{"id":25414,"date":"2022-11-11T08:31:25","date_gmt":"2022-11-11T03:31:25","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25414"},"modified":"2022-11-10T15:33:31","modified_gmt":"2022-11-10T10:33:31","slug":"xvi-asrda-buxoroda-ilmiy-faoliyat-olib-borgan-xorijlik-b%d0%b5sh-nafar-olim-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&lang=oz","title":{"rendered":"XVI ASRDA BUXORODA ILMIY FAOLIYAT OLIB BORGAN XORIJLIK B\u0415SH NAFAR OLIM"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayboniylar (1500-1599) davri ilm-ma\u02bcrifat va madaniyatda temuriylar (1370-1500) davomchilari bo\u02bblib, ular davrida ham Buxoro va, aytish mumkinki, Movarounnahr diyori butun islom olamida o\u02bbz shon-shuhratini yo\u02bbqotmagan edi. Masalan, Buxoroda XVI asrda paydo bo\u02bblgan va ilmiy faoliyat yurita boshlaganiga bugun 500 yil bo\u02bblgan \u201cMir Arab\u201d madrasasi ilk davridanoq butun islom olamida shuhrat qozondi. Unga butun dunyodan talabalar kelib, tahsil ola boshladilar. Uning shuhratiga yana bir sabab, dunyoning mashhur olimlari kelib, u yerda dars berganlar. Mustafo ar-Rumiy, Kamoliddin Ibrohim ash-Shirvoniy, Mavlono Fazlulloh ibn Ro\u02bbzbehon ash-Sheroziy, Asomiddin Ibrohim al-Isfaroiniy va G\u02bbiyosiddin al-Bahrobodiy kabi olimlar \u201cMir Arab\u201d madrasasi qurilgandan keyin Movarounnahrga kelib, ilmiy faoliyat olib borganlar. Biroq, hanuzgacha ushbu olimlar to\u02bbg\u02bbrisida yetarlicha ma\u02bclumotlar uchramaydi, uning Movarounnahrdagi ilmiy faoliyatlari to\u02bbliq o\u02bbrganilgan emas. Mazkur olimlarning hayoti va ijodi O\u02bbzbekistonda deyarli ilmiy tadqiq qilinmagan, desak mubolag\u02bba bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XVI asrda Buxoroga kelib ilmiy faoliyat olib borgan olimlardan biri Mustafo ar-Rumiy (vaf. 963\/1556) hisoblanadi. U zot uzoq muddat Buxoroda istiqomat qilib, hadis fanida dars bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavlono Safiyuddin Mustafo ar-Rumiy haqida \u201cMuzakkiri ahbob\u201d tazkirasida \u201cMavlono Rumning taniqli kishilaridandir\u201d, deyilgan. Boshqa o\u02bbrinda esa uni \u201cSanad al-muhaddisin\u201d deb zikr qilingan. Uning avvaliga Makkai mukarramada \u201cFarjai A\u02bclo\u201d madrasasida hadis va \u201cQur\u02bcon\u201d tafsiridan dars bergani, keyin Buxoroda bir muddat hadisdan dars berish bilan ham shug\u02bbullangani aytib o\u02bbtilgan. U mantiq, hikmat, tib, usul va furu\u02bc ilmlarida mahorat kasb etgani qayd qilingan. Biroq, uning aynan qaysi sanada Buxoroga kelgani va bu yerda qancha muddat bo\u02bblgani aytilgan emas<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAyn at-tavorix\u201d asarida olimni \u201cMudarris al-hadis\u201d (\u201cHadis fanidan dars beruvchi\u201d) va \u201cMusnid al-Buxoro\u201d (\u201cBuxoroning hadis ilmidan sanad beruvchisi\u201d) deb ta\u02bcriflangan va uni Sayyid Jamoliddin muhaddis al-Haraviy (vaf. 926 h.\/1520 m.) shogirdi, deb qayd qilingan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.\u00a0\u00a0 \u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadis ilmi bo\u02bbyicha mutaxassis bo\u02bblgan Mustafo ar-Rumiy, Buxoroda asosan, \u201cMishkot al-masobeh\u201ddan dars bergan. Uni o\u02bbqib tugatilganidan so\u02bbng esa o\u02bbz shogirdlariga ijoza (shahodatnoma) ham taqdim qilgan. Uning bergan ijozatnomasidan 2 ta matni O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozmalar fondida saqlanayotgan \u201cMishkot al-masobeh\u201dning ikkita qo\u02bblyozmasida saqlab qolingan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>. Bir qo\u02bblyozmadagi ijoza esa Muslihiddin Mustafo ar-Rumiy tomonidan 963 h.\/1556 m. yili yozilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>. Demak, shu yili ham Mustafo ar-Rumiy talabalarga dars bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur qo\u02bblyozmalar va ulardagi qaydlar asosida Mustafo ar-Rumiy Buxoroda 945-963 h.\/1538-1556 m. yillarda istiqomat qilib, \u201cMir Arab\u201d madrasasida hadis fanidan talabalarga dars bergan, deb taxmin qilishimiz mumkin<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>. \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buxoroda mashhur bo\u02bblgan olimlardan yana biri Asomiddin Ibrohim ibn Muhammad Arabshoh al-Isfaroiniy (vaf. 943\/1537) hisoblanadi. U Hirotda \u201cShohruh Mirzo\u201d mardasasida mudarris bo\u02bblgan, 1520 m. yilda esa Buxoroga kelgan. Uning \u201cSharh al-Aqoid an-nasafiya\u201dga hoshiyasi mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMuzakkiri ahbob\u201dda Ubaydullohxon (hukmronlik yillari 1533-1540) Asomiddin Isfaroiniyga peshindan keyin arab tilida bitta ruboiy yozib yuborgani, u esa namozshomgacha ruboiyni sharh qilib bitta risola yozib jo\u02bbnatgani qayd qilingan. Tazkirada aytilishicha, \u201cmazkur ruboiyning har bir misrasi bobida olti yuz ellik ma\u02bcno aytganlar\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cKashf az-zunun\u201dda Asomiddin Ibrohim al-Isfaroiniyning \u201cSharh ash-Shofiya\u201d asari to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumot berilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biroq, Asomiddin Isfaroiniy bilan Ubaydullohxonning orasi buzilib qoladi. Bunga Qozi Mahmud Azizon (XVI asr) bilan bo\u02bblgan bahs-munozara sabab bo\u02bbladi. Qozi Azizon Ubaydullohxonning fiqhdagi ustozi va fatvo to\u02bbplami muallifi edi<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>. Shuning natijasida, uni Buxorodan chiqarib yuboriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMuzakkiri ahbob\u201dda aytilishicha, Asomiddin Isfaroiniy Samarqandda 943 h.\/1537 m. yili vafot qilgan va Xoja Ahror valiy hazratlari qabrlari yoniga dafn qilingan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XVI asrda Buxoroga kelib ilmiy faoliyat olib borgan olimlardan yana biri Mavlono Fazlulloh al-Amin ibn Ro\u02bbzbehon al-Xunjiy ash-Sheroziy al-Isfahoniy (1458-1521) bo\u02bblib, yirik olim. 1475-1482 yillarda Bag\u02bbdod, Shom, Makka, Madina shaharlarida tahsil olgan. Shialar xuruji davrida Buxoroga kelib yashab qoladi. Shayboniyxon vafot qilganida, u Samarqandda edi. Ubadullohxonni qo\u02bbllab-quvvatlagani bois yana Buxoroga kelib umrining oxirigacha yashab qoladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMuzakkiri ahbob\u201dda \u201cKeksalik yoshiga yetib, Buxoroda vafot etgan kishilar\u201d faslida Fazlulloh ibn Ro\u02bbzbehon muhaddis va mufassir sifatida zikr qilingan. Ko\u02bbplab asarlari borligi, fors tilida tafsir yozgani, hadis kitoblarini sharhlab bergani, shogirdlari ko\u02bbp ekani, \u201csunnat bid\u02bcat ahli orasidagi tafovutlarni aniq ko\u02bbrsatuvchi kitob\u201d muallifi ekani, oshkora (jahriy) zikr qilishi, Buxoroning Xiyobon ko\u02bbchasida dafn qilingani qayd qilingan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fazlulloh ibn Ro\u02bbzbehon Movarounnahr hukmdori Ubaydullohxonga atab 1512 yili \u201cSuluk al-muluk\u201d asarini bitgan. 1508-1509 yilda esa \u201cMehmonnomai Buxoro\u201d asarini bitgan. Bundan tashqari, \u201cHalli tajrid\u201d, \u201cBade\u02bc az-zamon\u00a0 fi qissati Hayy ibn Yaqzon\u201d, \u201cTa\u02bcrixi olamoroyi Yaminiy\u201d, \u201cSharh Qasidai burda\u201d asarlarini yozgan. Olimning \u201cMehmonnomai Buxoro\u201d asarining ilmiy-izohli tarjimasi 1976 yili Moskvada nashr qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XVI asrda Buxoroga kelib ilmiy faoliyat olib borgan olimlardan yana biri \u201cSayf al-ulamo\u201d, ya\u02bcni o\u02bbz davrida \u201cOlimlar qilichi\u201d faxriy unvoni bilan tanilgan Kamoliddin Ibrohim ash-Shirvoniy hisoblanadi. U zot Buxoroda istiqomat qilgan, Samarqandda bir muddat yashagan. Buxoroda Bahoudin Naqshband (1318-1389) qabri yoniga dafn qilingan. Buxoroda dars berish bilan shug\u02bbullangan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>. Ibrohim ibn Ali ash-Shirvoniy haqida \u201cMo\u02bbjam al-muallifin\u201dda 892 h.\/1487 m. yildan oldin hayot ekani yozilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>. K.Brokkelmann uning \u201car-Risola ash-shofiya fi ma\u02bcrifat al-aruz va-l-qavofiy\u201d nomli asari borligini yozgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XVI asrda Buxoroga kelib ilmiy faoliyat olib borgan olimlardan yana biri hindistonlik faylasuf olimlardan hisoblangan G\u02bbiyosiddin al-Bahrobodiydir. U falsafa (hakamiyot) ilmida mohir bo\u02bblgan. Talabalar madrasalarda eng oxirgi bosqichda o\u02bbqiydigan \u201cHikmat al-ayn\u201d kitobidan saboq bergan. \u201cMuzakkiri ahbob\u201dda aytilishicha, \u201cHikmat ilmi bo\u02bbyicha yaxshi asarlari bor\u201d va u ham Bahouddin Naqshband hazratlarining qabrlari yoniga dafn qilingan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qadim Movarounnahr diyori azaldan ilm-fan markazlaridan bo\u02bblib kelgan. Bu yerning hukmdorlari ham ilm-fan homiylari sifatida butun dunyoga dong taratgan. Madrasalar va o\u02bbquv yurtlarida Musulmon Sharqining barcha tomonlaridan talabalar oqib kelishgan. Movarounnahrning barcha yirik shaharlarida dunyoning turli tomonlaridan kelgan olimlar va ulamolar ilmiy faoliyat olib borganlar. Bu barcha davrlarga xos jihat ekani sir emas. XVI asrda ham shayboniylar hukmronlik qilgan Movarounnahr ilm markazi sifatidagi o\u02bbrnini saqlab qola bildi. Buxoro, Samarqand, Kesh, Xorazm, Toshkent va Farg\u02bbona shaharlariga dunyoning turli tomonlaridan olimlar kelib-ketib turar, ayrimlari bir muddat, boshqalari esa butunlay qolib, o\u02bbzlarining ilmiy faoliyatlarini olib borishgan, bu yerlik olimlar bilan ilmiy hamkorlik qilishgan. Ana shunday olimlardan bir nechtasi haqida, garchi ularning soni ko\u02bbp bo\u02bblsa-da, Mustafo Rumiy, Asomiddin Isfaroiniy, Fazlulloh ibn Ro\u02bbzbehon Isfahoniy, Kamoliddin Shirvoniy, G\u02bbiyosiddin Bahrobodiy kabi olimlar to\u02bbg\u02bbrisida bu yerda birlamchi ma\u02bclumotlar berishga harakat qildik.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Hasanxoja Nisoriy. Muzakkiri ahbob \/ Fors tilidan Ismoil Bekjon tarjimasi. \u2013 Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1993. \u2013 B. 325.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Hoji Abdulazim Shar\u02bciy Somiy Buxoriy. Ayn ut-tavorix. O\u02bbzR FA SHI-1 kutubxonasi, \u2116 4217. \u2013 V. 177<sup>b<\/sup>.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Valiyuddin at-Tabriziy. Mishkot al-masobeh. O\u02bbzR FA SHI-1 kutubxonasi, \u2116 6663 va \u2116 3745.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Valiyuddin Tabriziy. Mishkot al-masobeh. O\u02bbzbekiston Milliy Universiteti kutubxonasi qo\u02bblyozmasi, \u2116 193. \u2013 V. 1<sup>a<\/sup>-537<sup>a<\/sup>.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Aminov Kh. \u201cBuhara Mir Arap medresesi m\u00fcderrisi: Mustafa R\u00fbm\u00ee\u201d (Buxorodagi \u201cMir Arab\u201d madrasasi mudarrisi: Mustafo Rumiy) \/\/ Uluslararas\u0131 \u201cOrta Asya\u02bbdan Anadolu\u02bbya \u0130sl\u00e2m\u00ee \u0130limler\u201d Sempozyumi Bildirleri Kitab\u0131 . Karab\u00fbk Universitesi (Turkiye), 2021. \u2013 S. 409-412.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Hasanxoja Nisoriy. Muzakkiri ahbob \/ Fors tilidan Ismoil Bekjon tarjimasi. \u2013 Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1993. \u2013 B. 172.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0Hoji Xalifa. Kashf az-zunun. 2-jild. \u2013 Istanbul: Maarif matbaasi, 1941. \u2013 B. 1021.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u00a0Hasanxoja Nisoriy. Muzakkiri ahbob \/ Fors tilidan Ismoil Bekjon tarjimasi. \u2013 Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1993. \u2013 B. 24.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a>\u00a0Hasanxoja Nisoriy. Muzakkiri ahbob \/ Fors tilidan Ismoil Bekjon tarjimasi. \u2013 Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1993. \u2013 B. 68-74.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a>\u00a0Hasanxoja Nisoriy. Muzakkiri ahbob \/ Fors tilidan Ismoil Bekjon tarjimasi. \u2013 Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1993. \u2013 B. 74.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a>\u00a0Umar Kahhola. Mo\u02bbjam al-muallifin. 1-jild. \u2013 Bayrut: Dor ehyo at-turos al-arabiy, 1957.\u00a0 \u2013 B. 66.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a>\u00a0Brockelmann: g ,II, 194.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25411#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a>\u00a0Hasanxoja Nisoriy. Muzakkiri ahbob \/ Fors tilidan Ismoil Bekjon tarjimasi. \u2013 Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1993. \u2013 B. 156.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Hamidulloh AMINOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzFA SHI katta ilmiy xodimi,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>tarix fanlari nomzodia<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shayboniylar (1500-1599) davri ilm-ma\u02bcrifat va madaniyatda temuriylar (1370-1500) davomchilari bo\u02bblib, ular davrida ham Buxoro va, aytish mumkinki, Movarounnahr diyori butun islom olamida o\u02bbz shon-shuhratini yo\u02bbqotmagan edi. Masalan, Buxoroda XVI asrda paydo bo\u02bblgan va ilmiy faoliyat yurita boshlaganiga bugun 500 yil bo\u02bblgan \u201cMir Arab\u201d madrasasi ilk davridanoq butun islom olamida shuhrat qozondi. Unga butun dunyodan talabalar &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":25412,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>XVI ASRDA BUXORODA ILMIY FAOLIYAT OLIB BORGAN XORIJLIK B\u0415SH NAFAR OLIM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"XVI ASRDA BUXORODA ILMIY FAOLIYAT OLIB BORGAN XORIJLIK B\u0415SH NAFAR OLIM\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"XVI ASRDA BUXORODA ILMIY FAOLIYAT OLIB BORGAN XORIJLIK B\u0415SH NAFAR OLIM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"XVI ASRDA BUXORODA ILMIY FAOLIYAT OLIB BORGAN XORIJLIK B\u0415SH NAFAR OLIM\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-11-11T03:31:25+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-11-10T10:33:31+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/bukhari_buxoriy2022_165.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&lang=oz\",\"name\":\"XVI ASRDA BUXORODA ILMIY FAOLIYAT OLIB BORGAN XORIJLIK B\u0415SH NAFAR OLIM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/bukhari_buxoriy2022_165.jpg\",\"datePublished\":\"2022-11-11T03:31:25+00:00\",\"dateModified\":\"2022-11-10T10:33:31+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"XVI ASRDA BUXORODA ILMIY FAOLIYAT OLIB BORGAN XORIJLIK B\u0415SH NAFAR OLIM\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/bukhari_buxoriy2022_165.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/bukhari_buxoriy2022_165.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"XVI ASRDA BUXORODA ILMIY FAOLIYAT OLIB BORGAN XORIJLIK B\u0415SH NAFAR OLIM\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"XVI ASRDA BUXORODA ILMIY FAOLIYAT OLIB BORGAN XORIJLIK B\u0415SH NAFAR OLIM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"XVI ASRDA BUXORODA ILMIY FAOLIYAT OLIB BORGAN XORIJLIK B\u0415SH NAFAR OLIM","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"XVI ASRDA BUXORODA ILMIY FAOLIYAT OLIB BORGAN XORIJLIK B\u0415SH NAFAR OLIM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"XVI ASRDA BUXORODA ILMIY FAOLIYAT OLIB BORGAN XORIJLIK B\u0415SH NAFAR OLIM","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-11-11T03:31:25+00:00","article_modified_time":"2022-11-10T10:33:31+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/bukhari_buxoriy2022_165.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&lang=oz","name":"XVI ASRDA BUXORODA ILMIY FAOLIYAT OLIB BORGAN XORIJLIK B\u0415SH NAFAR OLIM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/bukhari_buxoriy2022_165.jpg","datePublished":"2022-11-11T03:31:25+00:00","dateModified":"2022-11-10T10:33:31+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"XVI ASRDA BUXORODA ILMIY FAOLIYAT OLIB BORGAN XORIJLIK B\u0415SH NAFAR OLIM","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/bukhari_buxoriy2022_165.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/bukhari_buxoriy2022_165.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25414&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"XVI ASRDA BUXORODA ILMIY FAOLIYAT OLIB BORGAN XORIJLIK B\u0415SH NAFAR OLIM"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25414"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=25414"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25414\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25415,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25414\/revisions\/25415"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/25412"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=25414"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=25414"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=25414"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}