{"id":27128,"date":"2023-03-30T11:15:29","date_gmt":"2023-03-30T06:15:29","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27128"},"modified":"2023-03-30T11:23:54","modified_gmt":"2023-03-30T06:23:54","slug":"hizbut-tahrir-da%ca%bcvolariga-raddiyalar-xalifalik-borasida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cHIZBUT TAHRIR\u201d DA\u02bcVOLARIGA RADDIYALAR (Xalifalik borasida)"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bugungi kunda o\u02bbzlarini ahli sunna val jamoa tarkibida deb da\u02bcvo qilib, islom davlatini barpo etishga va islom dini aqidasiga zid ishlarga da\u02bcvat etayotgan \u201cHizbut tahrir\u201d oqimi va uning domiga tushib qolganlarda atrofidagilarga nisbatan nafrat tuyg\u02bbusi shakllanib qolgan. Ular boshqalarni islomga, imon-e\u02bctiqodga chaqirishadi-yu, ammo qalblarida o\u02bbzi va\u02bcz qilayotganlarga nisbatan nafratni saqlaydi. Ularning xatti-harakatlari, da\u02bcvolari va e\u02bctiqodi ahli sunna val jamoa manhajiga xilof bo\u02bblib, maqsadlari musulmonlarga yaxshilik emas, aksincha ular orasida turli tafriqa va ziddiyatlarni keltirib chiqarish ekanligi ko\u02bbpchilikka ma\u02bclum bo\u02bblib turibdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cHizb\u201d arabcha \u201cpartiya\u201d, \u201ctahrir\u201d \u201cozodlik\u201d ma\u02bcnolarini anglatadi. Vaqtida Falastin ozodligi da\u02bcvosida bu firqa tuzilgan. Keyin asosiy maqsad bir chetda qolib, olamshumul xayoliy g\u02bboyani, ya\u02bcni xalifalik qurish dastak qilib olingan. Qaysidir ma\u02bcnoda u kommunizm g\u02bboyasiga o\u02bbxshaydi. Bu g\u02bboya targ\u02bbibotchilari bir vaqtlar \u201ckommunizm jannatga o\u02bbxshash bir hayot, hech bir muammo bo\u02bblmaydi\u201d, deyishardi. Albatta, bu uydirmadan boshqa narsa emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hozirgi paytga kelib \u201cHizbut tahrir\u201d va unga o\u02bbxshagan boshqa buzg\u02bbunchi tashkilotlar o\u02bbzlarining islomga zid bo\u02bblgan vayronkor g\u02bboyalarini tarqatish va yoshlarni tuzoqqa ilintirish yo\u02bblida internetdagi ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanmoqda. Ular islomga zid da\u02bcvolari, ahli sunna aqidasiga to\u02bbg\u02bbri kelmaydigan qarashlari va o\u02bbz g\u02bboyalarini islom shiorlari bilan niqoblab, ijtimoiy tarmoqlarda chiroyli suratda ma\u02bcruza qilish orqali ayrim ilmsiz kishilarni o\u02bbz domiga tortib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Avvalambor shuni aytish kerakki, Qur\u02bconi karimda \u201cDinni barpo qilingiz va unda firqa-firqaga bo\u02bblinmangiz!\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27124#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>\u00a0degan hukm bor. Ahli sunna val jamoadan ajralib chiqib, boshqa oqimlar yo\u02bbliga kirish hech kimga foyda keltirgan emas, aksincha faqat zarar keltiradi. Agar siz, 10-15 yil avval shu yo\u02bblga kirgan, bilim va tushunchasi, hayot tajribasi to\u02bblishgan kishilar bilan hamsuhbat bo\u02bblsangiz, bu xayoliy narsa ekanini, shu narsaga undagan da\u02bcvatchilar esa, boshingga ish tushsa, kuningga yaramasligini, mudom parda ortida turishini aytadi. Shuni alohida ta\u02bckidlash kerakki, so\u02bbnggi yillarda bu haqiqatni anglab yetib, \u201cHizbut tahrir\u201ddan qaytayotgan kishilar ko\u02bbpaydi. Ularning aksariyati boshi berk ko\u02bbchaga kirib qolganiga iqror bo\u02bblishmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo\u02bblsinki, siz bu islom ummatini xatokor, adashgan, dinda chuqur ketgan holatda hech qachon ko\u02bbrmaysiz. Ummat orasidan mabodo birortasi shunday holatga tushsa ham, Alloh taolo bunday adashgan musulmonlarni o\u02bbz fazlu inoyati bilan zalolat \u2013 xato yo\u02bbldan qaytarib, ularga hidoyat \u2013 to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblni ko\u02bbrsatadigan zabardast ulamolarni ham chiqarib qo\u02bbydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Biz ham hizbut tahrirning maqsadlarini musulmon birodarlarimizga yanada ochiqroq anglatish uchun quyida bu oqimning islom diniga, ochiqdan ochiq Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislariga zid da\u02bcvolarini keltirib o\u02bbtishni maqsadga muvofiq deb topdik. Shoyad ayrim adashgan kimsalar bu oqimlarning asl maqsadlarini anglab yetsalar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cHizbut tahrir\u201d xalifalik davlati o\u02bbrnatishni da\u02bcvo qilishadi. Bu g\u02bboya ularning asosiy maqsadidir. Aslida musulmonlarga xalifalikni tiklash vojibligiga dalolat qiluvchi biron oyat ham, hadis ham mavjud emas. Aksincha, barcha shar\u02bciy dalillar tahlil qilinsa, bu da\u02bcvo islom shariatiga zid ekanligi ma\u02bclum bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ma\u02bclumki, islom dini avvalida musulmonlar jamiyatining boshqaruvi bevosita payg\u02bbambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam boshqaruvlarida bo\u02bblgan. U zot vafotlaridan so\u02bbng, musulmonlar jamiyati xalifalar boshqaruviga o\u02bbtdi. Keyinchalik islom sarhadlari kengayib, xalifalik ham turli hududlarga bo\u02bblinib ketdi va alaloqibat musulmon o\u02bblkalarida nomi xalifalik, boshqaruv tuzumi mulkchilikka, ma\u02bclum bir hududlarga asoslangan podshohliklar vujudga keldi. Ular rasman xalifalik deb nomlansa-da, aslida davlat boshqaruvi podshohlik tuzumi edi. Vaqtlar o\u02bbtishi bilan u davlatlar xalifalik deb atalmay, o\u02bbz nomi bilan podshohlik, sultonlik deb yuritila boshlandi. Aslida ham shunday bo\u02bblishi kerak edi. Chunki, aytib o\u02bbtganimizdek, u davlatlardan faqat xalifalik degan nomi qolgan edi, xolos.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Har bir tuzum va har bir jamiyatda bo\u02bblgani kabi keyinchalik bunday davlat boshqaruvlaridan norozi bo\u02bbladiganlar paydo bo\u02bbla boshladi. Ular o\u02bbz noroziliklarini jamiyatda xalifalik boshqaruvini joriy qilish g\u02bboyasi asosida izhor qilishdi, hatto bu g\u02bboya ortiga o\u02bbzlarini g\u02bbarazli maqsadlarini yashirishdi. Ular Islom tarixini eng gullab yashnagan davri xalifalik boshqaruvini yana amalda qayta joriy qilish va shu orqali go\u02bbyoki musulmonlarni yagona bir davlatga birlashtirib, qudratli xalifalik davlati tuzish da\u02bcvolari ostida turli xil fitnali harakatlar, urush va xunrezliklarni amalga oshirdi. Bu da\u02bcvo ostida qanchadan-qancha begunoh insonlar qoni, xossatan tinch aholi, bolalar, ayollar, qariyalar qoni to\u02bbkildi, musulmon xalqlari yashaydigan obod o\u02bblkalar vayron bo\u02bbldi. Bunga yaqin o\u02bbtmish ham guvoh. Shaxsiyati noma\u02bclum bir guruh kimsalar tomonidan xalifalik boshqaruviga qaytish da\u02bcvolari, shuni sabab qilib jihodga chorlash, internet sahifalarida hozir ham tez-tez ko\u02bbzga tashlanib turadi. Holbuki, xalifalik va u davrga qaytish da\u02bcvolari ayrim toifalarning hokimiyatni egallash yo\u02bblidagi asosiy g\u02bboyaviy quroliga aylanib ulgurgan. Ularning bu da\u02bcvolariga qarshi chiqqan har qanday kishi, hatto islom dinining zabardast ulamolari ham hech ikkilanmasdan kofirga chiqarilib, imkon topilganlari o\u02bbldirildi. Holat bu ummatning olimlari, hatto ayollari va bolalari o\u02bbldirilish darajasigacha yetib kelgan bo\u02bblsa-da, hali- hanuz ularning tuzog\u02bbiga tushayotganlar topilmoqda. Holat shu darajaga kelgan bo\u02bblsa-da hali hanuz xalifalik masalasi islom diniga e\u02bctiqod qiluvchi musulmon xalqlari orasidagi ayrim johil kimsalar uchun bahsli masalalardan biri bo\u02bblib qolmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cXilofa, xalifa\u201d \u2013\u00a0<strong>(\u0627\u0644\u062e\u0644\u0627\u0641\u0629)<\/strong>\u00a0so\u02bbzi lug\u02bbatda \u201co\u02bbrinbosar\u201d ma\u02bcnosini anglatadi. Ushbu so\u02bbz Qur\u02bconi karimda quyidagi oyatlarda kelgan:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f\u0648\u064e\u0625\u0650\u0630\u06e1 \u0642\u064e\u0627\u0644\u064e \u0631\u064e\u0628\u0651\u064f\u0643\u064e \u0644\u0650\u0644\u06e1\u0645\u064e\u0644\u064e\u0670\u0653\u0626\u0650\u0643\u064e\u0629\u0650 \u0625\u0650\u0646\u0651\u0650\u064a \u062c\u064e\u0627\u0639\u0650\u0644\u065e \u0641\u0650\u064a \u0671\u0644\u06e1\u0623\u064e\u0631\u06e1\u0636\u0650 \u062e\u064e\u0644\u0650\u064a\u0641\u064e\u0629\u0657\u06d6 \u0642\u064e\u0627\u0644\u064f\u0648\u0653\u0627\u0652 \u0623\u064e\u062a\u064e\u062c\u06e1\u0639\u064e\u0644\u064f \u0641\u0650\u064a\u0647\u064e\u0627 \u0645\u064e\u0646 \u064a\u064f\u0641\u06e1\u0633\u0650\u062f\u064f \u0641\u0650\u064a\u0647\u064e\u0627 \u0648\u064e\u064a\u064e\u0633\u06e1\u0641\u0650\u0643\u064f \u0671\u0644\u062f\u0651\u0650\u0645\u064e\u0627\u0653\u0621\u064e \u0648\u064e\u0646\u064e\u062d\u06e1\u0646\u064f \u0646\u064f\u0633\u064e\u0628\u0651\u0650\u062d\u064f \u0628\u0650\u062d\u064e\u0645\u06e1\u062f\u0650\u0643\u064e \u0648\u064e\u0646\u064f\u0642\u064e\u062f\u0651\u0650\u0633\u064f \u0644\u064e\u0643\u064e\u06d6 \u0642\u064e\u0627\u0644\u064e \u0625\u0650\u0646\u0651\u0650\u064a\u0653 \u0623\u064e\u0639\u06e1\u0644\u064e\u0645\u064f \u0645\u064e\u0627 \u0644\u064e\u0627 \u062a\u064e\u0639\u06e1\u0644\u064e\u0645\u064f\u0648\u0646\u064e\u0663\u0660\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Eslang, (Ey, Muhammad,) Rabbingiz farishtalarga: \u201cMen yerda xalifa (Odam) yaratmoqchiman\u201d, \u2013 deganida, (ular) aytdilar: \u201cUnda (Yerda) buzg\u02bbunchilik qiladigan, (nohaq ravishda) qonlar to\u02bbkadigan kimsani yaratmoqchimisan? Holbuki, biz Senga hamding bilan tasbehlar aytamiz va Seni muqaddas deb bilamiz. (Alloh) aytdi: \u201cMen sizlar bilmagan narsani bilaman\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27124#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f\u064a\u064e\u0670\u062f\u064e\u0627\u0648\u064f\u06e5\u062f\u064f \u0625\u0650\u0646\u0651\u064e\u0627 \u062c\u064e\u0639\u064e\u0644\u06e1\u0646\u064e\u0670\u0643\u064e \u062e\u064e\u0644\u0650\u064a\u0641\u064e\u0629\u0657 \u0641\u0650\u064a \u0671\u0644\u06e1\u0623\u064e\u0631\u06e1\u0636\u0650 \u0641\u064e\u0671\u062d\u06e1\u0643\u064f\u0645 \u0628\u064e\u064a\u06e1\u0646\u064e \u0671\u0644\u0646\u0651\u064e\u0627\u0633\u0650 \u0628\u0650\u0671\u0644\u06e1\u062d\u064e\u0642\u0651\u0650 \u0648\u064e\u0644\u064e\u0627 \u062a\u064e\u062a\u0651\u064e\u0628\u0650\u0639\u0650 \u0671\u0644\u06e1\u0647\u064e\u0648\u064e\u0649\u0670 \u0641\u064e\u064a\u064f\u0636\u0650\u0644\u0651\u064e\u0643\u064e \u0639\u064e\u0646 \u0633\u064e\u0628\u0650\u064a\u0644\u0650 \u0671\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u0650\u06da \u0625\u0650\u0646\u0651\u064e \u0671\u0644\u0651\u064e\u0630\u0650\u064a\u0646\u064e \u064a\u064e\u0636\u0650\u0644\u0651\u064f\u0648\u0646\u064e \u0639\u064e\u0646 \u0633\u064e\u0628\u0650\u064a\u0644\u0650 \u0671\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u0650 \u0644\u064e\u0647\u064f\u0645\u06e1 \u0639\u064e\u0630\u064e\u0627\u0628\u065e \u0634\u064e\u062f\u0650\u064a\u062f\u064f\u06e2 \u0628\u0650\u0645\u064e\u0627 \u0646\u064e\u0633\u064f\u0648\u0627\u0652 \u064a\u064e\u0648\u06e1\u0645\u064e \u0671\u0644\u06e1\u062d\u0650\u0633\u064e\u0627\u0628\u0650\u0662\u0666\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ey, Dovud! Darhaqiqat Biz seni yerda xalifa qildik. Bas, sen (nafsu) havoga ergashib ketmagin! Aks holda, u seni Allohning yo\u02bblidan ozdirur. Albatta, Alloh yo\u02bblidan ozadigan kimsalar uchun hisob kunini unutib qo\u02bbyganlari sababli qattiq azob bordir<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27124#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ushbu suralardagi oyatlar mazmunidan kelib chiqib, xalifa o\u02bbz nafsini jilovlay olgan, yer yuzida buzg\u02bbunchilikni har qanday ko\u02bbrinishiga va nohaq qon to\u02bbkishga mutlaqo qarshi bo\u02bblgan kishi, deb ham ta\u02bcvil qilish mumkin. Demak, xalifa avvalo o\u02bbzini taqvodorligi bilan xalq orasida tanilgan, Alloh taoloning roziligi yo\u02bblida yer yuzini isloh etadigan, adolat va haqiqat bilan hukm yurgizadigan, xalqlar orasida ezgulikni tarqatadigan kishidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Amalda esa bu so\u02bbz Muhammad sollallohu alayhi va sallam vafotlaridan so\u02bbng u zotning o\u02bbrniga din va dunyo ishlarini boshqarish uchun saylangan kishiga nisbatan aytiladi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27124#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xalifalikka saylanish uchun quyidagi shartlar topilishi lozim bo\u02bblgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27124#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>: ilm, adolat, xalqni himoya qilish va dushmanga qarshi turishga qodirlik, ham jismonan, ham ma\u02bcnan sog\u02bblomlik, Quraysh qabilasidan bo\u02bblish<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27124#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>. Xalifalikka kelish yuqorida ko\u02bbrsatilgan shartlar bilan bir qatorda omma tomonidan saylanish va bay\u02bcat qilish orqali amalga oshirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Safina roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni: \u201cMendan so\u02bbng xalifalik o\u02bbttiz yildir. Undan keyin podshohliklar bo\u02bbladi\u201d, deb aytayotganlarini eshitdim. Abu Bakr xalifaligi ikki yil, Umarning xalifaligi o\u02bbn yil, Usmon roziyallohu anhuning xalifaligi o\u02bbn ikki yil va Ali roziyallohu anhuning xalifaligi olti yil davom etdi, dedi. Roviylar sanadidagi Ali ibn Ja\u02bcd: Hammod ibn Salamadan: Oxirgi so\u02bbzni Safina aytganmi? deb so\u02bbradim, dedi. Hammod: Ha, deb javob berdi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27124#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hadisda Rasuli akram sollallohu alayhi va sallam o\u02bbzlaridan so\u02bbng musulmonlarda davlat boshqaruvi xalifalik ko\u02bbrinishida o\u02bbttiz yil davom etishi, undan so\u02bbng xalifalik boshqaruvi tugab boshqaruv podshohlik shaklida bo\u02bblishi ta\u02bckidlamoqda hamda davlat tuzumi o\u02bbsha tuzumda bo\u02bblishi ma\u02bcqul ekanligiga ishora qilmoqda. Biz e\u02bctibor qilishimiz lozim bo\u02bblgan yana bir jihat mavjud bo\u02bblib, u bugungi kunda xalifalik davlatini qurishni da\u02bcvo qilayotgan kimsalardir. Ularning bu so\u02bbzlari ushbu hadisga nomuvofiq, aksincha Rasululloh so\u02bbzlariga qarshi so\u02bbzdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu yerda rostgo\u02bbylarni eng rostgo\u02bbyrog\u02bbi bo\u02bblgan Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi va sallam \u201cmendan keyin xalifalik o\u02bbttiz yil\u201d, ya\u02bcni undan so\u02bbng hech qanaqa xalifalik bo\u02bblmaydi, deb \u201cyolg\u02bbon\u201d gapirdilarmi yoki xalifalik quramiz deb musulmonlarning qo\u02bbynini puch yong\u02bboqqa to\u02bbldirayotganlarni da\u02bcvosi botilmi? O\u02bbz-o\u02bbzidan ma\u02bclumki, payg\u02bbambarimiz hech qachon yolg\u02bbon so\u02bbzlamagan. Ammo shunday bo\u02bblsa-da bu da\u02bcvoni ko\u02bbtarib chiqayotgan, ta\u02bcbir joiz bo\u02bblsa, Payg\u02bbambarimizni yuqorida aytgan so\u02bbzlarini inkor qilib, u zotni yolg\u02bbonchiga chiqarayotgan kimsalarga ergashayotganlar ham topilib turibdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cHizbut tahrir\u201d partiyasini vujudga kelishidagi yana bir nozik nuqtani diqqat bilan ko\u02bbrib chiqamiz. \u201cHizbut tahrir\u201d partiyasining asoschisi Taqiyuddin Nabahoniy (1909-1979) sotsiolog olim bo\u02bblganligini, \u201cHizbut tahrir\u201d partiyasi esa diniy emas, siyosiy tashkilot ekanligini ham alohida e\u02bctiborga olishimiz kerak. Ma\u02bclumki, sotsializm ta\u02bclimotida feodalizm (yoki kapitalizm)dan sotsializmga, sotsializmdan kommunizmga, ya\u02bcni ikki bosqichdan so\u02bbng kommunizm tuzumiga o\u02bbtish g\u02bboyasi mavjud. Karl Marks va Fridrix Engels g\u02bboyalari ta\u02bcsirida ulg\u02bbaygan Nabahoniy ularning g\u02bboyasini o\u02bbzi tug\u02bbilib o\u02bbsgan xalqlar orasida targ\u02bbib etmoqchi bo\u02bbladi. Ammo arablar dahriylikka asoslangan kommunistik mafkurani qabul qilmasligini yaxshi bilgani uchun uni islom diniga moslashtirishga harakat qiladi, qisman buni uddasidan chiqadi, desak yanglishmaymiz. Agar taqqoslab ko\u02bbrsak, sotsializm targ\u02bbibotchilari, yuqorida aytib o\u02bbtganimizdek, ikki bosqichdan so\u02bbng xalqlarni kommunizmga yetkazish g\u02bboyasini ishlab chiqqan. Nabahoniy esa mazkur hadisda aytilgan \u201cikki podshohlik\u201dni o\u02bbz maqsadi yo\u02bblida ta\u02bcvil qilib, sotsialistlarning g\u02bboyasiga moslashtiradi va ularning ta\u02bclimotidagi \u201ckommunizm qurish\u201dni \u201cxalifalik qurish\u201d deya talqin qilgan. Karl Marks va Fridrix Engels g\u02bboyasi puch g\u02bboyalardan iborat ekanligi, kommunizm qurish shunchaki cho\u02bbpchak ekanligini vaqt ko\u02bbrsatib berdi. Muxtasar qilganda, \u201ccho\u02bbpchak\u201d ta\u02bcsiridan vujudga kelgan hizbchilarning bu g\u02bboyasiga ergashish ham sahroda sarobga intilish bilan barobardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom tarixida bo\u02bblgan xavorijlar va undan boshqa adashgan oqimlarda bo\u02bblgani kabi hozirgi davrda ham xalifalik da\u02bcvosini ko\u02bbtarib chiqayotgan adashgan oqimlarning asl maqsadlari musulmonlar manfaatidan boshqa narsa ekanligini dunyoning nufuzli ulamolari ta\u02bckidlashmoqda. Har bir mo\u02bbmin musulmon kishi ularning botil da\u02bcvolaridan ogoh bo\u02bblib, o\u02bbzi va mas\u02bcul bo\u02bblganlarini bunday kimsalar aldoviga ilinib, noto\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga kirib qolishdan saqlash choralarini ko\u02bbrishi bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27124#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Sho\u02bbro surasi. 13-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27124#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Baqara surasi. 30-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27124#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Sod surasi. 26-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27124#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>Vahba az-Zuhayliy. Fiqhu-l-islomiyi va adillatuhu. Dorul-fikr. Damashq. 8-juz. \u2013B 468.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27124#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>Imom Sa\u02bcduddin at-Taftazoniy so\u02bbzi. Muhammad Rashid ibn ali Rizo. Majallatu-l-minor. 27-juz. \u2013B 208. \/ Arshifu multaqo ahlil-hadis. 3-juz. \u2013B 337.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27124#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>Xalifalikka nomzod quraysh qabilasidan bo\u02bblishi kerakligi hadis bilan dalillangan. Ammo ulamolar bu hadisni sahih emas, deyishadi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27124#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>Abu Hotim Muhammad ibn Hibbon. Sahih ibn Hibbon bi tartibi Ibn Bulbon. 15-juz. \u2013B 392. 6943-hadis. Sanadi hasan hadis, Imom Zohid Abu Is\u02bchoq Saffor Buxoriy. Talxiysul adilla liqvoidit tavhid. Al-Maktabatul azhariyya. 2016. B.756.<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>T.Evadullayev, N.Qobilov<br \/>\n<\/strong><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27124#_ftnref1\" name=\"_ftn1\"><\/a><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/09\/Xalifalikka_raddiyalar.pdf\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Maqola PDF formatda<\/a><\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/09\/Xalifalikka_Raddiyalar.docx\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Maqola Word formatda<\/strong><\/a><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda o\u02bbzlarini ahli sunna val jamoa tarkibida deb da\u02bcvo qilib, islom davlatini barpo etishga va islom dini aqidasiga zid ishlarga da\u02bcvat etayotgan \u201cHizbut tahrir\u201d oqimi va uning domiga tushib qolganlarda atrofidagilarga nisbatan nafrat tuyg\u02bbusi shakllanib qolgan. Ular boshqalarni islomga, imon-e\u02bctiqodga chaqirishadi-yu, ammo qalblarida o\u02bbzi va\u02bcz qilayotganlarga nisbatan nafratni saqlaydi. Ularning xatti-harakatlari, da\u02bcvolari va e\u02bctiqodi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":27125,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cHIZBUT TAHRIR\u201d DA\u02bcVOLARIGA RADDIYALAR (Xalifalik borasida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u201cHIZBUT TAHRIR\u201d DA\u02bcVOLARIGA RADDIYALAR (Xalifalik borasida)\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cHIZBUT TAHRIR\u201d DA\u02bcVOLARIGA RADDIYALAR (Xalifalik borasida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u201cHIZBUT TAHRIR\u201d DA\u02bcVOLARIGA RADDIYALAR (Xalifalik borasida)\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-03-30T06:15:29+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-03-30T06:23:54+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_51.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&lang=oz\",\"name\":\"\u201cHIZBUT TAHRIR\u201d DA\u02bcVOLARIGA RADDIYALAR (Xalifalik borasida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_51.jpg\",\"datePublished\":\"2023-03-30T06:15:29+00:00\",\"dateModified\":\"2023-03-30T06:23:54+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u201cHIZBUT TAHRIR\u201d DA\u02bcVOLARIGA RADDIYALAR (Xalifalik borasida)\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_51.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_51.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cHIZBUT TAHRIR\u201d DA\u02bcVOLARIGA RADDIYALAR (Xalifalik borasida)\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cHIZBUT TAHRIR\u201d DA\u02bcVOLARIGA RADDIYALAR (Xalifalik borasida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u201cHIZBUT TAHRIR\u201d DA\u02bcVOLARIGA RADDIYALAR (Xalifalik borasida)","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cHIZBUT TAHRIR\u201d DA\u02bcVOLARIGA RADDIYALAR (Xalifalik borasida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u201cHIZBUT TAHRIR\u201d DA\u02bcVOLARIGA RADDIYALAR (Xalifalik borasida)","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-03-30T06:15:29+00:00","article_modified_time":"2023-03-30T06:23:54+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_51.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&lang=oz","name":"\u201cHIZBUT TAHRIR\u201d DA\u02bcVOLARIGA RADDIYALAR (Xalifalik borasida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_51.jpg","datePublished":"2023-03-30T06:15:29+00:00","dateModified":"2023-03-30T06:23:54+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u201cHIZBUT TAHRIR\u201d DA\u02bcVOLARIGA RADDIYALAR (Xalifalik borasida)","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_51.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_51.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=27128&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cHIZBUT TAHRIR\u201d DA\u02bcVOLARIGA RADDIYALAR (Xalifalik borasida)"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27128"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=27128"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27128\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27469,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/27128\/revisions\/27469"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/27125"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=27128"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=27128"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=27128"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}