{"id":27347,"date":"2023-03-25T10:15:03","date_gmt":"2023-03-25T05:15:03","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27347"},"modified":"2023-03-25T10:15:03","modified_gmt":"2023-03-25T05:15:03","slug":"muborak-oy-fazilatlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&lang=oz","title":{"rendered":"MUBORAK OY FAZILATLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em><strong>Bismillahir Rohmanir Rohim.<\/strong><\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ramazoni sharifni qut-baraka oyi qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bo\u02bblsin. Ushbu oyni yaxshiliklar mavsumi deya uni g\u02bbanimat bilishga chaqirgan Rasul alayhissalomga salavotu salomlarimiz bo\u02bblsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Prezidentimizning 2023 yil 21 martdagi \u201cMuborak Ramazon oyini munosib tarzda o\u02bbtkazish to\u02bbg\u02bbrisida\u02bbgi qarori butun xalqimizni nihoyatda xursand qildi. Zero, keyingi yillarda mamlakatimizda \u201cInson qadri uchun\u201d degan ezgu g\u02bboya asosida har bir fuqaro erkin va farovon yashaydigan yangi O\u02bbzbekistonni barpo etish maqsadida xalqimizning azaliy orzu-intilishlariga hamohang va uyg\u02bbun holda olib borilayotgan keng ko\u02bblamli islohotlarda qadimiy tariximiz va boy madaniyatimizga, yuksak insonparvarlik tamoyillarini o\u02bbzida mujassam qilgan milliy va diniy qadriyatlarimizga tayanilishi tabiiydir. Ayniqsa, el-yurtimiz doimo orziqib, katta xursandchilik bilan kutib oladigan, jamiyatimizda tinchlik, do\u02bbstlik, mehr-oqibat va bag\u02bbrikenglik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladigan muqaddas Ramazon oyining bu borada alohida o\u02bbrni va ahamiyati bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu bois qarorda butun dunyo musulmonlari qatori xalqimiz uchun ezgulik, mehr-muruvvat, saxovat, oliyjanoblik va shukronalik timsoli bo\u02bblgan muborak Ramazon oyini munosib kutib olish va yuqori saviyada o\u02bbtkazish, diniy-ma\u02bcrifiy, madaniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug\u02bblash maqsadida qator chora-tadbirlar belgilandi. Chunonchi hududlarda Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo\u02bblgan odamiylik, inson sha\u02bcnini ulug\u02bblash, yaxshilik va mehru saxovat kabi fazilatlarni namoyon etadigan, bugungi tinch va osoyishta hayotimizni qadrlash, oila va mahallalarda, butun yurtimizda mehr-oqibat, o\u02bbzaro hurmat muhitini mustahkamlash, kam ta\u02bcminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qo\u02bbllab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni uyushtirishga alohida e\u02bctibor qaratiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mashhur sahoba Salmoni Forsiy roziyallohu anhudan shunday rivoyat qilinadi: \u201cSha\u02bcbon oyining oxirgi kunida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga shunday xutba o\u02bbqidilar: \u201cEy insonlar! Ulug\u02bb va muborak bir oyning soyasi ustingizga tushdi. Shunday bir oyki, unda ming oydan afzal bir kecha bor\u02bb (Imom Bayhaqiy rivoyati). Shukrki, Yaratgan ana shunday muborak oyga bizlarni yetkazdi. Yurtdoshlarimiz Ramazon oyini ko\u02bbtarinki kayfiyatda, katta tayyorgarlik ila kutib oldi. Mohi Ramazonda ado etiladigan solih amallar evaziga mo\u02bbmin-musulmonlar ulkan ajr-savobga erishadi. Alloh taolo farz qilgan ro\u02bbza tutiladi, masjidlarda taroveh namozi o\u02bbqiladi va xayriya ishlari amalga oshiriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Quvonarlisi, bu yil yurtimizda 1500 dan ziyod masjidlarda taroveh namozlarida xatmi Qur\u02bcon o\u02bbqilmoqda. Joriy yilda Ramazon oyining 27 kuni davomida masjidlarda Kalomullohning sahifalari bir xil adadda o\u02bbqish an\u02bcanasi joriy qilinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh nasib etsa, barcha masjidlarda Ramazon oyining yigirma yettinchi kechasi, ya\u02bcni \u201cQadr\u201d kechasi kuni xatmi Qur\u02bconlar yakunlanib, bir vaqtning o\u02bbzida bir necha million xalqimiz Haq taologa duo qiladi. Mana shunday jamuljam iltijolar ijobatidan, yurtimiz yanada ravnaq topadi, hayotimiz farovon bo\u02bbladi, insha Alloh.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Darhaqiqat, bu muborak oyda sanab adog\u02bbiga yetib bo\u02bblmas fazilatlar, duolar qabul bo\u02bbladigan iftor vaqti, Alloh taologa qurbat hosil qilishga vosita bo\u02bbluvchi taroveh namozi va ming oydan afzal bo\u02bblgan \u201cQadr\u201d kechasi bor. Har bir mo\u02bbmin banda bu ulug\u02bb oyga yetganda gunohlardan tiyilishga, savob amallarni bajarishga, atrofdagilarga yaxshi muomalada bo\u02bblishga intiladi. Chunki bu oyda qilingan har bir solih amalning darajasi boshqa oylarnikidan ulug\u02bbdir. Hadisi sharifda\u201cBu shunday oyki, Alloh uning ro\u02bbzasini farz qildi, kechasini ibodat bilan o\u02bbtkazishni ixtiyoriy \u2014 nafl qildi. Kim unda ixtiyoriy ravishda bir yaxshi ish qilsa, xuddi bir farzni ado etgandek bo\u02bbladi. Kim unda bir farzni ado etsa, xuddi yetmishta farzni bajargandek bo\u02bbladi. U sabr oyidir, sabrning savobi esa jannatdir. U do\u02bbstlik, ko\u02bbngil ovlash oyidir\u201d (Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ramazon \u2014 Qur\u02bcon oyidir. Alloh taoloning kalomi aynan shu oyda nozil bo\u02bblgan. Haq taolo bunday marhamat qiladi:\u00a0<strong>\u201cRamazon oyi \u2014 odamlar uchun hidoyat manbai va to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbl hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur\u02bcon nozil qilingan oydir\u201d<\/strong>\u00a0(\u201cBaqara\u201d surasi, 185-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam Ramazon oyida mo\u02bbmin kishining rizqi ziyoda bo\u02bblishi, xonadoni fayzu barakaga to\u02bblishi haqida bunday marhamat qilganlar: \u201cBu oyda Alloh mo\u02bbminning rizqini ko\u02bbpaytiradi\u201d (Imom Bayhaqiy rivoyati). Bu hakda Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat etilgan hadisi sharifda bunday marhamat qilinadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga bashorat berib: \u201cSizlarga Ramazon oyi keldi. U muborak oydir. Alloh sizlarga uning ro\u02bbzasini farz qildi. Unda jannat eshiklari ochiladi, do\u02bbzax eshiklari yopiladi, shaytonlar kishanlanadi. Unda ming oydan yaxshi kecha bor. Kim uning yaxshiligidan mahrum bo\u02bblsa, batahqiq, (barcha yaxshiliklardan) mahrum bo\u02bblibdi\u201d, dedilar\u201d (Imom Ahmad rivoyat qilgan).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ramazon oyining kunduzlari qanday fazilatli bo\u02bblsa, kechalari ham shunday fazilatlidir. Sarvari koinot Muhammad sollallohu alayhi vasallamning marhamati shuki: \u201cAlbatta, Alloh taolo sizlarga Ramazonning ro\u02bbzasini farz qildi, men esa uning kechalarini ibodat bilan o\u02bbtkazishni sizlarga sunnat qildim. Kim imon bilan, savob umidida uning ro\u02bbzasini tutsa va kechalarini ibodat bilan o\u02bbtkazsa, onadan yangi tug\u02bbilgan chaqalokdek gunohpardan pok bo\u02bbladi\u201d (Imom Nasoiy rivoyat qilgan).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ta\u02bckidlash joizki, mamlakatimizda qaysi din vakili bo\u02bblishidan qat\u02bci nazar, barcha yurtdoshlarimizga vijdon erkinligi kafolatlangan. Har kim xohlagan dinga e\u02bctiqod qilish yoki hech qaysi dinga e\u02bctiqod qilmaslik huquqiga ega. Bu yangilanayotgan Konstitutsiyamizda ham aks etmoqda. Shu bilan birga, har bir din vakilining ibodati, diniy tadbir va marosimlarni emin-erkin o\u02bbtkazishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Jumladan, mo\u02bbmin-musulmonlar ham bu borada hamma imkoniyatlarga ega.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Keyingi yillarda amalga oshirilayotgan diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi islohotlar, yangi ochilayotgan masjid-madrasalar, qayta chiroy ochayotgan qadamjolar va ko\u02bbpayib borayotgan Qur\u02bconi karim kurslari mo\u02bbmin-musulmonlarni cheksiz mamnun etmoqda. O\u02bbtgan 5-6 yilning o\u02bbzida 70 dan ziyod yangi masjidlar ochildi. Hajga boruvchilar soni o\u02bbtgan yili 12 ming nafardan oshdi, umra ziyoratchilari soni qariyb 100 mingga yaqinlashdi. Bu raqamlar joriy yilda yanada oshadi, insha Alloh.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom dini ta\u02bclimotlarini ilmiy asosda o\u02bbrganish borasida Markaziy Osiyoda yagona bo\u02bblgan O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyat olib bormoqda. Samarqandda Imom Buxoriy, Surxondaryoda Imom Termiziy, Toshkentda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari ishlamokda. Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi, 500 yillik tarixga ega bo\u02bblgan Mir Arab madrasasining mutlaqo yangi andozadagi faoliyati soha uchun zamonaviy fikrlaydigan, dinimiz mohiyatini chuqur tushunadigan, bugun zamon oldimizga qo\u02bbyayotgan muammolarni hal etishga salohiyatli mutaxassislarni yetishtirib chiqarishda namuna bo\u02bblmokda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbtgan qisqa fursatda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy kabi buyuk ajdodlarimizning yuzlab asarlari ona tilimizga tarjima qilinib, ma\u02bcrifatga intiluvchi xalqimizga takdim etildi. Bu ishlarning barchasi xalqimiz dinimiz mohiyatini to\u02bbg\u02bbri tushunib, haqiqiy islom nimayu, din niqobidagi yot g\u02bboyalar nima ekanini teran anglashiga xizmat qilmokda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Prezidentimizning Saudiya Arabistoni va Misr Arab Respublikasiga tashrif buyurib, ushbu mamlakatlar rahbarlari bilan diniy-ma\u02bcrifiy jabhada ham qator kelishuvlarga erishgani sohadagi xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga ko\u02bbtarmokda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shuningdek, bir necha yillardan buyon Allohning baytini ziyorat qilish orzusida yurgan kam ta\u02bcminlangan oilalar vakillarini bepul umra safariga yuborish taklifi ma\u02bcqullangani chinakam tarixiy voqea bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Amalga oshirilayotgan barcha islohotlar yurtimizda inson qadrini ulug\u02bblash, uning hayotdan rozi bo\u02bblib yashashi, orzu-maqsadlarini ro\u02bbyobga chiqarishiga hissa qo\u02bbshmokda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ramazon oyining ko\u02bbtarinki ruxda o\u02bbtishi ham xalqimizning ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlab, o\u02bbzaro mehr-oqibat tuyg\u02bbularini yanada ziyoda qiladi. Binobarin, yurtdoshlarimiz bu oyning barakasidan har bir uy bahramand bo\u02bblsin, mo\u02bbminlar qalbiga xursandchilik va shodlik kirsin deb ko\u02bbproq xayr-saxovat qilishga, zakotini berishga oshiqadi. Nogironligi bor, yolg\u02bbiz keksalar, boquvchisini yo\u02bbqotgan fuqarolar hamda kam ta\u02bcminlangan oilalarga mehr-muruvvat ulashadi. Bemorlarning holidan xabar olib, ko\u02bbngillarini ko\u02bbtaradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu o\u02bbrinda, bu borada bir tavsiyani bo\u02bblishmoqchiman: mahallangizdagi do\u02bbkonda sotuvchining qarzlar daftarida beva-bechoralar hamda kambag\u02bballar xarid qilgan, lekin puli to\u02bblanmagan mahsulotlar ro\u02bbyxati yozilgan. Siz o\u02bbsha qarzlarni yoki ularning bir qismini yopib, daftardan ularning ismini o\u02bbchirtirib yuboring. O\u02bbsha mablag\u02bb siz uchun arzimasdir, ammo ayrimlar uchun to\u02bblash og\u02bbir bo\u02bblgan ishdir. Aslida bu bir tavsiya, xolos. Kam ta\u02bcminlangan, yordamga muhtoj insonlarga kimning qanday yordami tegsa, savoblar ko\u02bbpaytirib beriladigan Ramazon oyida ana o\u02bbsha ishga shoshilmog\u02bbi zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hazrati Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vassallam: \u201cRo\u02bbza tutgan kishining uyqusi ibodat, sukut saqlashi Allohga tasbeh, qilgan amalining savobi ko\u02bbpaytirib beriladi, duolari ijobat va gunohlari kechiriladi\u201d, deb marhamat qildilar\u201d (Imom Bayhaqiy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hadisi sharifda ro\u02bbzadorning duosi maqbuldir deyildi. Chunki inson Alloh taolo uchun nafsining orzularini tark etgani boisidan duosi ijobat qilinadi. Shuning uchun ham bu kutlug\u02bb oyda chin qalbdan, astoydil dunyo va oxirat saodatini so\u02bbrab, duolar qilishimiz kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Fazilatli oyda tutadigan ro\u02bbzalarimiz qabul, ado etadigan ibodatlarimiz maqbul va duoyu iltijolarimiz mustajob bo\u02bblishini Haq taolodan so\u02bbraymiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo butun xalqimizga qutlug\u02bb oyni muborak aylasin, diyorimizdagi tinchlik-xotirjamlik ne\u02bcmatini bardavom qilsin, duoyu iltijolarimizni o\u02bbz dargohida qabul etsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Barchamizga fazilatli Ramazon oyi muborak bo\u02bblsin!<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Nuriddin XOLIQNAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy.<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bismillahir Rohmanir Rohim. Ramazoni sharifni qut-baraka oyi qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bo\u02bblsin. Ushbu oyni yaxshiliklar mavsumi deya uni g\u02bbanimat bilishga chaqirgan Rasul alayhissalomga salavotu salomlarimiz bo\u02bblsin. Prezidentimizning 2023 yil 21 martdagi \u201cMuborak Ramazon oyini munosib tarzda o\u02bbtkazish to\u02bbg\u02bbrisida\u02bbgi qarori butun xalqimizni nihoyatda xursand qildi. Zero, keyingi yillarda mamlakatimizda \u201cInson qadri uchun\u201d degan ezgu g\u02bboya &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":27345,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MUBORAK OY FAZILATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"MUBORAK OY FAZILATLARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MUBORAK OY FAZILATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"MUBORAK OY FAZILATLARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-03-25T05:15:03+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/20230325_xalqsozi.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&lang=oz\",\"name\":\"MUBORAK OY FAZILATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/20230325_xalqsozi.jpg\",\"datePublished\":\"2023-03-25T05:15:03+00:00\",\"dateModified\":\"2023-03-25T05:15:03+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"MUBORAK OY FAZILATLARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/20230325_xalqsozi.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/20230325_xalqsozi.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MUBORAK OY FAZILATLARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MUBORAK OY FAZILATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"MUBORAK OY FAZILATLARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MUBORAK OY FAZILATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"MUBORAK OY FAZILATLARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-03-25T05:15:03+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/20230325_xalqsozi.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&lang=oz","name":"MUBORAK OY FAZILATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/20230325_xalqsozi.jpg","datePublished":"2023-03-25T05:15:03+00:00","dateModified":"2023-03-25T05:15:03+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"MUBORAK OY FAZILATLARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/20230325_xalqsozi.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/20230325_xalqsozi.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27347&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MUBORAK OY FAZILATLARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27347"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=27347"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27347\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27348,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27347\/revisions\/27348"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/27345"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=27347"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=27347"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=27347"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}