{"id":25700,"date":"2022-11-30T10:19:20","date_gmt":"2022-11-30T05:19:20","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25700"},"modified":"2022-11-30T10:19:56","modified_gmt":"2022-11-30T05:19:56","slug":"mahmud-zamaxshariy-kashshof-asarining-tafsirshunoslik-rivojidagi-o%ca%bbrni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&lang=oz","title":{"rendered":"MAHMUD ZAMAXSHARIY \u201cKASHSHOF\u201d ASARINING TAFSIRSHUNOSLIK RIVOJIDAGI O\u02bbRNI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mahmud Zamaxshariyning islom dunyosida qisqacha \u201cKashshof\u201d nomi mashhur bo\u02bblgan \u201cKashshof an-haqoiqi-t-tanzil va uyuni-l-aqovil fi vujuhi-t-ta\u02bcvil\u201d \u201cQur\u02bconning berk haqiqatlarini va uni sharhlash orqali rivoyatlar ko\u02bbzlarini ochgich\u201d nomli tafsiri olim ilmiy merosining gultoji hisoblanadi. Ushbu asar islom dunyosida o\u02bbzining ilmiy ahamiyati bilan umume\u02bctirof etilgan filologik tafsir sifatida baholangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Manbalardagi ma\u02bclumotlarga qaraganda alloma bu nodir asarini ikki bosqichda yozadi. Dastlab yigitlik yillarida Arabistonga haj ziyorati uchun borganida Qur\u02bconi karimning \u201cBaqara\u201d surasini sharhlay boshlaydi va uni Makka amiriga taqdim etadi. Mahmud Zamaxshariydagi Qur\u02bconning mo\u02bbjizaligini ko\u02bbrsata olish, nazmining go\u02bbzalligi, balog\u02bbatining yuksakligi ochib berish mahorati uni hayratga soladi. Olimdagi yuksak salohiyatni ko\u02bbrgan amir uni shu yerda qolishga undaydi. Zamaxshariy bu taklifga ko\u02bbnmaydi va ona yurtiga qaytib ketadi. O\u02bbz yurti Xorazmda Zamaxshariy arab tili bilan bog\u02bbliq ko\u02bbplab ilm sohalarini, jumladan, adab ilmlarini tinimsiz mukammallashtiradi. Olimdagi yuksak salohiyat oyatlardagi jozibani ilg\u02bbab olish imkonini bergan. Mana shu fazilat tafsir muqaddimasida shunday bayon qilinadi: \u201cIlmlarning eng nozigi, har qanday aqlni hayron qiladigani tafsir ilmi bo\u02bblib, unga har qanday olim jur\u02bcat qilavermaydi. Johiz \u201cNazmu-l-Qur\u02bcon\u201d kitobida yozganidek, faqih agar hukm va fatvoda barcha tengdoshlaridan g\u02bbolib bo\u02bblsa ham, mutakallim garchi kalom san\u02bcatida dunyo ahlini lol etsa ham, tarixchi va hofiz Qirriyaning o\u02bbg\u02bblidan zehni o\u02bbtkirroq, voiz agar Hasan Basriydan gapdonroq, nahviy agar Siybavayhdan bilimdonroq bo\u02bblsa ham, lug\u02bbat olimi lug\u02bbatlarni saqichdek chaynab tashlasa ham, ammo ular Qur\u02bcon yo\u02bbli oldida haqiqatni idrok etishdan ojizdir. Qur\u02bconga xos bo\u02bblgan ma\u02bconiy va bayon ilmlarida peshqadam bo\u02bblganlargina bu ishni uddasidan chiqishi mumkin\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mahmud Zamaxshariy tafsir ilmiga qo\u02bbyilgan barcha talablarni mukammal o\u02bbzlashtirgandan so\u02bbnggina tafsir ishini davom ettiradi va uni Makkaga ikkinchi marta qilgan safari mobaynida, ya\u02bcni 1130-1134 yillar orasida muvaffaqiyatli yakunlaydi. Alloma Makkaga safar qilganida shahar amiri Ibn Vahhos unga: \u201cYaxshi hamki, o\u02bbzingiz diyorimizga qadam ranjida qildingiz, sizning \u201cBaqara\u201d surasiga qilgan tafsiringiz dong\u02bbini eshitib, g\u02bboyat mamnun bo\u02bbldim. Hattoki, yurtingizga elchi yuborib, olib kelmoqchi bo\u02bbldim\u201d, deydi. Amirning bunday iltifotli so\u02bbzlarini eshitgan alloma davr ilm ahli, shogirdlari, hattoki, amirlar va yuksak mansab egalari uchun mana shunday tafsir asari zarurligini angladi va uni yozishga qattiq kirishdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Aynan shu vaqtda Zamaxshariy oltmishdan oshgan va turli sohalarga oid ko\u02bbplab asarlar yozgan edi. Umrning g\u02bbanimatligini anglagan olim o\u02bbzi sevgan, hayotining asosiy mazmuniga aylangan Qur\u02bconi karim tafsiri bilan shug\u02bbullanishga astoydil bel bog\u02bbladi. Muhimi, Baytulloh yonida, Rasululloh (s.a.v)ning tavallud topgan joyida turib, bunday sharafli ishni amalga oshirish allomaga kuchli ilhom bag\u02bbishlaydi. Alloma yoshining kattaligini hisobga olib, vaqtdan yutish maqsadida tafsir yozish uslubini o\u02bbzgartirdi, \u201cKashshof\u201d asarining qolgan qismini dastlab yozgan \u201cBaqara\u201d surasi tafsiriga nisbatan ixchamroq qilib yozdi. U ixchamroq bo\u02bblishiga qaramasdan, alloma unda barcha ehtimollarni hisobga olgan holda, savol-javob tariqasida \u201cUnday desang, bunday deyman\u201d degan uslubida yozgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mahmud Zamaxshariy o\u02bbz tafsirining kirish qismida ushbu asarni Abu Bakr xalifaligi muddatida ya\u02bcni, Ka\u02bcbatulloh yonidagi Sulaymoniya dahlizida hijriy 528 yili, rabi\u02bcul avval oyining 23-kuni, 21 yanvar 1134 yil dushanba tongida yozib tugatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cKashshof\u201d dunyoning ko\u02bbplab ilmiy va o\u02bbquv dargohlarida jumladan, Misrdagi Azhar universitetida ham tafsir bo\u02bbyicha asosiy manba sifatida o\u02bbqitilmoqda. Asar boshqa tafsirlarda bo\u02bblmagan ko\u02bbp afzalliklari bilan ajralib turadi. Bu o\u02bbrinda allomaning Qur\u02bconi karimdagi balog\u02bbat, fasohat, bayon ilmlariga doir\u00a0 tomonlarini ochib berishi muhim ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tafsir manbalarida \u201cKashshof\u201d va uning muallifiga yuksak baho berilgan. Asarning tili, uslubi, balog\u02bbati va fasohati to\u02bbg\u02bbrisida qimmatli fikrlar bildirilgan. Asarning yuqori ilmiy saviyasi uning zamondosh va keyingi davr olimlari tomonidan keng o\u02bbrganilishiga sabab bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mahmud Zamaxshariy \u201cKashshof\u201d asari turli davrlarda yirik olimlar tomonidan o\u02bbrganilgan muxtasar qilingan, sharhlar bitilgan. Dunyo fondlarida asarning, uning muxtasar va sharhlarining juda nodir qo\u02bblyozmalari saqlanadi. \u201cKashshof\u201d tafsirini monografik o\u02bbrganishda unga yozilgan sharhlarning ahamiyati juda katta.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Ahmad ibn Munir Molikiy Iskandariy (vaf. 683\/1284) \u201cKashshof\u201d ga bag\u02bbishlab \u201cIntisob\u201d \u2013 \u201cTiklanish\u201d nomli asarini yozgan. Muallif asardagi mo\u02bbtazila aqidasiga taalluqli o\u02bbrinlarga tanqidiy munosabatda yondashadi. Asarning tili, balog\u02bbati, fasohatiga juda yuqori baho beradi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alamuddin Iroqiyning (vaf. 704\/ 1305) \u201cInsob\u201d \u2013 \u201cTiklash\u201d nomli sharhi. Mazkur sharhda Alamuddin Iroqiy Mahmud Zamaxshariyning \u201cKashshof\u201d va Imom Ahmad ibn Munir Molikiy Iskandariyning \u201cIntisob\u201d asarlarini qiyosiy tahlil qiladi va mazkur ikki manbaga nisbatan o\u02bbz fikrlarini bayon qiladi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Ali Umar Sukkuniy Mag\u02bbribiyning (vaf. 717\/ 1317) \u201cTamyiz\u201d \u2013 \u201c Ajratish\u201d nomli sharhi. Muallif \u201cKashshof\u201d asarining ilmiy, filologik jihatlariga ijobiy baho beradi, lekin undagi mu\u02bctazila aqidasiga taalluqli bo\u02bblgan tomonlarini tanqid qiladi. Sharhning nodir nusxasi Qohiradagi Dorul-kutubi-l-misriyya kutubxonasida saqlanadi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Valiyyuddin Ahmad ibn Zaynuddin Iroqiy (vaf. 826\/1423)ning \u201cInsof ala-l-Kashshof\u201d raddiya sharhi. Muallif Ibn Munirning \u201cIlmu-d-din\u201d, Abu Hayyonning \u201cTafsiru-l-bahr\u201d, Ibn Hishomning \u201cMug\u02bbniy\u201d asarlariga tayanib \u201cKashshof\u201ddagi hadislarini taxrij qilgan. Valiyyuddin Iroqiy asarni 826\/1423 yilda yozib tugatgan. Asarning bir nusxasi \u201cDaru-l-kutubil-misriyya\u201d qo\u02bblyozmalar fondida saqlanmoqda.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Burhoniddin Haydar Hiraviy (vaf. 830\/ 1427) ustozi shayx Sa\u02bcdning \u201cKashshof\u201dga yozgan hoshiyasiga yozilgan hoshiya. Unda ustozining \u201cKashshof\u201dga bo\u02bblgan salbiy fikrlariga raddiya yozgan. Ushbu asar \u201cDaru-l-kutubil-misriyya\u201d qo\u02bblyozma fondida saqlanmoqda.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ahmad ibn Ismoil Kuroniy (vaf. 893\/ 1488) \u201cG\u02bboyatu-l\u2013amoniy fi tafsiri-l-kalomi-r-rabboniy\u201d \u2013 \u201cAllohning kalomini tafsir qilishdagi eng so\u02bbnggi g\u02bboya\u201d asarini yozgan. Olim hoshiyada Mahmud Zamaxshariyning \u201cKashshof\u201d va Qozi Baydoviyning \u201cTafsir\u201d asarlariga tanqidiy munosabat bildirgan. Asar \u201cDaru-l-kutubil-misriyya\u201d qo\u02bblyozma fondida saqlanmoqda<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Sa\u02bcd Imodiy (vaf. 982\/1574) ning \u201cMa\u02bcaqidu-t-taraf fi avvali tafsir surati-l-Fath mina-l-Kashshof\u201d \u2013 \u201cKashshof\u201ddagi Fath surasi tafsiriga izoh\u201d nomli hoshiyasi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Hofiz Shahobiddin Abu-l-Fazl ibn Ali ibn Hajarning \u201cKofiyu-sh-shofiy fi taxriji-l-ahadisi-l-Kashshof\u201d \u2013 \u201cKashshof\u201d dagi hadislarni taxriji bo\u02bbyicha yetarli\u201c nomli asari.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhyiddin Afandining \u201cTanzilu-l-oyot ala shavahid mina-l-abyat\u201d \u2013 \u201cOyat ma\u02bcnosini quvvatlaydigan baytlar\u201d nomli asari. Unda Mahmud Zamaxshariyning \u201cKashshof\u201d tafsiriga kiritgan baytlari sharhlangan, ularning mualliflari ko\u02bbrsatilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xidr ibn Atoullohning \u201cIs\u02bcaf bi sharhi abyati-l-Qoziy va-l-Kashshof\u201d \u2013 \u201c Qoziy\u201d va \u201cKashshof\u201d baytlarini sharhlashga yordam\u201dnomli asari. Asar ikki jilddan iborat, 994\/ 1586 yili yozilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shayx Muhammad ibn Ali Ansoriy (vaf. 662\/ 1264) sharhi. Zamaxshariyning \u201cKashshof\u201d asaridagi mu\u02bctazila aqidasiga doir fikrlarni chiqarib tashlab, ahli sunna val jamoa mazhabiga mos keladigan jihatlarini qoldirgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Nosiriddin Qoziy Baydoviyning (vaf. 692\/ 1293) \u201cAnvoru-t-tanzil\u201d -\u201cQur\u02bcon nurlari\u201d nomli asari. Unda \u201cKashshof\u201d asariga raddiyalar bildirgan va mu\u02bctazila aqidasiga doir jihatlariga tanqidiy yondashilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shayx Taqiyyiddin Sabbokiy (vaf. 765\/ 1364) \u201cSababu-l-inkifof an iqroi-l-Kashshof\u201d \u2013 \u201cKashshof\u201dni o\u02bbqishdan yuz o\u02bbgirish sabablari\u201d nomli muxtasar asarini yozgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu-s-Saodat Muborak ibn Muhammad ibn Asir Hizriyning \u201cInsof fi-l-jam\u02bci bayna-s-Sa\u02bclabiy va-l-Kashshof\u201d \u2013 \u201cKashshof\u201d va Sa\u02bclabiy tafsirini insof bilan jamlash\u201d nomli asari<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Badriddin Muhammad Muqriy Halabiy (vaf. 705\/1306) \u201cMuxtasaru-r-roshif min zulali-l-\u201cKashshof\u201d mina-t-tafosir\u201d \u2013 \u201cKashshof\u201dning zilol suvlaridan ichish\u201d nomli asarida Abu-l-Abbos Ahmad Mahdiy, Abu Lays Samarqandiy va Sa\u02bclabiy fikrlarini \u201cKashshof\u201d asari bilan qiyosiy tahlil qilgan. Olimlar ushbu asarni \u201cKashshof\u201dning muhim muxtasarlaridan biri sifatida baholaganlar<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imod Kanadiyning (vaf. 720\/1320) \u201cKafil bi ma\u02bcanii-t-tanzil\u201d \u2013 \u201cQur\u02bcon ma\u02bcnolarining kafolati\u201d nomli 23 jilddan iborat asari. Bunda har bir oyatning tafsiridan so\u02bbng Mahmud Zamaxshariyning bu haqdagi fikrini keltirib o\u02bbtiladi. Imod Kanadiy nahv ilmi borasida mashhur olimlardan bo\u02bblganligi sababli \u201cKashshof\u201dning balog\u02bbat, grammatik jihatlariga alohida e\u02bctibor beradi va allomaning fikrlarini aynan keltiradi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Nizomiddin Qumiy Nisoburiy (vaf.728\/1328) \u201cKashshof\u201dga bag\u02bbishlangan muxtasar muallifi. Olim o\u02bbz muxtasarida Imom Roziyning \u201cTafsiri kabir\u201d va Mahmud Zamaxshariyning \u201cKashshof\u201d tafsirini qiyosiy tahlil qiladi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shamsuddin Abu-s-SanoShofe\u02bciy (vaf. 749\/ 1348). U Imom Roziyning \u201cMafotihu-l-g\u02bbayb\u201d \u2013 \u201cG\u02bbayb kalitlari\u201d asari va Zamaxshariyning \u201cKashshof\u201d tafsirini qiyosiy o\u02bbrgangan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu-s-Sa\u02bcid Ummadiyning (vaf. 982\/1574) \u201cIrshodu-l-aqli-s-salim ila mazaya-l-kitabi-l-karim\u201d \u2013 \u201cSog\u02bblom aqlni Qur\u02bcon hidoyatidan bahramand qilish\u201d nomli muxtasar asari. Mazkur asar \u201cTafsiri Abu-s-Sa\u02bcid\u201d nomi bilan mashhur bo\u02bblgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn15\" name=\"_ftnref15\">[15]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Yahyo ibn Hamza Alaviy Yamaniy (vaf. 749\/ 1348) . \u201c Olim \u201cTiroz\u201d \u2013 \u201cNamuna\u201d nomli kitobini \u201cKashshof\u201d asari ta\u02bcsirida yozgan. Asar muqaddimasida olim ko\u02bbplab tafsirlarni o\u02bbrganganligi ammo ularning birortasida ham Mahmud Zamaxshariyning \u201cKashshof\u201d tafsiridagi kabi bayon va ma\u02bconiy ilmlarini qamrab olgan, Qur\u02bconi karim lafzi hamda ma\u02bcnosidagi mo\u02bbjizaviy ma\u02bcnolarini yoritib beradigan mukammal tafsir ko\u02bbrmaganligini yozadi va shogirdlarining iltimosiga ko\u02bbra yuqoridagi tafsirning balog\u02bbati va fasohatiga bag\u02bbishlangan ushbu asarini yozganligini ta\u02bckidlaydi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn16\" name=\"_ftnref16\">[16]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mahmud Zamaxshariyning \u201cKashshof\u201d tafsiri bilan bog\u02bbliq manbalarni o\u02bbrganish asarga o\u02bbzi yaratilgan davrdan hozirga qadar saksondan ortiq sharh, hoshiya, muxtasarlar yozilganligini ko\u02bbrsatmoqda. Ular sirasiga Qutbuddin Sheroziy (vaf. 710\/ 1311) \u201cKashshof\u201d asariga ikki jildli hoshiyasi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn17\" name=\"_ftnref17\">[17]<\/a>, Qutbuddin Shaqqor (vaf. 698\/ 1299) \u201cTaqribu-t-tafosir\u201d -\u201cTafsirlarning qiyosi\u201d nomli sharhi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn18\" name=\"_ftnref18\">[18]<\/a>, Ali Tusiy (vaf. 561\/ 1166) \u201cJavomi\u02bcu-l-javomi\u02bc\u201d \u2013 \u201cJamlarning jami\u201d sharhi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn19\" name=\"_ftnref19\">[19]<\/a>, Fozil Yusuf ibn Husayn Hilvoniy (vaf. 854\/ 1450 ) hoshiyasi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn20\" name=\"_ftnref20\">[20]<\/a>,Tojiddin Ahmad ibn Maktumning \u201cDurru-l-laqit mina-l-bahri-l-muhit\u201d \u2013 \u201cUmmondan topilgan dur\u201d deb nomlagan Abu Hayonning \u201cKashshof\u201dga yozilgan muxtasari, Sharofuddin Tibiy (vaf. 743\/ 1343) \u201cKashshof\u201d asariga 6 jildlik \u201cFutuhu-l-g\u02bbayb fi kashf an qanna\u02bci-r-rayb\u201d \u2013 \u201cShak-shubhalarni ketkazish, g\u02bbaybni ochish\u201d nomli hoshiyasi, Shayxu-l-Islom Bahro Yahyo Haraviy (vaf. 906\/ 1501) \u201cKashshof\u201dning Fotiha surasidan Baqara surasining o\u02bbrtasigacha bo\u02bblgan qismi sharhi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftn21\" name=\"_ftnref21\">[21]<\/a>\u00a0kabi asarlar kiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Demak, Mahmud Zamaxshariyning\u201cKashshof an-haqoiqi-t-tanzil va uyuni-l-aqovil fi vujuhi-t-ta\u02bcvil\u201d \u201cQur\u02bconning berk haqiqatlarini va uni sharhlash orqali rivoyatlar ko\u02bbzlarini ochgich\u201d nomli tafsiri mufassirlar orasida e\u02bctiborli ilmiy manba sifatida e\u02bctirof etilgan. Asarga yozilgan sharh, hoshiya, muxtasar va ta\u02bcliqotlarni o\u02bbrganish musulmon dunyosining juda ko\u02bbplab olimlari unga murojaat etganligini ko\u02bbrsatadi. Bu asarlarning qo\u02bblyozmalari davrimizga qadar yetib kelgan. Ularda Mahmud Zamaxshariy tafsirining filologiya sohasidagi ahamiyatiga alohida urg\u02bbu berilgan ayniqsa, balog\u02bbat va fasohat sohasidagi o\u02bbrni yuqori baholangan.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>Xoji Xalifa. Kashf az Zunun. Dor Saodat. \u2013J.2. \u2013B. 147; Doktor Mustafo as As-Soviy al-Juvayniy. Manhaju az-Zamaxshariy fi tafsir al-Qur\u02bcan va bayani i\u02bcjazihi. \u2013Misr: Dor al-Maorif, 1984. -B. 272.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>Qarang: O\u02bbsha manba. -B. 271.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>O\u02bbsha asar. \u2013B. 272.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>Doktor Mustafo as-Soviy al-Juvayniy. Manhaju az-Zamahshariy fi tafir al Qur\u02bcan va bayani i\u02bcjazihi. Dor al Maorif. Misr. B. 274. 1984<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>O\u02bbsha asar. -B. 274.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>O\u02bbsha asar, \u2013B. 275.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>Doktor Mustafo as-Soviy al-Juvayniy. Manhaju az-Zamahshariy fi tafir al Qur\u02bcan va bayani i\u02bcjazihi. Dor al Maorif. Misr.1984. \u2013B. 276.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>O\u02bbsha asar, \u2013B. 276.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a>O\u02bbsha asar, -B. 276.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a>O\u02bbsha asar, \u2013B. 277.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a>O\u02bbsha asar. \u2013B. 277.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a>.Doktor Mustafo as-Soviy al-Juvayniy. Manhaju az-Zamahshariy fi tafir al Qur\u02bcan va bayani i\u02bcjazihi. Dor al Maorif. Misr.1984. \u2013B. 277.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a>O\u02bbsha asar, -B. 277.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref14\" name=\"_ftn14\">[14]<\/a>O\u02bbsha asar, \u2013B. 277.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref15\" name=\"_ftn15\">[15]<\/a>O\u02bbsha asar.\u2013B. 277.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref16\" name=\"_ftn16\">[16]<\/a>O\u02bbsha asar, \u2013B. 278.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref17\" name=\"_ftn17\">[17]<\/a>Kashf az Zunun. -J.2. -B. 147; Doktor Mustafo as-Soviy al-Juvayniy. Manhaju az-Zamaxshariy fi tafsir al Qur\u02bcan va bayani i\u02bcjazihi. \u2013Misr: Dor al-Maorif, 1984. -B. 272.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref18\" name=\"_ftn18\">[18]<\/a>O\u02bbsha asar, \u2013B. 276.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref19\" name=\"_ftn19\">[19]<\/a>O\u02bbsha asar, \u2013B. 277.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref20\" name=\"_ftn20\">[20]<\/a>O\u02bbsha asar, \u2013B. 278.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25696#_ftnref21\" name=\"_ftn21\">[21]<\/a>Doktor Mustafo as-Soviy al-Juvayniy. Manhaju az-Zamahshariy fi tafir al Qur\u02bcan va bayani i\u02bcjazihi. Dor al Maorif. Misr. \u2013B. 275. 1984.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Zohid ISLOMOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>fil.f.d., profesor O\u02bbzXIA Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo\u02bbyicha prorektor<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mahmud Zamaxshariyning islom dunyosida qisqacha \u201cKashshof\u201d nomi mashhur bo\u02bblgan \u201cKashshof an-haqoiqi-t-tanzil va uyuni-l-aqovil fi vujuhi-t-ta\u02bcvil\u201d \u201cQur\u02bconning berk haqiqatlarini va uni sharhlash orqali rivoyatlar ko\u02bbzlarini ochgich\u201d nomli tafsiri olim ilmiy merosining gultoji hisoblanadi. Ushbu asar islom dunyosida o\u02bbzining ilmiy ahamiyati bilan umume\u02bctirof etilgan filologik tafsir sifatida baholangan. Manbalardagi ma\u02bclumotlarga qaraganda alloma bu nodir asarini ikki bosqichda &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":25698,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MAHMUD ZAMAXSHARIY \u201cKASHSHOF\u201d ASARINING TAFSIRSHUNOSLIK RIVOJIDAGI O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"MAHMUD ZAMAXSHARIY \u201cKASHSHOF\u201d ASARINING TAFSIRSHUNOSLIK RIVOJIDAGI O\u02bbRNI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MAHMUD ZAMAXSHARIY \u201cKASHSHOF\u201d ASARINING TAFSIRSHUNOSLIK RIVOJIDAGI O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"MAHMUD ZAMAXSHARIY \u201cKASHSHOF\u201d ASARINING TAFSIRSHUNOSLIK RIVOJIDAGI O\u02bbRNI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-11-30T05:19:20+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-11-30T05:19:56+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/bukhari_buxoriy2022_175.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&lang=oz\",\"name\":\"MAHMUD ZAMAXSHARIY \u201cKASHSHOF\u201d ASARINING TAFSIRSHUNOSLIK RIVOJIDAGI O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/bukhari_buxoriy2022_175.jpg\",\"datePublished\":\"2022-11-30T05:19:20+00:00\",\"dateModified\":\"2022-11-30T05:19:56+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"MAHMUD ZAMAXSHARIY \u201cKASHSHOF\u201d ASARINING TAFSIRSHUNOSLIK RIVOJIDAGI O\u02bbRNI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/bukhari_buxoriy2022_175.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/bukhari_buxoriy2022_175.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MAHMUD ZAMAXSHARIY \u201cKASHSHOF\u201d ASARINING TAFSIRSHUNOSLIK RIVOJIDAGI O\u02bbRNI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MAHMUD ZAMAXSHARIY \u201cKASHSHOF\u201d ASARINING TAFSIRSHUNOSLIK RIVOJIDAGI O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"MAHMUD ZAMAXSHARIY \u201cKASHSHOF\u201d ASARINING TAFSIRSHUNOSLIK RIVOJIDAGI O\u02bbRNI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MAHMUD ZAMAXSHARIY \u201cKASHSHOF\u201d ASARINING TAFSIRSHUNOSLIK RIVOJIDAGI O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"MAHMUD ZAMAXSHARIY \u201cKASHSHOF\u201d ASARINING TAFSIRSHUNOSLIK RIVOJIDAGI O\u02bbRNI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-11-30T05:19:20+00:00","article_modified_time":"2022-11-30T05:19:56+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/bukhari_buxoriy2022_175.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&lang=oz","name":"MAHMUD ZAMAXSHARIY \u201cKASHSHOF\u201d ASARINING TAFSIRSHUNOSLIK RIVOJIDAGI O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/bukhari_buxoriy2022_175.jpg","datePublished":"2022-11-30T05:19:20+00:00","dateModified":"2022-11-30T05:19:56+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"MAHMUD ZAMAXSHARIY \u201cKASHSHOF\u201d ASARINING TAFSIRSHUNOSLIK RIVOJIDAGI O\u02bbRNI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/bukhari_buxoriy2022_175.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/bukhari_buxoriy2022_175.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25700&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MAHMUD ZAMAXSHARIY \u201cKASHSHOF\u201d ASARINING TAFSIRSHUNOSLIK RIVOJIDAGI O\u02bbRNI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25700"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=25700"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25700\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25701,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25700\/revisions\/25701"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/25698"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=25700"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=25700"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=25700"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}