{"id":26170,"date":"2023-01-10T14:45:16","date_gmt":"2023-01-10T09:45:16","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26170"},"modified":"2023-01-10T14:45:16","modified_gmt":"2023-01-10T09:45:16","slug":"abdulhay-laknaviyning-ilmiy-m%d0%b5rosi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&lang=oz","title":{"rendered":"ABDULHAY LAKNAVIYNING ILMIY M\u0415ROSI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulamolardan bir toifa borki, ilmi va dunyoqarashi keng bo\u02bblgani sababli yozgan asarlari ilm-ma\u02bcrifatning turfa-turfa sohalarini qamrab oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulhay Laknaviy ham turli fanlarga oid ko\u02bbplab asar yozgan. Bu uning ilmi va iqtidori kengligi, aql-zakovati va maqomining ulug\u02bbligidan guvohlik beradi. Alloma qoldirgan ilmiy meros ilmni jamlash, tahqiq va tahrir qilingani bilan boshqa asarlardan farqlanadi. Bu asarlarni o\u02bbqigan kishida biror ma\u02bclumot maxfiy qolmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulfattoh Abu G\u02bbudda aytadi: \u201cImom Laknaviyning asarlarini o\u02bbqigan kishi ularning aniq ilmiy haqiqatlar asosida yozilganiga, nodir naqliy dalillarni qamrab olganiga, ko\u02bbtarilgan har bir masala to\u02bbliq yoritilganiga guvoh bo\u02bbladi. Kitobxonning qarshisida butun umrini ilm va kitob yozishga bag\u02bbishlagan alloma gavdalanadi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sulaymon Nadaviy: \u201cAbdulhay Laknaviy Hind diyorida kitoblarni tahqiq qilish va ularni izohlagan holda sharhlash jarayonida ikki yangi uslubga asos soldi. Birinchisi, kitob avvalida unga muqaddima yozgan va unda matn va sharh sohiblarining tarjimai hollarini hamda ushbu mavzuda yozilgan kitoblar haqida ma\u02bclumot bergan. Ikkinchisi, biror kitobni tahqiq qilish va unga sharh yozishda asarning turli nusxalaridan foydalangan. Sinchkovlik bilan solishtirish natijasida tahqiq qilingan va to\u02bbg\u02bbrilangan yagona nusxa hosil bo\u02bblgan\u201d, deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu qo\u02bblyozma asarlarni tahqiq qilishda allomaning diqqat-e\u02bctibori kengligidan darak beradi. Shu tariqa tahqiq olimlari uchun yangi yo\u02bbl va uslub qoldirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulhay Laknaviy kitob yozishga juda katta e\u02bctibor qaratgan, hech ham vaqtini ayamagan. Hatto ba\u02bczi kitoblarini safar davomida yozgan. Buni allomaning quyidagi so\u02bbzlari isbotlaydi: \u201cAkomun nafoisi fi adaili azkari bilisanil forsiy\u201d kitobimni 1867 yilda qishlog\u02bbimdan Haydarobodga ko\u02bbchish chog\u02bbida yozganman\u201d. Shuningdek, \u201cZajrun nasi ala inkari asari ibni Abbos\u201d kitobini 1875 yilda, ikkinchi bor haj qilish asnosida yozib tugatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma yozgan asarlar turli ilmlarni o\u02bbz ichiga olgani tufayli o\u02bbsha davr ulamolarining diqqat markazida turgan. U mukammal bayon qilish va dalil keltirish bobida ko\u02bbplarni lol qoldirgan. Abdulfattoh Abu G\u02bbudda allomaning bir sharhi haqida bunday degan: \u201cBu sharh muallifning zamoni keyin kelgan bo\u02bblsa-da, shu mavzuda yozilgan kitoblardan ma\u02bclumotining ko\u02bbpligi va mukammalligi bilan ajralib turadi. Muallif nihoyatda chuqur dalil keltirish va shu dalillarning sababini bayon qilib berish bilan tanilgan. Umr bo\u02bbyi izlanishlar olib borib, hukm chiqarish va masalalarni yechishda o\u02bbrta yo\u02bblni tanlagan. Alloma hanafiy mazhabini mahkam tutgan bo\u02bblsa-da, ayrim masalalarda kuchli ilmiga tayangan holda boshqa mazhabga moyil bo\u02bblib, uni afzal ko\u02bbrgan. Har doim muxolif tarafga odob bilan muomala qilgan va ulug\u02bblagan. Bu olijanoblik mutaaxxir ulamolarda kam uchraydi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulhay Laknaviy o\u02bbz asarlarini ta\u02bcriflab, bunday degan: \u201cYozganlarimning birortasida noaniq masala qolmagan. Mashhur manbalardan nusxa olinmagan. Imom Shavkoniy (tav. 1759) va Imom Harroniy (1263-1328)ning so\u02bbzlaridan o\u02bbzlashtirmadim. Allohdan piyoda va otliqni ajrata olmaydigan kishi kabi ho\u02bblu quruqni yig\u02bbib, birovlarning kitoblarini ko\u02bbchirishdan panoh tilayman. Aql egalari bu ishni safsata sanaydi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Quyida Abdulhay Laknaviyning asarlariga qisqacha ta\u02bcrif berib o\u02bbtamiz. Alloma asarlarining adadini \u2013 Imom Sarkisin \u201cMu\u02bcjamul matbuotil arabiy\u201d asarida \u2013 26ta, Zakiy Mujohid \u201cAl-a\u02bclamush sharqiyya\u201d kitobida \u2013 44ta, Abdulhay Hasaniy \u201cNuzhatul xavotir\u201d asarida \u2013 90ta, shogirdi Muhammad Hafizulloh Bundaviy \u201cKanzul barakot\u201d asarida \u2013 94ta, yana bir shogirdi Muhammad Abdulboqiy \u201cTakmilatu xayril amal\u201d asarida \u2013 112ta deb ko\u02bbrsatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abul Hasan Nadaviy: \u201cMutaaxxir ulamolar faxri Abdulhay Laknaviyning asarlari bir yuz o\u02bbnta, shulardan sakson oltitasi arab tilida\u201d, Abdulfattoh Abu G\u02bbudda esa \u201cImom Laknaviy bir yuz o\u02bbn beshta asar yozgan\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu adadlar turlicha ekanining asosiy sababi shuki, Imom Laknaviy kitoblarining ayrimlarida o\u02bbz tarjimai holini keltirib o\u02bbtgan. Unda asarlarining adadini ba\u02bczida qisqartirib, gohida to\u02bbliq bayon qilgan. Ehtimol, shu kitobgacha bo\u02bblgan asarlari adadini keltirgan. Kitoblar orqali Imom Laknaviyning tarjimai holi bilan tanishganlar alloma asarlarining hammasi shuncha, deb xulosa qilgan. Qolaversa, Imom Laknaviyning tarjimai holi keltirilgan kitobidan keyin yozgan kitoblari ham bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulhay Laknaviy yozgan asarlar qaysi ilmlarga tegishli ekanini Valiyuddin Nadaviy quyidagicha bayon qilgan: \u201cAlloma usulul fiqh, faroiz, zuhd va taqvo ilmlariga bag\u02bbishlab bittadan, siyrat, munozara va nahv ilmlariga \u2013 ikkitadan, tug\u02bbilish va vafot etish haqida \u2013 uchta, aqoid ilmiga bag\u02bbishlab \u2013 to\u02bbrtta, sarf ilmiga oid \u2013 beshta, hadis ilmiga \u2013 sakkizta, tarix va tarjimai hol ilmiga \u2013 o\u02bbn oltita, mantiq va hikmat ilmiga \u2013 yigirma beshta, fiqh ilmiga oid \u2013 ellikta, jami 120ta kitob yozgan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haqiqatan ham, o\u02bbttiz to\u02bbqqiz yil umr ko\u02bbrgan insonning turli ilm sohalarida 120ta kitob yozishi katta mehnat talab qiladi. Abdulfattoh Abu G\u02bbudda aytadi: \u201cUlamolar ellikta yoki yuzta kitob yozganlarni zikr qilganda, peshqadamlar sirasiga Abdulhay Laknaviyni ham kiritgan. Chunki yozgan asarlari soni ko\u02bbp jildli kitoblari va bir necha sahifalardan iborat risolalarini qo\u02bbshib hisoblaganda, 110 tadan ortiqdir. Barcha kitoblari foydali bahslar va mushkul masalalarni yechishga bag\u02bbishlangan. Allomaning asarlari yashagan umriga taqqoslanganda, hayotidagi har bir kundan unumli foydalanganidan darak beradi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu sababli hamma bir ovozdan Abdulhay Laknaviyni ko\u02bbp kitob yozgan qomusiy ulamolar qatoriga kiritgan. Bu borada alloma o\u02bbzidan oldingilardan ham, zamondoshlaridan ham o\u02bbzib ketgan. Uning qisqa umri davomidagi yirik mehnati bilan qoldirgan boy ilmiy merosi hanafiylik mazhabini qo\u02bbllab-quvvatlash va himoya qilishda uzoq yillar birlamchi manba bo\u02bblib qolaveradi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Otabek BAXRIYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ulamolardan bir toifa borki, ilmi va dunyoqarashi keng bo\u02bblgani sababli yozgan asarlari ilm-ma\u02bcrifatning turfa-turfa sohalarini qamrab oladi. Abdulhay Laknaviy ham turli fanlarga oid ko\u02bbplab asar yozgan. Bu uning ilmi va iqtidori kengligi, aql-zakovati va maqomining ulug\u02bbligidan guvohlik beradi. Alloma qoldirgan ilmiy meros ilmni jamlash, tahqiq va tahrir qilingani bilan boshqa asarlardan farqlanadi. Bu asarlarni o\u02bbqigan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":26169,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ABDULHAY LAKNAVIYNING ILMIY M\u0415ROSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ABDULHAY LAKNAVIYNING ILMIY M\u0415ROSI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ABDULHAY LAKNAVIYNING ILMIY M\u0415ROSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ABDULHAY LAKNAVIYNING ILMIY M\u0415ROSI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-01-10T09:45:16+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_4.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&lang=oz\",\"name\":\"ABDULHAY LAKNAVIYNING ILMIY M\u0415ROSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_4.jpg\",\"datePublished\":\"2023-01-10T09:45:16+00:00\",\"dateModified\":\"2023-01-10T09:45:16+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ABDULHAY LAKNAVIYNING ILMIY M\u0415ROSI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_4.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_4.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ABDULHAY LAKNAVIYNING ILMIY M\u0415ROSI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ABDULHAY LAKNAVIYNING ILMIY M\u0415ROSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ABDULHAY LAKNAVIYNING ILMIY M\u0415ROSI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ABDULHAY LAKNAVIYNING ILMIY M\u0415ROSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ABDULHAY LAKNAVIYNING ILMIY M\u0415ROSI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2023-01-10T09:45:16+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_4.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"4 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&lang=oz","name":"ABDULHAY LAKNAVIYNING ILMIY M\u0415ROSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_4.jpg","datePublished":"2023-01-10T09:45:16+00:00","dateModified":"2023-01-10T09:45:16+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ABDULHAY LAKNAVIYNING ILMIY M\u0415ROSI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_4.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/bukhari_buxoriy2023_4.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=26170&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ABDULHAY LAKNAVIYNING ILMIY M\u0415ROSI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26170"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=26170"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26170\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26171,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/26170\/revisions\/26171"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/26169"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=26170"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=26170"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=26170"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}