{"id":25546,"date":"2022-11-21T09:58:03","date_gmt":"2022-11-21T04:58:03","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25546"},"modified":"2022-11-21T09:58:03","modified_gmt":"2022-11-21T04:58:03","slug":"shaxsni-jamiyatga-qayta-moslashtirishda-d%d0%b5radikalizitsiyaning-ahamiyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&lang=oz","title":{"rendered":"SHAXSNI JAMIYATGA QAYTA MOSLASHTIRISHDA D\u0415RADIKALIZITSIYANING AHAMIYATI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda inson qalbi va ongi uchun kurashning yangidan yangi usul va vositalari ko\u02bbpayib bormoqda. Ayniqsa, bu borada dindan niqob sifatida foydalanishga urinishlar rivojlanib borayotgani tashvishlanarli hol. Xususan, diniy e\u02bctiqodiy tushunchalarni noto\u02bbg\u02bbri talqin etish orqali dunyoning turli mintaqalarida bosqinchilik, qo\u02bbporuvchilik va terrorchilik harakatlarini sodir etish holatlari avj olib bormoqda. Bu esa millatlararo va dinlararo adovat, millatchilik hamda diniy ayirmachilik kayfiyatining shakllanishiga zamin yaratmoqda. Natijada uzoq yillar davomida tinch-osuda rivojlanish yo\u02bblida bo\u02bblgan jamiyatlar parokanda bo\u02bblib, aholi urushlar girdobida qolib ketmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirda dunyo hamjamiyatini katta tashvishga solayotgan muammolardan biri bu turli distruktiv oqimlarga qo\u02bbshilib, so\u02bbngra bu yo\u02bbldan qaytayotgan insonlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish borasida kuchli mexanizm ishlab chiqish bo\u02bblib qolmoqda. Sababi, bugungi kunga kelib dunyoning qizg\u02bbin urush ketayotgan o\u02bbchoqlarida ayrim ekstremistik va terroristik oqimlarning faoliyatiga chek qo\u02bbyildi. Lekin shunga qaramasdan bu hududlarda qo\u02bbporuvchilik harakatlari davom etmoqda. Mazkur teraktlarga sabab sifatida mutaxassislar distruktiv oqimlardan qolgan va turli hududlarga tarqalib ketgan qoldiqlar, ya\u02bcni o\u02bbz yo\u02bblini topa olmayotgan jangarilar hamda ularning oila-a\u02bczolari ekanini ta\u02bckidlamoqdalar. Shuning uchun ham mazkur holatlarni bartaraf etishda reabilitatsion dasturlarning ahamiyati va amaliyotga tatbiq etilishi bugungi kunda dolzarb masalalaridan hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bilan birga jahon xalqaro tashkilot hamda ilmiy tadqiqot markazlari ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish dasturlariga e\u02bctibor qaratganda birinchilardan bo\u02bblib, radikallashuvga olib kelgan omillarni oldini olish va deradikalizatsiyani kuchaytirish kerakligini alohida ta\u02bckidlab o\u02bbtilgan. Sababi ekstremistlarga aylangan shaxslarda olib borilgan tahlillar shuni ko\u02bbrsatadiki, ularning jamiyatdagi turli masalalarda yechimini topmagan qarashlari va ijtimoiy muammolari natijasida odamlar nisbatan radikal qarash hamda munosabatda bo\u02bblish shakllangan. Shu kabi fikrlovchilarning insonlar orasida ko\u02bbpayib borishi esa ularning distruktiv faoliyat olib borishiga turtki bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuning uchun ham shaxsni jamiyatga qayta moslashtirishda deradikalizitsiyaning ahamiyati juda muhim hisoblanadi. Bundan tashqari xalqaro miqyosdagi tashkilot va ekspertlarning fikricha, deradikalizatsion mexanizmlarni amaliyotga tatbiq etishdan oldin radikallashuvga olib keladigan omillarini o\u02bbrganib ularni bartaraf etish talab etilishini ta\u02bckidlamoqdalar. Negaki radikal qarashdan qaytib jamiyatga qo\u02bbshilib ketgan shaxsda radikallashishiga sabab bo\u02bblgan holatlar o\u02bbsha muhitida yana paydo bo\u02bblsa yoki takrorlansa, deradikalizatsiyaning samaradorligi pasayib ketadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Reabilitatsion jarayonlar bilan bog\u02bbliq bo\u02bblgan holat haqida so\u02bbz yuritishdan avval, radikallashuv nima ekanligi va uning bugungi kundagi oqibatlari xususida mutaxassisilar va xalqaro tashkilotlar tomonidan o\u02bbtkazilgan tadqiqotlarga to\u02bbxtalib o\u02bbtish o\u02bbrinlidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Radikalizm (lot. radicalis \u2014 ildiz) \u2013 mavjud davlat tuzumini tanqid ostiga olib, radikal o\u02bbzgarishlar va islohotlar o\u02bbtkazishni talab etuvchi siyosiy harakat hisoblanadi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25543#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>. Mazkur siyosiy tushunchaga diniy tus berish natijasida, mutaassib xarakter bilan dinga amal qiluvchi shaxslar vujudga kelishi kuzatiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Deradikalizatsiya \u2013 jamiyatda radikallashgan shaxslarni birlashtirishga qaratilgan va radikallashuvini oldini olishga bo\u02bblgan amaliy harakat hisoblanadi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25543#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>. Qisqacha radikallashuvni oldini olish desak mubolag\u02bba bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi tez sur\u02bcatlarda rivojlanib borayotgan zamonda aholi orasida radikallashuvning kuchayishi, ekstremizm xavfining ortishi hamda terrorizmning o\u02bbta vahshiylashib borayotgani jahon hamjamiyatini tashvishlantirmoqda. Bunday salbiy holatning shakllanishiga qanday omillar sabab bo\u02bblayotgani borasida bir qator xalqaro tadqiqot institutlari tomonidan izlanishlar olib borilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masalan, \u201cSearch for Common Ground\u201d xalqaro nodavlat va notijorat tashkiloti tomonidan \u201cAxborot oqimlari va Markaziy Osiyoda ekstremizmga olib boruvchi radikallashuv\u201d (Information flows and Radicalization leading to violent extremism in Central Asia) deb nomlangan tadqiqot ishining taqdimoti o\u02bbtkazildi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25543#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur tadqiqot Qozog\u02bbiston, Qirg\u02bbiziston va Tojikiston Respublikalarida o\u02bbtkazilgan bo\u02bblib, unda radikalizmga xayrixohlikni keltirib chiqaruvchi axborot oqimlari va ishonchli axborot manbalarini aniqlash va tahlil qilish maqsadida uchta tarkibiy qismda amal oshirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birinchi qismda, 2013-2018 yillarda Markaziy Osiyodagi OAVlarida chop etilgan materiallar o\u02bbrganilgan va tahlil qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tahlil xulosalariga ko\u02bbra, radikalizm va ekstremizmni vujudga kelishiga quyidagi omillar sabab, jamiyatdagi tengsizlik, mafkuraviy bo\u02bbshliq, ishsizlik, ayollar huquqining cheklanishi, diniy va dunyoviy bilimlarni bir-biridan uzoqlashishi, axborot xuruji muammo sifatida ko\u02bbrsatiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchi qismda, 201 nafar respondentlar (46 nafar mutaxassis<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">va bevosita ekstremizmga aloqador bo\u02bblgan shaxslar, ularning oila a\u02bczolari hamda 155 nafar yoshlar, ayollar va ishchi migrantlar) bilan o\u02bbtkazilgan suhbatlar bo\u02bblib, unda respondentlarning axborot manbalari, ulardan foydalanishi, jamiyat, siyosat, davlatga oid qarashlari hamda din va radikalizm borasidagi tushunchalari qiyosiy o\u02bbrganilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqot natijalari har bir davlat hududida yashovchi fuqarolarning o\u02bbziga xosligidan kelib chiqqan holda turlicha bo\u02bblgan. Jumladan, Qozog\u02bbistonlik respondentlarning aksariyati (dindor va dindor bo\u02bblmagan) jamiyatda dinning tutgan o\u02bbrni borasida berilgan savollarga ijobiy qarashini bildirgan bo\u02bblsa, radikallashuvga olib boruvchi vositalar deb soxta salafiylarni ko\u02bbrsatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qirg\u02bbizistonlik respondentlar jamiyatda radikalizmning rivojlanishida, yoshlarning turli terroristik guruhlar tarkibiga qo\u02bbshilib qolishi, davlat idoralariga aholining ishonchsizligi va etnik diskriminatsiyani sabab sifatida ko\u02bbrsatganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tojikistonlik respondentlar esa, aholida diniy bilimlarning yetishmasligi va mehnat muhojirlarining ko\u02bbpayishi radikallashuvga olib boruvchi asosiy omil sifatida baholaganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchinchi qismda, Qozog\u02bbiston, Qirg\u02bbiziston va Tojikiston Respublikalarining har biridan 600 nafar respondentlar bilan OAVlarida tarqatilayotgan axborot iste\u02bcmoli va ishonchlilik darajasi tahlil qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Unga ko\u02bbra, uchala davlatning barchasida rasmiy telekanallar ommabop ekanligi va undagi berilayotgan ma\u02bclumotlar ishonchli axborot manbasi hisoblanishi ta\u02bckidlangan. Shuningdek, radikallashuv va ekstremizmni oldini olishda bu vositalardan unumli foydalanishi aytib o\u02bbtilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25543#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari Jorj Vashington universiteti qoshidagi Yevropa, Rossiya va Yevro Osiyo tadqiqotlari institutining Markaziy Osiyo dasturi tadqiqotchisi Noy Takkerning (Noah Tucker) \u201cTerrorism without a God: Reconsidering Radicalization and Counter-Radicalization Models in Central Asia\u201d (\u201cXudosiz terrorizm: Markaziy Osiyodagi radikallashuv va radikallashuvga qarshi kurash modellarini qayta ko\u02bbrib chiqish\u201d) deb nomlangan tadqiqoti ham diqqatga sazovor. Unda Markaziy Osiyo mamlakatlari misolida radikallashuvning sabablari tahlil qilingan va deradikalizatsiya bo\u02bbyicha xulosalar berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2016 va 2018 yillarda Qozog\u02bbiston, Qirg\u02bbiziston, Tojikiston davlatlarida N.Takkerning o\u02bbtkazgan tadqiqoti xulosalariga ko\u02bbra, \u201cislomning radikallashuvi\u201d borasidagi qarashdan ko\u02bbra, \u201cradikallashuvning islomlashgani\u201d to\u02bbg\u02bbrisida ta\u02bckidlash o\u02bbrinli ekani qayd etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaziy Osiyo mamlakatlarida o\u02bbtkazilgan tadqiqot natijalariga ko\u02bbra, radikalizm vujudga kelishiga sabab sifatida etnik, iqtisodiy, diniy yoki ularning qorishmasidan yuzaga keladigan muammolar ekanligi qayd etilgan. Mazkur holatlarni oldini olishda muloqot va to\u02bbg\u02bbri tushuntirish mexanizmlarida kamchiliklar borligi ta\u02bckidlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shundan kelib chiqib tadqiqot doirasida norozi kayfiyatdagi kishilar din omillardan emas, balki ijtimoiy, siyosiy yoki shaxsiy holatlar sabab radikallashgani alohida misollar orqali aytib o\u02bbtilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqot muallifi fikricha, radikal va zo\u02bbravon qarashlarni targ\u02bbib qiluvchi guruhlarning xulq-atvorini, dunyoqarashini tushunib olishda teologik yondashuvlardan tashqariga chiqish lozim. ISHID vakillari qanchalik \u201csof islom\u201d nomidan gapirmasin, o\u02bbz manfaatidan kelib chiqib ish yuritgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masalan, muqaddas manbalardagi oyatlarni noto\u02bbg\u02bbri talqin qilishdi. Shu bilan birga, \u201cadolat\/adolatsizlik\u201d tushunchalaridan kelib chiquvchi ijtimoiy e\u02bctirozlarni xalifalik qurish orqali hal etish mexanizmlarini taklif qiladi hamda shu narsalar bilan insonlarni kelajakka ishontiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqot ishida Markaziy Osiyo mamlakatlarida din omili bilan bog\u02bbliq radikallashuvdan ko\u02bbra, milliy, etnik masalalarda keskinlik va kelishmoqchiliklar mavjudligi alohida qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, tadqiqotchi jamiyat orasida radikallashuvga sabab bo\u02bbluvchi bir qator omillarni ham sanab o\u02bbtadi. Jumladan, 1) jamiyat orasida ijtimoiy masalalarda e\u02bctirozlarning ko\u02bbpayishi, 2) ishsizlik va migratsiya, 3) bilimsizlik, 4) iqtisodiy omillar, 5) ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlardagi axborot oqimi, 6) diniy masalalarda kamsitilishning vujudga kelishi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25543#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jorj Vashington universiteti tadqiqotchisining izlanishlari bugungi kunda global ahamiyat kasb etayotgan muammolarni o\u02bbrganilganligi va ijtimoiylashuv borasida o\u02bbziga xos takliflar berganligi bilan ahamiyatlidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari Qirg\u02bbizistonlik tadqiqotchi, olim hamda \u201cInson huquqi va jinoyatchilik siyosati\u201d bo\u02bbyicha mutaxassis Q.Rahimberdin olib borgan izlanishlariga ko\u02bbra, radikallashuvga sabab bo\u02bblgan omillarni o\u02bbrganish va uni bartaraf etish asosida reabilitatsion mexanizmlarni amaliyotga joriy etish samarali ekani qayd etilgan. Uning fikricha, radikallashuvning ortishiga va zo\u02bbravon ekstremizmning yuzaga kelishiga beshta sabab turtki berishi mumkin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 aholida ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlar darajasining pasayishi va yo\u02bbqolishi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 ayrim ijtimoiy qatlam vakillarining jamiyat orasida ajralib qolishi va kamsitilishi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 inson huquqi va qonun ustuvorligining buzilishi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 ijtimoiy muammolarning ko\u02bbpayib ketishi va to\u02bbxtatib bo\u02bblmaydigan mojarolarning avj olishi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 qamoqxonalardagi mahbuslarning radikallashuvi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25543#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu zo\u02bbravonlikka yetaklaydigan potensial yo\u02bbllarning hech birini alohida-alohida olib qaralmasligi kerak, chunki ushbu jarayonda holatlar bir-biriga bog\u02bbliq bo\u02bblishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu o\u02bbrinda \u201czo\u02bbravon ekstremizm\u201d nima ekanligi borasida to\u02bbxtalib o\u02bbtish o\u02bbrinlidir. Ushbu atamaning barcha tan olgan umumiy ta\u02bcrifi mavjud emas. Uning milliy, mintaqaviy va xalqaro darajalarda ishlab chiqilgan bir qancha ta\u02bcriflar mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masalan, Avstraliya qonunchiligida zo\u02bbravon ekstremizmiga \u201cmafkuraviy, diniy, siyosiy maqsadlarga erishish yo\u02bblida amalga oshirilgan keskin xatti-harakat va unga undovchi omillarni qo\u02bbllab-kuvvatlash\u201d deya ta\u02bcriflangan. Bundan tashqari, AQSHda \u201cFederal tergov byurosi\u201d zo\u02bbravon ekstremizmiga \u201csiyosiy, mafkuraviy, diniy, ijtimoiy yoki iqtisodiy maqsadlarga erishish yo\u02bblida keskin harakatini amalga oshirishni rag\u02bbbatlantirish, unga yo\u02bbl qo\u02bbyib berish, oqlash yoki qo\u02bbllab-quvvatlash\u201d deb ta\u02bcrif beradi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25543#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak deradikalizatsiyaning ahamiyati masalasida so\u02bbz yuritganda avvalo radikallashuv sabablari o\u02bbrganiladi. Bunday radikallik holatlari ijtimoiy muhitda asosan diniy bo\u02bblmagan holatlar ta\u02bcsirida vujudga kelishi mumkin ekan. Bu borada Janubiy-sharqiy Osiyo tadqiqot markazlarida ham ishlar olib borilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masalan, Singapurdagi \u201cSiyosiy zo\u02bbravonlik va terrorizmni tadqiq etish xalqaro markazi\u201d tahlilchisi Abdul Bositning ta\u02bckidlashicha, yoshlarni radikallashtirish va jangari guruhlarga yollashda ekstremist \u201cdiniy arboblar\u201dning vositachilik rolini katta bo\u02bblgani hamda aynan ular inson psixologiyasi, diniy qarashlari va ularning qalbidagi eng qadrli tuyg\u02bbularning o\u02bbzgarishiga sabab bo\u02bblgan holda, turli ekstremist guruhlarga yollab bergan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25543#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida sanab o\u02bbtilgan bir qancha omillar bevosita insonning qalbi va ongiga ta\u02bcsir ko\u02bbrsatish orqali ularni radikal fikrlashiga, turli ekstremistik oqim va guruhlarga qo\u02bbshilib qolishiga xayrixohlik bildirishga sabab bo\u02bblgan holatlar hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shaxsni jamiyatga qayta moslashtirishda yuqoridagi masalalarga e\u02bctibor qaratganda avvalo siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy muammolar sababli aholi ayniqsa, yoshlar orasida radikalizmga xayrixohlik bildirish holatlarini oldini olish eng asosiy omil sifatida baholanadi. Sababi shaxsning radikal g\u02bboyalar ta\u02bcsiriga berilmasligi uning deradikalizatsiya qilinishiga imkon qoldirmaydi. Mazkur holatlarda kuzatilishi mumkin bo\u02bblgan masalalarni barcha tashkilotlar bir yoqadan bosh chiqargan holda bartaraf etishi davlatning tinchlik va osoyishtaligini yanada mustahkamlashga zamin yaratadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25543#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Begmatov E. Radikalizm \/\/ O\u02bbzbek tilining izohli lug\u02bbati.-Toshkent. Davlat ilmiy nashriyoti, 2007.\u2013B. 337.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25543#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Strategii Kongressa po borbe s radikalizatsiyey. Preduprejdeniye radikalizatsii i proyavleniy nenavisti na mestnom urovne \/\/ URL:\u00a0<a href=\"https:\/\/rm.coe.int\/1680719e1c\">https:\/\/rm.coe.int\/1680719e1c<\/a>, 20.10.2015.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25543#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0\u201cSearch for Common Ground\u201d xalqaro nodavlat va notijorat tashkilot bo\u02bblib, 1982 yil 22 martda asos solingan. Vashington va Bryusselda o\u02bbz shtab-kvartirasiga ega. Maqsadi ziddiyatli masalalarni yechishda an\u02bcanaviy usullaridan foydalanib, muammolarni tinch yo\u02bbl bilan hal qilish.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25543#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Search for Common Ground (SCG). Information flows and Radicalization leading to violent extremism in Central Asia. \u2013 Washington DC, 2019., URL:\u00a0<a href=\"https:\/\/www.sfcg.org\/\">https:\/\/www.sfcg.org<\/a>, 2019.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25543#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Noah Tucker. Terrorism without a God: Reconsidering Radicalization and Counter-Radicalization Models in Central Asia \/\/ URL:\u00a0<a href=\"https:\/\/centralasiaprogram.org\/archives\/13164\">https:\/\/centralasiaprogram.org\/archives\/13164<\/a>, 25.09.2019.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25543#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Ekstremistlik va terrorchilik jinoyatlari uchun jazoga hukm qilingan shaxslar bilan ish olib boradigan mutaxassislarning fikricha, mahbuslarni radikallashuvdan qaytarish jarayoni murakkab<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">va og\u02bbir. Buning uchun mahbuslarni radikallashuvdan qaytarish bo\u02bbyicha maxsus ijtimoiy dasturlar joriy etish zarur bo\u02bbladi. Shuning uchun asosiy maqsad radikallashuvning oldini olish va ogohlantirishga qaratilgan targ\u02bbibot ishlari ijtimoiy qatlamlar orasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ish bilan bolalar bog\u02bbchasidan boshlab, maktablarda, oliy o\u02bbquv yurtlarida shug\u02bbullanish zarur. Davlat idoralari bunday muammolarni hal etishga kompleks tarzda yondashuvi talab etiladi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25543#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0Murataliyeva N.O texnologiyax i nyuansax radikalizatsii v gosudarstvax Sentralnoy Azii \/\/ URL:\u00a0<a href=\"https:\/\/caa-network.org\/archives\/18256\">https:\/\/caa-network.org\/archives\/18256<\/a>, 27.10.2019.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25543#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u00a0Rehman B.Z. Worry grows as \u02bbIslamic State\u02bb recruiting focuses on educated youth \/\/ URL:\u00a0<a href=\"https:\/\/www.central.%20asia-news.com\/uz-Cyrl\/articles\/cnmi_ca\/features\/2019\/05\/10\/feature-01\">https:\/\/www.central. asia-news.com\/uz-Cyrl\/articles\/cnmi_ca\/features\/2019\/05\/10\/feature-01<\/a>, 10.05.2019.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nodir SHOMIRZAYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Axborot tahlil markazi mutaxassisi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda inson qalbi va ongi uchun kurashning yangidan yangi usul va vositalari ko\u02bbpayib bormoqda. Ayniqsa, bu borada dindan niqob sifatida foydalanishga urinishlar rivojlanib borayotgani tashvishlanarli hol. Xususan, diniy e\u02bctiqodiy tushunchalarni noto\u02bbg\u02bbri talqin etish orqali dunyoning turli mintaqalarida bosqinchilik, qo\u02bbporuvchilik va terrorchilik harakatlarini sodir etish holatlari avj olib bormoqda. Bu esa millatlararo va dinlararo adovat, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":25544,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>SHAXSNI JAMIYATGA QAYTA MOSLASHTIRISHDA D\u0415RADIKALIZITSIYANING AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"SHAXSNI JAMIYATGA QAYTA MOSLASHTIRISHDA D\u0415RADIKALIZITSIYANING AHAMIYATI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"SHAXSNI JAMIYATGA QAYTA MOSLASHTIRISHDA D\u0415RADIKALIZITSIYANING AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"SHAXSNI JAMIYATGA QAYTA MOSLASHTIRISHDA D\u0415RADIKALIZITSIYANING AHAMIYATI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-11-21T04:58:03+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/deradikal.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&lang=oz\",\"name\":\"SHAXSNI JAMIYATGA QAYTA MOSLASHTIRISHDA D\u0415RADIKALIZITSIYANING AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/deradikal.jpg\",\"datePublished\":\"2022-11-21T04:58:03+00:00\",\"dateModified\":\"2022-11-21T04:58:03+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"SHAXSNI JAMIYATGA QAYTA MOSLASHTIRISHDA D\u0415RADIKALIZITSIYANING AHAMIYATI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/deradikal.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/deradikal.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"SHAXSNI JAMIYATGA QAYTA MOSLASHTIRISHDA D\u0415RADIKALIZITSIYANING AHAMIYATI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"SHAXSNI JAMIYATGA QAYTA MOSLASHTIRISHDA D\u0415RADIKALIZITSIYANING AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"SHAXSNI JAMIYATGA QAYTA MOSLASHTIRISHDA D\u0415RADIKALIZITSIYANING AHAMIYATI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"SHAXSNI JAMIYATGA QAYTA MOSLASHTIRISHDA D\u0415RADIKALIZITSIYANING AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"SHAXSNI JAMIYATGA QAYTA MOSLASHTIRISHDA D\u0415RADIKALIZITSIYANING AHAMIYATI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-11-21T04:58:03+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/deradikal.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&lang=oz","name":"SHAXSNI JAMIYATGA QAYTA MOSLASHTIRISHDA D\u0415RADIKALIZITSIYANING AHAMIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/deradikal.jpg","datePublished":"2022-11-21T04:58:03+00:00","dateModified":"2022-11-21T04:58:03+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"SHAXSNI JAMIYATGA QAYTA MOSLASHTIRISHDA D\u0415RADIKALIZITSIYANING AHAMIYATI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/deradikal.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/deradikal.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25546&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"SHAXSNI JAMIYATGA QAYTA MOSLASHTIRISHDA D\u0415RADIKALIZITSIYANING AHAMIYATI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25546"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=25546"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25546\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25547,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25546\/revisions\/25547"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/25544"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=25546"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=25546"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=25546"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}