{"id":27683,"date":"2023-04-11T09:27:00","date_gmt":"2023-04-11T04:27:00","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27683"},"modified":"2023-04-11T09:27:00","modified_gmt":"2023-04-11T04:27:00","slug":"tinchlik-mohiyatini-anglashning-talablari-va-afzalliklari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&lang=oz","title":{"rendered":"TINCHLIK MOHIYATINI ANGLASHNING TALABLARI VA AFZALLIKLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Dunyoda ijtimoiy tinchlikni qaror toptirish qonun ustuvorligini anglashni talab qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sir emaski, ta\u02bclimning vazifasi odamlarning savodini chiqarish va hayotning kurash maydoniga ijobiy xislatlar bilan kira oladigan avlodni tarbiyalashdir. Zero har qanday jamiyatda ma\u02bcnaviy mezon moddiylikdan ustun qo\u02bbyilgan. Voqelikka ta\u02bcsir o\u02bbtkazish va uning hukmronligini mutlaq qo\u02bblga olish uchun tinchlik tushunchasini umumlashtirish kerak. Ya\u02bcni, tinchlikni hammaning maqsadi, insoniyatning birinchi talabi, jamiyatning turli vakillari va barcha dinlar uchun mushtarak bo\u02bblgan narsa deb e\u02bctiborga olish zarur. Jamiyat orasida o\u02bbzaro mehr-muhabbat va odob-axloqni yoyish kerak. Chunki, fiqh hukmlarini din maqsadlaridan ajratish natijasida yuzaga kelgan salbiy tushuncha qarama-qarshi fikrlar tarqalishiga olib keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qoidalarga asoslangan holda umumiy maqsadlardan kelib chiqib, \u201ctinchlik fiqhi\u201d masalasini shariat dalillari asosida ko\u02bbrib chiqsak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Birinchi qism. Tinchlik maqsadini tushunish sabablari va shar\u02bciy hukmni tushunishda uning ta\u02bcsiri.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hozirgi vaqtda ijtimoiy tinchlik masalasi haqida gapirish o\u02bbzini tiyish kabi oson ish hisoblanadi. Chunki butun dunyo tinchlikka intiladi, uning fazilatlari haqida gapiradi, unga da\u02bcvat qiladi. Lekin haqiqat tinchlikdan uzoqroq va urushga yaqinroq ko\u02bbrinadi. Mana shu achinarli haqiqat tinchlik muammosini hal qilishga va uning ayniqsa, jamiyatda yo\u02bbqligining sabablarini izlashga undaydi. Tinchlikka erishishga odamlar o\u02bbrtasidagi tafovut ham, manfaatlari va his-tuyg\u02bbularining turlicha bo\u02bblishi ham, xohishlarining farqlanishi ham to\u02bbsqinlik qilmaydi. Chunki bu tafovut va farqlanishlar tabiiy va fitriydir. Tinch-totuv yashash dinning talabidir. Din mutlaqo fitriy majburiyatlarga zid emas va hech qachon tabiatan berilgan narsalarga muxolif bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shunday ekan, musulmonlarning holati va sharoitini hisobga olgan holda, unga haqiqiy diniy muolaja ko\u02bbrsatilishi kerak. Bu esa faqat dinning asoslarini chuqur, puxta tushunish bilangina davolanadi. Ehtimol, tinchlik fiqhiga olib boruvchi birinchi yo\u02bbl atamalarni tushunish va u bilan bog\u02bbliq tushunchalarni idrok qilishdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yakkaxudolik dinlarining fazilatlarni qaror toptirish borasidagi birligi muqaddas matnlar bilan tasdiqlangan haqiqatdir. Yahudiylik va nasroniylik aniq va ravshan matnlarida Allohga shirk keltirmaslik, ota-onaga yaxshilik qilish, o\u02bblchov va tarozida halollik va ahdlarni hurmat qilishga chaqirgan. O\u02bbzga jonni nohaq o\u02bbldirish, zino, yetimning molini yeyish, isrofgarchilik, takabburlik, mag\u02bbrurlanish va yolg\u02bbon guvohlik berishdan qaytargan. Muqobilida islom fazilatli amallar bilan bezanish va yomonliklardan saqlanishni talab qilgan. Milliy va umumijtimoiy xavfsizlikka intilgan. Islomdan oldin yahudiy va nasroniy dinlari ham xuddi shu maqsadni ko\u02bbzlagan. Ularning muqaddas matnlarida ijtimoiy xavfsizlikni targ\u02bbib qilishga qaratilgan bir xil buyruq va taqiqlar belgilangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yahudiylarning \u201cChiqish va Qonunlar\u201d kitobida bunday kelgan: \u201cOtangiz va onangizni hurmat qil, toki Egang Xudo senga bergan yurtda umring uzoq bo\u02bblsin. Qotillik, zino, o\u02bbg\u02bbrilik qilma. Qarindoshingga yolg\u02bbon guvohlik berma. Qarindoshingning uyi va ayoliga ko\u02bbz olaytirma. Uning qulini, cho\u02bbrisini, ho\u02bbkizini, eshagini, unga tegishli biron narsani ko\u02bbzlama\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Nasroniylarning Injili (\u201cMatto va Mark xushxabari\u201d)da bunday deyilgan: \u201cAbadiy hayotni qo\u02bblga kiritish uchun nima qilish kerak, deb bir yigit Iso alayhissalomdan so\u02bbradi? U zot: \u201cAbadiy hayotga kirishni istasang, vasiyatlarga amal qil!\u201d dedilar. U: \u201cQanday vasiyatlar?\u201d deb so\u02bbradi. U zot: \u201cJonni o\u02bbldirma, zino, o\u02bbg\u02bbrilik qilma, yolg\u02bbon guvohlik berma, ota-onangni hurmat qil va qarindoshingni o\u02bbzingdek yaxshi ko\u02bbr\u201d, dedilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f \u0642\u064f\u0644\u0652 \u062a\u064e\u0639\u064e\u0627\u0644\u064e\u0648\u0652\u0627 \u0623\u064e\u062a\u0652\u0644\u064f \u0645\u064e\u0627 \u062d\u064e\u0631\u0651\u064e\u0645\u064e \u0631\u064e\u0628\u0651\u064f\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0639\u064e\u0644\u064e\u064a\u0652\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0623\u064e\u0644\u0651\u064e\u0627 \u062a\u064f\u0634\u0652\u0631\u0650\u0643\u064f\u0648\u0627 \u0628\u0650\u0647\u0650 \u0634\u064e\u064a\u0652\u0626\u064b\u0627 \u0648\u064e\u0628\u0650\u0627\u0644\u0652\u0648\u064e\u0627\u0644\u0650\u062f\u064e\u064a\u0652\u0646\u0650 \u0625\u0650\u062d\u0652\u0633\u064e\u0627\u0646\u064b\u0627 \u0648\u064e\u0644\u064e\u0627 \u062a\u064e\u0642\u0652\u062a\u064f\u0644\u064f\u0648\u0627 \u0623\u064e\u0648\u0652\u0644\u064e\u0627\u062f\u064e\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0645\u0650\u0646\u0652 \u0625\u0650\u0645\u0652\u0644\u064e\u0627\u0642\u064d \u0646\u064e\u062d\u0652\u0646\u064f \u0646\u064e\u0631\u0652\u0632\u064f\u0642\u064f\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0648\u064e\u0625\u0650\u064a\u0651\u064e\u0627\u0647\u064f\u0645\u0652 \u0648\u064e\u0644\u064e\u0627 \u062a\u064e\u0642\u0652\u0631\u064e\u0628\u064f\u0648\u0627 \u0627\u0644\u0652\u0641\u064e\u0648\u064e\u0627\u062d\u0650\u0634\u064e \u0645\u064e\u0627 \u0638\u064e\u0647\u064e\u0631\u064e \u0645\u0650\u0646\u0652\u0647\u064e\u0627 \u0648\u064e\u0645\u064e\u0627 \u0628\u064e\u0637\u064e\u0646\u064e \u0648\u064e\u0644\u064e\u0627 \u062a\u064e\u0642\u0652\u062a\u064f\u0644\u064f\u0648\u0627 \u0627\u0644\u0646\u0651\u064e\u0641\u0652\u0633\u064e \u0627\u0644\u0651\u064e\u062a\u0650\u064a \u062d\u064e\u0631\u0651\u064e\u0645\u064e \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u064f \u0625\u0650\u0644\u0651\u064e\u0627 \u0628\u0650\u0627\u0644\u0652\u062d\u064e\u0642\u0651\u0650 \u0630\u064e\u0644\u0650\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0648\u064e\u0635\u0651\u064e\u064a\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0628\u0650\u0647\u0650 \u0644\u064e\u0639\u064e\u0644\u0651\u064e\u0643\u064f\u0645\u0652 \u062a\u064e\u0639\u0652\u0642\u0650\u0644\u064f\u0648\u0646\u064e \ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qur\u02bconi karimda:\u00a0<strong>\u201cAyting: Keling, Pabbingiz cizlapga hapom qilgan napcalapni tilovat qilib bepaman: \u00abUnga hech napcani sherik qilmang! Ota-onangizga yaxshili\u0138 qiling! Ochli\u0138dan qo\u02bbpqib, bolalapingizni o\u02bbldipmang. Biz cizlapni ham, ylapni ham pizqlantipypmiz. Fahsh-byzyq ishlapning osh\u0138opaciga ham, maxfiyciga ham yaqinlashmang. Alloh hapom qilgan jonni o\u02bbldipmang. Magap haq ila bo\u02bblca, mayli. Ushbylapni cizga amp qildi\u0138\u0138i, shoyad aql yupitcangiz\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a><strong>,<\/strong>\u00a0deb aytilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Bag\u02bbaviy aytadi: \u201cAlloh taolo nabiylarning barchasini din, do\u02bbstlik, birlikni barpo qilishga chaqirib, bo\u02bblinish va ixtilofni tark etishni buyurdi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shunday qilib, yakkaxudolik dinlari o\u02bbrtasidagi pirovard maqsad nuqtai nazaridan umumiylik insoniyat jamiyatini tashkil etish va jamoat xavfsizligiga erishish ekanligi tasdiqlanadi. Maqsad odamlarning osoyishta, tinch va xotirjam yashashidir. Bu maqsad yo\u02bblida zino, yolg\u02bbon guvohlik berish va boshqa shu kabi jamiyatda fitna qo\u02bbzg\u02bbatishga olib keladigan ishlardan yiroq bo\u02bblish zarurdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Diniy nuqtai nazardan qaraganda e\u02bctiqodda ham, xatti-harakatlarda ham tinchlikni joriy qilish uchun ijtimoiy xavfsizlik choralarini soddalashtirish kerak.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f \u064a\u064e\u0627 \u0623\u064e\u064a\u0651\u064f\u0647\u064e\u0627 \u0627\u0644\u0651\u064e\u0630\u0650\u064a\u0646\u064e \u0622\u064e\u0645\u064e\u0646\u064f\u0648\u0627 \u0627\u062f\u0652\u062e\u064f\u0644\u064f\u0648\u0627 \u0641\u0650\u064a \u0627\u0644\u0633\u0651\u0650\u0644\u0652\u0645\u0650 \u0643\u064e\u0627\u0641\u0651\u064e\u0629\u064b \u0648\u064e\u0644\u064e\u0627 \u062a\u064e\u062a\u0651\u064e\u0628\u0650\u0639\u064f\u0648\u0627 \u062e\u064f\u0637\u064f\u0648\u064e\u0627\u062a\u0650 \u0627\u0644\u0634\u0651\u064e\u064a\u0652\u0637\u064e\u0627\u0646\u0650 \u0625\u0650\u0646\u0651\u064e\u0647\u064f \u0644\u064e\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0639\u064e\u062f\u064f\u0648\u0651\u064c \u0645\u064f\u0628\u0650\u064a\u0646\u064c \ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo:\u00a0<strong>\u201cEy iymon keltirganlar! Islomga to\u02bblig\u02bbicha kiring va shaytonning izidan ergashmang. Albatta, u sizlarga ochiq dushmandir\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a><strong>,<\/strong>\u00a0dedi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tinchlik ne\u02bcmati insonning dunyoviy manfaatlari uning ustiga barpo qilinadigan poydevorlardan hisoblanib, ulardan biri qo\u02bbzg\u02bbalsa, manfaatlar ketib, o\u02bbrnini buzg\u02bbunchilik egallaydi. Natijada insonlar dunyo saodati va lazzatidan mahrum bo\u02bbladi. Bu saodat esa ijtimoiy va ozuqaviy xavfsizlik va jismoniy sog\u02bblik hisoblanadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong><em>\u201cKimki o\u02bbz uyida tinch-omon, tanasi sog\u02bb, kuniga yetarlik ozuqasi bor holida tong ottirsa, go\u02bbyo unga dunyo yaxshiliklari berilgandek\u201d<\/em><\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a><strong><em>,<\/em><\/strong>\u00a0dedilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Barcha yakkaxudolik dinlarida tinchlikning ahamiyati ochiq-oydin ta\u02bckidlangani va umuminsoniy qadriyat hisoblanishini inobatga olib, tinchlik masalalari va uning muammolari bilan shug\u02bbullanish tashvishi olimlar va nazariyotchilarni ham o\u02bbylantirsa kerak. Hatto hukmdor va amaldorlarning ham katta e\u02bctiborini tortgan. Shunga ko\u02bbra, musulmon jamiyatida tinchlik muammosi hal qilinuvchi masaladir. Shuning uchun yuqori saviyada ilmiy izlanishlar olib borish va uning tadqiqotiga professional universitet olimlari tomonidan mustahkam ilmiy usullar va mantiqiy qoidalar bilan murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Bu ishlar, unga aloqador bo\u02bblganlarni toyilishdan va tadqiqot natijalarini mafkuraviy kirib borishdan himoya qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tinchlik muammosi birinchi navbatda diniy masala bo\u02bblgani uchun uni fiqhiy tomonlama hal qilish kerak. Zero dinlar uchun fiqhning zarurligi, xuddi badanlarga tibbiyotning zaruratidek.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Fazilatli Shayx Abdulloh ibn Bayya faqihlarning tinchlik to\u02bbg\u02bbrisida kelgan oyat, hadislardan chiqarib olgan hukmlariga ergashib: \u201cTinchlik \u2013 tortishuv va urushdan saqlanish, do\u02bbstlik va muhabbatga intilish\u201d, degan xulosaga kelgan. Bu fiqhiy ta\u02bcrif bo\u02bblib ikkita bir-birini to\u02bbldiruvchi jihatga ega: birinchisi, tortishuv va urushni taqiqlovchi buyruq, ikkinchisi, do\u02bbstlik va muhabbatga hamda ularni xalq orasida tarqatishdan iborat g\u02bboyaviy maqsad.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Olimlar ijtimoiy xavfsizlikka tahdid soladigan unsurlardan bir qanchasini sanab, bu ishning mutlaqo noto\u02bbg\u02bbri yo\u02bbl ekanini oyat, hadislar bilan ham isbotlab bergan. Jumladan, moddiy, ma\u02bcnaviy va fikriy zo\u02bbravonlikka dalillar keltirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Nabiy sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong><em>\u201cMusulmon kishi uchun boshqa musulmonni qo\u02bbrqitish halol bo\u02bblmaydi\u201d<\/em><\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a><strong><em>,<\/em><\/strong>\u00a0deb aytganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong><em>\u201cKim mo\u02bbmin birodariga qurol o\u02bbqtalsa, farishtalar uni la\u02bcnatlaydi\u201d<\/em><\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a><strong><em>,<\/em><\/strong>\u00a0deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong><em>\u201cQisqa so\u02bbz bilan bo\u02bblsa ham mo\u02bbminning o\u02bbldirilishiga yordam bergan kishi peshonasiga \u201cAllohning rahmatidan mahrum bo\u02bblgan\u201d deb yozilgan holida Rabbiga yo\u02bbliqadi\u201d<\/em><\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yuqorida zikr etilgan har bir dalilni mulohaza qilganda, zo\u02bbravonlik ba\u02bczan moddiy bo\u02bblib, qotillik, urush va janjalni o\u02bbz ichiga oladi. Ba\u02bczan zo\u02bbravonlikka fikr va rejani taqdim qilish orqali erishiladi. Bu fitnaga sabab bo\u02bbladi. Fitna esa ijtimoiy tartibsizliklar va xavfsizlik muvozanatining buzilishiga olib keladi. Muhammad Tohir ibn Oshur aytadi: \u201cFitnaning ma\u02bcnosi fikrlarning buzilishi, harakatlarning noto\u02bbg\u02bbri yo\u02bbnaltirilishi, odamlar qalbida ehtiyotkorlik va hadik paydo bo\u02bblishidir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Odamlar orasida do\u02bbstlik rishtalarini bog\u02bblash, mehr-muhabbatni yoyish ijtimoiy xavfsizlikni barqarorlashtirish va uni mustahkamlashga sabab bo\u02bbladigan unsurlar hisoblanadi. Umuman olganda, bu yakkaxudolikka e\u02bctiqod qiluvchi barcha dinlar uchun umumiydir. Lekin hayot shuni ko\u02bbrsatadiki, islom dini do\u02bbstlik va birodarlikni musulmonlarning o\u02bbzaro va boshqalar o\u02bbrtasidagi eng zarur burchlaridan biri qilib qo\u02bbydi. Bundan dalolat beruvchi oyatlar juda ko\u02bbp. Jumladan,<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f \u0625\u0650\u0646\u0651\u064e\u0645\u064e\u0627 \u0627\u0644\u0652\u0645\u064f\u0624\u0652\u0645\u0650\u0646\u064f\u0648\u0646\u064e \u0625\u0650\u062e\u0652\u0648\u064e\u0629\u064c \u0641\u064e\u0623\u064e\u0635\u0652\u0644\u0650\u062d\u064f\u0648\u0627 \u0628\u064e\u064a\u0652\u0646\u064e \u0623\u064e\u062e\u064e\u0648\u064e\u064a\u0652\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0648\u064e\u0627\u062a\u0651\u064e\u0642\u064f\u0648\u0627 \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u064e \u0644\u064e\u0639\u064e\u0644\u0651\u064e\u0643\u064f\u0645\u0652 \u062a\u064f\u0631\u0652\u062d\u064e\u0645\u064f\u0648\u0646\u064e \ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo:\u00a0<strong>\u201cAlbatta, mo\u02bbminlar dinda o\u02bbzaro birodardirlar. Bas, sizlar ikki birodaringiz o\u02bbrtasini tuzatib qo\u02bbyingiz va Allohdan qo\u02bbrqingiz, shoyad rahm qilinsangiz\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a><strong>,\u00a0<\/strong>dedi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom qonunchiligi zo\u02bbravonlikni harom qilib, uning yuqorida zikr etilgan har bir turi uchun xavfsizlik va tinchlikka ta\u02bcsir qilish darajasiga ko\u02bbra tegishli jazoni tayinladi. Biroq, bu intizomiy jazo o\u02bbshanday qabohatlarni man qilish, qotillik va bezorilikka chora qo\u02bbllash, Allohning rahmatidan noumid bo\u02bblish va Uning la\u02bcnatiga duchor bo\u02bblishdan tushirib yuborgani yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom shariatining umumiy va oliy maqsadi jamiyatni tartibga solishdir, xavfsizlik va tinchlik esa bu maqsadga erishish, uning davomiyligi va uzluksizligi uchun asosdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom xalq, davlat va jamiyatga qarshi chiqishni mutlaqo qoralaydi. Bu chiqish hokimiyatga intilish yoki zo\u02bbravonlik yo\u02bbli bilan hukmdorni ag\u02bbdarish bo\u02bbladimi yoki jamoat xavfsizligini buzish, imomga bo\u02bbysunmaslik va qonunga hurmatsizlik qilish orqalimi bo\u02bbladimi farqi yo\u02bbq. Islom uni fiqhiy istilohda \u201cisyon\u201d jinoyati, shar\u02bciy istilohda \u201cbezorilik\u201d jinoyati deb nomladi. Islom jamoat xavfsizligini buzish jinoyatlarini o\u02bbziga xos tarzda muolaja qildi. Ijtimoiy intizomni o\u02bbrnatdi va odamlarni birlashtirib, birdamlikka chaqirdi hamda firqalanishdan qaytarib:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f\u0648\u064e\u0627\u0639\u0652\u062a\u064e\u0635\u0650\u0645\u064f\u0648\u0627 \u0628\u0650\u062d\u064e\u0628\u0652\u0644\u0650 \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u0650 \u062c\u064e\u0645\u0650\u064a\u0639\u064b\u0627 \u0648\u064e\u0644\u064e\u0627 \u062a\u064e\u0641\u064e\u0631\u0651\u064e\u0642\u064f\u0648\u0627\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201cHammangiz Allohning \u201carqoni\u201dni\u00a0<\/strong>(dinni)<strong>\u00a0mahkam tuting va firqalarga bo\u02bblinmang\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a><strong>,<\/strong>\u00a0deb buyurdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo samoviy dinlarning mazmuni bir ekanini bayon qilganidan so\u02bbng, insoniyat jamiyatida dinni barpo qilishni shart qildi.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f\u0634\u064e\u0631\u064e\u0639\u064e \u0644\u064e\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0645\u0650\u0646\u064e \u0627\u0644\u062f\u0651\u0650\u064a\u0646\u0650 \u0645\u064e\u0627 \u0648\u064e\u0635\u0651\u064e\u0649 \u0628\u0650\u0647\u0650 \u0646\u064f\u0648\u062d\u064b\u0627 \u0648\u064e\u0627\u0644\u0651\u064e\u0630\u0650\u064a \u0623\u064e\u0648\u0652\u062d\u064e\u064a\u0652\u0646\u064e\u0627 \u0625\u0650\u0644\u064e\u064a\u0652\u0643\u064e \u0648\u064e\u0645\u064e\u0627 \u0648\u064e\u0635\u0651\u064e\u064a\u0652\u0646\u064e\u0627 \u0628\u0650\u0647\u0650 \u0625\u0650\u0628\u0652\u0631\u064e\u0627\u0647\u0650\u064a\u0645\u064e \u0648\u064e\u0645\u064f\u0648\u0633\u064e\u0649 \u0648\u064e\u0639\u0650\u064a\u0633\u064e\u0649 \u0623\u064e\u0646\u0652 \u0623\u064e\u0642\u0650\u064a\u0645\u064f\u0648\u0627 \u0627\u0644\u062f\u0651\u0650\u064a\u0646\u064e \u0648\u064e\u0644\u064e\u0627 \u062a\u064e\u062a\u064e\u0641\u064e\u0631\u0651\u064e\u0642\u064f\u0648\u0627 \u0641\u0650\u064a\u0647\u0650 \u0643\u064e\u0628\u064f\u0631\u064e \u0639\u064e\u0644\u064e\u0649 \u0627\u0644\u0652\u0645\u064f\u0634\u0652\u0631\u0650\u0643\u0650\u064a\u0646\u064e \u0645\u064e\u0627 \u062a\u064e\u062f\u0652\u0639\u064f\u0648\u0647\u064f\u0645\u0652 \u0625\u0650\u0644\u064e\u064a\u0652\u0647\u0650 \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u064f \u064a\u064e\u062c\u0652\u062a\u064e\u0628\u0650\u064a \u0625\u0650\u0644\u064e\u064a\u0652\u0647\u0650 \u0645\u064e\u0646\u0652 \u064a\u064e\u0634\u064e\u0627\u0621\u064f \u0648\u064e\u064a\u064e\u0647\u0652\u062f\u0650\u064a \u0625\u0650\u0644\u064e\u064a\u0652\u0647\u0650 \u0645\u064e\u0646\u0652 \u064a\u064f\u0646\u0650\u064a\u0628\u064f \ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201c<\/strong>(Alloh)\u00a0<strong>sizlar uchun din bo\u02bbyicha Nuhga buyurgan narsani va Biz sizga\u00a0<\/strong>(Muhammadga)<strong>\u00a0vahiy qilgan narsani,\u00a0<\/strong>(shuningdek)<strong>\u00a0Biz Ibrohim, Muso va Isoga buyurgan narsani \u2013 shariat qildi: \u201cDinni barpo qilingiz va unda firqa-firqaga bo\u02bblinmangiz!\u201d\u00a0<\/strong>(Ey Muhammad!)<strong>\u00a0Mushriklarga Siz da\u02bcvat qilayotgan narsa\u00a0<\/strong>(tavhid)<strong>\u00a0og\u02bbirlik qildi. Alloh unga\u00a0<\/strong>(dinga)<strong>\u00a0O\u02bbzi xohlagan kishilarni tanlar va Unga inobat qiladigan kishilarni hidoyat sari yo\u02bbllar\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a><strong>.<\/strong>\u00a0Alloh taolo bandalari orasidan musulmon bo\u02bblganini \u201cRahmonning bandalari\u201d, deb vasf qilib:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f\u0648\u064e\u0639\u0650\u0628\u064e\u0627\u062f\u064f \u0627\u0644\u0631\u0651\u064e\u062d\u0652\u0645\u064e\u0646\u0650 \u0627\u0644\u0651\u064e\u0630\u0650\u064a\u0646\u064e \u064a\u064e\u0645\u0652\u0634\u064f\u0648\u0646\u064e \u0639\u064e\u0644\u064e\u0649 \u0627\u0644\u0652\u0623\u064e\u0631\u0652\u0636\u0650 \u0647\u064e\u0648\u0652\u0646\u064b\u0627 \u0648\u064e\u0625\u0650\u0630\u064e\u0627 \u062e\u064e\u0627\u0637\u064e\u0628\u064e\u0647\u064f\u0645\u064f \u0627\u0644\u0652\u062c\u064e\u0627\u0647\u0650\u0644\u064f\u0648\u0646\u064e \u0642\u064e\u0627\u0644\u064f\u0648\u0627 \u0633\u064e\u0644\u064e\u0627\u0645\u064b\u0627\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201cRahmonning\u00a0<\/strong>(suyukli)\u00a0<strong>bandalari yerda kamtarona yuradigan, johil kimsalar\u00a0<\/strong>(bema\u02bcni)<strong>\u00a0so\u02bbz qotganda \u201cSalomatlik bo\u02bblsin!\u201d deb javob qiladigan kishilardir\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a><strong>.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Odamlar o\u02bbrtasida tinchlik va himoya vositalarini yo\u02bblga qo\u02bbyish jamiyatni bo\u02bblinish, nizo va tarqoqlikdan saqlaydi. Shuning uchun Islom fitna va uning sabablaridan qaytarib, yarashuv, afv va oqlash hukmlarini qo\u02bbllashni yoqlaydi.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f\u0648\u064e\u0625\u0650\u0646\u0652 \u0637\u064e\u0627\u0626\u0650\u0641\u064e\u062a\u064e\u0627\u0646\u0650 \u0645\u0650\u0646\u064e \u0627\u0644\u0652\u0645\u064f\u0624\u0652\u0645\u0650\u0646\u0650\u064a\u0646\u064e \u0627\u0642\u0652\u062a\u064e\u062a\u064e\u0644\u064f\u0648\u0627 \u0641\u064e\u0623\u064e\u0635\u0652\u0644\u0650\u062d\u064f\u0648\u0627 \u0628\u064e\u064a\u0652\u0646\u064e\u0647\u064f\u0645\u064e\u0627\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo:\u00a0<strong>\u201cAgar mo\u02bbminlardan ikki toifa o\u02bbzaro urushib qolsalar, darhol ular o\u02bbrtasini isloh etingiz!\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>\u00a0dedi. Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong><em>\u201cSizlarga ro\u02bbza, namoz va sadaqaning savobidan yaxshiroq narsa aytaymi?\u201d<\/em><\/strong>\u00a0dedilar. Ular: \u201cHa\u201d, dedi. U zot:\u00a0<strong><em>\u201cOrani isloh qilish. Zero, oraning buzilishi qiruvchidir. Men, sochni qiradi demayapman, balki dinni qiradi\u201d<\/em><\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a><strong><em>,<\/em><\/strong>\u00a0dedilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom doim tinchlikka buyuradi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong><em>\u201cAlloh taolo hech qachon bundan oldin harom qilgan fitnani halol qilmadi. Sizlardan biringiz birodarining oldiga kelib salom beradi. So\u02bbngra yana uning oldiga kelib, uni o\u02bbldiradi, bu qanday ish?\u201d<\/em><\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>\u00a0dedilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xulosa o\u02bbrnida shuni aytish mumkinki, islom dini buyruq va ko\u02bbrsatmalarida ijtimoiy hayot va insonlarning xavfsizligi uchun eng manfaatli qarorlarni chiqargan. Yuksak qadriyatlar hurmat qilish, odob-axloq tamoyillariga rioya etish hamda aholi orasida ijtimoiy xavfsizlikni ta\u02bcminlashni himoya qilib, mustahkamlaydi. Bu masalalar samoviy dinlarning barchasida bir xil aks ettirilgan. Zero, Alloh taolo hamma payg\u02bbambarlarga insonlarni tinch-totuv, do\u02bbstlik, birodarlik, mehr oqibat bilan yashashga buyurib, o\u02bbzaro adovat, nafrat, zo\u02bbravonlik, urush kabi razilliklardan qaytargan. Aqlli inson ijtimoiy xavfsizlikka tahdid soladigan omillardan uzoq bo\u02bblib, har xil adashgan toifalarning yolg\u02bbonlariga uchmaydi. Aksincha, mo\u02bbtabar olimlarning so\u02bbzlariga quloq solib jamiyatga foyda keltirish harakatida bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0An\u02bcom surasi, 151-oyat<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Baqara surasi, 208-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Imom Buxoriy. Adabul mufrad. I J. \u2013 B. 112.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Imom Termiziy rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Imom Termiziy rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Bayhaqiy rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0Hujurot surasi, 10-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u00a0Oli Imron surasi, 103-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a>\u00a0Shuro surasi, 13-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a>\u00a0Furqon surasi, 63-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a>\u00a0Hujurot surasi, 9-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a>\u00a0Abu Dovud rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27673#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a>\u00a0Tabaroniy rivoyati.<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Husan MIRZOAHMADOV<\/strong>,<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/09\/tinchlik_mohiyati.pdf\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Maqola PDF formatda<\/strong><\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/09\/tinchlik_mohiyati-.docx\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Maqola Word formatda<\/strong><\/a><\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Dunyoda ijtimoiy tinchlikni qaror toptirish qonun ustuvorligini anglashni talab qiladi. Sir emaski, ta\u02bclimning vazifasi odamlarning savodini chiqarish va hayotning kurash maydoniga ijobiy xislatlar bilan kira oladigan avlodni tarbiyalashdir. Zero har qanday jamiyatda ma\u02bcnaviy mezon moddiylikdan ustun qo\u02bbyilgan. Voqelikka ta\u02bcsir o\u02bbtkazish va uning hukmronligini mutlaq qo\u02bblga olish uchun tinchlik tushunchasini umumlashtirish kerak. Ya\u02bcni, tinchlikni hammaning maqsadi, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":27680,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>TINCHLIK MOHIYATINI ANGLASHNING TALABLARI VA AFZALLIKLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"TINCHLIK MOHIYATINI ANGLASHNING TALABLARI VA AFZALLIKLARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"TINCHLIK MOHIYATINI ANGLASHNING TALABLARI VA AFZALLIKLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"TINCHLIK MOHIYATINI ANGLASHNING TALABLARI VA AFZALLIKLARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-04-11T04:27:00+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/bukhari_buxoriy2023_65.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&lang=oz\",\"name\":\"TINCHLIK MOHIYATINI ANGLASHNING TALABLARI VA AFZALLIKLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/bukhari_buxoriy2023_65.jpg\",\"datePublished\":\"2023-04-11T04:27:00+00:00\",\"dateModified\":\"2023-04-11T04:27:00+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"TINCHLIK MOHIYATINI ANGLASHNING TALABLARI VA AFZALLIKLARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/bukhari_buxoriy2023_65.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/bukhari_buxoriy2023_65.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"TINCHLIK MOHIYATINI ANGLASHNING TALABLARI VA AFZALLIKLARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"TINCHLIK MOHIYATINI ANGLASHNING TALABLARI VA AFZALLIKLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"TINCHLIK MOHIYATINI ANGLASHNING TALABLARI VA AFZALLIKLARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"TINCHLIK MOHIYATINI ANGLASHNING TALABLARI VA AFZALLIKLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"TINCHLIK MOHIYATINI ANGLASHNING TALABLARI VA AFZALLIKLARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-04-11T04:27:00+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/bukhari_buxoriy2023_65.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&lang=oz","name":"TINCHLIK MOHIYATINI ANGLASHNING TALABLARI VA AFZALLIKLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/bukhari_buxoriy2023_65.jpg","datePublished":"2023-04-11T04:27:00+00:00","dateModified":"2023-04-11T04:27:00+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"TINCHLIK MOHIYATINI ANGLASHNING TALABLARI VA AFZALLIKLARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/bukhari_buxoriy2023_65.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/bukhari_buxoriy2023_65.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27683&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"TINCHLIK MOHIYATINI ANGLASHNING TALABLARI VA AFZALLIKLARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27683"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=27683"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27683\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27684,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27683\/revisions\/27684"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/27680"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=27683"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=27683"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=27683"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}