{"id":26411,"date":"2023-02-01T08:20:00","date_gmt":"2023-02-01T03:20:00","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26411"},"modified":"2023-02-01T12:07:31","modified_gmt":"2023-02-01T07:07:31","slug":"buxoro-amirligida-surxon-vohasi-hududida-rus-manzilgohlarining-paydo-bo%ca%bblishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&lang=oz","title":{"rendered":"BUXORO AMIRLIGIDA SURXON VOHASI HUDUDIDA RUS MANZILGOHLARINING PAYDO BO\u02bbLISHI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbrta Osiyo xonliklari ichida Buxoro amirligi alohida mavqeiga ega bo\u02bblgan, katta hududlarni egallagan davlat edi. Manbalarga ko\u02bbra, XVIII asrning o\u02bbrtalariga kelib Buxoro amirligi hududlarida birmuncha o\u02bbzgarishlar sodir bo\u02bbladi. Bu davrda Buxoro hukmdorlari o\u02bbz tasarruflarida Buxoro shahri va uning atrofidagi Vobkent, G\u02bbijduvon, Qorako\u02bbl, Vag\u02bboza tumanlari, Qashqadaryo va Miyonqol vohalarini saqlab qololgan edilar. Xo\u02bbjand, Toshkent, Hisor vaqti-vaqti bilan esa G\u02bbuzor, Shahrisabz, Nurota, shuningdek Amudaryoning o\u02bbng sohilidagi Balx, Andxay, Maymana, Badaxshon va Shibirg\u02bbonlar ham Buxoroga vassal bo\u02bblishiga qaramay unga itoat etmay qo\u02bbyganlar.Siyosiy parokandalikning asosiy sababi \u2013 so\u02bbnggi ashtarxoniylar davridagi o\u02bbzaro kurashlar, markazdan qochuvchi kuchlar mavqeining o\u02bbsishi edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab, ya\u02bcni mang\u02bbitlar sulolasi hukmronligi o\u02bbrnatilgach, Buxoro amirligi yana asta-sekin mustahkamlana boshlaydi. Shu asrning 70-80 yillariga kelib Buxoro amirligining markaziy hududini Samarqand va Buxoro shaharlarini o\u02bbz ichiga olgan Zarafshon vohasi tashkil qilar edi. XIX asrning boshlariga kelib Buxoro amirligi hududiga Zarafshon hamda Qashqadaryo vohalaridan tashqari Surxon vohasi, Hisor, Xo\u02bbjand, O\u02bbratepa, Panjikent kabi aholi zich joylashgan tumanlar, Janubiy Turkmanistonning katta qismi, jumladan Chorjo\u02bbydan to Murg\u02bbob daryosigacha bo\u02bblgan hududlar kirar edi. Bu davrda Buxoro amirligi hududlarining kengayishiga asosiy sabab \u2013 mang\u02bbitlar \u00a0sulolasining markazlashgan davlat barpo etishga intilishi edi. XIX asr boshlarida Buxoro amirligi bir tomondan Eron <\/span><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">va Afg\u02bboniston,ikkinchi tomondan Xiva xonligi, uchinchi tomondan qozoq juzlari <\/span><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">va to\u02bbrtinchi tomondan Qo\u02bbqon xonligi hududlari bilan chegaradosh edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra,Buxoro amirligi aholisi XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab tez ko\u02bbpaya boshlaydi. XIX asrning boshlariga kelib amirlik aholisi taxminan 2 mln.dan oshiq, 50-yillariga kelib taxminan 2,5mlndan ortiq kishini tashkil etgan. Buxoro shahrida taxminan 60 mingdan ziyodroq, Samarqand shahrida esa taxminan 50 mingdan ortiq aholi istiqomat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Amirlik aholisining katta qismini o\u02bbzbeklar tashkil qilgan bo\u02bblib, juda ko\u02bbplab o\u02bbzbek urug\u02bblari vakillari amirlikning deyarli barcha hududlarida yashaganlar. Aholi tarkibidagi tojiklar Samarqand,Buxoro, Nurota, Urgut, Kitob kabi shaharlarda, tog\u02bbli tumanlarda, jumladan, Panjikent, Vaxsh, Hisor, Qorategin, Ko\u02bblob, Shahrisabz, Qobadiyon, Yakkabog\u02bb bekliklarida, Zarafshonning yuqori qismida istiqomat qilganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turkmanlar ham Buxoro amirligi aholisining son jihatdan katta qismini tashkil etganlar. Ular amirlikka qarashli bo\u02bblgan Amudaryoning ikki qirg\u02bbog\u02bbida joylashgan yerlarda, ya\u02bcni, amirlikning janubiy va g\u02bbarbiy hududlarida istiqomat qilishgan. Buxoro amirligi hududida aholining kichik qismini arablar tashil etgan bo\u02bblib,ular asosan Qarshi va Sherobod bekliklarida yashaganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buxoro amirligida asosiy hunarmandchilik markazlari sifatida shaharlar katta ahamiyatga ega bo\u02bblgan bo\u02bblsa-da, ko\u02bbpgina yirik qishloqlarda ham hunarmandchilikning kundalik ehtiyoj uchun zarur sohalari rivojlangan edi. Butun o\u02bbrta asrlarda mavjud bo\u02bblganidek, amirlik davrida ham hunarmandlar uyushmalari (kasaba, sexga ega bo\u02bblganlar). Uning tashkil topishi mahsulot ishlab chiqarish ustidan nazorat o\u02bbrnatishga,mahsulot ishlab chiqarish huquqini saqlash<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">va raqobatbardoshlikka intilish bilan bog\u02bbliq edi. Amirlikdagi hunarmandchilikning barcha sohalarida bunday uyushmalar mavjud bo\u02bblib, uni saylab qo\u02bbyiladigan shaxs-rais yoki oqsoqol boshqargan. Hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar narxini belgilashda, turli soliq va to\u02bblovlar yig\u02bbimida, usta va shogird munosabatlarida, xo\u02bbjalik ishlarini yuritishda uyushma raisining xizmati katta bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilgarigi davrlarda bo\u02bblganidek, amirlikning hunarmandchiligi sohasida\u00a0<strong>to\u02bbqimachilik\u00a0<\/strong>uning asosiy tarmog\u02bbi hisoblangan. Ushbu tarmoqning rivojlanishiga asosiy sabab, birinchidan soha uchun mahalliy xom ashyo manbalari \u2013 paxta, jun, ipak yetarli darajada bo\u02bblgan bo\u02bblsa, ikkinchidan, ichki va tashqi bozorda, kundalik hayotda to\u02bbqimachilik mahsulotlariga talab katta edi. Amirlikda ayniqsa bo\u02bbz, chit,olacha ko\u02bbp miqdorda tayyorlangan. Qarshi, Hissor, Baljuvon, Dehnov, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va ularning atroflarida ipak matolar tayyorlashga alohida e\u02bctibor qaratilgan. Boshqa shahar va qishloqlarda ham ip yigirish, mato to\u02bbqish, tayyor kiyim tikish, gilam to\u02bbqish va boshqa to\u02bbqimachilik sohalari ancha rivojlangan. Manbalar ma\u02bclumotlariga ko\u02bbra, Buxoroning zarbof to\u02bbnlari, Shahrisabzning iroqi do\u02bbppilari, Termizning harir matolari, Samarqand va Boysun hunarmandlarining ipak matolari amirlikdan tashqarida ham juda mashhur bo\u02bblgan<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Amirlik hunarmandchiligidagi muhim tarmoqlardan yana biri bu \u2013\u00a0<strong>kulolchilik\u00a0<\/strong>edi. Xo\u02bbjalik taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo\u02bblgan kulolchilik amirlikning deyarli barcha hududlarida rivojlangan edi. Kulolchilik eng taraqqiy etgan markazlar Buxoro, Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Urgut, Dehnov, G\u02bbijduvon kabilar bo\u02bblib, ularning mahsulotlariga ichki va tashqi bozorda talab katta bo\u02bblgan. Amirlik kulolchiligida O\u02bbrta Osiyoning ko\u02bbpgina kulolchilik maktablariga xos bo\u02bblgan manzaralar(turli gullar va o\u02bbsimliklar tasviri), turli hayvonlar,qushlar, hasharotlar yoki ular tanasining bir qismini shartli ravishda tasvirlash kulol ustalar tomonidan keng qo\u02bbllanilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Amirlik iqtisodiyotining\u00a0<strong>metallga ishlov berish\u00a0<\/strong>sohasi ham yaxshi rivojlangan. Shahrisabz, Urgut, Nurota, Boysun, Sherobod kabi tog\u02bbli tumanlardan ma\u02bcdanlar qazib olingan bo\u02bblib, ulardagi konlardan foydalanish ba\u02bczi tanaffuslar bilan XX asr boshlariga qadar davom etgan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu davrda amirlikdagi metallga ishlov berish taraqqiy etgan quyidagi to\u02bbrtta asosiy tarmog\u02bbi-temirchilik, misgarlik, cho\u02bbyan quyish va rixtagarlikni alohida ko\u02bbrsatish mumkin.\u00a0<strong>Temirchilik\u00a0<\/strong>sohasida ustalar qishloq xo\u02bbjaligida<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">va kundalik turmushda ishlatadigan mehnat qurollari, harbiylar uchun jangovar qurollar yasaganlar. Amirlikning ko\u02bbpgina shaharlarida Temirchi, Guzari, Chilangaron kami chilangar-temirchilarning maxsus mahalla guzarlarining mavjudligi ushbu hunarmandchilik turining ancha taraqqiy etganligini ko\u02bbrsatadi. Amirlikning asosan yirik shaharlarida\u00a0<strong>misgarlik\u00a0<\/strong>ham rivojlangan. Mis xos ashyosi asosan Rossiyadan keltirilgan bo\u02bblib undan chilim idishlari, barkash, lagan, ko\u02bbzacha, tog\u02bboracha kabi ko\u02bbplab idishlar yasalgan hamda ular turli naqshlar bilan mohirona bezatilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Amirlikning yirik shaharlari \u2013 Buxoro, Samarqand, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Kattaqo\u02bbrg\u02bbon, Dehnov, Nurota va boshqalar asosiy savdo markazlari edi. Manbalarga ko\u02bbra, XIX asr boshlariga kelib yirik karvon yo\u02bbllari chorrahasida joylashgan Qarshi shahrining ahamiyati oshib ketadi. Ichki bozorlarda avvalo kundalik ehtiyoj mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar, paxta matolari, jun va ipak matolariga talab katta bo\u02bblgan. Ichki savdoning taraqqiyotida yirik shaharlarning atroflardagi qishloqlar bilan iqtisodiy munosabatlari hamda shaharlararo savdo-sotiq aloqalarining rivojlanganligi muhim o\u02bbrin tutgan. Chunonchi, amirlikdagi bozorlar nafaqat shaharlar, balki ularning atrofidagi qishloqlar aholisining talablarini qondirishda ham alohida ahamiyatga ega bo\u02bblgan. Amirlikdagi barcha shaharlarda, yirik qishloqlarda ixtisoslashgan bozorlarning mavjudligi ichki savdoning davlat iqtisodiyotidagi muhim ahamiyatidan dalolat beradi.Ichki savdoning taraqqiy etishida amirlikda mavjud bo\u02bblgan pul muomalasining o\u02bbrni katta edi. Xususan, mang\u02bbitlar hukmronligi davrida bu sohada birmuncha barqarorlik o\u02bbrnatilgan bo\u02bblib, muomalada asosan uch turdagi \u2013 tillo, tanga (kumush) va pul (mis) mavjud edi. Shahar hamda qishloqlardagi savdo-sotiq va to\u02bblovlarda asosan tanga va pul ishlatilgan.Buxoro amirligida qo\u02bbshni davlatlar va xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga katta e\u02bctibor berilgan. Tashqi savdo aloqalarida Xiva va Qo\u02bbqon xonlari, qozoq va turkman dashtlari, Afg\u02bboniston, Eron, Hindiston, Qashg\u02bbar va ayniqsa Rossiya bilan bo\u02bblgan savdo munosabatlari ayniqsa muhim o\u02bbrin tutgan edi.Dehqonchilik va chorvachilik Buxoro amirligi iqtisodining asosiy tarmoqlari hisoblangan. Aholining sakson besh foizi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug\u02bbullanganligi ham fikrimiz dalilidir. Amirlikda XVIII asrning oxirlaridan boshlangan iqtisodiy yuksalish,avvalo dehqonchilikning tiklanishi bilan izohlanadi. An\u02bcanaga ko\u02bbra, sug\u02bboriladigan hamda lalmikor yerlarda dehqonchilik sohasida bug\u02bbdoy, arpa, jo\u02bbxori, poliz va sabzavot ekinlari yetishtirishga katta e\u02bctibor qaratilgan. uzumchilik va bog\u02bbdorchilik ham yaxshi rivojlangan. Manbalarga ko\u02bbra, amirlikda uzumning 10 dan ortiq navlari yetishtirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XIX asrning 55-70 yillarida Angliya tomonidan\u00a0 bosib olish borasidagi tahdidga,\u00a0 sharqdagi ba\u02bczi mamlakatlar Buxoro xonligidagi Surxondaryo yerlari ham kirar edi. Rossiya buni sezib o\u02bbzining Markaziy Osiyodagi ahvolini mustahkamlash uchun Amudaryo bo\u02bbylab chegara shaharchalarini astoydil mustahkamlab boshladi. 1892 yilda Rossiya Chor hukumati Buxoro amiri Abdulahadxon bilan kelishib Afg\u02bbon-Buxoro chegarasidagi Pattakesar qishlog\u02bbida o\u02bbz harbiy otryadlarini joylashtirdi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1894 yil 12 dekabrda birinchi bo\u02bblib 31-Amudaryo chegara soqchilar brigadasining harbiy qismlari Pattakesar qishlog\u02bbining hozirgi viloyat kasalxonasida joylashtirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Termiz harbiy shaharchasiga 1896-yilda 4-Orenburg polki kazaklari tomonidan asos solindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turkiston harbiy okrugi shtabiga 1897 yil 19 dekabrda yuborilgan xabarda Termizdagi kazarmaga 4-Orenburg kazak polki yuzligi joylashtirilganligi aytilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ular yer sotib olib, shaxsiy uy qura boshladi. 1906 yilga kelib qal\u02bca qurilishi tugallandi. Zobitlar uyi va gospital binolari ham shu davrda qurildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rus ma\u02bcmuriyati bir necha yil ichida Pattakesar yaqinida ancha durustgina shaharcha barpo etdi. 1906 yilda-boshlang\u02bbich maktab, xususiy apteka\u00a0 ochildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1901 yil 31 iyulda Termizda 10 Turkiston o\u02bbqchi polki qoshida meterealogiya stansiyasi ochildi. 1902 yil telegraf ish boshladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1904-1905 yillarda moliya muassasasi ochildi. 1914-1916 yillarda Termiz Kogon temir yo\u02bbli o\u02bbz ishini boshladi, xususiy teatr ochildi, Termizda birinchi zavod ya\u02bcni Matchonboyevning xususiy paxta zavodi o\u02bbz faoliyatini boshladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Termiz chegarasining g\u02bbarbiy tomonida, taxminan eski qal\u02bca bilan hozirgi bandargoh orasida pristan\u02bc qurilib, unga olib boradigan shosse yo\u02bbl ochilgan. Pristan\u02bc ham savdo\u00a0 ahamiyatiga, ham harbiy ahamiyatga ega edi<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Amirlikda XIX asrning boshidan boshlab Rossiyaga ko\u02bbp miqdorda paxta sotilishi natijasida paxtachilikka e\u02bctibor kuchaytirilgan. Rus manbalariga ko\u02bbra, Buxoro amirligining \u201cQashqadaryo vohasi, Surxondaryo vohasida, Yakkabog\u02bb, Kitob, Chiroqchi, Qarshi, Shahrisabz, G\u02bbuzor, Termiz, Sherobod, Hisor tumanlarida paxta katta miqdorda yetishtiriladi. O\u02bbrta Osiyo xonliklari ichida Buxoro paxtasi alohida diqqatga sazovor bo\u02bblib, u ancha qimmat turadi \u201d.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26408#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buxoro amirligida rus manzilgohlarining paydo bo\u02bblishi bevosita Chor Rossiyasining O\u02bbrta Osiyoda o\u02bbz mavqeini yanada mustahkamlash siyosati bilan bog\u02bblik bo\u02bblib, quyidagi yo\u02bbnalishlarda olib borildi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1.Amirlik hududida temir yo\u02bbl qurilishi munosabati bilan yo\u02bblbekatlarining paydo bo\u02bblishi va bekatlarda rus fuqarolarining xizmatga jalb qilinishi;<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"2\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Afg\u02bboniston va Buxoro amirligi chegarasi bo\u02bbylab rus garnizonlarining joylashtirilishi, harbiy qal\u02bcalarga asos solinishi;<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">3.Buxoro amirligi hududida bevosita rus manzilgohlarining paydo bo\u02bblishi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbrta Osiyo hududida temir yul qurilishidan kutilgan eng asosiy maqsad bu birinchidan, aholi gavjum bo\u02bblgan va Chor Rossiyasi uchun harbiy-strategik ahamiyat kasb etgan hududlarni metropoliya bilan bog\u02bblash, ikkinchidan, rus aholisini Turkistonga ko\u02bbchirish, ularni joylashtirish jarayonlari ko\u02bblamini yanada kengaytirish va jadallashtirish hamda O\u02bbrta Osiyo hududlaridan arzon-garov xom ashyo mahsulotlarini olib ketishni muntazam tashkil etishdan iborat edi.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1912 yil 15 iyunda Buxoro amiri bilan Chor Rossiyasi o\u02bbrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, temir yo\u02bbl Kogondan Qarshi-Kerki-Termiz yo\u02bbnalishlarida qurilishi ko\u02bbzda tutildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu yo\u02bblning umumiy uzunligi 572 verstni tashkil etib, shundan 150 versti afg\u02bbon chegarasi bo\u02bbylab o\u02bbtgan edi. Bu yo\u02bblning qurilishi Chor hukumatining foydasini ko\u02bbzlab rejalashtirilgan bo\u02bblsa-da, Buxoro davlati uchun ham juda katta ahamiyatga ega edi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26408#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buxoro amirligi hududida bevosita rus manzilgohlarining paydo bo\u02bblishiga qadar, uning janubi-sharqiy hududida rus qal\u02bcalari va harbiy garnizonlariga asos solingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1894 yil dekabrda Termiz shahridan 8 km. uzoqlikda, Surxondaryoning Amudaryoga quyilish joyida (Pattakesar)da rus harbiylarining 31-Amudaryo chegara qo\u02bbshinlari joylashtiriladi. Birinchi galda Chor Rossiyasi hukumati asosiy e\u02bctiborni Amudaryo bo\u02bbylab joylashgan chegara hududlarini qo\u02bbriqlashga qaratdi. Oqibatda Amudaryo bo\u02bbylab Chor Rossiyasi qo\u02bbshinlarining\u00a0\u00a0 beshta\u00a0 Sho\u02bbrob,\u00a0\u00a0 Maymunto\u02bbqay, Orol (Payg\u02bbambar oroli)<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Pattakesar, Ayritosh kabi nazorat-qo\u02bbriqlash manzillari paydo bo\u02bbldi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26408#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1897 yildan boshlab, rus hukumati Termizning juda katta harbiy-strategik ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib bu hududda mustahkam o\u02bbrnasha boshlagan. Pattakesardan shimolda kazarmalar qurishga mo\u02bbljallangan 40 desyatina yer sotib olinadi. Shu tariqa \u201cTermiz qal\u02bcasi\u201dni qurishga asos solinadi. 1898 yilning yanvarida kazarmalar qurib bitkaziladi. Ayni bir vaqtda yana harbiy qal\u02bca, rus zobitlari yig\u02bbilishi binosi va gospital qurilishiga Termiz hududidan 1200 desyatina yer sotib olinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Harbiy qal\u02bca sifatida yangidan shakllangan Termiz jadal sur\u02bcatlar bilan o\u02bbsa boshlagan. Ammo shahar-qal\u02bcani kengaytirish uchun qo\u02bbshimcha yer va suv manbalari talab qilinar edi. Bu masala 1900 yilda Buxoro amiri va rus hukumati bilan tuzilgan shartnoma orqali o\u02bbz yechimini topdi. Rossiyaga Amudaryo va Surxondaryo oralig\u02bbi, shimolda esa Kattaqumgacha bo\u02bblgan uchburchak shaklidagi hudud (umumiy maydoni 10514 desyatina yer, 1 desyatina 1,09 gektarga teng) bepul berildi. 1901 yilda xazinaxona va meteorologiya stansiyasi, 1902 yilda pochta bo\u02bblimi va telegraf binosi quriladi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26408#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>. 1906 yilda Termizga tashrif buyurgan R.Yu.Rojevis bu shaharga shunday ta\u02bcrif beradi: Termiz yaqin o\u02bbn yillikda yuzaga keldi va o\u02bbzining shakllanishi bilan turkman qishlog\u02bbi Pattakesar yonidan asos solingan qal\u02bcaga bog\u02bblash. Bu mavze bir necha darvozali g\u02bbishtin devor bilan o\u02bbrab olingan. Qal\u02bcadan sharqda joylashgan hududda devor yo\u02bbq va buning evaziga bu taraf chaqishli sim bilan o\u02bbrab olingan. Undagi ko\u02bbchalar keng. Uylar g\u02bbishtin, bir qavatli va barchasi davlatga qarashli\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26408#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>. Ta\u02bcrifdan ko\u02bbrinadiki, vujudga kelgan inshoot dastavval harbiy qal\u02bca bo\u02bblib, o\u02bbzining harbiy-strategik o\u02bbrniga ko\u02bbra, asta-sekin harbiy shaharchaga aylangan. XIX asrning oxiri-XX asr boshlarida Buxoro amirligi hududida Chor Rossiyasi tomonidan temir yo\u02bbllar qurilishi munosabati bilan rus manzilgohlarining shakllanishiga ham alohida e\u02bctibor karatildi. Amudaryo bo\u02bbylab kema qatnovini yo\u02bblga quyilishi rus fuqarolari va ishbilarmonlarning Buxoro amirligiga kelishini yanada kuchaytirib yubordi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buxoro amirligi hududida vujudga kelgan manzilgohlar, jumladan Termiz (Pattakesar) harbiy komendantlar tomonidan idora etilgan. Chor Rossiyasi tomonidan bunyod etilgan aksariyat korxonalar Sherobod bekligi hududida shakllangan rus manzilgohlari hududida joylashgan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1910 yilda Matchenboyev va Shamsutdinovlarga tegishli paxta tozalash zavodi ishga tushiriladi. Termiz atrofida esa Shamsutdinovga tegishli 2 ming desyatinaga teng ekin maydonlari paydo buladi. O\u02bbz navbatida Termiz orqali paxtani Rossiyaning markaziy shaharlariga olib ketish yil sayin o\u02bbsib borgan. Xususan, 1903 yilda Termiz orqali 17 ming pud, 1908 yilda 22100, 1910 yilda 34000 pud, 1911 yilda 60 ming pud paxta jo\u02bbnatilgan.<sup>6<\/sup><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1914 yilga kelib Pattakesar (Termiz)da yashagan ruslarning soni 2,5 ming kishidan oshgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chor Rossiyasi hukumatining mustamlakachilik tamoyillari asosidagi siyosati Buxoro amirligi hududlarida tashkil etilgan rus manzilgohlari va shaharlari misolida yaqqol ko\u02bbzga tashlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumladan, Sherobod bekligi hududidagi Termizning rus va mahalliy-tub aholi yashaydigan \u201ctuzem\u201d qismlariga bo\u02bblinishi, rus aholisi yashaydigan shahar qismida obodonlashtirish, boshqaruv ishlarini amalga oshirish uchun<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">sarf-xarajatlar uchun ketadigan mablag\u02bblar bevosita mahalliy aholidan undirilishi, mahalliy hunarmandlardan hamda mahalliy aholidan olinadigan turli xil soliq turlari hajmlarining doimiy ravishda oshirib borilishi, mahalliy savdogarlardan olinadigan boj to\u02bblovlarining bir necha bor oshirilishida yaqqol ko\u02bbzga tashlanardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, yangi tashkil etilgan rus manzilgohlaridagi korxonalarda ishlayotgan mahalliy aholi vakillari ko\u02bbchib kelgan rus aholisi vakillariga nisbatan 2-3 barobar kam ish haqi olishi ham yuqoridagi fikrimizning yorqin isbotidir<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26408#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chor Rossiyasi Surxon vohasiga kirib kelgandan so\u02bbng Sherobod bekligi tarkibida yangi boshqaruv tizimi joriy qilingan. Termiz ikki qismdan iborat bo\u02bblib, uning harbiy garnizon joylashgan sharqiy qismi qal\u02bca bilan o\u02bbrab olingan. Shaharning bu qismida hokimiyat garnizon boshlig\u02bbining qo\u02bblida bo\u02bblib, shu hudud aholisi ham unga bo\u02bbysunardi. Termizning janubiy qismi Pattakesar deb atalgan, undagi mahalliy aholi amirlik qonunlariga amal qilib, amir tomonidan tayinlangan beklarga bo\u02bbysunar, bu yerda yashagan rus fuqarolari esa shahar kengashi tomonidan idora qilinardi. Shunday qilib, birgina Termizning o\u02bbzida uch xil boshqaruv tizimi mavjud bo\u02bblgan. Bunday murakkab boshqaruv tizimi aholiga ham katta qiyinchiliklar tug\u02bbdirgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26408#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buxoro amirligida rus manzilgohlarining tashkil etilishi hamda u yerlarda joylashtirilgan rus soldatlari, kazaklari va shuningdek, ko\u02bbchirib keltirilgan rus aholisi kuchlariga tayangan holda Chor Rossiyasi O\u02bbrta Osiyoda o\u02bbz mavqeini mustahkamlash va mahalliy aholini doimiy ravishda nazorat ostida ushlab turish manfaatlari yo\u02bblida foydalandi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Adabiyotlar:<\/strong><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>B<\/strong><strong>a<\/strong><strong>hodir<\/strong><strong>\u00a0Eshov,<\/strong>\u201cO\u02bbzbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi\u201d,Toshkent-2012<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">RDDTA. 400-fond, 24-ro\u02bbyxat, 879-delo. 261-262-v<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Tursunov S.N va b. Surxondaryo tarix ko\u02bbzgusida. \u2013T., 2001. \u2013B.120.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sheyko K.A. Iz istorii prisoyedineniya Termeza k Rossii\/\/Krasvedeniye Surxandari. \u2013T., 1989.\u2013 S. 121\u2013122.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Logofet D.N. Na granitsax Sredney Azii (putev\u044bye zametki v 3-x knigax). Kniga 2. SPb, 1909.\u2013S.200\u2013203<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Gafforov Shokir. Tarix va taqdir: Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko\u02bbchirilganlar. \u2013T., 2006.\u2013B. 61.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ochildiyev F.B. Surxon vohasi bekliklaridagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o\u02bbzgarishlar. \u2013T., 2008.\u2013B.62.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u201cTermiz\u201d davlat muzey-qo\u02bbriqxona ilmiy arxivi.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Sayyora KARIMOVA,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cTermiz\u201d davlat muzey-qo\u02bbriqxona<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tasviriy san\u02bcat bo\u02bblimi boshlig\u02bbi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbrta Osiyo xonliklari ichida Buxoro amirligi alohida mavqeiga ega bo\u02bblgan, katta hududlarni egallagan davlat edi. Manbalarga ko\u02bbra, XVIII asrning o\u02bbrtalariga kelib Buxoro amirligi hududlarida birmuncha o\u02bbzgarishlar sodir bo\u02bbladi. Bu davrda Buxoro hukmdorlari o\u02bbz tasarruflarida Buxoro shahri va uning atrofidagi Vobkent, G\u02bbijduvon, Qorako\u02bbl, Vag\u02bboza tumanlari, Qashqadaryo va Miyonqol vohalarini saqlab qololgan edilar. Xo\u02bbjand, Toshkent, Hisor vaqti-vaqti &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":26409,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>BUXORO AMIRLIGIDA SURXON VOHASI HUDUDIDA RUS MANZILGOHLARINING PAYDO BO\u02bbLISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"BUXORO AMIRLIGIDA SURXON VOHASI HUDUDIDA RUS MANZILGOHLARINING PAYDO BO\u02bbLISHI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"BUXORO AMIRLIGIDA SURXON VOHASI HUDUDIDA RUS MANZILGOHLARINING PAYDO BO\u02bbLISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"BUXORO AMIRLIGIDA SURXON VOHASI HUDUDIDA RUS MANZILGOHLARINING PAYDO BO\u02bbLISHI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-02-01T03:20:00+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-02-01T07:07:31+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_19.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&lang=oz\",\"name\":\"BUXORO AMIRLIGIDA SURXON VOHASI HUDUDIDA RUS MANZILGOHLARINING PAYDO BO\u02bbLISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_19.jpg\",\"datePublished\":\"2023-02-01T03:20:00+00:00\",\"dateModified\":\"2023-02-01T07:07:31+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"BUXORO AMIRLIGIDA SURXON VOHASI HUDUDIDA RUS MANZILGOHLARINING PAYDO BO\u02bbLISHI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_19.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_19.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"BUXORO AMIRLIGIDA SURXON VOHASI HUDUDIDA RUS MANZILGOHLARINING PAYDO BO\u02bbLISHI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"BUXORO AMIRLIGIDA SURXON VOHASI HUDUDIDA RUS MANZILGOHLARINING PAYDO BO\u02bbLISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"BUXORO AMIRLIGIDA SURXON VOHASI HUDUDIDA RUS MANZILGOHLARINING PAYDO BO\u02bbLISHI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"BUXORO AMIRLIGIDA SURXON VOHASI HUDUDIDA RUS MANZILGOHLARINING PAYDO BO\u02bbLISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"BUXORO AMIRLIGIDA SURXON VOHASI HUDUDIDA RUS MANZILGOHLARINING PAYDO BO\u02bbLISHI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-02-01T03:20:00+00:00","article_modified_time":"2023-02-01T07:07:31+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_19.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&lang=oz","name":"BUXORO AMIRLIGIDA SURXON VOHASI HUDUDIDA RUS MANZILGOHLARINING PAYDO BO\u02bbLISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_19.jpg","datePublished":"2023-02-01T03:20:00+00:00","dateModified":"2023-02-01T07:07:31+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"BUXORO AMIRLIGIDA SURXON VOHASI HUDUDIDA RUS MANZILGOHLARINING PAYDO BO\u02bbLISHI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_19.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_19.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26411&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"BUXORO AMIRLIGIDA SURXON VOHASI HUDUDIDA RUS MANZILGOHLARINING PAYDO BO\u02bbLISHI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26411"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=26411"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26411\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26439,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26411\/revisions\/26439"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/26409"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=26411"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=26411"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=26411"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}