{"id":24749,"date":"2022-10-18T09:32:35","date_gmt":"2022-10-18T04:32:35","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=24749"},"modified":"2022-10-18T09:32:45","modified_gmt":"2022-10-18T04:32:45","slug":"futuvvat-ta%ca%bclimoti-g%ca%bbarb-va-sharq-olimlarining-talqinida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&lang=oz","title":{"rendered":"FUTUVVAT TA\u02bcLIMOTI G\u02bbARB VA SHARQ OLIMLARINING TALQINIDA"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Haqiqatning muxlislari \u2013 uning do\u02bbstlaridir<\/em><\/strong>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bcnaviy qadriyatlarimizning tiklanishi bilan tarix sahifasidagi bizga noma\u02bclum bo\u02bblgan ko\u02bbplab muammolarni o\u02bbrganish, tahlil qilish va ilmiy jihatdan asoslab berish bugungi kunda muhim masalaga aylandi. Milliy madaniyatimizning rivojlanishi tabiiy ravishda uning asosiy manbai bo\u02bblmish madaniy merosimizni chuqur va ilmiy asosda izchil o\u02bbrganishimizni taqozo etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arablar Movarounnahrni istilo qilgach o\u02bblkamizdagi ma\u02bcnaviy, madaniy merosni yo\u02bbqqa chiqarib, o\u02bbz siyosatini olib bordi. Bu borada ularga islom dini, Qur\u02bconi karim dastur vazifasini o\u02bbtadi. Natijada arab tilini, islom dinini, Qur\u02bconi karimni o\u02bbrgangan kishilarning soni ko\u02bbpayib ularning jamiyatdagi nufuzi ham oshib bordi. Bu o\u02bbz navbatida Movarounnahrda IX-XII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy hayot bilan birgalikda ma\u02bcnaviy, madaniy hayotning ham rivojlanishini \u2013 \u201cSharq renessansi\u201dni keltirib chiqardi. IX-XII asrlarda o\u02bblkamizni boshqargan mahalliy hukmdorlar madaniyat va ma\u02bcnaviyatning rivoji uchun qulay muhit yaratdiki, natijada yurtimizdan chiqqan buyuk daholar o\u02bbz qobiliyati, ijodi bilan jahon madaniyati durdonalarining xazinasini boyitdi. Bu davrda dunyoviy bilimlar bilan birgalikda islom madaniyati ham rivojlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining yuksalishida islom dini va uning insonparvarlik g\u02bboyalari, shuningdek, turli tariqat yo\u02bbllarining ahamiyati katta rol o\u02bbynagan. Musulmon olamida tasavvuf tariqatining ham salmoqli o\u02bbrni bor. Jumladan, X asrdan boshlab Movarounnahrning shaharlarida yuzaga kelgan futuvvat ta\u02bclimoti va islom olamidagi ijtimoiy-siyosiy hayot g\u02bbarb va sharq adiblarining e\u02bctiborini o\u02bbziga jalb etib keldi. Islomga doir barcha masalalar va atamalarni, musulmon mamlakatlariga oid ma\u02bclumotlarni o\u02bbzida jamlagan \u201cIslom ensiklopediyasi\u201dning yaratilishi bu e\u02bctiborning natijasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ensiklopediya XX asrning boshida nashr etilgan. Nemis, golland, fransuz va ingliz sharqshunoslari uning asosiy tashabbuskorlari bo\u02bblgan. Bu to\u02bbrt jildli kitob 1908-1938 yillarda bir vaqtda nemis, ingliz va fransuz \u00a0tilida Leydunda nashr etilgan. Ensiklopediya 1933-1965 yillarda arab tiliga tarjima qilingan va 1950 yilda Istanbulda turk tilida qayta \u00a0ishlangan va to\u02bbldirilgan holda chop etilgan. 1954 yildan beri Yevropa va Amerikaning yirik sharqshunoslari \u201dIslom ensiklopediyasi\u201dni qayta nashr qilish ustida ish olib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1965 yil Londonda (B.Lewis, Ch.Pellat va J.Schachtlar tomonidan) \u201dIslom ensiklopediyasi\u201dning yangi nashri chop etildi. Bu qomusiy asarda futuvvat tariqatiga oid qiziqarli ma\u02bclumotlar mavjud bo\u02bblib, shu mavzudagi bibliografiya ham qayd etilgan. Futuvvat ta\u02bclimoti o\u02bbrta asrlarda hunarmandchilik ustaxonalarida keng tarqalgan. Movarounnahrdagi bunday ustaxonalarga oid ma\u02bclumotlar quyidagi asarlarda ham uchraydi: M.Xartman \u201dDie Ostturkishin Handschiriften der Sammlung\u201d (1904 yil, Msos), M.Gavrilov \u201cLef korps de m\u00e9tiers en Asie Controle et leur status\u201d (1928 yil, Moskva), \u00a0A.K.Borovkov \u201cK istorii bratstvo \u201cAxi\u201d v Sredney Azii\u201d (1953 yil, Moskva).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, biz tadqiq etayotgan mavzuga oid qimmatli ma\u02bclumotlar olmoniyalik yirik islomshunos olim Frans Teshner (Franz Taeshner)ning \u201cZunfte und Bruderschaftten in islam\u201d (1979 yil, Munchen) nomli asarida mavjud. Arab, turk, fors manbalaridan olingan qimmatli ma\u02bclumotlarni jamlagan bu asarni kitob shaklida ko\u02bbrish Frans Teshnerga nasib etmadi (muallif 1967 yil 11 noyabrda vafot etadi). Ishni shogirdi Gustav E.fon Grenbaum (Gustav E.Fon Grenbaum) davom ettiradi, lekin Grenbaumning ham vafot etishi kitob chop etilishini yana orqaga surgan [1:9]. Asar futuvvat borasidagi bilimning batafsil yoritishga harakat qilingani, manbalarning tarjimasi izohsiz aynan keltirilgani bilan qimmatlidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olmoniyalik sharqshunoslardan olima Annamari Shimmel o\u02bbzining (\u201cMustische Dimensionen des Islam\u201d 1995 yil, Munchen) kitobida [3:348-350] futuvvat haqida ma\u02bclumot beradi. Unda Suxravordiya ta\u02bclimotining futuvvatga ancha ijobiy ta\u02bcsiri bo\u02bblgani qayd etilgan. Mohsin Zokeri ham (Mohsen Zakeri \u201cThe Origins of\u02bb Ayyaran and Futuwwa\u201d) o\u02bbz asarida bizni qiziqtirgan mavzu haqida fikr bildirar ekan, yuz ellik yildan buyon futuvvat borasida g\u02bbarb olimlari tadqiqotlar olib borayotganini bayon etadi. Asarning kirish qismida futuvvat ta\u02bclimoti turli ijtimoiy fan sohasi vakillarining, jumladan, diniy fanlar tadqiqotchilarining, iqtisodchilarning, adabiyot tarixi mutaxassislarining va faylasuflarning diqqatini o\u02bbziga jalb etgani va bu sohada ko\u02bbplab adabiyotlar \u00a0yaratilgani qayd etiladi. XIX asrning boshida yashagan Jozef fon Hommer (Jozef fon Hammer) gumanizmning oltin davrida O\u02bbrta asrlardagi Yevropa ritsarlarining mahorati va jasoratini ilk marta \u201cIslomiy jasorat tarziga\u201d o\u02bbxshatadi. Albatta, Jozef fon Hommer futuvvat haqidagi fikrida haqli edi. U futuvvatni xalifa An-Nasr qayta tashkil etganini ham e\u02bctirof etgan. Aynan shu xalifa davrida saroy futuvvati rivojlanib, uni talqin \u00a0qiluvchi bir qancha kitoblar yaratilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Josef fon Hommerning shogirdi Herman Top (Herman Top) 1913 yili o\u02bbz asarini nashr ettirdi. U tarixda birinchi bo\u02bblib savdogarlar va hunarmandlar tashkilotining an\u02bcanalari va ularda futuvvatning o\u02bbrni masalasini yoritib berdi. Herman Top xalifa An-Nasr uchun Ibn Me\u02bcmor yozgan XII asrga oid \u201cFutuvvat payg\u02bbomi\u201d asarini tarjima qildi. Bu tarjimaning nashr etilishi futuvvat borasidagi izlanishlarning jonlanishiga sabab bo\u02bbldi. Jozef fon Hommer Yevropa ritsarlari va savdogarlarining ichki tartib-qoidasini musulmonlar birodarligining g\u02bboyalariga o\u02bbxshatgan va bu g\u02bboyalarni o\u02bbz tadqiqotiga asos qilib olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yevropa an\u02bcanalarini islom madaniyati bilan taqqoslash futuvvat qo\u02bblyozmalaridagi ilk ma\u02bclumotlarning asl mazmunidan chetlashishga olib keldi. Faqat Herman Topning talabasi va do\u02bbsti Frans Teshner ilmiy hayotining asosiy qismini futuvvatning kelib chiqishini o\u02bbrganishga sarfladi va futuvvat ta\u02bclimoti talqinida to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblni tanladi. Uning izlanishlari shuni ko\u02bbrsatdiki, futuvvat xalifa An-Nasrgacha mavjud bo\u02bblgan va uni jamiyatning yuqori qatlami va podshohlar qo\u02bbllab-quvvatlab turgan [1:23]. An-Nasr futuvvatni qabul qilishidan bir asr oldin biyoriylar shahzodasi Qobus Iskandar 1082-1083 yillarda (h.475 y.) o\u02bbzining \u201cQobusnoma\u201d asarini yozgan. U o\u02bbz asarining kattagina qismini sosoniylarning yo\u02bbqolgan kitoblaridan biri \u201cJavonmardlik qoidalari\u201dga bag\u02bbishlaydi. Bu qoidalarning ayrimlari sosoniylar davrida ishlab chiqilgan \u201cShahzodalar oynasi\u201d bo\u02bblib, bu kitobda Qobus Iskandar o\u02bbg\u02bbli va shahzodalarga Javonmardlikning ijtimoiy qoidalarini o\u02bbrganishni nasihat qiladi [5:158]. Bu asarni mohiyatan insonparvarlik qoidalari deb atash mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Frans Teshnerning izdoshlari shuni ta\u02bckidlaydiki, Qobusdan ancha oldin futuvvatning ideal fikrlari jamlanib, \u201cFutuvvatnoma\u201d, \u201cRisola al-futuvva\u201d yoki \u201cQobusnoma\u201d nomi bilan atalgan. Bu asarlardagi fikrlarning ta\u02bcsirini so\u02bbfiy musulmonlarning ta\u02bclimotida ham uchratish mumkin. Jumladan, \u201cRisola fi al-futuvva\u201d (Sulami, 1021 yil) yoki Dushayrining risolasini (1045 yil) misol tariqasida ko\u02bbrsatish mumkin. Sufiylar o\u02bbz asarlarida futuvvatni Ibrohim payg\u02bbambar (uni \u201cAbu al-fitiyan\u201d, ya\u02bcni qahramonlar otasi deb atashgan) davri bilan bog\u02bblaydi. Ular futuvvatni islom dinining ajralmas qismi hisoblab, uning ijtimoiy ildizini \u00a0e\u02bctirof etmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">IX asrning ikkinchi yarmida sharqiy Eronda yashagan malomatiya maktabining namoyandasi Solih bin Hamdul bin Ahmad al-Qasar (h.884 y.) shunday deydi: \u201cKunlardan bir kun men Nishopurdagi Xiro daryosini yoqalab sayr qilayotganimda o\u02bbzining insoniy futuvvati bilan mashhur Nuhni uchratib qoldim, u butun Nishopur ahli javonmardlarining rahbari edi. So\u02bbradim: Ey Nuh, sening futuvvating nima? Dedi: Sening futuvvatingmi yoki menikimi? Ikkalasini ham anglat, dedim. Mening futuvvatim men o\u02bbz kiyimimni chiqarib, yamoq solingan kiyim kiyib, so\u02bbfiy bo\u02bblish va xudo oldida uyalib qolmaslik uchun gunohlardan tozalanishga urinaman, biroq sen yamalgan kiyimni chiqarib tashlaysanki, na sen boshqalarni aldaysan, na boshqalar seni alday olsin: Shu tarzda mening futuvvatim diniy va rasmiy qoidalarda, seniki bo\u02bblsa haqiqatning ma\u02bcnaviy ko\u02bbrinishida namoyondir\u201d. Bu kabi hikmatlar futuvvatning dastlabki tarixini bilib olish uchun ozlik qiladi, biroq bu qimmatli fikrlar futuvvat ta\u02bclimotining axloqiy jihatlarini anglashga yordam beradi. Sufiylar yaratgan manbalarda Xuroson shahzodasi Al-Sulami Shayx Shijo al-Karmaniy (taxallusi Abu al-Favariz muzaffariylardan) futuvvat vakili sifatida \u00a0qadrlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arab adiblarining yozishicha Xalifa al-Amin davrida (809-813 y.) hozirgi militsiya vazifasini bajaruvchi bo\u02bblinmalarga o\u02bbxshash guruhlar tuzilgan. Bu xalifalikning bosib olgan hududlarida tashkil etgan bo\u02bblinmalari edi. Arab manbalarida abbosiylar bilan ham futuvvat ta\u02bclimotining bog\u02bbliqlik tomonlari mavjud ekanini uchratish mumkin. Jafar bin Yahyo al-Varman (vafoti 805 y.)ning fikricha, Xorun ar-Rashid futuvvatga ega shaxs, u yaxshi xususiyatlar, adab madaniyatiga ega xalifa sifatida futuvvat me\u02bcyorlariga javob bera oladi. Al-Sulamining yozishicha, Ma\u02bcruf bin Firir al-Kerhi ham izdoshlari orasida eng ko\u02bbzga ko\u02bbringan shaxslardandir. Ma\u02bcruf bin Firir al-Kerhi haqida qimmatli ma\u02bclumotlar bergan Farididdin Attor o\u02bbzining \u201cTazkirat ul-avliyo\u201d asarida u zotni \u201cFutuvvat va taqvoda bir hirqa edi\u201d deb ta\u02bcriflagan. Farididdin Attorning yozishicha, Ma\u02bcruf bin Firir al-Kerhi Abu Musa qo\u02bblida musulmon bo\u02bblib, Dabud Toy qo\u02bblida tarbiya topadi, mashhur \u201cIxlos xalos\u201c iborasi u kishining hikmatlaridandir [6:29].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Frans Teshnerning fikricha, arablar sharqiy Yevropani bosib olar ekan, ular oliyjanob kishilarining orasida shakllangan va fata deb nomlangan xususiyatlarini ham olib kelgan. Natijada turmush tarzi madaniylashgan oliyjanoblik va jasorat kabi tushunchalarni o\u02bbzida birlashtiruvchi ijtimoiy guruhlar shakllangan. Frans Teshnerning aytishicha, Eronda antik madaniyat davridan buyon saqlanib kelayotgan insoniylik mezonlari haqidagi fikrlar islomga futuvvat termini orqali kirib kelgan. Uning fikrini Claude Cohil ham tasdiqlab: \u201cSosoniylar davlatining chegaralarida o\u02bbzlarining ayyorunlari, ya\u02bcni jasorat timsoli bo\u02bblgan ijtimoiy guruhlari mavjud bo\u02bblgan va ular islomgacha bo\u02bblgan Eron madaniyatidagi futuvvat mezonlarini o\u02bbzida jamlagan talablarga amal qilgan\u201d [1:50], deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbrta Osiyoga va musulmon mamlakatlarining hayotiga bo\u02bblgan qiziqish rossiyalik sharqshunos olimlarni ham ko\u02bbplab tadqiqotlar olib borishga undaydi. L.Massinon, E.Ye Bertols, A.Arberri, M.Cmit, L.Gorde, G.M. Kerimov, O.F.Akumushkinlar shular jumlasidandir. Taniqli sharqshunos olim O.F.Akumushkinning fikricha, 219dan ortiq arab manbasida, 255dan ortiq Yevropa xalqlarining tilidagi asarlarda 325dan ortiq tariqat yo\u02bbllari tilga olingan. Jumladan, tariqatning bir qismi bo\u02bblgan futuvvat ta\u02bclimoti borasida yuqorida qayd etilgan M.Gavrilov, A.K.Borovkov, A.B.Gordleviskiyning asarlarini keltirish mumkin. Shu mavzuda tojikistonlik Z.Vazirov o\u02bbz asari (\u201cSotsialno-politicheskiye i nrastenio-religiyeziye ucheniya i felasofskiy sistema futuvvata\u201d)da, so\u02bbfizmda yoritilgan haqqa yetishishdagi to\u02bbrt bosqich, \u00a0ya\u02bcni shariat \u2013 murod yo\u02bbliga kirish, tariqat \u2013 botiniy ilm, ma\u02bcrifat va haqiqatdan iborat bo\u02bblgan bosqichlar futuvvatda bitta tariqat yo\u02bbli tushunchasi orqali ifodalangan deb baholaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir davrning o\u02bbziga xos ma\u02bcnaviy tomonlari mavjud va shu davrda yozilgan asarlar biz uchun qimmatli manba hisoblanadi. Manbalarni o\u02bbrganish manbashunoslik va shu davr falsafasini yoritishda asosiy quroldir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XV asrda yashagan atoqli olim va adib Husayn Voiz Koshifiy\u00a0 \u201cFutuvvatnomai sultoniy\u201d asarida (forschadan N.Komilov tarjimasi) futuvvat tariqatiga oid quyidagi manbalarni qayd etadi: Bular Abdurahmon Jomiyning \u201cRisolai sayr\u201d, Zarua Isfahoniyning \u201cZodul oxira\u201d asarlaridir. Hozirgi kunda Samarqand davlat universitetining sharq qo\u02bblyozmalari bo\u02bblimida Farididdin Attor zamonasida suls xati bilan ko\u02bbchirilgan \u201cTazkirat ul-avliyo\u201d asari saqlangan bo\u02bblib, unda futuvvat ulamolarining dunyoqarashi ifodalangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Toshkentda Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan qo\u02bblyozmalarning orasidagi Ali Shaxob Hamadoniyning \u201cFutuvvat haqidagi risola\u201d asari ham shu mavzu borasida muhim ma\u02bclumotlar beradi. Jumladan, qo\u02bblyozmada muallif \u201caxi\u201d atamasiga alohida to\u02bbxtalib, futuvvatga oid yigirma to\u02bbrtta so\u02bbzning ma\u02bcnosi va mohiyatini yoritib beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi kunda naqshbandiya tariqatining davomchisi, qirqinchi silsila vakili turkiyalik Mahmud Asad Jushon hazratlarining 400dan ortiq tasavvuf va tariqatga oid asarlari nashr etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turli millatlarning, jamiyatlarning taraqqiyoti tarix sahifasini to\u02bbldirib unga turlicha mazmun kiritadi. Kechagi kun talablari bugungi kunning ehtiyojlariga mos kelmaydi. Alohida shaxsdan tortib butun bir davlatgacha \u2013 har bir a\u02bczo o\u02bbziga zarur bo\u02bblgan sanoqsiz ehtiyojlarni qondirishga harakat qiladi. Bu bilan baxtiyor madaniyat omillari yaratiladi: Moddiy madaniyat, ma\u02bcnaviy madaniyat. Moddiy madaniyat jamiyatning ijtimoiy talabi va ma\u02bcnaviyatining qiyofasini sog\u02bblomlashtirishga qaratilishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Futuvvat ta\u02bclimoti va undagi falsafiy qarashlarni tahliliy o\u02bbrganish, o\u02bbzlashtirish jamiyatimizning ma\u02bcnaviy qiyofasini sog\u02bblomlashtirishga harakat qilinayotgan bir sharoitda zamondoshlarimizga dasturulamal bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR<\/strong>:<\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Frans Teshner (Franz Taeshner). Zunfte und Bruderschaftten in islam. \u2013Munchen., 1979.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Najmiddin Komilov. Tasavvuf. \u2013T., 1996.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Annamari Shimmel (Annemaeie Schimmel). Mustische Dimensionen des Islam. \u2013Munchen., 1995<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ulsulmoniy Kaykavus. Qobusnoma. \u2013T.,<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Fariddun Attor. \u201cTazkiratul avliyo\u201d . \u2013Bursa., 1984.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Husayin Foiz Koshifiy. \u201cFutuvvatnomai suloniy\u201d. \u2013T., 1994.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Azamat Ziyo. O\u02bbzbek davlatchiligi tarixi. \u2013T., 2000.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Feruza RABBIMOVA,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>SamISI akademik litseyi tarix fani o\u02bbqituvchisi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Haqiqatning muxlislari \u2013 uning do\u02bbstlaridir. Ma\u02bcnaviy qadriyatlarimizning tiklanishi bilan tarix sahifasidagi bizga noma\u02bclum bo\u02bblgan ko\u02bbplab muammolarni o\u02bbrganish, tahlil qilish va ilmiy jihatdan asoslab berish bugungi kunda muhim masalaga aylandi. Milliy madaniyatimizning rivojlanishi tabiiy ravishda uning asosiy manbai bo\u02bblmish madaniy merosimizni chuqur va ilmiy asosda izchil o\u02bbrganishimizni taqozo etadi. Arablar Movarounnahrni istilo qilgach o\u02bblkamizdagi ma\u02bcnaviy, madaniy &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":24747,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>FUTUVVAT TA\u02bcLIMOTI G\u02bbARB VA SHARQ OLIMLARINING TALQINIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"FUTUVVAT TA\u02bcLIMOTI G\u02bbARB VA SHARQ OLIMLARINING TALQINIDA\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"FUTUVVAT TA\u02bcLIMOTI G\u02bbARB VA SHARQ OLIMLARINING TALQINIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"FUTUVVAT TA\u02bcLIMOTI G\u02bbARB VA SHARQ OLIMLARINING TALQINIDA\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-10-18T04:32:35+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-10-18T04:32:45+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/bukhari_buxoriy2022_151.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&lang=oz\",\"name\":\"FUTUVVAT TA\u02bcLIMOTI G\u02bbARB VA SHARQ OLIMLARINING TALQINIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/bukhari_buxoriy2022_151.jpg\",\"datePublished\":\"2022-10-18T04:32:35+00:00\",\"dateModified\":\"2022-10-18T04:32:45+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"FUTUVVAT TA\u02bcLIMOTI G\u02bbARB VA SHARQ OLIMLARINING TALQINIDA\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/bukhari_buxoriy2022_151.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/bukhari_buxoriy2022_151.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"FUTUVVAT TA\u02bcLIMOTI G\u02bbARB VA SHARQ OLIMLARINING TALQINIDA\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"FUTUVVAT TA\u02bcLIMOTI G\u02bbARB VA SHARQ OLIMLARINING TALQINIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"FUTUVVAT TA\u02bcLIMOTI G\u02bbARB VA SHARQ OLIMLARINING TALQINIDA","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"FUTUVVAT TA\u02bcLIMOTI G\u02bbARB VA SHARQ OLIMLARINING TALQINIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"FUTUVVAT TA\u02bcLIMOTI G\u02bbARB VA SHARQ OLIMLARINING TALQINIDA","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-10-18T04:32:35+00:00","article_modified_time":"2022-10-18T04:32:45+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/bukhari_buxoriy2022_151.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&lang=oz","name":"FUTUVVAT TA\u02bcLIMOTI G\u02bbARB VA SHARQ OLIMLARINING TALQINIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/bukhari_buxoriy2022_151.jpg","datePublished":"2022-10-18T04:32:35+00:00","dateModified":"2022-10-18T04:32:45+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"FUTUVVAT TA\u02bcLIMOTI G\u02bbARB VA SHARQ OLIMLARINING TALQINIDA","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/bukhari_buxoriy2022_151.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/bukhari_buxoriy2022_151.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24749&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"FUTUVVAT TA\u02bcLIMOTI G\u02bbARB VA SHARQ OLIMLARINING TALQINIDA"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/24749"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=24749"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/24749\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24751,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/24749\/revisions\/24751"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/24747"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=24749"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=24749"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=24749"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}