{"id":26419,"date":"2023-01-31T15:30:12","date_gmt":"2023-01-31T10:30:12","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26419"},"modified":"2023-01-31T15:30:12","modified_gmt":"2023-01-31T10:30:12","slug":"ilmu-ma%ca%bcrifat-tinchlik-taraqqiyot-va-inson-kamoloti-asosi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&lang=oz","title":{"rendered":"ILMU MA\u02bcRIFAT \u2014 TINCHLIK, TARAQQIYOT VA INSON KAMOLOTI ASOSI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Bismillahir Rohmanir Rohim.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Prezidentimizning 2022 yil 20 dekabr kuni Oliy Majlis va O\u02bbzbekiston xalqiga yo\u02bbllagan Murojaatnomasi mamlakatimizni yanada rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi ustuvor maqsad va vazifalarni, yangi marralarni belgilab berdi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari 2023 yilni \u201cInsonga e\u02bctibor va sifatli ta\u02bclim yili\u201d deb e\u02bclon qilib, ayni yo\u02bbnalishlarni yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan istiqbolli taklif hamda tashabbuslarni ilgari surgani yurtdoshlarimizni nihoyatda xursand qildi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki xalqimiz azaldan odamzod naslini hazrati inson deya ulug\u02bblaydi. Ilm-ma\u02bcrifatni barcha ezguliklarning, bunyodkorliklarning zamini sifatida qadrlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zotan, islom dini nozil qilinishining bosh sababi ham, bu muqaddas dinning asl mohiyati ham insonni ulug\u02bblash, uni ilmu ma\u02bcrifatga, tinchlik-totuvlikka, yaratuvchanlikka targ\u02bbib etishdir. Bu ezgu g\u02bboyaning yangi O\u02bbzbekistonda olib borilayotgan islohotlarga hamohangligi, shubhasiz, xalqimizning katta baxtidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muqaddas dinimizda ta\u02bclimga, ilm-ma\u02bcrifatga alohida e\u02bctibor qaratilgan bo\u02bblib, Qur\u02bconi karimda \u201cilm\u201d so\u02bbzi 814 marta zikr etilgan. Jumladan, bunday marhamat qilinadi: \u201cAyting: \u201cBiladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo\u02bblurmi?!\u201d Darhaqiqat, faqat aql egalarigina eslatma olurlar\u201d (Zumar surasi, 9-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadisi shariflarda ham ilmga targ\u02bbib etilib, \u201cIlm talab qilish har bir musulmonga farzdir\u201d, deyilgan (Imom Ibn Moja rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karim mo\u02bbmin-musulmonlarni doimo ilmga targ\u02bbib etadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham ilm olishga muntazam da\u02bcvat qilganlar. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cNabiy sollallohu alayhi vasallam: \u201cKim ilm talab qilish yo\u02bbliga tushsa, Alloh unga jannatning yo\u02bblini yengil yengillashtiradi\u201d, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islomda ilm talab qilish har bir musulmon uchun beshikdan to qabrgacha farz qilingan. Farz Allohning qat\u02bciy amri bo\u02bblib, uni bajarish har bir mo\u02bbmin uchun majburiy. Shu ma\u02bcnoda, har bir musulmon o\u02bbziga kerakli, hayoti uchun zarur ilmni, dinu diyonatni, halol-haromni bilishi, buning uchun zarur bo\u02bblgan narsalarni o\u02bbrganishi shart.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarixdan yaxshi bilamiz: buyuk allomalarimiz doim ilm talabida bo\u02bblib, ko\u02bbplab sohalar rivojiga o\u02bbzlarining munosib hissalarini qo\u02bbshgan. Zero, bugungacha hadis ilmida Imom Buxoriy, fiqhda Burhoniddin Marg\u02bbinoniy, kalom ilmida Abu Mansur Moturidiy, tafsirda Imom Zamaxshariyga teng keladigan alloma topilmagan. So\u02bbz mulkida Alisher Navoiy, tibbiyotda Ibn Sino, falakiyotda Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug\u02bbbek kabi olimu fuzalolarimizni ham butun jahon tan olib, ularning boy ilmiy merosini o\u02bbrganib, targ\u02bbib etib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu o\u02bbrinda haqli savol tug\u02bbiladi: bugun yoshlarimiz buyuk ajdodlarimizga munosib bo\u02bbla olyaptimi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz Murojaatnomada ushbu masalaga e\u02bctibor qaratib, buning uchun navqiron avlod vakillariga yanada keng sharoitlar yaratilishini ta\u02bckidladi. Bu borada, avvalo, yangi O\u02bbzbekiston uchun eng katta investitsiya bo\u02bblgan ta\u02bclimni qo\u02bbllab-quvvatlash, yanada rivojlantirish belgilab berildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, ta\u02bclim, ma\u02bcnaviyat va ma\u02bcrifat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Chunki ushbu tizimlar ravnaq topgandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik vujudga keladi. Ya\u02bcni har qanday taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi ma\u02bcrifatli, bilimli, ziyoli insonlardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu haqda ulug\u02bb alloma Abu Homid G\u02bbazzoliyning fikricha, insonlarning butun saodati uchun ikki narsa shart: birinchisi \u2014 ilm, ikkinchisi \u2014 amal. Mutafakkir ta\u02bckidlashicha, insonning baxtli bo\u02bblishi uchun ilmning o\u02bbzigina yetmaydi, balki kishi ilmi yordamida tana va ruhini tarbiya qilishga burchlidir. Alloma o\u02bbz asarida Fath Musaliyning quyidagi mulohazalarini keltiradi: \u201cKasalga obu taom berilmasa, o\u02bbladimi?\u201d deb so\u02bbradilar. Atrofdagilar: \u201cHa, o\u02bbladi\u201d, deyishdi. Aytdilar: \u201cQalbga ham uch kun ilm berilmasa, o\u02bbladi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulug\u02bb alloma Mahdumi A\u02bczam ta\u02bclimotida ham ilm va amal birligi targ\u02bbibi yetakchi o\u02bbrin egallaydi. Ayniqsa, olim \u201cUlusi nafe\u02bc\u201d, ya\u02bcni el-ulusga foydasi tegadigan ilmni o\u02bbrganish, kasb-hunar egallash va uni shogirdlarga o\u02bbrgatish ilmli insonning burchi ekanini uqtiradi. Binobarin, ilm o\u02bbrganish va unga amal qilish, kasb-korga ega bo\u02bblish va halol rizq topish, farzandlar tarbiyasiga mas\u02bcullik va fuqarolik vazifasini his etib yashash o\u02bbzini ma\u02bcrifatli hisoblagan har bir insonning muqaddas burchidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Afsuski, hozirgi vaqtda ko\u02bbz o\u02bbngimizda dunyoning turli joylarida ro\u02bby berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o\u02bbzgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, fikrga qarshi fikr, g\u02bboyaga qarshi g\u02bboya, jaholatga qarshi ma\u02bcrifat bilan kurashish har qachongidan ko\u02bbra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki unga qarshi kuch ishlatilsa, zo\u02bbravonlik vositasida kurash olib borilsa, jaholat avvalgidan ham battarroq kuchayib ketishi aniq. Shu o\u02bbrinda Imom Buxoriy hazratlarining \u201cIlmdan boshqa najot yo\u02bbq, bo\u02bblmaydi ham\u201d, degan ta\u02bckidi ayni haqiqatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz keyingi yillarda tobora kuchayib borayotgan, dunyo ahlini tashvishga solayotgan terrorizm va ekstremizm tahdidlari mohiyatini jaholat va murosasizlik tashkil qilishini qayd etib, bunday o\u02bbta xavfli illatga qarshi kuch ishlatish yo\u02bbli bilan emas, balki \u201cJaholatga qarshi \u2014 ma\u02bcrifat\u201d bilan kurashishni, bunda buyuk ajdodlarimizning boy ma\u02bcnaviy merosi o\u02bbziga xos najot qal\u02bcasi va himoya qo\u02bbrg\u02bboni bo\u02bblishini ta\u02bckidladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, bugun ularning ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganish, tadqiq etish uchun yurtimizda ko\u02bbplab sa\u02bcy-harakatlar olib borilmoqda. Xususan, Markaziy Osiyoda yagona bo\u02bblgan O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etilishi ham bu yo\u02bbldagi eng samarali loyihalardan sanaladi. Shu bilan birga, Samarqandda Imom Buxoriy, Surxondaryoda Imom Termiziy, Toshkentda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, shuningdek, turli hududlarda hadis, kalom, aqida, tasavvuf, fiqh ilmiy maktablari faoliyat yuritayotgani kelgusida yurtimizdan bobokalonlarimizga munosib avlodlar yetishib chiqishiga umid uyg\u02bbotadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Albatta, mana shunday ulkan ne\u02bcmatlarning bardavom bo\u02bblishi Yaratgan Parvardigorning ulug\u02bb inoyati va hukm surayotgan tinchlik-xotirjamlikning mahsulidir. Ammo bu bilan biz xotirjamlikka berilmasligimiz, xalq orasida tinchlik, barqarorlikning ulug\u02bb ne\u02bcmat ekanligini takrorlashdan charchamasligimiz kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTinch elning bog\u02bbi gullar\u201d degan naql xalqimizda asrlar osha yashab kelmoqda. Bugun ana shu purma\u02bcno hikmatning hayotiy ro\u02bbyobiga barchamiz guvoh bo\u02bblib turibmiz. Murojaatnomada bayon etilgan reja va loyihalar, hech shubhasiz, mamlakatimiz taraqqiyotini, xalqimiz farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Zero, davlatimiz rahbari qayd etganidek, shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog\u02bblig\u02bbi joyida bo\u02bblishi, yaxshi ta\u02bclim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo\u02bblsa, hammasini yaratib berishga harakat qilinmoqda va bu yo\u02bblda aslo to\u02bbxtab qolinmaydi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Jaloliddin HAMROQULOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi o\u02bbrinbosari<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cXalq so\u02bbzi\u201d gazetasi 2023 yil 31 yanvar, \u2116 20 (8363)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bismillahir Rohmanir Rohim. Prezidentimizning 2022 yil 20 dekabr kuni Oliy Majlis va O\u02bbzbekiston xalqiga yo\u02bbllagan Murojaatnomasi mamlakatimizni yanada rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi ustuvor maqsad va vazifalarni, yangi marralarni belgilab berdi. Davlatimiz rahbari 2023 yilni \u201cInsonga e\u02bctibor va sifatli ta\u02bclim yili\u201d deb e\u02bclon qilib, ayni yo\u02bbnalishlarni yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan istiqbolli taklif hamda tashabbuslarni ilgari surgani yurtdoshlarimizni &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":26414,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ILMU MA\u02bcRIFAT \u2014 TINCHLIK, TARAQQIYOT VA INSON KAMOLOTI ASOSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ILMU MA\u02bcRIFAT \u2014 TINCHLIK, TARAQQIYOT VA INSON KAMOLOTI ASOSI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ILMU MA\u02bcRIFAT \u2014 TINCHLIK, TARAQQIYOT VA INSON KAMOLOTI ASOSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ILMU MA\u02bcRIFAT \u2014 TINCHLIK, TARAQQIYOT VA INSON KAMOLOTI ASOSI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-01-31T10:30:12+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/xs23_01.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"578\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&lang=oz\",\"name\":\"ILMU MA\u02bcRIFAT \u2014 TINCHLIK, TARAQQIYOT VA INSON KAMOLOTI ASOSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/xs23_01.jpg\",\"datePublished\":\"2023-01-31T10:30:12+00:00\",\"dateModified\":\"2023-01-31T10:30:12+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ILMU MA\u02bcRIFAT \u2014 TINCHLIK, TARAQQIYOT VA INSON KAMOLOTI ASOSI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/xs23_01.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/xs23_01.jpg\",\"width\":660,\"height\":578},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ILMU MA\u02bcRIFAT \u2014 TINCHLIK, TARAQQIYOT VA INSON KAMOLOTI ASOSI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ILMU MA\u02bcRIFAT \u2014 TINCHLIK, TARAQQIYOT VA INSON KAMOLOTI ASOSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ILMU MA\u02bcRIFAT \u2014 TINCHLIK, TARAQQIYOT VA INSON KAMOLOTI ASOSI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ILMU MA\u02bcRIFAT \u2014 TINCHLIK, TARAQQIYOT VA INSON KAMOLOTI ASOSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ILMU MA\u02bcRIFAT \u2014 TINCHLIK, TARAQQIYOT VA INSON KAMOLOTI ASOSI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-01-31T10:30:12+00:00","og_image":[{"width":660,"height":578,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/xs23_01.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"4 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&lang=oz","name":"ILMU MA\u02bcRIFAT \u2014 TINCHLIK, TARAQQIYOT VA INSON KAMOLOTI ASOSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/xs23_01.jpg","datePublished":"2023-01-31T10:30:12+00:00","dateModified":"2023-01-31T10:30:12+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ILMU MA\u02bcRIFAT \u2014 TINCHLIK, TARAQQIYOT VA INSON KAMOLOTI ASOSI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/xs23_01.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/xs23_01.jpg","width":660,"height":578},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26419&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ILMU MA\u02bcRIFAT \u2014 TINCHLIK, TARAQQIYOT VA INSON KAMOLOTI ASOSI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26419"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=26419"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26419\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26420,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26419\/revisions\/26420"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/26414"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=26419"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=26419"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=26419"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}