{"id":27415,"date":"2023-03-29T12:11:28","date_gmt":"2023-03-29T07:11:28","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27415"},"modified":"2023-03-29T12:11:28","modified_gmt":"2023-03-29T07:11:28","slug":"uchinchi-yuksalish-davri-beshigi-yaratilmoqda-yoxud-milliy-afsonaning-ma%ca%bcrifiy-haqiqatlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&lang=oz","title":{"rendered":"Uchinchi yuksalish davri beshigi yaratilmoqda yoxud milliy afsonaning ma\u02bcrifiy haqiqatlari"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>MA\u02bcNAVIY POYD\u0415VOR<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yurtimizda tinchlik deb atalmish ulug\u02bb ne\u02bcmat hukm surmoqda. Ana shu ne\u02bcmat soyasida har yili Prezidentimiz tomonidan ramazon oyini munosib tarzda o\u02bbtkazish to\u02bbg\u02bbrisida qaror chiqarilayotgani milliy-diniy qadriyatlarimiz, azaliy urf-odatlarimizga yuksak hurmat va ehtiromning amaliy in\u02bcikosidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yangilanayotgan diyorimizda tinchlik-xotirjamlik, mehr-oqibat, o\u02bbzaro hamjihatlik, himmat va saxovat kabi an\u02bcanalarimiz tobora mustahkam qaror topayotgan bir sharoitda, ramazon oyi ko\u02bbtarinki ruh bilan kutib olindi. Munavvar tonglarda, muazzam shomlarda qilinayotgan xayrli duolar diyorimizning musaffo osmonida rahmat, mag\u02bbfirat va baraka bo\u02bblib yog\u02bbilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yurtimizdagi 1500 dan ziyod masjidda tarovih namozlarida xatmi Qur\u02bconlar bosh landi. Imom Buxoriy va Imom Muslim hazratlari tomonidan rivoyat qilingan hadisda \u201cPayg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallam: \u201cRamazon kelsa, jannat eshiklari ochiladi, do\u02bbzax eshiklari yopiladi va shaytonlar kishanlanadi\u201d, deyilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Insonni kamolot sari yetaklovchi milliy va diniy qadriyatlarimizdan bo\u02bblgan ramazon oyi ro\u02bbzasi insonda o\u02bbz nafsini boshqara olish, sabr-qanoatli bo\u02bblish, maqsad sari sobitqadamlik bilan intilish kabi fazilatlar shakllanishiga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ramazon oyida qilinajak ezgu niyatlar va xayrli ishlar ulug\u02bbligini inobatga olib, 2018-yil 15-iyun kuni Ramazon hayitida Prezidentimiz tashabbusi bilan O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tamal toshi qo\u02bbyilgan edi. Markaz o\u02bbz g\u02bboyasi va ahamiyatiga ko\u02bbra, betakror loyiha bo\u02bblib, islom dinining ilmiy-ma\u02bcnaviy boyligi, bunyodkorlik salohiyatini namoyish etishga qaratilgan. Muhim jihati, u xalqimizning bunyodkorlik qudrati jo\u02bbsh urgan hozirgi zamonda Uchinchi Renessansning ilmiy-ma\u02bcnaviy poydevorini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizning islom sivilizatsiyasini rivojlantirishdagi tarixiy ahamiyatini yaqqol namoyon etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Qiyosi yo\u02bbq megaloyihaning noyob asoslari<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ayni kunlarda Hazrati Imom maydonida asrimizning qiyosi yo\u02bbq megaloyihasi \u2013 ma\u02bcrifiy afsona \u2013 O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etilmoqda. Chindan ham ushbu markaz nafaqat respublikamiz, balki yaqin qo\u02bbshni davlatlarda ham qiyosi yo\u02bbq. Shu bois, uning bunyod etilayotgani Prezidentimizning doimiy diqqat-e\u02bctiborida bo\u02bblib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">2021-yil 16-iyul kuni qabul qilingan \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi hamda 2022-yil 10-fevraldagi \u201cQadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarorlar ana shu e\u02bctiborning yorqin ifodasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz oldiga qo\u02bbyilgan muhim vazifalarni bajarish borasida jamoamiz fidokorlik va mas\u02bculiyat bilan faoliyat ko\u02bbrsatmoqda. Amalga oshirilgan tadqiqot hamda ilmiy grant loyihalari doirasida 24 nomda ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar, jumladan, 4 ta kitob-albom, 8 ta kitob, 2 ta monografiya, 3 ta katalog (reyestr), 2 ta risola, 2 ta qo\u02bbllanma, 2 ta jurnal nashr etildi, ilmiy ahamiyatga ega bo\u02bblgan 11 ta yozma manba tarjima qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Respublika fondlarida saqlanayotgan 52 ming 255 ta qadimgi yozma manba to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumotlar bazasi yaratilib, ularning ilmiy tahlili asosida 4 mingta yozma manbaning reyestri tayyorlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz fondiga yurtdoshlarimiz tomonidan murojaatlar kun sayin ko\u02bbpayib bormoqda. Ayni paytda aholi va shaxsiy kolleksiyalardan 626 ta qo\u02bblyozma va 985 ta toshbosma asar, jami 1611 ta manba qabul qilingan. Jumladan, muftiy Boboxonovlar sulolasi shaxsiy kutubxonasida saqlanayotgan 423 ta qadimiy manba (122 ta qo\u02bblyozma, 301 ta toshbosma kitob), tarixiy hujjatlar va fotosuratlar markaz ixtiyoriga o\u02bbtkazildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Asrlar qa\u02bcrida \u201cchang bosib yotgan\u201d voqeliklar ro\u02bbyobi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yaqinda poytaxtimizda\u00a0<strong>\u201cO\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid dolzarb masalalar\u201d<\/strong>\u00a0mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo\u02bblib o\u02bbtdi. Konferensiyada O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi huzuridagi muzey konsepsiyasini takomillashtirish, uning oldiga qo\u02bbyilgan vazifalarni izchil va sifatli bajarish mavzulari muhokama qilindi. Mazkur ko\u02bbp profilli ilmiy-ma\u02bcrifiy muassasaning serqirra faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar o\u02bbrtaga tashlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz faoliyatining yana bir ahamiyatli yo\u02bbnalishi ushbu muzey fondi va ekspozitsiyasini shakllantirishdir. Muzey fondiga 630 ta tarixiy ashyo, maket va mulyaj qabul qilindi. Qur\u02bconi karim bo\u02bblimi ekspozitsiyasi uchun Qur\u02bconi karimning 28 ta nodir qo\u02bblyozmasidan iborat kolleksiya shakllantirildi. 9 ta yo\u02bbnalishda 1584 ta ekspozitsiya materiallari tayyorlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muzeyning \u201cUchinchi Renessans \u2013 Yangi O\u02bbzbekiston\u201d bo\u02bblimi konsepsiyasi ishlab chiqilib, mazkur mavzuni yoritish bo\u02bbyicha 38 ta stend loyihasi tayyorlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Noyob merosimizning xalqaro e\u02bctirofi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">2022-yilning 1-10-iyun kunlari Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Islom tarixi va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) hamda O\u02bbzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi hamkorligida Turkiyaning Istanbul va Anqara shaharlarida \u201cO\u02bbzbekiston \u2013 Islom sivilizatsiyasi markazi va Yangi O\u02bbzbekiston\u201d mavzularida markaz taqdimoti va fotoko\u02bbrgazma tashkil etildi. Unda shonli tariximiz va buyuk kelajagimiz mavzusida, asosan, hali e\u02bclon qilinmagan fotosuratlar, arxiv materiallari hamda taqdimotlar orqali do\u02bbst va qardosh Turkiya xalqi jamoatchiligiga mustaqil O\u02bbzbekiston, uning tarixi va bugungi kuni to\u02bbg\u02bbrisidagi ma\u02bclumotlar taqdim etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bugungi kun farzandlari har bir voqelik va ma\u02bclumotni mobil telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boradi. Shu bois, internet tarmog\u02bbida yurtimiz allomalari va mutafakkirlari hayoti va faoliyati, ilmiy merosi haqidagi ilmiy-ma\u02bcrifiy portal va uning mobil ilovasi ishga tushirildi. Shuningdek, markaz fondidagi 4923 ta kitobdan iborat \u201cSharq va G\u02bbarb\u201d nodir kitoblar kolleksiyasining fixristi o\u02bbzbek, rus, ingliz, arab hamda fransuz tillariga tarjima qilindi va 4 ta jildi nashrdan chiqarildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qatar milliy kutubxonasida saqlanayotgan 19 351 ta elektron manbadan 620 dona qo\u02bblyozma, toshbosma asar, 200 dona xarita, 615 ta fotohujjat markaz elektron kutubxona fondiga kiritildi. Ularning ro\u02bbyxatini shakllantirish jarayoni davom etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xorijiy turdosh tashkilotlar bilan 2022-yilda 7 ta memorandum imzolandi. Imzolangan jami memorandumlar soni 28 taga yetdi. Jumladan, Malayziya Islom san\u02bcati muzeyi, Qozog\u02bbiston qo\u02bblyozmalar va nodir kitoblar milliy markazi va Qatar milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishga kelishib olindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Joriy yil davomida markaz binosi qurilishiga 28 ta delegatsiyaning tashrifi amalga oshirildi. 2022-yil 26-sentyabrda markaz delegatsiyasi Doha (Qatar)da o\u02bbtkazilgan O\u02bbzbekiston madaniyati kunlari doirasida Qatar milliy kutubxonasida \u201cO\u02bbzbekiston buyuk allomalar yurti\u201d, \u201cUchinchi Renessans \u2013 Yangi O\u02bbzbekiston\u201d mavzularida taqdimotlar o\u02bbtkazib, O\u02bbzbekistonning ziyorat turizmi salohiyati to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumotlar taqdim etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Yangi davr shabadalari esa boshladi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Insoniyat tarixi dalolat beradiki, har qaysi xalq hayotidagi ma\u02bcnaviy uyg\u02bbonish jarayoni milliy o\u02bbzlikni anglashga olib keladi hamda mamlakatning iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini yangi bosqichga ko\u02bbtaradi. Bunday ijtimoiy noyob hodisa Renessans \u2013 uyg\u02bbonish, qayta tiklanish, yuksalish deb ataladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bugungi O\u02bbzbekiston zamini qadimda ikki buyuk uyg\u02bbonish davriga \u2013 Birinchi (ma\u02bcrifiy \u2013 IX-XII asrlar) va Ikkinchi (Temuriylar \u2013 XIV-XV asrlar) Renessansga beshik bo\u02bblgan. Bu jahon ilm-fanida o\u02bbz isbotini topgan va tan olingan tarixiy haqiqatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim uyg\u02bbonish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d va \u201cUchinchi Renessans\u201d so\u02bbzlari hayotimizda o\u02bbzaro uyg\u02bbun va hamohang bo\u02bblib yangramoqda, xalqimizni ulug\u02bb maqsadlar sari ruhlantirmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ayniqsa, so\u02bbnggi besh yildagi tub va izchil iqtisodiy-siyosiy islohotlar, ijtimoiy-ma\u02bcnaviy sohadagi o\u02bbzgarishlarni tahlil qiladigan bo\u02bblsak, hozirgi vaqtda O\u02bbzbekistonning mustaqil rivojlanishida yangi davr boshlanmoqda, degan xulosaga kelinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo ilm-fan va madaniyat o\u02bbchog\u02bbi bo\u02bblgan. Mashhur olim va fozil insonlarni yetishtirib chiqargan ushbu davr tarixda Birinchi Renessans deb ataldi. Ushbu davrning buyuk shaxslari Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg\u02bboniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy singari o\u02bbnlab buyuk allomalarimizning jahonshumul ilmiy-ijodiy kashfiyotlari insoniyat taraqqiyotiga beqiyos ulush bo\u02bblib qo\u02bbshildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom dinining ilmiy merosiga hissa qo\u02bbshgan va ona zaminimizdan yetishib chiqqan Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Muin Nasafiy kabi ulug\u02bb ulamolar butun musulmon olamining faxr-u iftixori va cheksiz g\u02bbururiga aylandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">XV asrda Amir Temur tomonidan asos solingan saltanatda Ikkinchi Renessans paydo bo\u02bbldi. Ushbu davr ishtirokchisi sifatida Mirzo Ulug\u02bbbek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, G\u02bbiyosiddin Koshiy singari benazir olimlar, Alisher Navoiy, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy, Sakkokiy, Abdurahmon Jomiy, Bobur Mirzo kabi mumtoz shoir va mutafakkirlar maydonga chiqdi. Xondamir, Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond kabi tarixchilar, Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib singari musavvirlar, musiqashunos va me\u02bcmorlar, ko\u02bbplab xattot va sozandalarning shuhrati dunyoga yoyildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Donishmand xalqimiz har ikki Renessans davrida jahonning eng ilg\u02bbor, taraqqiy etgan xalqlari qatorida bo\u02bblgani millatimizga ulkan g\u02bburur va iftixor bag\u02bbishlaydi. Uchinchi Renessans poydevorini qurishda esa, albatta, avvalo, ajdodlar merosini yanada chuqur o\u02bbrganish va keng targ\u02bbib qilishga muhim omil sifatida qarashimiz mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bugungi avlodi ana shu ulug\u02bb bobokalonlarimizga vatandosh ekanidan faxrlanadi va munosib bo\u02bblishga intiladi. Buning uchun esa O\u02bbzbekistonda barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Yetuk tarjimonlarga ehtiyoj katta edi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu kungacha belgilangan barcha yo\u02bbnalishlarda samarali natijalarga erishildi. Ayniqsa, 2022-yilning 8-aprel kuni davlatimiz rahbarining markaz qurilishi maydonchasiga navbatdagi tashrifi hamda u yerda bildirgan fikr va mulohazalari, topshiriqlari muhim ahamiyatga ega bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">An\u02bcanaga ko\u02bbra, Prezidentimiz Islom sivilizatsiyasi markazida so\u02bbnggi oylarda qilingan ishlar bilan tanishdi va mutasaddilar hamda quruvchilarga zarur tavsiyalar berdi. Shuningdek, tashqi va ichki bezak ishlarining mazmuni va shaklini ma\u02bcqulladi, ayni paytda qo\u02bbllaniladigan barcha matnlar ilmiy asosga ega bo\u02bblishi zarurligini ta\u02bckidladi. Tashrif davomida Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi tarkibida shakllantirilayotgan \u201cYangi O\u02bbzbekiston \u2013 Uchinchi Renessans\u201d bo\u02bblimi taqdimoti ham bo\u02bblib o\u02bbtdi. Bo\u02bblimda boy va uzoq asrlarga taqaladigan tariximiz, din va ilmda maktablar yaratgan bobolar merosi, ma\u02bcrifatparvar ajdodlarimiz, muftiylar sulolasi to\u02bbg\u02bbrisidagi ma\u02bclumotlar taqdim etilgan konsepsiya bo\u02bbyicha davlatimiz rahbari o\u02bbz takliflarini bildirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz tarkibida barcha tillar bo\u02bbyicha salohiyatli tarjimonlar tayyorlash bo\u02bblimini tashkil etish taklifi ma\u02bcqullanishi tashrifdagi eng muhim o\u02bbrinlardan biri bo\u02bbldi. Chunonchi, yurtimizda ushbu yo\u02bbnalishda yetuk tarjimonlarga ehtiyoj katta. Mazkur tashrif markaz jamoasi oldiga yanada ulkan va sharafli vazifalarni qo\u02bbydi, desam mubolag\u02bba bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz huzurida \u201cAllomalar merosi\u201d o\u02bbquv markazi tashkil etildi. Uning jami 12 ta filiali faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunga qadar o\u02bbquv markazini 1251 nafar tinglovchi bitirib chiqdi, 1321 nafar tinglovchi o\u02bbquv kurslariga qatnashmoqda. O\u02bbquv jarayoniga sohaning tajribali olimlari, pedagog va mutaxassislari jalb qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbtgan qisqa davrda ilmiy xodimlar tomonidan markaz muzeyining 9 ta bo\u02bblimi ekspozitsiyasini shakllantirish bo\u02bbyicha jami 866 ta eksponat, 162 ta multimedia mahsulotining ro\u02bbyxati to\u02bbliq shakllantirildi. Muzey fondidagi tarixiy ashyolar, mulyajlar, eksponatlar soni 452 taga yetkazildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz konsepsiyasidan kelib chiqib, binoning tashqi bezaklarida foydalaniladigan jami 66 ta xattotlik yozuvi matnlari tayyorlandi. Qur\u02bconi karim bo\u02bblimi ekspozitsiyasida namoyish qilinadigan 28 ta nodir qo\u02bblyozmadan iborat Qur\u02bconi karim kolleksiyasi shakllantirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ushbu kolleksiya yaqinda yana bir noyob nusxa bilan boyitildi. Mashhur xattot Habibulla Solih tomonidan ko\u02bbchirilgan Usmon Mus\u02bchafining o\u02bbziga xos nusxasi markaz fondiga taqdim etildi. \u201cUchinchi Renessans \u2013 Yangi O\u02bbzbekiston\u201d bo\u02bblimi konsepsiyasi hamda bo\u02bblim ekspozitsiyasi loyihasi ishlab chiqildi. Bo\u02bblimning 20&#215;8 metr o\u02bblchamdagi devoriy rasmi uchun eskiz yaratildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz kutubxonasi fondi jami 515 419 ta yozma manba, zamonaviy nashr va elektron nusxadagi manbalar bilan boyitildi. Hozir markaz fondining yozma manbalari 465 ta qo\u02bblyozma, 623 ta toshbosma, 19 415 ta zamonaviy nashr hamda 494 916 ta elektron nusxadan iborat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Respublika fondlarida saqlanayotgan 106 525 ta yozma manba to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumotlar bazasi yaratilib, ularning ilmiy tahlili asosida 50 795 ta manbaning reyestri tayyorlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Buyuk ajdodlarimiz merosi, yangi yuksalish davri yutuqlarini targ\u02bbib qilish maqsadida \u201cIslom sivilizatsiyasi markazi: shonli tarixdan buyuk kelajak sari\u201d turkum ko\u02bbrsatuvining 29 ta soni tayyorlanib, markaziy va hududiy telekanallarda namoyish etildi. 57 ta mediamahsulot (9 ta ko\u02bbrsatuv, 36 ta intervyu, 12 ta videorolik) tayyorlandi. Shuningdek, 23 ta ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy va targ\u02bbibot tadbiri, 3 ta matbuot anjumani, 2 ta brifing, 1 ta press-tur tashkil etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Grant loyihalar doirasida \u201cUchinchi Renessans \u2013 Yangi O\u02bbzbekiston\u201d va \u201cO\u02bbzbekiston \u2013 jahon sivilizatsiyasi kesimida\u201d kitob-fotoalbomlari o\u02bbzbek, rus, ingliz, arab tillarida nashr etildi va xorijiy davlatlarda taqdimotlari o\u02bbtkazilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Bitib qo\u02bbymasaydi dono qalami\u2026<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Toshkent shahridagi ta\u02bclim muassasalarida \u201cAjdodlarga munosib avlod bo\u02bblaylik\u201d, \u201cJaholatga qarshi ma\u02bcrifat\u201d kabi mavzularda jami 23 dan ortiq ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy va targ\u02bbibot tadbiri, taqdimot va ko\u02bbrgazma tashkil etildi. Ushbu tadbirlar avvalgidek rejaga kiritilgani uchun emas, balki muhim ma\u02bcrifiy tarixiy yuksalishga tayyorgarlik ishtiyoqini uyg\u02bbotish maqsadida o\u02bbtkazildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cAjdodlar merosi \u2013 ibrat va tarbiya manbai\u201d shiori ostida Toshkent shahridagi mahallalarda o\u02bbtkazilgan tadbirlarda yoshlar e\u02bctiborini jalb etadigan zamonaviy ko\u02bbrgazmalar va illyustratsiyalardan foydalanildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz tashabbusi bilan Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasi maydonida, ochiq osmon ostida birinchi bor \u201cKitob \u2013 kamolot kaliti\u201d ilmiy-ma\u02bcrifiy kitoblar ko\u02bbrgazmasi va savdosi bo\u02bblib o\u02bbtgani ham yurtdoshlarimizda katta taassurot qoldirdi. Ko\u02bbrgazma va savdoda yurtimizdagi nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob do\u02bbkonlari ilmiy, ma\u02bcrifiy va badiiy kitoblari bilan ishtirok etdi. Tashkil etilgan tanlovlarda ko\u02bbrgazma ishtirokchilari noyob kitoblar bilan taqdirlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ramazon munosabati bilan Hazrati Imom majmuasida o\u02bbtkazilgan ushbu ma\u02bcrifiy tadbir doirasida taniqli shaxslar ishtirokida yoshlarni ilm-ma\u02bcrifatga da\u02bcvat etadigan suhbatlar ham juda qizg\u02bbin ruhda o\u02bbtdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ayniqsa, xattotlik san\u02bcati bo\u02bbyicha mahorat darslari tashkil etilgani yosh avlodda o\u02bbzgacha qiziqish uyg\u02bbotdi. Yusuf Xos Hojib bejiz \u201cBitib qo\u02bbymasaydi dono qalami, qorong\u02bbu qolardi moziy olami\u201d, deya ta\u02bckidlamagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Kitob ko\u02bbrgazmasi hamda xattotlik saboqlarining uzviy davomi sifatida markaz ilmiy xodimlari tomonidan Farg\u02bbona vodiysi va Qashqadaryo vohasida ham ushbu tadbirlar muvaffaqiyatli davom ettirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yurtdoshlarimizning e\u02bctiborini yanada ko\u02bbproq jalb etish maqsadida markaz veb-sayti takomillashtirildi, xorijiy tillardagi shakli va onlayn muloqot formatlari faoliyati rivojlantirildi. heritage.cisc.uz sayti ishga tushirildi. Unga O\u02bbzbekiston islom san\u02bcatiga oid ma\u02bclumotlar joylab borilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Jozibali manbalar va \u201cinklyuziv sayl\u201dlar<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">2022-yilning 16-20-may kunlari Toshkent va Buxoro shaharlarida bo\u02bblib o\u02bbtgan \u201cDeklaratsiyalar muloqoti\u201d xalqaro forumida vakillarimiz faol ishtirok etdi. Forum doirasida Islom olami uyushmasining Xalqaro ko\u02bbmak, farovonlik va rivojlanish tashkiloti Bosh kotibi Doktor Abdulaziz Sarxan hazratlari, Nigeriyaning Argunu shtati amiri Elxaj Samoil Muhammad Mera janoblari, Gana Respublikasi sobiq bosh imomi, elchi Umar Sanda Ahmad Islom sivilizatsiyasi markazi binosi qurilishiga tashrif buyurdi. Martabali mehmonlarga markazning maqsad va vazifalari to\u02bbg\u02bbrisida batafsil ma\u02bclumot berildi hamda o\u02bbzaro hamkorlik haqida kelishib olindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">May oyida Qozon shahrida bo\u02bblib o\u02bbtgan \u201cRossiya va islom olami\u201d strategik qarashlar guruhining navbatdagi sammiti ham e\u02bctiborga molik mulohazalar va muhokamalarga boy bo\u02bbldi. Ana shunday anjumanlarda yangi loyiha va tashabbuslarga yo\u02bbl ochilishi tabiiy.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbtgan yilning may oyida \u201cSharq allomalarining islom sivilizatsiyasiga qo\u02bbshgan hissasi\u201d mavzusidagi xalqaro anjuman ham yuqori saviyada o\u02bbtkazildi. Unda 10 dan ortiq xorijiy davlatdan 60 ga yaqin olim va professor, 130 dan ortiq mahalliy ishtirokchi qatnashdi. Tadbirda Sharq allomalari merosida islom ilmlari o\u02bbrganilishi, Movarounnahrda tabiiy va aniq fanlar rivoji, musulmon olimlarining jahon ilm-fani taraqqiyotiga ta\u02bcsiri, Sharq allomalari ilmiy merosida bag\u02bbrikenglik masalasi yoritilishi kabi mavzular qizg\u02bbin muhokama qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ayni paytda Sulaymoniya kutubxonasi qo\u02bblyozmalar fondi (Turkiya), Xudobaxsh kutubxonasi qo\u02bblyozmalar fondi (Hindis ton), Tehron davlat muzeyi (Eron), Al-Azhar qo\u02bblyozmalar fondi, Misr Fanlar akademiyasi qo\u02bblyozmalar fondi (Misr), Parij milliy kutubxonasi fondi (Fransiya), Berlin milliy kutubxonasi (Germaniya), Oksford islom tadqiqotlar markazi fondi (Buyuk Britaniya), Sankt-Peterburg Sharqshunoslik instituti qo\u02bblyozmalar fondlari (Rossiya)da saqlanayotgan, O\u02bbzbekiston tarixiga oid manbalarning elektron yoki faksimile nusxalarini yurtimizga olib kelish choralari ko\u02bbrilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz tomonidan shu kungacha 28 ta xorijiy tashkilot bilan hamkorlik o\u02bbrnatildi. \u201cO\u02bbzarxiv\u201d agentligi, Madaniyat va turizm vazirligi ko\u02bbmagida O\u02bbzbekiston tarixiga oid manbalar ro\u02bbyxati shakllantirildi. 120 mingdan ortiq manbaning elektron nusxalari va 4 ta manbaning faksimile nusxasi olindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cIpak yo\u02bbli xalqaro kutubxonalar ittifoqi\u201d (Silk Road International Library Alliance), Malayziyadagi islom san\u02bcati muzeyi bilan hamkorlik o\u02bbrnatish maqsadida memorandum tayyorlandi, Avstraliya islom muzeyi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda \u201cAjdodlarga munosib avlod bo\u02bblaylik\u201d shiori ostida 2022-yil 17-18-iyun kunlari nogironligi bo\u02bblgan yoshlar o\u02bbrtasida \u201cO\u02bbzingga ishon\u201d shiori ostida \u201cInklyuziv sayl\u201d madaniy-ma\u02bcrifiy tadbirlari o\u02bbtkazilgani yosh yigit-qizlarda shonli tariximiz va madaniyatimizga katta ishtiyoq uyg\u02bbotdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Zero, bugun markaz oldiga qo\u02bbyilgan muhim vazifalardan ko\u02bbzlangan maqsad ham shu \u2013 milliy tariximizning yangilangan siymosini yaratish va yosh avlodning qalbida yurtimiz allomalarining o\u02bblmas merosiga yuksak muhabbat uyg\u02bbotish. O\u02bbz Vatanini sevgan, tarixi va qadriyatlarini ulug\u02bblagan insonlargina munosib kelajak davomchilari bo\u02bbla oladi. Ilmiy-ma\u02bcrifiy faoliyatimiz asnosida bizni mana shu yuksak maqsad va g\u02bburur mash\u02bcalasi o\u02bbz ma\u02bcrifiy maydoniga, xalqaro maydon e\u02bctirofidagi ma\u02bcrifiy ustuvorlikka chorlab turadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Shoazim MINOVAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2023 yil 28-mart, 60(849)-son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>MA\u02bcNAVIY POYD\u0415VOR Yurtimizda tinchlik deb atalmish ulug\u02bb ne\u02bcmat hukm surmoqda. Ana shu ne\u02bcmat soyasida har yili Prezidentimiz tomonidan ramazon oyini munosib tarzda o\u02bbtkazish to\u02bbg\u02bbrisida qaror chiqarilayotgani milliy-diniy qadriyatlarimiz, azaliy urf-odatlarimizga yuksak hurmat va ehtiromning amaliy in\u02bcikosidir. Yangilanayotgan diyorimizda tinchlik-xotirjamlik, mehr-oqibat, o\u02bbzaro hamjihatlik, himmat va saxovat kabi an\u02bcanalarimiz tobora mustahkam qaror topayotgan bir sharoitda, ramazon oyi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":27413,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Uchinchi yuksalish davri beshigi yaratilmoqda yoxud milliy afsonaning ma\u02bcrifiy haqiqatlari - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Uchinchi yuksalish davri beshigi yaratilmoqda yoxud milliy afsonaning ma\u02bcrifiy haqiqatlari\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Uchinchi yuksalish davri beshigi yaratilmoqda yoxud milliy afsonaning ma\u02bcrifiy haqiqatlari - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Uchinchi yuksalish davri beshigi yaratilmoqda yoxud milliy afsonaning ma\u02bcrifiy haqiqatlari\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-03-29T07:11:28+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/gazeta_yuz_290323.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"13 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&lang=oz\",\"name\":\"Uchinchi yuksalish davri beshigi yaratilmoqda yoxud milliy afsonaning ma\u02bcrifiy haqiqatlari - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/gazeta_yuz_290323.jpg\",\"datePublished\":\"2023-03-29T07:11:28+00:00\",\"dateModified\":\"2023-03-29T07:11:28+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"Uchinchi yuksalish davri beshigi yaratilmoqda yoxud milliy afsonaning ma\u02bcrifiy haqiqatlari\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/gazeta_yuz_290323.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/gazeta_yuz_290323.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Uchinchi yuksalish davri beshigi yaratilmoqda yoxud milliy afsonaning ma\u02bcrifiy haqiqatlari\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Uchinchi yuksalish davri beshigi yaratilmoqda yoxud milliy afsonaning ma\u02bcrifiy haqiqatlari - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"Uchinchi yuksalish davri beshigi yaratilmoqda yoxud milliy afsonaning ma\u02bcrifiy haqiqatlari","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Uchinchi yuksalish davri beshigi yaratilmoqda yoxud milliy afsonaning ma\u02bcrifiy haqiqatlari - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Uchinchi yuksalish davri beshigi yaratilmoqda yoxud milliy afsonaning ma\u02bcrifiy haqiqatlari","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-03-29T07:11:28+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/gazeta_yuz_290323.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"13 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&lang=oz","name":"Uchinchi yuksalish davri beshigi yaratilmoqda yoxud milliy afsonaning ma\u02bcrifiy haqiqatlari - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/gazeta_yuz_290323.jpg","datePublished":"2023-03-29T07:11:28+00:00","dateModified":"2023-03-29T07:11:28+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"Uchinchi yuksalish davri beshigi yaratilmoqda yoxud milliy afsonaning ma\u02bcrifiy haqiqatlari","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/gazeta_yuz_290323.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/gazeta_yuz_290323.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27415&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Uchinchi yuksalish davri beshigi yaratilmoqda yoxud milliy afsonaning ma\u02bcrifiy haqiqatlari"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27415"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=27415"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27415\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27416,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27415\/revisions\/27416"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/27413"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=27415"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=27415"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=27415"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}