{"id":26676,"date":"2023-02-17T08:56:28","date_gmt":"2023-02-17T03:56:28","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26676"},"modified":"2023-02-16T10:57:13","modified_gmt":"2023-02-16T05:57:13","slug":"abu-rayhon-beruniyning-jahon-sivilizatsiyasiga-qo%ca%bbshgan-hissasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&lang=oz","title":{"rendered":"ABU RAYHON BERUNIYNING JAHON SIVILIZATSIYASIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahr va Xorazm yurti IX-XI asrlarda o\u02bbz bag\u02bbrida ko\u02bbplab qomusiy olimlarni yetishtirdi. Shunday buyuk olimlardan biri Xorazmlik Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi. Beruniy yetuk astronom, geolog, farmolog, tarixchi, faylasuf, filolog va shoirdir.U astronomiya, geologiya, gidrostatika, va geografiya sohasidagi ilg\u02bbor fikrlari bilan Kopernik, Leonardo da Vinchi va boshqa olimlarning kashfiyotlarini ko\u02bbp jihatdan oldindan payqagan edi. Olim falsafa, tarix va boshqa gumanitar fanlar sohasida zamonasining ilmiy saviyasidan ancha yuqori ko\u02bbtarila oldi. Beruniy 150 ga yaqin asar yozdi. Dariy, arab, sanskrit, grek va boshqa tillarni mukammal bilib olgan Beruniy bir qator asarlarni ham tarjima qildi. U arab tilida ko\u02bbpgina she\u02bcrlar bitdi., hajvchilikda mahorat qozondi hamda har xil qissalar va arab shoirlarining devonlariga sharhlar yozib, Muxtor-ul ash\u02bcor to\u02bbplamini ham tuzdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beruniy 973 yilning 4-sentyabrida Xorazmda Fir (Kat) shahri yaqinida tug\u02bbildi. Uning haqiqiy ismi Muhammad ibn Ahmad bo\u02bblib, keyinchalik esa olim Abu Rayhon Beruniy nomi bilan tanildi. Abu Rayhon so\u02bbzi Rayhonning otasi demakdir. Olim rayhon o\u02bbsimligini juda yoqtirar va muttasil qo\u02bblida olib yurar edi. Beruniy esa Kat shahrining tashqarisiga olimning tug\u02bbilib o\u02bbsgan joyiga nisbat edi. Beruniy otasidan erta yetim qoladi. Taxminan 14-15 yoshlarida buyuk matematik va astronomik olim Abu Nasr ibn Iroqqa shogirdlikka tushadi. Uning qo\u02bblida matematika va astronomiya fanlaridan chuqur bilim oldi. Yana u nabotot, jug\u02bbrofiya, hikmat, tarix, tilshunoslik, adabiyot, vazn ilmi, falsafa va boshqa ilmlarni o\u02bbrgandi. Taxminan 18-19-yoshlarida Jurjoniya va Kat shaharlari orasidagi Bushkanz qishlog\u02bbida Quyoshning eng tik paytidagi holatini o\u02bblchadi. Shundan so\u02bbng yosh olim yerning muayyan shaklini yasashga kirishdi va shu ish asosida o\u02bbzigacha bo\u02bblgan barcha olimlarning asarlarini puxta o\u02bbrgandi. X asrning oxirlariga kelib insoniyat tarixida birinchi bor hozir bizda juda ma\u02bclum va mashhur globusni yaratdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beruniy \u201cAstronomiya kaliti va \u201cMas\u02bcud jadvali\u201d\u201d asarlari bilan astronomiya fani taraqqiyotiga bebaho hissa qo\u02bbshdi. Yerning yumaloqligi, uning tortish quvvati., fasllarning o\u02bbzgarishi va boshqa masalalar yuzasidan chuqur ilmiy xulosalarga keldi, yerning va boshqa sayyoralarning quyosh atrofida aylanishi to\u02bbg\u02bbrisidagi fikrga yaqinlashdi, astrologiyani fosh qildi. Beruniy tabiat hodisalarni o\u02bbrganish va uning sirlarini ochish mumkin, buning uchun fakt va predmetlarni chuqur va izchil o\u02bbrganish, predmetning xususiyatlarini bilib olish, ma\u02bclumdan noma\u02bclumga, yaqindan uzoqqa qarab borish lozim degan xulosaga keladi. Beruniy jamiyat tarixi va jamiyat hodisalariga ham katta ahamiyat beradi, u ishlab chiqaruvchi kuch bo\u02bblgan mehnatkashlarning jamiyat hayotida tutgan roliga katta baho beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beruniy \u201cMinnat ehson qiluvchining ehsonini yo\u02bbqqa chiqaradi\u201d, \u201cKichkina narsani andak hisoblama, chunki kichkina narsaning ham foydali o\u02bbrni bo\u02bbladi,\u201d \u201cOmma odat qilgan narsaga xiloflik qilma\u201d, \u201cSo\u02bbz bilan aytganda \u2013tushungan odamga qamchi va qilich lozim emas\u201d, \u201cYaxshi yo\u02bbldan yurish yaxshilik alomatidir\u201d kabi ko\u02bbp hikmatli so\u02bbzlar ham qoldirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beruniy ilm yo\u02bblidagi hamkorlikni juda qadrlardi. Shul sabab o\u02bbz davridagi olimlari bilan yaqin aloqa o\u02bbrnatgan edi. Masofalar yiroqligi bunga xalaqit bermas edi. Katdan Beruniy yozgan maktublar boshqa turli o\u02bblkalar tomon yo\u02bbl olar edi. U maktublarga bayon etilgan ilmiy masalalarga javob va talqinlar uzoq karvon yo\u02bbllarini oshib Beruniyga talpinardi. Beruniy shunday hamkorlikni o\u02bbz zamonasining mashhur matematigi va munajjimi Abulvafo Muhammad Buzjoniy bilan ham o\u02bbrnatgan edi. Bu ikkala olimning yozishmalarida oy tutilishi haqida qimmatli fikrlar o\u02bbz aksini topgan. Bundan tashqari Beruniy Buxorolik mashhur tabib va olim Abu Ali ibn Sino bilan ham shunday yozishmalar olib borgan. Bu ikki olimning yozishmalarini ilmiy musobaqa desak ham adashmagan bo\u02bblamiz. Beruniy yozgan savolnomalarda aksariyati Aristotelning fizika haqidagi qarashlari yuzasidan edi. Ikki olimning xatlarini arab tilidan o\u02bbzbek tiliga Abdufattoh Rasulov va Madaminjon Abdurahmonovlar mahorat bilan tarjima qilganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beruniy Muqanna haqidagi birinchi asaridan keyin 27-28 yoshlarida \u201cAl-osorul-boqiya min qurunul-holiya\u201d (\u201cO\u02bbtmish asrlardan qolgan yodgorliklar\u201d) asarini yozib uni Gurgon hukmdori Qobus ibn Vushmagirga taqdim etadi. Bu asar olimning katta, mustaqil va g\u02bboyat muhim asari edi. Bu asarning nomini qisqartirib \u201cO\u02bbtmish yodgorliklari\u201d yoki \u201cXronologiya \u201c deb yuritilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beruniy o\u02bbzining \u201cO\u02bbtmish yodgorliklar\u201d kitobida qadimiy sharq xalqlari \u2013arablar, suriyaliklar, yahudiylar, eroniylar, sug\u02bbdlar, xorazmliklar va shu zamonda yashagan boshqa xalqlarning turmush qoidalari, urf-odatlari, yil sanoqlari, bayram va marosimlar, xullas nimaiki xalq hayotiga oid bo\u02bblsa, shuning hammasini ilmiy asosda bayon etadi. Olim bu xalqlar turmushiga oid ma\u02bclumotlarni to\u02bbg\u02bbri tahlil qiladi. Haqiqatga zid bo\u02bblgan ma\u02bclumotlarni keskin rad etadi. Bu asarni O\u02bbrta Osiyo, Eron, Yaqin Sharq mamlakatlaridagi xalqlar etnografiyasi, tarixi, ijtimoiy tafakkuri bo\u02bbyicha yaratgan qomusiy asar desak adashmagan bo\u02bblamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu asarda Quyoshning burjlar falakida bir marotaba aylanib chiqishidan Quyosh yili kalendari tuzilgan. Ana shu aylanish muddatida Oy ham o\u02bbn ikki yarim marta o\u02bbsha doirani aylanib chiqadi. O\u02bbn ikki marta osmonda yangi oy paydo bo\u02bbladi. Shundan qamariy (oy) kalendari vujudga keladi. Quyosh yili uch yuz oltmish besh kun bo\u02bbladi. Ortib qolgan chorak kunlar to\u02bbrt yilda bir kun hosil qilgach, o\u02bbsha qo\u02bbshimcha kun to\u02bbrtinchi yilning kalendariga qo\u02bbshiladi. Bu yil kabisali (qo\u02bbshimcha) yil deb yuritiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cO\u02bbtmish yodgorliklari\u201d da eroniylar, sug\u02bbdiylar, xorazmiylarning kalendarlari to\u02bbg\u02bbrisida berilgan xabarlar juda qiziqarlidir. Ularning har birida oylar soni 12 ta. Har bir oy o\u02bbzining alohida nomiga ega. Har bir oy 30 kundan tashkil topgan. Har bir kunning ham o\u02bbz nomi bor. Bir yil uch yuz oltmish besh va chorak kundan iborat. Shuning uchun bu xalqlar bir oyga besh kun qo\u02bbshadilar. Bu besh kunning ham o\u02bbz nomi bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">G\u02bbarb mamlakatlarining xalqlari har bir oyni o\u02bbttiz kundan iborat hisoblaganlar. Rumliklar ham yilni o\u02bbn ikki oy deb hisoblaganlar. Yahudiylarda ham oylar soni o\u02bbn ikkita. Arablarda ham oylar o\u02bbn ikkitadir. Ular haftalarni qo\u02bbllaganlar. Hafta kunlariga nom qo\u02bbyganlar. Oyning boshi hilol ko\u02bbringan kundan boshlanadi. Turklar o\u02bbz kalendarlariga hayvonlar otlarini ishlatganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beruniy o\u02bbzi bilgan kalendarlarning hammasini jadvalga soldi, nisbatlab ularning farqlarini ajratgan. Asarda tarixlar mohiyati va turli xalqlarda mavjud bo\u02bblgan tarix tushunchasi to\u02bbg\u02bbrisida muhim ma\u02bclumotlar bor. Asarda bir necha maxsus jadvallar bor. Beruniy bu jadvallarda turli xalqlarning e\u02bctiqodiga ko\u02bbra odam yashay boshlagan davr tarixi, ayrim hukmdorlarning hukmronlik yillari to\u02bbg\u02bbrisidagi ma\u02bclumotlar keltiriladi. Hukmdorlarning laqablarini aytadi, ularning qilgan ishlari to\u02bbg\u02bbrisida qisqacha xabar beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beruniy maxsus jadvalda turli mamlakat hukmdorlarining qanday atalganlarini xabar qiladi. Eron podshohlari shahanshoh va Kisro deb, Rum podshohlari Basili ya\u02bcni Qaysar, Iskandariya podshohlari Batlimus, deb atalganlar, hazr va o\u02bbg\u02bbiz turklari o\u02bbz podshohlarini Xonuvta deganlar. Beruniy Xorazm xalqining qadimiy madaniyati islom istilochilar tomonidan yo\u02bbq qilingani to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumot beradi. Olim ayrim tarixiy voqealar to\u02bbg\u02bbrisida so\u02bbzlar ekan, ibratomuz xulosalar chiqaradi. Asarda Beruniy inson hayotiga oid xilma-xil ma\u02bclumotlar keltiradi. Shu jumladan olimning kishilarning jismoniy tuzilishi, umrining uzun-qisqaligi to\u02bbg\u02bbrisidagi mulohazalari ham diqqatga sazovordir.Qadimiy odamlar yirik, gavdali bo\u02bblganlar, Madiyan tog\u02bblarida topilgan arxeologik yodgorliklar shu fikrning isboti. Beruniy odamning uzoq vaqt yashash sababini biologik va irsiy omillar bilan bog\u02bblaydi. Olim bu to\u02bbg\u02bbrisida astrologlar to\u02bbqigan uydirmalarni qat\u02bciyan rad etadi. Asarda katta ijtimoiy ahamiyatga molik voqealar to\u02bbg\u02bbrisidagi ma\u02bclumotlar ko\u02bbp uchraydi. Bular payg\u02bbambarlik da\u02bcvo qilgan qilgan shaxslar, ularning tarafdorlari, bu harakatning oqibatlari, shunday harakat qatnashchilarining mafkuraviy qarashlari ham bayon etilgan. Bu shaxslarga Budosaf, Zardusht, Moniy, Behofarid, Muqanna kabi yo\u02bblboshlovchilarni misol keltiradi. Asarda \u201cAvesto\u201d haqida ham qimmatli ma\u02bclumotlar keltirilgan. Asarda shuningdek eronliklar, xorazmliklar, sug\u02bbdlar, rimliklar, yahudiylar, suriyaliklar nasroniylar, musulmonlarning marosim kunlari, hayitlariga oid ma\u02bclumotlar ham keltirilgan. Bular orasida Navro\u02bbz haqida aytilgan gaplar diqqatga sazovordir. Beruniy dunyoviy ishlar uchun mo\u02bbljallangan hayitlar va diniy hayitlarni farq qiladi. Navro\u02bbz dunyoviy ishlar mo\u02bbljallangan hayitlarning birinchisidir. Asarning oxirgi bobi oy manzillari xususidadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beruniy Xorazm haqida tarixiy asar ham yozadi. U \u201cXorazmning mashhur zotlari\u201d deb ataladi. Ammo bu asarning qo\u02bblyozma nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Olim G\u02bbazna shahrida bir asar yaratadi. Asarning to\u02bbla nomi \u201cAholi yashaydigan joylar orasidagi masofalarni aniqlash uchun o\u02bbrinlarning chegaralarini belgilash\u201d. Buni qisqartirib fanda \u201cGeodeziya\u201d deyilgan. Asarning kirish qismida Beruniy ko\u02bbnglidagi eng ezgu fikrlari, dardu hasratlarini bayon qiladi. Asarda harakatsiz yulduzlar va Quyosh orqali shaharlarning joylashgan, kengliklarini aniqlash usulini batafsil bayon qilingan. Beruniy hisoblagan meridian uzunligi 110275 km deb yozadi. Bulgakovning ta\u02bckidlashicha, bu hozirgi hisobdan faqat 620 km farq qiladi xolos. Bu asar geologiya, geografiya, geodeziya va Yer haqidagi boshqa fanlar taraqqiyotiga muhim hissa bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beruniyning Hindiston tarixiga doir asari shu kunga qodir o\u02bbz qimmatini saqlab kelmoqda. Kitobning dastlabki o\u02bbn ikki bobi ( birinchi bobdan to o\u02bbn ikkinchi bobga qadar) hindlarning tangri, dunyo va oxirat to\u02bbg\u02bbrisidagi tushunchalariga bag\u02bbishlanadi. Bu boblarda hindlarning aqliy va hissiy narsalar, jon va uning moddaga aloqasi, ruhlar, mahshar va Jannat to\u02bbg\u02bbrisidagi tasavvurlari : diniy yo\u02bbl-yo\u02bbriqlari, sanamlar, diniy kitoblari, to\u02bbg\u02bbrisida so\u02bbz yuritiladi. O\u02bbn uchinchi bob she\u02bcr va grammatikaga bag\u02bbishlanadi. O\u02bbn to\u02bbrtinchi bobda ilmiy kitoblar haqida so\u02bbz yuritadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hindlarda astronomiya rivoj topgan. Ammo uni ilmi nujum bilan qo\u02bbshib yuborganlar. Tabobat ham astronomiya qadar qadrlangan. Tibga oid kitoblar ichida eng mo\u02bbtabari \u201cCharaki\u201d kitobidir. Asarning o\u02bbn oltinchi bobida hindlarning o\u02bblchov asboblari haqida qiziqarli ma\u02bclumotlar keltirilgan. Keyingi bobda esa hind yozuvi to\u02bbg\u02bbrisida, aniq ma\u02bclumot beradi. Beruniyning yozishicha, hindlar oldin terida yozishmaganligini aytadi.Ular uzunligi bir gaz eni uch barmoq keladigan yaproqlarga xat yozishganligini aytib o\u02bbtadi. Bu xurmo va narjil daraxtlariga o\u02bbxshash bo\u02bbyi uzun , mevali bir daraxtning yaproqlaridir. Mamlakatning shimoliy va o\u02bbrta qismida yashovchi hindlar to\u02bbz nomli daraxt po\u02bbstlog\u02bbida yozganlar.Eng qadimiy hind yozuvlari unutilib ketgan. Hind yozuvi yunonlardagi singari chapdan o\u02bbngga qarab yoziladi. Hindlarning mashhur xatlari siddha matrika deb ataladi. Uni Kashmir xati ham deydilar.Turli rayonlarda o\u02bbsha yozuvning boshqacha shakllari ishlatiladi. Son belgilari ham turlicha bo\u02bblib, ularni anka deb deyiladi. Bundan tashqari olim asarda hindlarning geografik joylashuvi , okean va daryolari, yirik shahar, qishloqlari, hayvonot dunyosi, o\u02bbsimligi, tabiati, iqlimi, urf \u2013odatlari, marosimlari, dini, bayramlari haqida so\u02bbz yuritadi. Ushbu qomusiy asar o\u02bbzining qimmatli ma\u02bclumotlari bilan jahon olimlarining nigohida turibdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beruniy Sharq va G\u02bbarb olimlarining diqqat-e\u02bctiborini o\u02bbziga jalb eta oldi, uning ilmiy dahosi yuksak baholandi. Masalan ,XI asr tarixchisi Abulfazl Bayhaqiy Yevropa olimlaridan Zahau, Rozen, Sarton, Karrado-Bon va boshqalar Beruniyni yuksak baholaydi. Karrado-Bon uni Leonardo da Vinchi bilan qo\u02bbyadi. Hind olimi Hamid Raza Beruniyni Hindiston tarixini yoritgan tengi yo\u02bbq olim sifatida ta\u02bcriflaydi. Ushbu ta\u02bcriflardan ko\u02bbrinib turibdiki, Beruniyning ilmiy merosi jahon jahon sivilizatsiyasiga katta ta\u02bcsir o\u02bbtkazganini ko\u02bbrishimiz mumkin.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Aziz Qayumov \u201cAbu Rayhon Beruniy\u201d Toshkent \u201cYosh gvardiya\u201d nashriyoti -1987 yil<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Natan Mallayev \u201c O\u02bbzbek adabiyoti tarixi \u201c Toshkent \u201cKafolat print company\u201d nashriyoti \u2013 2021 yil<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Nasimxon Rahmonov \u201cO\u02bbzbek adabiyoti tarixi\u201d Toshkent \u201cSano- standart nashriyoti -2017<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.edu.uz\/\">www.edu.uz<\/a><\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Bahora RAHIMOVA,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Namangan davlat universitetining 1-kurs magistranti<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Movarounnahr va Xorazm yurti IX-XI asrlarda o\u02bbz bag\u02bbrida ko\u02bbplab qomusiy olimlarni yetishtirdi. Shunday buyuk olimlardan biri Xorazmlik Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi. Beruniy yetuk astronom, geolog, farmolog, tarixchi, faylasuf, filolog va shoirdir.U astronomiya, geologiya, gidrostatika, va geografiya sohasidagi ilg\u02bbor fikrlari bilan Kopernik, Leonardo da Vinchi va boshqa olimlarning kashfiyotlarini ko\u02bbp jihatdan oldindan payqagan edi. Olim falsafa, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":26675,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ABU RAYHON BERUNIYNING JAHON SIVILIZATSIYASIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ABU RAYHON BERUNIYNING JAHON SIVILIZATSIYASIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ABU RAYHON BERUNIYNING JAHON SIVILIZATSIYASIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ABU RAYHON BERUNIYNING JAHON SIVILIZATSIYASIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-02-17T03:56:28+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-02-16T05:57:13+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/berunn.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&lang=oz\",\"name\":\"ABU RAYHON BERUNIYNING JAHON SIVILIZATSIYASIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/berunn.jpg\",\"datePublished\":\"2023-02-17T03:56:28+00:00\",\"dateModified\":\"2023-02-16T05:57:13+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ABU RAYHON BERUNIYNING JAHON SIVILIZATSIYASIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/berunn.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/berunn.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ABU RAYHON BERUNIYNING JAHON SIVILIZATSIYASIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ABU RAYHON BERUNIYNING JAHON SIVILIZATSIYASIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ABU RAYHON BERUNIYNING JAHON SIVILIZATSIYASIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ABU RAYHON BERUNIYNING JAHON SIVILIZATSIYASIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ABU RAYHON BERUNIYNING JAHON SIVILIZATSIYASIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-02-17T03:56:28+00:00","article_modified_time":"2023-02-16T05:57:13+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/berunn.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&lang=oz","name":"ABU RAYHON BERUNIYNING JAHON SIVILIZATSIYASIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/berunn.jpg","datePublished":"2023-02-17T03:56:28+00:00","dateModified":"2023-02-16T05:57:13+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ABU RAYHON BERUNIYNING JAHON SIVILIZATSIYASIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/berunn.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/berunn.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26676&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ABU RAYHON BERUNIYNING JAHON SIVILIZATSIYASIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26676"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=26676"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26676\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26677,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26676\/revisions\/26677"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/26675"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=26676"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=26676"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=26676"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}