{"id":28496,"date":"2023-05-25T09:22:55","date_gmt":"2023-05-25T04:22:55","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28496"},"modified":"2023-05-25T09:24:30","modified_gmt":"2023-05-25T04:24:30","slug":"zaif-va-miskinlar-martabasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&lang=oz","title":{"rendered":"ZAIF VA MISKINLAR MARTABASI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir inson o\u02bbz hayoti davomida zaif va kuchli, sog\u02bblom va bemor, boy va kambag\u02bbal, yoshlik va keksalik singari holatlarni boshdan o\u02bbtkazadi. Ammo inson bularning birortasida doimiy emas. Bu Alloh taoloning oliy hikmati bo\u02bblib, hayotda har bir holat o\u02bbz ziddi bilan aks etadi. Musulmon kishi ana shu ilohiy muvozanatni saqlagan holda umr kechirishi maqsadga muvofiqdir. Shunday ekan, Islom dini insonga ne\u02bcmat berilsa, shukr qilishga, zaiflik yetganda sabrli bo\u02bblishga undaydi. Musulmon kishi bu voqelikni yaxshi anglay bilishi kerak. Ya\u02bcni kuchli zaifga kibr qilmasligi, sog\u02bblom bemorning ko\u02bbnglini og\u02bbritmasligi, boy kambag\u02bbalga mag\u02bbrurlanmasligi, yoshlar keksalarni \u00a0hurmat qilishi lozim. Hamma vaqt kamtarlik savob olish va go\u02bbzal insoniy fazilatlarni egallashga sabab bo\u02bbladi. Hatto kamtar inson har qanday holatda ham sinovga duchor bo\u02bblgan kishining o\u02bbrniga o\u02bbzini qo\u02bbyib ko\u02bbra oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo aytadi:\u00a0<strong>\u201cSiz o\u02bbzingizni erta-yu kech Parvardigorlarining \u201cyuzi\u201dni istab, U zotga duo-iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting! Ko\u02bbzlaringiz hayoti dunyo ziynatlarini ko\u02bbzlab, ulardan o\u02bbtib<\/strong>\u00a0(o\u02bbzga ahli dunyolarga boqmasin)<strong>!\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28491#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oyatda o\u02bbzi kambag\u02bbal, zaif bo\u02bblsa-da, yaxshilik yo\u02bblida yuradigan \u00a0insonlar bilan birga bo\u02bblishni, mol-dunyo ziynatlariga berilib, Allohni esdan chiqargan kimsalardan yiroqda bo\u02bblish nazarda tutilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham nochor-zaif insonlarga jannatni bashorat berib, ular Allohga yaqin zotlar ekanini ta\u02bckidlaganlar. Shuningdek, jannat zaif insonlarning o\u02bbrni bo\u02bblsa, do\u02bbzax esa qo\u02bbpol va kibrli odamlarning o\u02bbrni ekanligi haqida xabar berganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Horisa ibn Vahb Xuzo\u02bciy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cNabiy sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar:\u00a0<strong><em>\u201cSizlarga ahli jannat kimlar ekanligini aytaymi? Ular har bir zaif va odamlar nazariga ilmaydigan bechorahol kishilardir. Agar bu zaif kishi Allohni o\u02bbrtaga qo\u02bbyib qasam ichsa, qasamining ustidan chiqadi. Ogoh bo\u02bblinglar! Sizlarga ahli do\u02bbzax kimlar ekanini aytaymi? Ular qo\u02bbpol, dag\u02bbal, gerdayib yuruvchi mutakabbirlardir\u201d<\/em><\/strong>\u00a0(Imom Buxoriy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, jamiyatdagi shukr qiluvchi zaif va bechorahol kishi ba\u02bczi noshukr insonlar nazdida qadri baland bo\u02bblmagan shaxs sifatida ko\u02bbrinsa-da, ammo Allohning huzurida ulug\u02bb sanalar ekan. Shuning uchun ularga past nazar bilan qaragan mutakabbir shaxslar oxiratda qattiq pushaymon bo\u02bbladi.\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sahl ibn Sa\u02bcd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilaridan bir kishi o\u02bbtib qoldi. Huzurlarida ham bir kishi o\u02bbtirgan edi.\u00a0<strong><em>\u201cU haqda fikring qanday?\u201d,<\/em><\/strong>\u00a0dedilar. U: \u201cBu kishi odamlarning ulug\u02bblaridan. Allohga qasamki, u sovchi qo\u02bbysa, qiz berishga, shafoatchilik qilsa, shafoati qabul bo\u02bblishiga loyiq odam\u201d, dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sukut qildilar. Keyin yana bir kishi o\u02bbtdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana unga:\u00a0<strong><em>\u201cU haqda fikring qanday?\u201d,<\/em><\/strong>\u00a0dedilar. U: \u201cEy Allohning Rasuli, bu kishi musulmonlarning faqirlaridan. Sovchi qo\u02bbysa, qiz bermaslikka, shafoatchilik qilsa, shafoati qabul bo\u02bblmasligiga, so\u02bbzlasa, so\u02bbziga quloq solmaslikka loyiq\u201d, dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong><em>\u201cMana shu (kishi) yer yuzi to\u02bbla anavinga o\u02bbxshaganlardan yaxshi\u201d<\/em><\/strong>, dedilar\u201d (Imom Buxoriy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu o\u02bblchov xuddi hozirgi kunimizdagidek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida boy va kambag\u02bbal insonlarga nisbatan dunyoga hirs qo\u02bbygan kishilar tomonidan beriladigan baho edi. Demak, inson Allohdan qo\u02bbrqishi va solih amali bilan ibrat bo\u02bblishi kerak. Musulmon kishi zaiflarga nisbatan kibrga sabab bo\u02bbladigan nasab, sharaf va mol-dunyo bilan faxrlanmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Sa\u02bcid Xudriy roziyallohu anhu rivoyat qiladi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar:\u00a0<strong><em>\u201cJannat bilan do\u02bbzax bahslashib qoldi.\u00a0 Do\u02bbzax: \u201cMenda\u00a0 zolim va mutakabbir odamlar bor\u201d, dedi. Jannat: \u201cMenda zaif va miskinlar kishilar bor\u201d, dedi. So\u02bbng Alloh taolo ikkovining o\u02bbrtasida hukm chiqardi: \u201cSen jannat, Mening rahmatimsan, sen bilan O\u02bbzim istaganlarga \u00a0rahm-shafqat qilaman. Sen do\u02bbzax, Mening azobimsan, senda O\u02bbzim istaganlarni azoblayman. Qasamki, ikkalangni ham to\u02bbldirish Mening zimmamdadir\u201d\u00a0<\/em><\/strong>(Imom Muslim rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu hadisi qudsiyda Alloh taolo iroda qilgan narsalaridan jannat va do\u02bbzaxga tegishli irodasini va ularning har biri o\u02bbzlari to\u02bbldiradigan toifalarning xabarini bermoqda. \u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Usoma ibn Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:\u00a0<strong><em>\u201cJannat eshigining oldida turdim. Unga kirganlarning ko\u02bbpchiligi miskinlar bo\u02bbldi. Mol-dunyo egalari esa ushlab turilibdi.\u00a0<\/em><\/strong><em>(Ulardan)<strong>\u00a0do\u02bbzax ahli bo\u02bblganlari allaqachon do\u02bbzaxga kirishi buyurilgan edi. Do\u02bbzax eshigining oldida ham turdim. Qarasam, unga kirganlarning ko\u02bbpchiligi ayollar ekan\u201d\u00a0<\/strong><\/em>(Muttafaqun alayh).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu hadislarning e\u02bctiborli jihati shundaki, ularda Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam zaif va miskin kishilarning martabasini ko\u02bbrsatib berganlar. Ularga baho berishda shu jihatlarga qarab xulosa qilinadi. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so\u02bbzlari jamiyatdagi holiga shukr qiluvchi zaif va miskinlarning sha\u02bcnini muhofaza qilish uchun asos bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=28491#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Kahf surasi, 28-oyat.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Otabek BAXRIYEV<\/strong><strong>,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Har bir inson o\u02bbz hayoti davomida zaif va kuchli, sog\u02bblom va bemor, boy va kambag\u02bbal, yoshlik va keksalik singari holatlarni boshdan o\u02bbtkazadi. Ammo inson bularning birortasida doimiy emas. Bu Alloh taoloning oliy hikmati bo\u02bblib, hayotda har bir holat o\u02bbz ziddi bilan aks etadi. Musulmon kishi ana shu ilohiy muvozanatni saqlagan holda umr kechirishi maqsadga muvofiqdir. &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":28495,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[665,639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ZAIF VA MISKINLAR MARTABASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ZAIF VA MISKINLAR MARTABASI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ZAIF VA MISKINLAR MARTABASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ZAIF VA MISKINLAR MARTABASI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-05-25T04:22:55+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-05-25T04:24:30+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_84.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"3 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&lang=oz\",\"name\":\"ZAIF VA MISKINLAR MARTABASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_84.jpg\",\"datePublished\":\"2023-05-25T04:22:55+00:00\",\"dateModified\":\"2023-05-25T04:24:30+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ZAIF VA MISKINLAR MARTABASI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_84.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_84.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ZAIF VA MISKINLAR MARTABASI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ZAIF VA MISKINLAR MARTABASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ZAIF VA MISKINLAR MARTABASI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ZAIF VA MISKINLAR MARTABASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ZAIF VA MISKINLAR MARTABASI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-05-25T04:22:55+00:00","article_modified_time":"2023-05-25T04:24:30+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_84.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"3 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&lang=oz","name":"ZAIF VA MISKINLAR MARTABASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_84.jpg","datePublished":"2023-05-25T04:22:55+00:00","dateModified":"2023-05-25T04:24:30+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ZAIF VA MISKINLAR MARTABASI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_84.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/bukhari_buxoriy2023_84.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=28496&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ZAIF VA MISKINLAR MARTABASI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/28496"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=28496"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/28496\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28497,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/28496\/revisions\/28497"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/28495"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=28496"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=28496"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=28496"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}