{"id":27359,"date":"2023-03-25T11:21:36","date_gmt":"2023-03-25T06:21:36","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27359"},"modified":"2023-03-25T11:21:36","modified_gmt":"2023-03-25T06:21:36","slug":"ramazon-oyi-ro%ca%bbzasining-fazilatlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&lang=oz","title":{"rendered":"RAMAZON OYI RO\u02bbZASINING FAZILATLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ro\u02bbza arab tilida \u201csiyom\u201d deb atalib, tiyilmoqni bildiradi. Shariat istilohida esa: \u201cRo\u02bbza tong otgandan to quyosh botguncha niyat bilan ro\u02bbzani ochuvchi narsalardan o\u02bbzini tiymoqdir\u201d. Ro\u02bbzani ochuvchi narsalar deganda, yemoq, ichmoq, jinsiy yaqinlik qilmoq kabilar ko\u02bbzda tutilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ramazon oyining ro\u02bbzasi hijriy ikkinchi yil sha\u02bcbon oyida farz qilingan. Bu oyning Ramazon deb atalishida o\u02bbziga xos hikmat bor. \u201cRamazon\u201d so\u02bbzi arabchada issiqda kuyib yo\u02bbq bo\u02bblish, jaziramada qovurilish, jigarning issiqda qovjirab qolishi kabi ma\u02bcnolarni anglatadi. Ya\u02bcni, bu oyda musulmon bandalarning gunohlari kuyib, yo\u02bbq bo\u02bblib ketadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo \u201cBaqara\u201d surasining 183-oyatida:\u00a0<strong>\u201cEy iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilganidek, sizlarga ham ro\u02bbza farz qilindi. Shoyadki taqvodor bo\u02bblsangiz\u201d<\/strong>, deb ro\u02bbzaning farzini e\u02bclon qildi. 185-oyatda:\u00a0<strong>\u201cPamazon oyi\u0138i, ynda odamlapga hidoyat hamda hidoyaty fypqondan ibopat ochiq bayonotlap bo\u02bblib, Qyp\u02bcon tyshipilgandip. Cizdan \u0138im y oyda hozip bo\u02bblca, po\u02bbzacini tytcin\u201d<\/strong>, deb bu oyga yetib kelganlarga ro\u02bbza tutishni amr qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir qancha muborak hadislarida Ramazon oyining ro\u02bbzasi farz ekanini ta\u02bckilaganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deb aytganlar: \u201c<strong><em>Ro\u02bbza do\u02bbzax o\u02bbtidan asrovchi vositadir! Binobarin, ro\u02bbza tutgan kishi haqoratli so\u02bbzlarni tilga olmasin, so\u02bbzlashganda baqirmasin, birovni masxara qilmasin! Agar biror kishi ro\u02bbzador bilan urishsa yoki uni haqorat qilsa, ro\u02bbzador ikki bor: \u201cMen ro\u02bbzadorman\u201d, desin! Jonim qo\u02bblida bo\u02bblgan Zot \u2013 Allohga qasamki, ro\u02bbzadorning og\u02bbzidan kelgan hid Allohning nazdida mushki anbardan ham xushbo\u02bbyroqdir. Chunki Alloh taolo: \u201cRo\u02bbzador Meni deb yeb-ichmaydi va Meni deb ro\u02bbza tutadi, binobarin, uning mukofotini o\u02bbzim beraman va har bir yaxshiligi evaziga mendan o\u02bbn barobar mukofot oladi\u201d, deydi<\/em><\/strong>\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27356#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>, dedilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Abu Hurayra roziyallohu anhu<\/strong>\u00a0\u2013 Abdurahmon ibn Soxr Davsiy. Abu Hurayra uning kunyasi bo\u02bblgan. Nima sababdan Abu Hurayra deb laqab olganini bunday hikoya qiladi: \u201cBir mushukcha topib olgandim va uni yengimda olib yurardim. Shu sababdan meni Abu Hurayra (mushukcha egasi) deya chaqiradigan bo\u02bblishdi\u201d. Hijratning yettinchi yilida islomni qabul qilgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolarining barakoti sababli u zotdan eng ko\u02bbp hadis rivoyat qilgan sahobiydir. Alloh taoloning fazli bilan uch yilda 600000 hadis yod olgan. Bu hadis rivoyat qilish borasida Abu Hurayra alohida maqomga ega ekanini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Hurayrani yaktaklariga o\u02bbtqazib, uni yaktaklari bilan o\u02bbrab:\u00a0<strong><em>\u201cEy Abu Hurayra, ilm senga yuqsin!\u201d<\/em><\/strong>\u00a0deb duo qilganlar. Abu Hurayra: \u201cO\u02bbshandan keyin hech narsa esimdan chiqib ketmaydigan bo\u02bbldi\u201d, deb rivoyat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Abu Hurayra haqida: \u201cBiz o\u02bbz ekinimiz, bog\u02bblarimiz, chorvamiz bilan mashg\u02bbul bo\u02bblib turganimizda Abu Hurayra Payg\u02bbambarimizning yonlarida ahli sufa bilan u zotdan ilm yod olar edi\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Hurayra Abdurahmon ibn Soxr Davsiy roziyallohu anhu 78 yoshida hijriy 57 yili Madinada vafot etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Hadisning umumiy ma\u02bcnosi<\/strong>:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong><em>\u201cRo\u02bbza do\u02bbzax o\u02bbtidan asrovchi vositadir!\u201d<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ramazon oyi kelishi sababli jannat eshiklari ochib, do\u02bbzax eshiklari berkitilar ekan. Shaytonlar kishanband qilinib, Alloh taoloning rahmat farishtalari yer yuziga tusharkan. Ramazon oyining fazilatlaridan biri ro\u02bbza o\u02bbz sohibini do\u02bbzax o\u02bbtidan asrashidir. Inson ro\u02bbza tutish bilan gunoh ishlardan saqlanishga harakat qiladi. Ro\u02bbza insondagi shahvoniy hirsni bo\u02bbg\u02bbib turadi. Shuning uchun Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam ro\u02bbza ibodatini \u201cdo\u02bbzaxdan asrovchi vosita\u201d deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Binobarin, ro\u02bbza tutgan kishi haqoratli so\u02bbzlarni tilga olmasin, so\u02bbzlashganda baqirmasin, birovni masxara qilmasin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ro\u02bbza tutmoq faqat yeb-ichishdan tiyilish va shahvoniy hirsni jilovlashdan iborat emas. Ro\u02bbza farz qilinishining asosiy hikmati bandalarda taqvo hosil qilish, musulmonlarning ma\u02bcnaviy-ruhiy dunyosini poklashdir. Buni Alloh taolo Baqara surasining 183-oyatida ma\u02bclum qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Insonning ruhiy va ma\u02bcnaviy dunyosini poklab, xulqini oliy darajaga ko\u02bbtaradigan ishlardan biri bema\u02bcni so\u02bbzlar; haqorat, masxaralash, behuda gap-so\u02bbz, g\u02bbiybat, bo\u02bbhtonlardan tiyilishdir. Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallam ro\u02bbza tutgan kishi o\u02bbzini mana shunday qabihliklardan saqlashi kerakligini ta\u02bckidlayaptilar. Tilni bunday be\u02bcmani narsalardan saqlamaslik ro\u02bbzaning asl mohiyatiga putur yetkazib, uning savobidan mahrum bo\u02bblishga olib kelishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong><em>\u201cAgar biror kishi ro\u02bbzador bilan urishsa yoki uni haqorat qilsa, ro\u02bbzador ikki bor: \u201cMen ro\u02bbzadorman\u201d desin!\u201d<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ro\u02bbza tutgan kishiga xos bo\u02bblgan odoblardan biri atrofidagilar bilan chiroyli muomaladir. Ulardan birortasi bilan janjallashib qolgudek bo\u02bblsa, birodariga o\u02bbzining ro\u02bbzador ekanini eslatib qo\u02bbyishi darkor. Zero, ro\u02bbzani buzuvchi omillar sirasiga faqat yeb-ichish emas, balki tildan chiqadigan bema\u02bcni so\u02bbzlar ham kiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam ro\u02bbzaning fazilati, mazmun-mohiyati, uni buzuvchi amallarga ishora qilib o\u02bbtganlaridan keyin ro\u02bbzadorning fazilatlari va uning savoblarini bayon qilyaptilar:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong><em>\u201cJonim qo\u02bblida bo\u02bblgan Zot \u2013 Allohga qasamki,<\/em><\/strong><em>\u00a0<strong>ro\u02bbzadorning og\u02bbzidan kelgan hid Allohning nazdida mushki anbardan ham xushbo\u02bbyroqdir\u201d.<\/strong><\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ro\u02bbzador odamning oshqozonidan ochlik sababli chiqayotgan hid majoziy ma\u02bcnoda mushki anbarning hididan ham afzalroqdir. Chunki bunga sabab bo\u02bblgan narsa Alloh taoloning amriga itoat qilib, yeb-ichishdan saqlanishdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong><em>\u201cChunki Alloh taolo:<\/em><\/strong><strong><em>\u00a0\u201cRo\u02bbzador Meni deb yeb-ichmaydi va Meni deb ro\u02bbza tutadi, binobarin, uning mukofotini o\u02bbzim beraman<\/em><\/strong><strong>\u201d,\u00a0<em>deydi<\/em>\u201d.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Musulmon odam yeb-ichishdan tiyilib ro\u02bbza tutishining sababi Alloh taoloning amriga itoat va Uning roziligiga erishish istagidir. Farishtalar musulmon kishining har bir savob amalini yozib boradi, faqat ro\u02bbza mustasnodir. Chunki, uning savobi qanchaligini na inson va na farishtalar biladi. Bandalar qilgan boshqa xayrli, savobli ishlarda xolislik kamayishi yoki riyo alomatlari bo\u02bblishi mumkin ekan, ammo faqat ro\u02bbza amalida bunday holatlar bo\u02bblmas ekan. Shu sababli Alloh taolo bandaning ro\u02bbzasi savobini faqat O\u02bbzi bilishi va shunga yarasha mukofotini ham O\u02bbzi berishini aytyapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong><em>\u201c\u2026va har bir yaxshiligi evaziga mendan o\u02bbn barobar mukofot oladi\u201d.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shuningdek, ro\u02bbzador inson qilgan boshqa xayrli, savobli ishlarining har biri uchun kamida o\u02bbn barobar mukofot oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Hadisdan olinadigan foydalar<\/strong>:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ro\u02bbza \u2013 do\u02bbzaxdan asrab, jannatga eltuvchi vosita.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ro\u02bbza faqat yeb-ichish va shahvatdan tiyilishdan iborat emas.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Haqoratli, bema\u02bcni, fahsh so\u02bbzlar ro\u02bbzani buzadi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ro\u02bbzador kishi boshqalarga chiroyli muomala qilishi zarur.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ro\u02bbza \u2013 nafsning tarbiyachisi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ro\u02bbza tutishning o\u02bbziga xos fazilatlari bor.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ro\u02bbzadorning savobi miqdorini faqat Alloh taolo biladi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ro\u02bbza tutgan kishi amalini xolis Alloh uchun qilishi kerak.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Dinda buyurilgan amallardan faqat ro\u02bbzada riyo bo\u02bblmaydi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ro\u02bbzador ro\u02bbzadan boshqa yaxshi amallarining har biri evaziga o\u02bbn barobardan yetti yuz barobargacha savob oladi.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallam ushbu hadislarida ro\u02bbza va uning fazilatlari, ro\u02bbzadorning zimmasidagi burchlar, uning ajr-savoblarini birma-bir bayon qilganlar. Darhaqiqat, muborak Ramazon oyi kelishi bilan bandalarga mana shunday ulkan savob-ajrlar eshigi ochiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ramazon haqida quyidagilarni ham eslatib o\u02bbtamiz. Bu oyda ilohiy samodan yer osmoniga Qur\u02bconi karim nozil qilingan. Ramazon avvali rahmat, o\u02bbrtasi mag\u02bbfirat va oxirgi o\u02bbn kunligi do\u02bbzaxdan ozod bo\u02bblish oyidir. Bu oydagi ro\u02bbzasi sababli inson bir yilga yetgulik taqvo zodi rohilasini yig\u02bbadi. Alloh taologa imon bilan, savob umidida Ramazon ro\u02bbzasini tutgan kishining avvalgi gunohlari mag\u02bbfirat qilinadi. Jannatning \u201cRayyon\u201d deb ataladigan darvozasidan faqat ro\u02bbzadorlar kiradi. Shuningdek, Ramazonda Qadr kechasi borki, uning fazilatlari Qur\u02bconi karim oyatlari va hadislarda o\u02bbz ifodasini topgan.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Nodir QOBILOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27356#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. Sahihi Buxoriy. \u201cO\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi\u201d Davlat ilmiy nashriyoti. T.: 2008. \u2013 B 311. Ro\u02bbza kitobi, 2-Bob. Ro\u02bbza tutmoqning fazilati. 1894-hadis.<\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ro\u02bbza arab tilida \u201csiyom\u201d deb atalib, tiyilmoqni bildiradi. Shariat istilohida esa: \u201cRo\u02bbza tong otgandan to quyosh botguncha niyat bilan ro\u02bbzani ochuvchi narsalardan o\u02bbzini tiymoqdir\u201d. Ro\u02bbzani ochuvchi narsalar deganda, yemoq, ichmoq, jinsiy yaqinlik qilmoq kabilar ko\u02bbzda tutilgan. Ramazon oyining ro\u02bbzasi hijriy ikkinchi yil sha\u02bcbon oyida farz qilingan. Bu oyning Ramazon deb atalishida o\u02bbziga xos hikmat bor. &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":27357,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>RAMAZON OYI RO\u02bbZASINING FAZILATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"RAMAZON OYI RO\u02bbZASINING FAZILATLARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"RAMAZON OYI RO\u02bbZASINING FAZILATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"RAMAZON OYI RO\u02bbZASINING FAZILATLARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-03-25T06:21:36+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_60.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&lang=oz\",\"name\":\"RAMAZON OYI RO\u02bbZASINING FAZILATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_60.jpg\",\"datePublished\":\"2023-03-25T06:21:36+00:00\",\"dateModified\":\"2023-03-25T06:21:36+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"RAMAZON OYI RO\u02bbZASINING FAZILATLARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_60.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_60.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"RAMAZON OYI RO\u02bbZASINING FAZILATLARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"RAMAZON OYI RO\u02bbZASINING FAZILATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"RAMAZON OYI RO\u02bbZASINING FAZILATLARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"RAMAZON OYI RO\u02bbZASINING FAZILATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"RAMAZON OYI RO\u02bbZASINING FAZILATLARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-03-25T06:21:36+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_60.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&lang=oz","name":"RAMAZON OYI RO\u02bbZASINING FAZILATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_60.jpg","datePublished":"2023-03-25T06:21:36+00:00","dateModified":"2023-03-25T06:21:36+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"RAMAZON OYI RO\u02bbZASINING FAZILATLARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_60.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_60.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27359&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"RAMAZON OYI RO\u02bbZASINING FAZILATLARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27359"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=27359"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27359\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27360,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27359\/revisions\/27360"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/27357"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=27359"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=27359"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=27359"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}