{"id":24691,"date":"2022-10-14T19:20:49","date_gmt":"2022-10-14T14:20:49","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=24691"},"modified":"2022-10-14T19:20:49","modified_gmt":"2022-10-14T14:20:49","slug":"tazkirachilik-tarixida-majzub-namangoniyning-o%ca%bbrni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&lang=oz","title":{"rendered":"TAZKIRACHILIK TARIXIDA MAJZUB NAMANGONIYNING O\u02bbRNI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayoni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini tobora ko\u02bbproq qamrab olmoqda. Bunda xalqimizning asrlar davomida shakllangan ma\u02bcnaviy qadriyatlarini tiklash, uzoq va yaqin tarixdagi madaniy-adabiy merosni mustaqillik mafkurasi asosida o\u02bbrganishga katta ahamiyat berilmoqda. Zero, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta\u02bckidlaganidek: \u201cYurtimizda dunyo adabiyotining bebaho mulki bo\u02bblgan ming-minglab asarlar tarjima qilinib, kitobxonlar qalbidan joy olgani, badiiy tarjima va tarjimashunoslik bo\u02bbyicha o\u02bbziga xos ijodiy maktab shakllanganini alohida ta\u02bckidlash lozim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz yoshlar buyuk ajdodlarimizning ilmiy-ma\u02bcrifiy va madaniy merosiga hurmat va milliy iftixor ruhida tarbiyalansak, mamlakatimizning taraqqiyotiga salmoqli hissa qo\u02bbsha olamiz. Zaminimizda ulg\u02bbayib o\u02bbz asarlari bilan bashariyat tamadduniga hissa qo\u02bbshgan allomalar, mutafakkirlar, hunarmandlar va xattotlarning hayoti va ilmiy faoliyatini o\u02bbrganish, uni kelajak avlodga yetkazish, ular qoldirgan ilmiy va ma\u02bcnaviy meros aks etgan qo\u02bblyozmalar, osori-atiqalar vositasida islom dinining tinchlikparvarlik, insoniylik va bunyodkorlik mohiyatini targ\u02bbib qilish bizning asosiy burchimiz hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbek adabiyoti tarixida tazkirachilik an\u02bcanalari alohida ajralib turadi. Tazkira arabcha so\u02bbz bo\u02bblib \u201czikr\u201d, ya\u02bcni \u201ceslatib o\u02bbtish\u201d, \u201cyozib qo\u02bbyish\u201d ma\u02bcnolarini anglatadi. Tazkira milliy va o\u02bbzaro yaqin bo\u02bblgan adabiyotlar tarixini yaratishda, muayyan davrning adabiy muhitini o\u02bbrganishda, adabiy siymolar va asarlarni tadqiq etishda adabiyotshunoslikning benazir janri sifatida xizmat qiladi. Tazkiraning eng qadimgi namunasi Abu Mansur Saolibiy yaratgan \u201cYatimat ud-dahr fi mahosini ahl al-asr\u201d (\u201cZamona ahlining fazilatlari haqida yagona durdona\u201d) asaridir. Bu asar (XII asr) Arab, Ajam, Movarounnahr, Xorazm va Xuroson adabiyoti haqida qimmatli ma\u02bclumotlar beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyinroq tazkirachilik rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan allomalar yetishib chiqib, bu an\u02bcanani davom ettirgan. Jumladan, Davlatshoh Samarqandiyning \u201cTazkirat ush-shuaro\u201d(XV), Alisher Navoiyning \u201cMajolis un-nafois\u201d (XV), Fazliy Namangoniyning \u201cMajmuat ush-shuaro\u201d kabi asarlarini keltirish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XVIII asrda yashab o\u02bbtgan shoirlar to\u02bbg\u02bbrisidagi ma\u02bclumotlar O\u02bbrta Osiyo zaminida yuzaga kelgan tazkira va tarixiy-badiiy xronikalarda juda kam uchraydi. Shunga qaramay, V.Abdullayevning XVIII asrdagi adabiy hayot bo\u02bbyicha ko\u02bbrsatgan sa\u02bcy-harakatlari tufayli Nishotiy, Ravnaq, Mavlono Kiromiy, Roqim, Yahyo, Umar Boqiy, Nurmuhammad Andalib, Muhammad Tohir Xorazmiy kabi shoir va adiblarning nomlari, ular haqidagi ba\u02bczi ilmiy ishlar paydo bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tohir Eshon Xorazmiy Qur\u02bcon, hadis va boshqa islomiy kitoblarda keltirilgan aziz-avliyolar, mashoyixlar haqidagi rivoyat va naqllar asosida \u201cSilsilatul avliyo\u201d kitobini yozgan. Bu asar 1747 yili Buxoroda forsiyda yozilgan, so\u02bbngra Xorazmda o\u02bbzbek tiliga tarjima qilingan. Unda Xorazm, Samarqand, Buxoro, Turkiston, Xuroson va boshqa joylarda yashab o\u02bbz karomatlari, diniy e\u02bctiqodlari bilan shuhrat topgan aziz avliyolar, shayxlar, so\u02bbfiylar to\u02bbg\u02bbrisida zikr qilingan. Akmal Xo\u02bbqandiy ham XVIII asrning 60\u00a0 yillarida Vozeh yozgan \u201cTuhfatul ahbob\u201d tazkirasida u haqidagi ma\u02bclumotlar bilan birga, shoir o\u02bbzbek tilida yozgan she\u02bcrlarini bir devonga, fors-tojik tilida yozgan she\u02bcrlarini bir devonga muntazam qilganini aytadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XVIII asrning oxiri XIX asr boshlarida yashab ijod etgan tasavvufshunos olim, o\u02bbziga xos til va uslubga ega bo\u02bblgan shayx va shoir Abdulaziz Majzub Namangoniy ham tazkirachilik an\u02bcanasida ijod qilgan edi. Bu tariqatshunos olim haqida ma\u02bclumotlar juda kam.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalifa Abdulaziz Hasan Ko\u02bbchak o\u02bbg\u02bbli Majzub Namangoniy Farg\u02bbona tasavvuf maktabining namoyandasi, Turkistonda keng yoyilgan majzubiylar davrasining asoschisidir. Unga zamonasining allomalari \u201croqimi hurufiy\u201d (hurufiylik tariqatini raqam qilgan,) nisbasini bergan. U Majzub taxallusli she\u02bcrlari asosida \u201cDevon\u201d jamlangan. \u201cManoqibi ahli suluk\u201d, \u201cDar tavzeh\u201d (\u201cIzohlash haqida\u201d) nomli risolalar bitgan. Tasavvufda zikri jahriya (oshkora zikr) yo\u02bblini naqshbandiylik ta\u02bclimotiga tatbiq etgan. Uning \u201cDevon\u201diga kirgan \u201cSoqiynoma\u201d (181 sahifa) asari so\u02bbfiylarning jahr majlislarida o\u02bbqilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asar to\u02bbg\u02bbrisida hali alohida ilmiy ish yaratilgan emas. Uni forsiydan adabiyotshunos Jaloliddin Jo\u02bbrayev o\u02bbzbek tiliga tarjima qilgan (2015). Manbashunos olim Otabek Jo\u02bbraboyev, Alixon Halilbekovlar Namangoniyning hayotiga, ijodiy merosiga oid bir qancha qimmatli ma\u02bclumotlar bergan. Shuningdek, Naima Aliqulova, Dilorom Abdullayeva kabi yosh adabiyotshunoslarimiz ham tasavvufshunos olimning hayoti va ijodi to\u02bbg\u02bbrisida ilmiy\u00a0 ish olib borishmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTazkiratul avliyo\u201d (\u201cValiylar tazkirasi\u201d) Majzub Namangoniyning valiylar hayotiga oid muhim asarlaridan bo\u02bblib, \u201cTazkirayi Majzub Namangoniy\u201d nomi bilan ham yuritilgan. Fors tilida bitilgan bu tazkira, asosan, muallifga zamondosh va unga yaqin tarixiy davrda yashagan tariqat arboblari va avliyolar zikriga bag\u02bbishlangan. Asarda tasavvufning umumiy qoidalari, suluk odobi va ayrim shayx va mashoyixlarning manqabalari bir qator hikoyatlar asosida bayon qilingan. Tazkirada Ibrohim Xoja Eshon, Piri Avval Hazrat Musoxon, Xoja Xalifa Ashur (Abdulaziz Namangoniyning xalifasi), Mulla Lutfilloh (Eshon Shahid), So\u02bbfi Ollohyor, Eshon xoja, Muhammad Rizo, Mirzoi Joni Jonon, Mirzo Bedil, Mavlaviy Namangoniy, Devona Mashrab, Mavlono Sharif kabi yuzdan ortiq tasavvuf ahli haqida tarixiy ma\u02bclumotlar keltirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Majzubning tazkirasi Attor, Jomiy, Navoiy, Rushdiy va boshqa mualliflarning shu taxlit asarlaridan o\u02bbziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu tazkira XVI-XIX asrlarda yashagan tasavvuf shayxlari, ayrim tasavvufiy maqomlar, so\u02bbfiyona istilohlarning mazmuniga bag\u02bbishlangan nodir asardir. Unda masalan, Alisher Navoiy tazkirasidagi kabi ismlar ko\u02bbrsatilib, alohida shayx xususida izchil so\u02bbz yuritilmaydi, lekin biror tasavvufiy masala yuzasidan navbati bilan mazmunli hikoyatu misollar yordamida fikr bildiriladi, ayrim o\u02bbrinlarda (ko\u02bbproq hikoyatlarning oxirida) forscha yoki o\u02bbzbekcha baytlar keltiriladi. Ko\u02bbp hollarda \u201ceshon\u201d, \u201caziz\u201d, \u201cdarvesh\u201d deb nomlari ko\u02bbrsatilmasdan o\u02bbsha zotning holati yoki u bilan bog\u02bbliq biror voqea to\u02bbg\u02bbrisida so\u02bbzlanadi. Misol uchun, Maxdumi A\u02bczam Kosoniy-Dahbediy, Musoxon Dahbediy, Sharif Xoja Toshkandiy, Mirmaqsud Xoja eshon, Ofoq Xoja eshon, Hazrat Imloi Buxoriy, Domla Iso Oxund, Xalifa Husayn, Mavlaviy Namangoniy, Mavlaviy Jabaliy, Xalifa Ashur, Mullo Lutfulloh Chustiy, Xalifa Abduqayum va boshqa yana ko\u02bbplab zamonasining valiylari haqida hikoyalar qilinadi. So\u02bbfi Ollohyor, Mashrab, Mirzo Joni Jonon, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi mashhur shaxslarning hayotidan keltirilgan voqealar asar mundarijasini boyitadi. Shuningdek, tazkirada ayrim shoirlar asarning mazmun-mohiyatiga ko\u02bbra, faqat avliyo sifatida talqin qilinadi, lekin she\u02bcrlari xususida so\u02bbzlanmaydi. Misol uchun, Boborahim Mashrab tazkirada \u201cDevona Mashrab\u201d deb keladi va ba\u02bczi o\u02bbrinlarda u to\u02bbg\u02bbrisidagi voqealar hikoya qilinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Majzubning tazkirasida asosan unga zamondosh bo\u02bblgan va yaqin tarixiy davrda yashagan tariqat arboblari, avliyolar haqidagi hikoyatlar keltirilgan. Tazkirada keltirilgan tasavvuf arboblarining deyarli barchasi bilan uning o\u02bbzi suhbat qurgan. Shuning uchun ham u zikr avvalida bu shaxslarning to\u02bbliq ismi, qayerda yashagani, ilmi va fazilatlari haqida gapiradi. Bu asar manoqib asar deb ham yuritiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonda ilk bora to\u02bbliq holda chop etilayotgan bu asarning muayyan qismini Hofizxon Muhammadiyev fors tilidan o\u02bbzbekchaga o\u02bbgirgan. Bu asar 2000 yilda Namanganda arab yozuvida bosmadan chiqqan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa o\u02bbrnida shuni aytishimiz mumkinki, milliy ma\u02bcnaviyatimizning takomilida tasavvuf va tasavvufiy adabiyot alohida mavqega ega. Uning paydo bo\u02bblishi va takomili to\u02bbg\u02bbrisida ko\u02bbplab ilmiy ishlar qilingan. Mazkur mavzu ham vatanimiz tarixidagi tasavvufiy adabiyotning yirik va o\u02bbziga xos vakillaridan biri Shayx Abdulaziz Majzubning merosini o\u02bbrganishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarix bugungi kunimizgacha yashaganlarning boshidan kechirgan hodisalarini va qahramonligini hikoya qiladi. O\u02bbsha voqealarga aloqador bo\u02bblgan, ularda ishtirok etgan kishilarning hayoti haqidagi lavhalar va hikoyalar voqeaning o\u02bbzi kabi muhimdir. Adabiyot gulzoridagi har bir \u201cgul\u201dning tabiati haqida moziydan kelajakka yollangan \u201cmaktub\u201d \u2013 tazkiralar ma\u02bclumot beradi. Kitobxon esa ijodkorlar to\u02bbg\u02bbrisidagi to\u02bbliq ma\u02bclumotlarni olish uchun tazkiralarga yuzlanadi. Shu sababdan tazkiralar adabiy siymolar va ularning asarlarini tadqiq etishda adabiyotshunoslikning benazir janri sifatida xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu o\u02bbrinda Majzub Namangoniyning manqabaviy xarakterdagi tazkirasiga yuzlansak. Tazkira o\u02bbzbek tilida yozilgan. U boshqa tazkiralardan manoqiblik jihatdan farq qiladi. Shuningdek, bu asar XVIII asrning nodir durdonasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yosh avlodga adabiyotning ulug\u02bb insonlaridan biri \u2013 Majzub Namangoniyni tanishtirmay, tarixiy xotiramizni yangilamay, kuchaytirmay turib o\u02bbtmish, bugun va kelajak orasidagi ma\u02bcnaviy bog\u02bbliqlikni ta\u02bcminlay olmaymiz.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO\u02bbYXATI<\/strong><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mirziyoyev Shavkat Miromonovich. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. \u2013 T.: O\u02bbzbekiston, 2018. \u2013 508 b.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Orzibekov R. O\u02bbzbek adabiyoti tarixi (XVIII asr va XIX asrning ikkinchi yarmi). \u2013 T.: O\u02bbzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg\u02bbarmasi nashriyoti, 2006. \u2013272 b.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Jo\u02bbraboyev O. Majzub Namangoniy va uning adabiy merosi manbalari xususida. O\u02bbzbek tili va adabiyoti masalalari to\u02bbplami. \u2013T.: Fan, 2005. \u2013 28 b.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Asar nusxalari FA Sharqshunoslik instituti qo\u02bblyozmalar asosiy fondida 2662\/II, 1337, 10169 inv. raqamlari ostida saqlanadi.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">FA Sharqshunoslik instituti. Qo\u02bblyozma, inv. 12503.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Majzub Namangoniyning poetik mahorati. Naima Aliqulova O\u02bbzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O\u02bbzbek tili, adabiyoti va folklori instituti tadqiqotchisi.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Majzub Namangoniy. Devon. Nashrga tayyorlovchi S.Rafiddinov. Turkiston (Qozog\u02bbiston), 2008. \u2013 37 b.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzR FA Sharqshunoslik instituti qo\u02bblyozmalar fondi Hamid Sulaymon bo\u02bblimida saqlanadi. Inv. raqamlari: 1018, 2125, 2567, 2580, 1123, 1481, 2351, 12503.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">http:\/\/www.e-tarix.uz\/shaxslar\/95403<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Dilnoza ESONOVA,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ilmiy tadqiqotchi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayoni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini tobora ko\u02bbproq qamrab olmoqda. Bunda xalqimizning asrlar davomida shakllangan ma\u02bcnaviy qadriyatlarini tiklash, uzoq va yaqin tarixdagi madaniy-adabiy merosni mustaqillik mafkurasi asosida o\u02bbrganishga katta ahamiyat berilmoqda. Zero, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta\u02bckidlaganidek: \u201cYurtimizda dunyo adabiyotining bebaho mulki bo\u02bblgan ming-minglab asarlar tarjima qilinib, kitobxonlar qalbidan joy olgani, badiiy tarjima va &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":24689,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>TAZKIRACHILIK TARIXIDA MAJZUB NAMANGONIYNING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"TAZKIRACHILIK TARIXIDA MAJZUB NAMANGONIYNING O\u02bbRNI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"TAZKIRACHILIK TARIXIDA MAJZUB NAMANGONIYNING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"TAZKIRACHILIK TARIXIDA MAJZUB NAMANGONIYNING O\u02bbRNI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-10-14T14:20:49+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/tazkira.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"347\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&lang=oz\",\"name\":\"TAZKIRACHILIK TARIXIDA MAJZUB NAMANGONIYNING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/tazkira.jpg\",\"datePublished\":\"2022-10-14T14:20:49+00:00\",\"dateModified\":\"2022-10-14T14:20:49+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"TAZKIRACHILIK TARIXIDA MAJZUB NAMANGONIYNING O\u02bbRNI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/tazkira.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/tazkira.jpg\",\"width\":660,\"height\":347},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"TAZKIRACHILIK TARIXIDA MAJZUB NAMANGONIYNING O\u02bbRNI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"TAZKIRACHILIK TARIXIDA MAJZUB NAMANGONIYNING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"TAZKIRACHILIK TARIXIDA MAJZUB NAMANGONIYNING O\u02bbRNI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"TAZKIRACHILIK TARIXIDA MAJZUB NAMANGONIYNING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"TAZKIRACHILIK TARIXIDA MAJZUB NAMANGONIYNING O\u02bbRNI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-10-14T14:20:49+00:00","og_image":[{"width":660,"height":347,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/tazkira.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&lang=oz","name":"TAZKIRACHILIK TARIXIDA MAJZUB NAMANGONIYNING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/tazkira.jpg","datePublished":"2022-10-14T14:20:49+00:00","dateModified":"2022-10-14T14:20:49+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"TAZKIRACHILIK TARIXIDA MAJZUB NAMANGONIYNING O\u02bbRNI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/tazkira.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/tazkira.jpg","width":660,"height":347},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24691&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"TAZKIRACHILIK TARIXIDA MAJZUB NAMANGONIYNING O\u02bbRNI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/24691"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=24691"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/24691\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24692,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/24691\/revisions\/24692"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/24689"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=24691"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=24691"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=24691"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}