{"id":26367,"date":"2023-01-27T08:31:50","date_gmt":"2023-01-27T03:31:50","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26367"},"modified":"2023-01-26T08:32:53","modified_gmt":"2023-01-26T03:32:53","slug":"abu-mansur-moturidiyning-pazdalik-shogirdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&lang=oz","title":{"rendered":"ABU MANSUR MOTURIDIYNING PAZDALIK SHOGIRDI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qashqadaryo vohasi qadimdan yirik olimlar, mutafakkirlar, ma\u02bcrifatparvarlarni kamolga yetkazgan go\u02bbshadir. Manbalarda ilm-fanning turli sohalarida faoliyat olib borib, katta yutuqlarga erishgan 300ga yaqin Nasafiy nisbasi ega olimlar zikr etiladi. Shuningdek, vohaning yana bir qadimiy manzillaridan biri \u201cPazda\u201d (arab manbalarida \u201c\u0628\u064e\u0632\u0652\u062f\u064e\u0629\u201d \u2013\u00a0<em>Bazda<\/em>, forsiy va turkiy manbalarda \u201c\u067e\u064e\u0632\u0652\u062f\u064e\u0629\u201d \u201c<em>Pazda<\/em>\u201d shaklida kelgan( shaharchasi bo\u02bblib, kichik hudud bo\u02bblishiga qaramay ilk o\u02bbrta asarlarda ilm-fan markazlaridan biri bo\u02bblgan. Mazkur hududda tug\u02bbilgan yoki ma\u02bclum muddat yashagan olimlarga \u201cPazdaviy\u201d (\u0628\u064e\u0632\u0652\u062f\u064e\u0648\u0650\u064a) yoki \u201cPazdiy\u201d (\u0628\u064e\u0632\u0652\u062f\u0650\u064a) nisbasi berilgan. Hozirgacha fanning turli sohalarida Pazdaviy nisbasi bilan faoliyat yuritgan o\u02bbnday (10) ortiq yirik olimlar aniqlandi. Ular qalamiga mansub yigirmadan ortiq asarlar bizgacha yetib kelgan bo\u02bblib, har biri islom huquqi va falsafasi bo\u02bbyicha fundamental adabiyotlar sifatida hozirgacha amalda bo\u02bblib kelmoqda. Shunga qaramay ularning hayoti, ilmiy faoliyati va asarlari haqida juda kam izlanishlar olib borilgani mavzuning dolzarbligini belgilab beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulkarim Sam\u02bconiy (1113-1167)ning \u201cal-Ansob\u201d (Nasablar), Shamsuddin Zahabiy (1275-1348)ning \u201cSiyaru a\u02bclamin nubalo\u201d (Mashhur daholar siyrati) kabi Tarixiy-bibliografik manbalarda qayd etilishicha, pazdaviy olimlarning dastlabki vakili arab qo\u02bbmondoni Qutayba ibn Muslim (669-715)ning do\u02bbsti Sulaym ibn Mansur Basriy Pazdaviy (VIII asr)dir. Ma\u02bclumki, Qutayba ibn Muslim arablarning O\u02bbrta Osiyodagi VIII asr birinchi choragida olib borgan harbiy yurishlarida qo\u02bbmondonlik qilgan. Sulaym ibn Mansur muhaddis bo\u02bblib, 704-715 yillar oralig\u02bbida Basradan Pazdaga kelib joylashgan va shahar aholisiga yangi din \u2013 islom ta\u02bclimotlari va ma\u02bcrifatidan ta\u02bclim bergan va hududda muqim bo\u02bblib qolgani uchun unga Pazdaviy nisbasi berilgan. Uning o\u02bbg\u02bbli Aziz ibn Sulaym nabirasi Ahmad ibn Aziz ibn Sulaym Pazdaviylar ham Pazdalik olimlar qatorida zikr etiladi va ular asosan hadis ilmi bilan shug\u02bbullangan. Basra va Bag\u02bbdod kabi ilm markazlaridan kelgan olimlar sa\u02bcy-harakatlari bilan Pazdada bir necha yangi ilmlar rivojlandi, jumladan aholida hadis ilmiga nisbatan katta qiziqish paydo bo\u02bbldi. Natijada Pazdadan bir necha yirik muhaddislar avlodi yetishib chiqdi. Pazdalik mashhur muhaddislar qatorida Abu Talha Mansur ibn Muhammad ibn Ali ibn Qariyna Pazdaviy (vaf. 329\/941 y. Imom Buxoriyning shogirdi va asarlarining roviysi), Imom Termiziy (vaf. 892 y.)ning shogirdlari Abu Abdulloh Ubaydulloh ibn Amr ibn Hafs ibn Ibrohim Pazdaviy (vaf. 323\/935 y.), Abu Muhammad Abdulloh ibn Nasr ibn Suhayl ibn Abduvayh ibn Yazdod Pazdaviy va inisi Abu Sulaymon Dovud ibn Nasr Pazdaviy hamda Abu Muslim Yusuf ibn Muhammad ibn Odam ibn Iso ibn Bazdavayh Qassor Pazdaviylarni qayd etish lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Pazdada hadis ilmidan tashqari fiqh, aqida va tafsir fanlarini rivojlanishi Abdulkarim ibn Muso ibn Iso Pazdaviy (vaf. 300\/912 y.) va uning avlodlari faoliyati bilan bog\u02bbliq. Uning nabirasi Muhammad ibn Husayn ibn Adbulkarim, Muhammadning ikki farzandi Faxrul-islom Ali ibn Muhammad (1009-1089), Sadrul-islom Abul Yusr Muhammad ibn Muhammad Pazdaviy (1030-1100) va ularning farzandlari Abu Sobit Hasan ibn Ali (1078-1161) Abul Ma\u02bcoliy Ahmad ibn Abul Yusr (1088-1147) Pazdaviylar Movarounnahr tarixidagi yirik faqih va mutakallimlar bo\u02bblib yetishgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulkarim ibn Muso ibn Iso ibn Mujohid ibn Abdulloh Pazdaviy hayoti va ilmiy merosi haqida kam sonli ma\u02bclumotlar mavjud. Manbalarda, Abdulkarim Pazdaviy imom Abu Mansur Moturidiy (870-944)ning yaqin shogirdi bo\u02bblgani va ustozidan Abu Hanifaning \u201cal-Olim val-muta\u02bcallim\u201d (Ustoz va shogird) asarini rivoyat qilgani zikr etiladi. Shuningdek, ustozlari silsilasi imom Moturidiy orqali mazhabboshi Abu Hanifaga yetib borishi qayd etiladi. Tarixchi Taqiyuddin Abdulqodir Tamimiy (vaf. 1597 y.) \u201cTabaqot as-saniya\u201d asarida xabar berishicha, Abdulkarim Pazdaviy ilmiy safar bilan Basraga borgan va u yerda mashhur muhaddis Abu Dovud Sijistoniy (817-888)ning shogirdi Abu Ali Muhammad ibn Ahmad Luluiy (vaf. 945 y.)dan dars olgan va hadislar tinglagan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tamimiy Abdulkarim Pazdaviyni Imom Buxoriyning shogirdi Abu Talha Mansur Pazdaviy (vaf. 329\/941 y.)dan ham hadis eshitganini xabar bergan. Abu Hafs Umar Nasafiy \u201cKitob al-qand fi zikri ulamoi Samarqand\u201d (Samarqand olimlari haqidagi qanddek kitob) asarida ustozi Faxrul-islom Pazdaviydan, u otasi Muhammaddan, u bobosi Abdulkarim Pazdaviydan, u muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh Samarqandiydan bir hadisni rivoyat qilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>. Bundan Abu Abdulloh Muhammad Samarqandiyni Abdulkarim Pazdaviyning ustozi sifatida keltirish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Taqiyuddin Tamimiy butun Samarqand ahli Abdulkarim Pazdaviydan hadis rivoyat qilgan deb aytgan bo\u02bblsa-da, manbalarda olimning shogirdlari sifatida Xatib Ismoil ibn Abdussodiq ibn Abdulloh, Abu Abdulloh al-G\u02bbanjor va nabirasi Muhammad ibn Husayn ibn Abdulkarim nomlarigina keltirilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulkarim Pazdaviy 390\/1000 yil Ramazon oyida vafot etgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulkarim Pazdaviyning nabirasi Muhammad ibn Husayn bobosi qo\u02bblida ta\u02bclim-tarbiya olib, yetuk faqih bo\u02bblib yetishgan, keyinchalik Buxoro shahri qozisi bo\u02bblgani haqida Yoqut Hamaviy xabar bergan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammadning farzandi Abul Yusr \u201cUsul ad-din\u201d asari muqaddimasida shunday deydi: \u201cBizga shayx, imom padari buzurgvorim rahimahulloh bobosi shayx, imom, zohid Abdulkarim in Muso rahimahullohdan Imom Moturidiyning ko\u02bbplab karomatlari haqida eshitgan hikoyalarini aytib bergan. Bobom mazhab boshilarimiz kitoblarining ma\u02bcnolarini to\u02bbliq egallagan va ustozi Imom Moturidiyning \u201cKitob at-Tavhid va \u201cKitob at-Ta\u02bcvilot\u201d asarlarini yod olgan edi\u201d. Asarning \u201cQayta tirilish\u201d mavzusida Abul Yusr otasi Muhammaddan ushbu hadisni ham rivoyat qilgan \u201cBizga shayx imom Muhammad ibn Husan ibn Abdulkarim Rasululloh alayhissalomgacha yetib boradigan sanad orqali ushbu hadisni aytib berdi: \u201c<strong>Kimki biror quli (<\/strong>ishchisi<strong>)ni nohaq qonini to\u02bbksa, ushbu qul qiyomatgacha \u201cu meni nohaq o\u02bbldirdi\u201d deya jar solib chiqadi\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sadrul-islom Abul Yusr ibn Muhammad ibn Xusayn ibn Abdulkarim Pazdaviy (1030-1100) Moturidiya aqidaviy ta\u02bclimoti rivojiga katta hissa qo\u02bbshgan olim bo\u02bblib, \u201cUsulu-d-din\u201d (Din asoslari) asari bilan tanilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abul Yusr Pazdaviy Samarqand va Buxoro shaharlarida qozilik qilgan va juda ko\u02bbp shogirdlarga dars berish bilan shug\u02bbullangani haqida uning shogirdi Najmuddin Umar Nasafiy (1069-1142) shunday deydi: \u201cAbul Yusr Movarounnahr ilm ahlining ustozi, olimlar rahbaridir. Dunyoning turli tomonlaridan ustozning majlisida ishtirok etishga talabalar intilar edi. Usul va furu\u02bcda ko\u02bbplab kitoblar ta\u02bclif etganlar hamda Samarqand qoziligiga tayinlangan va bir muddat shaharda hadis imlo qilganlar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abul Yusr Pazdaviyning poytaxt Samarqanddagi ilmiy faoliyati va keyinchalik Abul Muin Nasafiy (vaf. 1115 y.), Najmuddin Umar Nasafiy (1069-1142), Alouddin Samarqandiy (vaf. 1143 y.), Nuriddin Sobuniy (vaf. 1184 y.) va Ibrohim Saffor (vaf. 1139 y.) kabi shogirdlarining ilmiy xizmatlari sabab moturidiya aqidaviy ta\u02bclimoti Movarounnahrdan tashqariga \u2013 Xuroson va Iroq hududlarigacha yoyildi va turli adashgan aqidalarni siqib chiqarishiga sabab bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalar Abul Yusr Pazdaviy 493\/1100 yil 69 yoshida Buxoroda vafot etganini qayd etadi. Alloma hayoti davomida ko\u02bbpgina asarlar ta\u02bclif etgan bo\u02bblsa-da, bizgacha olimning aqidaga oid \u201cUsulu-d-din\u201d, fiqhga oid, \u201cSharhu jome\u02bcu-s-sag\u02bbir\u201d, \u201cTa\u02bcliqot\u201d, \u201cal-Murattab\u201d, \u201cal-Voqiat\u201d va \u201cal-Mabsut\u201d hamda arab tili grammatikasiga bag\u02bbishlangan \u201cSharh al-ajrumiya\u201d asarlarigina yetib kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abul Yusr Pazdaviyning akasi Faxru-l-islom Abul Usr Aliy ibn Muhammad Pazdaviy (1010-1090)ning \u201cAbul Usr\u201d (Qiyinchilik otasi) kunyasi bilan tanilgan. Bunga sabab yozgan kitoblari yuqori saviyali, ularni tushunish uchun muayyan ilmlarni bilish talab etilgani bo\u02bblgan. Farqli ravishda ukasi Sadrul-islom Muhammadning asarlari sodda, uslubi yengil yozilganidan unga \u201cAbul Yusr\u201d (Osonlik otasi) kunyasi bilan tanilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Faxru-l-islom Pazdaviyning usul al-fiqh (islom huquqi nazariyasi) faniga oid \u201cUsul al-Pazdaviy\u201d, \u201cUsul kabir\u201d nomlari bilan tanilgan \u201cKanzul vusul ila ma\u02bcrifti-l-usul\u201d (Usul ilmini o\u02bbrganishdagi xazina) asari muallif nomini butun dunyoga tanitgan manbadir. Hanafiy usul al-fiqhning asosiy manbasi hisoblangan ushbu asarga juda ko\u02bbp sharhlar yozilgan. Shuningdek, Faxrul-islom Ali Pazdaviy \u201cTafsiru-l Qur\u02bcon\u201d (bir yuz yigirma jildlik), \u201cSharhu Jomi\u02bcu-l-kabir\u201d, \u201cSiyratu-l-mazhab fi sifati-l-adab\u201d, \u201cSharhu Jomi\u02bcu-s-sahih\u201d (Imom Buxoriyning mashhur hadislar to\u02bbplamlari \u201calJomi as-sahih\u201dga yozilgan sharh), \u201cG\u02bbinou-l-fuqaho fi-l-furu\u02bc\u201d, \u201cKashfu-l-astor fit-tafsir\u201d va \u201cMuxtasaru Taqvimu-l-adilla\u201d, \u201cSharhu Jomi\u02bcus sag\u02bbir\u201d, \u201cZiyodotu-zziyodot\u201d, \u201cKitob al-mabsut\u201d, \u201cZallatu-l-qoriy\u201d, \u201cSharhu Taqvimul adilla fil-usul\u201d , \u201cSharhu Fiqhul akbar\u201d , \u201cAmoliy\u201d, \u201cal-Muyassar fil kalom, \u201cSharhu Muxtasaru-lQuduriy\u201d nomli asarlar ham ta\u02bclif etgan bo\u02bblib, ularning aksari bizgacha yetib kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Faxrul-islom Pazdaviy uzoq muddat Samarqandda qozilik va talabalarga ustozlik qilganidan so\u02bbng 482\/1089 yili Keshda vafot etdi va shogirdlar tomonidan Samarqandga olib kelinib, Chokardiza qabristoniga dafn etildi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>. Juda ko\u02bbp sonli talabalar Pazdaviydan dars olgani shubhasiz biroq, manbalarda ulardan ba\u02bczilarining nomlari qayd qilingan. Jumladan, Xatib Abul Ma\u02bcoli Muhammad ibn Nasr ibn Mansur Madiniy (1060-1163), farzandi Abu Sobit Hasan ibn Ali Pazdaviy (vaf. 1155 y.), Zahiriddin Abul Ma\u02bcoliy Ziyod ibn Ilyos (XI-XII asr), Alouddin Muhammad ibn Ahmad Samarqandiy (vaf. 539\/1144 y.), Abul Muhomid Muhammad az-Zoliy Balxiy (vaf. 518\/1124 y.), Najmuddin Abu Hafs Umar Nasafiy (1069-1143)lar Faxrul-islom Pazdaviyning shogirdlari sifatida tanilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Faxrul-islom Ali Pazdaviyning farzandi Abu Sobit Hasan ibn Ali ibn Muhammad ibn Husayn ibn Abdulkarim Pazdaviy 470\/1078 yil Samarqandda tug\u02bbilgan. O\u02bbn ikki yoshigacha otasidan dars olgan. 482\/1089 yil otasi vafot etganidan so\u02bbng amakisi Abul Yusr Pazdaviy o\u02bbz qaramog\u02bbiga olib o\u02bbg\u02bbli Abul Ma\u02bcoliy bilan birga tarbiyaladi. Abu Sobit bir muddat Marvda istiqomat qilib, shahardagi olimlardan dars olgan. Bir necha yillik ta\u02bclimdan so\u02bbng yirik faqih va muhaddis bo\u02bblib yetishgan va Samarqand qoziligiga tayinlangan. 542\/1146 yili amakivachchasi Abul Ma\u02bcoliy Ahmad vafot etganidan so\u02bbng uning o\u02bbrniga Buxoro qozisi bo\u02bblgan. Umrining oxirlarida Pazda shahriga ko\u02bbchib o\u02bbtib vafoti (vaf. 557\/1161 y.)ga qadar ibodat va hadis ilmidan talabalarga dars berish bilan mashg\u02bbul bo\u02bblgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Sobit Hasan Pazdaviydan Sirojiddin Ali ibn Usmon Ushiy (vaf. 575\/1175 y.) va Abdulkarim ibn Muhammad Sam\u02bconiy (1163-1167) kabi mashhur olimlar dars olgan. Sirojiddin Ushiy ustozi Abu Sobit Hasan huzurida Abu Abdulloh Tohir Marvaziy (vaf. 410\/1019 y.)ning \u201cU\u02bcyun al-Majolis\u201d va Abu Muti\u02bc Makhul an-Nasafiy (vaf. 218\/833 y.)ning \u201cal-Lu\u02bcluiyot\u201d asarlarini, Abdulkarim Sam\u02bconiy esa Ali ibn Abdulaziz al-Bag\u02bbaviy (286\/900)ning \u201cMusnad al-kabir\u201d nomli hadis to\u02bbplamini to\u02bbliq o\u02bbqib dars olganini xabar bergan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Sobitning amakivachchasi Abul Ma\u02bcoliy Ahmad ibn Abul Yusr Pazdaviy ham zabardast olim bo\u02bblgan va \u201cQozi sadr\u201d nomi bilan shuhrat qozongan. U 481\/1088 yili Buxoroda tug\u02bbilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>. Abul Ma\u02bcoliyning yirik olim bo\u02bblib yetishida otasi va ustozlari Abul Ma\u02bciyn Maymun ibn Muhammad Makhul va Abu Mansur Samarqandiylar xizmati katta bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Faqih bir muddat Buxoroda qozilik qilgan va keyinchalik haj ziyorati maqsadida yo\u02bblga otlanib, safar davomida Marv va Bag\u02bbdod shaharlarida bir muddat hadis ilmidan talabalarga saboq bergan. Haj amalini bajarib, yurtga qaytayotganida 542\/1147 yili Saraxsda qaroqchilarning hujumi sabab karvondagi ko\u02bbp sonli jamoat bilan birga o\u02bbldirilgan. Ammo jasadlari Buxoroga olib kelinib dafn etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, Abdulkarim Pazdaviy ustozi Abu Mansur Moturidiyning ilmiy merosini avvalo farzandlari va avlodlariga, qolaversa butun Nasaf va Pazda shahri aholisiga yetib borishiga beqiyos xizmat qildi. Uning avlodlaridan yetishib chiqqan bir necha yirik faqihlar moturidiya aqidaviy ta\u02bclimoti va hanafiylik mazhabi rivojiga o\u02bbzlarining qimmatli asarlari bilan katta hissa qo\u02bbshdilar. Birgina Abul Yusr Pazdaviyning \u201cUsul ad-din\u201d asari moturidiylik aqidaviy ta\u02bclimotini o\u02bbrganishda muhim qo\u02bbllanmalar biri bo\u02bblsa, Faxrul-islom Pazdaviyning \u201cKanzul vusul ila ma\u02bcrifatil usul\u201d kitobi hanafiy usul al-fiqhining asosiy manbasi hisoblanadi. Pazdaviy olimlarning har birini alohida tadqiqot mavzusi sifatida o\u02bbrganish orqali tarixiy ildizlarini topish va ularning barhayot asarlarini tadqiq etish bilan hozirgi kunning dolzarb masalalariga yechim topilishi shubhasiz.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Tamimiy. at-Tabaqotu-s-saniyya fi tarojimi-l-hanafiyya. IV. \u2013 B. 429-430.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Najmiddin Nasafiy. Al-qand fi zikri ulamai Samarqand. \u2013 ar-Riyod: 1991. \u2013 B. 415.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Abdulkarim ibn Muhammad Sam\u02bconiy. al-Ansob. \u2013 Qohira. Dor al-Jinon, 1988. \u2013 J. 2. \u2013\u00ad B. 340.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Abdulqodir Qurashiy. Javohir al-muziyya fi tabaqotil-hanafiyya. \u2013 Qohira: Dor Ihyail kutub ilmiya, 1993. \u2013 J-II. \u2013 B. 595.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Muhammad Xuzariy. Tarix at-tashri\u02bc al-islamiy. \u00ad\u2013 Misr, 1934. \u2013 B. 362.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Abul Yusr Muhammad Pazdaviy. Usul ad-din. \u00ad\u2013 Misr, Maktaba al-Azhariya lit turos, 2003. \u2013 B. 14; 159.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0Najmiddin Nasafiy. Al-qand fi zikri ulamai Samarqand. \u2013 ar-Riyod: 1991. \u2013 B. 415.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u00a0Abdulkarim ibn Muhammad Sam\u02bconiy. al-Ansob. \u2013 Qohira. Dor al-Jinon, 1988. \u2013 J. 5. \u2013 B. 539; Yoqut Hamaviy. Mo\u02bbjamu-l-buldon. \u2013 Bayrut: Doru Sodr, 1977. \u2013 B. 409; Abdulqodir Qurashiy. Javohir al-muziyya fi tabaqotil-hanafiyya. \u2013 Qohira: Hijr, 1993. \u2013 J. II. \u2013 B. 312.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a>\u00a0Abdulhay Laknaviy. al-Favoidu-l-bahiya. \u2013 Bayrut: Dor al-ma\u02bcrifa, 1998. \u2013 B. 108.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a>\u00a0Sirojuddin Ushiy. Nisob al-Axbor. \u2013 Qo\u02bblyozma. Istanbul: Sulaymoniya kutubxonasi, \u21161504. \u2013 V. 3a; Abdulkarim ibn Muhammad Sam\u02bconiy. Kitob al-Ansob. \u00ad \u2013 Qohira. Maktabatu Ibn Taymiya, 1980. \u2013 J. I. \u2013 B. 339.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26332#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a>\u00a0Abdulqodir Qurashiy. Javohir al-muziyya. \u2013 Qohira: Hijr, 1993. J: I. \u2013 B. 118.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Saidahmadxon G\u02bbAYBULLAYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qashqadaryo vohasi qadimdan yirik olimlar, mutafakkirlar, ma\u02bcrifatparvarlarni kamolga yetkazgan go\u02bbshadir. Manbalarda ilm-fanning turli sohalarida faoliyat olib borib, katta yutuqlarga erishgan 300ga yaqin Nasafiy nisbasi ega olimlar zikr etiladi. Shuningdek, vohaning yana bir qadimiy manzillaridan biri \u201cPazda\u201d (arab manbalarida \u201c\u0628\u064e\u0632\u0652\u062f\u064e\u0629\u201d \u2013\u00a0Bazda, forsiy va turkiy manbalarda \u201c\u067e\u064e\u0632\u0652\u062f\u064e\u0629\u201d \u201cPazda\u201d shaklida kelgan( shaharchasi bo\u02bblib, kichik hudud bo\u02bblishiga qaramay ilk &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":26366,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ABU MANSUR MOTURIDIYNING PAZDALIK SHOGIRDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u0410\u0411\u0423 \u041c\u0410\u041d\u0421\u0423\u0420 \u041c\u041e\u0422\u0423\u0420\u0418\u0414\u0418\u0419\u041d\u0418\u041d\u0413 \u041f\u0410\u0417\u0414\u0410\u041b\u0418\u041a \u0428\u041e\u0413\u0418\u0420\u0414\u0418\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ABU MANSUR MOTURIDIYNING PAZDALIK SHOGIRDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u0410\u0411\u0423 \u041c\u0410\u041d\u0421\u0423\u0420 \u041c\u041e\u0422\u0423\u0420\u0418\u0414\u0418\u0419\u041d\u0418\u041d\u0413 \u041f\u0410\u0417\u0414\u0410\u041b\u0418\u041a \u0428\u041e\u0413\u0418\u0420\u0414\u0418\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-01-27T03:31:50+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-01-26T03:32:53+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_16.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&lang=oz\",\"name\":\"ABU MANSUR MOTURIDIYNING PAZDALIK SHOGIRDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_16.jpg\",\"datePublished\":\"2023-01-27T03:31:50+00:00\",\"dateModified\":\"2023-01-26T03:32:53+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u0410\u0411\u0423 \u041c\u0410\u041d\u0421\u0423\u0420 \u041c\u041e\u0422\u0423\u0420\u0418\u0414\u0418\u0419\u041d\u0418\u041d\u0413 \u041f\u0410\u0417\u0414\u0410\u041b\u0418\u041a \u0428\u041e\u0413\u0418\u0420\u0414\u0418\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_16.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_16.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ABU MANSUR MOTURIDIYNING PAZDALIK SHOGIRDI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ABU MANSUR MOTURIDIYNING PAZDALIK SHOGIRDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u0410\u0411\u0423 \u041c\u0410\u041d\u0421\u0423\u0420 \u041c\u041e\u0422\u0423\u0420\u0418\u0414\u0418\u0419\u041d\u0418\u041d\u0413 \u041f\u0410\u0417\u0414\u0410\u041b\u0418\u041a \u0428\u041e\u0413\u0418\u0420\u0414\u0418","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ABU MANSUR MOTURIDIYNING PAZDALIK SHOGIRDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u0410\u0411\u0423 \u041c\u0410\u041d\u0421\u0423\u0420 \u041c\u041e\u0422\u0423\u0420\u0418\u0414\u0418\u0419\u041d\u0418\u041d\u0413 \u041f\u0410\u0417\u0414\u0410\u041b\u0418\u041a \u0428\u041e\u0413\u0418\u0420\u0414\u0418","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-01-27T03:31:50+00:00","article_modified_time":"2023-01-26T03:32:53+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_16.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&lang=oz","name":"ABU MANSUR MOTURIDIYNING PAZDALIK SHOGIRDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_16.jpg","datePublished":"2023-01-27T03:31:50+00:00","dateModified":"2023-01-26T03:32:53+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u0410\u0411\u0423 \u041c\u0410\u041d\u0421\u0423\u0420 \u041c\u041e\u0422\u0423\u0420\u0418\u0414\u0418\u0419\u041d\u0418\u041d\u0413 \u041f\u0410\u0417\u0414\u0410\u041b\u0418\u041a \u0428\u041e\u0413\u0418\u0420\u0414\u0418","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_16.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_16.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26367&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ABU MANSUR MOTURIDIYNING PAZDALIK SHOGIRDI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26367"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=26367"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26367\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26368,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26367\/revisions\/26368"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/26366"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=26367"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=26367"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=26367"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}