{"id":25492,"date":"2022-11-16T10:26:09","date_gmt":"2022-11-16T05:26:09","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25492"},"modified":"2022-11-16T10:34:18","modified_gmt":"2022-11-16T05:34:18","slug":"islohotlar-va-tashabbuslar-e%ca%bctirofi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&lang=oz","title":{"rendered":"ISLOHOTLAR VA TASHABBUSLAR E\u02bcTIROFI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>16 NOYABR \u2013 XALQARO BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK KUNI<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbnggi yillarda Yangi O\u02bbzbekistonda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini jadal taraqqiy ettirish, mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga qo\u02bbshish sari katta qadamlar tashlanib, ezgu tashabbuslar ilgari surilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumladan, turli diniy konfessiya vakillari o\u02bbrtasida o\u02bbzaro do\u02bbstlik, ahillik, hamjihatlik kabi rishtalarni yanada mustahkamlash, ulug\u02bb allomalarning boy ilmiy merosini o\u02bbrganish, islom dinining tinchlikparvar va ma\u02bcrifatga asoslangan tamoyillarini qaror toptirish borasidagi tashabbuslar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yuksak baholanyapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatda fuqarolarning vijdon erkinligi sohasidagi konstitutsion huquqlarini ta\u02bcminlash, jamiyatda diniy bag\u02bbrikenglik va dinlararo do\u02bbstlik-hamkorlik g\u02bboyalarini yanada mustahkamlashga alohida e\u02bctibor qaratilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xususan, 2017-2021 yillarda O\u02bbzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo\u02bbnalishi bo\u02bbyicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yo\u02bbnalishi \u2014 xavfsizlik, diniy bag\u02bbrikenglik va millatlararo totuvlikka bag\u02bbishlangani ham mazkur masalaga davlat siyosatining ustuvor yo\u02bbnalishi sifatida qaralishini bildirsa, 2022-2026 yillarga mo\u02bbljallangan Yangi O\u02bbzbekiston Taraqqiyot strategiyasi dasturining 5-yo\u02bbnalishi doirasida Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag\u02bbrikenglik muhitini mustahkamlash masalasi alohida maqsad sifatida bayon etilgani \u2014 ushbu yo\u02bbnalish alohida masala sifatida muntazam e\u02bctiborda ekanini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shundan kelib chiqib, tegishli davlat organlari va jamoat tashkilotlari tomonidan fuqarolarning Konstitutsiya bilan kafolatlangan vijdon erkinligi huquqini ta\u02bcminlash hamda diniy bag\u02bbrikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan keng ko\u02bblamli ishlar olib borilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda O\u02bbzbekistonda jami 2335 diniy tashkilot adliya idoralari tomonidan davlat ro\u02bbyxatidan o\u02bbtkazilgan. <u>Shundan 2 139 tasi islomiy, 174 tasi xristian diniy tashkiloti, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, 1 tasi krishnani anglash jamiyati, 1 tasi buddaviylar ibodatxonasi va 1 tasi O\u02bbzbekiston Bibliya jamiyatidir<\/u>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita huzuridagi Konfessiyalar ishlari kengashining tarkibida O\u02bbzbekistonda faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar vakillari a\u02bczolari 9 tadan 17 taga kengayib, hozir ushbu kengashning yig\u02bbilishlari yiliga ikki marta o\u02bbtkazilayotganini yangilik sifatida eslab o\u02bbtish maqsadga muvofiq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Diniy bag\u02bbrikenglik borasidagi islohotlar haqida gap ketganda, joriy yilning 5 iyul kuni qabul qilingan O\u02bbzbekiston Respublikasining \u201cVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qonunini alohida qayd etish lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu qonun konfessiyalararo totuvlikni ta\u02bcminlash, jamiyatda turli din va e\u02bctiqod vakillari o\u02bbrtasida o\u02bbzaro bag\u02bbrikenglik, hamjihatlikni yanada mustahkamlashda huquqiy asos bo\u02bblib xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><u>Qonundagi prinsipial yangiliklar haqida gapirganda, ular diniy-ma\u02bcrifiy sohada olib borilayotgan keng ko\u02bblamli islohotlarning izchil davomi sifatida, avvalo, har bir insonning vijdon erkinligini ta\u02bcminlash uchun qulay sharoitlarni yaratishga, huquqni qo\u02bbllash amaliyotiga aniqliklar kiritishga alohida e\u02bctibor qaratilganini ta\u02bckidlash o\u02bbrinlidir<\/u>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qonun asosida diniy tashkilotlarni ro\u02bbyxatdan o\u02bbtkazish va tugatish bilan bog\u02bbliq tartib soddalashtirilib, bu borada muhim yengilliklar joriy etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xususan, mahalliy diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar va boshqa konfessiyalar ibodatxonalarini tashkil etish bo\u02bbyicha tashabbuskor fuqarolar soni ikki barobar kamaytirilib, 50 nafardan kam bo\u02bblmagan etib belgilandi. Shuningdek, diniy tashkilotning markaziy boshqaruv organi va diniy ta\u02bclim muassasalarini tuzish uchun ham 100 nafar tashabbuskor bo\u02bblishi haqidagi talab bekor qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Respublikamizda turli dinlarga e\u02bctiqod qiluvchi insonlarning barcha ibodat va marosimlarini emin-erkin bajarib, diniy bayramlarini keng miqyosda nishonlashi uchun ham har tomonlama imkoniyatlar yaratib berilmoqda. <u>Jumladan, musulmonlarning ikki Hayit bayrami, nasroniylarning Pasxa va Rojdestvo, yahudiylarning Peysax, Purim va Xanuka bayramlari keng nishonlanmoqda. <\/u><u>Ushbu <\/u><u>sanalarda <\/u><u>konfessiya <\/u><u>yetakchilarining bir-birini o\u02bbzaro bayram bilan tabriklashi yaxshi an\u02bcanaga aylangan.<\/u><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">16 noyabr \u2014 Xalqaro bag\u02bbrikenglik kuni munosabati bilan turli diniy konfessiya vakillari, xorijiy davlat va xalqaro tashkilotlar mas\u02bcullari ishtirokida har yili xalqaro konferensiya o\u02bbtkazilar edi. So\u02bbnggi yillarda mazkur sana munosabati bilan turli konferensiya va anjumanlar, davra suhbati va uchrashuvlarni o\u02bbz ichiga qamrab olgan \u201cBag\u02bbrikenglik haftaligi\u201dning joriy etilgani, shubhasiz, jamiyatda bag\u02bbrikenglik g\u02bboyalarining mustahkamlanishi, turli millat va elat hamda diniy konfessiya vakillari o\u02bbrtasida o\u02bbzaro do\u02bbstlik va hamjihatlik munosabatlarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistondagi diniy erkinlik, dinlararo barqarorlik va diniy bag\u02bbrikenglikni mustahkamlash borasida jiddiy qadamlar tashlangani, bu boradagi ijobiy o\u02bbzgarishlar xalqaro hamjamiyat e\u02bctiboriga tushdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqaro diniy erkinliklar sohasidagi bir qator ekspertlar, soha mutaxassislari mamlakatimizga tashrifi chog\u02bbida diniy erkinlikni ta\u02bcminlash, amaldagi normalarni soddalashtirish, radikalizmga qarshi kurashish, qolaversa, ma\u02bcrifiy islom g\u02bboyalarini ilgari surish borasidagi amaliy ishlarga o\u02bbzlari bevosita guvoh bo\u02bblyapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><u>Shuni alohida ta\u02bckidlash kerakki, yurtimizda minglab mahkumlarning afv etilishi, fuqarolarning turli ro\u02bbyxatlardan chiqarilishi, diniy tashkilotlarni ro\u02bbyxatdan o\u02bbtkazish tartibi soddalashtirilishi, <\/u><u>shuningdek, \u201cMehr\u201d operatsiyalari doirasida mojaroli hududlardan ayollar va yosh bolalarning yurtimizga olib kelinishi, diniy tashkilotlarni ro\u02bbyxatdan o\u02bbtkazish tartib-taomillarining soddalashtirilishi ekspertlar tomonidan yuqori darajadagi islohotlar sifatida e\u02bctirof etilmoqda. Qolaversa, O\u02bbzbekiston diniy sohadagi \u201cAlohida tashvish tug\u02bbdiradigan davlatlar\u201d ro\u02bbyxatidan chiqarilgani ham bu boradagi ishlarning yorqin amaliy ifodasidir.<\/u><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir so\u02bbz bilan aytganda, O\u02bbzbekistondagi diniy bag\u02bbrikenglik borasidagi faoliyat dunyodagi ko\u02bbp konfessiyali mamlakatlarga namuna qilib ko\u02bbrsatsa arziydigan darajada ekani xalqaro ekspertlar, turli diniy konfessiya rahbarlari tomonidan baralla yangramoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, O\u02bbzbekistonning ushbu yo\u02bbnalishdagi ilg\u02bbor tashabbuslari xalqaro hamjamiyatning olqishiga sazovor bo\u02bblmoqda. Misol uchun, <u>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga ko\u02bbra, 2018 yil 12 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida tashkilotga a\u02bczo 193 mamlakat tomonidan yakdillik bilan qabul qilingan \u201cMa\u02bcrifat va diniy bag\u02bbrikenglik\u201d rezolyutsiyasi<\/u>ni shular jumlasiga kiritish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur rezolyutsiya jahonda ekstremizm, terrorizm muammosi avj olib, turli din va e\u02bctiqod vakillariga nisbatan toqatsiz, murosasiz munosabatlar kuzatilayotgan bir vaqtda global tahdidlarga qarshi kurashishning samarali vositasi sifatida ma\u02bcrifat, ta\u02bclim-tarbiya masalasini ilgari surgani, barchaning ta\u02bclim olish huquqini ta\u02bcminlash, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko\u02bbmaklashish, eng muhimi, bag\u02bbrikenglik va o\u02bbzaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta\u02bcminlashga qaratilgani bilan jahon hamjamiyatining e\u02bctiborini tortgani yanada ahamiyatli.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Joriy yil 16-20 may kunlari Toshkent va Buxoro shaharlarida \u201cDeklaratsiyalar muloqoti\u201d xalqaro forumi bo\u02bblib o\u02bbtdi. Tadbirda o\u02bbnga yaqin davlat, jumladan, AQSH, Angliya, Avstriya, Saudiya Arabistoni Podshohligi, Indoneziya, Nigeriya, Gana kabi mamlakatlarning 30 dan ortiq taniqli ilohiyotshunos, diniy ulamo va rasmiy mutasaddi vakillari ishtirok etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Forum doirasida ko\u02bbp millatli jamiyatda konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish sohasida tajriba almashish, diniy erkinlik masalalarida qonun ustuvorligini ta\u02bcminlash, turli din vakillari o\u02bbrtasida o\u02bbzaro ishonch va hurmatni mustahkamlash bo\u02bbyicha ilg\u02bbor amaliyot bilan tanishish yuzasidan ilmiy-amaliy seminarlar o\u02bbtkazildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Forum yakuni bo\u02bbyicha \u201cBuxoro deklaratsiyasi\u201d qabul qilindi. <u>Hujjatda O\u02bbzbekiston tajribasidan kelib chiqib, jahon hamjamiyati bilan dunyoda ma\u02bcrifat va diniy bag\u02bbrikenglik tamoyillarini qaror toptirish, shuningdek, turli dinlar o\u02bbrtasidagi muloqotni kuchaytirishga bo\u02bblgan chaqiriq ifodalangani ham yurtimizdagi bag\u02bbrikenglik siyosatining naqadar to\u02bbg\u02bbri o\u02bbzanda ketayotganiga yaqqol dalildir.<\/u><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, ko\u02bbp konfessiyali davlatlar, xususan, O\u02bbzbekistonda diniy bag\u02bbrikenglik borasidagi yondashuvlar va qarashlarga yangicha nigoh bilan nazar tashlash, ushbu yo\u02bbnalishdagi faoliyatni tizimli va tartibli tashkil etishni zamonning o\u02bbzi taqozo etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston tajribasi va ushbu yo\u02bbnalishdagi islohotlar tom ma\u02bcnoda o\u02bbzining ijobiy samarasini bermoqda. Bu esa, o\u02bbz navbatida, mamlakatdagi turli konfessiya vakillarining o\u02bbzaro ahil, inoq va hamjihatlikda faoliyat yuritishiga asos bo\u02bblayotir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Pirovardida, yurtdagi tinchlik va osoyishtalikni ta\u02bcminlash hamda o\u02bbzaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga erishilmoqda.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ilhom MA\u02bcRUPOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Vazirlar Mahkamasi huzuridagi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita raisi maslahatchisi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2022 yil 16 noyabr, 234(756) son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>16 NOYABR \u2013 XALQARO BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK KUNI So\u02bbnggi yillarda Yangi O\u02bbzbekistonda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini jadal taraqqiy ettirish, mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga qo\u02bbshish sari katta qadamlar tashlanib, ezgu tashabbuslar ilgari surilmoqda. Jumladan, turli diniy konfessiya vakillari o\u02bbrtasida o\u02bbzaro do\u02bbstlik, ahillik, hamjihatlik kabi rishtalarni yanada mustahkamlash, ulug\u02bb allomalarning boy ilmiy merosini o\u02bbrganish, islom dinining tinchlikparvar &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":25491,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ISLOHOTLAR VA TASHABBUSLAR E\u02bcTIROFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ISLOHOTLAR VA TASHABBUSLAR E\u02bcTIROFI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ISLOHOTLAR VA TASHABBUSLAR E\u02bcTIROFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ISLOHOTLAR VA TASHABBUSLAR E\u02bcTIROFI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-11-16T05:26:09+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-11-16T05:34:18+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/20221116_yuz.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"596\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&lang=oz\",\"name\":\"ISLOHOTLAR VA TASHABBUSLAR E\u02bcTIROFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/20221116_yuz.jpg\",\"datePublished\":\"2022-11-16T05:26:09+00:00\",\"dateModified\":\"2022-11-16T05:34:18+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ISLOHOTLAR VA TASHABBUSLAR E\u02bcTIROFI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/20221116_yuz.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/20221116_yuz.jpg\",\"width\":660,\"height\":596},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ISLOHOTLAR VA TASHABBUSLAR E\u02bcTIROFI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ISLOHOTLAR VA TASHABBUSLAR E\u02bcTIROFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ISLOHOTLAR VA TASHABBUSLAR E\u02bcTIROFI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ISLOHOTLAR VA TASHABBUSLAR E\u02bcTIROFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ISLOHOTLAR VA TASHABBUSLAR E\u02bcTIROFI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-11-16T05:26:09+00:00","article_modified_time":"2022-11-16T05:34:18+00:00","og_image":[{"width":660,"height":596,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/20221116_yuz.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&lang=oz","name":"ISLOHOTLAR VA TASHABBUSLAR E\u02bcTIROFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/20221116_yuz.jpg","datePublished":"2022-11-16T05:26:09+00:00","dateModified":"2022-11-16T05:34:18+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ISLOHOTLAR VA TASHABBUSLAR E\u02bcTIROFI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/20221116_yuz.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/20221116_yuz.jpg","width":660,"height":596},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25492&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ISLOHOTLAR VA TASHABBUSLAR E\u02bcTIROFI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25492"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=25492"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25492\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25498,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25492\/revisions\/25498"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/25491"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=25492"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=25492"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=25492"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}