravzai sharifni ziyorat qilyapti. Ziyoratchilarimiz ayni paytda Madina shahridagi Masjidi Nabaviydan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli \u201cZam-zam Pullman\u201d mehmonxonasida istiqomat qilmoqda.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Avvalgi nomi Yasrib bo\u02bblgan bu shahar Rasul alayhissalomning tashriflari bilan nurli va munavvar shaharga aylangan. Masjidi Nabaviyga kirgan odam bu muazzam maskandan chiqqisi kelmaydi: to\u02bbyib-to\u02bbyib ibodat qilishni xohlaydi. Nabiy alayhissalomning bu masjidlarida namoz o\u02bbqiyotgan, duolar, zikrlar qilayotgan hojilarimiz chinakam baxtu saodatga erishmoqdalar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masjidi Nabaviy hovlisida turib bu go\u02bbzal manzarani kuzatishning zavqi bo\u02bblakcha: egnilariga O\u02bbzbekiston bayrog\u02bbi ramzi tushirilgan nimchalarni kiyib olgancha ibodatlarga shoshayotgan bo\u02bblg\u02bbusi hoji ota, hoji onalarimiz yuz-ko\u02bbzlaridagi quvonch ularning naqadar baxtiyor ekanidan nishona. Ayniqsa, Ravzai sharifga kirgan kishi o\u02bbzini o\u02bbzgacha his etadi. Chunonchi, Nabiy alayhissalom muborak hadislarida: \u201cUyim va minbarim o\u02bbrtasida jannat bog\u02bblaridan bir bog\u02bb bor\u201d, deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtdoshlarimiz munavvar shahardagi uch kunlik safarlari davomida Payg\u02bbambar alayhissalom ravzalarini ziyorat qilib, Uhud tog\u02bbi, islom olamida birinchi qurilgan masjid \u2013 Quboda bo\u02bblyaptilar. Asosiy vaqtlarini Masjidi Nabaviyda toat-ibodat bilan o\u02bbtkazmoqdalar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bo\u02bblg\u02bbusi hojilarimiz ibodatlardan so\u02bbng jannatmonand yurtimiz tinch-osuda, xalqimiz turmushi bundanda farovon bo\u02bblishini, bu kabi xayrli ishlarning boshida turganlarning tan-joni sog\u02bb bo\u02bblishini Yaratgandan chin dildan so\u02bbrab iltijo qilmoqdalar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Har bir ziyoratchiga xizmat qilish \u2013 katta sharaf<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haj qiluvchi kishi Alloh taoloning mehmonidir. Haj amalini bajarayotgan kishiga ko\u02bbmak bergan, uning og\u02bbirini yengil qilgan inson ulug\u02bb savoblarga noil bo\u02bblishi haqida ko\u02bbplab dalillar bor. Shu ma\u02bcnoda, \u201cHaj-2023\u201d tashkilotchilari va ishchi guruh a\u02bczolari ana shunday ulug\u02bb darajalarni maqsad qilib, Rahmonning mehmonlariga sidqidildan xizmat ko\u02bbrsatmoqdalar.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xususan, \u201cHaj-2023\u201d delegatsiyasi, ishchi guruhlar, ellikboshilar doimo hojilarning yonida, shifokorlar sog\u02bbliqlaridan xabardor bo\u02bblib turibdi. Oshpazlar esa ibodatga quvvat bo\u02bbladigan milliy taomlardan tayyorlab beryaptilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulamolarimiz, ahli ilmlar va ellikboshilar ziyoratchilar bilan doimiy suhbatlar o\u02bbtkazib, ibodatlarini chiroyli ado etishlariga yaqindan ko\u02bbmakchi bo\u02bbldilar. Hojilarga sifatli transport xizmati ko\u02bbrsatish, ularni belgilangan manzilga kechiktirmasdan yetkazib qo\u02bbyish maqsadida avtobuslar ham jalb etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, ushbu muborak zaminda ziyoratchilarimiz yuksak e\u02bctibor va davlatimiz ko\u02bbmagini har qadamda his etmoqdalar. Ulardan har birining yuz-ko\u02bbziyu so\u02bbzlarida bu imkoniyat-sharoitlardan mamnunlik, shukronalikni yaqqol ko\u02bbrish mumkin. Bo\u02bblg\u02bbusi hojilarimiz muqaddas zamindagi ibodatlar chog\u02bbida jonajon yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, xalqimizga farovonlik va dasturxonimizga to\u02bbkinlik tilab duolar qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muqaddas zaminga kelish har kimga ham nasib etavermaydi. Alloh chaqirgan bandagina Rahmonning mehmoni bo\u02bbladi. Shunday ekan, har bir ziyoratchi haj mavsumini g\u02bbanimat bilib, har soniyadan unumli foydalanish harakatida bo\u02bblishi kerak.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo ibodatlarimizni qabul, hajlarimizni mabrur aylasin.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Qahramon MIRXOLIQOV,<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Toshkent shahri:<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u2013 Islomning beshinchi ruknini ado etishni nasib qilgan Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar bo\u02bblsin. Bu yilgi haj mavsumini yuqori saviyada tashkillashtirganlarga minnatdorlik bildiramiz. Chunki safar chog\u02bbida yurtdoshlarimizga xizmat ko\u02bbrsatish uchun katta tayyorgarlik ko\u02bbrilgani shundoq sezildi. Hatto boshqa mamlakat fuqarolari bizga havas bilan qaradi.<\/em><em>\u00a0<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Barcha qulayliklarga ega mehmonxonada yashab, masjidda jamoa bo\u02bblib namoz o\u02bbqishimiz, Masjidi Nabaviy juda yaqin ekani respublika rahbariyati g\u02bbamxo\u02bbrligi ekanidan ruhlanib, bu xayrli ishlarga hissasi qo\u02bbshilgan barcha rahbarlar haqlariga duolar qilyapmiz. Albatta, bunday qulayliklar ibodatlarni mukammal ado etishga katta omil bo\u02bbldi.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Qayd etish joizki, haj va umra amallarini bajarishdan tortib, muborak joylarda kishi o\u02bbzini qanday tutishigacha bo\u02bblgan barcha amallar guruh rahbarlari tomonidan doimiy tarzda o\u02bbrgatildi.<\/em><em>\u00a0<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Bunday sidqidildan qilingan mehnat ziyoratlar, ibodatlarni risoladagidek bajarib xotirjam bo\u02bblishga zamin yaratdi. Mehribon Alloh taolo ibodatlarimizni qabul aylab, hojilarimizning hajini mabrur qilgan bo\u02bblsin!<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abdulloh JALILOV,<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Namangan viloyati:<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u2013 Shinam, har tomonlama qulay mehmonxonaga joylashdik. Bu yerda ziyoratchilarimiz uchun hamma imkoniyatlar muhayyo qilingan. Mehmonxonada uch mahal tansiq taomlar tayyorlanib, yurtdoshlarimizga tortiq etiladi. Shu bilan birga, tibbiy punktlar 24 soat davomida ishlab, ziyoratchilarimiz salomatligini asrashga ko\u02bbmak ko\u02bbrsatmoqda.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ushbu xayrli ishlar zamirida mamlakatimizda ilgari surilayotgan insonlarni rozi qilishdek ulug\u02bbvor maqsad mujassam. Biz esa buni ziyoratchilarga ko\u02bbrsatilayotgan g\u02bbamxo\u02bbrlik va yuksak e\u02bctiborda ko\u02bbrmoqdamiz.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Mavluda ABDUJALILOVA,<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Toshkent viloyati:<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u2013 Ko\u02bbp yillardan beri hajga kelishni orzu qilib yurar edim. Allohga shukr, bu yil maqsadimga yetdim: inshaalloh haj ibodatlarini bajarishga kirishaman. Madinai munavvarani ko\u02bbrganimdan, Ravzai sharifga kirganimdan, Uhud tog\u02bbiga, Qubo masjidiga ziyoratga borganimdan boshim ko\u02bbkka yetdi. Ushbu tabarruk maskanlar kishining ruhiyatini tetik qilarkan.<\/em><em>\u00a0<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Albatta, bunday sharafga, baxtga erishish \u2013 chinakam saodat. Har bir yurtdoshimiz shu yerlarga kelib, to\u02bbyib-to\u02bbyib ibodat qilsin. Ming karra shukr! Tabarruk maskanlar, ulug\u02bb ziyoratgohlarda O\u02bbzbekistonimizga tinchlik va ofiyat, xayrli va savobli ishlarga yuksak marralar, xalqimizga esa omonlik tilab, duo qildik.<\/em><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba:\u00a0<\/strong><strong>\u201c<\/strong><strong>Yangi O\u02bbzbekiston<\/strong><strong>\u201d<\/strong><strong> gazetasi 2023-<\/strong><strong>yil 14<\/strong>&#8211;<strong>iyun, 116(905)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Allohga shukrki, so\u02bbnggi yillarda mamlakatimizda diniy-ma\u02bcrifiy sohada ulkan islohotlar kechmoqda. Xususan, davlatimizning bevosita ko\u02bbmagi bilan yurtdoshlarimizning haj ibodatlarini har qachongidan ham yuksak saviyada tashkil etish, ular uchun munosib qulayliklarni yaratib berish borasida tizimli ishlar qilinmoqda. Bundan atigi olti-yetti yil avval haj kvotasi 5200 tani tashkil etgan bo\u02bblsa, 2019 yilda bu raqam 7200 ta, 2022 yilda &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":29109,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u02bbZB\u0415KISTONLIK ZIYORATCHILAR UCHUN BARCHA SHAROIT MUHAYYO ETILGAN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"O\u02bbZB\u0415KISTONLIK ZIYORATCHILAR UCHUN BARCHA SHAROIT MUHAYYO ETILGAN\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u02bbZB\u0415KISTONLIK ZIYORATCHILAR UCHUN BARCHA SHAROIT MUHAYYO ETILGAN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u02bbZB\u0415KISTONLIK ZIYORATCHILAR UCHUN BARCHA SHAROIT MUHAYYO ETILGAN\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-06-14T12:56:19+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/gazeta116.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&lang=oz\",\"name\":\"O\u02bbZB\u0415KISTONLIK ZIYORATCHILAR UCHUN BARCHA SHAROIT MUHAYYO ETILGAN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/gazeta116.jpg\",\"datePublished\":\"2023-06-14T12:56:19+00:00\",\"dateModified\":\"2023-06-14T12:56:19+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"O\u02bbZB\u0415KISTONLIK ZIYORATCHILAR UCHUN BARCHA SHAROIT MUHAYYO ETILGAN\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/gazeta116.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/gazeta116.jpg\",\"width\":660,\"height\":660},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u02bbZB\u0415KISTONLIK ZIYORATCHILAR UCHUN BARCHA SHAROIT MUHAYYO ETILGAN\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u02bbZB\u0415KISTONLIK ZIYORATCHILAR UCHUN BARCHA SHAROIT MUHAYYO ETILGAN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"O\u02bbZB\u0415KISTONLIK ZIYORATCHILAR UCHUN BARCHA SHAROIT MUHAYYO ETILGAN","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"O\u02bbZB\u0415KISTONLIK ZIYORATCHILAR UCHUN BARCHA SHAROIT MUHAYYO ETILGAN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u02bbZB\u0415KISTONLIK ZIYORATCHILAR UCHUN BARCHA SHAROIT MUHAYYO ETILGAN","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-06-14T12:56:19+00:00","og_image":[{"width":660,"height":660,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/gazeta116.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&lang=oz","name":"O\u02bbZB\u0415KISTONLIK ZIYORATCHILAR UCHUN BARCHA SHAROIT MUHAYYO ETILGAN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/gazeta116.jpg","datePublished":"2023-06-14T12:56:19+00:00","dateModified":"2023-06-14T12:56:19+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"O\u02bbZB\u0415KISTONLIK ZIYORATCHILAR UCHUN BARCHA SHAROIT MUHAYYO ETILGAN","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/gazeta116.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/gazeta116.jpg","width":660,"height":660},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=29111&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u02bbZB\u0415KISTONLIK ZIYORATCHILAR UCHUN BARCHA SHAROIT MUHAYYO ETILGAN"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/29111"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=29111"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/29111\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29112,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/29111\/revisions\/29112"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/29109"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=29111"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=29111"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=29111"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}