{"id":28571,"date":"2023-05-28T06:21:01","date_gmt":"2023-05-28T01:21:01","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28571"},"modified":"2023-05-29T10:48:39","modified_gmt":"2023-05-29T05:48:39","slug":"al-jome%ca%bc-as-sahih-asarida-axloqiy-va-ijtimoiy-masalalarning-yoritilishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARIDA AXLOQIY VA IJTIMOIY MASALALARNING YORITILISHI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qur\u02bconi karim va hadislar ma\u02bcnaviy-axloqiy tarbiya hamda ijtimoiy muammolarning yechimiga oid dastur va ko\u02bbrsatmalarning mukammal to\u02bbplamidir. Qur\u02bconi karim va hadislarni o\u02bbrganar ekanmiz, ularda axloqiy kamolot, halollik, poklik, imon va vijdon bilan bog\u02bbliq barcha muhim masalalar qamrab olinganini ko\u02bbrish mumkin. Shuningdek, inson uchun dog\u02bb\u00a0bo\u02bbluvchi kufr, razolat, hasad, adovat, xiyonat, yolg\u02bbonchilik, tekinxo\u02bbrlik va tengsizlik kabi salbiy xislatlar ayovsiz qoralangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xulqning asl manbai bo\u02bblgan sunnat ham Qur\u02bcon va uning nuridan hosil bo\u02bblgandir. Zero, Oisha roziyallohu anho onamizdan ham Rasululloh axloqlari haqida so\u02bbrashganda: \u201cRasulullohning xulqi axloqlari Qur\u02bcon axloqi bo\u02bblgan edilar\u201d, \u2013 degan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28568#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy hazratlari ham Payg\u02bbambarimiz hadislarini to\u02bbplab, ularni turli kitobatlarga taqsim qildilar. \u201cXolqu af\u02bcolu-l-ibod\u201d, \u201cAl-Adab al-Mufrad\u201d, \u201cAl-Jome\u02bc as-Sahih\u201d hadis to\u02bbplamlari shular jumlasidandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ma\u02bclumki, Imom Buxoriyning shoh asari bo\u02bblmish \u201cSahihul Buxoriy\u201d butun islom olamida Qur\u02bconi karimdan keyingi eng to\u02bbg\u02bbri va sahih kitob deb e\u02bctirof etilgan. Imom Buxoriy \u201cAl-Jome\u02bc as-Sahih\u201d hadislar to\u02bbplamiga nafaqat e\u02bctiqod va ibodatga oid, balki insoniyatni komillik sari eltuvchi axloqiy va ijtimoiy masalalarga doir hadislarni ham kiritgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mazkur hadis to\u02bbplamining ikkinchi va to\u02bbrtinchi jildlari aynan shu masalalarga bag\u02bbishlangan. Muhaddis mazkur hadis to\u02bbplamida alohida \u201cOdob kitobi\u201dni tasnif etib, unda odob-axloqqa oid hadislarni keltiradi. Agar e\u02bctibor qilsak, Imom Buxoriy bu kitobni ota-onaga itoat qilish hamda ularning xizmatiga doim hozir turishga targ\u02bbib qilingan va uning fazilatlari haqidagi hadislar bilan boshlaydi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong><em>Abdulloh ibn Mas\u02bcud Payg\u02bbambarimiz Muhammad (S.A.V.)dan so\u02bbradilar:\u00a0\u201cAlloh uchun eng mahbub ish qaysidir? Payg\u02bbambarimiz aytdilar: Vaqtida o\u02bbqilgan namoz. Undan so\u02bbng qaysi amal? Payg\u02bbambarimiz aytdilar: Ota-onaga yaxshilik qilish\u201d, dedilar<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28568#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu hadisda ota-onaga yaxshilik qilish namoz o\u02bbqishdan so\u02bbng eng afzal amal deyilmoqda. Shundan bilamizki, ota-onaga xizmat qilish buyuk amallardan ekan. Islomda namoz o\u02bbqish dinning ustunidir. Namozdan keyin eng afzal ishlardan biri ota-onaga yaxshilik qilish ekan. Ota-ona har bir inson uchun juda mo\u02bbtabar va e\u02bczozli kishilardir. Islom dini ota-ona kim bo\u02bblishidan qat\u02bci nazar ularni hurmat-ehtirom qilishga buyuradi. Ota-ona mo\u02bbmin bo\u02bblsa ham, kofir bo\u02bblsa ham ularga yaxshilik qilish musulmonning burchidir. Ularning amrini bajarish ham farzandlik vazifasi hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>3-bob. Ota-onasi rozi bo\u02bblmasa jihod qilmaydi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong><em>Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar:\u00a0Bir kishi Payg\u02bbambar (S.A.V)ning huzurlariga kelib: \u201cEy, Rasululloh! Sizning huzuringizga hijrat qilish va jihod qilishga bay\u02bcat qilish uchun keldim\u201d, dedi. Shunda Payg\u02bbambarimiz : \u201cOta-onangdan birortasi hayotmi?\u201d, deb so\u02bbradilar. U: \u201cHa, ikkisi ham hayotlar\u201d, dedi. Payg\u02bbambar (S.A.V): \u201cOta-onang huzuriga qaytib bor, ularning xizmatini qilib, rizoligini olgin, so\u02bbng jihod qilgin\u201d, dedilar.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28568#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a><\/em><\/strong>\u00a0Bu hadisdan ma\u02bclum bo\u02bbladiki, dunyoga kelishimizga\u00a0sababchi bo\u02bblgan ota-onalarimizning hurmat-izzatini joyiga qo\u02bbygan holda xizmatini qilib, duolarini olishimiz kerak. Chunki ota-onaning xizmati barcha ezgu amallardan ko\u02bbra sharafli ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ota-onamiz faqat dunyoga kelishimizning sababchisi bo\u02bblib qolmay, balki oxiratda Allohning roziligini olishga imkon beruvchilar hamdir. Bu esa siz bilan bizning xizmatimizga bog\u02bbliq. Xalqimizda\u00a0<strong><em>\u201cOta rozi \u2013 Xudo rozi\u201d,<\/em><\/strong>\u00a0degan maqol bor. Bu maqol aynan shu hadisning mazmunini anglatadi. Shariatda ota-onaning g\u02bbazabini keltirish eng katta gunohlardan biri hisoblanadi. Uning darajasi ota-onaga oq bo\u02bblgan kishining gunohi bilan tenglashtirilgan. Farzandning ota-onasiga oq bo\u02bblishi uchun ota-onasi \u201coq qildim\u201d, deyishi shart emas. O\u02bbzi to\u02bbq bo\u02bblib, ota-onasining och o\u02bbtirishi, doimo ularning dilini og\u02bbritadigan ishlar qilishi farzandni o\u02bbzi bilmagan holda ota-onasiga oq bo\u02bblishiga olib keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shuningdek, Imom Buxoriy mazkur kitobda chiroyli xulq va go\u02bbzal muomala qilish haqida rivoyat qilingan hadislarni ham keltirib, mo\u02bbmin kishining hayotida odob-axloqning yuqori o\u02bbrinda turishini ta\u02bckidlaydi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong><em>Abdulloh ibn Amr (r.z.):\u00a0\u201cRasululloh (S.A.V.) o\u02bbzlari ham behuda fahsh so\u02bbzlamas, o\u02bbzgalarning ham behuda fahsh so\u02bbzlashiga yo\u02bbl qo\u02bbymas edilar va u zot: \u201cDarhaqiqat, sizlarning yaxshingiz \u2013 xulqi yaxshi bo\u02bblganingizdir!\u201d\u00a0deb marhamat qilar edilar\u201d, dedilar.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28568#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a><\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong><em>Abdulloh ibn Amr (r.z.): \u201cRasululloh (S.A.V.) so\u02bbkong\u02bbich ham, sharmsiz ham emas edilar. U zot: \u201cSizlarning men uchun eng mahbubingiz \u2013 xulqi eng yaxshi bo\u02bblganingizdir\u201d, der edilar.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28568#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a><\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong><em>Abu Hurayra (r.z.) dan rivoyat qilinadi:\u00a0Rasululloh (S.A.V.): \u201cShirin so\u02bbz \u2013 sadaqadir\u201d, dedilar.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28568#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a><\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ota-onani norozi qilish, yolg\u02bbonchilik, yolg\u02bbon guvohlik berish inson axloqini tubanlashtirib, jamiyatda turli muammolar va tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradigan hamda mo\u02bbmin kishiga xos bo\u02bblmagan sifatlardandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong><em>Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilingan hadisda Payg\u02bbambarimiz Muhammad (S.A.V.) yolg\u02bbon guvohlik berishni uchta katta gunohlardan biri bilan bir qatorda keltirganlar: \u201cAllohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo\u02bblish, nohaqdan jonni o\u02bbldirish va yolg\u02bbon qasam ichish katta gunohlardandir\u201d<\/em><\/strong>\u00a0Imom Buxoriy rivoyati.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yolg\u02bbon guvohlik berish ijtimoiy buzg\u02bbunchiliklarga sabab bo\u02bbladigan yolg\u02bbon turlaridandir. Bu narsa kishilarning bekorga vafot etishi, jabru jafo tortishi, haq-huquqining poymol bo\u02bblishi kabi ko\u02bbpgina yomonliklarga olib keladi.\u00a0Shuning uchun islom dinida yolg\u02bbon guvohlik berish dunyodagi\u00a0eng katta gunoh \u2013 Allohga shirk keltirish bilan tenglashtirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yolg\u02bbon so\u02bbz va yolg\u02bbonchilik jamiyatning buzilishi va tanazzuliga sabab bo\u02bbluvchi omillarni shakllantiradi. Shuning uchun ular shariatda qattiq qoralangan illatlardan biridir. Hatto Payg\u02bbambarimiz (S.A.V.) boshqa hadislarida:\u00a0<strong><em>\u201cYolg\u02bbonchilar mening ummatim emas\u201d,<\/em><\/strong>\u00a0deb bunday yomon sifatli kishilarni islomdan yiroqda ekanini aytganlar. Ammo janjallashib qolgan ikki kishi yoki er-xotinning orasini isloh qilish uchun yolg\u02bbon so\u02bbz ishlatishga ijozat berilgan, chunki bu yolg\u02bbon zamirida shaxsiy manfaat emas, balki jamiyat islohi yotadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong><em>Ubaydulloh ibn Abu Bakr rivoyat qiladilar: \u201cMen Anas ibn Molikdan eshitdimki, Rasululloh (S.A.V.) gunohi azimlar haqida gapiribdilar yoki odamlar o\u02bbzlari Rasulullohdan gunohi azimlar haqida so\u02bbrashibdi. Shunda Payg\u02bbambarimiz (S.A.V.): \u201cAlloh taologa shirk keltirish, o\u02bbzini o\u02bbzi o\u02bbldirish va ota-onaga oqlik (itoatsizlik) qilish,\u201d debdilar. Keyin yana: \u201cEng katta gunohlar haqida aytayinmi? Bu tuhmat qilishdir!\u201d, deb qo\u02bbshib qo\u02bbyibdilar\u201d.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28568#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a><\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarga shariat ahkomlari, savob ishlar va unda man qilingan gunoh amallarni ham birma-bir, navbatma-navbat bayon qilar edilar. Ana shunday kunlarning birida Payg\u02bbambarimiz (S.A.V.) sahobalariga gunoh amallarning kattasi haqida xabar berish istagida ekanini ma\u02bclum qildilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam ulkan gunohlardan biri \u201cota-onaga oq bo\u02bblish\u201d ekanidan ogoh etib, uning darajasini Allohdan boshqaga sig\u02bbinadigan kishining gunohi bilan tenglashtirdilar. \u201cOq bo\u02bblish\u201dning lug\u02bbaviy ma\u02bcnosi \u2013 gapga kirmaydigan, boshqalarni hurmat qilmaydigan, degan ma\u02bcnolari mavjud bo\u02bblib, asl iste\u02bcmolda \u201co\u02bbzidan yiroq qilish, begona qilish\u201d, ma\u02bcnolarini anglatadi. Ota-onaga oq bo\u02bblish \u2013 ularga begona bo\u02bblish ma\u02bcnosida qo\u02bbllanilib, ota-ona va farzand munosabatlariga xos iboradir. Ota-onaga oq bo\u02bblish \u2013 ota-onaga ozor berish, xafa qilish va buyruqlarini bajarmaslikdan iboratdir. Ularning farzandga seni oq qildim, deyishi shart emas. Dillari og\u02bbrishining o\u02bbziyoq farzandning oq bo\u02bblganidir. Bu ish farzandning ikki dunyosini xarob qiluvchi amallardandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam yuqorida zikr etilgan uchta ulkan gunohni bayon qilib bo\u02bblganlaridan so\u02bbng alohida bir urg\u02bbu bilan tuhmat va bo\u02bbhton eng katta gunohlardan ekanini ta\u02bckidladilar. Buning sababi, kishilar arzimasdek bo\u02bblib ko\u02bbringan so\u02bbzlariga beparvo bo\u02bblmasinlar. Rasululloh (S.A.V) o\u02bbz ummatini tuhmatning gunohi mazkur katta gunohlar kabi ekanini anglab yetsinlar degan maqsadda alohida bayon qildilar. Chunki ayrim gunohlarning oqibati o\u02bbsha gunohdan to\u02bbxtash bilan poyoniga yetadi. Ammo tuhmat va bo\u02bbhton kabi gunoh ishlarning zarari yillar o\u02bbtsa-da, to\u02bbxtamasligi yoki bir umr davom etishi mumkin. Tuhmat so\u02bbz sabab jamiyatda parokandalik paydo bo\u02bbladi, hatto aka-uka, do\u02bbst-birodar va qarindoshlar orasiga bir umrlik sovuqchilik tushishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shuningdek, Imom Buxoriyning \u201cSahihul Buxoriy\u201d hadis to\u02bbplamida axloqiy masalalar bilan bir qatorda ijtimoiy muammolar va ularning yechimlari bayon qilingan hadislar ham keltirilgan. Jumladan, g\u02bbiybat, chaqimchilik, gap tashish, hasad, arazlashish kabi salbiy illatlar va\u00a0savdo-sotiq, zakot, yetimlar, qarindoshlar, yoshi ulug\u02bblarni hurmat qilish kabi munosabatlar yechimi bayon qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Payg\u02bbambarimiz (S.A.V) axloqiy va ijtimoiy muammolarning eng yaxshi yechimi mahalla, jamoat ekanini alohida ta\u02bckidlaydilar:\u00a0<strong><em>\u201cMo\u02bbminlarni o\u02bbzaro rahmdillik, do\u02bbstlik va hamdardlik qilishlikda bir a\u02bczosi og\u02bbrisa, qolgan barcha a\u02bczolari birgalikda uni himoya qilib darddan xalos bo\u02bblishiga ko\u02bbmaklashuvchi bir tana kabidir deb bilgin!\u201d,<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28568#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a><\/em><\/strong>\u00a0deganlar. Ushbu hadisda mo\u02bbminlar jamoatining muhim belgilari o\u02bbzining to\u02bblaqonli ifodasini topgan. Bunday jamoatda yashayotgan haqiqiy inson o\u02bbzini yagona bir jismning, barcha a\u02bczolari o\u02bbzaro hamdard va hamkor oilaning bir qismi sifatida his etishi lozim. Bu xil jamoatning har bir a\u02bczosi faqat o\u02bbzini, shaxsiy manfaatini o\u02bbylamay, jamiyatning barcha a\u02bczolari manfaatlarini himoya qilishi, uning har qanday muammolarini hal qilishda ishtirok etishi zarur. Jamoatga berilgan ushbu ta\u02bcrif, bizningcha, avvalo, odob-axloqqa oiddir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Har bir ota-ona farzandlarini odob-axloq ruhida tarbiyalashi lozim. Ular voyaga yetganida halollik va mehnatsevarlik, odob va hayo, do\u02bbstlik va odamiylik bilan jamiyatda munosib o\u02bbrin egallashga o\u02bbrgatilishi zarur. Bularning barchasini odob-axloq manbai bo\u02bblgan Qur\u02bconi karim va hadislardan o\u02bbrganib, farzandlarimizni eng yaxshi fazilatlar sohibi qilib kamolga yetkazish barcha ota-onalarning burchidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qat\u02bciy ishonch bilan aytish mumkinki, Imom Buxoriyning \u201cAl-Jome\u02bc as-Sahih\u201d hadislar to\u02bbplami nafaqat islom ummati, balki butun dunyo xalqlari uchun ham jamiyatda ijtimoiy va axloqiy me\u02bcyorlar mezonini ko\u02bbrsatib beradigan asardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Barot AMONOV<br \/>\n<\/strong><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28568#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Bayhaqiy. Shu\u02bcbu-l-iymon. Doru-l-kutubi-l-ilmiya. \u2013 Bayrut: 1990.\u00a0 J.2. \u2013 B. 154.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28568#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Imom Buxoriy. Sahihul Buxoriy. \u201cO\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi\u201d\u00a0Davlat ilmiy nashriyoti. \u2013 T.: \u00a02008. 2-kitob, Odob kitobi. 1-bob, 5970-hadis. \u2013 B. 372.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28568#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Imom Buxoriy. Sahihul Buxoriy. \u201cO\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi\u201d\u00a0Davlat ilmiy nashriyoti. \u2013 T.: 2008. Odob kitobi. 2-kitob,\u00a03-bob, 5972-hadis. \u2013 B. 372.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28568#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Imom Buxoriy. Sahihul Buxoriy. \u201cO\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi\u201d Davlat ilmiy nashriyoti. \u2013 T.: 2008. Odob kitobi. 1-kitob, 23-bob, 3559-hadis. \u2013 B. 636.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28568#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Imom Buxoriy. Sahihul Buxoriy. \u201cO\u02bbzbekiston milliy\u00a0ensiklopediyasi\u201d\u00a0Davlat ilmiy nashriyoti. \u2013 T.: 2008. Odob kitobi. 1-kitob,\u00a027-bob, 3759-hadis. \u2013 B. 673.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28568#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Imom Buxoriy. Sahihul Buxoriy. \u201cO\u02bbzbekiston milliy\u00a0ensiklopediyasi\u201d\u00a0Davlat ilmiy nashriyoti. \u2013 T.: 2008. Odob kitobi. 2-kitob, 34-bob,\u00a0 \u2013 B. 379.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28568#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0O\u02bbsha asar: Odob kitobi. 2-kitob, 6-bob, 5977-hadis.\u00a0 \u2013 B. 373.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28568#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u00a0Imom Buxoriy. Sahihul Buxoriy. \u201cO\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi\u201d Davlat ilmiy nashriyoti. \u2013 T.: 2008. Odob kitobi. 27-bob, 6011-hadis.<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qur\u02bconi karim va hadislar ma\u02bcnaviy-axloqiy tarbiya hamda ijtimoiy muammolarning yechimiga oid dastur va ko\u02bbrsatmalarning mukammal to\u02bbplamidir. Qur\u02bconi karim va hadislarni o\u02bbrganar ekanmiz, ularda axloqiy kamolot, halollik, poklik, imon va vijdon bilan bog\u02bbliq barcha muhim masalalar qamrab olinganini ko\u02bbrish mumkin. Shuningdek, inson uchun dog\u02bb\u00a0bo\u02bbluvchi kufr, razolat, hasad, adovat, xiyonat, yolg\u02bbonchilik, tekinxo\u02bbrlik va tengsizlik kabi salbiy xislatlar &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":28569,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARIDA AXLOQIY VA IJTIMOIY MASALALARNING YORITILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARIDA AXLOQIY VA IJTIMOIY MASALALARNING YORITILISHI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARIDA AXLOQIY VA IJTIMOIY MASALALARNING YORITILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARIDA AXLOQIY VA IJTIMOIY MASALALARNING YORITILISHI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-05-28T01:21:01+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-05-29T05:48:39+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_86.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&lang=oz\",\"name\":\"\u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARIDA AXLOQIY VA IJTIMOIY MASALALARNING YORITILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_86.jpg\",\"datePublished\":\"2023-05-28T01:21:01+00:00\",\"dateModified\":\"2023-05-29T05:48:39+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARIDA AXLOQIY VA IJTIMOIY MASALALARNING YORITILISHI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_86.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_86.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARIDA AXLOQIY VA IJTIMOIY MASALALARNING YORITILISHI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARIDA AXLOQIY VA IJTIMOIY MASALALARNING YORITILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARIDA AXLOQIY VA IJTIMOIY MASALALARNING YORITILISHI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARIDA AXLOQIY VA IJTIMOIY MASALALARNING YORITILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARIDA AXLOQIY VA IJTIMOIY MASALALARNING YORITILISHI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-05-28T01:21:01+00:00","article_modified_time":"2023-05-29T05:48:39+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_86.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&lang=oz","name":"\u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARIDA AXLOQIY VA IJTIMOIY MASALALARNING YORITILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_86.jpg","datePublished":"2023-05-28T01:21:01+00:00","dateModified":"2023-05-29T05:48:39+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARIDA AXLOQIY VA IJTIMOIY MASALALARNING YORITILISHI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_86.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_86.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28571&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d ASARIDA AXLOQIY VA IJTIMOIY MASALALARNING YORITILISHI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/28571"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=28571"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/28571\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28582,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/28571\/revisions\/28582"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/28569"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=28571"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=28571"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=28571"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}