{"id":25034,"date":"2022-10-28T08:36:27","date_gmt":"2022-10-28T03:36:27","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=25034"},"modified":"2022-10-27T10:36:43","modified_gmt":"2022-10-27T05:36:43","slug":"ma%ca%bcnaviy-barkamol-avlodni-tarbiyalashda-oilaviy-muhitning-o%ca%bbrni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&lang=oz","title":{"rendered":"MA\u02bcNAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA OILAVIY MUHITNING O\u02bbRNI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo etishda ma\u02bcnaviy barkamol, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish biz uchun umummilliy miqyosidagi kechiktirib bo\u02bblmaydigan vazifa bo\u02bblib qolmoqda. O\u02bbz istiqboli, kelajagini o\u02bbylagan har qaysi inson, xalq, millat, mamlakat o\u02bbz farzandlarining ma\u02bcnaviy \u2013 ma\u02bcrifiy tarbiyasi haqida o\u02bbylashi va qayg\u02bburishi kerak. Zero, buyuk ma\u02bcrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta\u02bckidlaganidek: \u201cTarbiya bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo najot \u2013 yo halokat, yo saodat \u2013 yo falokat masalasidur\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bolalarni tarbiyalashda ota-ona, oila, maktab, jamiyat a\u02bczolarining ta\u02bcsiri hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shuni inobatga olgan holda, ma\u02bcnaviy barkamol avlodni tarbiyalashda ota-onaning, oilaning o\u02bbrni haqida so\u02bbz yuritamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bolaning xarakteri, tabiati, tarbiyasi, dunyoqarashi, atrofdagilarga munosabati oila sharoitida qaror topadi. Shuningdek, bola ma\u02bcnaviyatini shakllantirish ta\u02bclim-tarbiya tizimi bilan ham uzviy bog\u02bbliqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bola tarbiyasini qachon boshlash lozim, uning tarbiyasida nimalarga ko\u02bbproq e\u02bctibor berilish kerak, bu jarayonda oila va o\u02bbquv dargohining roli qanday? kabi savollar ko\u02bbp ming yillik tarix davomida insoniyatni o\u02bbylantirib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ota-ona bolaning birinchi ustozlaridir. Bola ota-onasining xatti-harakatlarini ko\u02bbrib, ularni o\u02bbrganib ulg\u02bbayadi. Bir olimning yoniga uch oylik chaqaloq bilan kelib, undan \u201cbola tarbiyasini qachon boshlash kerak?\u201d, \u2013 deb so\u02bbraganlarida, olim: \u201co\u02bbn ikki oy kechikdingiz\u201d, deb javob bergan ekan. Ya\u02bcni, tarbiyani bola tug\u02bbilganidan keyin emas, balki homiladorlik davridanoq boshlash kerak. Bunda onaning o\u02bbrni muhim ahamiyat kasb etadi. Ingliz shoiri va dramaturgi O. Goldsmit aytganidek, ayollar insoniyatning ilk murabbiylaridir. Zero, tug\u02bbilmagan bolaning olamga nisbatan ishonch va ishonchsizlik hissi bolaga onadan kelib tushuvchi ma\u02bclumotlar asosida shakllanadi. Onaning his-tuyg\u02bbulari bola psixikasi va xarakterining shakllanishida yo ijobiy, yo salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadi. Tug\u02bbilajak bola jismoniy rivojiga onaning hayot tarzi, ovqatlanish madaniyati, zararli odatlari bor yoki yo\u02bbqligi ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadi. Ya\u02bcni, agar ota yoki onada salbiy odatlar bo\u02bblsa, bu ularning farzandlarida qaytalanadi. Bu odatlar bolaning jismoniy holatigagina emas, balki uning ruhiy-ma\u02bcnaviy holatiga ham ta\u02bcsir qiladi, albatta.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ota-onaning bolaga go\u02bbdaklik chog\u02bbidan sevgi, mehr berishi, to\u02bbg\u02bbri parvarish va tarbiya qilishi unda ishonch tuyg\u02bbusini shakllantiradi. Bu davrda ota-ona va farzand o\u02bbrtasida iliq, yoqimli taassurot uyg\u02bbonadi. Bola boshqalar bilan ham shunday munosabatga kirishadi. Bolaning o\u02bbziga ishonishi, o\u02bbzini hurmat qilishi muhim bo\u02bblib, ota-ona doimo uni tinglashi, uni rag\u02bbbatlantirishi, unda sevgi, mehr, hurmat, sabr-qanoat va ishonch tuyg\u02bbularini uyg\u02bbotishi lozim. Olimlar jamiyatda tez tushkunlikka tushadigan insonlarni o\u02bbrganib tahlil qilganlarida, ularning ko\u02bbpchiligi bolalik davrida yaqinlari tomonidan kam e\u02bctibor berilgan yoki umuman e\u02bctiborsiz o\u02bbsganliklari aniqlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oilada yetarli mehr va samimiylikni ko\u02bbrgan bola axloqiy qadriyatlarni o\u02bbzida mujassamlashtirishga intiladi. Valid ibn Numayr ibn Avsdan rivoyat qilinadi: \u201cU otasining \u201cSolihlik Allohdan, odob otalardan\u201d, \u2013 deganini eshitgan ekan. Bundan ma\u02bclum bo\u02bbladiki, bolaning kim bo\u02bblib yetishishi Alloh taoloning qadari bilan bo\u02bblsa ham, uning odobli bo\u02bblishida ota-onaning o\u02bbrni katta. Zero, Allohning O\u02bbzi bolaning kim bo\u02bblib yetishishiga ota-ona tomonidan beriladigan tarbiyani sabab qilib qo\u02bbygan. Agar uyda kattalar baqirib chaqirishsa, bunday oilada ulg\u02bbayayotgan bolaga sokin va sabrli bo\u02bblishni o\u02bbrgatish qiyin. Zero, qush uyasida ko\u02bbrganini qiladi. Bola jamiyat qadriyatlari va madaniyatini oiladan o\u02bbrganishni boshlaydi. U, eng avvalo, ota va onasidan ibrat oladi. Bola uyda hamma narsani kuzatishi, eshitishi, ko\u02bbrishi, taqlid qilishini unutmagan holda harakat qilish lozim. Ota-ona qanchalar yaxshi tarbiya bermasin, o\u02bbz xulq-atvorini tuzatmasa, bolasining boshqalarga ibrat bo\u02bbladigan farzandga aylanishini kutmagani ma\u02bcqul.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bolani qattiq nazorat qilish, unga baqirish, yonida janjallashish, vaqtida ovqatlantirmaslik, atayin yig\u02bblatish \u2013 endigina ishonch tuyg\u02bbusi uyg\u02bbonayotgan bolaga katta yomonlik qilish bilan teng. Natijada bola qo\u02bbrqoq, ichimdagini top, deydigan bo\u02bblib qoladi. Kattalar buni sezmasliklari mumkin. Biroq, mutaxassislar fikricha, ota-onaning tez-tez janjallashishlari bolaning kasalliklarga oson chalinishi, yolg\u02bbon gapirishi va tartibsiz bo\u02bblishining bosh sababidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Farzand maktabga ilk qadamini qo\u02bbyganidan boshlab, qiyinchiliklarni yengishga ishonishi lozim. Savollariga u tushunadigan tarzda javob berish kerak. Unga dalda bo\u02bblish, qoqilganida o\u02bbrnidan turib, oldinga intilishni o\u02bbrgatish lozim. Shuningdek, ularga imkoniyat darajasini inobatga olgan holda topshiriqlar berish kerak. Bu haqda amaliy psixologiyada quyidagi fikr keltiriladi: \u201cOdamning bironta faoliyatining muvaffaqiyat bilan bajarilishi, avvalo odamda bo\u02bblgan bilim saviyasi va malakasiga bog\u02bbliqdir\u201d. Insondagi malaka esa yillar davomida shakllanib boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda ta\u02bclim tizimini takomillashtirish, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash mustaqil O\u02bbzbekistonning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bu maqsad yo\u02bblida katta ishlar olib borilayotgani ham sir emas. Yoshlar bilim olishga undalmoqda va ularga zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bolalarga yuragidagi tuyg\u02bbularni so\u02bbz bilan ifodalashlari uchun ko\u02bbmaklashish darkor. Tuyg\u02bbularini ifodalay olmagan bola o\u02bbzini chorasiz his qiladi. Bolaning aytgan gaplari, so\u02bbzlayotgan voqealari ota-ona uchun shunchaki oddiy gapdek tuyulsa-da, bola uchun e\u02bctiborli va muhim bo\u02bblib ko\u02bbrinadi. Farzandni vaqtida va e\u02bctibor bilan tinglamaslik, vaqt o\u02bbtishi bilan bola va ota-ona orasida jarlikni paydo qiladi. Hatto, begonalardek uzoqlashuvga sabab bo\u02bblib, bunday vaziyatda bolalarda jinoyat ko\u02bbchasiga kirish yoki o\u02bbz joniga qasd qilish kabi holatlar kuzatilishini ta\u02bckidlash muhimdir. Olimlar o\u02bbz joniga qasd qilishni ko\u02bbpincha psixologik inqiroz bilan bog\u02bblaydilar. Bu avvalo shaxsning ichki shaxsiy aloqalarini uzilishi, o\u02bbzi taalluqli bo\u02bblgan ijtimoiy guruhdan begonalashuvi oqibatida paydo bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir inson necha yoshda bo\u02bblishidan qat\u02bci nazar \u201cmeni sevadilar\u201d degan tuyg\u02bbu bilan yashashni istaydi. Bolani tushunishda va qiynayotgan muammolarini hal qilishda uning gapirishiga qulay vaziyat yaratish, eshitish muhimdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bola so\u02bbzini tamomlamasdan biron fikrni bildirish yoki qarshi fikr aytish noo\u02bbrin. Bola o\u02bbzini bezovta qilayotgan narsani tushuntirishda, tuyg\u02bbularini ifodalashda ba\u02bczan qiynaladi. Shuning uchun suhbat chog\u02bbida unga dalda berishlarini xohlaydi. Bunday vaqtlarda bolaga zarda qilmasdan, muloyimlik bilan so\u02bbzlashish, gap orasida \u201cshundaymi?\u201d, \u201cHa, barakalla\u201d, \u201cshunday degin\u201d, \u201cqiziq, keyin nima bo\u02bbldi\u201d singari dalda beruvchi so\u02bbzlardan foydalanish zarur. Bu bilan bola o\u02bbzining ishonchli suyanchi, ko\u02bbmakchisi, mehriboni borligini his qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytish mumkinki, shaxs tarbiyasida ota-ona bilimlarini doimiy oshirib borishlari lozim. Yagona haqiqat shuki, uyda ota-ona, maktabda ustoz va murabbiylar ma\u02bcnaviy boy, dunyoqarashi keng bo\u02bblishlari zarur. Shundagina o\u02bbsib kelayotgan avlodlarga to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbl ko\u02bbrsata olish mumkin. Eng muhimi ularning psixologik rivojlanishi, ruhiyatidagi o\u02bbzgarishlar to\u02bbg\u02bbrisida umumiy ma\u02bclumotga ega bo\u02bblish mumkin bo\u02bbladi. Bu esa o\u02bbz o\u02bbrnida munosabatlarni to\u02bbg\u02bbri rivojlanishiga, ularni hayotini oldindan ko\u02bbra bilishga, kelajagini porloq qilib voyaga yetkazishga katta yordam beradi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Bahodir KARIMOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Dinshunoslik ekspertizasi bo\u02bblimi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>bosh mutaxassisi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo etishda ma\u02bcnaviy barkamol, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish biz uchun umummilliy miqyosidagi kechiktirib bo\u02bblmaydigan vazifa bo\u02bblib qolmoqda. O\u02bbz istiqboli, kelajagini o\u02bbylagan har qaysi inson, xalq, millat, mamlakat o\u02bbz farzandlarining ma\u02bcnaviy \u2013 ma\u02bcrifiy tarbiyasi haqida o\u02bbylashi va qayg\u02bburishi kerak. Zero, buyuk ma\u02bcrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta\u02bckidlaganidek: \u201cTarbiya &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":25033,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MA\u02bcNAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA OILAVIY MUHITNING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"MA\u02bcNAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA OILAVIY MUHITNING O\u02bbRNI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MA\u02bcNAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA OILAVIY MUHITNING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"MA\u02bcNAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA OILAVIY MUHITNING O\u02bbRNI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-10-28T03:36:27+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-10-27T05:36:43+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/bukhari_buxoriy2022_159.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&lang=oz\",\"name\":\"MA\u02bcNAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA OILAVIY MUHITNING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/bukhari_buxoriy2022_159.jpg\",\"datePublished\":\"2022-10-28T03:36:27+00:00\",\"dateModified\":\"2022-10-27T05:36:43+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"MA\u02bcNAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA OILAVIY MUHITNING O\u02bbRNI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/bukhari_buxoriy2022_159.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/bukhari_buxoriy2022_159.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MA\u02bcNAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA OILAVIY MUHITNING O\u02bbRNI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MA\u02bcNAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA OILAVIY MUHITNING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"MA\u02bcNAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA OILAVIY MUHITNING O\u02bbRNI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MA\u02bcNAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA OILAVIY MUHITNING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"MA\u02bcNAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA OILAVIY MUHITNING O\u02bbRNI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-10-28T03:36:27+00:00","article_modified_time":"2022-10-27T05:36:43+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/bukhari_buxoriy2022_159.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&lang=oz","name":"MA\u02bcNAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA OILAVIY MUHITNING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/bukhari_buxoriy2022_159.jpg","datePublished":"2022-10-28T03:36:27+00:00","dateModified":"2022-10-27T05:36:43+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"MA\u02bcNAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA OILAVIY MUHITNING O\u02bbRNI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/bukhari_buxoriy2022_159.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/bukhari_buxoriy2022_159.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=25034&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MA\u02bcNAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA OILAVIY MUHITNING O\u02bbRNI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25034"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=25034"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25034\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25035,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/25034\/revisions\/25035"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/25033"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=25034"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=25034"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=25034"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}