{"id":26655,"date":"2023-02-15T08:59:16","date_gmt":"2023-02-15T03:59:16","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26655"},"modified":"2023-02-14T18:06:53","modified_gmt":"2023-02-14T13:06:53","slug":"saodat-sari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&lang=oz","title":{"rendered":"Saodat sari\u2026"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insonning nafaqat tani, balki ruhi ham davoga muhtoj. Sababi, sog\u02bblom badanda harakatga kelgan nuqsonli ruh pirovardida, jamiki hujayralarni zararlaydi. Xo\u02bbsh, ruhdagi xastalik alomatlari qanday namoyon bo\u02bbladi? Bu birinchi navbatda, Yaratganga ishonmaslik, kibr-u havo, mutaassibona qarash, o\u02bbzlikdan yiroqlashish, sabrsizlik, yolg\u02bbon so\u02bbzlash, hasad, ig\u02bbvo, g\u02bbiybat va hokazo kabi illatlar vositasida voqelikka ko\u02bbchadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odamzod bu dunyoga kelar ekan tinch va xotirjam hayot kechirishga intiladi. Shirin turmush kechirish esa eng avvalo, odamning aqliga, xatti-harakatiga, muomalasiga bog\u02bbliq. Shuning uchun ham farzand dunyoga kelar ekan, ota-ona chaqaloqqa yaxshi tarbiya berishga intiladi. Katta hayot tajribasiga ega bo\u02bblgan odamlar nasihatlari turli qiyinchiliklarni yengib o\u02bbtishda asqatadi. Mayoshixlar, qari bilganini pari bilmas, deya bejiz aytishmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson fazilatlari orasida eng afzali \u2013 ota-onaga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat-ehtirom, sadoqat tuyg\u02bbusi hisoblanadi. Kimki ota-onasiga muhabbatli bo\u02bblsa, uning ko\u02bbngli tozaligiga ishonmoq mumkin. Boisi, muhabbat chechaklari musaffo joydagina qulf urib o\u02bbsadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ota-onaga shirin muomala qilish, ular bilan kengashish, pand-nasihatiga quloq tutish amallari baxt eshiklariga kalit bo\u02bblib tushishiga shak-shubha yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Homid G\u02bbazzoliyning \u201cMukoshafat-ul qulub\u201d kitobida onaga, otaga yaxshilik ko\u02bbrsatish borasida shunday deyiladi:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarimiz huzuriga bir odam keldi va dediki:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Ey Allohning Rasuli, hijrat va jihod uchun sizdan ruxsat olgani keldim. Alloh yo\u02bblida savob ishlar qilmoqchiman.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu gaplarni eshitgan Allohning Rasuli so\u02bbradilar:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Onang, otang hayotmilar?<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Ha, ikkisi ham hayot.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Allohdan ajr olmoqchimisan?<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Ha!<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Bor, ota-onangning oldiga, ularning ko\u02bbnglini ol!<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasuli akram (s.a.v.) Alloh nazdidagi sevimli amal sifatida onaga va otaga yaxshilik ko\u02bbrsatish ekanini ta\u02bckidlaydilar. Buning mazmuni shundaki, ota-ona farzandning dunyoga kelishiga sababchi bo\u02bblgan insonlardir. Binobarin, ota-onaga yaxshilik qilish ibodat maqomiga mansub. Agarda kishi ota-onasining hurmat-ehtiromini joyiga qo\u02bbysa, u benihoya savobga ega bo\u02bbladi. Uning bilib-bilmay qilgan gunohlari kechiriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh bandalarini sinash uchun ularga hoyu-havas tuyg\u02bbularini in\u02bcom etib qo\u02bbyibdi. Hoy-u havasga haddan tashqari berilgan insonlar hech qachon baxtga erisha olmaydilar. Erishgan taqdirlarida ham ularning baxti muvaqqat bo\u02bbladi. Sabr-qanoatli, nafsi o\u02bblik kishilar esa el orasida yuksak hurmat qozonadilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odamzod bu dunyoga ikki marotaba kelmaydi: bir tug\u02bbiladi, bir o\u02bbladi. Binobarin, inson rohat-farog\u02bbatda yashab, o\u02bbtmog\u02bbi darkor. Inson halovati boshqalarga emas, faqat o\u02bbziga bog\u02bbliq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jaholat \u2013 inson umrining kushandasi. Jahl kelganida aql qochadi, deb bejiz aytishmagan. Jahl esa nafsga bog\u02bbliq harakat. Nafsning kuchayishi hayot gullarini so\u02bbldiradi. Albatta, nafssiz bandaning o\u02bbzi yo\u02bbq. Biroq nafs me\u02bcyoridan oshmasligi zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odamni yo\u02bbldan chiqaradigan narsa nafs hisoblanadi. Nafsiga qul bo\u02bblgan odamlarning boshi tashvish-u g\u02bbamdan chiqmaydi. Zotan, insonning sog\u02bb yurishi uchun ko\u02bbp narsa kerak emas. Haddan tashqari ko\u02bbp taom yeyish, ko\u02bbp uxlash, ko\u02bbp gapirish, shohona hashamatga o\u02bbchlik hislari odamzod qiyofasiga ta\u02bcsir o\u02bbtkazmasdan qolmaydi. Uning ruhiyatida kibr-havo illatlari paydo bo\u02bbladi va u el nazariga tushmaydi. Tarixdan misollar keltirsak, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Zamaxshariy, Mavlono Jaloliddin Rumiy, Mansur Halloj singari ne-ne ulug\u02bb zotlar mol-u dunyoni ko\u02bbzga ilmasdan buyuklik maqomiga ko\u02bbtarilganlar.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Homid G\u02bbazzoliyning \u201cMukoshafat-ul qulub\u201d kitobida hoy-u havasning nihoyasiz ekani to\u02bbg\u02bbrisida shunday deyiladi:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarimiz buyuradilarki:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Ey ummatim, siz uchun qo\u02bbrqqanlarimning eng qo\u02bbrqinchlisi ikki narsadir:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1. Hoy-u havas.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2. Havoyi nafsga berilmoq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hoy-u havas oxiratni unuttiradi. Havoyi nafsga berilish esa kishini to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldan adashtiradi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu ad-Dardo:<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ey insonlar, uyalmaysizmi? Bino qurasiz-da, ichida o\u02bbtira qolmaysiz. Yana orzu-havaslar bilan mashg\u02bbul bo\u02bblasiz, oxiriga yetolmaysiz. Dunyo molini to\u02bbplaysiz-da, qanoat qilib yeya qolmaysiz. Sizdan oldingi qavmlar sizdan ziyodaroq dunyolik to\u02bbplagandilar va sizday hoyu-havaslar bilan ovora bo\u02bblgandilar. Lekin, shunday kun keldiki, dabdabali binolari mozorlikka aylandi; orzu-havaslari ularni aldadi; to\u02bbplagan dunyoliklari maxv bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh har bir narsani o\u02bblchovli qilib yaratgan. Odamzodning umri unchalik uzun emas. O\u02bbsha umrni hoy-u havas shamollariga sovurgan kishi oqibatda afsus-nadomat chekadi. Nafs bandani shunday girdobda chilparchin qilib o\u02bbynatadiki, bundaylarning holiga voy.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Gunohlar g\u02bbaflatni, g\u02bbaflat qalbning \u201cqattiq\u201d bo\u02bblishini, qalb \u201cqattiqligi\u201d Allohdan yiroq bo\u02bblishni, Alloh taolodan yiroq bo\u02bblish jahannamni lozim qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insonning vujudi ruh bilan tirik. Uning ma\u02bcnaviy hayoti esa ilm bilandir. Ruhsiz jasad yo\u02bbq bo\u02bblganidek, ilm bo\u02bblmasa qalb o\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Iymoni sust bandada g\u02bbaflat miqdori ko\u02bbp bo\u02bbladi. G\u02bbaflat \u2013 Alloh go\u02bbzalligidan bahra olmaslik, ya\u02bcni ko\u02bbngil ko\u02bbzlarining yopiqligidir. Agarda banda har bitta giyoh go\u02bbzalligidan ma\u02bcno tuyganida edi, yuragi mislsiz shodliklarga g\u02bbarq bo\u02bblur edi. Sa\u02bcdiy Sheroziy shunday deydi:<\/span><\/p>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0628\u0647 \u062c\u0647\u0627\u0646 \u062e\u0631\u0645 \u0627\u0632 \u0622\u0646\u0645 \u06a9\u0647 \u062c\u0647\u0627\u0646 \u062e\u0631\u0645 \u0627\u0632 \u0627\u0648\u0633\u062a<\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0639\u0627\u0634\u0642\u0645 \u0628\u0631 \u0647\u0645\u0647 \u0639\u0627\u0644\u0645 \u06a9\u0647 \u0647\u0645\u0647 \u0639\u0627\u0644\u0645 \u0627\u0632 \u0627\u0648\u0633\u062a<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bcnosi: Butun jahondan (borliqdan) shodman, chunki jahon Undan shoddir, Butun olamga oshiqman, chunki butun olam Unikidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu yorug\u02bb dunyoning mazmuni ishq-muhabbatdan iborat. Agarda shu tuyg\u02bbular bo\u02bblmaganida edi dunyo tartiboti buzilgan bo\u02bblur edi. Quyoshning tortish kuchi bois, sayyoralar muntazam ravishda uning tegrasida aylanadi. Binobarin, dunyodagi qonuniyat parvonalik xususiyati bilan izohlanadi. Ammo chin sevgi bilan qalbaki sevgining farqiga bormoq kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Homid G\u02bbazzoliy qalamiga mansub \u201cMukoshafat-ul qulub\u201d kitobida ishq to\u02bbg\u02bbrisida shunday deyiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">S\u0415VGI \u2013 bu, inson tabiatining zavqlantiruvchi huzurbaxsh lazzatga mayl etishidir. Sevgining oliy darajasi ISHQ deyiladi. Oshiqlar o\u02bbz ma\u02bcshuqalarining visoliga yetishmoq uchun hech nimalarini, hattoki jonlarini ham ayamagaylar. Hazrat Yusufni sevib, tillarda doston bo\u02bblgan Zulayho buning yorqin misolidir. Bebaho zebigardonlarini Hazrat Yusufga bo\u02bblgan ishqi yo\u02bblida sarf etadi. Kimda-kim, \u201cMen bugun Yusufni ko\u02bbrdim!\u201d \u2013 desa, unga qimmatli marjonlardan birini berardi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana Laylo ila Majnun hikoyasi ham mashhurdir.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Majnundan so\u02bbrabdilar:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Isming nima?<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Laylo!<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Laylo o\u02bblmadimi?<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Yo\u02bbq. Laylo mening qalbimda, o\u02bblmadi. Men Layloman.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mansur Hallojni o\u02bbn sakkiz kun hibs etadilar. Bir kun Imom Shibliy uning yoniga kelib so\u02bbraydi:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Ey Mansur, sevgi-muhabbat nima?<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Bugun so\u02bbrama, ertaga so\u02bbra.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ertasi kun bo\u02bbldi, Hallojni qatl etgani zindondan chiqarib, maydonga keltirdilar. Mansur ayni shu onda yetib kelgan Shibliyga shunday sado beradi:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Ey Shibliy, sevgi-muhabbatni boshi yonmoq, oyog\u02bbi qatl bo\u02bblinmoqdir!<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mansurdan so\u02bbrmishlarki:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Sen kimsan?<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Javob bermish:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Men HAQman!<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ana shu so\u02bbzi uchun u qatl etilgandi. Masalaning izohi esa mana bunday:<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mansur shunday bir martabaga yuksalgandiki, uning nazarida Allohdan boshqa har qanday mavjudot foniy, yo\u02bbq bo\u02bblishga mahkum va botil edi. Haqiqiy borliq yolg\u02bbiz Alloh \u2013 Haq edi. Mana shu darajadagi yuksak bir martabaga chiqa olgan Halloj, yolg\u02bbiz Allohning bir ismi bo\u02bblgan \u201cHAQ\u201d (MAVJUD) kalimasini bilar, o\u02bbz ismini ham xotirlamas edi. Shuning o\u02bbziga aytilgan \u201cSen kimsan?\u201d so\u02bbrog\u02bbiga \u201cAnal HAQ\u201d, ya\u02bcni \u201cMen HAQman!\u201d javobini bergandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ishq-muhabbat ikki turli bo\u02bbladi. Bu bandaning Yaratganga muhabbati bo\u02bblib, ilohiy ishq hisoblanadi. Ilohiy ishq bois banda poklanadi, maqomga yetadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchisi \u2013 bandaning bandaga muhabbati. Bu muhabbat odamni yashashga, hayot zavqini surishga qiziqtiradi. Xulosa qilib aytganda, bu ikki tur muhabbat ham bitta maqsad tegrasida tutashadi. U ham bo\u02bblsa odam bo\u02bblib tug\u02bbilgandan qanoat hosil qilish hissiyotidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhabbat tuyg\u02bbusi \u2013 beg\u02bbubor tuyg\u02bbu. Bu borada yengil fikrlamaslik lozim. Afsuski, ba\u02bczi yigit-qizlar muhabbat deb o\u02bbylab, sarobga yuz tutadilar. Mayda-chuyda havaslar girdobida qolib, yo\u02bbldan adashadilar. Shunda hayot ularning ko\u02bbzi o\u02bbnggida chiroyini yo\u02bbqotadi. Chin ishq inson ko\u02bbnglida ildiz otsa uni farishta maqomiga chiqaradi. Mavlono Rumiy aytadiki:<\/span><\/p>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0627\u06cc \u062f\u0648\u0633\u062a \u0627\u06cc \u062f\u0648\u0633\u062a \u0627\u06cc \u062f\u0648\u0633\u062a \u0627\u06cc \u062f\u0648\u0633\u062a<\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u062c\u0648\u0631 \u062a\u0648 \u0627\u0632 \u0622\u0646\u06a9\u0634\u0645 \u06a9\u0647 \u0631\u0648\u06cc \u062a\u0648 \u0646\u06a9\u0648\u0633\u062a<\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0645\u0631\u062f\u0645 \u06af\u0648\u06cc\u0646\u062f \u0628\u0647\u0634\u062a \u062e\u0648\u0627\u0647\u06cc \u06cc\u0627 \u062f\u0648\u0633\u062a<\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0627\u06cc \u0628\u06cc\u062e\u0628\u0631\u0627\u0646 \u0628\u0647\u0634\u062a \u0628\u0627 \u062f\u0648\u0633\u062a \u0646\u06a9\u0648\u0633\u062a<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bcnosi: Ey do\u02bbst, iztirobim (firoq azobim) shundanki, Sen yaxshisan (mukammalsan), Odamlar so\u02bbraydi, do\u02bbst xohlaysanmi yo jannatnimi? Ey xabarsizlar Jannat ham do\u02bbst bilan yaxshidir (mukkamaldir).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zotan Rumiyning do\u02bbstini juda keng ma\u02bcnoda tushunish mumkin. U jannatni do\u02bbstisiz xohlamaydi. Uning fikricha jannatni xohlash ham bir nafs, unga do\u02bbstining diydori har narsadan muhim, o\u02bbzligini anglagan, aslini tanigan odamga, Alloh huzuridan boshqa yuksakroq makon va holat yo\u02bbq!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda inson ikki dunyo saodatiga yetishishi uchun dinimizni go\u02bbzal amallarini bajo keltirishi, yomon narsalardan parhez qilinishi, badani va ruhini tarbiyalashi, toza tutishi, ilm va ma\u02bcrifat ketidan bo\u02bblishligi, atrofdagilarga bag\u02bbrikenglik bilan yondoshishi, eng muhimi qalbida borliqdagi jonli va jonsiz narsalarga muhabbat ko\u02bbzi bilan qarashligi lozim hamda xalqiga va odamlarga beminnat xizmat qilishi kerak.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nargiza SHOALIYEVA,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cO\u02bbzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti\u201d kafedrasi dotsenti<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Insonning nafaqat tani, balki ruhi ham davoga muhtoj. Sababi, sog\u02bblom badanda harakatga kelgan nuqsonli ruh pirovardida, jamiki hujayralarni zararlaydi. Xo\u02bbsh, ruhdagi xastalik alomatlari qanday namoyon bo\u02bbladi? Bu birinchi navbatda, Yaratganga ishonmaslik, kibr-u havo, mutaassibona qarash, o\u02bbzlikdan yiroqlashish, sabrsizlik, yolg\u02bbon so\u02bbzlash, hasad, ig\u02bbvo, g\u02bbiybat va hokazo kabi illatlar vositasida voqelikka ko\u02bbchadi. Odamzod bu dunyoga kelar ekan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":26653,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Saodat sari\u2026 - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Saodat sari\u2026\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Saodat sari\u2026 - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Saodat sari\u2026\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-02-15T03:59:16+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-02-14T13:06:53+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/saodatt.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"720\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"480\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&lang=oz\",\"name\":\"Saodat sari\u2026 - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/saodatt.jpg\",\"datePublished\":\"2023-02-15T03:59:16+00:00\",\"dateModified\":\"2023-02-14T13:06:53+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"Saodat sari\u2026\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/saodatt.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/saodatt.jpg\",\"width\":720,\"height\":480},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Saodat sari\u2026\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Saodat sari\u2026 - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"Saodat sari\u2026","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Saodat sari\u2026 - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Saodat sari\u2026","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-02-15T03:59:16+00:00","article_modified_time":"2023-02-14T13:06:53+00:00","og_image":[{"width":720,"height":480,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/saodatt.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&lang=oz","name":"Saodat sari\u2026 - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/saodatt.jpg","datePublished":"2023-02-15T03:59:16+00:00","dateModified":"2023-02-14T13:06:53+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"Saodat sari\u2026","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/saodatt.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/saodatt.jpg","width":720,"height":480},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26655&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Saodat sari\u2026"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26655"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=26655"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26655\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26659,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26655\/revisions\/26659"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/26653"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=26655"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=26655"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=26655"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}