{"id":26547,"date":"2023-02-13T08:27:48","date_gmt":"2023-02-13T03:27:48","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26547"},"modified":"2023-02-08T17:28:31","modified_gmt":"2023-02-08T12:28:31","slug":"bobur-ilmiy-ma%ca%bcnaviy-m%d0%b5rosining-bugungi-kundagi-ahamiyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&lang=oz","title":{"rendered":"BOBUR ILMIY-MA\u02bcNAVIY M\u0415ROSINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zahiriddin Muhammad Bobur O\u02bbrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she\u02bcriyatida o\u02bbziga xos o\u02bbrin egallagan adib, shoir, olim bo\u02bblish bilan birga, yirik davlat va siyosat arbobi, mohir sarkarda ham sanaladi. U keng dunyoqarashi va komil aql-zakovati bilan Hindistonda ma\u02bcrifatparvar davlat arbobi sifatida nom qozongan bo\u02bblsa, \u201cBoburnoma\u201d asari bilan jahonning mashhur tarixnavislari qatoridan ham joy olgan. Uning nafis g\u02bbazal va ruboiylari turkiy she\u02bcriyatning eng nodir durdonalaridan sanaladi. \u201cMubayyin\u201d, \u201cHarb ishi\u201d, \u201cXatti Boburiy\u201d asarlari va \u201cAruz\u201d risolasi islom qonunshunosligi, harb san\u02bcati, nafis san\u02bcat, she\u02bcriyat va til nazariyasi sohalari rivojiga munosib hissa bo\u02bblib qo\u02bbshildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Javoharla\u02bcl Neru o\u02bbzining \u201cHindistonning kashf etilishi\u201d kitobida: \u201cBobur dilbar shaxs edi. Uyg\u02bbonish davrining ajoyib sultoni, kuchli, tadbirkor kishi bo\u02bblib, san\u02bcatni, adabiyotni, go\u02bbzallikni sevardi\u201d, deb yozgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cBoburnoma\u201d o\u02bbzbek va umumturkiy adabiyotning mashhur qomusiy asarlaridandir. U<\/strong>nda Movarounnahr, Xuroson, Eron va Hindiston xalqlariga oid ko\u02bbplab ma\u02bclumotlar jamlangan. Asar uch qismdan iborat bo\u02bblib, birinchisi \u2013 XV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda ro\u02bby bergan voqealarni; ikkinchisi \u2013 XV asr oxiri va XVI asrning birinchi yarmida Kobul ulusi, ya\u02bcni Afg\u02bbonistonda ro\u02bby bergan hodisalarni; uchinchisi esa Shimoliy Hindiston xalqlarining XVI asrning birinchi choragidagi tarixiga doir lavhalarni o\u02bbz ichiga oladi. \u201cBoburnoma\u201d \u2013 1500 ga yaqin tarixiy shaxs hamda o\u02bbsimlik va hayvonot olamiga doir yuzlab nodir ma\u02bclumotlarni o\u02bbzida mujassam etgan qomusiy asar bo\u02bblib, 20 dan ortiq tilga tarjima qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muxtasar aytganda, \u201cBoburnoma\u201d o\u02bbquvchiga Markaziy Osiyo, Afg\u02bboniston va Hindiston xalqlari tarixi, o\u02bbsha davrda boburiylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti, tabiati va geografiyasi bilan tanishish imkonini beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBoburnoma\u201dning tarjima qilgan ingliz olimi Uilyam Erskin: \u201cOsiyoda saxovati va mardligi, iste\u02bcdodi, ilm-fanga, san\u02bcatga mehri va ular bilan muvaffaqiyatli shug\u02bbullanishi jihatidan Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boburning ulkan ijodkorligi shundaki, asarlarida shaxsiy kechinmalarini bayon etish barobarida yuksak g\u02bboyalar, umuminsoniy qadriyatlarni olg\u02bba suradi. Uning ijodida, xususan, she\u02bcriyatida ona yurtni chin dildan qo\u02bbmsash, uning tuprog\u02bbiga talpinish, musofirlik iztiroblaridan hasrat, yoru diyor sog\u02bbinchi katta nafosat bilan badiiy talqin etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zahiriddin Muhammad Bobur hayotida ro\u02bby bergan keskinliklarning, og\u02bbir tushkunliklarning ruhiyatga ta\u02bcsiri, Vatan sog\u02bbinchi, unga qaytish umidi she\u02bcrlarida mohirona tarzda aks etgan:<em>\u00a0<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Tole\u02bc yo\u02bbqi jonimg\u02bba balolig\u02bb bo\u02bbldi,<br \/>\nHar ishniki ayladim, xatolig\u02bb bo\u02bbldi.<br \/>\nO\u02bbz yurtni qo\u02bbyib, Hind sori yuzlandim,<br \/>\nYo Rab, netayin, bu ne yuz qarolig\u02bb bo\u02bbldi?!<\/em><em>\u00a0<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, Bobur o\u02bbz she\u02bcrlarida har doim odamlarni yaxshilikka, adolatga, insonparvarlikka, yuksak insoniy tuyg\u02bbularni qadrlashga chaqiradi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,<br \/>\nHar kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Yaxshi kishi ko\u02bbrmag\u02bbay yomonliq hargiz,<br \/>\nHar kimki, yomon bo\u02bblsa, jazo topqusidur.<\/em><em>\u00a0<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boburning 1522 yilda o\u02bbg\u02bbli Humoyunga atab yozilgan \u201cMubayyin\u201d nomli asari o\u02bbsha davr soliq tizimiga doir shar\u02bciy qonun-qoidalar bayoniga bag\u02bbishlangan. Mumtoz adabiyotshunoslik qoidalariga bag\u02bbishlangan \u201cAruz risolasi\u201dda esa 537 ta she\u02bcrni tahlil qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cXatti Boburiy\u201d deb atalgan risolasida arab alifbosi ta\u02bclimi turkiy tillar, xususan, o\u02bbzbek tili asosida birmuncha soddalashtirib berilgan. Shoir Qur\u02bconi karimni o\u02bbzi ishlab chiqqan \u201cXatti Boburiy\u201d alifbosida ko\u02bbchirtirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bobur she\u02bcriyatida ko\u02bbpchilik mutafakkirlar asarlariga xos bo\u02bblgan jihat yaqqol namoyon etilgan \u2013 insonning axloqi va barkamolligi masalalariga katta e\u02bctibor qaratilgan. Shoir inson qadrini ko\u02bbtarib, unga ulkan hurmat bilan munosabatda bo\u02bblishni yoqlaydi. Buning ziddi bo\u02bblgan sifatlarni qoralaydi. Boburning fikricha, xudbinlik, izzattalablik, baxillik, manmanlik noqobil sifatlardir. Shoir ruboiylarida insonning ma\u02bcnaviy tarbiyasi haqida qimmatli maslahatlar beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bobur ko\u02bbz o\u02bbngida yuz berayotgan voqea va hodisalarni ziyraklik bilan kuzatgan. O\u02bbzini qiynagan his-tuyg\u02bbularni chuqur tanqidiy tahlil qilib, ularni yaxshilik va adolat, haqiqat va go\u02bbzallik tamoyillariga xizmat qilishga yo\u02bbnaltira olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Adabiyot, tarix, musiqa va san\u02bcatdan yaxshi xabardor bo\u02bblgan Bobur doim olimu fozillar davrasida bo\u02bblgan, ijod ahliga, kasbu hunar sohiblariga samimiy ehtirom ko\u02bbrsatib, homiylik (metsenatlik) qilgan. Shu sababdan bo\u02bblsa kerak, ingliz tarixchisi Eduard Xolden unga \u201cBobur fe\u02bcli-saviyasiga ko\u02bbra Sezarga qaraganda suyukliroq bo\u02bblishga arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo\u02bbyilgan\u201d, deb ta\u02bcrif bergan. Mirzo Muhammad Haydar esa\u00a0 \u201cTarixi Rashidiy\u201d asarida bunday yozadi: \u201c\u2026U turli fazilatlar bilan bezangan va maqtovli xislatlarga ega bo\u02bblgan bir podshoh edi. Barcha fazilatlari orasida shijoat va muruvvati ustunroq turardi. Turkiy she\u02bcrni Amir Alisherdan keyin hech kim Bobur yozgan darajada yozgan emas\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ijod va san\u02bcat odamlariga bunday mehrli munosabat bejiz emas edi, albatta. Boburning o\u02bbzi tabiatan ijodkor bo\u02bblgan. Navqironlik yillaridan umrining oxirigacha ijod bilan shug\u02bbullangan. Hech bir sharoit va vaziyatda ijoddan to\u02bbxtamagan, natijada avlodlarga har jihatdan takomilga yetkazilgan boy ilmiy va adabiy meros qoldirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bobur buyuk sarkarda bo\u02bblibgina qolmay, o\u02bbzining mashhur asarlari bilan keng fikrli tarixnavis, yetuk adib, lirik shoir va ijtimoiy masalalar yechimiga o\u02bbzining ulkan hissasini qo\u02bbshgan katta olim sifatida dunyo ilm-fani ravnaqi va ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy rivojida munosib o\u02bbrin egallaydi.\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Jonibek JUMAYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Zahiriddin Muhammad Bobur O\u02bbrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she\u02bcriyatida o\u02bbziga xos o\u02bbrin egallagan adib, shoir, olim bo\u02bblish bilan birga, yirik davlat va siyosat arbobi, mohir sarkarda ham sanaladi. U keng dunyoqarashi va komil aql-zakovati bilan Hindistonda ma\u02bcrifatparvar davlat arbobi sifatida nom qozongan bo\u02bblsa, \u201cBoburnoma\u201d asari bilan jahonning mashhur tarixnavislari qatoridan ham joy olgan. Uning &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":26546,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>BOBUR ILMIY-MA\u02bcNAVIY M\u0415ROSINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"BOBUR ILMIY-MA\u02bcNAVIY M\u0415ROSINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"BOBUR ILMIY-MA\u02bcNAVIY M\u0415ROSINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"BOBUR ILMIY-MA\u02bcNAVIY M\u0415ROSINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-02-13T03:27:48+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-02-08T12:28:31+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/bukhari_buxoriy2023_28.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&lang=oz\",\"name\":\"BOBUR ILMIY-MA\u02bcNAVIY M\u0415ROSINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/bukhari_buxoriy2023_28.jpg\",\"datePublished\":\"2023-02-13T03:27:48+00:00\",\"dateModified\":\"2023-02-08T12:28:31+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"BOBUR ILMIY-MA\u02bcNAVIY M\u0415ROSINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/bukhari_buxoriy2023_28.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/bukhari_buxoriy2023_28.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"BOBUR ILMIY-MA\u02bcNAVIY M\u0415ROSINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"BOBUR ILMIY-MA\u02bcNAVIY M\u0415ROSINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"BOBUR ILMIY-MA\u02bcNAVIY M\u0415ROSINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"BOBUR ILMIY-MA\u02bcNAVIY M\u0415ROSINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"BOBUR ILMIY-MA\u02bcNAVIY M\u0415ROSINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-02-13T03:27:48+00:00","article_modified_time":"2023-02-08T12:28:31+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/bukhari_buxoriy2023_28.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"4 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&lang=oz","name":"BOBUR ILMIY-MA\u02bcNAVIY M\u0415ROSINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/bukhari_buxoriy2023_28.jpg","datePublished":"2023-02-13T03:27:48+00:00","dateModified":"2023-02-08T12:28:31+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"BOBUR ILMIY-MA\u02bcNAVIY M\u0415ROSINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/bukhari_buxoriy2023_28.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/bukhari_buxoriy2023_28.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26547&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"BOBUR ILMIY-MA\u02bcNAVIY M\u0415ROSINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26547"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=26547"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26547\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26548,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26547\/revisions\/26548"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/26546"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=26547"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=26547"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=26547"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}