{"id":25915,"date":"2022-12-20T11:01:58","date_gmt":"2022-12-20T06:01:58","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25915"},"modified":"2022-12-20T11:56:22","modified_gmt":"2022-12-20T06:56:22","slug":"naqshbandiya-mujaddidiya-tarixini-o%ca%bbrganishning-muhim-manbasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&lang=oz","title":{"rendered":"NAQSHBANDIYA-MUJADDIDIYA TARIXINI O\u02bbRGANISHNING MUHIM MANBASI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">XVIII-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda naqshbandiya-mujaddidiya tariqati tarixiga oid manbalarni o\u02bbrganish bugungi kunda tasavvufshunoslik tadqiqotlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada yurtimiz olimlari<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>\u00a0va xorijlik tadqiqotchilar<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>\u00a0ko\u02bbplab izlanishlar olib borgan. Tadqiqotlarda talay manbalar<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>\u00a0ilmiy muomalaga jalb etilgan. Shunday bo\u02bblsa-da, o\u02bbsha davr tarixiga doir qator manbalar hali-hanuz o\u02bbz tadqiqotchilarini kutib turibdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shunday manbalardan biri Mirzo Maqsud Dahbediy (Buxoriy)ning \u201cMir\u02bcotus solikin\u201d (Soliklar oynasi) asaridir. U haqda dastlab Nosiruddin Buxoriyning \u201cTuhfatuz zoyirin\u201d asari orqali xabar topgan bo\u02bblsak, keyinchalik Maqsud Dahbediyning boshqa bir asari \u2013 \u201cRavoyihul quds\u201d orqali ma\u02bclumot olindi. So\u02bbngra A.T.Tagirdjanovaning izlanishlari<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>\u00a0vositasida mazkur asardan voqif bo\u02bbldik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Taniqli tasavvushunos, turkiyalik olim Nejdat Tosun Madina shahridagi Orif Xikmat kutubxonasi fondi (inv. \u2116261\/44 raqam osti)da saqlanayotgan \u201cMir\u02bcotus solikin\u201d asarining qo\u02bblyozma nusxasini bizga taqdim etdi. Ushbu qo\u02bblyozma nasta\u02bcliq xatida, fors tilida yozilgan bo\u02bblib, o\u02bblchami \u2013 15&#215;27 sm., matni \u2013 har bir sahifada 11 qatordan. Asar Allohga hamd va Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamga salovat bilan boshlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Matnning o\u02bbzida qora siyoh, sarlavha va mashhur shaxslar nomlarini, \u201cEy darvesh\u201d, \u201cnazm\u201d, \u201cmunojot\u201d, \u201cruboiy\u201d, \u201cmasnaviy\u201d kabi so\u02bbzlarni yozishda qizil, ko\u02bbk va och yashil (sariq qo\u02bbshilgan holda) rangli bo\u02bbyoqlardan foydalanilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Asar sariq, pishiq ishlangan shiqildoq qog\u02bbozga yozilgan bo\u02bblib, b-a sahifalarining to\u02bbrt tomoniga bir xil o\u02bblchamda hoshiya tashlanib, qizil siyohda ramkaga olingan. Ramka ichida alohida qizil, ko\u02bbk, yashil, qizil ranglardagi chiziqlar bilan ramka hosil qilinib, ichiga asosiy matn yozilgan. Ko\u02bbpgina sahifalarga nozik did bilan tilla suvi yugurtirilgani uning nodir nusxalardan ekanini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muallif o\u02bbzini tanishtirib, \u201cAhmadiya-siddiqiya-aliya-naqshbandiya-ahroriya-mujaddidiya-dahbediya\u201d tariqatining xodimi Mirzo Maqsud Dahbediy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>, deb qayd etgan. Asarida Abdurahmon Jomiyning \u201cNafahotul uns\u201d, Ali ibn Usmon G\u02bbaznaviyning \u201cKashful mahjub\u201d, Abu Tohir xojaning \u201cRisolai tariqai Dahbediya\u201d, Jaloliddin Ho\u02bbqandiyning \u201cMukoshafatul asror\u201d asarlaridan, Jumaquli Urgutiyning yozishmalaridan iqtiboslar keltirgan. Shuningdek, taniqli davlat arboblari va naqshbandiya silsilasi vakillari nomidan turli voqealarni bayon etgan. Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan Muhammad Amin Dahbediyga (1152\/1739-1229\/1814) qadar yetib borgan mazkur silsila vakillari, murshidlari haqida batafsil ma\u02bclumotlar berib o\u02bbtgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Asarda hukmdorlardan Muhammad Rahimxon (vaf. 1758), Amir Shohmurod (vaf. 1800), Amir Haydar (vaf. 1826), Amir Nasrulloh (vaf. 1860) haqida, shuningdek, Muhammad Safar, Shukurbekbiy inoq kabi hokim va davlat arboblari to\u02bbg\u02bbrisida so\u02bbz yuritilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Maqsud Dahbediy naqshbandiya silsilasining Markaziy Osiyoda yoyilishi, taraqqiy etishi haqida: \u201cXoja Imkanagiy Turkistonda turib Hindistonga tariqat nurini taratgan bo\u02bblsa, Musoxonxoja uni Hindistondan yana o\u02bbz yurtiga qayta olib kelib, Turonzaminni munavvar qildi\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>, deb ta\u02bckidlab o\u02bbtgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cMir\u02bcotus solikin\u201dda bir necha maktub haqida ham aytib o\u02bbtilgan. Jumladan, Hindistondan Dahbedga ikkita maktub kelgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>. Ularning biri naqshbandiya-mujaddidiya silsilasi murshidi Mirzo (Joni Jonon) Habibulloh (1113\/1701-1195\/1780) tomonidan Musoxonxoja Dahbediyga (vaf. 1190\/1776) yozilgan. Ikkinchisi Miyon Ali Shoh Sohibdan Muhammad Amin Dahbediy nomiga kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muallif asar boshida uni 1256\/1839 yilda<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>\u00a0yoza boshlaganini aytadi. 283<sup>b<\/sup>-284<sup>a<\/sup>\u00a0sahifalarida esa \u201cbu risola 1259\/1841 yil muharram oyining 15 kuni, juma(ga o\u02bbtar) oqshom payti\u201d nihoyasiga yetganini qayd etadi. Shundan kelib chiqib, \u201cMir\u02bcotus solikin\u201d asarining ushbu nusxasi muallifning o\u02bbzi tomonidan yozil (ko\u02bbchiril)gan, deb xulosa qilish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yana qo\u02bblyozma asarning 284<sup>a<\/sup>, 283<sup>b<\/sup>, 275<sup>b<\/sup>-276<sup>a<\/sup>, 182<sup>b<\/sup>-183<sup>a<\/sup>, 105<sup>a<\/sup>, 39<sup>b<\/sup>, 3<sup>b<\/sup>\u00a0sahifalarining hoshiyasida matnga ayrim tuzatishlar kiritilganining belgilari bor. Tuzatishlar va asosiy matn (bir xattot tomonidan) bir xil xatda yozilgani yaqqol ko\u02bbrinib turibdi. Bu ham qo\u02bblyozma muallif Maqsud Dahbediy tomonidan ko\u02bbchirilganini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Kitobda hozirgi kunda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Dahbed shaharchasidagi \u201cMaxdumi A\u02bczam ziyoratgohi\u201dning joylashgan o\u02bbrni, u yerdagi bino, hovuz va boshqa inshootlar, dov-daraxt rasm-xarita chizmasi chiroyli tarzda ishlangan (1-rasm). Unda majmuaning darvozasi sharq tomonda turibdi. Hovlining chap tomonida ikki xonali \u201chujrai xos\u201d, uning janub tarafidan g\u02bbarbga qarab yana uch xonali hujra, keyin katta eshik, undan keyin xonaqoh, ayvon va uning hovli tomonida minora tasviri tushirilgan. Xonaqohning g\u02bbarb tomonida yana eshik va hujra ko\u02bbrsatilgan. Majmuaning g\u02bbarbiy tomonida ikkita katta \u201chujrai xos\u201d va ularning shimoliy tomonida g\u02bbarbga qarab solingan kichik yo\u02bbl tasvirlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hovlining g\u02bbarb tomonida hovuzni ko\u02bbrish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Darvozadan kirgach, o\u02bbng tomonda \u201chujurot\u201d (xonalar) borligi va g\u02bbarbga qarab yurganda, hovlining shimoliy devori yaqinida katta chinor turgani aytilib, uning g\u02bbarbiy tomonida Muhammad Amin Dahbediy qabri mavjudligi aytilgan. Qabrning uch tomoniga uchta katta chinor tasviri tushirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">G\u02bbarbiy qismga qarab sal o\u02bbtganda, o\u02bbng (shimol)da to\u02bbrt tomoni devor bilan o\u02bbralgan (Maxdumi A\u02bczam va uning avlodlari dafn etilgan) alohida sufa tasviri bor. Sufaning sharq tomonida tut daraxti, g\u02bbarbida azim chinor mavjudligini ham ko\u02bbrish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Majmua tasvirini ishlashda asosan ko\u02bbk, qora, qizil, yashil, sariq ranglardan foydalanilgan va tilla suvi ham ishlatilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu o\u02bbrinda naqshbandiya-mujaddidiya tariqatining murshidlaridan biri, \u201cMir\u02bcotus solikin\u201d asari yozilishiga sabab bo\u02bblgan Muhammad Amin Dahbediy qabrining o\u02bbrni haqida Abu Tohir xoja ma\u02bclumot berib o\u02bbtgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abulbarakot Muhammad Amin Dahbediyning qabri Dahbeddagi Maxdumi A\u02bczam qabristoni devorining tashqarisi, sharq tomoniga yaqin janubiy burjidagi kichik bir sufada<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>\u00a0ekani ham ta\u02bckidlab o\u02bbtilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cSamariya\u201d va \u201cTariqati Dahbediya\u201d asari bilan yaqindan tanish bo\u02bblgan Maqsud Dahbediy ko\u02bbrgan va o\u02bbqigan ma\u02bclumotlari asosida ushbu majmua chizmasini ajoyib tarzda ko\u02bbrsatib, tasvirlab bergan. U asarni yozishda Samarqand qozisi Abu Tohir xojaning \u201cTariqati dahbediya\u201d risolasiga ko\u02bbp bor murojaat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cMir\u02bcotus solikin\u201d asari davomini o\u02bbqigan kishi naqshbandiya-mujaddidiya tariqati bilan bog\u02bbliq bo\u02bblgan silsila markazlari va ularda faoliyat olib borgan murshidlar haqida qimmatli ma\u02bclumotlarga ega bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Majmua tasviri davomidan Abu Tohir xoja \u201cMasnaviy ma\u02bcnaviy\u201dga yozgan muxammas orqali bu muqaddas markazga ta\u02bcrif berib o\u02bbtilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>\u201cTingla naydin chun hikoyat aylagay,<br \/>\n<\/em><em>Ayriliqdin shikoyat aylagay.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>Men qamish erdim, kesib keltirdilar,<br \/>\n<\/em><em>Nola cheksam, el ham oh urdilar.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>Nayni yondirgan o\u02bbshal ishq otashi,<br \/>\n<\/em><em>Mayni yondirgan o\u02bbshal ishq otashi.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>Dahbediylar otashga shu\u02bcla bo\u02bbldi,<br \/>\n<\/em><em>Unga bog\u02bblanganlar misli o\u02bbt bo\u02bbldi.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>Bu Dahbed emas, muhabbat o\u02bbchog\u02bbidir,<br \/>\n<\/em><em>Balki nay bu xonaqohni kuylayotgandir.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>Bu Dahbed emas, jannat bog\u02bblaridan biridir,<br \/>\n<\/em><em>To\u02bbrt tomondan kelgan sufiylar uchun rohatdir.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>Bu Dahbed emas, bu qalblarning nuridir,<br \/>\n<\/em><em>Sufiy qalblar dilidagi iymonidir.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>Muso (xonxoja)ning tabarruk xoki osudadir,<br \/>\n<\/em><em>Yaratganning asrorida u masrurdir.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>Uning shogirdi Siddiq edi,<br \/>\n<\/em><em>Bu yo\u02bblda munkirlarga zindiq edi.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>Ey Xudo, amr etib, Dahbedni ma\u02bcmur qilgin,<br \/>\n<\/em><em>U yerdagi azizlar (qabr va joylar)ni baxtga va nurga to\u02bbldirgin.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>\u2013 Dedi Imom o\u02bbzining Masnaviysida,<br \/>\n<\/em><em>Ammo nutqni qisqa, vassalom qilgin\u201d<\/em><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Tohir xojaning \u201cNavo\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>\u00a0taxallusi bilan qilgan ijod namunalari uning nazmdagi yetukligini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ayrim manbalarda \u201cMir\u02bcotus solikin\u201d 1256\/1840-1264\/1848 yillarda yozilgani<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>\u00a0aytiladi. Ammo ushbu nusxasida muallifning o\u02bbzi ma\u02bclum qilganidek, asar 1259\/1841 yilda yozib tugatilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">U shartli ravishda 11 bobga ajratilgan. Asardan naqshbandiya-mujaddidiya-dahbediya silsilasi murshidlari, shogirdlari, avlodlari va Buxoro amirlari haqida ham ma\u02bclumot olish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">A.T.Tagirdjanova tanishtirgan dastlabki nusxaning oxirida u muallif tomonidan Mirzo Muhammad Ali Darbandiy ibn Mirzo Kozimbekka \u201chazoru du sadu shastu panj\u201d, ya\u02bcni 1265\/1849 yilda hadya etilgani qayd qilingan. Shunga ko\u02bbra aytish mumkinki, asarning u nusxasi ham muallif yashagan davrda ko\u02bbchirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hozirga qadar olib borilgan tadqiqotlar natijasida \u201cMir\u02bcotus solikin\u201d asarining ikki nusxasi Orif Hikmat kutubxonasi va Sankt-Peterburg davlat universiteti fondida saqlanayotgani ma\u02bclum bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bitta nusxa qay tariqa Sankt-Peterburgga borib qolgani ma\u02bclum. Ammo yana bir nusxa qanday qilib Madina shahridagi Orif Xikmat kutubxonasi fondiga tushib qoldi, degan savol ochiq turibdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Kitob haqida berilgan tavsifga ko\u02bbra, ushbu nusxa nozik did bilan ishlangani, bu qo\u02bblyozma aynan muallif tomonidan ko\u02bbchirilgani kabi voqealardan kelib chiqib aytadigan bo\u02bblsak, kitob muallif Maqsud Dahbediy tomonidan hadya etilgan bo\u02bblishi kerak, degan taxmin yuzaga chiqadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Kitobning 1<sup>a<\/sup>, 284<sup>a-b<\/sup>\u00a0varaqlariga to\u02bbrtta muhr urilgan. 1<sup>a<\/sup>\u00a0va 284<sup>b<\/sup>\u00a0varaqlariga urilgan nisbatan katta, doira shakldagi muhrda (yozuvlari xiralashib ketgani o\u02bbqish imkoni bo\u02bblmadi) 1266\/1849 sanasi ko\u02bbrsatilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">1<sup>a<\/sup>\u00a0va 284<sup>a<\/sup>\u00a0varaqlarida ikkita bir xil: \u201cShukrulloh tolei mas\u02bcud, Xoki Muhammad bayti Maqsud\u201d, deb yozilgan to\u02bbrtburchak shakldagi muhrlar urilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">284<sup>a<\/sup> varaqdagi to\u02bbrtinchi muhrda esa: \u201cAllohumma avsalno ila maqsudano. 1257\u201d, ya\u02bcni \u201cAllohim, bizni maqsadimizga yetishtirgin, 1257\u201d(1840 yil), degan so\u02bbzlar qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bundan ko\u02bbrinadiki, muhrlarning ikkitasi Mirzo Maqsud Dahebdiyga tegishli ekan. Bu esa asarning Madinadagi nusxasi aynan muallif tomonidan mazkur kutubxona fondiga hadya qilinganini tasdiqlash uchun asos bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shunday qilib, komil ishonch bilan aytish mumkinki, Maqsud Dahbediyning \u201cMir\u02bcotus solikin\u201d asari naqshbandiya-mujaddidiya tariqati tarixi va manbashunosligiga oid nodir qo\u02bblyozma asarlardan biridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Kelgusida \u201cMir\u02bcotus solikin\u201d bo\u02bbyicha tadqiqotlar davom ettirilib, uning mazmun-mohiyati, asarda bayon etilgan voqealar, geografik joylar nomlari, mashhur tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati yuzasidan izlanishlar olib boriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-25908 aligncenter tie-appear\" src=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/naqshbandyamanba_01.jpg\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" srcset=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/naqshbandyamanba_01.jpg 660w, https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/naqshbandyamanba_01-300x297.jpg 300w, https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/naqshbandyamanba_01-150x150.jpg 150w\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"654\" \/><\/span><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">1-rasm.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO\u02bbYXATI<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Tohirxoja. Samariya. Qo\u02bblyozma, nasta\u02bcliq, fors tilida. O\u02bblchami: 16 x 25 sm. 90 sahifa. 1835 yilda muallif tomonidan ko\u02bbchirilgan. Komilxon Kattayev shaxsiy kutubxonasida inv. \u2116 27.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Tohirxoja. Samariya. Tahrir hay\u02bcati: B.Ahmedov va boshq.\/. \u2013 T.: Kamalak, 1991. \u2013 B. 57<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Maqsud Dahbediy. Mir\u02bcotus solikin. Qo\u02bblyozma. Madina shahridagi Orif Xikmat kutubxonasi. inv. \u2116261\/44<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Maqsud Buxoriy. Ravoyihul quds. Qo\u02bblyozma, nasta\u02bcliq, fors tilida. Komilxon Kattayev shaxsiy kutubxonasida.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abdusattor J. Vaxshuvor. \u2013 T.: Akademnashr, 2015.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abdusattor J. Mashrab. \u2013 T.: Akademnashr, 2015.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Anke von Kugelgen. Die entfaltung der nagshbandiya mugaddidiya im mittleren transoxanien vom 18. Bis zum begiwn des 19. Jahrhunderts: Ein stuck detektivarbait \/\/ Muslim Culture in Russia and Central Asia from the 18th to the Early 20th Centuries vol. 2. Berlin. Klaus schiwars Verlag. 1998.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Amonov M.U. XIII-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda naqshbandiya-mujaddidiya ta\u02bclimoti va tarixiga oid manbalar hamda ularning tasnifi. \u201cImom Buxoriy saboqlari\u201d jurnali. 2020 yil 2-son. \u2013 B. 43-46.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Kattayev K. Maxdumi A\u02bczam Dahbediy va uning mashhur avlodlaridan meros qolgan qadimiy va nodir kitoblar katalogi. Rangli, foto-illiyustratsion ilmiy albom-nashr. Birinchi kitob. \u2013 T.: Tafakkur bo\u02bbstoni, 2015. \u2013 B. 52.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Nosiruddin Buxoriy. Tuhfatuz zoyirin. Toshbosma. Fors tilida. Buxoro. 1328\/1909.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Suxanvaroni sayqali ro\u02bbyi zamin. \u2013 Dushanbe: Irfon, 1973.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tagirdjanova A.T. Opisaniye tadjikskix i persidskix rukopisey vostochnogo otdela biblioteki LGU. T.1: Istoriya, biografiya, geografiya. \u2013 L.: 1962.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yuldashxodjayev X.X. Musoxon Dahbediyning naqshbandiya-mujaddidiya\u00a0tariqati rivojida tutgan o\u02bbrni (XVIII asr). Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. \u2013 T.: 2008.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Mehrojiddin AMONOV<\/strong>,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi,<br \/>\ntarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori (PhD)<br \/>\n<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">_________________________________________________________________<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Yuldashxodjayev X.X. Musoxon Dahbediyning naqshbandiya-mujaddidiya tariqati rivojida tutgan o\u02bbrni (XVIII asr). Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. \u2013 T.: 2008.; Abdusattor J. Vaxshuvor. \u2013 T.: Akademnashr, 2015.; Abdusattor J. Mashrab. \u2013 T.: Akademnashr, 2015.;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Anke von Kugelgen. Die entfaltung der nagshbandiya mugaddidiya im mittleren transoxanien vom 18. Bis zum begiwn des 19. Jahrhunderts: Ein stuck detektivarbait \/\/ Muslim Culture in Russia and Central Asia from the 18th to the Early 20th Centuries vol. 2. Berlin. Klaus schiwars Verlag. 1998.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Jumaquli Urgutiy. Tarixi Xumuliy. O\u02bbzR FA SHI. \u21162785; Mir Husayn. Mahozinut taqvo. O\u02bbzR FA SHI. \u21162773; Mir Saodatulloh. Lutfi Buzurg. Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti Sankt-Peterburg filiali qo\u02bblyozmalar fondi \u2116V\/1932; Sayyid Muhammad ibn Oxund qozi Kamol. Tuhfatul ahbob. O\u02bbzR FA SHI. \u21164400; Abdurahim Hisoriy. Tuhfatul ansob. O\u02bbzR FA SHI. \u21161459; Badriddin ibn Ibrohim Sirhindiy. Hazorotul quds. O\u02bbzR FA SHI. \u211676; Abdulaziz Majzub Namangoniy. Tazkirai Majzub. O\u02bbzR FA SHI. \u21162662; Abu Abdurahmon Abdullo. Tarixi Buxoro va tarjimatul ulamo. O\u02bbzR FA SHI. \u21161595; Muhammad Hoshim Kishimiy. Nasimatul quds min hadoiqul uns. O\u02bbzR FA SHI. \u2116635; Maqsud Buxoriy. Ravoyihul quds. (Kattayev K. shaxsiy kutubxonasida) kabi ko\u02bbplab manbalar tadqiqotlar doirasida jalb etilgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Tagirdjanova A.T. Opisaniye tadjikskix i persidskix rukopisey vostochnogo otdela biblioteki LGU. T.1: Istoriya, biografiya, geografiya. \u2013 L.: 1962.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a01<sup>b<\/sup>\u00a0varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Maqsud Dahbediy. Mir\u02bcotus solikin. Orif Xikmat kutubxonasi. inv. \u2116261\/44. \u2013 122<sup>a<\/sup>\u00a0varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0Ushbu asar: \u2013 243<sup>b<\/sup>-246<sup>a<\/sup>\u00a0varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u00a0O\u02bbsha joyda: 6<sup>b<\/sup>\u00a0varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a>\u00a0Abu Tohirxoja. Samariya. Tahrir hay\u02bcati: B. Ahmedov va boshq.\/.\u2013 T.: Kamalak, 1991. \u2013 B. 57<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a>\u00a0Maqsud Dahbediy. Mir\u02bcotus solikin. Qo\u02bblyozma. Madina shahridagi Orif Xikmat kutubxonasi. inv \u2116261\/44. 255<sup>a<\/sup>-255<sup>b<\/sup>\u00a0varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a>\u00a0Abu Tohir xoja. Samariya. Komilxon Kattayev shaxsiy kutubxonasida inv \u2116 27. 1-sahifa; Suxanvaroni sayqali ro\u02bbyi zamin. \u2013 Dushanbe: Irfon, 1973. \u2013 210-212 sahifa.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25907#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a>\u00a0Tagirdjanova A.T. Opisaniye tadjikskix i persidskix rukopisey vostochnogo otdela biblioteki LGU. T.1: Istoriya, biografiya, geografiya. \u2013 L.: 1962. \u2013 Str. 335-356.<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XVIII-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda naqshbandiya-mujaddidiya tariqati tarixiga oid manbalarni o\u02bbrganish bugungi kunda tasavvufshunoslik tadqiqotlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada yurtimiz olimlari[1]\u00a0va xorijlik tadqiqotchilar[2]\u00a0ko\u02bbplab izlanishlar olib borgan. Tadqiqotlarda talay manbalar[3]\u00a0ilmiy muomalaga jalb etilgan. Shunday bo\u02bblsa-da, o\u02bbsha davr tarixiga doir qator manbalar hali-hanuz o\u02bbz tadqiqotchilarini kutib turibdi. Shunday manbalardan biri Mirzo Maqsud Dahbediy (Buxoriy)ning \u201cMir\u02bcotus solikin\u201d &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":25913,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>NAQSHBANDIYA-MUJADDIDIYA TARIXINI O\u02bbRGANISHNING MUHIM MANBASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u041d\u0410\u049a\u0428\u0411\u0410\u041d\u0414\u0418\u042f-\u041c\u0423\u0416\u0410\u0414\u0414\u0418\u0414\u0418\u042f \u0422\u0410\u0420\u0418\u0425\u0418\u041d\u0418 \u040e\u0420\u0413\u0410\u041d\u0418\u0428\u041d\u0418\u041d\u0413 \u041c\u0423\u04b2\u0418\u041c \u041c\u0410\u041d\u0411\u0410\u0421\u0418\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"NAQSHBANDIYA-MUJADDIDIYA TARIXINI O\u02bbRGANISHNING MUHIM MANBASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u041d\u0410\u049a\u0428\u0411\u0410\u041d\u0414\u0418\u042f-\u041c\u0423\u0416\u0410\u0414\u0414\u0418\u0414\u0418\u042f \u0422\u0410\u0420\u0418\u0425\u0418\u041d\u0418 \u040e\u0420\u0413\u0410\u041d\u0418\u0428\u041d\u0418\u041d\u0413 \u041c\u0423\u04b2\u0418\u041c \u041c\u0410\u041d\u0411\u0410\u0421\u0418\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-12-20T06:01:58+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-12-20T06:56:22+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/bukhari_buxoriy2022_188.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&lang=oz\",\"name\":\"NAQSHBANDIYA-MUJADDIDIYA TARIXINI O\u02bbRGANISHNING MUHIM MANBASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/bukhari_buxoriy2022_188.jpg\",\"datePublished\":\"2022-12-20T06:01:58+00:00\",\"dateModified\":\"2022-12-20T06:56:22+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u041d\u0410\u049a\u0428\u0411\u0410\u041d\u0414\u0418\u042f-\u041c\u0423\u0416\u0410\u0414\u0414\u0418\u0414\u0418\u042f \u0422\u0410\u0420\u0418\u0425\u0418\u041d\u0418 \u040e\u0420\u0413\u0410\u041d\u0418\u0428\u041d\u0418\u041d\u0413 \u041c\u0423\u04b2\u0418\u041c \u041c\u0410\u041d\u0411\u0410\u0421\u0418\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/bukhari_buxoriy2022_188.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/bukhari_buxoriy2022_188.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"NAQSHBANDIYA-MUJADDIDIYA TARIXINI O\u02bbRGANISHNING MUHIM MANBASI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"NAQSHBANDIYA-MUJADDIDIYA TARIXINI O\u02bbRGANISHNING MUHIM MANBASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u041d\u0410\u049a\u0428\u0411\u0410\u041d\u0414\u0418\u042f-\u041c\u0423\u0416\u0410\u0414\u0414\u0418\u0414\u0418\u042f \u0422\u0410\u0420\u0418\u0425\u0418\u041d\u0418 \u040e\u0420\u0413\u0410\u041d\u0418\u0428\u041d\u0418\u041d\u0413 \u041c\u0423\u04b2\u0418\u041c \u041c\u0410\u041d\u0411\u0410\u0421\u0418","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"NAQSHBANDIYA-MUJADDIDIYA TARIXINI O\u02bbRGANISHNING MUHIM MANBASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u041d\u0410\u049a\u0428\u0411\u0410\u041d\u0414\u0418\u042f-\u041c\u0423\u0416\u0410\u0414\u0414\u0418\u0414\u0418\u042f \u0422\u0410\u0420\u0418\u0425\u0418\u041d\u0418 \u040e\u0420\u0413\u0410\u041d\u0418\u0428\u041d\u0418\u041d\u0413 \u041c\u0423\u04b2\u0418\u041c \u041c\u0410\u041d\u0411\u0410\u0421\u0418","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-12-20T06:01:58+00:00","article_modified_time":"2022-12-20T06:56:22+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/bukhari_buxoriy2022_188.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&lang=oz","name":"NAQSHBANDIYA-MUJADDIDIYA TARIXINI O\u02bbRGANISHNING MUHIM MANBASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/bukhari_buxoriy2022_188.jpg","datePublished":"2022-12-20T06:01:58+00:00","dateModified":"2022-12-20T06:56:22+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u041d\u0410\u049a\u0428\u0411\u0410\u041d\u0414\u0418\u042f-\u041c\u0423\u0416\u0410\u0414\u0414\u0418\u0414\u0418\u042f \u0422\u0410\u0420\u0418\u0425\u0418\u041d\u0418 \u040e\u0420\u0413\u0410\u041d\u0418\u0428\u041d\u0418\u041d\u0413 \u041c\u0423\u04b2\u0418\u041c \u041c\u0410\u041d\u0411\u0410\u0421\u0418","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/bukhari_buxoriy2022_188.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/bukhari_buxoriy2022_188.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25915&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"NAQSHBANDIYA-MUJADDIDIYA TARIXINI O\u02bbRGANISHNING MUHIM MANBASI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25915"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=25915"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25915\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25922,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25915\/revisions\/25922"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/25913"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=25915"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=25915"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=25915"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}