{"id":27719,"date":"2023-04-12T11:19:00","date_gmt":"2023-04-12T06:19:00","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27719"},"modified":"2023-04-12T13:55:02","modified_gmt":"2023-04-12T08:55:02","slug":"tinchlik-huquqiga-oid-ba%ca%bczi-islomiy-tushunchalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&lang=oz","title":{"rendered":"TINCHLIK HUQUQIGA OID BA\u02bcZI ISLOMIY TUSHUNCHALAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tinchlik \u2013 eng katta ne\u02bcmat. Uning qadriga yetish, asrab-avaylash har bir insonning zimmasidagi burchdir. Samoviy qonunlar ham, inson tomonidan ishlab chiqilgan qonunlarda ham barcha maqsadlar orasida tinchlik maqsadi ustuvor etib belgilangan. Zero, bu din va dunyo manfaatini himoyalash uchun zarurki, agar u yo\u02bbqolsa, oyoqosti qilinsa, bu to\u02bbg\u02bbrilikka emas, balki buzg\u02bbunchilikka, beparvolikka, qanchadan-qancha jonlar bekorga nobud bo\u02bblishiga olib keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hech kimga sir emaski, diniy matnlar tinchlik tamoyillariga xizmat qiladi, uni o\u02bbrnatish, yo\u02bbq qilish va buzishda niqob sifatida juda muhim <span class=\"fontstyle0\">o\u02bbrin tutadi<\/span>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Demak, diniy matnlar to\u02bbg\u02bbri tushunilsa, oqilona va to\u02bbg\u02bbri xulq-atvor yuzaga keladi, ularni noto\u02bbg\u02bbri tushunish esa halokatli oqibatlar keltirib chiqaradi. Bundan na shaxs va na jamiyat chetda qoladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shayx Abdulloh ibn Bayya: \u201cModomiki odamlar ongida urush fikri tug\u02bbilaverar ekan, biz ularning ongida tinchlik qal\u02bcalarini qurishimiz kerak\u201d, deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tinchlik huquqi inson huquqlari orasida birinchi o\u02bbrinda turadi. Chunki barcha huquqlar tinchlik huquqining bir shoxidir. Ildizsiz shoxning sobit turishi mumkin emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tinchlik huquqi barcha maqsadlarning maqsadidir. Bu haqda Abdulloh ibn Bayya: \u201cU shariatning maqsadlaridan beshta zarurat: din, jon, nasl-nasab, aql va mol-mulkni muhofaza qilishni o\u02bbz ichiga qamrab oladi\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Binobarin, tinchlik tamoyillariga xizmat qilish va ularni saqlash, ahamiyatini individual shaxs va ijtimoiy ongga singdirish, biror sabab bilan unga putur yetkazish yoki barqarorligiga ta\u02bcsir ko\u02bbrsatishning barcha ko\u02bbrinishlariga qarshi turish uchun bor kuch va g\u02bbayratni sarflash zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom mutafakkirlari butun insoniyat masalalarining onasi bo\u02bblgan bu masalaga xizmat qilish yo\u02bblida katta sa\u02bcy-harakatlarni amalga oshirdi. Natijada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik o\u02bbrnatish prinsipi uchun to\u02bbsiq bo\u02bblgan ko\u02bbplab islomiy tushunchalar sharhlarini o\u02bbz ichiga olgan asarlar yaratildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ammo hozirgi kunda ham ushbu islomiy tushunchalar boshqa ma\u02bcnoda qo\u02bbllanib, ularning asl maqsadiga zid amallar yuzaga kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ushbu maqolada bir qancha islomiy tushunchalarning haqiqati va mazmun-mohiyatiga e\u02bctibor qaratilgan. Bunda asosan hozirgi kunda dolzarb sanalgan uchta tushuncha haqida so\u02bbz boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Birinchi: xalifalik tushunchasi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu sof islomiy tushunchadir. Diniy kitoblarda xalifalik tushunchasiga namoz, ro\u02bbza, zakot va haj tushunchalariga o\u02bbxshash alohida yuridik maqom berilmagan. Biroq ba\u02bczi toifalar uni to\u02bbliq anglamay, xalifalik tizimini qayta tiklash haqida tinmay g\u02bbo\u02bbldiraydi. Matnning asl mohiyatini tushunishdagi bu og\u02bbish har doim tinchlik va barqarorlikka putur yetkazadi, ziddiyat va nizolarga olib keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Safina roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda bunday deyiladi: \u201cMen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning:\u00a0<strong><em>\u201cMendan so\u02bbng xalifalik o\u02bbttiz yil. Undan keyin podshohliklar bo\u02bbladi\u201d,<\/em>\u00a0<\/strong>deb aytayotganlarini eshitdim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ushbu hadis Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning mo\u02bbjizalaridan biri bo\u02bblib, unda aytilgan xabar Rasulullohdan keyin o\u02bbttiz yil davomida o\u02bbz tasdig\u02bbini topdi. Ma\u02bclumki, islom tarixida to\u02bbrt xalifa bo\u02bblgan. Ular: Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali roziyallohu anhum. Shu to\u02bbrt xalifaning musulmonlarga rahbarlik davri o\u02bbttiz yilga to\u02bbg\u02bbri keladi. Ulardan keyin xalifalik tugab, Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam bashorat qilganlaridek, podshohlik davri boshlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu sababdan bugungi kunda xalifalik barpo etishni da\u02bcvo qilayotgan kimsalarning talablari ushbu hadisga nomuvofiq bo\u02bblib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan so\u02bbzlarga mutlaqo ziddir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu tushuncha haqidagi islomiy matnlarning asosiy haqiqati shuki, kimdaki to\u02bbg\u02bbrilik, adolat va layoqat komil bo\u02bblib, davlat ishlarini o\u02bbz zimmasiga olsa, uning nomi qanday \u2013 xalifa, sulton yo podshoh \u2013 bo\u02bblishidan qat\u02bciy nazar, rahbar tayinlashdan iborat bo\u02bblgan asosiy maqsad amalga oshgan bo\u02bbladi. Bunda inson manfaatlarini himoya qilish va ularni poymol bo\u02bblishidan saqlash asosiy vazifa hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Ikkinchi: jihod tushunchasi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cJihod\u201d so\u02bbzi lug\u02bbatda inson tomonidan bor imkoniyatni ishga solib harakat qilish ma\u02bcnosini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alohida ta\u02bckidlab aytish lozimki, \u201cjihod\u201d so\u02bbzi lug\u02bbatda urush ma\u02bcnosini anglatmaydi. Urush arab tilida boshqa so\u02bbzlar bilan ifoda etiladi. Asosan \u201cqitol\u201d kalimasi ishlatiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Lug\u02bbatdagi xususiyatidan kelib chiqib, jihodning turlari ham ko\u02bbpaygan va ular orasida dushmanga qarshi jon-jahd bilan jang qilish ham \u201cjihod\u201d deyilgan. Ammo ushbu oxirgi ma\u02bcno boshqalaridan ustun kelib, keyinchalik \u201cjihod\u201d deganda faqat \u201cqitol\u201d tushuniladigan bo\u02bblib qolgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo islomning dastlabki bosqichida mushriklar bilan aqidaviy tortishuv qilib turgan O\u02bbz Payg\u02bbambari Muhammad alayhissalomga Furqon surasida quyidagicha xitob qiladi:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f\u0641\u064e\u0644\u064e\u0627 \u062a\u064f\u0637\u0650\u0639\u0650 \u0627\u0644\u0652\u0643\u064e\u0627\u0641\u0650\u0631\u0650\u064a\u0646\u064e \u0648\u064e\u062c\u064e\u0627\u0647\u0650\u062f\u0652\u0647\u064f\u0645\u0652 \u0628\u0650\u0647\u0650 \u062c\u0650\u0647\u064e\u0627\u062f\u064b\u0627 \u0643\u064e\u0628\u0650\u064a\u0631\u064b\u0627\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201cKofirlarga itoat etmang! Ularga qarshi u\u00a0<\/strong>(Qur\u02bcon)<strong>\u00a0bilan katta jihod qiling!\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27710#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a><strong>.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Demak, Qur\u02bcon bilan katta jihod qilingan. Zarracha aqli bor odam uchun bunda urush olib borish ma\u02bcnosi yo\u02bbqligini anglab olish qiyin emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islomda jihod urush emas, avvalo Allohning diniga so\u02bbz bilan da\u02bcvat qilish ma\u02bcnosida kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Termiziy, Ibn Hibbon va Daylamiy rivoyat qilgan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong><em>\u201cJihodning afzali Alloh taoloning zotida havoi nafsingga qarshi jihod qilishingdir\u201d,<\/em><\/strong>\u00a0deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Jihod haqidagi oyatlarning barchasini o\u02bbrganib chiqqandan so\u02bbng ma\u02bclum bo\u02bbladiki, islomda jihod hukmi sharoitga qarab o\u02bbzgarib turadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Jihod ikki qismdan iborat: talab va mudofaa.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ulamolar hozir talab jihodi yo\u02bbqligiga ijmo\u02bc qilgan. Chunki bugungi zamonda hamma davlatlar urushmaslikka kelishgan va o\u02bbzaro aloqalar o\u02bbrnatib, elchixonalar ochgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mudofaa jihodi dushmanlar musulmon yurtga urush qilib, bostirib kirsa, himoya uchun bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muqaddas Qur\u02bconi karim islomning tinchlikparvar din ekaniga yetarlicha dalil bo\u02bblib, tinchlik uchun har qanday tashabbus yoki imkoniyatga darhol javob berishga intiladi.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f\u0648\u064e\u0625\u0650\u0646\u0652 \u062c\u064e\u0646\u064e\u062d\u064f\u0648\u0627 \u0644\u0650\u0644\u0633\u0651\u064e\u0644\u0652\u0645\u0650 \u0641\u064e\u0627\u062c\u0652\u0646\u064e\u062d\u0652 \u0644\u064e\u0647\u064e\u0627 \u0648\u064e\u062a\u064e\u0648\u064e\u0643\u0651\u064e\u0644\u0652 \u0639\u064e\u0644\u064e\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u0650 \u0625\u0650\u0646\u0651\u064e\u0647\u064f \u0647\u064f\u0648\u064e \u0627\u0644\u0633\u0651\u064e\u0645\u0650\u064a\u0639\u064f \u0627\u0644\u0652\u0639\u064e\u0644\u0650\u064a\u0645\u064f\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo:\u00a0<strong>\u201cAgar ular\u00a0<\/strong><strong>tinchlikka<\/strong><strong>\u00a0moyil bo\u02bblsalar,\u00a0<\/strong><strong>s<\/strong><strong>iz ham unga moyil bo\u02bbling va Allohga tavakkul qiling! Albatta, U\u00a0<\/strong><strong>o\u02bbta e<\/strong><strong>shituvchi va\u00a0<\/strong><strong>b<\/strong><strong>iluvchidir\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27710#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a><strong>,<\/strong>\u00a0deb marhamat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam doimo urushdan tinchlikni afzal ko\u02bbrganlar. U zotning siyratlari shunday ediki, kofirlardan kimki u zot bilan sulh tuzgan bo\u02bblsa, u bilan urush qilmaganlar. Bu siyrat, hadis, tafsir, fiqh va boshqa kitoblarda bayon etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jihod va janglari dushmanni yo\u02bbq qilish uchun emas, balki adolatsizlikka barham berishga qaratilgan. Bu dushmanni qaytarish uchun qilingan jihod yoki qo\u02bbshni davlatlarni ahdni buzish va chegaradagi xavfsizlikka rahna solish fikridan qaytarishga qaratilgan jihod bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu o\u02bbrinda Haq taoloning quyidagi so\u02bbzining ma\u02bcnosini anglab olish lozim:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f\u0648\u064e\u0623\u064e\u0639\u0650\u062f\u0651\u064f\u0648\u0627 \u0644\u064e\u0647\u064f\u0645\u0652 \u0645\u064e\u0627 \u0627\u0633\u0652\u062a\u064e\u0637\u064e\u0639\u0652\u062a\u064f\u0645\u0652 \u0645\u0650\u0646\u0652 \u0642\u064f\u0648\u0651\u064e\u0629\u064d \u0648\u064e\u0645\u0650\u0646\u0652 \u0631\u0650\u0628\u064e\u0627\u0637\u0650 \u0627\u0644\u0652\u062e\u064e\u064a\u0652\u0644\u0650 \u062a\u064f\u0631\u0652\u0647\u0650\u0628\u064f\u0648\u0646\u064e \u0628\u0650\u0647\u0650 \u0639\u064e\u062f\u064f\u0648\u0651\u064e \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u0650 \u0648\u064e\u0639\u064e\u062f\u064f\u0648\u0651\u064e\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0648\u064e\u0622\u064e\u062e\u064e\u0631\u0650\u064a\u0646\u064e \u0645\u0650\u0646\u0652 \u062f\u064f\u0648\u0646\u0650\u0647\u0650\u0645\u0652 \u0644\u064e\u0627 \u062a\u064e\u0639\u0652\u0644\u064e\u0645\u064f\u0648\u0646\u064e\u0647\u064f\u0645\u064f\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201cUlar uchun imkoningiz boricha\u00a0<\/strong>(harbiy)<strong>\u00a0kuch va otliq bo\u02bblinmalarni tayyorlab qo\u02bbyingiz! Bu bilan Allohning va o\u02bbzingizning dushmaningizni va ulardan o\u02bbzga siz bilmaydigan\u00a0<\/strong>(dushman)<strong>larni qo\u02bbrquvga solgan bo\u02bblursiz\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27710#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a><strong>.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bundan ko\u02bbzlangan maqsad shuki, musulmonlar o\u02bbz xavfsizligi nishonga olinmasligi va suvereniteti poymol qilinmasligi uchun oldini oluvchi vositalar va harbiy kuchga ega bo\u02bblishi kerak. Shunda xavfsizlik mustahkam bo\u02bblib, tinchlik hukm suradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Kamol ibn Humam jihoddan maqsad dunyoni buzg\u02bbunchilikdan ozod qilish ekanini ta\u02bckidlagan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27710#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bularning barchasidan jihodning haqiqatini \u201cdushmanlarni dinga zo\u02bbrlab kiritish, ularni qonun va hukmlarga bo\u02bbysunishga majburlash kerak\u201d, degan tasavvurda bo\u02bblganlarning fikri noto\u02bbg\u02bbri ekani kelib chiqadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Haqiqat shuki, islomda dinni majburan qabul qildirish mumkin emas. Chunki ezgulikka majburlash solih odamni hosil qilmaganidek, islomga majburlash ham insonni musulmon qilib qo\u02bbymaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu borada Qur\u02bconi karimda:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f\u0644\u064e\u0627 \u0625\u0650\u0643\u0652\u0631\u064e\u0627\u0647\u064e \u0641\u0650\u064a \u0627\u0644\u062f\u0651\u0650\u064a\u0646\u0650\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201c<\/strong><strong>Dinga majburlash yo\u02bbq<\/strong><strong>\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27710#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a><strong>,\u00a0<\/strong>deyiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Vahba Zuhayliy aytadi: \u201cJihod \u2013 musulmonning qo\u02bblidagi aqlli vosita. Bundan ba\u02bczi toifalar dunyoni nazorat qilish, hokimiyat o\u02bbrnatish va saltanatni kengaytirish uchun foydalanmoqda\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27710#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bugun o\u02bbzini chin musulmon sanagan ayrim \u201cjihodchilar\u201d fitna qo\u02bbzg\u02bbab, islomning haqiqatini suiiste\u02bcmol qilmoqda. Biz buning jiddiy xato ekanini ko\u02bbrsatish va anglatish uchun konstruktiv tashabbuslarni ilgari surish maqsadga muvofiq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Uch<\/strong><strong>inchi: birodarlik tushunchasi<\/strong><strong>.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Birodarlik \u2013 yaxlit jamiyat o\u02bbrnatish uchun odamlarning aloqa va munosabatlarini mustahkamlaydigan va diniy asarlarda kelgan yuksak axloqiy qadriyat. Nabiy sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong><em>\u201c<\/em><\/strong><strong><em>Sizlardan biringiz o\u02bbzi uchun yaxshi ko\u02bbrgan narsani birodariga ham yaxshi ko\u02bbrmaguni<\/em><\/strong><strong><em>cha\u00a0<\/em><\/strong><strong><em>mo\u02bbmin bo\u02bblmaydi<\/em><\/strong><strong><em>\u201d<\/em><\/strong><strong><em>,<\/em><\/strong>\u00a0deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Payg\u02bbambar alayhissalomning ushbu hadislarini sharhlovchilar bu yerda nazarda tutilgan \u201cyaxshi ko\u02bbrish\u201d musulmonning musulmon birodariga bo\u02bblgan yaxshi ko\u02bbrishi ekaniga ittifoq qilgan. Shu nuqtai nazardan bunday savol tug\u02bbiladi: yaxshi ko\u02bbrishning musulmon bo\u02bblmaganlarni ham qamrab olishiga nima to\u02bbsqinlik qiladi? Bundan tashqari u zot nima uchun yana:\u00a0<strong><em>\u201cMusulmon \u2013 tili va qo\u02bblidan musulmonlar omon<\/em><\/strong><strong><em>da<\/em><\/strong><strong><em>\u00a0bo\u02bblgan kishidir\u201d,<\/em><\/strong>\u00a0deganlar?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu umuman g\u02bbayrimusulmonga til yoki qo\u02bbl bilan zarar yetkazish joiz, degani emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ulamolarning aytishicha, bu yerda musulmonlar so\u02bbzi g\u02bbolibga e\u02bctibor nuqtai nazaridan qo\u02bbllanmoqda. Bu gap musulmonlar yurtida, musulmonlar jamoasi ichida aytilgan. Bu musulmonlardan boshqalarga ozor bersa bo\u02bbladi, degani emas. Demak, musulmon bo\u02bblmaganlar ham musulmondan ozor ko\u02bbrmasin, deyilmoqchi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27710#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">G\u02bbayrimusulmon ham bir insondir. Vaholanki, shariatda hatto hayvonga ham ozor bermaslik buyurilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xaybar kuni Payg\u02bbambar alayhissalom Ali roziyallohu anhuga:\u00a0<strong><em>\u201cAllohning sen orqali bir odamni hidoyat qilishi senga qizil tuyalar b<\/em><\/strong><strong><em>yerilishidan<\/em><\/strong><strong><em>\u00a0yaxshiroqdir\u201d,<\/em><\/strong>\u00a0dedilar. Ya\u02bcni, g\u02bbayrimusulmonga ham yaxshi munosabatda bo\u02bblish lozim. Balki Alloh shu sababli uni hidoyatga boshlar. Zero, Alloh taolo:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f\u0648\u064e\u0644\u064e\u0642\u064e\u062f\u0652 \u0643\u064e\u0631\u0651\u064e\u0645\u0652\u0646\u064e\u0627 \u0628\u064e\u0646\u0650\u064a \u0622\u064e\u062f\u064e\u0645\u064e \u0648\u064e\u062d\u064e\u0645\u064e\u0644\u0652\u0646\u064e\u0627\u0647\u064f\u0645\u0652 \u0641\u0650\u064a \u0627\u0644\u0652\u0628\u064e\u0631\u0651\u0650 \u0648\u064e\u0627\u0644\u0652\u0628\u064e\u062d\u0652\u0631\u0650 \u0648\u064e\u0631\u064e\u0632\u064e\u0642\u0652\u0646\u064e\u0627\u0647\u064f\u0645\u0652 \u0645\u0650\u0646\u064e \u0627\u0644\u0637\u0651\u064e\u064a\u0651\u0650\u0628\u064e\u0627\u062a\u0650 \u0648\u064e\u0641\u064e\u0636\u0651\u064e\u0644\u0652\u0646\u064e\u0627\u0647\u064f\u0645\u0652 \u0639\u064e\u0644\u064e\u0649 \u0643\u064e\u062b\u0650\u064a\u0631\u064d \u0645\u0650\u0645\u0651\u064e\u0646\u0652 \u062e\u064e\u0644\u064e\u0642\u0652\u0646\u064e\u0627 \u062a\u064e\u0641\u0652\u0636\u0650\u064a\u0644\u064b\u0627\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201cDarhaqiqat, Biz Odam farzandlarini\u00a0<\/strong>(aziz va)<strong>\u00a0mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga\u00a0<\/strong>(ot-ulov va kemalarga)\u00a0<strong>mindirib qo\u02bbydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni O\u02bbzimiz yaratgan ko\u02bbp jonzotlardan afzal qilib qo\u02bbydik\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27710#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a><strong>,\u00a0<\/strong>deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Oyati karimada Alloh taolo bandalariga O\u02bbzi ato etgan behisob ne\u02bcmatlarini eslatish bilan birga, insonning naqadar ulug\u02bb bir mavjudot ekaniga guvohlik berayapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom musulmon kishini g\u02bbayridinni yaxshi ko\u02bbrib, uni hidoyatga da\u02bcvat qilishdan to\u02bbsmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Birodarlikning asl haqiqatini imon rishtalari doirasi bilan cheklash va bu rishtadan tashqarida bo\u02bblganlarni istisno qilish gina va kuduratni qo\u02bbzg\u02bbashi mumkin. Bu qalblarda tinchlik ruhiyatini yo\u02bbqotishning bir usulidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Aslida islom o\u02bbz tarafdorlarining qalbida diniy birodarlikni o\u02bbrnatishga intiladi, keyin esa insoniy birodarlik asosida boshqalarni ham qamrab olish uchun insoniylik doirasi kengaytirishga intiladi. Natijada xavfsizlik va barqarorlik qalb tubiga kirib boradi va butun insoniyat jamiyatida tinchlik hukm suradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Xulosa:<\/strong><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Odamlarning qalbida tinchlik haqiqatini qaror toptirish zarur. Shunda tinchlik tamoyili butun jamiyat uchun haqiqatga aylanadi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom harbiy tayyorgarlikni inkor etmaydi, balki uni adolatli tinchlikka erishish vositasi deb biladi va mana shu chegaralar doirasidan tashqarisini ma\u02bcqullamaydi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tinchlik insonparvarlik jamiyati barpo etishda har tomonlama yutuqqa erishish va insoniyat sivilizatsiyasi rivojga samarali hissa qo\u02bbshish yo\u02bblidir.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yoshlarga adashgan oqimlarning fitnasi va buzg\u02bbunchiligidan himoya qilish uchun aslida tinchlikka xizmat qiluvchi yuqoridagi islomiy tushunchalarning haqiqiy dalillarini tushuntirish lozim.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tinchlikka xizmat qilish yo\u02bblidagi ilmiy sa\u02bcy-harakatlar samarasini ilmiy tadqiqotlar doirasidan chiqarib, ularni jamiyatning turli guruhlari va qatlamlari orasida yoyish, ijtimoiy mafkuraga aylantirish, bu borada ijtimoiy ongni shakllantirishga barcha faol institutlarni jalb etish va ushbu maqsadga erishish uchun bor sa\u02bcy-harakatlarni ishga solish zarur.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27710#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Furqon surasi, 52-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27710#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Anfol surasi, 61-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27710#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Anfol surasi, 60-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27710#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Kamol ibn Humam. Fathul qodir sharhil Hidoya lil Marg\u02bbinoniy. \u2013 Qohira: Muhammad Mustafo, 1356\/1937. IV-juz. \u2013 B. 288.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27710#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Baqara surasi, 256-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27710#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Vahba Zuhayliy. Osorul harbi fil fiqhil islamiy. \u2013 Damashq: Dorul fikr, 1412\/1992. \u2013 B. 97.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27710#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0Badriddin Ayniy. Umdatul qoriy. \u2013 Bayrut: Dorul kitabul ilmiya, 2001. I-jild. \u2013 B. 207.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27710#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u00a0Isro surasi, 70-oyat.<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Ravshan ELMURODOV,<br \/>\n<\/strong><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/09\/tinchlik_huquqiga_oid.pdf\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Maqola PDF formatda<\/strong><\/a><\/span><\/p>\n<div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/09\/tinchlik_huquqiga_oid.docx\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Maqola Word formatda<\/strong><\/a><\/span><\/p>\n<\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tinchlik \u2013 eng katta ne\u02bcmat. Uning qadriga yetish, asrab-avaylash har bir insonning zimmasidagi burchdir. Samoviy qonunlar ham, inson tomonidan ishlab chiqilgan qonunlarda ham barcha maqsadlar orasida tinchlik maqsadi ustuvor etib belgilangan. Zero, bu din va dunyo manfaatini himoyalash uchun zarurki, agar u yo\u02bbqolsa, oyoqosti qilinsa, bu to\u02bbg\u02bbrilikka emas, balki buzg\u02bbunchilikka, beparvolikka, qanchadan-qancha jonlar bekorga nobud &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":27711,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>TINCHLIK HUQUQIGA OID BA\u02bcZI ISLOMIY TUSHUNCHALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"TINCHLIK HUQUQIGA OID BA\u02bcZI ISLOMIY TUSHUNCHALAR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"TINCHLIK HUQUQIGA OID BA\u02bcZI ISLOMIY TUSHUNCHALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"TINCHLIK HUQUQIGA OID BA\u02bcZI ISLOMIY TUSHUNCHALAR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-04-12T06:19:00+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-04-12T08:55:02+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/bukhari_buxoriy2023_66.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&lang=oz\",\"name\":\"TINCHLIK HUQUQIGA OID BA\u02bcZI ISLOMIY TUSHUNCHALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/bukhari_buxoriy2023_66.jpg\",\"datePublished\":\"2023-04-12T06:19:00+00:00\",\"dateModified\":\"2023-04-12T08:55:02+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"TINCHLIK HUQUQIGA OID BA\u02bcZI ISLOMIY TUSHUNCHALAR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/bukhari_buxoriy2023_66.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/bukhari_buxoriy2023_66.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"TINCHLIK HUQUQIGA OID BA\u02bcZI ISLOMIY TUSHUNCHALAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"TINCHLIK HUQUQIGA OID BA\u02bcZI ISLOMIY TUSHUNCHALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"TINCHLIK HUQUQIGA OID BA\u02bcZI ISLOMIY TUSHUNCHALAR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"TINCHLIK HUQUQIGA OID BA\u02bcZI ISLOMIY TUSHUNCHALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"TINCHLIK HUQUQIGA OID BA\u02bcZI ISLOMIY TUSHUNCHALAR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-04-12T06:19:00+00:00","article_modified_time":"2023-04-12T08:55:02+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/bukhari_buxoriy2023_66.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&lang=oz","name":"TINCHLIK HUQUQIGA OID BA\u02bcZI ISLOMIY TUSHUNCHALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/bukhari_buxoriy2023_66.jpg","datePublished":"2023-04-12T06:19:00+00:00","dateModified":"2023-04-12T08:55:02+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"TINCHLIK HUQUQIGA OID BA\u02bcZI ISLOMIY TUSHUNCHALAR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/bukhari_buxoriy2023_66.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/bukhari_buxoriy2023_66.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27719&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"TINCHLIK HUQUQIGA OID BA\u02bcZI ISLOMIY TUSHUNCHALAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27719"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=27719"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27719\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27730,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27719\/revisions\/27730"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/27711"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=27719"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=27719"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=27719"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}