{"id":27993,"date":"2023-05-01T14:43:12","date_gmt":"2023-05-01T09:43:12","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27993"},"modified":"2023-05-01T15:56:17","modified_gmt":"2023-05-01T10:56:17","slug":"o%ca%bbzb%d0%b5kiston-taraqqiyotining-yangi-bosqichida-samarqand-viloyatida-ziyorat-turizmining-rivojlanishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&lang=oz","title":{"rendered":"O\u02bbZB\u0415KISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SAMARQAND VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISHI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqand viloyati muqaddas ziyoratgohlarga boy hududlardan biridir. Islom dini rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan buyuk shaxslar abadiy qo\u02bbnim topgan joylar mustaqillik yillarida obodonlashtirildi. Bunday manzillar odamlar ziyorat qiladigan joylarga aylantirildi. Viloyatdagi ziyoratgohlar nafaqat O\u02bbzbekiston aholisi uchun, balki islom olami uchun ham muqaddasdir. 2020 yildagi ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra Samarqand viloyatida 1851 ta moddiy-madaniy meros obyektlari mavjud. Ular orasida ziyorat qilish mumkin bo\u02bblgan obyektlar ko\u02bbpchilikni tashkil etadi. Xususan, Amir Temur maqbarasi, Registon ansambli, Bibixonim va Hazrati Xizr masjidlari, Shohi Zinda yodgorligi, Xo\u02bbja Doniyor ziyoratgohi, Mirzo Ulug\u02bbbek rasadxonasi va boshqalar muhim ahamiyatga ega<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>. Bunday omillar so\u02bbnggi yillarda O\u02bbzbekistonda, xususan, Samarqand viloyatida ziyorat turizmini rivojlantirish va uni jahonga olib chiqish uchun asos bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ammo shunga qaramasdan ushbu sohada o\u02bbz yechimini kutayotgan muammolar mavjud bo\u02bblib, ularni o\u02bbrganish bu borada ayrim taklif va tavsiyalar berish imkonini beradi. Shu sababdan ushbu sohada amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalarini tahlil qilish dolzarb ilmiy ahamiyatga ega.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonda 2017 yildan ziyorat turizmini rivojlantirish ishlari boshlandi. Jumladan, 2017 yil avgust oyida O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining \u201c2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo\u02bbyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dga qarori e\u02bclon qilindi. Ushbu qaror bilan O\u02bbzbekistonga sayohat qilishni yengillashtirish va turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo\u02bbyicha 2018-2019 yillarga mo\u02bbljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu dasturni amalga oshirish doirasida Samarqand viloyatida bir qancha ishlar bajarildi. Xususan, barcha ziyoratgohlarda jamoat xavfsizligini saqlash maqsadida videokuzatuv moslamalari o\u02bbrnatildi. Sayyohlarning kirish chiqish jarayonlari bevosita turoperatorlar va ichki ishlar organlari ishtirokida amalga oshirilishi yo\u02bblga qo\u02bbyildi. Bunday tadbirlar ziyoratchilarga qulaylik yaratishda muhim ahamiyatga ega bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, ziyoratchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida yangi ziyorat yo\u02bbnalishlari ochildi. Ushbu yo\u02bbnalishlarga O\u02bbzbekiston tarixi, Afrosiyob, O\u02bblkashunoslik muzeylari, Paxtachi tumanidagi Dobusiya shahristoni, Payariq tumanidagi Chelak-Ko\u02bbktepa tarixiy yodgorligi, Maxdumi A\u02bczam ziyoratgohi va boshqalar kiritildi. Bu o\u02bbz navbatida viloyatga turist sifatida keluvchilar sonining o\u02bbsishida katta rol o\u02bbynadi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2020 yilda viloyatda 37 ta diqqatga sazovor joy, 18 ta monumental maskanda 120 dan ortiq madaniyat xodimi faoliyat ko\u02bbrsatdi. Madaniyat xodimlarining mehmonlarni tarixiy obyektlar haqidagi ma\u02bclumot bilan tanishtirishi yo\u02bblga qo\u02bbyildi. Bundan tashqari, turizm mavsumida har kuni yuzdan ortiq mehmonxonalar mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat ko\u02bbrsatdi. Shahar markazi va unga tutash hududlardagi 30 dan ziyod restoranda milliy, koreys, rus va boshqa yevropa taomlari tayyorlanib, ko\u02bbngilochar tadbirlar tashkil qilindi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.\u00a0\u00a0\u00a0 \u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, xalqaro standartlarga to\u02bbla javob beradigan yettita uch-to\u02bbrt yulduzli mehmonxona qurilishi boshlandi. Nurobod tumani \u201cOqsoy\u201d qishlog\u02bbidagi Hazrati Dovud majmuasiga tutash hududda esa\u00a05 million AQSH dollari qiymatidagi loyihani amalga oshirish rejalashtirildi. Shuningdek, viloyatning tog\u02bbli hududlarida sanatoriy-sog\u02bblomlashtirish markazlari qurildi. Bunday tadbirlar viloyatda ziyorat turizmini rivojlantirish ishlarini yangi pog\u02bbonaga olib chiqishda muhim ahamiyatga ega bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqand viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish ishlari ham olib borildi. Shu maqsadda viloyat miqyosida piyodalar yo\u02bbllarini ta\u02bcmirlash, shahar atrofi va ichkarisida velosiped yo\u02bblaklarini qurish, 30 ta yangi madaniy meros obyektini sayyohlik yo\u02bbnalishlariga kiritish kabi vazifalar belgilab olindi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonda ziyorat turizmining muhim obyektlaridan biri hisoblangan Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuida ham Prezidentimizning 2017 yil 27 martdagi \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi ta\u02bcminlandi. Jumladan, majmuaga tutash hududdan 5,8 gektar yer maydoni ochilib, ilmiy markaz hamda uning qarshisida 3 ta ikki qavatli turar-joy binolari qurilib, foydalanishga topshirildi. Amalga oshirilgan shu va boshqa tadbirlar natijasida salmoqli yutuqlar qo\u02bblga kiritildi. Jumladan, 2017 yilning 10 oyi davomida mamlakatimizga tashrif buyurgan sayyohlar soni 2,2 mln kishini tashkil etgan bo\u02bblsa, 2018 yilning shu davri mobaynida 4,4 mln nafarga yetdi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>. Yil mobaynida esa 5 mln. 346 ming 219 kishini tashkil qildi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda ziyorat turizmini rivojlantirish bo\u02bbyicha tadbirlar 2019 yilda ham davom ettirildi. Jumladan, Samarqand shahridagi Imom Moturidiy, Toyloq tumanidagi Imom Dorimiy ziyoratgohlarini kengaytirish va obod qilish, bu maskanlarda sayyohlar uchun zarur shart-sharoit yaratish choralari ko\u02bbrildi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>. Amalga oshirilgan bunday tadbirlar Samarqand viloyatining ziyorat turizmi imkoniyatlarini kengaytirishda katta rol o\u02bbynadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, 2019 yilning 5 yanvaridan e\u02bctiboran O\u02bbzbekistonning madaniy-tarixiy va diniy ma\u02bcnaviy merosi hamda an\u02bcanalarini o\u02bbrganish uchun tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarga 2 oygacha muddatga ziyorat vizasi joriy etildi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>. Shu bilan birga, Ziyorat turizmini rivojlantirish va uni dunyo jamoatchiligiga tanishtirishda muhim ahamiyatga ega bo\u02bblgan ilmiy konferensiyalar o\u02bbtkazildi. Jumladan, 2019 yilning 24-25 may kunlari Samarqand shahrida Xitoy, Rossiya, Fransiya, Italiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Bosniya va Gersegovina, Polsha, Qozog\u02bbiston, Tojikiston va Qirg\u02bbizistonning yetakchi olimlari, turizm sohasi mutaxassislari ishtirokida \u201cBuyuk Ipak yo\u02bbli chorrahasida ziyorat turizmining renessansi\u201d mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo\u02bblib o\u02bbtdi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ziyorat turizmini rivojlantirish bo\u02bbyicha xalqaro hamkorlik aloqalari ham yo\u02bblga qo\u02bbyildi. Xususan, 2023 yil fevral oyida Samarqand viloyat delegatsiyasi Indoneziyaga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mezbon davlat vakillari bilan turizm sohasidagi hamkorlik masalasi muhokama qilindi. Xususan, Samarqandga to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri aviaqatnovlarni tashkil etish, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Maxdumi A\u02bczam, Xoja Ahror Valiy, Abdi Darun va Abdi Berun ziyoratgohlariga indoneziyaliklar uchun maxsus ziyorat turlarini tashkil etish taklifi ilgari surildi. Shuningdek, \u201cSamarqand \u2013 Yangi O\u02bbzbekistonning turizm darvozasi\u201d mavzusida viloyatning turizm salohiyati bo\u02bbyicha taqdimot o\u02bbtkazildi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>. Bundan tashqari, 2022 yil sentyabr oyidan Birlashgan Arab Amirliklarining \u201cFlaydubai\u201d aviakompaniyasi tomonidan \u201cDubay-Samarqand\u201d yo\u02bbnalishida\u00a0 aviaqatnov yo\u02bblga qo\u02bbyildi. Amalga oshirilgan bunday tadbirlar ziyorat turizmi sohasida xalqaro aloqalarning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo\u02bbldi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Amalga oshirilgan ishlarga qaramasdan, bu borada ham ayrim muammolar saqlanib qoldi. Xususan, viloyatdagi tarixiy obidalar va muzeylar imkoniyatining bor-yo\u02bbg\u02bbi 50 foizidan samarali foydalanildi. Viloyatda katta salohiyatga ega 98 ta madaniy meros obyekti mavjud bo\u02bblib, 2022 yilning iyul oyi holatiga ko\u02bbra, ulardan faqat 51 tasi sayyohlik yo\u02bbnalishlariga kiritildi. Shuningdek, viloyatda sayyohlarning tungi payt mazmunli dam olishi uchun maskanlar yetishmaydi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>. Bundan tashqari, ziyoratgohlardagi ziyorat odobi masalasida ham ayrim muammolar saqlanib qoldi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2016 yildan e\u02bctiboran amalga oshirilgan ishlar natijasida, O\u02bbzbekistonga tashrif buyuruvchi musulmon sayyohlar soni sezilarli darajada ko\u02bbpaydi. Jumladan, 2019 yilning noyabr oyi ko\u02bbrsatkichlarini 2018 yil hisobotlari bilan solishtirganda buni yaqqol ko\u02bbrishimiz mumkin. Xususan, 2018 yil noyabr oyida birgina Pokistondan 287 nafar sayyoh tashrif buyurgan bo\u02bblsa, 2019 yilning shu davrida sayyohlar soni 424 nafarni tashkil qilib, o\u02bbsish sur\u02bcati 47,7 foizni tashkil etdi. Saudiya Arabistoni bo\u02bbyicha esa, bundan ham kattaroq sonni ko\u02bbrishimiz mumkin. Jumladan, 2018 yilning noyabr oyida 36 nafar, 2019 yilning shu davriga kelib 124 nafarni tashkil qildi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, 2016 yildan e\u02bctiboran O\u02bbzbekistonda turizm sohasi mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri deb e\u02bclon qilindi. Shu sababdan turizm va uning muhim yo\u02bbnalishlaridan biri bo\u02bblgan ziyorat turizmini rivojlantirish ishlari amalga oshirildi. Bu borada O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari e\u02bclon qilindi. Ushbu Farmon va Qarorlar asosida Samarqand viloyatida ham ko\u02bbplab ishlar bajarildi. Xususan, sohani rivojlantirish, xorijiy tajribani o\u02bbrganish maqsadida turli tadbirlar, ilmiy seminar va konferensiyalar tashkil qilindi. Xorijiy mamlakatlar firma va kompaniyalari bilan bu borada hamkorlik aloqalari yo\u02bblga qo\u02bbyildi. Bu esa o\u02bbz navbatida O\u02bbzbekistonga, xususan, Samarqand viloyatiga muqaddas joylarni ziyorat qilish uchun kelayotgan ziyoratchilar sonining sezilarli darajada oshishiga xizmat qildi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a><a href=\"https:\/\/religions.uz\/news\/detail?id=812\">https:\/\/religions.uz\/news\/detail?id=812<\/a>Qadim Samarqandga bir kelib keting!<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a><a href=\"https:\/\/lex.uz\/docs\/3311817\">https:\/\/lex.uz\/docs\/3311817<\/a>\u00a0O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori \u201c2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo\u02bbyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201d<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0<a href=\"https:\/\/religions.uz\/news\/detail?id=812\">https:\/\/religions.uz\/news\/detail?id=812<\/a>\u00a0Qadim Samarqandga bir kelib keting!<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0https:\/\/religions.uz\/news\/detail?id=812 Qadim Samarqandga bir kelib keting!<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0http:\/\/dkm.gov.uz\/uz\/samarkand-zierat-turizmi-bujica-dunening-eng-ahsi-untaligiga-kiris-niatida<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a><a href=\"http:\/\/uza.uz\/oz\/tourism\/zbekistonda-ziyerat-turizmi-2018-yilga-nazar-27-12-2018\">http:\/\/uza.uz\/oz\/tourism\/zbekistonda-ziyerat-turizmi-2018-yilga-nazar-27-12-2018<\/a><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a><a href=\"https:\/\/uzbektourism.uz\/cyrl\/research\">https:\/\/uzbektourism.uz\/cyrl\/research<\/a><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u00a0https:\/\/zarnews.uz\/post\/jonajon-vatanimiz-buguni-va-ertasi-uchun-har-birimiz-masulmiz<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a><a href=\"http:\/\/xs.uz\/uzkr\/post\/birinchi-khalqaro-ziyorat-turizmi-forumi-zhahon-hamzhamiyatida-katta-qiziqishga-sabab-bolmoqda\">http:\/\/xs.uz\/uzkr\/post\/birinchi-khalqaro-ziyorat-turizmi-forumi-zhahon-hamzhamiyatida-katta-qiziqishga-sabab-bolmoqda<\/a><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a><a href=\"http:\/\/zarnews.uz\/post\/ozbekistonda-ziyorat-turizmi-uchun-katta-imkoniyat-bor\">http:\/\/zarnews.uz\/post\/ozbekistonda-ziyorat-turizmi-uchun-katta-imkoniyat-bor<\/a>O\u02bbzbekistonda ziyorat turizmi uchun katta imkoniyat bor<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a>\u00a0https:\/\/zarnews.uz\/post\/indoneziyada-samarqand-yangi-ozbekistonning-turizm-darvozasi-mavzusida-taqdimotlar-otkazildi<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a>\u00a0https:\/\/zarnews.uz\/post\/turizmning-yangi-ufqlari<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a>\u00a0https:\/\/zarnews.uz\/post\/ziyoratmi-tijoratmi-yoxud-shakkoklik<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27990#_ftnref14\" name=\"_ftn14\">[14]<\/a><a href=\"https:\/\/uzbektourism.uz\/cyrl\/research\">https:\/\/uzbektourism.uz\/cyrl\/research<\/a>\u00a02019 yil noyabr va 2018 yil noyabr oylarida O\u02bbzbekiston Respublikasiga kirib kelgan tashrif buyuruvchilar sonining davlatlar kesimida taqsimlanishi<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Sanjarbek DJUMANOV,<\/strong><strong>\u00a0\u00a0<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimi,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>tarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori (<\/strong><strong>PhD<\/strong><strong>)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Samarqand viloyati muqaddas ziyoratgohlarga boy hududlardan biridir. Islom dini rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan buyuk shaxslar abadiy qo\u02bbnim topgan joylar mustaqillik yillarida obodonlashtirildi. Bunday manzillar odamlar ziyorat qiladigan joylarga aylantirildi. Viloyatdagi ziyoratgohlar nafaqat O\u02bbzbekiston aholisi uchun, balki islom olami uchun ham muqaddasdir. 2020 yildagi ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra Samarqand viloyatida 1851 ta moddiy-madaniy meros obyektlari mavjud. Ular orasida &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":27991,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u02bbZB\u0415KISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SAMARQAND VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"O\u02bbZB\u0415KISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SAMARQAND VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISHI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u02bbZB\u0415KISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SAMARQAND VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u02bbZB\u0415KISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SAMARQAND VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISHI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-05-01T09:43:12+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-05-01T10:56:17+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/ziyoratt0105.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"396\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&lang=oz\",\"name\":\"O\u02bbZB\u0415KISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SAMARQAND VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/ziyoratt0105.jpg\",\"datePublished\":\"2023-05-01T09:43:12+00:00\",\"dateModified\":\"2023-05-01T10:56:17+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"O\u02bbZB\u0415KISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SAMARQAND VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISHI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/ziyoratt0105.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/ziyoratt0105.jpg\",\"width\":660,\"height\":396},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u02bbZB\u0415KISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SAMARQAND VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISHI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u02bbZB\u0415KISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SAMARQAND VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"O\u02bbZB\u0415KISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SAMARQAND VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISHI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"O\u02bbZB\u0415KISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SAMARQAND VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u02bbZB\u0415KISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SAMARQAND VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISHI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-05-01T09:43:12+00:00","article_modified_time":"2023-05-01T10:56:17+00:00","og_image":[{"width":660,"height":396,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/ziyoratt0105.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&lang=oz","name":"O\u02bbZB\u0415KISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SAMARQAND VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/ziyoratt0105.jpg","datePublished":"2023-05-01T09:43:12+00:00","dateModified":"2023-05-01T10:56:17+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"O\u02bbZB\u0415KISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SAMARQAND VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISHI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/ziyoratt0105.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/ziyoratt0105.jpg","width":660,"height":396},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27993&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u02bbZB\u0415KISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SAMARQAND VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISHI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27993"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=27993"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27993\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28000,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27993\/revisions\/28000"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/27991"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=27993"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=27993"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=27993"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}