{"id":26857,"date":"2023-02-23T11:04:03","date_gmt":"2023-02-23T06:04:03","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26857"},"modified":"2023-02-23T11:04:03","modified_gmt":"2023-02-23T06:04:03","slug":"milliy-tariximizning-yangi-timsoli-yoxud-o%ca%bbzbekistondagi-islom-sivilizatsiyasi-tarixi-muzeyini-shakllantirishga-oid-mulohaza-va-tavsiyalar-yangragan-anjuman","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&lang=oz","title":{"rendered":"MILLIY TARIXIMIZNING YANGI TIMSOLI yoxud O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid mulohaza va tavsiyalar yangragan anjuman"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Poytaxtimizda \u201cO\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid dolzarb masalalar\u201d respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo\u02bblib o\u02bbtdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Konferensiya ishida Fanlar akademiyasi vitseprezidenti Bahrom Abduhalimov, O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi o\u02bbrinbosari Homidjon Ishmatbekov, Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita raisining birinchi o\u02bbrinbosari Davronbek Maxsudov, shuningdek, tarixchi, arxeolog, sharqshunos, muzeyshunos olimlar, soha mutaxassislari, tadqiqotchilar ishtirok etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anjumanda O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi huzuridagi muzey konsepsiyasini takomillashtirish, uning oldiga qo\u02bbyilgan vazifalarni izchil va sifatli bajarish mavzulari muhokama qilindi. Mazkur ko\u02bbp tarmoqli ilmiy-ma\u02bcrifiy muassasaning serqirra faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar o\u02bbrtaga tashlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari markazga tashriflaridan birida \u201cIslom sivilizatsiyasi markazi millat mulkiga aylanadi\u201d, deb ta\u02bckidlagan edi. Bu so\u02bbzlar zamirida mazkur muassasa ko\u02bbp ming yillik boy tariximiz, har qanday millat havas qilsa arziydigan madaniyatimiz, dunyo ilm-fani rivojiga hissa qo\u02bbshgan buyuk allomalarimiz, eng muhimi, bunyodkor va bag\u02bbrikeng xalqimizning siyrati-yu surati, ya\u02bcni ichki dunyosi va tashqi qiyofasini jamuljam etgan ko\u02bbzgu bo\u02bblib qolishi haqidagi ezgu niyat hamda siyosiy iroda yotadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaz Markaziy Osiyoda betakror, ham ilmiy-madaniy, ham ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy muassasa shaklida bunyod etilmoqda. Binobarin, u keng qamrovli faoliyat bilan shug\u02bbullanadi. Unda qadim tariximiz va madaniyatimiz sarchashmalari bo\u02bblgan asl manbalar o\u02bbrganiladi, alloma ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy ilmiy va ma\u02bcnaviy meros tadqiq etiladi. Xo\u02bbsh, mazkur muassasada shakllantirilayotgan Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyi qaysi mezon va manbalar asosida faoliyat olib boradi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tuproqqa ko\u02bbmilgan qo\u02bblyozmalar \u201ctilga kirishi\u201d kutilmoqda<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sivilizatsiya markazi qurilishi bi\u00adlan deyarli bir vaqtda uning ilmiy-madaniy, ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy faoliyati mazmun-mohiyatini aniqlashtirish ishlari ham boshlab yuborilgan. Bunday faoliyatga jalb etilgan mutaxassislar, turli ilmiy yo\u02bbnalish vakillari Prezidentimizning konseptual qarashlarini hayotga tatbiq etish bilan shug\u02bbullanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Barpo etilayotgan markaz faoliyatining asosiy yo\u02bbnalishi ham mahalliy, ham xorijiy jamoatchilik bilan bevosita muloqotda bo\u02bblishni taqozo qiladi, \u2014 deydi O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Bunday muloqotning aniq ijro mexanizmlari mavjud bo\u02bblib, Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyi ularning eng muhimi deyilsa, xato bo\u02bblmaydi. Boy madaniy-ma\u02bcnaviy tariximiz va uning serqirraligi haqida ko\u02bbp gapiramiz. Lekin bunday qirralarning barchasini o\u02bbzida qamrab olgan mukammal ilmiy-ma\u02bcnaviy tuzilma mamlakatimizda hali yo\u02bbq edi. Shu ma\u02bcnoda, shakllanayotgan Islom sivilizatsiyasi muzeyi tarixiy haqiqatni ham mumtoz ilmiy uslublar, ham zamonaviy texnologiyalar orqali jonlantirib beradigan ko\u02bbp qirrali muassasaga aylanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston musulmon ilm-fani va madaniyati dunyodagi eng boy xazinalardan biridir. Mutaxassislar fikriga ko\u02bbra, mamlakatimizda saqlanayotgan turli ilmiy yo\u02bbnalishlarga oid nodir qo\u02bblyozmalar soni 100 mingdan oshadi. Shu dalilning o\u02bbziyoq mazkur fikrni tasdiqlab turibdi. Boz ustiga bu raqam, asosan, davlat va ayrim nodavlat hamda jamoat tashkilotlari tasarrufidagi manbalarnigina nazarda tutadi. Bundan tashqari, sobiq sovetlar siyosatidan cho\u02bbchigan xalq tomonidan ko\u02bbmilib, yashirib kelingan minglab qimmatli yozma manbalar mavjud. Ularning eng nodirlarini \u201ctilga kiritish\u201d, muzey ekspozitsiyalarida namoyish etish ham muhim vazifalar qatoriga kiritilgani e\u02bctiborga molik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Interaktiv installyatsiyalar, mashg\u02bbulotli o\u02bbyinlar\u2026<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turli yo\u02bbnalishlar bo\u02bbyicha shakllantirilgan ekspozitsiya zallarida ziyoratchilar islom olamining bebaho merosiga oid noyob eksponatlarni, ma\u02bcrifiy media mahsulotlarni to\u00admosha qilishi, interaktiv installyatsiyalar va mashg\u02bbulotli o\u02bbyinlar orqali mavzu bilan yaqindan tanishishi, o\u02bbrganishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Muzey tarhi Fransiyaning \u201cWilmotte &amp; Associes\u201d va \u201cAvesta Group\u201d kompaniyalari bilan hamkorlikda rejalashtirilgan bo\u02bblib, mazmuni va konsepsiyasiga ko\u02bbra betakror hisoblanadi, \u2014 deydi Markazning xalqaro aloqalar va dalolatnoma bo\u02bblimi boshlig\u02bbi Saidkomil Xolxo\u02bbjayev.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Ekspozitsiyani shakllantirishda muzeyshunoslikdagi eng zamonaviy texnologiyalar hamda usullardan foydalaniladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, ushbu maskanning mamlakatimizga turli davlatlardan kelgan sayohatchilar uchun ham muhim turistik obyekt bo\u02bblishini inobatga olgan holda, ma\u02bclumotlarning keng qamrovli, turli yosh vakillari uchun tushunarli hamda xalqchil usulda tayyorlanishiga alohida e\u02bctibor qaratilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cIslom san\u02bcati\u201d qanday tamoyillarni rad etib kelgan?<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dunyoda islom tarixi, uning san\u02bcati va madaniyatini aks ettiruvchi muassasalar sifatida Vikipediya ro\u02bbyxatiga kiritilgan yuzga yaqin muzey mavjud. Ularning yigirmadan ortig\u02bbi islom san\u02bcati muzeylari deb yuritiladi. Chunki ularda eksponatlarning aksariyati islom dunyosi amaliy san\u02bcat asarlari, miniatyuralar va me\u02bcmoriy bezak namunalari bilan boyitilgan. Islom san\u02bcati muzeylari Avstraliya, Afg\u02bboniston, Buyuk Britaniya, Germa\u00adniya, Kanada, Misr, Jazoir, Eron, Ior\u00addaniya, Indoneziya, Liviya, Malayziya, Qatar, AQSH, Tunis, Turkiya, Fransiya, Filippin va boshqa mamlakatlarda ham mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Islom san\u02bcati badiiy ifodaning eng muhim vositasi sifatida bezakni tanlab, majoziy, figurativ san\u02bcat tamoyilini rad etgan, \u2014 deydi san\u02bcatshunoslik fanlari doktori, pro\u00adfessor Akbar Hakimov.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Bu XIX asrda Yevropa olimlari tomonidan islom estetikasi salbiy, san\u02bcatga aloqasi yo\u02bbq din falsafasining o\u02bbziga xos ko\u02bbrinishi sifatida baholangan. Shuning uchun uzoq vaqt davomida G\u02bbarb tadqiqotchilarining fikricha, musulmon badiiy madaniyati jahon sivilizatsiyasining priferik (chekka, ajralgan) zonasini tashkil etgan. Keyinchalik g\u02bbarblik olim O.Grabar birinchilardan bo\u02bblib \u201cIslom san\u02bcati\u201d atamasining nazariy masalasini ko\u02bbtarib chiqqan. Uning ilmiy ishlari tufayli \u201cIslom san\u02bcati\u201d\u201d tushunchasi jahon madaniyatining o\u02bbziga xos mustaqil fenomeni sifatini kasb etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyining zallaridan biri maxsus san\u02bcat va hunarmandchilikka bag\u02bbishlangan bo\u02bblib, ushbu bo\u02bblimga tasviriy va amaliy san\u02bcat bilan bir qatorda kino, musiqa, teatr va boshqalar ham kiradi. Bu esa muzeyning alohida xususiyatlaridan biri.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mutaxassislar mazkur muzey uchun ashyo va eksponatlar ro\u02bbyxatini tuzishda milliy san\u02bcatimizning noyob dur-donalarini sivilizatsiyaning barcha bosqichlarida aniqlab, ushbu eksponatlarga alohida e\u02bctibor qaratmoqda. Ularni \u201cSan\u02bcat va hunarmandchilik\u201d ko\u02bbrgazma zali uchun tayyorlangan asarlarning umumiy ro\u02bbyxatidan ajratib, tarixiy, madaniy va badiiy ahamiyatini asoslab berishga harakat qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Noyob muhrlar ekspozitsiyasini tashkil etish zarur<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhr davlatchilik timsoli bo\u02bblib, uning yordamida hujjat muallifi aniqlanadi. Mutaxassislarning ta\u02bckidlashicha, arab yozuvidagi muhrlar buning aksi \u2014 muhr shunday tarixiy manbalardan biriki, tarixchilar uni to\u02bbliq baholay olmagan, bu hali \u201cochilmagan qo\u02bbriq\u201ddir. O\u02bbzbekiston hududida saqlanayotgan nafaqat yuz minglab tarixiy hujjatlarda, balki qo\u02bblyozmalarda ham muhr izlari mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Bugungi kunda arab yozuvidagi musulmon sfratgistikasi (muhrshunosligi) alohida soha sifatida shakllanmoqda va so\u02bbnggi yillarda bu borada qator tadqiqotlar yozildi, \u2014 deydi tarix fanlari doktori, professor Shovosil Ziyodov.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Jumladan, sohaga oid amalga oshirilgan tadqiqotlar sharqshunos olim A.Ivanov tomonidan o\u02bbrganilib, uning istiqboliga oid mulohazalar bildirildi. Musulmon sfragistikasiga oid tadqiqotlar orasida kataloglar ham muhim o\u02bbrin tutadi. Jumladan, Chester Bitti (Dublin) kutubxonasining maxsus saytida musulmon muhrshunosligiga oid ma\u02bclumotlar bazasi yaratilgan. 2011 yili Turin universitetida nashr etilgan Kale qo\u02bblyozmalar xazinasi katalogida muhrlar tavsifi uchun maxsus bob ajratilgan. Bu katalog ayni damgacha yaratilgan kataloglar orasida peshqadami hisoblanadi. Shuningdek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan \u201cImom Buxoriy xalqaro markazi manbalar xazinasi qo\u02bblyozmalar katalogi\u201dda ana shunday muhrlarga e\u02bctibor qaratilgani alohida ahamiyatga molik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, Shovosil Ziyodov ta\u02bckidlaganidek, muhrlar biror-bir davrdagi tarixiy voqelikni kompleks o\u02bbrganishda qimmatli manba hisoblanadi. O\u02bbzbekiston muhrshunosligi bo\u02bbyicha bajarilgan fundamental tadqiqotlardan biri G\u02bb.Qurbonovning \u201cMarkaziy Osiyo sfragistikasiga oid ma\u02bclumotlar: XIX asr oxiri \u2014 XX asr boshlariga oid Buxoro muhrlari misolida\u201d kitobidir. Olim tomonidan avvalroq \u201cXVIII asr boshi \u2014 XX asrlarga oid Buxoro muhrlari\u201d nomli katalog ham chop etilgan bo\u02bblib, u O\u02bbzbekiston tarixida sfragistika bo\u02bbyicha nashr etilgan birinchi katalogdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bblyozmalardagi muhrlarni o\u02bbrganish asosida tadqiqotlarda muayyan ilmiy natijalarga erishiladi. Masalan, Muhammad Porso kutubxonasini tadqiq etish natijasida naqshbandiya tariqatining davomchilari \u2014 nazariyotchi shayxlar haqida muhim ma\u02bclumotga ega bo\u02bblindi. Shuningdek, Dukchi Eshon xonaqohida faoliyat olib borgan vaqf kutubxonasini muhrlar yordamida o\u02bbrganish ham muhim ma\u02bclumotlar berdi: kutubxonada mavjud bo\u02bblgan asarlar Dukchi Eshon dunyoqarashi va ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganishda alohida ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Konferensiya davomida tarix fanlari doktori, professor Shovosil Ziyodov shunday taklif bilan chiqdi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 O\u02bbzbekiston tarixi va milliy qadriyatlarini o\u02bbrganish ehtiyojidan kelib chiqib, ajdodlardan meros qolgan turli qo\u02bblyozma, tarixiy hujjatlar va toshbosmalarni tadqiq etish ishlarini qo\u02bbllab-quvvatlash uchun O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi qoshida jamoat fondi tashkil etilsa, nur ustiga nur bo\u02bblar edi. Shuningdek, markazda barpo etilayotgan muzeyda hukmdorlar va noyob muhrlar ekspozitsiyasi namoyish etilsa, tariximizning \u201cochilmagan qo\u02bbriqlari\u201dga yo\u02bbl ochib beradi, deb o\u02bbylayman.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Fanlar akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda O\u02bbzbekiston Respublikasining qadimiy yozma manbalarining Milliy reyestrini tuzishda muhrlar tavsifiga ham alohida e\u02bctibor qaratilishi zarur deb bilamiz. Oliy ta\u02bclim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tariximizga oid muhrlar elektron bazasi platformasini yaratish va undan muzeyda foydalanishni ham taklif qilaman.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Miniatyura rivoji eksponatlarda qanday aks etadi?<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tasviriy san\u02bcatning mo\u02bbjaz turi \u2014 miniatyura san\u02bcati o\u02bbzining betakrorligi bilan dunyoga mashhur bo\u02bblib, dastlabki ko\u02bbrinishlaridan to bugungi kungacha kishilar ma\u02bcnaviy olamini boyitishga, badiiy estetik didining shakllanishiga, ruhiyatining tarbiyalanishiga hissa qo\u02bbshib kelmoqda. Mumtoz miniatyura san\u02bcati X-XIX asrlarda Yaqin va O\u02bbrta Sharqdagi turli madaniy markazlarda goh rivojlanib, goh susayib borgan. Jumladan, miniatyu\u00adra taraqqiyoti tarixida bu san\u02bcatning XIII-XIV asrlarda Bag\u02bbdodda, XIV-XVI asrlarda Tabrizda va Markaziy Osiyo-da, XV asrda Hirotda, XVI-XVII asrlar-da Hindistonda rivoj topgani, ko\u02bbplab qo\u02bblyozma asarlarga go\u02bbzal miniatyuralar chizilgani ma\u02bclum. Afsuski, bu qo\u02bblyozmalarning ba\u02bczilari vaqt o\u02bbtishi bilan izsiz yo\u02bbqolib ketgan. Shu sababli xalqimizning madaniy merosi bo\u02bblmish bunday obidalarni qidirib topish, o\u02bbrganish, nashr etish, muzey ekspozitsiyalarida ommaga namoyish etish Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va tasviriy san\u02bcatining noma\u02bclum sahifalarini ochishga imkon yaratadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Islom sivilizatsiyasi markazida Markaziy Osiyoda miniatyura san\u02bcati rivojini muzey eksponatlarida namoyish etishga oid taklif va tavsiyalarimiz bor, \u2014 deydi tarix fanlari doktori, professor Abdumajid Madraimov.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Yaqin va O\u02bbrta Sharq, Markaziy Osiyo miniatyura san\u02bcati rivojlanishi uchun asos bo\u02bblgan XIV asrdagi \u201cRangtasvir ustalari risolasi\u201d, Sulton Ali Mashhadiyning \u201cXattotlik haqida risola\u201d, Do\u02bbst Muhammad Hiraviyning \u201cHoloti hunarvaron\u201d, Qozi Ahmad Qumiyning \u201cGulistoni hunar\u201d, Sodiqbek Ashfarning \u201cQonun as-sovar\u201d va boshqa manbalar to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumot beruvchi stendlar yaratish zarur, deb o\u02bbylaymiz. Shuningdek, Yaqin va O\u02bbrta Sharq, jumladan, Markaziy Osiyo miniatyura san\u02bcati rivojlanishi to\u02bbg\u02bbrisida shu kungacha yurtimizda va xorijda nashr etilgan adabiyotlarni imkon darajasida asli yoki elektron variantlarini topib, ular to\u02bbg\u02bbrisida elektron ma\u02bclumotnoma hamda eng muhimlari asliyatini namoyish etish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhokamalar chog\u02bbida tarixchilar Markaziy Osiyoda miniatyura san\u02bcati va uning noyob namunalari haqida hikoya qiluvchi qanday buklet, risola, faksimile, monografiya, albom va kitoblar yaratish borasida kelishib oldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Jadidlarni tashvishga solgan yana bir johillik nimada edi?<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turkiston milliy taraqqiyparvarlari diniy bag\u02bbrikenglikning haqiqiy ifodachilari bo\u02bblgan. Ular o\u02bbzlarining diniy ta\u02bclimi, dunyoqarashi va intilishlari bilan bunga tamomila haqli edi. Jadidlarning atoqli namoyandalari nafaqat madrasalarni tugatgan, shu bilan birga, diniy mansabga ham ega bo\u02bblgan. Masalan, Mahmudxo\u02bbja Behbudiy ota-bobolari kabi muftiy bo\u02bblgan va o\u02bbz davrida Samarqand viloyatida shu mansabni egallab turgan. Munavvarqori ham madrasa tahsilidan so\u02bbng Toshkentdagi Darxon masjidida imom, Is\u02bchoqxon Ibrat esa To\u02bbraqo\u02bbrg\u02bbonda qozi bo\u02bblib ishlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Jadidlar Yevropa va Sharq mamlakatlariga sayohat qilish, shuningdek, rivojlangan musulmon davlatlarining sanoat va madaniy yutuqlari bilan, ziyoli insonlar va turli ijtimoiy harakatlar namoyandalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo\u02bblgani tufayli Turkistondagi hayot taraqqiyotdan naqadar ortda qolganini yaxshi anglagan, \u2014 deydi tarix fanlari doktori, professor Dilorom Alimova.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Jadidlar O\u02bbrta Osiyoning musulmoncha madaniy an\u02bcanalarini yangilash tarafdori bo\u02bblgan. Ular o\u02bbz islohotlarini islom ta\u02bclimotini anglashdan boshlagan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdurauf Fitrat Forobiy, Ibn Sino, Beruniy an\u02bcanalariga ergashgan holda o\u02bbzining \u201cNajot yo\u02bbli\u201d asarida barcha dunyoviy fanlarni islom bilan uyg\u02bbunlashtirishga harakat qiladi. Bu kitobda Fitrat diniy toqatsizlikka qarshi shunday fikr bildiradi: \u201cHech qanday shubha yo\u02bbqki, garchi odamlar turli dinlarga e\u02bctiqod qilsalar-da va turli mamlakatlarda yashasalar-da, ularning bari bir otaning bolalaridirlar, odamning bitta urug\u02bbiga mansubdirlar. Shunday ekan, ularning bari shafqatli bo\u02bblishlari, bir-birlarini sevishlari kerak\u201d. Musulmon renessansi davrida Yevropa O\u02bbrta Osiyoning ziroatchilik, hunarmandchilik, san\u02bcat, ilm-fandagi yutuqlarini o\u02bbzlashtirib olgani haqidagi fikr uning \u201cMunozara\u201d asarida ham ko\u02bbzga tashlanadi. Endi ulardan o\u02bbzlashtirish vaqti kelganini anglab, Abdurauf Fitrat shunday yozadi: \u201cBizning baxtimizga qarshi boy berilgan madaniyatimiz, tamaddunimizni ortga qaytarish uchun bittagina harakatni amalga oshirsak, bizning ulamolarimiz o\u02bbsha zahoti: \u201cSen kofir bo\u02bblding\u201d, deyishadi va bizga xalaqit bera boshlashadi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jadidlarni, ayniqsa, bu johillik tibbiyot sohasida paydo bo\u02bblgani tashvishga solgan. Ko\u02bbplab musulmonlar ruhoniylardan qo\u02bbrqib, rus shifokorlarga murojaat qila olmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbz milliy tarixi, madaniyatiga, dunyoda eng katta boylik bo\u02bblgan intellektual va ma\u02bcnaviy salohiyatga chuqur hurmat bilan yondashish, uni asrab-avaylash va boyitish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash har bir davlat va jamiyatning taraqqiyotida hal qiluvchi rol o\u02bbynaydi. Ushbu muzey yurtimiz o\u02bbtmishi, xalqimiz madaniyati va turmush tarzi, ilm-fani va san\u02bcati rivojiga daxldor qimmatli ma\u02bclumotlarni o\u02bbzida jamlagan, ularni o\u02bbrganishga qaratilgan fundamental tadqiqotlarni amalga oshiradigan yirik ilmiy-madaniy o\u02bbchoqlardan biriga aylanishiga ishonamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zero, konferensiyada ishtirok etgan olim va tadqiqotchilar ta\u02bckidlaganidek, milliy tariximizning yangi siymosi, ya\u02bcni Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyi jadid bobolarimiz ta\u02bcriflagan \u201cburung\u02bbi tarix\u201d chizgilaridan butunlay farqlanishi, asrlar qa\u02bcrida chang bosib yotgan ko\u02bbplab haqiqatlarni o\u02bbzida aks ettirishi muhimdir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Muxtasar TOJIMAMATOVA,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d muxbiri<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2023 yil 23 fevral, 37(826) son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Poytaxtimizda \u201cO\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid dolzarb masalalar\u201d respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo\u02bblib o\u02bbtdi. Konferensiya ishida Fanlar akademiyasi vitseprezidenti Bahrom Abduhalimov, O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi o\u02bbrinbosari Homidjon Ishmatbekov, Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita raisining birinchi o\u02bbrinbosari Davronbek Maxsudov, shuningdek, tarixchi, arxeolog, sharqshunos, muzeyshunos olimlar, soha mutaxassislari, tadqiqotchilar ishtirok etdi. Anjumanda O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":26855,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MILLIY TARIXIMIZNING YANGI TIMSOLI yoxud O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid mulohaza va tavsiyalar yangragan anjuman - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"MILLIY TARIXIMIZNING YANGI TIMSOLI yoxud O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid mulohaza va tavsiyalar yangragan anjuman\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MILLIY TARIXIMIZNING YANGI TIMSOLI yoxud O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid mulohaza va tavsiyalar yangragan anjuman - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"MILLIY TARIXIMIZNING YANGI TIMSOLI yoxud O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid mulohaza va tavsiyalar yangragan anjuman\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-02-23T06:04:03+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/20230223_yuz.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&lang=oz\",\"name\":\"MILLIY TARIXIMIZNING YANGI TIMSOLI yoxud O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid mulohaza va tavsiyalar yangragan anjuman - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/20230223_yuz.jpg\",\"datePublished\":\"2023-02-23T06:04:03+00:00\",\"dateModified\":\"2023-02-23T06:04:03+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"MILLIY TARIXIMIZNING YANGI TIMSOLI yoxud O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid mulohaza va tavsiyalar yangragan anjuman\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/20230223_yuz.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/20230223_yuz.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MILLIY TARIXIMIZNING YANGI TIMSOLI yoxud O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid mulohaza va tavsiyalar yangragan anjuman\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MILLIY TARIXIMIZNING YANGI TIMSOLI yoxud O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid mulohaza va tavsiyalar yangragan anjuman - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"MILLIY TARIXIMIZNING YANGI TIMSOLI yoxud O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid mulohaza va tavsiyalar yangragan anjuman","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MILLIY TARIXIMIZNING YANGI TIMSOLI yoxud O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid mulohaza va tavsiyalar yangragan anjuman - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"MILLIY TARIXIMIZNING YANGI TIMSOLI yoxud O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid mulohaza va tavsiyalar yangragan anjuman","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-02-23T06:04:03+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/20230223_yuz.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&lang=oz","name":"MILLIY TARIXIMIZNING YANGI TIMSOLI yoxud O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid mulohaza va tavsiyalar yangragan anjuman - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/20230223_yuz.jpg","datePublished":"2023-02-23T06:04:03+00:00","dateModified":"2023-02-23T06:04:03+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"MILLIY TARIXIMIZNING YANGI TIMSOLI yoxud O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid mulohaza va tavsiyalar yangragan anjuman","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/20230223_yuz.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/20230223_yuz.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26857&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MILLIY TARIXIMIZNING YANGI TIMSOLI yoxud O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid mulohaza va tavsiyalar yangragan anjuman"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26857"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=26857"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26857\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26858,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26857\/revisions\/26858"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/26855"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=26857"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=26857"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=26857"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}