{"id":26650,"date":"2023-02-16T08:04:47","date_gmt":"2023-02-16T03:04:47","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26650"},"modified":"2023-02-14T15:05:39","modified_gmt":"2023-02-14T10:05:39","slug":"obid-namangoniy-zamonasi-haqida-tuhfat-ul-obidin-va-anis-ul-oshiqin-bayozi-asosida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&lang=oz","title":{"rendered":"OBID NAMANGONIY ZAMONASI HAQIDA (\u201cTuhfat ul-obidin va anis ul-oshiqin\u201d bayozi asosida)"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy, madaniy o\u02bbzgarishlar o\u02bbzbek adabiyotiga o\u02bbz ta\u02bcsirini ko\u02bbrsatdi. O\u02bbzbek adabiy harakatiga yangi yo\u02bbnalishlar, yangi rux, yangi mavzular kirib keldi. Bu davrda o\u02bbzbek adabiyotida yangi nomlar paydo bo\u02bbldi va ularning ijodi vaqtli matbuotda yoritilib borildi. Ularning ko\u02bbplari bayozlar, to\u02bbplamlar, devonlar holida chop etildi. Ana shu davr mahsuli bo\u02bblgan \u201cArmug\u02bboni Xislat\u201d, \u201cTurkiy Guliston yoxud axloq\u201d, \u201cBayozi Haziniy\u201d, \u201cTuhfai Shavkat\u201d, \u201cMajmuai shoiron\u201d, \u201cBayozi Miriy\u201d, \u201cBayozi Nodim\u201d, \u201cBayozi Kamiy\u201d, \u201cHaft shuaro\u201d, \u201cBayozi Tabibiy\u201d, \u201cTazkirai shuaro\u201d kabi ko\u02bbpgina bayozlar va to\u02bbplamlar qatorida hali nashr etilmagan va o\u02bbrganilmagan \u201cTuhfat-ul obidin va anis ul-oshiqin\u201d (\u201cObidlar tuhfasi va oshiqlar ulfati\u201d) bayozi ham alohida ahamiyatga ega<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26647#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bizning qo\u02bblimizda mavjud bo\u02bblgan \u201cTuhfat-ul obidin va anis ul-oshiqin\u201d (quyida qisqartirib: \u201cTuhfat ul-obidin\u201d deb ataymiz) bayozi 1326 hijriy \u2013 1908 melodiy yilda Toshkentda Mulla Hasan Orifjonov litografiyasida (toshbosmasida) chop etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bayozning oxirida o\u02bbsha davrning xarakteristikasini ifodalovchi Obid Namangoniyning \u201c<em>Muxammas ul-Obid\u00a0<\/em><em>\u02bb<\/em><em>ala-l-Majrux fiy ahvoli ahli zamon (Zamon ahlining ahvoli haqidagi Majruhning g\u02bbazaliga Obidning muxammasi)<\/em>\u201d deb nomlanuvchi muxammasi alohida e\u02bctiborga molikdir. Muxammasning nomlanishi ham \u201cZamon ahlining ahvoli\u201d deb yuritiladi. Ushbu muxammasda Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy ahvol mahorat bilan bayon etilgan va sharhlab berilgan bo\u02bblib, aruzning go\u02bbzal namunasi desa bo\u02bbladi. Jumladan, Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy ahvol, turlicha tartib va nizomlarning g\u02bbayrimilliy va g\u02bbayridiniy ko\u02bbrinishdaligi hamda ularning oqibatlari haqida gap boradi. Muxammas shunday boshlanadi:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Bo\u02bbldilar bizlarga nosih befarosatlar chiqib,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Amri ma\u02bcruf aylashurlar betahoratlar chiqib,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Maslahatdon bo\u02bbldi necha bezakovatlar chiqib,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Bo\u02bbldi Farg\u02bbona elikim g\u02bbayri sun\u02bcatlar chiqib,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Turfa tartibu nizomu o\u02bbzga bid\u02bcatlar chiqib<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26647#_ftn2\" name=\"_ftnref2\"><strong>[2]<\/strong><\/a>.<\/em><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turfa tartib va qoidalar hamda shariatdan tashqari bid\u02bcatlar joriy etilib, o\u02bbzlari befarosat bo\u02bblgani holda, bizga nasihat beruvchilar ko\u02bbpaydi, deb noliydi shoir. Betahoratlar (bu yerda g\u02bbayrimusulmonlar nazarda tutilgan \u2013 M.S.) kelib bizga amru ma\u02bcruf qiluvchilar, \u201cadab o\u02bbrgatuvchilar\u201d ko\u02bbpayganini, aqlsiz nodonlar kelib aql o\u02bbrgatishini va Farg\u02bbona eli shunday kishilar qo\u02bbli ostida qolganini afsus bilan bayon etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbsha davrda mahalliy millatlarni bo\u02bbysundirish uchun ularni diniy e\u02bctiqodidan va milliy ma\u02bcnaviyatidan mahrum qilish kerakligi chor Rossiyasi siyosatining Markaziy Osiyoga nisbatan bunday yo\u02bbli amalda joriy etilganligini muxammasdagi fikrlar tizimi orqali bilib olamiz. Muxammasni o\u02bbqiganimiz sari islom dinining qadriga putur yeta boshlagani, odamlarda hamiyat, ya\u02bcni din uchun or-nomusni\u00a0\u00a0\u00a0 saqlash, uning rivoji uchun mashaqqat chekish qolmagani, kishilarda bir-birovga birodarlik nishonalari kamayib borayotganligi haqidagi manzaralar tasavvurimizda gavdalanadi:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ba\u02bczilar masjid aro ermas xudo uchun muqim,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Madrasa ichra mudarris vaqfi uchun mustaqim,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Gar o\u02bbzi lutf aylamas bo\u02bblsa xudovandi Karim,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Mavja kelturdi zinovu fisqni bahrigakim,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Zohiri zohidsifat ahli sharoratlar chiqib<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26647#_ftn3\" name=\"_ftnref3\"><strong>[3]<\/strong><\/a>.<\/em><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu misralarda Obid Namangoniy tashqi ko\u02bbrinishdangina taqvodor odamlar, ya\u02bcni munofiqlar chiqib, masjidga qatnash ham shunchaki, ko\u02bbz-ko\u02bbz uchun, madrasalarda mudarrislar tolibi ilmlarga saboq berish uchun emas, balki madrasaning yeri va undan keladigan daromad uchun domlalik qilib yurganliklarini achinish bilan qalamga olgan. Shu tufayli, zinokorlik va fisqu-fasod dengizi mavj urib boshladi. Bu esa millat taqdirining inqirozga yuz tutishiga olib keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muxammasda milliy musulmon maktabida tahsil olmagan savodsiz, ma\u02bcrifatsiz johillar paydo bo\u02bblib, ular dinu diyonat, shariat, ma\u02bcrifat kabi qadriyatlarimiz tanazzuliga sabab bo\u02bblganligini, ya\u02bcni kishilar dilida gunoh ishlarga moyillik paydo qilgani, odamlarda ichi qoralik, hasad, fisqu-fasod kabi yaramas illatlar avj olgani, natijada islom dini anqoning urug\u02bbidek, yo\u02bbqolib ketish darajasiga kelib qolganini tanqid ostiga olingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzi munofiq, mazhabining tayini yo\u02bbq, kishining haqidan qo\u02bbrqmaydigan, tashqi ko\u02bbrinishi imomu aslida ichki dunyosi g\u02bbarib, bediyonat, o\u02bbg\u02bbri odamlar shariatga peshvo bo\u02bblganligidan afsuslanadi Obid Namangoniy. O\u02bbsha zamonda shunday bir toifa odamlar paydo bo\u02bbladiki, o\u02bbzlarini go\u02bbyoki Iskandar Zulqarnayn deb biladilar. Aslida bularning qilmishlari xayru saxovat qilish o\u02bbrniga sudxo\u02bbrlik orqasidan boylik orttirish, amallari faqat yulg\u02bbunchilikdan iborat ekanligining real manzarasi beriladi muxammasda:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Aylagung ixlos to\u02bbxtovsiz ko\u02bbrib diydorini,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Qaysi mazhabdin xalifa deb munofiq o\u02bbg\u02bbrini,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Haqi mardumdin hazar qilmas, nadur bilmam dinini,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Xonaqohda raqs urub oldi nechani kafshini,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Botini kizbu xiyonat ahli suhbatlar chiqib<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26647#_ftn4\" name=\"_ftnref4\"><strong>[4]<\/strong><\/a>.<\/em><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbsha davrda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahvoli shu darajaga yetdiki, pulparastlik barcha muqaddas narsalardan, hattoki, ota-onadan, ilmdan, el ichra e\u02bczozda bo\u02bblgan payg\u02bbambar avlodlarini hurmatlashdan yuqori turar edi. Balki pul uchun ilmli, fozil kishilarni haqoratlash, ota-onalarni behurmat qilish, g\u02bbayridinlarni e\u02bczozlash ustun bo\u02bblib qolganligini muxammas ruhiyatidan bilib olamiz. Obid Namangoniy imon-e\u02bctiqod, axloq, diyonat va ma\u02bcrifat bilan uyg\u02bbunligini, din asrlar osha kishilarni halollikka, rostgo\u02bbylikka, kamtarlikka, mehr-muruvvatga, saxovatga chorlab kelganligini aytib o\u02bbtadi:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Xoja, mulloni haqorat aylagaylar pul uchun,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ilm odobini g\u02bborat aylagaylar pul uchun,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Volidaynni tarki izzat aylagaylar pul uchun,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Kesmagan hinduni izzat aylagaylar pul uchun,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>El arosida otangan ahli izzatlar chiqib<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26647#_ftn5\" name=\"_ftnref5\"><strong>[5]<\/strong><\/a><\/em><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Diniy qadriyatlarning tanazzulini ko\u02bbrgan Obid Namangoniy musulmonlarni undan saqlanishga da\u02bcvat etadi, hamisha xudo yo\u02bblida bo\u02bblishga, qalbni xudoning ma\u02bcrifati bilan bezashga chaqiradi, gunoh ishlardan parhez qilishga da\u02bcvat etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida butun Turkiston o\u02bblkasida xudosizlik (ateizm \u2013 M.S.) dunyoqarashining kishilar ongida jadal ildiz ota boshlagan davrdir. Bu davrda hokimiyat tepasiga Xudodan qo\u02bbrqmaydigan \u201cahli donishlar\u201d kelib, ko\u02bbngliga kelgan noma\u02bcqul ishlarni islom dini nomidan targ\u02bbib qilar, yangi tartib-qoidalar o\u02bbylab topar va xalqqa zulm qilar edi. Muxammasda ushbu jarayonning tadrijiy rivojlanish bosqichlarini ko\u02bbrishimiz mumkin:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Bu Ali Sino erur hayron zamon tazvirig\u02bba,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Kor eturlarkim, yetib bo\u02bblmas ani ta\u02bcbirig\u02bba,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Aldabon shayton elin band aylagay zanjirig\u02bba,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Hech nayrang o\u02bbxshamas bu xalqning tazvirig\u02bba,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ushlatur shayton yaqosin ahli san\u02bcatlar chiqib.<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u00a0<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Yaxshiliq qilsang kima qayda sanga sud aylagay,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Qaydagi ulfatlaring dilshodu xushnud aylagay,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>San vafo qilsang, jafolar birla nobud aylagay,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Yetmagan aqli shayotin ishni mavjud aylagay,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Qo\u02bbrqmagan qahri Xudodan ahli hikmatlar chiqib<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26647#_ftn6\" name=\"_ftnref6\"><strong>[6]<\/strong><\/a>.<\/em><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nihoyat, muxammas oxirida muallif ajalga hiyla va boshqa tadbirlar (pora berib, mansab berib uzr so\u02bbrash va b. \u2013 M.S.) kor qilmasligini, har kim o\u02bbz a\u02bcmoliga yarasha ajrim olishi, gunohkorlar ham, mo\u02bbmin bandalar ham xudoning nazaridan chetda emasligi va oxir-oqibat barchaning bu foniy dunyodan bir-bir ketishi muqarrarligini uqtiradi. O\u02bblim \u2013 haq, demak bu foniy dunyoda kishilar ezgulikni ko\u02bbpaytirishi kerak, degan xulosaga keladi Obid Namangoniy. Ushbu muxammasda mustamlakachilikning ilk paytlarida musulmonlar yurtini o\u02bbzgalar oyoq osti qilganlari va xalqni dinu diyonatdan, milliy qadriyatidan, ma\u02bcnaviyatidan mahrum qilinganining badiiy ifodasi o\u02bbz aksini topgan. Shoir diniy qadriyatlarni saqlab qoluvchi vatanparvar inson sifatida gavdalanadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Foydalanilgan adabiyot:<\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Tuhfat ul-obidin va anis ul-oshiqin. \u2013 Toshkent: Orifjonov toshbosmasi, 1908. \u2013 192 sahifa.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Madrahim SAFARBOYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>falsafa fanlari nomzodi, dotsent<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy, madaniy o\u02bbzgarishlar o\u02bbzbek adabiyotiga o\u02bbz ta\u02bcsirini ko\u02bbrsatdi. O\u02bbzbek adabiy harakatiga yangi yo\u02bbnalishlar, yangi rux, yangi mavzular kirib keldi. Bu davrda o\u02bbzbek adabiyotida yangi nomlar paydo bo\u02bbldi va ularning ijodi vaqtli matbuotda yoritilib borildi. Ularning ko\u02bbplari bayozlar, to\u02bbplamlar, devonlar holida chop etildi. Ana shu davr mahsuli &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":26648,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>OBID NAMANGONIY ZAMONASI HAQIDA (\u201cTuhfat ul-obidin va anis ul-oshiqin\u201d bayozi asosida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"OBID NAMANGONIY ZAMONASI HAQIDA (\u201cTuhfat ul-obidin va anis ul-oshiqin\u201d bayozi asosida)\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"OBID NAMANGONIY ZAMONASI HAQIDA (\u201cTuhfat ul-obidin va anis ul-oshiqin\u201d bayozi asosida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"OBID NAMANGONIY ZAMONASI HAQIDA (\u201cTuhfat ul-obidin va anis ul-oshiqin\u201d bayozi asosida)\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-02-16T03:04:47+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-02-14T10:05:39+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/bukhari_buxoriy2023_31.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&lang=oz\",\"name\":\"OBID NAMANGONIY ZAMONASI HAQIDA (\u201cTuhfat ul-obidin va anis ul-oshiqin\u201d bayozi asosida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/bukhari_buxoriy2023_31.jpg\",\"datePublished\":\"2023-02-16T03:04:47+00:00\",\"dateModified\":\"2023-02-14T10:05:39+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"OBID NAMANGONIY ZAMONASI HAQIDA (\u201cTuhfat ul-obidin va anis ul-oshiqin\u201d bayozi asosida)\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/bukhari_buxoriy2023_31.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/bukhari_buxoriy2023_31.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"OBID NAMANGONIY ZAMONASI HAQIDA (\u201cTuhfat ul-obidin va anis ul-oshiqin\u201d bayozi asosida)\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"OBID NAMANGONIY ZAMONASI HAQIDA (\u201cTuhfat ul-obidin va anis ul-oshiqin\u201d bayozi asosida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"OBID NAMANGONIY ZAMONASI HAQIDA (\u201cTuhfat ul-obidin va anis ul-oshiqin\u201d bayozi asosida)","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"OBID NAMANGONIY ZAMONASI HAQIDA (\u201cTuhfat ul-obidin va anis ul-oshiqin\u201d bayozi asosida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"OBID NAMANGONIY ZAMONASI HAQIDA (\u201cTuhfat ul-obidin va anis ul-oshiqin\u201d bayozi asosida)","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-02-16T03:04:47+00:00","article_modified_time":"2023-02-14T10:05:39+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/bukhari_buxoriy2023_31.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&lang=oz","name":"OBID NAMANGONIY ZAMONASI HAQIDA (\u201cTuhfat ul-obidin va anis ul-oshiqin\u201d bayozi asosida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/bukhari_buxoriy2023_31.jpg","datePublished":"2023-02-16T03:04:47+00:00","dateModified":"2023-02-14T10:05:39+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"OBID NAMANGONIY ZAMONASI HAQIDA (\u201cTuhfat ul-obidin va anis ul-oshiqin\u201d bayozi asosida)","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/bukhari_buxoriy2023_31.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/bukhari_buxoriy2023_31.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26650&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"OBID NAMANGONIY ZAMONASI HAQIDA (\u201cTuhfat ul-obidin va anis ul-oshiqin\u201d bayozi asosida)"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26650"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=26650"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26650\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26651,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26650\/revisions\/26651"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/26648"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=26650"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=26650"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=26650"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}