{"id":27792,"date":"2023-04-15T13:41:59","date_gmt":"2023-04-15T08:41:59","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27792"},"modified":"2023-04-15T13:41:59","modified_gmt":"2023-04-15T08:41:59","slug":"jaholatga-qarshi-marifat-bilan-kurashishning-samarali-modeli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&lang=oz","title":{"rendered":"Jaholatga qarshi ma\u2019rifat bilan kurashishning samarali modeli"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>MUNOSABAT<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Jaholatga qarshi kurashning eng ma\u2019qul va samarali yo\u2018li nima? Johilga johillik bilan qarshilik ko\u2018rsatish yonib turgan olovga yog\u2018 sepish bilan barobar. Negaki, jaholat botqog\u2018iga botgan kishi o\u2018zini tubanlikda emas, yuksakda deb hisoblaydi, unga kimdir jahl qilgan sari jazavasi qo\u2018ziydi. Shu bois, jaholatga qarshi faqat ma\u2019rifat bilan kurashish kerak. Bu O\u2018zbekiston rahbariyati tanlagan eng to\u2018g\u2018ri, oqilona va odilona yo\u2018ldir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mehr-muruvvat va saxovat oyi bo\u2018lgan bugungi Ramazon kunlarida bu o\u2018zining yana bir tasdig\u2018ini topmoqda. Hech bir davlatda Ramazon oyini munosib o\u2018tkazish to\u2018g\u2018risida Prezident darajasida qaror qabul qilinmaydi. Faqat O\u2018zbekiston mustasno. Bu ham davlatning fuqarolarga g\u2018amxo\u2018rligi belgisidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu kunlarda yurtimizdagi barcha jome masjidlarida Qur\u2019on xatm qilinmoqda. Namozxonlarga qulay bo\u2018lishi uchun butun mamlakat bo\u2018ylab tarovih namozining vaqti bir xil qilib belgilandi. Qaysi kuni Mus\u2019hafi sharifning qayeridan qayerigacha o\u2018qilishi ham aniq ko\u2018rsatib berildi. Ya\u2019ni turli sabablarga ko\u2018ra o\u2018zi qatnab yurgan masjidga emas, boshqasiga borib qolgan odam hech qanday xavotir va tashvishsiz ibodatini bemalol kelgan joyidan davom ettiraveradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Televideniye va radiokanallarimizda aynan iftorlik va saharlik paytlariga mo\u2018ljallab ma\u2019rifiy ko\u2018rsatuv va eshittirishlar tayyorlanmoqda. Ro\u2018zador insonlar nafaqat jisman, balki ma\u2019nan o\u2018z-o\u2018zini tarbiyalab, takomillashtirib bormoqda. Jaholatga qarshi ma\u2019rifat bilan kurashish ham aslida shu emasmi?!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bevosita ilm-ma\u2019rifat sohasidagi ko\u2018lamini bir-ikki so\u2018z bilan ta\u2019riflash mushkul bo\u2018lgan islohotlarga kelsak, yurtimizda qisqa vaqtda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Islom sivilizatsiyasi markazi, Hadis ilmi maktabi tashkil qilindi. Buxorodagi Mir Arab madrasasiga yangi hayot baxsh etildi. Bu muassasalarning barchasi xalqimizning ko\u2018p asrlik ilmiy-ma\u2019naviy merosini o\u2018rganish, diniy va dunyoviy jihatdan tadqiq etib, milliy va xalqaro miqyosda targ\u2018ib qilishga xizmat qiladi, albatta.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bir jihatni aytib o\u2018tish kerakki, O\u2018zbekiston xalqi nafaqat Xorazmiy, Zamaxshariy, Ibn Sino, Beruniy, Ulug\u2018bek singari butun insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga hissa qo\u2018shgan allomalari, shu bilan birga, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg\u2018inoniy kabi islom ilmlari taraqqiyotida g\u2018oyat salmoqli o\u2018rin tutgan ajdodlari bilan haqli ravishda faxrlanadi. \u201cSahih ul-Buxoriy\u201d islom olamida Qur\u2019oni karimdan keyingi mo\u02bbtabar manba sanaladi. Dunyo musulmonlarining eng katta qismi Imom Moturidiy aqidasini asosiy tayanch deb biladi. Burhoniddin Marg\u2018inoniyning \u201cHidoya\u201d asari hali-hanuz islom huquqshunosligining bosh qo\u2018llanmasi bo\u2018lib qolmoqda. Tasavvufning eng yirik namoyandalari ham biz yashayotgan zamindan yetishib chiqqan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-fevral kuni Buxoro viloyatiga safar asnosida Mir Arab oliy madrasasiga tashrif buyurganida quyidagi fikrlarni bayon etdi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 Bunday uzoq tarixga ega ta\u2019lim dargohlari juda kam. Bugun uning sharoitini yaxshilab, tarixiy adolatni tiklaganimiz xayrli ish bo\u2018ldi, deb o\u2018ylayman. Demokratik islohotlarimiz natijasida diniy sohaga ham erkinlik epkini kirib keldi. Shu bilan birga, axborot makoni ochiq. Internetda ilmiy asosi bo\u2018lmagan turli talqinlar bor. Tajribasiz yoshlar ularning to\u2018g\u2018ri-noto\u2018g\u2018riligini qayerdan ham bilsin? Buni sizga o\u2018xshagan ilm odamlari asoslab, isbotlab, tushuntirib berishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Darhaqiqat, yangi ochilayotgan ilm maskanlari odamlarni, ayniqsa, yosh avlodni to\u2018g\u2018ri yo\u2018lga solishda muhim o\u2018rin tutadi. Ulug\u2018 allomalarimizning boy ilmiy merosi esa buning uchun mustahkam poydevor vazifasini o\u2018taydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Buxoro safari chog\u2018ida mamlakatimiz rahbari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Bu maskanda bildirilgan fikrlar ham O\u2018zbekistonning \u201cJaholatga qarshi \u2013 ma\u2019rifat\u201d shioriga hamohangdir:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 Oxirgi yillarda hamma sohalar qatori din bo\u2018yicha ham ochiqlik, erkinlik berildi, bir nechta ilmiy markaz tashkil etdik. Bu salohiyatni jamiyatga yetkazish kerak. Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg\u2018inoniy kabi buyuk bobolarimiz merosiga tayangan holda jaholatga qarshi ma\u2019rifat bilan kurashish zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u2018zbekiston bu yo\u2018nalishda yangi ilmiy markazlar ochish bilan cheklanib qolmayotganini ham alohida ta\u2019kidlash o\u2018rinlidir. Yurtimizda mana shunday muassasalar sa\u2019y-harakati bilan xalqimiz orziqib kutgan asarlar o\u2018zbek tilida nashrdan chiqmoqda. \u201cTa\u2019vilot ul-Qur\u2019on\u201dda Imom Moturidiy barcha botil oqimlarga ilmiy asoslangan raddiya berish bilan birga, keyingi davrlarda kimlardir tomonidan tug\u2018ilishi mumkin bo\u2018lgan savollarga javob ham berib ketgan. Kitobning dastlabki o\u2018zbekcha juzlari bilan tanishgan kishi \u201cagar falon narsani so\u2018rasalar, biz mana bunday javob beramiz\u201d jumlalarini ko\u2018p kuzatishi mumkin. \u201cSahih ul-Buxoriy\u201dning ham bir necha tarjimasi bosmadan chiqqan. Hadislarning muhimligi shundaki, ular orqali islomning mohiyati, arkonlari, talab va cheklovlari va boshqa jihatlari to\u2018liq anglanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xuddi shuningdek, xayrli tashabbuslar natijasida turli ilmiy anjumanlar tashkil etilyapti. Ular orqali ham ko\u2018hna Movarounnahr allomalarining boy merosi xalqaro miqyosda targ\u2018ib etilmoqda, ham xorijlik ulamo va mutaxassislar bilan jaholatga qarshi ma\u2019rifat vositasida kurashish g\u2018oyasi yo\u2018lidagi sa\u2019y-harakatlar birlashtirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu xususda 2022-yil noyabr oyida Samarqandda bo\u2018lib o\u2018tgan \u201cMarkaziy Osiyo \u2013 islom san\u2019ati o\u2018chog\u2018i\u201d xalqaro forumida qatnashgan\u00a0<strong>Tojikiston Pedagogika institutining ilm va innovatsiyalar bo\u2018yicha prorektori, tarix fanlari doktori, professor Shodmon Vohidov<\/strong>ning quyidagi fikrlarini keltirish o\u2018rinlidir:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 O\u2018zbekiston islom madaniyatining nafaqat o\u2018chog\u2018i, balki nihoyatda ko\u2018p sonli tarixiy va islomiy qadamjolar mavjud mamlakat. Tarixiy ashyolar, nodir qo\u2018lyozmalar ham shular jumlasidan. Shaxsiy kolleksiyalar va xususiy kutubxonalarda saqlanayotgan manbalarni hisobga olmaganda, davlat fondlarida 42 mingdan ziyod qo\u2018lyozma mavjud. Ularni saqlash, tadqiq etish, tarjima qilish, raqamlashtirish masalalarida O\u2018zbekiston ancha ilgarilab boryapti. Forumga kelgan qo\u2018lyozmalarni o\u2018rganish sohasi mutaxassislari buni yakdil ta\u2019kidlamoqda. O\u2018ylaymanki, qadim tarixdan so\u2018zlovchi manbalar \u2013 u xoh tarixiy obida bo\u2018lsin, xoh yozma yodgorlik \u2013 bizga ajdodlarimizning yuksak zehn-u zakovatidan darak berishda davom etaveradi. Dunyoda kechayotgan keskinlik va ziddiyatlar asnosida yurtingizda ma\u2019naviy merosni asrash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni, xususan, mana shunday ilmiy konferensiyalar tashkil etilishini O\u2018zbekiston hukumati faoliyatining tahsinga sazovor jihatlari sifatida qayd etish joiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yangi ochilayotgan markazlarga nufuzli xalqaro tashkilotlar xayrixohlik bildirishi, ularning ahamiyati haqida to\u2018lib-toshib so\u2018zlashi ham O\u2018zbekiston tanlagan yo\u2018lning to\u2018g\u2018ri ekanidan dalolatdir.\u00a0<strong>IHTning Islom tarixi, san\u2019ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) Bosh direktori Mahmud Erol Qilich<\/strong>\u00a02022-yil 15-iyul kuni Samarqandda o\u2018tkazilgan \u201cSahih ul-Buxoriy\u201d asarining jahon kutubxonalarida saqlanayotgan qadimiy va nodir qo\u2018lyozma nusxalari\u201d mavzusidagi xalqaro konferensiyada qatnashib, Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi to\u2018g\u2018risida ham rasmiy shaxs, ham xolis inson sifatida bunday fikr bildirgan edi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 O\u2018zim rahbarlik qilayotgan markazning bosh maqsadi musulmon olimlarining jahon sivilizatsiyasi ravnaqiga qo\u2018shgan hissasini keng targ\u2018ib etishdan ham iborat. Islom ilmlari rivojida asosiy o\u2018rin tutgan allomalarni haqli ravishda yetuk siymolar sirasida ko\u2018ramiz. Umrini shunday sharafli ishga bag\u2018ishlagan Imom Buxoriyning hayot yo\u2018li va mashaqqatli ijodi haqidagi ma\u2019lumotlarni, uning xizmatlari tufayli erishilgan yangi bilimlar mohiyatini jahon bo\u2018ylab kengroq tarqatishni ota yurtimiz \u2013 O\u2018zbekistondagi hamkasblarimiz ishtirokisiz amalga oshirishni imkonsiz deb bilamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xorijda O\u2018zbekistondagi yangi markazlarga, xalqimizning ilmiy-ma\u2019naviy merosiga yuksak e\u2019tiborning sababini\u00a0<strong>Al-Azhar Islom tadqiqotlari majmuasi (Misr) Bosh kotibi Muhammad Nazir Ayyad<\/strong>ning mazkur konferensiyada izhor etilgan quyidagi fikridan anglab olish mumkin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 Movarounnahr mutafakkirlari ulkan xizmatining samarasi o\u2018laroq, bu qutlug\u2018 zamin faqat jug\u2018rofiy nom emas, ilmu ma\u2019rifatda yetuklikka erishgan alohida bir sivilizatsiya makoni sifatida ham shuhrat qozongan. Yurtingizdan yetishib chiqqan olimlar islomiy va dunyoviy ilmlarni boshqacha nazar va o\u2018zgacha yondashuv bilan o\u2018rganib chiqib, olamshumul natijalarga erishgan. Insoniyat bugungi kunda ham ana shu ilmlarga ehtiyoj sezmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Malayziya xalqaro islom universiteti professori Muhammad Said<\/strong>ning so\u2018zlari ilm-ma\u2019rifat hech qachon dolzarbligini yo\u2018qotmasligini tasdiqlaydi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 Tarixdan bilamizki, O\u2018rta Osiyoga islom dinining kirib kelishi umaviylar davriga borib taqaladi. O\u2018sha yillardan boshlab bu sharofatli zaminda islomiy va dunyoviy ilmlar keng ko\u2018lamda rivojlandi. Movarounnahrdan yetishib chiqqan olimlar nafaqat islom dunyosi, balki butun jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo\u2018shganini alohida ta\u2019kidlashni istardim. Buyuk ajdodlaringiz ilmiy-ma\u2019naviy merosini o\u2018rganish, tadqiq etish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Umuman olganda, bugungi O\u2018zbekiston buyuk ajdodlarga munosib voris bo\u2018ladigan avlodni voyaga yetkazish yo\u2018lidan bormoqda va bunda ilmiy-ma\u2019naviy merosni o\u2018rganish va targ\u2018ib qilishga alohida e\u2019tibor bermoqda.\u00a0<strong>Islom tafakkuri instituti (Turkiya) direktori, professor Mehmet Go\u2018rmez<\/strong>ning quyidagi so\u2018zlari buning yana bir dalilidir:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 Movarounnahr islom tamaddunining beshigi hisoblanadi. Tarixda islom madaniyati dunyoning turli mintaqalarida rivojlangan bo\u2018lsa-da, hech bir yurtda Movarounnahrda bo\u2018lganichalik gullab-yashnamagan. Jumladan, Bag\u2018dod, Andalus, Shom kabi diyorlarda islom madaniyati muayyan davrlar oralig\u2018ida rivojlangan bo\u2018lsa, Movarounnahrda bu hozirgi kunga qadar kuzatib kelinmoqda. Shu sababli bugungi kunda O\u2018zbekiston islom sivilizatsiyasining tarixda erishgan shonli mavqeini qayta tiklashda muhim o\u2018rin tutadi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Endi bevosita Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi misolida qaraydigan bo\u2018lsak, ushbu muassasaning 2022-yildagi faoliyati natijalarida ham \u201cJaholatga qarshi \u2013 ma\u2019rifat\u201d maqsadi yaqqol namoyon bo\u2018ladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u2018tgan yili markaz tomonidan buyuk alloma va mutafakkirlarimiz qalamiga mansub 15 kitob va risola nashr etildi. Ular orasida Abu Ja\u2019far Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriyning \u201cShamoili Buxoriy\u201d, Imom Termiziyning \u201cE\u2019tiqodi ahli sunna\u201d, Abd ibn Humayd Keshiyning \u201cMusnad\u201d, Imom Dorimiyning \u201cSunani Dorimiy\u201d hamda \u201cSunani Dorimiy\u201ddan saylanma hadislar\u201d, \u201cMusnadi Keshiydan durdonalar\u201d, \u201cSahihi Buxoriy sharhi\u201dni keltirish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu o\u2018rinda alloma Abd ibn Humayd Keshiy haqida qisqacha to\u2018xtalib o\u2018tish kerak. Xalqimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi muhaddislarning asarlari to\u2018g\u2018risida bugun ozmi-ko\u2018pmi tasavvurga ega. Lekin Humayd Keshiyning asarlari bilan hanuz tanish emas edi. Allomaning \u201cMusnad\u201di nashr etilganda,\u00a0<strong>Al-Azhar universiteti (Misr) o\u2018qituvchisi, doktor Mahmud Abdulloh Abdurahmon Abduhalim<\/strong>\u00a0bundan ta\u2019sirlanib, quyidagi fikrlarni bildirgan edi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 Abd ibn Humayd Keshiy Movarounnahrdan yetishib chiqqan ulamolarning peshqadamlaridan va uning asarlari o\u2018zidan keyin kelgan olimlar ijodi uchun poydevor vazifasini o\u2018tagan. Unga shogird darajasidagi mutafakkirlarning merosi chuqur va qayta-qayta o\u2018rganilayotgan bir paytda allomaning hayoti va ilmiy faoliyatini tadqiq etish tarixiy adolatni tiklashga xizmat qiladi. Abd ibn Humayd Keshiy merosi ijtimoiyaxloqiy masalalarni jamlagani, go\u2018zal fazilatlarni targ\u2018ib etishi, illatlardan qaytarishga qaratilgan g\u2018oyalarni qamragani bilan bugungi kun uchun g\u2018oyat ahamiyatli. Bu asar o\u2018zbek xalqi tomonidan katta mamnuniyat bilan qarshi olinadigan va sevib o\u2018qiladigan kitoblardan biri bo\u2018lib qoladi, deb ishonaman.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mazkur universitetning\u00a0<strong>din asoslari fakulteti professori, doktor Rizo Muhammad Daqiqiy<\/strong>ning so\u2018zlari ham\u00a0e\u2019tiborga molik:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 Bugungi kunda jamiyatlar insoniy qadriyatlar va fazilatlarni yoyish, terrorizm va ekstremizmni yo\u2018q qilish, mutaassiblikdan qutulishga juda muhtoj. Abd ibn Humaydning \u201cMusnad\u201di jamiyat ma\u2019naviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Asarning o\u2018zbek tiliga o\u2018girilishi xalqingiz uchun \u201cSahih ul-Buxoriy\u201d, \u201cSunani Termiziy\u201d va \u201cSunani Dorimiy\u201dning tarjimasidan kam bo\u2018lmagan ahamiyat kasb etadi. O\u2018zbek o\u2018quvchilari bu kitobni o\u2018tmish poydevorini mustahkamlab, kelajak robitasini barpo etish istagi bilan qarshi oladi, deb o\u2018ylayman. Chunki tarixini bilmagan xalqning kelajagi bo\u2018lmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shuningdek, markazda mazkur risolalar bilan birga, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg\u2018oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Bahouddin Naqshband, Mirzo Ulug\u2018bek, Alisher Navoiy kabi alloma va mutafakkirlar hayoti va ilmiy merosiga bag\u2018ishlangan xalqchil risolalar chop etildi. \u201cO\u2018nta haqiqat\u201d rukni ostida ularning hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi stendlar tayyorlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ilmiy xodimlar Imom Dorimiyning \u201cSunan\u201d, Imom Buxoriyning \u201cTarix ussag\u2018ir\u201d, Abu Lays Samarqandiyning \u201cTafsir\u201d va \u201cBahr ul-ulum\u201d, Abul Barakot Nasafiyning \u201cTafsir\u201d, Sayyid Abdul Mojid G\u02bbavriyning \u201cHadis ilmi istilohlari\u201d, Alouddin Kosoniyning \u201cE\u2019tiqod\u201d, Abu Azabaning \u201cRavzat ul-bahiyya fiyma baynal ash\u2019ariya val moturidiya\u201d, Imom Termiziyning \u201cAqidaviy qarashlar\u201d, Abul Muntaho Shahobuddin Ahmad ibn Muhammad Mag\u2018nisoviyning \u201cSharh-u fiqh-ul akbar\u201d, A\u2019lo Buxoriyning \u201cRisola fil aqoid\u201d, Ibrohim Saffor Buxoriyning \u201cTalxis ul-adilla li qavoidit tavhid\u201d asarlarini o\u2018zbek tiliga o\u2018girdi. Shu bilan birga, Haysam ibn Kulayb Shoshiyning \u201cMusnad\u201d asaridan saylanma, Najmiddin Kubro, Mahmud Zamaxshariy, Imom Dorimiy, Abu Lays Samarqandiy, Abu Barakot Nasafiy, Imom Termiziy, Abduxoliq G\u02bbijduvoniy, Burhoniddin Marg\u2018inoniy, Yusuf Xos Hojib va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ilmiy faoliyatiga doir risolalar tayyorladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Jamiyatimizda sog\u2018lom diniy muhitni saqlash, asl manbalarga tayangan holda allomalarimiz ilmiy merosini tadqiq etish orqali botil va turli fitnachi oqimlarga raddiyalar berish, yoshlarga sof islom ta\u2019limotini yetkazish, buyuk ajdodlarimiz asarlaridagi Vatanga muhabbat, ilm olishga targ\u2018ib, ota-onaga e\u2019zoz va ehtirom kabi ulug\u2018 g\u2018oyalarni keng jamoatchilikka yetkazish kabi ma\u2019rifiy tadbirlarni tashkil etish Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining asosiy faoliyat yo\u2018nalishlaridan biri etib belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy yo\u2018nalishda ham talay ishlar amalga oshirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz faoliyatining yana bir muhim yo\u2018nalishi yurtimiz kitob fondlaridagi islom ta\u2019limoti, tarixi va madaniyatiga oid qo\u2018lyozma asarlarni dolzarbligi bo\u2018yicha tasniflash va tadqiq etish, ko\u2018hna Movarounnahrdan yetishib chiqqan mutafakkir va allomalarning mamlakatimiz va xorijiy davlatlarda saqlanayotgan kitob va risolalarini to\u2018plash va o\u2018rganishga qaratilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markazda jismoniy va yuridik shaxslarda saqlanayotgan islom diniga oid qadimiy, noyob asarlarni xarid qilish bo\u2018yicha ishlar yo\u2018lga qo\u2018yilgan. O\u2018tgan yili jismoniy shaxslardan shunday 44 ta kitob xarid qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muassasa Imom Buxoriy nomi bilan atalgani uchun muhaddislar sultonining ilmiy merosiga alohida e\u2019tibor qaratadi. 2022-yilda allomaning shoh asari \u2013 \u201cAl-Jomi\u2019 as-sahih\u201d hadis to\u2018plamining xorijiy davlatlardagi qo\u2018lyozma fondlarda saqlanayotgan 220 nusxasining ro\u2018yxati shakllantirildi. Imom Buxoriy qalamiga mansub mahalliy va xorijiy qo\u2018lyozma fondlarda saqlanayotgan 2838 asarning reyestri tuzildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tabiiyki, boshqa yetuk allomalarning asarlari ham markaz ilmiy xodimlarining e\u2019tiborida turadi. Xususan, uning fondida saqlanayotgan 116 nodir qo\u2018lyozma nusxaning annotasiyasi tayyorlanib, rasmiy saytga joylashtirildi. Umumiy hajmi 13 457 varaq bo\u2018lgan 69 kitobdan elektron nusxa olindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu o\u2018rinda so\u2018z o\u2018z-o\u2018zidan xalqaro aloqalarga kelib taqalyapti. Bu xususda shuni ta\u2019kidlash kerakki, 2022-yildan \u201cImom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya\u201d tanlovi joriy etilib, uning sovrindorlari markazga kela boshladi. Bu yerda Malayziya milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti professorlari Mohd Al Adib Samuri va Muhammad Hilmi Jalil, Parijdagi Kollej de Frans o\u2018quv-tadqiqot muassasasi vakili Mari Eftimiyu, L.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo universiteti (Qozog\u2018iston) doktoranti Almas Imangaliyev kabi jami 6 xorijlik tadqiqotchi ilmiy malakasini oshirdi. Stipendiatlarni jalb qilish ishlari davom etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xorijdagi ilmiy muassasalar bilan hamkorlik o\u2018rnatishga alohida e\u2019tibor berilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar borasida xalqaro hamkorlik geografiyasi yil sayin kengayib bormoqda. 2022-yilda markaz Malayziya Islom universiteti va Turkiyaning Pamukkale universiteti bilan anglashuv memorandumini imzoladi. Bu bilan uning xorijiy hamkorlari soni 35 ga yetdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Anglashuv memorandumlaridagi asosiy bandlar qo\u2018shma ilmiy tadqiqotlar tashkil qilish, birgalikda turli mavzularda seminar, konferensiya, simpoziumlar o\u2018tkazishni nazarda tutadi. Bundan kelib chiqqan holda, davomli ravishda shunday tadbirlar bo\u2018lib o\u2018tmoqda. Xususan, Malayziya milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti, Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, san\u2019ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA), Ta\u2019lim, fan va madaniyat masalalari bo\u2018yicha islom tashkiloti (ICESCO), Turkiyaning Marmara, AQShning Michigan, Misrning Al-Azhar universitetlari bilan hamkorlikda \u201cSharq allomalarining islom sivilizasiyasi rivojiga qo\u2018shgan hissasi\u201d, \u201cMusulmon olimlarining jahon taraqqiyotiga qo\u2018shgan hissasi\u201d, \u201cAhmad ibn Hafs Kabir Buxoriy merosi va uning ilk Sharq Renessansi va islom falsafasi ilmiy-nazariy asoslarini yaratishdagi o\u2018rni va ahamiyati\u201d, \u201cMoturidiylik ta\u2019limoti va hozirgi zamon\u201d, \u201cO\u2018zbekistonda falsafa tarixi maktabi va Uchinchi Renessans\u201d, \u201cImom Buxoriy \u2013 muhaddislar sultoni\u201d, \u201cImom Abu Mansur Moturidiy faoliyati va moturidiya aqidaviy mazhabi\u201d, \u201cQadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirish masalalari\u201d kabi mavzularda 8 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xorijda ham qo\u2018shma tadbirlar o\u2018tkazilmoqda. Xususan, markaz tashabbusi bilan Shveytsariyaning Bazel universiteti, Turkiya ilmiy-tadqiqot markazlari, Italiya va Birlashgan Arab Amirliklarida \u201cImom Buxoriy asarlari misolida islom san\u2019ati\u201d, \u201cIslom xattotligi\u201d, \u201cQur\u2019oni karimning O\u2018zbekiston fondlarida saqlanayotgan qadimiy nusxalari\u201d kabi mavzularda jami 6 xalqaro ko\u2018rgazma, islom amaliy san\u2019ati turlari bo\u2018yicha \u201cMovarounnahrda kitobat madaniyati\u201d deb nomlangan festival va savdo yarmarkasi tashkil etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Buyuk Britaniyaning London islom madaniyati markazida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr qilingan kitoblar taqdimoti, \u201cAlFurqon\u201d islom merosi fondida \u201cQo\u2018lyozmalarni tadqiq etish va kataloglashtirishning ahamiyati\u201d mavzusida davra suhbati bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Germaniyaning Frayburg universitetida \u201cTa\u2019vilot ul-Qur\u2019on\u201d asarining o\u2018zbek tiliga tarjima qilingan 29-30-juzlari, \u201cSahihi Buxoriy sharhi\u201d kitobining taqdimotlari o\u2018tkazildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bular, albatta, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatiga doir ayrim ma\u2019lumotlar. O\u2018zbekistondagi boshqa turdosh muassasalar faoliyati ham tahlil qilinsa, mamlakatimiz \u201cJaholatga qarshi \u2013 ma\u2019rifat\u201d shioridan hech ham og\u2018ishmasdan, dadil olg\u2018a borayotgani yanada yaqqol namoyon bo\u2018ladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Shovosil ZIYODOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>tarix fanlari doktori<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2023-yil\u00a015-aprel, 73(862)-son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>MUNOSABAT Jaholatga qarshi kurashning eng ma\u2019qul va samarali yo\u2018li nima? Johilga johillik bilan qarshilik ko\u2018rsatish yonib turgan olovga yog\u2018 sepish bilan barobar. Negaki, jaholat botqog\u2018iga botgan kishi o\u2018zini tubanlikda emas, yuksakda deb hisoblaydi, unga kimdir jahl qilgan sari jazavasi qo\u2018ziydi. Shu bois, jaholatga qarshi faqat ma\u2019rifat bilan kurashish kerak. Bu O\u2018zbekiston rahbariyati tanlagan eng to\u2018g\u2018ri, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":27789,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Jaholatga qarshi ma\u2019rifat bilan kurashishning samarali modeli - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Jaholatga qarshi ma\u2019rifat bilan kurashishning samarali modeli\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Jaholatga qarshi ma\u2019rifat bilan kurashishning samarali modeli - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Jaholatga qarshi ma\u2019rifat bilan kurashishning samarali modeli\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-04-15T08:41:59+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/gazeta_yuz_150423.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"13 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&lang=oz\",\"name\":\"Jaholatga qarshi ma\u2019rifat bilan kurashishning samarali modeli - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/gazeta_yuz_150423.jpg\",\"datePublished\":\"2023-04-15T08:41:59+00:00\",\"dateModified\":\"2023-04-15T08:41:59+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"Jaholatga qarshi ma\u2019rifat bilan kurashishning samarali modeli\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/gazeta_yuz_150423.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/gazeta_yuz_150423.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Jaholatga qarshi ma\u2019rifat bilan kurashishning samarali modeli\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Jaholatga qarshi ma\u2019rifat bilan kurashishning samarali modeli - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"Jaholatga qarshi ma\u2019rifat bilan kurashishning samarali modeli","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Jaholatga qarshi ma\u2019rifat bilan kurashishning samarali modeli - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Jaholatga qarshi ma\u2019rifat bilan kurashishning samarali modeli","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-04-15T08:41:59+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/gazeta_yuz_150423.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"13 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&lang=oz","name":"Jaholatga qarshi ma\u2019rifat bilan kurashishning samarali modeli - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/gazeta_yuz_150423.jpg","datePublished":"2023-04-15T08:41:59+00:00","dateModified":"2023-04-15T08:41:59+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"Jaholatga qarshi ma\u2019rifat bilan kurashishning samarali modeli","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/gazeta_yuz_150423.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/gazeta_yuz_150423.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27792&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Jaholatga qarshi ma\u2019rifat bilan kurashishning samarali modeli"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27792"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=27792"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27792\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27793,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27792\/revisions\/27793"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/27789"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=27792"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=27792"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=27792"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}