{"id":26188,"date":"2023-01-11T12:25:12","date_gmt":"2023-01-11T07:25:12","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26188"},"modified":"2023-01-11T12:25:12","modified_gmt":"2023-01-11T07:25:12","slug":"karmanalik-buyuk-ulamo-qosim-shayx-azizon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&lang=oz","title":{"rendered":"KARMANALIK BUYUK ULAMO QOSIM SHAYX AZIZON"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cU kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: \u00abKim ilm talab qilish yo\u02bbliga yursa, Alloh unga jannat yo\u02bblini oson qilib qo\u02bbyadi. Albatta, farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanotlarini qo\u02bbyadilar. Albatta, olimga osmondagi zotlar, yerdagi zotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istig\u02bbfor aytadilar. Olimning obiddan fazli xuddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga o\u02bbxshaydi. Albatta, olimlar anbiyolarning merosxo\u02bbrlaridir. Albatta, anbiyolar dinorni ham, dirhamni ham meros qoldirmaganlar. Albatta, ular ilmni meros qoldirganlar. Kim o\u02bbshani olsa, ulug\u02bb nasibani olibdi\u201d, deganlarini eshitdim, degan ekanlar\u00bb. (Abu Dovud va Termiziy rivoyat rivoyat qilganlar).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/strong>\u00a0Tarixdan ma\u02bclumki, XVI asrlarda bizni yurtimizda juda ko\u02bbplab islom olamida ma\u02bclum va mashhur shayxlar, avliyo va ulamolar yetishib chiqqan. Ular o\u02bbz davrining ruhiy tayanch vazifasini o\u02bbtaganlar. Bizga ma\u02bclumki, mafkura \u2013 ma\u02bcnaviyat shaklida ijtimoiy-siyosiy hayot mazmunida muhim ahamiyat kasb etgan. Ular orasida Buxoro xususan, Karmanalik Shayxlarning o\u02bbrni beqiyosdir. Movarounnahr sarhadida yetakchi ruhiy rahnamo Karmanalik eng mashhur shayxlardan biri Hazrat Nizomiddin Qosim Shayx Azizondir. Ul zot Yassaviya-jahriya-sultoniya tariqatining XVI asrdagi piri komili bo\u02bblib, o\u02bbsha davrda faoliyat ko\u02bbrsatgan diniy arbob hisoblanadi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26185#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaziy Osiyo tarixidan ma\u02bclumki, har bir hukmdorning bir necha diniy ustozi \u2013 piri bo\u02bblgan. Buxoro hukmdori Abdullaxonning mashhur Jo\u02bbybor xo\u02bbjalaridan bo\u02bblgan piri \u2013 Qosim Shayx Azizondir. U kishi XVI asrning yirik ma\u02bcnaviy barkamol Shayxlaridan edilar. Jo\u02bbybor shayxlari mamlakat poytaxti Buxoroda yashardilar, Qosim Shayx esa Karmanada umr guzaronlik qilganlar. Qosim Shayx XVI asr ma\u02bcnaviy-siyosiy hayotida muhim o\u02bbrin egallab, shu davr mamlakat tasavvufining yirik namoyondalaridan biri bo\u02bblib, u kishining ma\u02bcnaviy silsilasi Xo\u02bbja Ahmad Yassaviy (XII asr) ga borib taqaladi. Qosim Shayxning anchagina muridlari ham bo\u02bblgan. Masalan, Samarqand yaqinidagi Ashxobod qishlog\u02bbida yashab o\u02bbtgan Hazrat Shayx Olim Azizon<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26185#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdullaxon mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida doir masalalarini hal qilishda qiynalgan vaqtlarida doimo Qosim Shayx Azizonga murojaat qilib turgan, u kishi esa shohga zarur maslahatlar qilishda yordam qilgan. Masalan, Buxoro hukmdori Shayboniyzoda Abdulazizxon 1550-yilda vafot etgach, shayboniylar sulolasining turli vakillari o\u02bbrtasida Buxoro taxti, Karmana va Miyonqol uchun kurash boshlanib ketdi. 17 yoshli Abdullaxon shu murakkab vaziyatda o\u02bbzini qo\u02bbllab-quvvatlash va ko\u02bbmak berishini so\u02bbrab Qosim Shayxga murojaat qiladi. Shayx uni duo qilib, ko\u02bbp payt mudofaada turishni maslahat beradi. Shunday yurishlardan biri Karmana qo\u02bbrg\u02bboni uchun bo\u02bblgan 12 kunlik janglardan so\u02bbng Abdullaxon dushman bilan tinchlik sulhi tuzadi va qon to\u02bbkilishining oldini olib ko\u02bbp kishini o\u02bblimdan asrab qoladi. Bu bevosita Qosim Shayx Azizon maslahati bilan bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qosim Shayx Azizon to\u02bbg\u02bbrisida ko\u02bbplab tarixchi olimlarimiz asarlar yaratishgan. Biroq ularning yaratgan asarlari va avtobiografiyalari to\u02bbliq o\u02bbrganilmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Suyundo\u02bbq Mustafo Nurotoiy \u201cKarmana azizlari\u201d nomli kitoblarida Karmana shahrida tug\u02bbilib faoliyat olib borgan va islom olamida o\u02bbchmas iz qoldirgan Shayxlar to\u02bbg\u02bbrisida qimmatli ma\u02bclumotlarni yozganlar. Ushbu kitobdan Hazrati Qosim Shayx Azizon tarjimai holi haqida hamda tariqatda tutgan o\u02bbrinlari to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumotlarni ko\u02bbrishimiz mumkin. Bundan tashqari kitobda u kishining hollari, pir va muridlari hamda u kishi haqidagi naqllarni o\u02bbqishimiz mumkin<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26185#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olmahon Hayitovaning \u201cKarmanalik buyuk siymolar va muqaddas qadamjolar\u201d nomli kitobida Shayxning xalqqa qilgan yaxshiliklari haqida shunday ma\u02bclumotlar berilgan. 1569-yilda Turkiston va Samarqand hukmdorlari Dabusiya va Karmanani egallab, Abdullaxon qushinlari bilan kurashni G\u02bbijduvonning G\u02bbishti yaylovlarida davom ettirayotganlarida Buxoro hukmdori Abdullaxonning qo\u02bbli baland keladi va uning raqiblari Qosim Shayxga murojaat qilib, xon bilan yarashtirib qo\u02bbyishni so\u02bbraydilar. Shayx jangu jadallardan madori qurigan, bosqinchilar joniga tekkan aholiga xayrixoh bo\u02bblib, ularni yarashtirib quyadi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26185#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qosim Shayx Azizon 1576-1577 yillarda bir-biri bilan kurashib turgan uch hukmdorni\u2013Xorazm shohi Hoji Muhammadxonni, Qipchoq dashtidan Qozoq Eshimxon va Abdullaxonni Karmanada bir kigiz ustida o\u02bbtirg\u02bbizib, sulh tuzishga erishganligi \u201cAbdullanoma\u201dda qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qosim Shayx hayotida bunday holatlar ko\u02bbp marta bo\u02bblgan. Qosim Shayx Azizon xalq manfaatlarini butun umri davomida himoya qiladilar. U kishi soliqchilar tazyiqiga yo\u02bbl qo\u02bbymaydilar, mamlakat farovonligi, tinchligi va osoyishtaligi uchun umr bo\u02bbyi kurashadilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hofiz Tanish ibn Muhammad Buxoriyning \u201cAbdullanoma\u201d asarida Qosim Shayx haqida \u201cul hazratning kimyoxosiyat xayollarida butun valoyat jamiyatini birlashtirmoq, turli tabaqadagi xalqlarning yaxshi kun kechirmog\u02bbi, mamlakat va mulkning osoyishtaligi, yaxshilarga himmat va iltifot ko\u02bbrsatmoq bo\u02bblgan\u201d,\u2013 deyilgan so\u02bbzlar bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qosim Shayxning \u201cRaddishiya\u201d (Shiya dinini rad etish) asari borligini XX asrning boshida yashagan nemis olimi, sharqshunos Brokelman eslatadi. U kishining asari borligini boshqalar ham tilga oladi. U asarlar tarix qa\u02bcrida yo\u02bbqolgan. Qosim Shayx salkam 80 yoshni qarshilab turganlarida, 1581-yilda vafot etadilar. U kishi Karmanada dafn etilgan. 2003-yilda u kishining tug\u02bbilgan roppa rossa 500 yil to\u02bbldi. Qosim Shayx Azizonga atab o\u02bbsha davr shoiri Mushfiqiy marsiya yozgan. Abdullaxon ustozi, piri Qosim Shayxga bo\u02bblgan e\u02bctiqodning ramzi sifatida u kishining tiriklik paytida 1558 yilda bu xonaqohni qurdiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qosim Shayx to\u02bbg\u02bbrisidagi ma\u02bclumotlar asrlardan asrlarga ko\u02bbchib, bizning davrimizgacha yetib keldi. Qosim Shayx to\u02bbg\u02bbrisidagi ma\u02bclumotlar Hofiz Tanish al-Buxoriyning \u201cAbdullanoma\u201d (\u201cSharaf-nomayi shohiy\u201d), Hasanxo\u02bbja Nisoriyning \u201cMuzakkiril ahbob\u201d, Hazrat Olim Shayx Azizonning \u201cLa\u02bcmahot min nafaxot ul-quds\u201d, Muhammad Tohir Eshon Xorazmiyning \u201cTazkirat ul-avliyo\u201d (\u201cTazkirai Tohir Eshon\u201d), Sayid Muhammad Nosiriddinning \u201cTuhfat az-zoirin\u201d asarlarida uchraydi. Muhammad Tohir Eshon \u201cTazkira\u201dsi Qosim Shayx to\u02bbg\u02bbrisida qimmatli ma\u02bclumotlarni beribgina qolmay, shayx ma\u02bcnaviy silsilasi davomchilari, ya\u02bcni xalifalari haqida ham so\u02bbz yuritadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qosim Shayx Azizon \u201cManoqib\u201dida o\u02bbz tilidan: \u201cBiz to\u02bbrt silsiladan ruxsat olganmiz\u201d, deyishi, har to\u02bbrttala tariqat \u2013 Kubroviya, Qodiriya, Yassaviya, Naqshbandiya shayxlaridan ta\u02bclim va pirlik ijozati olganini anglatadi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26185#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>. Shu sababli islom olamida katta shuhrat va obro\u02bb qozongan shayxlar qatorida bo\u02bblganliklari ma\u02bclum. Qosim Shayx Azizon hazratlari haqida yozilgan asarlarni ko\u02bbrib chiqqanimizda biz bu zotning sifatlari va naqadar buyuk valiy zot bo\u02bblganliklarini bilishimiz mumkin. Xususan, \u201cAbdullanoma\u201dda yozilishicha: \u201cUl hazratning kimyo hosiyat xayollarida butun viloyat jamiyatini birlashtirish, turli tabaqadagi xalqni yaxshi kun kechirishi, mamlakat va mulkni osoyishtaligi, yaxshilarga hurmat va iltifot ko\u02bbrsatish bo\u02bblgan\u201d (2-jild. Toshkent, 1969y, 248-bet)<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana Ul zot ilmi toliblar va muhtojlarning najotkori bo\u02bblganlar. Hazrat haqida bitilgan naqllarda u kishi hattoki insonlarning ko\u02bbnglidan o\u02bbtkazgan va o\u02bbtkazayotgan tuyg\u02bbularini biladigan valiy bo\u02bblganliklari aytilgan. Mavlono Ismatulloh naqli bilan aytilganda bu inson \u201cMusharraful-qulub\u201d bo\u02bblganlar. Shu sababli bu zotning oldiga kelgan ilmu toliblar imkon qadar xotiralarini yomon gumonlardan tiyib o\u02bbtirishga harakat qilar edilar. Chunki u kishi musharraful qulub ya\u02bcni ko\u02bbngilni sezuvchi, qalbni anglovchi edilar.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26185#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0S.M. Nurotoiy \u201cKarmana azizlari\u201d T.2010y. B.105.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26185#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0O.Hayitova \u201cKarmanalik buyuk siymolar va muqaddas qadamjolar\u201d T. 2004y. B.33.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26185#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Karang: Suyundik Mustafo Nurotiy \u201cKarmana azizlari\u201d T.2010y.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26185#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Qarang: O.Hayitova \u201cKarmanalik buyuk siymolar va muqaddas qadamjolar\u201d T. 2004y.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26185#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0S.M. Nurotoiy \u201cKarmana azizlari\u201d T.2010y. B.109.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nigorabonu MAMATOVA,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cJo\u02bbybori kalon\u201d ayol-qizlar islom ta\u02bclim muassasasi o\u02bbqituvchisi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cU kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: \u00abKim ilm talab qilish yo\u02bbliga yursa, Alloh unga jannat yo\u02bblini oson qilib qo\u02bbyadi. Albatta, farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanotlarini qo\u02bbyadilar. Albatta, olimga osmondagi zotlar, yerdagi zotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istig\u02bbfor aytadilar. Olimning obiddan fazli xuddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga o\u02bbxshaydi. &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":26186,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>KARMANALIK BUYUK ULAMO QOSIM SHAYX AZIZON - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"KARMANALIK BUYUK ULAMO QOSIM SHAYX AZIZON\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"KARMANALIK BUYUK ULAMO QOSIM SHAYX AZIZON - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"KARMANALIK BUYUK ULAMO QOSIM SHAYX AZIZON\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-01-11T07:25:12+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_5.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&lang=oz\",\"name\":\"KARMANALIK BUYUK ULAMO QOSIM SHAYX AZIZON - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_5.jpg\",\"datePublished\":\"2023-01-11T07:25:12+00:00\",\"dateModified\":\"2023-01-11T07:25:12+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"KARMANALIK BUYUK ULAMO QOSIM SHAYX AZIZON\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_5.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_5.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"KARMANALIK BUYUK ULAMO QOSIM SHAYX AZIZON\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"KARMANALIK BUYUK ULAMO QOSIM SHAYX AZIZON - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"KARMANALIK BUYUK ULAMO QOSIM SHAYX AZIZON","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"KARMANALIK BUYUK ULAMO QOSIM SHAYX AZIZON - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"KARMANALIK BUYUK ULAMO QOSIM SHAYX AZIZON","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-01-11T07:25:12+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_5.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&lang=oz","name":"KARMANALIK BUYUK ULAMO QOSIM SHAYX AZIZON - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_5.jpg","datePublished":"2023-01-11T07:25:12+00:00","dateModified":"2023-01-11T07:25:12+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"KARMANALIK BUYUK ULAMO QOSIM SHAYX AZIZON","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_5.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_5.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26188&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"KARMANALIK BUYUK ULAMO QOSIM SHAYX AZIZON"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26188"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=26188"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26188\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26189,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26188\/revisions\/26189"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/26186"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=26188"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=26188"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=26188"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}