{"id":25856,"date":"2022-12-14T12:06:03","date_gmt":"2022-12-14T07:06:03","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25856"},"modified":"2022-12-14T12:06:03","modified_gmt":"2022-12-14T07:06:03","slug":"alloh-taolo-isrof-qilguvchilarni-sevmas","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&lang=oz","title":{"rendered":"Alloh taolo isrof qilguvchilarni sevmas!"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo oxirzamon ummatini ummatlar ichida eng afzali qildi. Ularning afzalligi har bir ishda vasatiy bo\u02bblganlaridandir. \u201cVasatiy\u201d so\u02bbzi \u201co\u02bbrta\u201d, \u201cmo\u02bbtadil\u201d va \u201cafzal\u201d kabi ma\u02bcnolarni anglatadi. Alloh taolo bu haqida Qur\u02bconi karimda bunday marhamat qiladi: \u201c<strong>\u2026sizlarni o\u02bbrta ummat qildik<\/strong>\u201d (Baqara surasi 143-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Darhaqiqat, bu ummatning har bir ishi mo\u02bbtadillik ustiga qurilgan. Isrof \u2013 ijtimoiy illatlardan biri. Bu so\u02bbz \u201chaddidan oshish\u201d ma\u02bcnosini anglatadi. Istilohda esa har bir narsada Alloh taolo belgilab bergan chegaradan chiqib, U Zot bergan ne\u02bcmatlarni o\u02bbz o\u02bbrniga sarf etmaslik isrofdir. Urfda esa mol-davlatni zoye qilishga isrof deyiladi. O\u02bbzbek tilida \u201cisrof\u201d so\u02bbzi bilan birga \u201cuvol qilish\u201d va \u201cne\u02bcmatni qadrlamaslik\u201d, \u201cnest-nobud qilish\u201d kabi ifodalar ham qo\u02bbllanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Isrofning katta-kichigi bo\u02bblmaydi! Lekin uning ma\u02bcnosini tushuntirish uchun olimlardan biri quyidagi misolni keltiradi: \u201cKosa tagida ortib qolgan taomni toza yemaslik ham isrofdir\u201d. Endi bir o\u02bbylab ko\u02bbraylik, kosa tagida ortib qolgan ozgina taomni yeb qo\u02bbymaslik isrofgarchilikka kirsa-yu, hayotimizdagi keraksiz dabdababozliklarni nima deb baholash mumkin?!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Barcha ulamolar isrofning harom va gunohi kabira ekaniga ittifoq qilganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo isrofgarni suymaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu haqida Alloh taolo O\u02bbz Kalomi majidining An\u02bcom surasi 141-oyatida bunday marhamat qiladi: \u201c<strong>Va isrof qilmanglar. Albatta, U isrof qilguvchilarni sevmas<\/strong>\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Isrofgar shaytonning do\u02bbstidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201c<strong>Isrofgarlar shaytonlarning birodarlaridir. Shayton esa Parvardigoriga nisbatan o\u02bbta noshukur edi<\/strong>\u201d (Isro surasi 27-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Isrof deganda, ko\u02bbpchilik yemoq-ichmoqning ortib qolishini tushunadi, xolos. Lekin isrofning juda ko\u02bbp turlari bor. Ularning eng ko\u02bbp tarqalgan ko\u02bbrinishlaridan biri oziq-ovqatdagi isrof.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo yemoq-ichmoqda isrofga berilishdan qaytaradi. Bu haqida O\u02bbz Kitobida bunday marhamat qiladi: \u201c<strong>Yenglar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar. Zero, U isrof qilguvchilarni sevmas<\/strong>\u201d (A\u02bcrof surasi 31-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cNabiy sollallohu alayhi vasallam: \u201cIsrof va takabburlik qilmagan holda yenglar, ichinglar, kiyinglar va sadaqa qilinglar!\u201d dedilar\u201d (Imom Nasoiy rivoyatlari).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yemoq-ichmoqdagi isrof nafs xohlagan har narsani yeyaverish, harom va shubhali narsalarni iste\u02bcmol qilish hamda to\u02bbygandan keyin yeb-ichish bilan bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Miqdom ibn Ma\u02bcdiykariba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cNabiy sollallohu alayhi vasallam: \u201cOdam bolasi to\u02bbldiradigan idishlarning eng yomoni qorindir. Odam bolasiga qaddini tutadigan luqmalar yetarlidir. Agar juda lozim bo\u02bblsa, taomi uchun uchdan bir, sharobi uchun uchdan bir va nafasi uchun uchdan bir\u201d, dedilar\u201d (Imom Termiziy rivoyatlari).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tibbiyot olimlarining ta\u02bckidlashicha, aksariyat kasalliklar noto\u02bbg\u02bbri va ko\u02bbp ovqatlanishdan kelib chiqadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu o\u02bbrinda suv isrofi haqida ham bir oz to\u02bbxtalsak. Suv Alloh taoloning eng katta ne\u02bcmatlaridan biri bo\u02bblib, inson hayotini suvsiz tasavvur qilib bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yer yuzida chuchuk suv zaxirasi juda oz. Dunyoda ichishga yaroqsiz qariyb 98 foiz suvni ummon va dengizlarning sho\u02bbr suvi tashkil qiladi. Shundan ichishga yaroqlisi faqatgina 2 foiz chuchuk suvdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbz bandalariga o\u02bbta mehribon Parvardigori olam Qur\u02bconi karimda butun insoniyatga qarata bunday marhamat qiladi: \u201c<strong>Sizlar o\u02bbzlaringiz ichadigan suv haqida hech o\u02bbylab ko\u02bbrdingizmi? Uni bulutlardan sizlar yog\u02bbdirdingizmi yoki Biz yog\u02bbdirguvchimizmi? Agar Biz xohlasak, uni sho\u02bbr qilib qo\u02bbygan bo\u02bblar edik. Bas, shukr qilmaysizlarmi?<\/strong>\u201d (Voqea surasi 68-70-oyatlar).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ko\u02bbcha-ko\u02bbyda ichimlik suv isrof bo\u02bblayotganiga ko\u02bbp guvoh bo\u02bblamiz. Uyda ba\u02bczan ehtiyojimizdan ortiqcha suv sarflaymiz, tejamaymiz. Shuni unutmaslik kerakki, hatto tahoratda bo\u02bblsa ham, suvni isrof qilish yaramaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cNabiy sollallohu alayhi vasallam tahorat qilayotgan Sa\u02bcd roziyallohu anhuning oldidan o\u02bbtdilar va: \u201cBu qanday isrofgarchilik?!\u201d dedilar. Shunda Sa\u02bcd roziyallohu anhu: \u201cTahoratda ham isrof bo\u02bbladimi?\u201d dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: \u201cHa, garchi oqar daryo oldida bo\u02bblsangiz ham, isrof bo\u02bbladi!\u201d dedilar\u201d (Imom Ahmad rivoyatlari).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Janobi Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam tahoratlariga bir mudd (0,688 litr), g\u02bbusllariga esa bir so\u02bb (2,752 litr) suv ishlatardilar. Biz ham mana shularga amal qilsak, suv bilan bog\u02bbliq muammolar yechimiga hissa qo\u02bbshgan bo\u02bblamiz. Kelajak avlodga bebaho ne\u02bcmatni yetkaza olamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Isrof masalasi kiyim-kechakka nisbatan ham qo\u02bbllanadi. Inson o\u02bbziga kerakli liboslarnigina kiyishga odatlanishi lozim. Moda ortidan quvib, son-sanoqsiz kiyim-kechak va turli liboslarni sotib olish ham isrof.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhtoj kishilarga ehson va sadaqa qilish marg\u02bbub amallardan va buning uchun bandaga ulkan savoblar va\u02bcda qilingan. Ammo bu borada ham me\u02bcyordan oshilsa, isrofgarchilikka yo\u02bbl qo\u02bbyilgan bo\u02bbladi. Saxovat go\u02bbzal fazilatlardan biri bo\u02bblsa-da, bu borada xasislik va isrofgarchilik o\u02bbrtasidagi me\u02bcyorni tutish muhimdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201c<strong>Qo\u02bblingni bo\u02bbyningga bog\u02bblab olma! Uni bir yo\u02bbla yozib ham yuborma! Yana malomat va hasratda o\u02bbtirib qolmagin!<\/strong>\u201d deyiladi Qur\u02bconi karimning Isro surasi 29-oyatida.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ushbu oyati karimada mol-davlatning sarfi aslida qanday bo\u02bblishi kerakligi bayon qilinmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cQo\u02bblingni bo\u02bbyningga bog\u02bblab olma!\u201d, ya\u02bcni baxil bo\u02bblma! Oyati karimada baxillik juda ham ajoyib o\u02bbxshatish bilan vasf qilinmoqda. Qo\u02bblini bo\u02bbyniga bog\u02bblab olgan odam hech qachon hamyoniga qo\u02bbl sola olmaydi va undan pul olib, birovga ehson qilmaydi. Shuning uchun baxil qo\u02bblini bo\u02bbyniga bog\u02bblab olgan kishiga o\u02bbxshatilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cUni bir yo\u02bbla yozib ham yuborma!\u201d, ya\u02bcni qo\u02bblingni bir yo\u02bbla yozib, bor-yo\u02bbg\u02bbingni boshqalarga berib, tugatib ham qo\u02bbyma!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cYana malomat va hasratda o\u02bbtirib qolmagin!\u201d O\u02bbylamasdan, borini behuda sarflab, sariq chaqasiz qolgan odam malomatga uchraydi. Uni hamma malomat qiladi. Noto\u02bbg\u02bbri va noo\u02bbrin tasarrufini qoralaydi. Shuningdek, vaqt o\u02bbtgandan keyin uning o\u02bbzi ham qilgan ishiga pushaymon bo\u02bblib, hasrat-nadomat chekadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201c<strong>Ular ehson qilganlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar, tutgan yo\u02bbllari buning o\u02bbrtasida \u2013 mo\u02bbtadildir<\/strong>\u201d, deyiladi Qur\u02bconi karimning Furqon surasi 67-oyatida.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xayr-ehsonda isrofgarchilik qilib, turli tadbir va marosimlarda kimo\u02bbzarga, dabdabalarga berilish ortida kibr va riyo illatlari yotadi. Bunday illatlar insonni dunyo va oxiratda halokatga olib boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yuqorida moddiy ne\u02bcmatlar isrofi haqida eslab o\u02bbtildi. Lekin isrofning eng yomon ko\u02bbrinishi ma\u02bcnaviy isrofgarchilikdir. Ulardan biri ibodatdagi isrofdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Buni qarangki, hamma narsani tartib-intizom bilan ado etishga chaqirgan dinimiz ibodatlarda ham mo\u02bbtadil bo\u02bblishga va isrofga yo\u02bbl bermaslikka chorlaydi!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Janobi Payg\u02bbambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: \u201cDarhaqiqat, bu din \u2013 yengildir! Biror kishi dinni qiyinlashtirsa, uni mag\u02bblub qiladi. Shunday ekan, to\u02bbg\u02bbri bo\u02bbling, yaqinlashing, bashorat bering, yengillashtiring va ertalab, zavoldan keyin hamda tunning bir qismida ibodat bilan yordam so\u02bbranglar!\u201d deb marhamat qildilar\u201d (Imom Nasoiy rivoyatlari).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga kirganlarida ikki ustunga tortilgan arqonni ko\u02bbrdilar va \u201cBu nima arqon?\u201d dedilar. \u201cBu Zaynabning arqoni. Agar u ibodat qilib charchasa, unga osiladi\u201d, deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam \u201cUni yechinglar! Har kim o\u02bbz quvvatiga qarab namoz o\u02bbqisin. Agar charchasa, yotsin!\u201d dedilar\u201d (Muttafaqun alayh).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bugungi kunda ba\u02bczi insonlar haddan oshib, shaxsiy imkoniyatlarini hisobga olmay, ibodatga qattiq kirishishi natijasida o\u02bbzini mashaqqatga qo\u02bbymoqda. Bu holat dinimiz ko\u02bbrsatmalariga ziddir. Tananing ham haqqi bor. Har bir haq egasiga o\u02bbz haqqini berish lozim. Ibodatlarda mo\u02bbtadillikka amal qilmaslik ortida shaytonning o\u02bbsha ibodatlardan bezdirib, ularni tark qildirish rejasi yotadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu borada yuqoridagi hadisi sharif bizlarga dasturulamal bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Umr Alloh taoloning bandaga bergan eng ulug\u02bb ne\u02bcmatlaridan biridir. Umrning boshqa ne\u02bcmatlardan farqi shundaki, boshqa barcha ne\u02bcmatlar qo\u02bbldan ketgach, yana unga erishish mumkin, ammo umr bunday emas. Umr insonga bir marotaba beriladi. O\u02bbtib ketgach, ortga qaytmaydi. Umr shu darajada ulug\u02bb ne\u02bcmat bo\u02bblishiga qaramay, afsuski, uni behuda ishlarga sarflab, juda ham ko\u02bbp isrof qilib yuboramiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ilm va iste\u02bcdodning ham isrofi bor. Ilm-ma\u02bcrifat hosil qilish \u2013 eng ulug\u02bb fazilatlardan. Ilm sohibi bo\u02bblgach, avvalo, ilmiga amal qilish va uni boshqalarga ham o\u02bbrgatish har bir ziyo ahlining zimmasidagi vazifasidir. Aks holda, amal qilinmagan va o\u02bbzgalarga o\u02bbrgatilmagan ilm isrof hisoblanadi. Buning oxiratdagi javobgarligi og\u02bbir bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo bergan har bir ne\u02bcmatni qadrlab, shukrini ado etuvchi xalqlardan bo\u02bblishimizni nasib aylasin! Isrof va shunga o\u02bbxshagan nojoiz illatlardan O\u02bbz panohida asrasin!<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Ibrohimjon INOMOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi o\u02bbrinbosari<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2022-yil 14-dekabr, 254-son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Alloh taolo oxirzamon ummatini ummatlar ichida eng afzali qildi. Ularning afzalligi har bir ishda vasatiy bo\u02bblganlaridandir. \u201cVasatiy\u201d so\u02bbzi \u201co\u02bbrta\u201d, \u201cmo\u02bbtadil\u201d va \u201cafzal\u201d kabi ma\u02bcnolarni anglatadi. Alloh taolo bu haqida Qur\u02bconi karimda bunday marhamat qiladi: \u201c\u2026sizlarni o\u02bbrta ummat qildik\u201d (Baqara surasi 143-oyat). Darhaqiqat, bu ummatning har bir ishi mo\u02bbtadillik ustiga qurilgan. Isrof \u2013 ijtimoiy illatlardan biri. &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":25854,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Alloh taolo isrof qilguvchilarni sevmas! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Alloh taolo isrof qilguvchilarni sevmas!\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Alloh taolo isrof qilguvchilarni sevmas! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Alloh taolo isrof qilguvchilarni sevmas!\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-12-14T07:06:03+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/gazeta_uz_141222.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&lang=oz\",\"name\":\"Alloh taolo isrof qilguvchilarni sevmas! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/gazeta_uz_141222.jpg\",\"datePublished\":\"2022-12-14T07:06:03+00:00\",\"dateModified\":\"2022-12-14T07:06:03+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"Alloh taolo isrof qilguvchilarni sevmas!\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/gazeta_uz_141222.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/gazeta_uz_141222.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Alloh taolo isrof qilguvchilarni sevmas!\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Alloh taolo isrof qilguvchilarni sevmas! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"Alloh taolo isrof qilguvchilarni sevmas!","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Alloh taolo isrof qilguvchilarni sevmas! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Alloh taolo isrof qilguvchilarni sevmas!","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-12-14T07:06:03+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/gazeta_uz_141222.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&lang=oz","name":"Alloh taolo isrof qilguvchilarni sevmas! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/gazeta_uz_141222.jpg","datePublished":"2022-12-14T07:06:03+00:00","dateModified":"2022-12-14T07:06:03+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"Alloh taolo isrof qilguvchilarni sevmas!","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/gazeta_uz_141222.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/gazeta_uz_141222.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25856&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Alloh taolo isrof qilguvchilarni sevmas!"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25856"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=25856"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25856\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25857,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25856\/revisions\/25857"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/25854"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=25856"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=25856"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=25856"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}