{"id":27324,"date":"2023-03-24T17:05:17","date_gmt":"2023-03-24T12:05:17","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27324"},"modified":"2023-03-24T18:21:33","modified_gmt":"2023-03-24T13:21:33","slug":"zarafshon-vohasida-tasavvuf-silsilalari-xv-xix-asrlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&lang=oz","title":{"rendered":"ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF SILSILALARI (XV-XIX asrlar)"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Zarafshon vohasi tarixiy davrlar davomida shakllangan. Uning taraqqiy etishi Zarafshon daryosi va uning irmoqlari bilan uzviy bog\u02bbliqdir. XV-XIX asrlarda Zarafshon vohasida faoliyat ko\u02bbrsatgan ishqiya, kubroviya, naqshbandiya, yassaviya \u2013 suhravardiya, qodiriya-ne\u02bcmatullohiya, chishtiya kabi tariqatlarga nisbatan keng hudud bo\u02bbylab yoyilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tariqat silsilasi xulafoi roshidun yoki choriyorlardan biri orqali Muhammad sollallohu alayhi vasallamga borib ulanadi. Silsila bilan bog\u02bbliq manbalar, shajara-nasabnomalarda ustoz-shogirdlik silsilasi, nasl-nasabi turlicha ko\u02bbrinish kasb etgan. Bu o\u02bbz-o\u02bbzidan turli muammolarni yuzaga chiqarishga olib kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">XV-XIX asrlarda\u00a0<strong>Zarafshon vohasida tasavvuf silsilalari bo\u02bbyicha o\u02bbzbekistonlik\u00a0<\/strong>B.Babadjanov, S.S.Buxoriy, A.Jumanazarov, K.Kattayev, N.Komilov, M.Kenjabek, G.N.Navro\u02bbzova, SHSirojiddinov, S. Rafiddinov, R.A.Tillaboyev, I.Usmonov, X.Yuldashxodjayev<strong>, xorijlik N.Tosun, Devin Di Uis, Valid Ziyad kabi olimlar nodir qo\u02bblyozma manbalar asosida tadqiqot olib borgan.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan Abu Bakr (632-634), Umar (634-644), Usmon (644-656) va Ali (656-661) orqali to\u02bbrt silsila musulmon dunyosi bo\u02bbylab yoyilgan va bunday bog\u02bblanish tasavvuf tariqatlarining negizi Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamga borib taqalishidan dalolat beradi. Manbalarda Abu Bakr Siddiq orqali naqshbandiya, Umar ibn Xattobdan suhravardiya-kubroviya, Usmondan esa chishtiya va Hazrati Alidan qodiriya-jahriya<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>\u00a0va ishqiya silsilasi boshlanadi. Tariqat silsilasi muayyan sulukning eng ishonchli tomonlaridan biri sanaladi. Silsila \u2013 muayyan tariqatning o\u02bbz shayxi yoki piri orqali Muhammad sollallohu alayhi vasallamga yetib boradigan hasabnomasi, ya\u02bcni ustoz-shogirdlik shajarasidir. Silsilaga kiruvchi shayxlar tariqat asoslarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan naql qilishda xizmat qilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>A) Ishqiya.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ishqiya tariqati Abulhasan Ishqiy (XIV asr) orqali Movarounnahrga yoyilgan. Uning vafotidan so\u02bbng o\u02bbg\u02bbli Xudoyquli tariqatga boshchilik qilgan. Tadqiqotlarda<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>\u00a0bu fikr yanglish ekani aniqlangan. Abulhasan Ishqiy o\u02bbg\u02bbli Mahmud shayxni hazrat Amir Xudoyquli shayxga topshirib, Makkaga ketgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>. Bundan Xudoyquli shayx Abulhasan ishqiyning o\u02bbg\u02bbli emas, murididir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ishqiya tariqatida pirlik otadan o\u02bbg\u02bbilga o\u02bbtganligi aniqlangan. Shu jihatdan ham yassaviyaga yaqin turadi. Ishqiya tariqati haqidagi ilmiy izlanishlar asosan epigrafik manbalar asosida amalga oshirilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>. Genealogiyaga bag\u02bbishlangan yirik ensiklopedik asarda<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>\u00a0tasavvuf silsilalari orasida ishqiya hasab zanjiri: Mavlono Muhammadi Imlo Buxoriy, uning ustozi Bobo Xizr Abulhasan Ishqiy, uning ustozi Muhammad Nosir Ishqiy, uning ustozi Abdulloh Ishqiy, uning ustozi Jalol Ishqiy, uning ustozi Muhammad Poyanda Ishqiy, uning ustozi shayx Orif Ishqiy, uning ustozi Hakim Ishqiy, uning ustozi Muhammad Sodiq Ishqiy Langariy, uning ustozi Abul Hasan Xurd Ishqiy, uning ustozi shayx Muhammad Ilyos Ishqiy, uning ustozi Muhammad shayx Ishqiy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>, uning ustozi Xudoyquli Ishqiy, uning ustozi Abulhasan Ishqiy, Abu Yazid Ishqiy, uning ustozi Muxtoriddin Ishqiy, uning ustozi Quvomiddin Ishqiy, uning ustozi Najmiddin Bastomiy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>, uning ustozi shayx Muhammad Shoh Bastomiy, uning ustozi shayx Jamoliddin, uning ustozi Aziziddin Bastomiy, uning ustozi shayx Jamoliddin<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>, uning ustozi shayx Abdulloh Bastomiy, uning ustozi shayx Umar, uning ustozi shayx Abu Bakr, uning ustozi Ibrohim Kattoniy, uning ustozi shayx Abu Muso Dinovariy, uning ustozi Hubayra Basriy, uning ustozi shayx Abu Xuzayfa, uning ustozi Sulton Ibrohim Adham, uning ustozi Imom Muhammad Boqir, uning ustozi Imom Zaynulobidin, uning ustozi Imom Husayn<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>, uning ustozi Hazrat Ali<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>\u00a0(k.v) deb keltirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Silsilada nomi kelgan murshidlardan Muhammadi Imlo, Bobo Xizr Abul Hasan, Muhammad Sodiq Ishqiy Langariy (vaf. 1545), shayx Muhammad Ilyos (vaf. 1472), Muhammad shayx Ishqiy (vaf. 1451), Xudoyquli Ishqiy (vaf. 1419), Abulhasan Ishqiylar Movarounnahrda faoliyat olib borgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ishqiya tariqatining Movarounnahrda yoyilishiga katta xizmat qilgan Abulhasan Ishqiy va Xudoyquli shayx Amir Temur davrida yashagan. Shayx Xudoyquli avlodlarining Zarafshon vohasidagi faoliyatiga oid ma\u02bclumotlar juda kam. Tadqiqot davomida aniqlangan \u201cKashful mahjub va rashful matlub\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>\u00a0asari tariqat ta\u02bclimotiga nodir manbalardan biri hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imlo Buxoriy (1688-1748) Eron hukmdori Nodirshoh (1736-1747) Buxoroga (1740) bostirib kelganida, urushning oldini olish maqsadida shahar ulamolari bilan birga elchi bo\u02bblib boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imlo Buxoriy ishqiya tariqatidan tashqari naqshbandiya, yassaviya va kubroviya silsilalariga ham ulangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>B) Naqshbandiya.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamning silsilai ma\u02bcnaviylari Abu Bakr Siddiq orqali tasavvuf tariqati otasi shayx Yusuf Hamadoniygacha (1048-1140) yetib kelgach, uni muarrixlar \u201csilsilai Siddiqiya\u201d, deb yuritishgan. Shayx Abduxoliq G\u02bbijduvoniydan (1103-1179) Bahouddin Naqshbandgacha (1318-1389) yetib kelgan silsila \u201cxojagon-naqshbandiya\u201d, deyilgan, Xoja Ahror Valiydan (1404-1490) boshlab \u201cnaqshbandiya-ahroriya\u201d nomini olgan. Uning shogirdi Muhammad Qozi (vaf. 921\/1515), uning shogirdi Maxdum A\u02bczam Dahbediydan (1461-1542) boshlab naqshbandiya-ahroriya-dahbed (koson)iya silsilasi shakllangan bo\u02bblsa, sirhindlik Imom Ahmaddan (1564-1624) boshlab naqshbandiya-mujaddidiya silsilasi. Naqshbandiylikning XVIII asrning oxirlariga qadar shakllanib kelgan silsila (Musoxon xoja Dahbediy (vaf. 1776) orqali Movarounnahrga kirib kelgan) tarmog\u02bbi \u201cnaqshbandiya-mujaddidiya-dahbediya\u201d nomini oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imlo Buxoriyning naqshbandiylik silsilasida ustozi Podshoh Salim Balxiy, uning ustozi Xoja Avliyo, uning ustozi Xoja Majnun, Muhammad Mo\u02bbmin, Xoja Hoshim, Muhammad Amin, Xoja (Nosiriddin) Kalon, uning ustozi Muhammad Islom Juyboriy, Maxdumi A\u02bczam Dahbediy, Mavlono Muhammad Qozi, Xoja Ahror Valiy, Ya\u02bcqub Charxiy, Alouddin Attor va Bahouddin Naqshband orqali<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a>\u00a0Abu Bakr Siddiqqa (r.a.) yetgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Naqshbandiya silsilasi Maxdumi A\u02bczam Kosoniy-Dahbediydan Mavlono Xurd Balxiyga, undan Mulla Poyanda Axsagiyga, undan Oxund Mulla Satiyga, undan Oxund Sufi Nosir Buxoriyga, undan Oxund Mulla Kamolga yetgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Samarqand davlat universiteti qo\u02bblyozmalar fondida inv \u2116 823125 raqamli \u201cMajmua\u201dda Mulla Abdurahmon G\u02bbijduvoniyga yetib kelgan qodiriya<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn15\" name=\"_ftnref15\">[15]<\/a>, chishtiya<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn16\" name=\"_ftnref16\">[16]<\/a>, nashqbandiya<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn17\" name=\"_ftnref17\">[17]<\/a>\u00a0silsilalari qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Manbada naqshbandiya silsilasi Mulla Abdurahmon G\u02bbijduvoniyning ustozi Xoja Abdushahid Badaxshoniy, Niyoz shoh Ahmad, Mavlono Hakim shoh, Mavlono Shoh Azimatulloh, Mavlono Shoh Ibrohim Multoniy, Shoh Kalimatulloh Multoniy, Mavlono Ahmad, Mavlono Xoja Muhammad, Mavlono Xoja Shoh, Boqibilloh Dehlaviy orqali Bahouddin Naqshband, Xoja Abduxoliq G\u02bbijduvoniy, Xoja Yusuf Hamadoniy va Salmon Forsiy vositasida Abu Bakr Siddiqqa (r.a.) ulangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Zarafshon vohasida, shuningdek, butun Movarounnahr, Xuroson, Hindiston va boshqa Osiyo davlatlari hamda dunyoning ko\u02bbpgina hududlariga tarqalgan naqshbandiya silsilasining asosiy tarmog\u02bbi Boqibilloh Dehlaviy (1563-1603) orqali Hindistonga borgan silsila sirhindlik Imom Rabboniy nomi bilan mashhur bo\u02bblgan tariqat murshidi Ahmad Sirhindiydan taralgan. Silsilaning mazkur tarmog\u02bbi haqida manbalar<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn18\" name=\"_ftnref18\">[18]<\/a>\u00a0va tadqiqotlarda<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn19\" name=\"_ftnref19\">[19]<\/a>\u00a0yoritilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ahmad Sirhindiydan: Muhammad Ma\u02bcsum (1599-1668) vositasida Hoji Habibulloh (vaf. 1699) orqali Buxoroga kelgan; Xoja Muhammad Sa\u02bcid (1597-1660), Shayx Abdulahad, Shayx Muhammad Obid Jahonobodiy va Musoxon xoja Dahbediy orqali Samarqandga kelgan; Muhammad Ma\u02bcsum, Muhammad Sayfiddin, Nurmuhammad Badavoniy, Mirzo (Habibulloh) Mazhar Joni Jonon (1701-1780) (undan G\u02bbulom Ali Shohga, undan Shoh Ahmad Sa\u02bcidga, undan Mulla Qozi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn20\" name=\"_ftnref20\">[20]<\/a>ga), Hoji Abdulqayyum, shayx Muhammad Ali Qoratoshiy, Mir Muh(r)iddin shayx ibn Mir G\u02bbiyosiddin va Xudoyqul xalifa ibn Hasanbiy vositasida Samarqand va Toshkentga yoyildi; Muhammad Ma\u02bcsum, Xoja Muhammad Naqshband, Muhammad Ubaydulloh, Xoja Muhammad Porso, Shoh Muhammad Raso va Miyon Fazl Ahmad<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn21\" name=\"_ftnref21\">[21]<\/a>\u00a0orqali kelgan silsila Buxoro Mang\u02bbit hukmdor (Amir Shohmurod va Haydar)lar davrida nufuzi baland bo\u02bblgan. Miyon Fazl Ahmad orqali qodiriya<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn22\" name=\"_ftnref22\">[22]<\/a>\u00a0va chishtiya<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn23\" name=\"_ftnref23\">[23]<\/a>\u00a0silsilasi Buxoroga kirib keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hoji Habibulloh Buxoriy orqali (Shayx Xudoyquliga, undan Shayx Mulla Iyd Muhammadga, undan Shayx Mulla Idris Muhammadga, undan Oxunda Muhammad Niyozquliga, undan Jonmuhammad Sayidga, undan Muhammad Matlab Sayidga yetgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn24\" name=\"_ftnref24\">[24]<\/a>) Sufi Navro\u02bbz Shahrisabziyga, undan Sufi Ollohyorga, undan Sufi G\u02bboyibnaazar Miyonkoliyga, undan Muhammad Islom shayx Karruxiyga, undan Shayx Ne\u02bcmatullohga, undan Shayx Dorulomonga, undan Shayx Abul Hasanga, undan Shayx Abul Fath (Samarqanda)ga kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Silsila Musoxon xoja Dahbediyning shogirdi Muhammad Siddiq, uning shogirdi Muhammad Husayn orqali nafaqat Movarounnahr, balki, Osiyo va Yevroosiyo mamlakatlari bo\u02bbylab keng yoyilgan. Muhammad Husayndan keyingi asosiy silsila tarmog\u02bbi shogirdi va farzandi Abdusattor orqali shogirdi Mulla Muhammad Solih ibn Muhammad Rasul Sufi 1302\/1884 yilda Mulla Muhyiddin xojaga bergan irshod xatida<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn25\" name=\"_ftnref25\">[25]<\/a>\u00a0mazkur silsila batafsil keltirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abdusattordan (o\u02bbg\u02bbli va shogirdi) Eshmuhammadga, undan farzandi Ubaydullohga yetgan. Bu tarmoq Husayniya tarmog\u02bbi nomi bilan, ya\u02bcni naqshbandiya-mujaddidiya-dahbediya-husayniya, deb yuritilgan. Bu Muhammad Husayndan boshlangani<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn26\" name=\"_ftnref26\">[26]<\/a>\u00a0bilan izohlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhammad Jaloliddinning \u201cMukoshiful asror\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftn27\" name=\"_ftnref27\">[27]<\/a>\u00a0asarida Muhammad Husayn shogirdlari Badaxshon, Balx, Bulg\u02bbor, Darvoz, Kashmir, Kobul, Ko\u02bblob, Ko\u02bbhiston, Labirud, Rum, Turkmaniston, Xazor, Xitoy, Xo\u02bbjand, Sheroz, Qabadiyon, Qozon, Hisor, Qiziljar, qadimiy Movarounnahrdagi Andijon, Buxoro, Boysun, Vobkand, Dahbed, Jizzax, Jo\u02bbsh, Karmana, Kattaqo\u02bbrg\u02bbon, Marg\u02bbinon, Miyonkol, Metan, Namangan, Ofarinkent, Piskat, Samarqand, Sug\u02bbonch, Toshkent, Xorazm, Xuzor, Xo\u02bbqand, Chust, Qo\u02bbng\u02bbirot, G\u02bbijduvon kabi shahar-mavzelardan ekan qayd etilgan. Bunga ko\u02bbra bugungi O\u02bbzbekiston zaminidagi yigirma to\u02bbrt va Zarafshon vohasidagi o\u02bbn to\u02bbrtdan ortiq hudud qamrab olingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Zarafshon vohasida faoliyat olib borgan Mulla Abdurahmon G\u02bbijduvoniy hayoti va faoliyati to\u02bbg\u02bbrisidagi dastlabki ma\u02bclumot, uning uch silsilaga ulangani ko\u02bbrsatadi. Naqshbandiya silsilasining Movarounnahrdan Hindistonga borib, yangi tarmoq sifatida qaytib kelishi haqidagi yangi ilmiy mulohazalar o\u02bbrtaga chiqadi. Movarounnahrda naqshbandiya-mujaddidiya tariqati mutlaq ustuvor bo\u02bblmaganini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Mehrojiddin AMONOV<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori PhD<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Risolai sharif. Qo\u02bblyozma, fors tilida. IBXITM manbalar xazinasi inv. \u211652, 9<sup>b<\/sup>\u00a0varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Naqshbandiya: vazifalar, zikrlar. \u2013 T.: Hilol-Nashr, 2019. \u2013 B. 20.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Buzrukov M.J. Temuriylar davri Samarqand ilmiy-ma\u02bcnaviy muhitida tasavvuf namoyandalarining tutgan o\u02bbrni (XIV asr oxiri \u2013 XV asrning birinchi yarmi). Tarix fan.b.f.doktori ilmiy darjasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. \u2013 Samarqand, 2022. \u2013 B. 115.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Manoqibi ishqiya. SamDU fondi. Qo\u02bblyozma inv \u2116 \u2116 823483. \u2013 168<sup>b<\/sup>\u00a0varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Aminov B. Ishqiyya shayxlari geneologiyasi (XV-XVI asrlar epigrafik yodgorliklari asosida) \/\/ O\u02bbzbekistonda dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg\u02bbunligi. \u2013 Toshkent: ToshIU, 2009. \u2013 B. 308-312.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Abd al-Kadir ibn Muxammad Amin. Madjma al-ansab val ashdjar. Vvedeniye, perevod s arabskogo, persidskogo i tyurkskogo, kommentarii, podgotovka faksimile k izdaniyu Sh.X. Vaxidova, A.K. Muminova, B.B. Aminova. \u2013 Almat\u044b: Dayk-Press, 2005. \u2013 S. 40-41.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0Nosiriddin Buxoriyda bu ism keltirilmagan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u00a0Abdulqodir ibn Muhammad Amin bergan ansobda bu ism keltirilmagan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a>\u00a0Abdulqodir ibn Muhammad Amin bergan ansobda Kamoliddin tarzida berilgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a>\u00a0Abdulqodir ibn Muhammad Amin ansobida Hasan deb berilgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a>\u00a0Abd al-Kadir ibn Muxammad Amin. Madjma al-ansab val ashdjar. Vvedeniye, perevod s arabskogo, persidskogo i tyurkskogo, kommentarii, podgotovka faksimile k izdaniyu Sh.X. Vaxidova, A.K. Muminova, B.B. Aminova. \u2013 Almat\u044b: Dayk-Press, 2005. \u2013 S. 41.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a>\u00a0Asar muallifi Abu Bakr ibn Xoja Hoji. 802\/1399 yilda yozilgan. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot qo\u02bblyozmalar fondi inv \u2116 MR 283\/II. \u2013 24<sup>a<\/sup>-93<sup>b<\/sup>\u00a0<sup>\u00a0<\/sup>varaq (Manba haqida dissertatsiyaning 4.2. bo\u02bblimiga batafsil qarang).<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a>Mullo Abdulmutallib xo\u02bbja. Tazkirai Abdulmutallib xo\u02bbja Fahmiy. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi. Qo\u02bblyozma. Inv \u2116 2331\/III. 1277\/1860 yilda ko\u02bbchirilgan. 40<sup>a<\/sup>\u00a0varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref14\" name=\"_ftn14\">[14]<\/a>\u00a0Nosiriddin Buxoriy. Tuhfatuz zoyirin. \u2013 B. 92.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref15\" name=\"_ftn15\">[15]<\/a>\u00a0Silsilai qodiriya. Muallifi noma\u02bclum. SamDU qo\u02bblyozmalar fondi. Qo\u02bblyozma. inv \u2116 823125\/III. \u2013 145<sup>b<\/sup>-147<sup>a\u00a0<\/sup>varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref16\" name=\"_ftn16\">[16]<\/a>\u00a0Silsilai chishtiya. Muallifi noma\u02bclum. SamDU qo\u02bblyozmalar fondi. Qo\u02bblyozma. inv \u2116 823125\/IV. \u2013 147<sup>a<\/sup>-149<sup>a\u00a0<\/sup>varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref17\" name=\"_ftn17\">[17]<\/a>\u00a0Shajarai naqshbandiya. Muallifi noma\u02bclum. SamDU qo\u02bblyozmalar fondi. Qo\u02bblyozma. inv \u2116 823125\/V. \u2013 149<sup>b<\/sup>-151<sup>a\u00a0<\/sup>varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref18\" name=\"_ftn18\">[18]<\/a>\u00a0Muhammad Hoshim Kishimiy. Nasimatul quds min hadoiqul uns. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi inv. \u2116635.; Sayid Muhammad ibn Oxund qozi Kamol. Tuhfatul ahbob. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondi inv. \u21163756\/I.; Maqsud Dahbediy. Ravoyihul quds. Qo\u02bblyozma, fors tili, nasta\u02bcliq xatida. 1850 y. Kattayev K. shaxsiy kutubxonasida. \u21167.; Mirzo Maqsud Dahbediy. Mir\u02bcotus solikin. Qo\u02bblyozma. 1324\/1905. O\u02bbzFA SHI qo\u02bblyozmalar fondi. Inv. \u2116530.;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref19\" name=\"_ftn19\">[19]<\/a>\u00a0Kyugelgen A. Rassvet Nakshbandiya-Mujaddidiya \/\/ Sufizm v Sentralnoy Azii. \u2013 SPb, 2001. 275-330 s; Tosun N. T\u00fcrkitan dervi\u015flerinden yadigar. Orta Asya T\u00fcrk\u00e7esiyle Yaz\u0131lm\u0131\u015f Tasavvufi Eserlar. \u2013 Istanbul. \u0130nsan yay\u0131nlar\u0131, 2011. \u2013 198 s; Tosun N. Bhaedd\u0131n Nak\u015fbend: Hayat\u0131, G\u00f6r\u00fc\u015fler\u0131, Tarikat\u0131. \u2013 Istanbul: \u0130nsan yay\u0131nlar\u0131, 2002. \u2013 163 s.; Tosun N. Imam-\u0131 Rabban\u0131 Ahmed Sirhind\u0131: Hayat\u0131 Eserlari Tasavvufi G\u00f6r\u00fc\u015fler\u0131. \u2013 Istanbul: \u0130nsan yay\u0131nlar\u0131, 2005. \u2013 174 s; Tosun N. Alt\u0131n silsile. \u2013 Istanbul: Mega Bas\u0131m, 2016. \u2013 201 s.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref20\" name=\"_ftn20\">[20]<\/a>\u00a0Silsilai naqshbandiya. Qo\u02bblyozma. 1275\/1859. Buxoro davlat muzey qo\u02bbriqxonasi qo\u02bblyozmalar fondi. Inv \u2116 11475\/II. \u2013 B. 1 varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref21\" name=\"_ftn21\">[21]<\/a>\u00a0Silsilai sharif Hazrat Naqshbandiya. IBXITM qo\u02bblyozmalar fondi. Qo\u02bblyozma inv \u2116464\/1 1<sup>b<\/sup>-2<sup>a\u00a0<\/sup>varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref22\" name=\"_ftn22\">[22]<\/a>\u00a0Silsilai sharif. IBXITM qo\u02bblyozmalar fondi. Qo\u02bblyozma inv \u2116464\/I 2<sup>b<\/sup>-3<sup>a\u00a0<\/sup>varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref23\" name=\"_ftn23\">[23]<\/a>\u00a0Silsilai sharif. IBXITM qo\u02bblyozmalar fondi. Qo\u02bblyozma inv \u2116464\/I 3<sup>b<\/sup>-4<sup>a\u00a0<\/sup>varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref24\" name=\"_ftn24\">[24]<\/a>\u00a0Bayon nisbat tariq Hazrat xojagon naqshbandiya. Qo\u02bblyozma. Xorazm Ichanqal\u02bca muzey qo\u02bbriqxonasi qo\u02bblyozmalar fondi. Inv \u21162130. 31X53 sm. 1 varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref25\" name=\"_ftn25\">[25]<\/a>\u00a0Silsilai naqshbandiya. Qo\u02bblyozma. 1302\/1884. Buxoro davlat muzey qo\u02bbriqxonasi qo\u02bblyozmalar fondi. Inv \u2116 13101\/II. \u2013 B. 1 varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref26\" name=\"_ftn26\">[26]<\/a>\u00a0Kattayev K. Domlo Kamolning a\u02bcliya tariqatida o\u02bbrni hamda yurtimizning oxirgi mashhur murshidlari [Matn] \u2013 Toshkent: \u201cQamar-media\u201d nashriyoti, 2020. \u2013 B. 36-37 b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27321#_ftnref27\" name=\"_ftn27\">[27]<\/a>\u00a0O\u02bbzRFA SHI qo\u02bblyozmalar fondi. Qo\u02bblyozma inv \u21162085.<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Zarafshon vohasi tarixiy davrlar davomida shakllangan. Uning taraqqiy etishi Zarafshon daryosi va uning irmoqlari bilan uzviy bog\u02bbliqdir. XV-XIX asrlarda Zarafshon vohasida faoliyat ko\u02bbrsatgan ishqiya, kubroviya, naqshbandiya, yassaviya \u2013 suhravardiya, qodiriya-ne\u02bcmatullohiya, chishtiya kabi tariqatlarga nisbatan keng hudud bo\u02bbylab yoyilgan. Tariqat silsilasi xulafoi roshidun yoki choriyorlardan biri orqali Muhammad sollallohu alayhi vasallamga borib ulanadi. Silsila bilan bog\u02bbliq &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":27322,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF SILSILALARI (XV-XIX asrlar) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF SILSILALARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF SILSILALARI (XV-XIX asrlar) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF SILSILALARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-03-24T12:05:17+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-03-24T13:21:33+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_59.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&lang=oz\",\"name\":\"ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF SILSILALARI (XV-XIX asrlar) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_59.jpg\",\"datePublished\":\"2023-03-24T12:05:17+00:00\",\"dateModified\":\"2023-03-24T13:21:33+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF SILSILALARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_59.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_59.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF SILSILALARI (XV-XIX asrlar)\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF SILSILALARI (XV-XIX asrlar) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF SILSILALARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF SILSILALARI (XV-XIX asrlar) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF SILSILALARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-03-24T12:05:17+00:00","article_modified_time":"2023-03-24T13:21:33+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_59.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&lang=oz","name":"ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF SILSILALARI (XV-XIX asrlar) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_59.jpg","datePublished":"2023-03-24T12:05:17+00:00","dateModified":"2023-03-24T13:21:33+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF SILSILALARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_59.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_59.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27324&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF SILSILALARI (XV-XIX asrlar)"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27324"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=27324"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27324\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27343,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27324\/revisions\/27343"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/27322"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=27324"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=27324"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=27324"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}