{"id":25850,"date":"2022-12-16T09:38:28","date_gmt":"2022-12-16T04:38:28","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25850"},"modified":"2022-12-14T17:11:53","modified_gmt":"2022-12-14T12:11:53","slug":"diniy-ks%d0%b5nofobiya-va-islamofobiyaning-turli-ko%ca%bbrinishlari-inson-hayotiga-tahdid-qilayotgan-asosiy-muammolardandir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&lang=oz","title":{"rendered":"DINIY KS\u0415NOFOBIYA VA ISLAMOFOBIYANING TURLI KO\u02bbRINISHLARI INSON HAYOTIGA TAHDID QILAYOTGAN ASOSIY MUAMMOLARDANDIR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bugungi kunda jahon siyosatida ekstremizm, diniy ksenofobiya va mutaassibona xatti-harakatlar kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bundan jabr ko\u02bbrib, dunyoning bir qancha nuqtalarida nafaqat rivojlanish, balki sivilizatsiyani bir necha o\u02bbn yilliklar ortga surib, jamiyatni turli nizo va urushlar botqog\u02bbiga tortib borayotganini guvohi bo\u02bblishimiz mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">XX asrdagi (1940-1950 yy) mojarolarning 25% foizi din omili, ya\u02bcni e\u02bctiqod erkinligi normalarining buzilishi, diniy ksenofobiya bilan bog\u02bbliq bo\u02bblgan bo\u02bblsa, XXI asrning boshida bu raqam 43% foizni tashkil qilgan. Shunga ko\u02bbra, hozirda sodir etilgan 50 dan ortiq nizo va urushlar din niqobi ostida amalga oshirilganligini qayd etish lozim. 1990 yillar boshida 500 ga yaqin terrorchi tashkilot va ekstremistik guruhlar ro\u02bbyxatga olinib, 2017-2019 yillarda 139 ta davlatda 6500 ga yaqin terakt va qo\u02bbporuvchilik harakatlari amalga oshirilgan. Shulardan, 35 mamlakatdagi harakatlar o\u02bblimga, 16 tasida esa, ommaviy namoyishlar hamda diniy mutaassiblarning boshqa din vakillariga nisbatan agressiv harakatlari natijasida, o\u02bblim holatlariga olib kelgan. 60 ta mamlakatda esa (22%) turli aqidaparast tashkilotlar dinni niqob qilish orqali o\u02bbz faoliyatini olib bormoqda. Shuning bilan birga, faqatgina 2017 yilning o\u02bbzida dunyo bo\u02bbylab, 11774 ta terroristik harakatlar sodir etilib, u 28000 kishining o\u02bblimi va 35000 dan ziyod kishilarning jarohatlanishiga olib keldi. Mazkur teraktlar 92 mamlakatda sodir etilib, ularning 55% foizdan ortig\u02bbi Iroq, Afg\u02bboniston, Pokiston, Hindiston, Nigeriyada sodir etilgan. Halok bo\u02bblganlarning 74% foizi Iroq, Afg\u02bboniston, Nigeriya, Suriya, Pokiston hissasiga to\u02bbg\u02bbri keladi. Ammo barcha kelishmovchilik va mojarolarni islom niqobi ostida faoliyat olib borayotgan ekstremistik guruhlar bilan bog\u02bblash noto\u02bbg\u02bbri albatta. So\u02bbnggi yigirma yil ichida sodir etilgan qo\u02bbporuvchilik harakatlarining aksariyati islomga aloqasi bo\u02bblmagan sekta va oqimlar tomonidan amalga oshirilgan. Shuning bilan birga, 2015 yilning o\u02bbzida 1 milliondan ortiq kishi O\u02bbrtayer dengizi orqali Yevropa mamlakatlaridan boshpana izlab muhojirga aylangan. Oqibatda, ularni qabul qilishga tayyor bo\u02bblmagan Yevropada islomofobiyaning ortishi va u bilan bog\u02bbliq muammolar yuzaga keldi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">1990 yillar boshida vijdon erkinligi haqidagi muhokamalarda, faqatgina davlat va konfessiyalar o\u02bbrtasidagi munosabatlar kun tartibida turgan bo\u02bblsa, hozirda bu muammo global ahamiyat kasb etmoqda. Bu nafaqat din va davlat, balki jahon miqyosidagi xavfga aylangan \u201cISHID\u201d, \u201cJabhad an-nusra\u201d, \u201cBoko harom\u201d, \u201cAl-qoida\u201d kabi terroristik tashkilotlarning o\u02bbzlari dushman deb hisoblagan barchaga o\u02bbz tazyiqlarini o\u02bbtkazib, mamlakat va davlatlardagi inqirozli vaziyatlardan manfaatdor ekanliklari ma\u02bclum bo\u02bblmoqda. Hozirda, dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlari konstitutsiyalari yoki asosiy qonunlarida vijdon erkinligi to\u02bbg\u02bbrisidagi qonunlar qabul qilingan, yana 20% mamlakatlar bu ro\u02bbyxatga kirishga rozilik bildirgan. Ammo, bir qancha davlatlarda vijdon erkinligi qonun normalarining muhim ekanligini ta\u02bckidlasada, amalda bu qonunlar himoyasi to\u02bbliq ta\u02bcminlanayotgani yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tadqiqotchi olima I. Vershininaning fikriga ko\u02bbra, ksenofobiya jamiyatda 10 ming yillar avval ham mavjud bo\u02bblib, XX asrgacha nafaqat barcha davlat va madaniyatlarda tarqalgan, balki kundalik hayot tarziga xos xususiyatlardan biri bo\u02bblgan. Uni oldini olish esa, XX asrdagi jadal globallashuv tufayli dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi. Bag\u02bbrikenglik tamoyillari ta\u02bcminlanishi oxirgi o\u02bbn yilliklarda muhim ahamiyatga ega bo\u02bblib, madaniyatlar turfaligi va global siyosiy jarayonlarning asosiy mezoni sifatida qabul qilindi, aksariyat kishilar mazkur yondashuv g\u02bbalaba qozonib, xalqaro trendga aylangan degan fikrda edilar. \u201cJadal migratsiya jarayonlari, Nyu-York, London, Berlin kabi shaharlarni turli madaniyat, din, dunyoqarash, urf-odat vakillari markaziga aylantirdi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Globallashuv davrida xalqaro makonda ko\u02bbp tarmoqli integratsiya, hamkorlik aloqalarining chuqurlashib, kengayib borishi, global ahamiyatga molik yangi umuminsoniy g\u02bboyalarning paydo bo\u02bblishi va ularni targ\u02bbibot- tashviqot qilish texnologiyalarning takomillashuvi kabi omillar globallashuvning asosiy sabablari sifatida nazariy jihatdan asoslanmoqda<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Globallashuv bevosita ksenofobiya va uning salbiy jihatdan namoyon bo\u02bblishiga o\u02bbz ta\u02bcsirini o\u02bbtkazayotganini ta\u02bckidlash joiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bag\u02bbrikeng deya e\u02bctirof etilgan Yevropada so\u02bbnggi vaqtlardagi Yaqin Sharq va shimoliy Afrika davlatlaridan muhojirlar oqimining jadallashuviga munosabatlar, mazkur e\u02bctiroflar o\u02bbzini to\u02bbliq oqlamaganligini isbotladi. Daniyadagi parlament saylovlari natijalariga ko\u02bbra, ultrao\u02bbng Daniya xalq partiyasi g\u02bbalaba qozonib, uning asosiy maqsadlaridan biri \u201cmuhojirlar oqimini nazorat\u201dga olishdan iborat. \u201cBiz \u2026 har bir daniyalik poyezd yoki ko\u02bbchada muhojir bilan yuzma-yuz kelganda uning nigohida daniyaliklarning madaniyati va hayot tarzini qabul qilish istagi mavjudligini ko\u02bbrishni istaymiz<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>\u201d. Bunday kayfiyat butun Yevropa bo\u02bbylab tarqalgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Fransiya davlati Ruminiyadan lo\u02bbli va kosovaliklarning kirib kelishiga qarshi bo\u02bblib, Britaniya esa, o\u02bbz mamlakatiga slavyan davlatlaridan kelgan muhojirlarning kirib kelishini xushlamaydi. Uning YEI tarkibidan chiqishi bo\u02bbyicha referendum ham aynan Bryusselning migratsion siyosatidan norozi bo\u02bblganligi tufayli ham amalga oshirilgan. Italiya ham Lampeduza orolida saralash markazini tashkil etib, u yerda Afrika davlatlaridan muhojirlar qabul qilinadi. Germaniyada PEGIDA nomli harakat tashkil topib, mamlakatning islomlashuviga qarshi chiqmoqda, harakat butun Yevropa bo\u02bbylab tarqalib, \u201cbiz bir kuni uyg\u02bbonib o\u02bbzimizning davlatimizda bo\u02bblmaslikdan qo\u02bbrqamiz\u201d kabi fikrlar bildirilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Darhaqiqat, so\u02bbnggi yillarda migratsiya to\u02bblqinining o\u02bbsishi ijtimoiy-iqtisodiy sohalar bilan birga diniy-madaniy jarayonlarga ham o\u02bbz ta\u02bcsirini o\u02bbtkazmoqda. Madaniyat, dinlar o\u02bbrtasidagi muloqot o\u02bbzaro bir-birini anglashga fursat qoldirmayotganligi tufayli ba\u02bczida tushunmovchilik va keskin e\u02bctirozlarga ham olib kelmoqda. Muhojirlar ham o\u02bbz navbatida, bir necha yillar avval farovon mamlakatlar qatorida bo\u02bblgan, hozirda terrorizm, ekstremizm, ocharchilik avj olgan notinch mamlakatlarning tinchliksevar fuqarolari, boshpana izlab begona yurtlarda sarson bo\u02bblishga majbur bo\u02bblmoqda. Suriya, Iroq, Liviya, Yaman kabi davlatlar shular jumlasidan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ksenofobiyaning ortishi sabablarini tahlil qilar ekan, V. Mukomel hozirda vaziyat o\u02bbzgarib, 1990 yillarga xos bo\u02bblgan resurslarni boy berishdan qo\u02bbrqish o\u02bbrniga, madaniy, \u201cidentiklik\u201d, \u201cmadaniy o\u02bbziga xos\u201dlikni yo\u02bbqotish xavfi paydo bo\u02bblganligini ta\u02bckidlaydi. Bunda muhojirlar urf-odatlari, tub aholining madaniy o\u02bbziga xosligiga ta\u02bcsir etishidan xavfsiraydilar<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mazkur fikrga qarshi o\u02bblaroq, I.Vershinina vaziyat haqiqatan ham o\u02bbzgargan, ammo ksenofobiyaning ijtimoiy-iqtisodiy asoslari, resurslarni qo\u02bblga kiritishga intilish hamon davom etmoqda. 90 \u2013 yillarda jamiyatning nochorlikdan qutilish tendensiyasi kuzatilgan bo\u02bblsa, bugungi kunda ijtimoiy yuksalishdagi raqobat, nufuzli ish o\u02bbrinlari, sifatli uy-joy, ta\u02bclim, sog\u02bbliqni saqlash kabi sohalarni qo\u02bblga kiritishga intilish ko\u02bbrinishlarida namoyon bo\u02bblmoqda. \u201cTa\u02bclim olish imkoniyatlarining pastligi, ishga joylashish kabi muammolar, migratsiya to\u02bblqining o\u02bbsishi natijada ijtimoiy tarang vaziyatni yuzaga keltirmoqda\u2026.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Albatta, inson, jamiyat hayotida iqtisodiy omil asosiy o\u02bbrinlardan biriga aylangan. Bugungi kunda barqarorlikni ta\u02bcminlash, fuqarolik jamiyatini yaratish, iqtisodiy-ijtimoiy masalalarda o\u02bbz yechimini kutayotgan ko\u02bbplab muammolar, diniy \u2013 ma\u02bcrifiy yo\u02bbnalishdagi vazifalarning yechimiga ham o\u02bbz ta\u02bcsirini o\u02bbtkazmoqda. Tobora globallashib borayotgan dunyoda turfalik ichida insonlarning o\u02bbzaro hamjihatligini ta\u02bcminlash masalalari, xalqaro tashkilotlarning ham asosiy vazifalaridan biriga aylangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Jamiyat hayotida turli \u201cfobiya\u201d, ya\u02bcni qo\u02bbrquvlarning mavjudligi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda hali ham yechimini kutayotgan masalalar bilan bog\u02bbliq. Diniy ksenofobiya muammosi ham, davlat va jamiyat rivoji, barqarorligiga raxna soluvchi kuchga aylangan. Bugungi kunda mazkur masala turli ijtimoiy tadqiqot institutlari tomonidan o\u02bbrganib kelinmoqda. Jahonning aksar mamlakatlari qonunchilik tizimlarida hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan ksenofobiyaning har qanday ko\u02bbrinishlari (diniy, milliy, irqiy) oldini olish bo\u02bbyicha qonun hujjatlari qabul qilinmoqda. Har qanday davlat va jamiyatning farovonlik darajasi bag\u02bbrikenglik g\u02bboyalarining hayotga nechog\u02bblik tatbiq etilganligi bilan chambarchas bog\u02bbliq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hozirda ko\u02bbplab mamlakatlar asosiy qonun hujjatlarida, davlatning diniy ksenofobiya, murosasizlik, mutaassiblik harakatlarini olib borishlari qonunan man etilgan. Misol tariqasida, AQSH konstitutsiyasi birinchi tahriri<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>, Germaniyaning asosiy qonuni 4-moddasi, Irlandiya konstitutsiyasining 44, Estoniya asosiy qonunining 40-moddalari, Turkiya va Koreya respublikalari konstitutsiyalarining 36-moddalarida aynan insonlarning diniy erkinliklari borasidagi huquqlari belgilab qo\u02bbyilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ba\u02bczi davlatlar asosiy qonunlarida aynan din bilan bog\u02bbliq tartib-qoidalar mavjud bo\u02bblmasa-da, ularda diniy mansublikka nisbatan kamsitishning har qanday ko\u02bbrinishi qonunan man etilishi belgilangan. Misol tariqasida, Fransiya konstitutsiyasining 1-moddasi, Kanada va Misr qonunlarining 40 moddalarida aynan yuqoridagi masalalar ta\u02bckidlangan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>. Qayd etish joizki, yuqorida keltirilgan konstitutsion huquqlar diniy ksenofobiya, mutaassiblik, diniy mansublikka nisbatan kamsitish holatlarining oldini olishda barcha davlatlarda har qanday sharoitda uning to\u02bbliq amalga oshish, oshmasligi turli mamlakatlarda o\u02bbziga xos farqlarga ega bo\u02bblishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ba\u02bczi mamlakatlarda, muayyan din yoki dinlar, davlat tomonidan rasmiy din sifatida e\u02bctirof etilishi mumkin. Jumladan, Finlyandiyaning Yevangel-lyuteran hamda Finlyandiya pravoslav cherkovlari mazkur mamlakatning davlat cherkovlari hisoblansada, din va e\u02bctiqod erkinligi Finlyandiya konstitutsiyasining 11 moddasida muhofaza qilingan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ba\u02bczi davlatlarda din yoki Xudo nomini tahqirlash qonunan man etilgan bo\u02bblib, misol sifatida 2006 yilda Germaniyalik Manfred van X. islom diniga nisbatan amalga oshirgan hatti-harakati tufayli javobgarlikka tortilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>\u00a0bo\u02bblib, mutaassiblik, diniy qarash va atributlarni tahqirlash o\u02bbrtasidagi aloqa bir dinga nisbatan qo\u02bbllanilganda ko\u02bbproq diniy ksenofobiyaga sabab bo\u02bblishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">BMTning inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida e\u02bctiqod va din erkinligi 18 modda bilan himoya qilingan, 2-moddada esa, har qanday diniy kamsitish man etilishi qayd etilgan. Shuningdek, 18-moddada dinni o\u02bbzgartirish huquqi ham belgilangan. Mazkur deklaratsiya yuridik jihatdan amalga oshirilishi majburiy bo\u02bblmasada, 1998 yil AQSH da diniy erkinlik bo\u02bbyicha xalqaro hujjat qabul qilingan bo\u02bblib, unga ko\u02bbra diniy erkinlik bo\u02bbyicha xalqaro komissiya tuzilgan. AQSH hukumatida esa, inson huquqlari Butunjahon deklaratsiyasida qayd etilgan huquqlarga qarshi bo\u02bblgan davlatlarga nisbatan chora ko\u02bbrish to\u02bbg\u02bbrisidagi qonun qabul qilingan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>. Yevroittifoq barcha davlatlari tomonidan qabul qilingan, inson huquq va erkinliklari Yevropa Konvensiyasining 9-moddasida kishilar diniy amaliyotlarini taqiqlash va 14-moddada diniy kamsitishning qonunan man etilganligi qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">YUN\u0415SKO Bosh konferensiyasining 1995 yil 16 noyabrdagi 28-sessiyasida \u201cBag\u02bbrikenglik tamoyillari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Deklaratsiya qabul qilindi. Shu kundan e\u02bctiboran, 16 noyabr sanasi Xalqaro bag\u02bbrikenglik kuni sifatida butun dunyoda, shu jumladan, O\u02bbzbekistonda ham keng nishonlab kelinadi. Bag\u02bbrikenglikdan asosiy ko\u02bbzlangan maqsad insoniyatni tinchlik va osoyishtalikni saqlashga undashdir. Mazkur deklaratsiyada ta\u02bckidlanganidek: \u201cBag\u02bbrikenglik bo\u02bblmasa tinchlik bo\u02bblmaydi, tinchliksiz esa taraqqiyot va demokratiya\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tarixdan ma\u02bclum, aslida barcha dinlarning asl g\u02bboyasi ezgulik, insonlarning bir-biriga, boshqa din vakillariga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo\u02bblish, odob-axloq qoidalariga asoslanadi. Jumladan, islom dini dunyodagi xalqlarning kelib chiqishlari aslida bir ota-onadan ekanligi, ularning qarindosh va birodar ekanliklari haqidagi g\u02bboyani ilgari suradi. Islom diniga ko\u02bbra, dunyo aholisining turli irq, millat va xalqlar qilib qo\u02bbyilishi, Alloh taoloning ishi ekanligi, shu tarzda yaratishdan maqsad ularning o\u02bbzaro bordi-keldi qilishlari, hamkorlik aloqalarini o\u02bbrnatishlari lozim ekanligi ta\u02bckidlanadi. Qur\u02bconi karimning bir necha oyatlarida millatlararo totuvlik, hamjihatlik, diniy bag\u02bbrikenglik masalalari keng yoritilgan. Jumladan, \u201cHujurot\u201d surasi, 13-oyatida: \u201cEy insonlar, darhaqiqat Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-biringiz bilan tanishinglar (do\u02bbst birodar bo\u02bblishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila elatlar qilib qo\u02bbydik. Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlilaringiz taqvodorrog\u02bbingizdir. Albatta, Alloh bilguvchi va ogohdir<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>\u201d. Shuningdek, \u201cOli Imron\u201d surasida: \u201cAyting (Ey, Muhammad!): \u201cAllohga, bizga nozil qilingan narsa (Qur\u02bcon)ga va Ibrohim, Ismoil, Is\u02bchoq, Yoqub va (uning) avlodlariga nozil qilingan narsalarga, Muso va Iso hamda barcha payg\u02bbambarlarga Parvardigorlari tomonidan berilgan narsa (vahiy)ga imon keltirdik. Ularning orasida birortasini (tasdiqlashda) farq qilmaymiz va biz Uning o\u02bbzigagina bo\u02bbyin sinuvchilarmiz<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a>\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qur\u02bconi karim o\u02bbzidan oldingi muqaddas kitoblar Zabur, Tavrot, Injilni tan olishga, ahli kitoblarni, ya\u02bcni, boshqa din vakillarini hurmat qilishga targ\u02bbib qiladi. Odamlarni o\u02bbzaro mehr-muhabbat, hamkorlikka chaqirib, fitna, nifoq va nizolarning har qanday ko\u02bbrinishini yengib o\u02bbtishga da\u02bcvat etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhammaddan rivoyat qilingan hadisda esa: \u201cKim ahli zimmaga biror zahmat yetkazsa, qiyomat kuni meni o\u02bbzining dushmani sifatida ko\u02bbradi\u201d \u2013 deya ta\u02bckidlagan. Aynan ana shu hadisni e\u02bctiborga olgan holda, hazrati Umar Amr ibn Osni Misrni fath qilishga yuborayotib: \u201cEhtiyot bo\u02bbling! Yana Rasulullohni o\u02bbzingizga dushman qilib qo\u02bbymang\u201d \u2013 deb ogohlantirgan. Shuningdek, boshqa samoviy din manbalarida ham mehr-shafqat, muhabbat targ\u02bbib qilinib, dushmanga ham yaxshi munosabatda bo\u02bblishga chaqiriladi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftn15\" name=\"_ftnref15\">[15]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shubhasiz, jamiyatning rivojlanishi, tinch va osoyishta hayot kechirishi, totuvlik va hamjihatlik qaror topishi uchun, insonlar o\u02bbzaro mehr-oqibatli bo\u02bblishi, kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilish, qarindoshchilik va qo\u02bbshnichilik haqlariga rioya etish, o\u02bbzga din vakillariga bag\u02bbrikeng munosabatda bo\u02bblish ksenofobik kayfiyatning avj olishiga to\u02bbsqinlik qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ta\u02bckidlash lozim, ksenofobiya jamiyatdagi tinchlik va barqarorlikka raxna soluvchi kuch, u turli din vakillari, u bilan bog\u02bbliq obyekt va tushunchalarga bir yoqlama, ya\u02bcni salbiy yondashuvning natijasidir. Ksenofobiya subyektiv hodisa bo\u02bblib, uni keltirib chiqaruvchi omillar sifatida ilmsizlik, hissiyotga berilish, omadsizlikning sabablarini noto\u02bbg\u02bbri anglash kabi noxolis yondashuvning oqibati, deb baholash mumkin. Ksenofobiya qaysi ko\u02bbrinishda \u2013 diniy, milliy, irqiy bo\u02bblishidan qat\u02bciy nazar, normal bo\u02bblmagan holat hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xulosa sifatida aytish lozim, hozirga qadar odamzod boshidan turli urush va mojarolarni boshdan o\u02bbtkazdi, ammo bu kelishmovchiliklar uchinchi ming yillikda ham o\u02bbz nihoyasiga yetgani yo\u02bbq. Bu kabi mojarolarning aksariyati e\u02bctiqod erkinligi normalarining buzilishi, o\u02bbzaro tushunmovchilik, o\u02bbz dini va qarashlarini ustun qo\u02bbyishdan kelib chiqadi. Ba\u02bczi fikrlarga ko\u02bbra, iqtisodiy o\u02bbsish, ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy muammolarga barham bera oladi. Mazkur qarash ham muayyan e\u02bctirozga ega ekanligi, rivojlangan AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Belgiya, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarda terrorizm, ekstremizm, ksenofobiya, islomofobiyaning turli ko\u02bbrinishlari inson hayotiga tahdid qilayotgani muammoning keng ko\u02bblamidan darak beradi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong>Behzod SOIPOV,<\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong>Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita<\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong>Dinshunoslik ekspertizasi bo\u02bblimi boshlig\u02bbi<\/strong><\/div>\n<div>________________________________________________________________<\/div>\n<div><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Lotman Yu.M. Sovremennost mejdu Vostokom i Zapadom\/\/Znamya, 1997, \u21169; Scollon R., Scollon S.W. Intercultural Communication: a Discource Approach. Maiden, 2001; Lurye C.B. Natsionalizm, etnichnost, kultura. \/\/ Ob\u0449yestvenn\u044bye nauki i sovremennost. 1999, \u21164.Kymlicka W. Multicultural Citizenship: A Liberal Theory of Minority Rights. Oxford: Clarendon Press, 1995; Kymlicka W. Justice and minority Rights \/\/ Contemporary political philosophy. An anthology \/ Ed. by Goodin R.E. and Pettit P. \u2013 Maiden: Blackwell Publishers Inc., 1998; Walzer M. Complex equality \/\/ Contemporary political philosophy. An Anthology \/ Ed. by Goodin R.E. and Pettit P. -Maiden: Blackwell Publishers Inc., 1998; Uolser M. O terpimosti. \u2013 M.: Ideya-Press, Dom intellektualnoy knigi, 2000.<\/div>\n<div><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Vershinina I.Sotsiologiya goroda: istoki i osnovn\u044bye napravleniya issledovaniy \/\/ Vestnik Moskovskogo universiteta. Seriya 18: Sotsiologiya i politologiya 2012. \u2116 1. \u00ad\u2013 S. 204.<\/div>\n<div><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Qarang: Globallashuv, milliy g\u02bboya va mafkura: muammolar, yechimlar, istiqbollar mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari\/O\u02bbzbekiston Fanlar akademiyasi I.Mo\u02bbminov nomidagi Falsafa va huquq instituti, 2009. \u00ad\u2013 B.160.<\/div>\n<div><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Yevropa posmotrit v glaza boyeviku iz \u201cyevroIGIL\u201d. \u00a0http:www.pravda.ru\/world\/europe\/european\/19-06-2015\/1263957-igil-0\/<\/div>\n<div><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0O\u02bbsha manba.<\/div>\n<div><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Mukomel V. Ksenofobiya i migrantofobii v kontekste kultur\u044b doveriya \/\/ Mir Rossii 2014.\u00a0 \u2116 1. \u2013 S. 142.<\/div>\n<div><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0Vershinina I. Pavlova V. Obrazovaniye i globalizatsiya: sotsiologicheskiy analiz \/\/ Vestnik MGU. Seriya 18: Sotsiologiya i politologiya. 2011. \u2116 3. \u2013 S. 145.<\/div>\n<div><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u00a0AQSH konstitutsiyasiga 27 marta tuzatish va o\u02bbzgartirishlar kiritilgan bo\u02bblib, aynan birinchi tahrir inson huquqlari to\u02bbg\u02bbrisidagi Billni o\u02bbz ichiga oladi. Unda jumladan, din va e\u02bctiqod erkinligiga inson huquqlarining ajralmas bo\u02bblagi ekanligi ta\u02bckidlanadi.<\/div>\n<div><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a>\u00a0https:\/\/ru.wikipedia.org\/wiki<\/div>\n<div><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a>\u00a0https:\/\/ru.wikipedia.org\/wiki\/%D0%<\/div>\n<div><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a>\u00a0Germaniyada din, diniy qarashlar, cherkovga nisbatan amalga oshirilgan har qanday ko\u02bbrinishdagi jamiyat tinchligiga rahna soluvchi kamsitish va tahqirlash holatlarining namoyon bo\u02bblishi mamlakat jinoyat kodeksining 166 moddasiga muvofiq ta\u02bcqiqlanadi va 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Mazkur modda bilan 2006 yilda 61 yoshli nafaqaxo\u02bbr (xavfsizlik choralari tufayli sudda u Manfred van X. deb tanishtirilgan.) hojatxona qog\u02bboziga \u201cQur\u02bcon, Muqaddas Qur\u02bcon\u201d so\u02bbzlarini yozib, mamlakatdagi 22 ta masjid va bir qancha telekanallarga yuborganligi uchun 1 yil qamoq va 300 soatlik jamoat ishlariga jalb qilinish jazosi belgilangan.<\/div>\n<div><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a>\u00a0International Religious Freedom Act of 1998, 27 January 1998. http:\/\/usinfo.state.gov\/usa\/infousa\/laws\/majorlaw\/intlrel.htm<\/div>\n<div><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a>\u00a0Qur\u02bconi karim ma\u02bcnolarining tarjima va tafsiri. Tarjima va tafsir muallifi A.Mansurov. \u2013 T.: TIU nashriyot-matba birlashmasi, 2018. \u2013 B. 517.<\/div>\n<div><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftnref14\" name=\"_ftn14\">[14]<\/a>\u00a0Qur\u02bconi karim ma\u02bcnolarining tarjima va tafsiri. Tarjima va tafsir muallifi A.Mansurov. \u2013 T.: TIU nashriyot-matba birlashmasi, 2018. \u2013 B. 61.<\/div>\n<div><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25843#_ftnref15\" name=\"_ftn15\">[15]<\/a>Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Vasatiya \u2013 hayot yo\u02bbli. \u2013T.: Sharq, 2010. \u2013 B. 48.<\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda jahon siyosatida ekstremizm, diniy ksenofobiya va mutaassibona xatti-harakatlar kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bundan jabr ko\u02bbrib, dunyoning bir qancha nuqtalarida nafaqat rivojlanish, balki sivilizatsiyani bir necha o\u02bbn yilliklar ortga surib, jamiyatni turli nizo va urushlar botqog\u02bbiga tortib borayotganini guvohi bo\u02bblishimiz mumkin. XX asrdagi (1940-1950 yy) mojarolarning 25% foizi din omili, ya\u02bcni e\u02bctiqod erkinligi normalarining buzilishi, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":25860,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>DINIY KS\u0415NOFOBIYA VA ISLAMOFOBIYANING TURLI KO\u02bbRINISHLARI INSON HAYOTIGA TAHDID QILAYOTGAN ASOSIY MUAMMOLARDANDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"DINIY KS\u0415NOFOBIYA VA ISLAMOFOBIYANING TURLI KO\u02bbRINISHLARI INSON HAYOTIGA TAHDID QILAYOTGAN ASOSIY MUAMMOLARDANDIR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"DINIY KS\u0415NOFOBIYA VA ISLAMOFOBIYANING TURLI KO\u02bbRINISHLARI INSON HAYOTIGA TAHDID QILAYOTGAN ASOSIY MUAMMOLARDANDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"DINIY KS\u0415NOFOBIYA VA ISLAMOFOBIYANING TURLI KO\u02bbRINISHLARI INSON HAYOTIGA TAHDID QILAYOTGAN ASOSIY MUAMMOLARDANDIR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-12-16T04:38:28+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-12-14T12:11:53+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/bukhari_buxoriy2022_185-1.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"12 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&lang=oz\",\"name\":\"DINIY KS\u0415NOFOBIYA VA ISLAMOFOBIYANING TURLI KO\u02bbRINISHLARI INSON HAYOTIGA TAHDID QILAYOTGAN ASOSIY MUAMMOLARDANDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/bukhari_buxoriy2022_185-1.jpg\",\"datePublished\":\"2022-12-16T04:38:28+00:00\",\"dateModified\":\"2022-12-14T12:11:53+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"DINIY KS\u0415NOFOBIYA VA ISLAMOFOBIYANING TURLI KO\u02bbRINISHLARI INSON HAYOTIGA TAHDID QILAYOTGAN ASOSIY MUAMMOLARDANDIR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/bukhari_buxoriy2022_185-1.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/bukhari_buxoriy2022_185-1.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"DINIY KS\u0415NOFOBIYA VA ISLAMOFOBIYANING TURLI KO\u02bbRINISHLARI INSON HAYOTIGA TAHDID QILAYOTGAN ASOSIY MUAMMOLARDANDIR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"DINIY KS\u0415NOFOBIYA VA ISLAMOFOBIYANING TURLI KO\u02bbRINISHLARI INSON HAYOTIGA TAHDID QILAYOTGAN ASOSIY MUAMMOLARDANDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"DINIY KS\u0415NOFOBIYA VA ISLAMOFOBIYANING TURLI KO\u02bbRINISHLARI INSON HAYOTIGA TAHDID QILAYOTGAN ASOSIY MUAMMOLARDANDIR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"DINIY KS\u0415NOFOBIYA VA ISLAMOFOBIYANING TURLI KO\u02bbRINISHLARI INSON HAYOTIGA TAHDID QILAYOTGAN ASOSIY MUAMMOLARDANDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"DINIY KS\u0415NOFOBIYA VA ISLAMOFOBIYANING TURLI KO\u02bbRINISHLARI INSON HAYOTIGA TAHDID QILAYOTGAN ASOSIY MUAMMOLARDANDIR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-12-16T04:38:28+00:00","article_modified_time":"2022-12-14T12:11:53+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/bukhari_buxoriy2022_185-1.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"12 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&lang=oz","name":"DINIY KS\u0415NOFOBIYA VA ISLAMOFOBIYANING TURLI KO\u02bbRINISHLARI INSON HAYOTIGA TAHDID QILAYOTGAN ASOSIY MUAMMOLARDANDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/bukhari_buxoriy2022_185-1.jpg","datePublished":"2022-12-16T04:38:28+00:00","dateModified":"2022-12-14T12:11:53+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"DINIY KS\u0415NOFOBIYA VA ISLAMOFOBIYANING TURLI KO\u02bbRINISHLARI INSON HAYOTIGA TAHDID QILAYOTGAN ASOSIY MUAMMOLARDANDIR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/bukhari_buxoriy2022_185-1.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/bukhari_buxoriy2022_185-1.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25850&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"DINIY KS\u0415NOFOBIYA VA ISLAMOFOBIYANING TURLI KO\u02bbRINISHLARI INSON HAYOTIGA TAHDID QILAYOTGAN ASOSIY MUAMMOLARDANDIR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25850"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=25850"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25850\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25859,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25850\/revisions\/25859"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/25860"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=25850"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=25850"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=25850"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}