{"id":25555,"date":"2022-11-22T14:52:31","date_gmt":"2022-11-22T09:52:31","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25555"},"modified":"2022-11-22T14:52:31","modified_gmt":"2022-11-22T09:52:31","slug":"abu-mansur-moturidiy-ilmiy-m%d0%b5rosining-shaxs-ma%ca%bcnaviy-kamolotini-yuksaltirishdagi-ahamiyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&lang=oz","title":{"rendered":"ABU MANSUR MOTURIDIY ILMIY M\u0415ROSINING  SHAXS MA\u02bcNAVIY KAMOLOTINI YUKSALTIRISHDAGI AHAMIYATI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cNafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a\u02bczolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma\u02bcrifat, yuksak ma\u02bcnaviyat kerak. Ilm yo\u02bbq joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldan adashish bo\u02bbladi.<\/strong>\u00a0<strong>Shavkat Mirziyoyev<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25553#_ftn1\" name=\"_ftnref1\"><strong>[1]<\/strong><\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom\u00a0 falsafasida aqida va kalom\u00a0 ilmining sultoni sifatida\u00a0 sharaflangan\u00a0 buyuk mutakallim \u00a0Abu Mansur Moturidiyning shaxsiyati hamda ul zot tomonidan yaratilgan diniy-falsafiy meros namunalari\u00a0 bugungi\u00a0 globallashuv sharoitida ham ma\u02bcnaviy barkamol insonlarni tarbiyalash jarayonida o\u02bbzining yuksak saviyasi va teran mushohadalari bilan \u00a0\u00a0muhim\u00a0\u00a0 manba bo\u02bblib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda\u00a0 buyuk allomaning falsafiy merosini keng doirada targ\u02bbib qilish, shuningdek, diniy va dunyoviy ilm muvozanatini ta\u02bcminlashda ko\u02bbrsatgan buyuk xizmatlarini yuksak baholash \u00a0nafaqat yurtimiz olimlari balki dunyo islomshunos olimlari tomonidan ham yuksak e\u02bctirof etib kelinmoqda. \u00a0Insonlarni halol va pokiza yashashga, aqliy teranlikka, dunyo va oxirat o\u02bbrtasidagi muvozanatni anglab yetishga, ilm va mehnat mashaqqatini qadrlash ruhiyatini uyg\u02bbotishda Abu Mansur Moturidiy hazratlarining asarlarini o\u02bbrganish va jamoatchilik orasida keng targ\u02bbib etish ilm-fan oldidagi dolzarb masalalardan\u00a0 biri hisoblanadi. Chunki bugungi kun\u00a0 insoniyat jamiyati ma\u02bcnaviy jihatdan oqsoqlanib qolayotgan, iqtisodiy manfaatlarni barcha narsadan ustun qo\u02bbyadigan, milliy mansublik va mentalitet tushunchalarini inobatga olmaydigan, yot g\u02bboya va mafkuralar ortidan quvib, o\u02bbzligini yo\u02bbqotayotgan insonlar safi bilan ko\u02bbpayib bormoqda. Jamiyatning ziyoli qatlami sifatida \u00a0ilmni targ\u02bbib qilib, yosh avlod ongida har qanday ma\u02bcnaviy bo\u02bbshliqlar\u00a0 va yot g\u02bboyalar o\u02bbrnashishi mumkin bo\u02bblgan sarhadlarni buyuk bobolarimiz tomonidan bayon etilgan ma\u02bcrifat mash\u02bcali bilan yoritish hamda buyuk kelajagimizni ulkan salohiyat egalari bilan qurish eng oliy maqsadimizdir. Zero, sharq\u00a0donishmandlari aytganidek,\u00a0\u201cEng katta boylik \u2013 bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros \u2013 bu yaxshi tarbiya, eng katta\u00a0qashshoqlik \u2013 bu bilimsizlikdir\u201d! Shaxs ma\u02bcnaviy kamolotini yuksaltirish masalasi barcha davrlarda ham dolzarb mavzulardan biri sifatida o\u02bbrganib kelingan. Chunki jamiyatning ma\u02bcnaviy qiyofasi unda yashayotgan insonlarning ma\u02bcnaviy yetuklik darajasi bilan o\u02bblchanadi. Abu Mansur Moturidiy islom falsafasida\u00a0 aqoid va kalom ilmining yetuk olimi sifatida nom qozongan bo\u02bblib, uning aqida, kalom va fiqh ilmiga oid asarlari bugungi kunda dunyo olimlari tomonidan katta e\u02bctirofga sazovor bo\u02bblmoqda. \u00a0Abu Mansur Moturidiyning\u00a0 bizga ma\u02bclum bo\u02bblgan\u00a0 asarlari taxminiy 15 ta bo\u02bblib, lekin ulardan \u00a0\u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d va \u201cKitob at-tavhid\u201d asarlari bizgacha yetib kelgan eng noyob qo\u02bblyozmalardan sanaladi. Abu Mansur Moturidiy o\u02bbz\u00a0 asarlari orqali insoniyat yaratilishining falsafiy mohiyati, tavhid ilmi, borliqning insonga ta\u02bcsiri, ruhiyat ilmi, inson kuch-qudratining ma\u02bclum chegarasi, iroda erkinligi, dunyo va oxiratni anglash kabi masalalar to\u02bbg\u02bbrisida Qur\u02bconi karim oyatlariga asoslanib, ko\u02bbplab ma\u02bclumotlar taqdim etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Mansur Moturidiy shaxs ma\u02bcnaviyati va unga ta\u02bcsir etuvchi omillar hamda ularning diniy-falsafiy jihatlarini bir qancha yo\u02bbnalishlarga bo\u02bblib o\u02bbrganadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Inson erkinligi masalasi.<\/strong>\u00a0Abu Mansur Moturidiy, eng avvalo, insonlarning xatti-harakatlarini ontologik jihatdan aniq haqiqat sifatida qabul qiladi va bu fikrni asoslashga harakat qiladi. Uning fikricha, har bir inson o\u02bbz harakatlarining haqiqiy egasidir. Insonning o\u02bbz xatti-harakatlarining mutlaq sohibi ekanligi, ham aqlan, ham ruhan erkinligi Qur\u02bcon oyatlari bilan ochiq-oydin ma\u02bclum qilingandir. Shu haqiqatdan kelib chiqib, Alloh taolo insonlarga o\u02bbzining imkoniyatlari doirasida ma\u02bclum bir vazifa va mas\u02bculiyatlarni yuklagan. Buning natijasi o\u02bblaroq, bajarilgan yoki tark etilgan xatti-harakatlar evaziga jazo va ajrlarni marhamat etgan. Inson muayyan harakat va faoliyatni amalga oshirishi uchun unga harakatdan oldin amalda ma\u02bclum bir kuch va qudrat berilgan. Insonning harakatlari unga berilgan shu kuch-qudrat va uni amalga oshirishga undovchi shaxs irodasining natijasidir. Bu jarayon inson harakatlarining asosi va uning zimmasiga yuklatilgan mas\u02bculiyatlarining majmuidir. Bular bilan inson ma\u02bclum bir harakatga yuzlanib, o\u02bbz ixtiyori bilan uni tanlaydi va amalga oshiradi. \u201cBandaning barcha yaxshi yoki yomon amallarini yaratish Alloh taoloning qudrati bilan bo\u02bbladi. Demak, insonning xatti-harakatlarida ikki jihat bor: insonning roli va Allohning qudrati.\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25553#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>\u00a0Abu Mansur Moturidiy, bu masalada o\u02bbz davriga qadar ilgari surilgan taqdirni inkor yetish va majburlash g\u02bboyasini qabul qilganlarning qarashlarini butkul rad yetib, amallar ham insonga, ham Allohga tegishli ekanligini ta\u02bckidlaydi. Mazkur masalaning yechimi sifatida u yangicha bir fikrni ilgari suradi. Abu Mansur Moturidiyning qarashlariga ko\u02bbra, ma\u02bclum bir harakatga murojaat qilish, uni tanlash hamda o\u02bbz xohish va irodasi doirasida bajarish insonning shaxsiy ishi. Har bir narsaning yaratuvchisi bo\u02bblgan Alloh, insonning harakatini ham yaratuvchisidir. Demak, ijod nuqtai nazaridan harakatga ta\u02bcsir etuvchi kuch Allohga tegishlidir. Boshqacha qilib aytganda, harakat amalga oshirilish jihati bo\u02bbyicha insonga, yaratilish xususiyati bo\u02bbyicha Allohga tegishlidir. Inson ruhiyatidagi bu sheriklik alohida xususiyatlarga ega bo\u02bblgan hamda mas\u02bculiyatni bartaraf yetmaydigan hamkorlikdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Shaxs etikasi tahlili.<\/strong>\u00a0\u201cNarsalarning go\u02bbzalligi yoki xunukligini shuningdek, foydali yoki zarar ekanligini umuman aql tamoyillari bilan tushunish mumkin. Biroq, aql ularni barcha jihatlari va tafsilotlari bilan aniqlay olmaydi. Chuqur izlanish va tafakkurdan so\u02bbng bilishi yoki payg\u02bbambarning xabari orqali bilishi mumkin.\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25553#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>\u00a0Shariatning bu boradagi bayonoti ta\u02bckid va tasdiqdir. Shariat ham biror narsani yaxshiligi uchun buyurib, yomon va zararli bo\u02bblgani uchun uni harom qiladi. Din bu borada aql bilan birlashgan. Qolaversa, axloqiy tuyg\u02bbu insonga xos bo\u02bblib, inson tabiatan axloqiy mavjudotdir. Ba\u02bczi narsalarning go\u02bbzalligi va ba\u02bczi narsalarning xunukligi tabiatan aqlda aniq namoyon bo\u02bblganligi sababli, aql ularni idrok etadi, tahlil qiladi, muayyan harakatga undaydi yoki qaytaradi. \u201cMasalan, mavjud ne\u02bcmatlarga shukr qilishning haqiqati, adolatning go\u02bbzalligi, noshukurlikning xunukligi, zulm va yolg\u02bbonning chirkin illat ekanligi va hokazo.\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25553#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>\u00a0Faqat aql oxiratda mukofot yoki jazolanadigan halol yoki harom amal qilish huquqiga ega emas, bu hokimiyat Allohnikidir. Demak, aql ilmi oxirat uchun jazo va ajr miqdorini belgilay olmaydi. Din esa amr qilinganlarni bajarganlarga ajr va\u02bcda qilgan, man etilganlarni esa jazo bilan tahdid qilgan. Abu Mansur Moturidiyning odob-axloq tushunchasida yana bir ta\u02bckidlash lozim bo\u02bblgan jihat shundaki, u amaldan ko\u02bbra g\u02bboya, e\u02bctiqod va to\u02bbg\u02bbri bilimni birinchi o\u02bbringa qo\u02bbyib, amalni taqliddan ko\u02bbra sog\u02bblom bilimga yo\u02bbnaltirib asoslaydi. Abu Mansur Moturidiyning fikricha, Allohni tanish va uning go\u02bbzal sifatlarini bilish har bir inson uchun axloqiy farzdir. Chunki borliqni va uning yaratuvchisi haqidagi bilimlarni anglashning yagona yo\u02bbli aqldir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Mansur Moturidiy o\u02bbz asarlarida odamlarni o\u02bbz imkoniyatlariga javobgar qilish kabi masala borasida ham ko\u02bbplab fikrlar bildirgan. Xususan, allomaning fikr-mulohazalariga ko\u02bbra, dinda odamlar hech qachon qodir bo\u02bblmagan xatti-harakat uchun javobgar bo\u02bblmaydilar. Islom dinida har qanday xatti-harakat uchun javobgar bo\u02bblishning asosiy sharti shundaki, buyurilgan yoki ta\u02bcqiqlangan narsa inson qila oladigan darajada bo\u02bblishi kerak. Shunga ko\u02bbra, yuklatiladigan vazifalar odamlarning imkoniyati sig\u02bbdira oladigan va imkoniyati yetmaydigan xatti-harakatlar majmuiga bo\u02bblinadi. Insonni o\u02bbzi bajara olmaydigan ibodat yoki muayyan majburiyatga yo\u02bbllash va natijada ular tomonidan xatti-harakatning lozim darajada bajarilmasligi hamda harakat subyektlarining qo\u02bblidan kelmaydigan ishlar uchun og\u02bbirroq jazolash dinning mas\u02bculiyat mantig\u02bbiga mutlaqo ziddir. Alloh taolo insonlarga aql bilan yoki vahiy orqali nimani buyurgan bo\u02bblsa, ularni tushunish uchun imkoniyat eshiklarini ochib qo\u02bbygan. Buni tushuna olmaydigan ilohiy amrga murojaat qilib bo\u02bblmaydi. Bu amrlarning barchasini bilish usullari har xil. Biroq uning yo\u02bbllarini aql va xulosa bilan bilish mumkin.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25553#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Borliqning yaratilish qoidasiga ko\u02bbra, Alloh hech bir harakat yoki holatni bekordan-bekor yaratmagan. Abadiyat qonunlariga muvofiq har bir voqea, hodisa va jarayonlar o\u02bbzining muayyan sabablari asosida sodir bo\u02bbladi. Moturidiyning fikricha, olamdagi hech narsa bekorga yaratilmagan. Hamma narsaning sababi, maqsadi va hikmati bor. Shuning uchun ham Alloh taoloning ijodlari borliq qonunlari va aql asoslaridan tashqariga chiqmaydi. U hamma narsani eng yaxshi ko\u02bbrinishda va mustahkam tarzda yaratadi. Uning fikricha, hikmatning ikki xili bor: Birinchisi \u2013 adolat, ikkinchisi \u2013 inoyat. Adolat hamma narsani o\u02bbz o\u02bbrniga qo\u02bbyadi. Xudoning inoyati esa, cheksiz va oxiri yo\u02bbq marhamatdir. \u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cImom Moturidiyning buyukliklari, siyratlarini anglashdagi eng katta manba \u2012 u kishining asarlaridir. Bu zotning ixlosu taqvolari, parhezkorliklari, sog\u02bblom aql va e\u02bctiqoddagi darajalari, aqliy yetukliklari, fikriy ilg\u02bborliklarini u kishining asarlarini o\u02bbrgangan odam darhol fahmlab oladi.\u201d\u00a0<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25553#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>\u00a0Barcha davrlarda ham din insonlarni ma\u02bcnaviy birlashuvini, maqsad-muddaolari mushtarakligini, orzu-umidlar yakdilligini ta\u02bcminlab beruvchi ruhiy vosita hisoblangan. Mana shu vosita davrlar o\u02bbtsada, qanchadan-qancha siyosiy to\u02bbqnashuvlar bo\u02bblsada, o\u02bbzining ruhiy ta\u02bcsir yetish kuchini yo\u02bbqotmagan. \u201cAbu Mansur Moturidiy nafaqat qardosh o\u02bbzbek xalqining, balki ummat rivojiga, muqaddas islomning gumanistik va ratsional asoslarini mustahkamlashga salmoqli hissa qo\u02bbshgan barcha turkiy xalqlarning faxridir\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25553#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>\u00a0. Darhaqiqat, buyuk allomaning falsafiy merosi, butun ilmiy faoliyati va mehnatlarining samarasi bugungi kunda ham jamiyat va unda yashovchi insonlarning ma\u02bcnaviy qiyofasini yaxshilashga, ruhiy barkamollikka va yuksak falsafiy tafakkur egasi bo\u02bblishiga katta yordam beradi. Abu Mansur Moturidiyning falsafiy merosi yoshlar ongining turli ko\u02bbrinishdagi buzg\u02bbunchi g\u02bboyalar bilan zaharlanishiga qarshi turishda hamda ularga qarshi kurashishda o\u02bbta dolzarb va muhim manba hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, Abu Mansur Moturidiy o\u02bbz davrining islomiy ilmlari sohasida eng yetuk bilim sohibi hisoblanib, musulmon dunyosi olimlari tomonidan tan olingan va hozirda ham turli diniy asarlarda zo\u02bbr ehtirom bilan tilga olinadi.\u00a0 Buyuk allomaning ma\u02bcnaviy merosi bilan tanishar ekanmiz,\u00a0 uning bundan qariyb o\u02bbn ikki asr muqaddam ilgari surgan hayotbaxsh g\u02bboyalarini\u00a0 bugungi kun uchun ham to\u02bbliq amalda ko\u02bbllashga munosib deb e\u02bctirof etsak mubolag\u02bba bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan \u00a0adabiyotlar ro\u02bbyxati:<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">\n<ol>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan. (2020 yil 24 yanvar)<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Kitabu\u02bbt-Tevhid, 228-229. Ayr\u0131ca geni\u015f bilgi i\u00e7in bkz. Yaz\u0131c\u0131o\u011flu, M. Sait,\u00a0\u00a0M\u00e2t\u00fcrid\u00ee ve Nesef\u00ee\u02bbye G\u00f6re \u0130nsan H\u00fcrriyeti Kavram\u0131, Ankara 1988, 28-34.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Geni\u015f bilgi i\u00e7in bkz. el-M\u00e2tur\u00eed\u00ee,\u00a0<em>Te\u02bbv\u00eel\u00e2t<\/em>, Topkap\u0131 Saray\u0131\u00a0\u00a0M\u00fczesi Ktp.,\u00a0\u00a0\u00a0Medine B\u00f6l\u00fcm\u00fc, Nu: 180, 796a; el-M\u00e2tur\u00eed\u00ee,\u00a0<em>Te\u02bbv\u00eel\u00e2t<\/em>, Hac\u0131 Selim A\u011fa Ktp., Nu: 40,\u00a0\u00a0v. 888b.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">el-M\u00e2tur\u00eed\u00ee,\u00a0<em>Kit\u00e2bu\u02bbt-Tevh\u00eed<\/em>, 178, 181, 223-224. el-M\u00e2tur\u00eed\u00ee \u02bbnin bu konudaki g\u00f6r\u00fc\u015flerinin tahlili i\u00e7in bkz. Bardako\u011flu, Ali, \u201cH\u00fcsn ve Kubh konusunda Akl\u0131n Rol\u00fc ve\u00a0\u00a0\u0130m\u00e2m M\u00e2tur\u00eed\u00ee\u201d, Ebu Mansur Semerkandi Maturidi adl\u0131 kitap i\u00e7erisinde, 33-49.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hasanxon Yahyo Abdulmajid \u201cTavhid\u201d risolasi ahli sunna aqiydasi bo\u02bbyicha muhim manba (birinchi maqola). T.; 15.03.2020<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sonmez Kutlu. International Conference in Samarkand, dedicated to Imam Maturudi is important and useful. 04\/03\/2020.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25553#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan. (2020 yil 24 yanvar)<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25553#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Kitabu\u02bbt-Tevhid, 228-229. Ayr\u0131ca geni\u015f bilgi i\u00e7in bkz. Yaz\u0131c\u0131o\u011flu, M. Sait,\u00a0\u00a0M\u00e2t\u00fcrid\u00ee ve Nesef\u00ee\u02bbye G\u00f6re \u0130nsan H\u00fcrriyeti Kavram\u0131, Ankara 1988, 28-34.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25553#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Geni\u015f bilgi i\u00e7in bkz. el-M\u00e2tur\u00eed\u00ee,\u00a0<em>Te\u02bbv\u00eel\u00e2t<\/em>, Topkap\u0131 Saray\u0131\u00a0\u00a0M\u00fczesi Ktp.,\u00a0\u00a0\u00a0Medine B\u00f6l\u00fcm\u00fc, Nu: 180, 796a; el-M\u00e2tur\u00eed\u00ee,\u00a0<em>Te\u02bbv\u00eel\u00e2t<\/em>, Hac\u0131 Selim A\u011fa Ktp., Nu: 40,\u00a0\u00a0v. 888b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25553#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0el-M\u00e2tur\u00eed\u00ee,\u00a0<em>Kit\u00e2bu\u02bbt-Tevh\u00eed<\/em>, 178, 181, 223-224. el-M\u00e2tur\u00eed\u00ee \u02bbnin bu konudaki g\u00f6r\u00fc\u015flerinin tahlili i\u00e7in bkz. Bardako\u011flu, Ali, \u201cH\u00fcsn ve Kubh konusunda Akl\u0131n Rol\u00fc ve\u00a0\u00a0\u0130m\u00e2m M\u00e2tur\u00eed\u00ee\u201d, Ebu Mansur Semerkandi Maturidi adl\u0131 kitap i\u00e7erisinde, 33-49.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25553#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0el-M\u00e2tur\u00eed\u00ee,\u00a0Kit\u00e2bu\u02bbt-Tevh\u00eed, 137.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25553#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Hasanxon Yahyo Abdulmajid \u201cTavhid\u201d risolasi ahli sunna aqiydasi bo\u02bbyicha muhim manba (birinchi maqola). T.; 15.03.2020<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25553#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0Sonmez Kutlu. International Conference in Samarkand, dedicated to Imam Maturudi is important and useful. 04\/03\/2020<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Maxsuma ADASHOVA,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cIjtimoiy-gumanitar fanlar\u201d kafedrasi tayanch doktoranti<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cNafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a\u02bczolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma\u02bcrifat, yuksak ma\u02bcnaviyat kerak. Ilm yo\u02bbq joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldan adashish bo\u02bbladi.\u00a0Shavkat Mirziyoyev[1] Islom\u00a0 falsafasida aqida va kalom\u00a0 ilmining sultoni sifatida\u00a0 sharaflangan\u00a0 buyuk mutakallim \u00a0Abu Mansur Moturidiyning shaxsiyati hamda ul zot tomonidan yaratilgan diniy-falsafiy meros namunalari\u00a0 bugungi\u00a0 globallashuv sharoitida ham ma\u02bcnaviy &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5670,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ABU MANSUR MOTURIDIY ILMIY M\u0415ROSINING SHAXS MA\u02bcNAVIY KAMOLOTINI YUKSALTIRISHDAGI AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ABU MANSUR MOTURIDIY ILMIY M\u0415ROSINING SHAXS MA\u02bcNAVIY KAMOLOTINI YUKSALTIRISHDAGI AHAMIYATI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ABU MANSUR MOTURIDIY ILMIY M\u0415ROSINING SHAXS MA\u02bcNAVIY KAMOLOTINI YUKSALTIRISHDAGI AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ABU MANSUR MOTURIDIY ILMIY M\u0415ROSINING SHAXS MA\u02bcNAVIY KAMOLOTINI YUKSALTIRISHDAGI AHAMIYATI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-11-22T09:52:31+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/Imammaturidi.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"650\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"488\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&lang=oz\",\"name\":\"ABU MANSUR MOTURIDIY ILMIY M\u0415ROSINING SHAXS MA\u02bcNAVIY KAMOLOTINI YUKSALTIRISHDAGI AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/Imammaturidi.jpg\",\"datePublished\":\"2022-11-22T09:52:31+00:00\",\"dateModified\":\"2022-11-22T09:52:31+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ABU MANSUR MOTURIDIY ILMIY M\u0415ROSINING SHAXS MA\u02bcNAVIY KAMOLOTINI YUKSALTIRISHDAGI AHAMIYATI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/Imammaturidi.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/Imammaturidi.jpg\",\"width\":650,\"height\":488},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ABU MANSUR MOTURIDIY ILMIY M\u0415ROSINING SHAXS MA\u02bcNAVIY KAMOLOTINI YUKSALTIRISHDAGI AHAMIYATI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ABU MANSUR MOTURIDIY ILMIY M\u0415ROSINING SHAXS MA\u02bcNAVIY KAMOLOTINI YUKSALTIRISHDAGI AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ABU MANSUR MOTURIDIY ILMIY M\u0415ROSINING SHAXS MA\u02bcNAVIY KAMOLOTINI YUKSALTIRISHDAGI AHAMIYATI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ABU MANSUR MOTURIDIY ILMIY M\u0415ROSINING SHAXS MA\u02bcNAVIY KAMOLOTINI YUKSALTIRISHDAGI AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ABU MANSUR MOTURIDIY ILMIY M\u0415ROSINING SHAXS MA\u02bcNAVIY KAMOLOTINI YUKSALTIRISHDAGI AHAMIYATI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-11-22T09:52:31+00:00","og_image":[{"width":650,"height":488,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/Imammaturidi.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&lang=oz","name":"ABU MANSUR MOTURIDIY ILMIY M\u0415ROSINING SHAXS MA\u02bcNAVIY KAMOLOTINI YUKSALTIRISHDAGI AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/Imammaturidi.jpg","datePublished":"2022-11-22T09:52:31+00:00","dateModified":"2022-11-22T09:52:31+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ABU MANSUR MOTURIDIY ILMIY M\u0415ROSINING SHAXS MA\u02bcNAVIY KAMOLOTINI YUKSALTIRISHDAGI AHAMIYATI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/Imammaturidi.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/07\/Imammaturidi.jpg","width":650,"height":488},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25555&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ABU MANSUR MOTURIDIY ILMIY M\u0415ROSINING SHAXS MA\u02bcNAVIY KAMOLOTINI YUKSALTIRISHDAGI AHAMIYATI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25555"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=25555"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25555\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25556,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25555\/revisions\/25556"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/5670"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=25555"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=25555"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=25555"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}