{"id":28626,"date":"2023-05-30T16:26:18","date_gmt":"2023-05-30T11:26:18","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28626"},"modified":"2023-05-30T16:26:18","modified_gmt":"2023-05-30T11:26:18","slug":"kubroviya-tariqati-namoyandalari-alouddin-muhammad-buxoriy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&lang=oz","title":{"rendered":"KUBROVIYA TARIQATI NAMOYANDALARI (Alouddin Muhammad Buxoriy)"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kubroviya silsilasi Alouddin Muhammadga ota-bobolari orqali<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>\u00a0yetib kelgan. Unga ko\u02bbra, otasi Sayyid Mir Jaloliddin Muhammad, uning ustozi va otasi Sayyid Mir Olim, uning ustozi xalifa Ashur Muhammad, uning ustozi Sayyid Amir Zakariyo xoja Vojkatiy orqali ajdodi Sayyid Amir Ali Hamadoniy, uning ustozlari Shayx Nuriddin Ali Tusiy va Sharafiddin Mazdaqoniy, ularning ustozi Shayx Rukniddin Alouddavla Simnoniy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>, uning ustozi Shayx Nuriddin Abdurahmon Isfaroyoniy, uning ustozi Shayx Jamoliddin Ahmad Jurjoniy va uning ustozi Shayx Roziddin Ali Lolo vositasida<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>\u00a0Shayx Najmiddin Kubroga ulangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ota-bola va ajdodlar ketma-ketligida tariqat silsilasi uzviy davom etgan holatlar ham kuzatilgan. Alouddin Muhammadning kubroviya silsilasida otasi bilan birga o\u02bbn to\u02bbrtta ajdodi turgani buning dalilidir. Bu Zarafshon vohasi tasavvuf tarixida yagona nasab (ota-bobolari)-hasab (ustozlari) shajarasidir. Ya\u02bcni o\u02bbn to\u02bbrtta avlod vakili ustoz-shogird sifatida kubroviya silsilasini uzviy davom ettirgan. Bunday holat Muhammad Husayn Buxoriy (5 ta) va Shayx Mirzo Abul Hasan (4 ta avlodi davom ettirgan) silsilalarida kuzatilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sayyid Amir Zakariyo xoja Vojkatiy 1078\/1667 yil Hisori Shodmonning Simganj mavzesida tavallud topgan. Otasi Xoja Ne\u02bcmatulloh vositasida kubroviya silsilasiga ulangan. Amir Zakariyo xoja ustoziga yigirma bir yil xizmat qilgach, naqshbandiya tariqati ijozatini oladi. Buxoroda Xoja Muhammad Porso xonaqosida<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>\u00a0istiqomat qiladi. Buxoro xoni Abulfayzxon ushbu xonaqohga tashrif buyurib, unga murid bo\u02bbladi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>. Keyinchalik biroz muddat<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>\u00a0Hisorda istiqomat qiladi. Amir Doniyol davridan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>\u00a0to Amir Shohmurod davri (1785 yil)gacha Xoja Muhammad Porso xonaqosida ta\u02bclim-tarbiya ishlari bilan mashg\u02bbul bo\u02bbladi. Shundan so\u02bbng Buxoroning Vojkat mavzesiga ko\u02bbchib boradi va u yerda umrining oxiriga qadar istiqomat qiladi. Shayx 1203<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>\/1788 yili 125 yoshida vafot etgach, Ka\u02bcbul Axbor qabristoniga dafn qilinadi. U Muhammad Safar va Ashur Muhammad<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>\u00a0kabi shogirdlarni tarbiyalagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Amir Zakariyo xoja Vojkatiyning farzandi Olim xoja Romitanning Kamol qasabasida<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>\u00a01150\/1737 yilda tavallud topgan va shu yerda 1226\/1811 yilda vafot etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olim xojaning farzandi va shogirdi Jaloliddin Muhammad \u201cQasabai Kamol\u201dda 1200\/1785 yilda tavallud topgan. U Ashur Muhammaddan naqshbandiya va kubroviya ta\u02bclimini olib, irshod maqomiga yetgan. Keyinchalik Buxoro hukmdori Amir Nasrulloh uning suhbatiga yetadi va izzat-ikrom ko\u02bbrsatib, Shayx Habibulloh xonaqosiga ko\u02bbchirib keladi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>. Natijada u shu yerda ilmiy-ma\u02bcrifiy faoliyatini davom ettirgan. Jaloliddin Muhammad 1286<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>\/1869 yilda vafot etgan va Xoja Hafs Kabir qabristoniga dafn etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uning farzandi va shogirdi Alouddin Muhammad silsilani davom ettirib, Qori Abdurahim Torobiy, Eshon Sadr, xalifa Nur, Eshon Boqi xoja, Eshon Husayn xoja, Abdurahim Xo\u02bbqandiy kabi shogirdlarni tarbiyalagan. U arab tilida \u201cHujjatul komilin fiy atvorus solikin\u201d (Komillar hujjati va soliklar qiyofasi) nomli asar yozgan. 1298\/1880 yili vafot etgach, Xoja Hafs Kabir xonaqosining qibla tomoniga dafn etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jaloliddin Muhammadning ikkinchi o\u02bbg\u02bbli Sulton xoja bo\u02bblib, Eshon Qozi nomi bilan mashhur bo\u02bblgan. Akasi vafot etgandan so\u02bbng amirdan ruxsat olgach (Xuzor qoziligini topshirib), Buxoroga kelib, tariqat masnadiga o\u02bbtirgan. U bu davrda Orif Mehtar masjidida yashagan. 1319\/1901 yili vafot etgan Sulton xoja Hazrati Imom<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>\u00a0qabristoniga dafn qilinadi. Jaloliddin Muhammadning uchinchi o\u02bbg\u02bbli Qamariddin ham 1319\/1901 yili vafot etgach, akasi Alouddin qabrining janub tomoniga dafn etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jaloliddin Muhammadning shogirdi Mavlono Abdurahim Qurro Torobiy tariqat silsilasida ustozining o\u02bbg\u02bbli Alouddin Muhammaddan ijozat olgan. U Buxorodagi Ko\u02bbkaldosh madrasasida Qur\u02bcon qiroati va hadis ilmidan talabalarga saboq bergan. U \u201cHujjatul voqifin\u201d (Ma\u02bcrifatdan voqif bo\u02bblganlarning hujjati), \u201cTuhfai xoniy\u201d (Xonlarga tuhfa), \u201cSharhi fiqhi Kaydoniy\u201d (Fiqhi Kaydoniy sharhi), \u201cSharhi qasidai bonati saodat\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a>\u00a0(Bonati saodat qasidasining sharhi) kabi bir qator asarlarni tasnif etgan. Mavlono Abdurahim Qurro 1322\/1904 yilda vafot etgach, xalifa Muhammad Husayn qabrining<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftn15\" name=\"_ftnref15\">[15]<\/a>\u00a0shimoli g\u02bbarb tomoniga yuz qadam masofada dafn etilgan. \u201cTuhfatuz zoyirin\u201d (Ziyoratchilarga tuhfa) asari muallifi Nosiriddin Buxoriy ham<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftn16\" name=\"_ftnref16\">[16]<\/a>\u00a0Mavlono Abdurahim Qurro Torobiyga shogird tushib, tariqat silsilasiga bog\u02bblangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alouddin Muhammad Buxoriy nafaqat kubroviya tariqati, balki naqshbandiya tariqatida ham faoliyat olib borgani to\u02bbg\u02bbrisidagi ma\u02bclumotlar manbalarda qayd etilgan. Uning bir necha tariqatda faoliyat olib borgani, zamonasining yetuk tasavvuf namoyandalaridan biri ekanini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Nosiriddin Buxoriy ham aytib o\u02bbtgan. Qarang: Tuhfatuz zoyirin. \u2013 B. 79.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Alouddin Muhammad Buxoriy. Hujjatul komilin fiy atvorus solikin. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi. Inv \u21164400\/II. \u2013 147<sup>b<\/sup>\u00a0varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0O\u02bbsha manba: \u2013 148<sup>b<\/sup>\u00a0varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Tuhfatuz zoyirin. \u2013 B. 75.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Bu vaqtda xonaqohda Abul Hodi xoja va Mulla Muhammadi Imlo Balxiy kabi oltmish uch nafar mashoyixlar faoliyat olib borgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Eron shohi Nodirshoh Buxoroni egallagan davrdan to Amir Doniyol taxtga kelguniga (taxminan 1736-1757 yillar) qadar.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0Tuhfatuz zoyirin. \u2013 B. 77.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u00a0Shu joyda.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a>\u00a0Qabri G\u02bbijduvonda.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a>\u00a0Buxorodan shimol tomonga 2 farsax masofada joylashgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a>\u00a0Tuhfatuz zoyirin. \u2013 B. 79.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a>\u00a0O\u02bbsha asar: \u2013 B. 80.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a>\u00a0Xoja Hafs Kabir nazarda tutilmoqda.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftnref14\" name=\"_ftn14\">[14]<\/a>\u00a0Tuhfatuz zoyirin. \u2013 B. 82.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftnref15\" name=\"_ftn15\">[15]<\/a>\u00a0Buxoro kanalining janubida, Qavola darvozasining tashqarisidagi Behishtiyon tepaligida joylashgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28623#_ftnref16\" name=\"_ftn16\">[16]<\/a>\u00a0Tuhfatuz zoyirin. \u2013 B. 85.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Mehrojiddin AMONOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>tarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori\u00a0<\/strong><strong>PhD<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kubroviya silsilasi Alouddin Muhammadga ota-bobolari orqali[1]\u00a0yetib kelgan. Unga ko\u02bbra, otasi Sayyid Mir Jaloliddin Muhammad, uning ustozi va otasi Sayyid Mir Olim, uning ustozi xalifa Ashur Muhammad, uning ustozi Sayyid Amir Zakariyo xoja Vojkatiy orqali ajdodi Sayyid Amir Ali Hamadoniy, uning ustozlari Shayx Nuriddin Ali Tusiy va Sharafiddin Mazdaqoniy, ularning ustozi Shayx Rukniddin Alouddavla Simnoniy[2], uning &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":28624,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>KUBROVIYA TARIQATI NAMOYANDALARI (Alouddin Muhammad Buxoriy) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"KUBROVIYA TARIQATI NAMOYANDALARI (Alouddin Muhammad Buxoriy)\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"KUBROVIYA TARIQATI NAMOYANDALARI (Alouddin Muhammad Buxoriy) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"KUBROVIYA TARIQATI NAMOYANDALARI (Alouddin Muhammad Buxoriy)\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-05-30T11:26:18+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_89.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&lang=oz\",\"name\":\"KUBROVIYA TARIQATI NAMOYANDALARI (Alouddin Muhammad Buxoriy) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_89.jpg\",\"datePublished\":\"2023-05-30T11:26:18+00:00\",\"dateModified\":\"2023-05-30T11:26:18+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"KUBROVIYA TARIQATI NAMOYANDALARI (Alouddin Muhammad Buxoriy)\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_89.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_89.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"KUBROVIYA TARIQATI NAMOYANDALARI (Alouddin Muhammad Buxoriy)\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"KUBROVIYA TARIQATI NAMOYANDALARI (Alouddin Muhammad Buxoriy) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"KUBROVIYA TARIQATI NAMOYANDALARI (Alouddin Muhammad Buxoriy)","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"KUBROVIYA TARIQATI NAMOYANDALARI (Alouddin Muhammad Buxoriy) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"KUBROVIYA TARIQATI NAMOYANDALARI (Alouddin Muhammad Buxoriy)","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-05-30T11:26:18+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_89.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"4 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&lang=oz","name":"KUBROVIYA TARIQATI NAMOYANDALARI (Alouddin Muhammad Buxoriy) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_89.jpg","datePublished":"2023-05-30T11:26:18+00:00","dateModified":"2023-05-30T11:26:18+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"KUBROVIYA TARIQATI NAMOYANDALARI (Alouddin Muhammad Buxoriy)","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_89.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_89.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28626&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"KUBROVIYA TARIQATI NAMOYANDALARI (Alouddin Muhammad Buxoriy)"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/28626"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=28626"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/28626\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28627,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/28626\/revisions\/28627"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/28624"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=28626"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=28626"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=28626"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}