{"id":26927,"date":"2023-03-01T10:48:00","date_gmt":"2023-03-01T05:48:00","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26927"},"modified":"2023-03-01T10:48:33","modified_gmt":"2023-03-01T05:48:33","slug":"sharq-allomalarining-ilmiy-merosi-bebaho-ma%ca%bcnaviy-boylik-sifatida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&lang=oz","title":{"rendered":"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI \u2014 BEBAHO MA\u02bcNAVIY BOYLIK SIFATIDA"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tarixiy ildizlari uch ming yildan chuqurroq qadimiyatga borib taqaluvchi o\u02bbzbek davlatchiligi ko\u02bbp marotaba yuksalishlar va evrilishlar davrini boshdan kechirgan. Eng qadimgi davlat uyushmalarining shakllanishi natijasida taraqqiy topgan davlatlarning vujudga kelishi, bu davlatlarning G\u02bbarb va Sharq mamlakatlari bilan \u201cBuyuk Ipak yo\u02bbli\u201d orqali olib borgan aloqalari samarasi o\u02bblaroq Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining gurkirab rivojlanishi omillari ilm-fan ahlini ko\u02bbpdan beri qiziqtirib keladi. Markaziy Osiyo, shu jumladan O\u02bbzbekiston insoniyat sivilizatsiyasi qaror topgan mintaqalardan biri sifatida o\u02bbz o\u02bbrni va salohiyatiga ega hudud sanaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qadimgi Turonda ilmiy, ruhiy va ma\u02bcnaviy quvvat shu darajada kuchli ediki, buni turli bosqinlar, tajovuzlar, yovuzliklar yo\u02bbq qila olmadi. Ana shunday sharoitda ham ajdodlarimiz tarixan shakllangan boy madaniy-ma\u02bcnaviy va ilmiy merosni milliy qadriyat va urf-odatlarni saqlab qolganlar va uni yanada boyitib rivojlantirganlar. O\u02bbtmish tariximiz sahifalariga nazar tashlasak, buyuk ajdodlarimiz nafaqat xalqimiz, balki butun dunyo mamlakatlari tamaddunini o\u02bbrgangan va ularning tarixi va madaniyatiga hurmat va ehtirom bilan o\u02bbz munosabatlarini yozib qoldirgan asarlari bizgacha yetib kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Demak, ilm-fan va madaniyat rivoji xalq tanlamaydi, balki xalqlarning o\u02bbzaro hamjihatligini ta\u02bcminlashda muhim tarbiyaviy omil vazifasini o\u02bbtaydi. Islom dinining Markaziy Osiyo mintaqasida, umuman, jahon miqyosida taraqqiy qilishiga vatandoshlarimiz beqiyos hissa qo\u02bbshganlar. Markaziy Osiyo xalqlari islom dinining nazariy jihatdan rivojlanishi va hayot ehtiyojlari asosida takomillashuviga salmoqli ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan allomalarimiz Imom al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg\u02bbinoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro va Bahovuddin Naqshband kabi mutafakkirlarni eslash kifoyadir. Ularning nomlari butun islom dunyosida chuqur hurmat bilan tilga olinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom al-Buxoriyning to\u02bbliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug\u02bbiyra ibn Ardazbh al-Juafiy al-Buxoriydir. Imom al-Buxoriydan islom olamida juda qadrlanadigan \u201cAl-jome\u02bc as- sahih\u201d, \u201cAt-tarix\u201d nomli asarlar meros bo\u02bblib qolgan. Imom al-Buxoriyning xalqimiz madaniy hayoti tarixidagi xizmatlari shundan iboratki, u faqat hadislar to\u02bbplash bilan cheklanib qolmagan, balki o\u02bbz davrida odamlar orasida mehr-muhabbat, saxiylik, ochiqqo\u02bbllik, ota-ona, ayollar va kattalarga hurmat, yetim-yesirlarga muruvvat, faqir-bechoralarga himmat, Vatanga muhabbat, halollik va mehnatsevarlik kabi fazilatlarni qaror toptirishga oid yo\u02bbl-yo\u02bbriqlar va o\u02bbgitlar ham ishlab chiqqan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom dini taraqqiyotiga katta hissa qo\u02bbshgan yana bir ulug\u02bb ajdodimiz, samarqandlik alloma, kalom ilmining asoschilaridan biri, musulmon olamidagi eng yirik sunniylik kalom maktabi \u2013 moturidiylik asoschisi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad al-Hanafiy al-Moturidiydir (870\u2013 944). O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2000 yilda Moturidiy tavalludining 1130 yilligi keng nishonlandi. Moturidiyning islom dini taraqqiyotiga qo\u02bbshgan hissasi shundaki, hanafiy oqimini al-Moturidiy maktabining izdoshlari tashkil etgan. Qolgan qismini esa yana bir mashhur mutakallim alloma al-Ash\u02bcariy (874\u2013935 yoki 941) maktabining izdoshlari tashkil etganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Jahonning eng mashhur olimlari al-Moturidiyni bir ovozdan kalom ilmining ulug\u02bb namoyandalaridan biri sifatida tan olganlar. Al- Moturidiyning shoh asarlaridan biri \u201cKitob at-tavhid\u201d (yoki \u201cYakkaxudolilik haqidagi kitob\u201d) musulmon ilohiyotshunosligida bilish nazariyasi bayon qilingan birinchi asar hisoblanadi. Uning kalom ilmiga ta\u02bcrif berilgan muqaddimasida bilimning uch manbai, ya\u02bcni hissiy qabul qilish, axloqiy tafakkur va inson ishonchli manbalardan olishi mumkin bo\u02bblgan an\u02bcanaviy axborot mavjudligi haqida so\u02bbz yuritiladi. Al-Moturidiy konsepsiyasining ahamiyati shundaki, u sof din doirasidan chiqib, aql-idrokni ulug\u02bblaydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini ta\u02bckidlaydi. Abu Mansur al-Moturidiyning ko\u02bbp asarlari bizgacha yetib kelmagan yoki yetib kelganlari ham asosan xorijiy mamlakatlarning kutubxona va qo\u02bblyozma fondlarida saqlanadi. Yuqorida tilga olingan, islom olamida juda muhim hisoblangan \u201cKitob at-tavhid\u201d asari bizgacha to\u02bbliq yetib kelgan. Uni 1970 yilda Fathulloh Xulif Bayrut shahrida nashr ettirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaziy Osiyoning islom dini taraqqiyotiga salmoqli hissa qo\u02bbshgan allomalaridan yana biri \u2013 Burhoniddin al-Marg\u02bbinoniy (1123\u20131197). Islom olamida fiqh (huquq) ilmining ilmiy asoslarini yaratgan vatandoshimiz Ali ibn Abu Bakr ibn Abd ul-Jalil al-Farg\u02bboniy al-Rishtoniy al-Marg\u02bbinoniy 1123 yilning 23 sentyabrida tavallud topgan. U Qur\u02bcon va hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh, ya\u02bcni islom huquqshunosligi bobida benihoya chuqur ilmga ega bo\u02bblganligi va fundamental asarlar yaratganligi uchun Burhon ud-din va-l-milla va Burhoniddin al-Marg\u02bbinoniy nomlari bilan mashhurdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Al-Marg\u02bbinoniyning islom taraqqiyotiga qo\u02bbshgan hissasi islom huquqshunosligida ayniqsa salmoqlidir. Bu uning 1178 yil Samarqand shahrida yozilgan \u201cHidoya\u201d asari bilan bog\u02bbliqdir. \u201cHidoya\u201dda huquqiy masalalarning yechimi dastlab taniqli fiqh olimlari fikrlarining bayoni va unga boshqa mualliflarning e\u02bctirozlari yoki qo\u02bbshilishlarini izhor etish yo\u02bbli bilan berilgan. Ana shu obro\u02bbli mualliflar fikrlaridan kelib chiqib, muayyan masalada eng ma\u02bcqul yechimni tanlash yo\u02bbliga amal qilingan. Shu tariqa unda qonunning aynan ifodasigina emas, balki mukammal sharhi ham asoslab keltirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tasavvuf ta\u02bclimoti XI\u2013XII asrlarda yashab ijod etgan islom allomasi Yusuf Hamadoniy (1048\u20131140) nomi bilan bog\u02bbliq bo\u02bblib, keyinchalik yassaviya, naqshbandiya, kubraviya, bektoshiya kabi tariqatlarni yuzaga keltirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ahmad Yassaviy (1005\u20131166) tariqati turkiyzabon xalqlar madaniyati tarixida katta o\u02bbrin tutadi. Ahmad Yassaviy o\u02bbz tariqatini she\u02bcriy uslubda \u201cHikmat\u201d nomli asarida bayon etgan. Yassaviy ta\u02bclimoti kishilar o\u02bbrtasida poklik, halollik, to\u02bbg\u02bbrilik, mehr-shafqat, o\u02bbz qo\u02bblining kuchi va peshona teri bilan hayot kechirish orqali Olloh visoliga yetish mumkin, degan g\u02bboyani olg\u02bba surgan. Yassaviya ta\u02bclimoti ba\u02bczi kishilarning mol-dunyoga hirs qo\u02bbyishini qoralaydi, kamtarlikka, g\u02bbaribparvarlikka da\u02bcvat qiladi. Shunday qilib, Ahmad Yassaviy Markaziy Osiyoda ilk tasavvuf ilmiga asos solgan, islom dinining taraqqiyotiga hissa qo\u02bbshgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom dini taraqqiyotiga salmoqli hissa qo\u02bbshgan yana bir vatandoshimiz Xorazmning Xiva shahrida dunyoga kelgan Najmiddin Kubro (1145\u20131221) hisoblanadi. Islomshunoslik ilmida uning ta\u02bclimoti kubraviya tariqati nomi bilan mashhurdir. Yoshligidan ilmga chanqoq Najmiddin Misr, Eron va Sharqning boshqa mamlakatlarida tahsil olgan. Uning islom diniga qo\u02bbshgan hissasi shundaki, zikrni ovoz chiqarmasdan (xufiya) ijro etish usulini kiritgan. Kubraviya tariqati hadis va shariatga asoslanadi. Bu ta\u02bclimotga ko\u02bbra, inson o\u02bbz mohiyat-e\u02bctibori bilan kichik olamni tashkil etadi va katta dunyo bo\u02bblmish koinotdagi barcha narsalarni o\u02bbzida mujassamlashtiradi. Ilohiy sifatlar yuqori samoviy doiralarda birin-ketin o\u02bbziga xos maqomlarda joylashtirilgani sababli, haqiqat yo\u02bblini qidiruvchilar bunday yuksaklarga ko\u02bbtarilib, ilohiy sifatlarga ega bo\u02bblish, ya\u02bcni kamolotga erishish uchun, ma\u02bclum riyozatli yo\u02bbllarni bosib o\u02bbtishlari zarur. Buning uchun quyidagi o\u02bbnta asosga tayanmoq lozim: tavba, zuhd fi-dunyo, tavakkal, qanoat, uzlat, mulozamat az-zikr, tavajjuh, sabr, muroqaba va rizo.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Uzoq vaqt mobaynida mo\u02bbg\u02bbul mustamlakachiligiga qarshi olib borilgan kurashlar XIV asrning ikkinchi yarmiga kelib Markaziy Osiyoda sohibqiron Amir Temur boshchiligidagi mustaqillik uchun urushlar g\u02bbalabasi va Movarounnahrda yagona davlat barpo etilishi bilan yakunlangan. Islom dini bu davrda Amir Temur va temuriylar siyosatida, mamlakatdagi ma\u02bcnaviy birlik, madaniy yuksalish, adolat o\u02bbrnatish va saqlash ishiga qaratilgan. Islom dini asosida shakllangan tasavvuf, ayniqsa, naqshbandiya o\u02bbsha davr ma\u02bcnaviyatining g\u02bboyaviy asosi bo\u02bblib xizmat qilgan. Naqshbandiya islomga tayangan holda insonning axloqiy poklik, mehnat va bilim egallashiga keng yo\u02bbl ochib beruvchi g\u02bboyalarni targ\u02bbib qilib, ma\u02bcnaviy-ijtimoiy hayotda katta ijobiy ahamiyatga ega bo\u02bblgan. Bahovuddin Naqshband, Yoqub Charxiy, Xo\u02bbja Muhammad Porso, Xo\u02bbja Akrom kabi naqshbandiya nazariyotchilari shu davrda yashab ijod etganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaziy Osiyoda XIV asrda tasavvuf ilmi sohasida vujudga kelgan tariqat Xoja Muhammad Bahovuddin Naqshband (1318\u20131389) nomi bilan bog\u02bbliqdir. Bahovuddin Naqshband 1318 yilda Buxoro yonidagi Qasri Hinduvon qishlog\u02bbida tug\u02bbilgan (keyinchalik Naqshband sharofati bilan Qasri Orifon deb atala boshlangan). Naqshband ta\u02bclimoti asosida ixtiyoriy faqirlik yotadi. Atoqli sharqshunos olim Y.E.Bertelsning yozishicha, u umr bo\u02bbyi dehqonchilik bilan kun kechirgan va o\u02bbz qishlog\u02bbidagi uncha katta bo\u02bblmagan yeriga bug\u02bbdoy va mosh eksada, uyida hech qanday mol-dunyo va boylik saqlamagan. Naqshband bo\u02bbyra ustida yotib kun kechirgan va butun umrini o\u02bbz ixtiyori bilan faqirlikda, yo\u02bbqchilikda o\u02bbtkazgan. Naqshband tariqatining asl aqidasi \u2013 \u201cdil ba yoru, dast ba kor\u201d, ya\u02bcni \u201cdoimo ko\u02bbngling Ollohda, qo\u02bbling esa ishda bo\u02bblsin\u201d, degan g\u02bboyani olg\u02bba suradi. Naqshbandiya ta\u02bclimoti XV asrda Afg\u02bboniston, Eron, Hindiston singari musulmon mamlakatlarida keng tarqalgan. Bu ta\u02bclimot tarafdorlari asketizm (tarkidunyochilik)ga, boy-zodagonlarning zulmi va istibdodiga qarshi bo\u02bblganlar, faqat o\u02bbz qo\u02bbl kuchi, peshona teri bilan halol mehnat qilib kun kechirishga kishilarni chaqirganlar. Ular shu bilan birga savdo- sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik, badiiy adabiyot, musiqa, ilm-ma\u02bcrifat, xattotlik, naqqoshlik, miniaturachilik, quruvchilik kabi barcha foydali va xayrli yumushlar bilan shug\u02bbullanishga da\u02bcvat etganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO\u02bbYXATI<\/strong><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sh. Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo\u02bblimizni qat\u02bciyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko\u02bbtaramiz.1-jild. \u2013 T.: \u201cO\u02bbzbekiston\u201d, 2017. \u2013 B.28.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekiston respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O\u02bbzbekiston respublikasi Mustaqilligining 29 yillik tantanalarida so\u02bbzlagan nutqidan. 31.08.2021.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cUyg\u02bbonish davri\u201d O\u02bbZme. U-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000 yil.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Dilova N.G 201\u02bc. Buyuk ajdodlarimizning ta\u02bclimotlarida mujassamlashgan o\u02bbqituvchi bilan o\u02bbquvchilar hamkorligining pedagogik xususiyatlari. Zamonaviy ta\u02bclim. 63-68 b.<\/span><\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Rasulova Z.D (2020). Pedagogical peculiaritiyesof developing socioperceptive competencein learners. European Journalof Researchand Reflectionin Educational Sciyences. 8;1, pp\/ 30-34.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Saidkulov JAXONGIR<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzXIA Islomshunoslik fakulteti<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cDinshunoslik\u201d yo\u02bbnalishi 1-kurs talabasi<\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tarixiy ildizlari uch ming yildan chuqurroq qadimiyatga borib taqaluvchi o\u02bbzbek davlatchiligi ko\u02bbp marotaba yuksalishlar va evrilishlar davrini boshdan kechirgan. Eng qadimgi davlat uyushmalarining shakllanishi natijasida taraqqiy topgan davlatlarning vujudga kelishi, bu davlatlarning G\u02bbarb va Sharq mamlakatlari bilan \u201cBuyuk Ipak yo\u02bbli\u201d orqali olib borgan aloqalari samarasi o\u02bblaroq Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining gurkirab rivojlanishi omillari ilm-fan ahlini &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":26925,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI \u2014 BEBAHO MA\u02bcNAVIY BOYLIK SIFATIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI \u2014 BEBAHO MA\u02bcNAVIY BOYLIK SIFATIDA\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI \u2014 BEBAHO MA\u02bcNAVIY BOYLIK SIFATIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI \u2014 BEBAHO MA\u02bcNAVIY BOYLIK SIFATIDA\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-03-01T05:48:00+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-03-01T05:48:33+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_39.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&lang=oz\",\"name\":\"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI \u2014 BEBAHO MA\u02bcNAVIY BOYLIK SIFATIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_39.jpg\",\"datePublished\":\"2023-03-01T05:48:00+00:00\",\"dateModified\":\"2023-03-01T05:48:33+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI \u2014 BEBAHO MA\u02bcNAVIY BOYLIK SIFATIDA\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_39.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_39.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI \u2014 BEBAHO MA\u02bcNAVIY BOYLIK SIFATIDA\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI \u2014 BEBAHO MA\u02bcNAVIY BOYLIK SIFATIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI \u2014 BEBAHO MA\u02bcNAVIY BOYLIK SIFATIDA","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI \u2014 BEBAHO MA\u02bcNAVIY BOYLIK SIFATIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI \u2014 BEBAHO MA\u02bcNAVIY BOYLIK SIFATIDA","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-03-01T05:48:00+00:00","article_modified_time":"2023-03-01T05:48:33+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_39.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&lang=oz","name":"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI \u2014 BEBAHO MA\u02bcNAVIY BOYLIK SIFATIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_39.jpg","datePublished":"2023-03-01T05:48:00+00:00","dateModified":"2023-03-01T05:48:33+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI \u2014 BEBAHO MA\u02bcNAVIY BOYLIK SIFATIDA","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_39.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/bukhari_buxoriy2023_39.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26927&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI \u2014 BEBAHO MA\u02bcNAVIY BOYLIK SIFATIDA"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26927"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=26927"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26927\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26928,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26927\/revisions\/26928"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/26925"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=26927"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=26927"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=26927"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}