{"id":24428,"date":"2022-10-03T10:35:34","date_gmt":"2022-10-03T05:35:34","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=24428"},"modified":"2022-10-03T10:35:34","modified_gmt":"2022-10-03T05:35:34","slug":"islomda-payg%ca%bbambarlar-mavq%d0%b5i","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&lang=oz","title":{"rendered":"ISLOMDA PAYG\u02bbAMBARLAR MAVQ\u0415I"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yakkaxudolikka asoslangan dinlarda payg\u02bbambarlar Parvardigor va insonlar orasidagi vositachi, ya\u02bcni ilohiy irodaning xabarchisi hisoblanadi. Payg\u02bbambarlikka oid savollar islom aqidasi va ilohiyotidagi markaziy masalaga aylandi. Sababi, payg\u02bbambar (nabiy) va elchilar (rosul)ga bo\u02bblgan ishonch (e\u02bctiqod) imon ruknlarining biri sanaladi. Bunga dalil sifatida Qur\u02bcondan:\u00a0<strong>\u201cPayg\u02bbambar (<\/strong>Muhammad) (S.A.V.)<strong>\u00a0o\u02bbziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga (<\/strong>oyatlarga<strong>) imon keltirdi va mo\u02bbminlar ham. (<\/strong>Ularning<strong>) har biri Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg\u02bbambarlariga birortasini ajratmasdan (<\/strong>hammasiga)\u00a0<strong>imon keltirdi\u201d<\/strong>\u00a0(Baqara, 285) oyatini keltirish mumkin. [11:49].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islomning arab tilidagi muqaddas manbalarida payg\u02bbambarlarga nisbatan \u201cnabiy\u201d (\u0646\u0628\u0649) va \u201crasul\u201d (\u0631\u0633\u0648\u0644) iborasi ishlatiladi. \u201cNabiy\u201d (payg\u02bbambar) iborasi arab tilidagi \u201cnaba\u201d (\u0646\u064e\u0628\u064e\u0623\u0652) (\u201cxabar, katta foyda keltiruvchi\u201d) so\u02bbzidan olingan. [4:226]. Bu borada Qur\u02bconda:\u00a0<strong>\u201c(<\/strong>Mushriklar<strong>) bir-birlari bilan nima haqida savol-javob qilmoqdalar?! Ulug\u02bb\u00a0<u>xabar<\/u>\u00a0(<\/strong>qiyomat<strong>) haqida\u201d\u00a0<\/strong>(Naba, 1-2) deyiladi [11:582]. Payg\u02bbambarlar bu nomni Allohdan xabar olib, U haqda boshqalarni xabardor qilgani uchun olgan. Ba\u02bczi olimlar \u201cnabiy\u201d iborasining o\u02bbzagi \u201cnabaa\u201d (\u0646\u0628\u0623\u064e) \u201cbaland bo\u02bblmoq\u201d fe\u02bclidan olinganini ta\u02bckidlaydi [7:4316]. Ular bu fikrni boshqa insonlarga nisbatan mavqesi yuqori bo\u02bblgani nuqtai nazaridan deb aytadi va o\u02bbz qarashlariga Qur\u02bcondan quyidagicha:\u00a0<strong>\u201cYana (<\/strong>ushbu<strong>) Kitobda Idris (<\/strong>qissasini<strong>) yod eting! Darhaqiqat, u sadoqatli payg\u02bbambar edi. Biz uni\u00a0<u>yuksak maqomga<\/u>\u00a0ko\u02bbtardik\u201d\u00a0<\/strong>(Maryam, 56-57) dalil keltiradi [11:309].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cRasul\u201d (elchi) iborasining o\u02bbzagi \u201carsala\u201d (\u0623\u064e\u0631\u0652\u0633\u064e\u0644\u064e) \u201cyubormoq\u201d fe\u02bclidan olingan [10:344]. Bilqis malikasi tilidan Alloh Qur\u02bconda:\u00a0<strong>\u201cMen ularga (<\/strong>sinov uchun<strong>) bir sovg\u02bba yuborib ko\u02bbray-chi, elchilar nima (<\/strong>xabar<strong>) bilan qaytar ekanlar\u201d<\/strong>\u00a0(Naml, 35) dedi [11:379].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh yuborgan payg\u02bbambar va rasullarning soni masalasida bir qancha olimlar hadis (bu hadis borasida bir qator muhaddislar roviylari zanjirida zaif shaxs borligini ta\u02bckidlaydi)ga asoslanib 124 ming payg\u02bbambar va 313 rasul deydi [3:76-79]. Olimlarning boshqa bir qismi biron-bir sonni aytishdan Qur\u02bcondagi:\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>Biz Sizdan oldin (<\/strong>ko\u02bbp<strong>) payg\u02bbambarlarni yuborgandirmiz. Ulardan Biz Sizga qissasini aytganimiz ham bor, yana ulardan Biz Sizga qissasini aytmaganimiz ham bordir<\/strong><strong>\u00bb\u00a0<\/strong>(G\u02bbofir, 78) [11:476] dalilga asoslanib tiyilgan. Shu bilan birga Qur\u02bconda 25 payg\u02bbambar ismi aytib o\u02bbtilganini olimlar ta\u02bckidlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olimlar Qur\u02bcondagi:\u00a0<strong>\u201c<\/strong>(Ey, Muhammad!(S.A.V.)<strong>\u00a0Biz Sizdan ilgari yuborgan har bir\u00a0<u>elchi<\/u>\u00a0va\u00a0<u>payg\u02bbambar<\/u>\u00a0qachon (<\/strong>o\u02bbziga nozil bo\u02bblgan oyatlarni<strong>) qiroat qilsa, shayton uning qiroatiga (<\/strong>boshqa narsalarni<strong>) tashlagan (<\/strong>qo\u02bbshgan<strong>)\u201d<\/strong>\u00a0(Xaj, 52) [11:338] oyatga asoslanib, har ikki ibora (rasul va nabiy) ham \u201cva\u201d bog\u02bblovchisi bilan ishlatilgani uchun bir-biridan o\u02bbzgacha mavqega ega ekanini ma\u02bclum qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olimlarning qarashlarida payg\u02bbambar bilan elchi orasidagi farqlar borasida bir necha fikrlar bor: Birinchisi (ba\u02bczi avvalgi va keyingi sunniylar)ga ko\u02bbra, payg\u02bbambar va elchilarga bir xil vakolatlar yuklatilgan va shu bois payg\u02bbambarlarga nisbatan elchi iborasini ishlatsa bo\u02bbladi, xuddi shunday aksincha, elchiga nisbatan payg\u02bbambar iborasi qo\u02bbllaniladi; ikkinchisi (sufiylarning g\u02bbuloti)ga ko\u02bbra, har bir payg\u02bbambarni elchi desa bo\u02bbladi, aksincha har bir elchiga nisbatan payg\u02bbambar iborasini qo\u02bbllab bo\u02bblmaydi; uchinchisi (aksar sunniylar)ga ko\u02bbra, har bir elchini payg\u02bbambar desa bo\u02bbladi, ammo har bir payg\u02bbambarga elchi iborasini qo\u02bbllab bo\u02bblmaydi [6:137].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambar va elchi tushunchalarining orasidagi farq shundan iboratki, payg\u02bbambarlarga Alloh O\u02bbzining buyruq va taqiqlarini imon keltirganlar (shu payg\u02bbambar shariatida bo\u02bblgan insonlar)ga yetkazishi uchun xabardor qiladi. Ular imon keltirmagan (dinda, shariatda bo\u02bblmagan)lar uchun yuborilmaydi va bundaylar da\u02bcvat qilinish uchun buyurilmagan. Elchilar bo\u02bblsa, imon keltirganlarga ham, imon keltirmaganlarga ham birdek, Allohning murojaatini yetkazish va yagona Uning o\u02bbzigagina ibodat qilish uchun chaqirishga yuborilgan. Ulamoning fikriga ko\u02bbra, elchilar asosan yangi shariat bilan yuboriladi va shu bilan birga ularga muqaddas kitob, yoki sahifalar berilishi shart emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olimlarning fikriga ko\u02bbra, elchi bo\u02bblib yuborilganlar har doim ham yangi shariat olib kelmagan va bunga misol qilib Yusufni keltirishadi, sababi u Ibrohimning shariatida bo\u02bblgan. Bu borada Qur\u02bconda:\u00a0<strong>\u201cDarvoqe, ilgari Yusuf sizlarga (<\/strong><strong>ajdodlaringizga) hujjatlarni keltirganida ham, sizlarga keltirgan narsalarga shak (<\/strong><strong>va shubha)da qattiq turib olgan edingiz. Qachonki, u halok bo\u02bblganida esa: \u00ab(<\/strong><strong>Endi Yusufdan) so\u02bbng Alloh sira payg\u02bbambar (<\/strong><strong>elchi) yubormas\u00bb, dedingiz\u201d<\/strong>\u00a0(G\u02bbofir, 34) [11:471] deyiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bcon oyatlari va hadislar, birinchi payg\u02bbambar Odam (a.s.) va birinchi rasul Nuh (a.s.) bo\u02bblganlariga dalolat qiladi (Hokim-3039, Buxoriy-4712) [2:288, 1:1169]. Shuningdek, Qur\u02bconda payg\u02bbambar Muhammad (S.A.V.)ga bo\u02bblgan eng asosiy xitob \u201crasul\u201d bo\u02bblib, eng oxirgi payg\u02bbambarlik ham u insonga nisbat berilgan:\u00a0<strong>\u201cMuhammad\u00a0<\/strong>(S.A.V)<strong>\u00a0sizlarning erkaklaringizdan birortasiga ota emasdir, balki u Allohning elchisi va payg\u02bbambarlarning muhridir\u201d<\/strong>\u00a0(Ahzob, 40) [11:423].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida aytib o\u02bbtilgan rasul va nabiylar orasida alohida e\u02bctirof etilganlari bo\u02bblib, ularga nisbatan Qur\u02bconda \u201culul \u02bcazm\u201d (matonat-sabr egalari) iborasi ishlatilgan:\u00a0<strong>\u201cBas, (<\/strong>ey Muhammad! (S.A.V)<strong>) Siz ham matonatli payg\u02bbambarlar sabr qilganlaridek sabr qiling va ularga (<\/strong>tushadigan azobni<strong>) qistamang!\u201d<\/strong>\u00a0(Ahqof, 35) [11:506]. Qur\u02bconning mufassirlari bu \u201cmatonat egalari\u201d bo\u02bblmish payg\u02bbambarlarning soni borasida turli xil, ya\u02bcni 5tadan to 12taga ekanini aytishadi. Ammo, dalili kuchlirog\u02bbi 5ta bo\u02bblib, ular \u2013 Nuh, Ibrohim, Muso, Iso va Muhammad (S.A.V.) hisoblanishadi [9:305]. Shuningdek, Qur\u02bconda rasul va nabiylarga Alloh tomonidan kitob va sahifalar yuborilgani aytiladi, masalan: Ibrohim (a.s.)ga sahifa, Muso (a.s.)ga Tavrot, Dovud (a.s.)ga Zabur, Iso (a.s.)ga Injil va Muhammad (S.A.V.)ga Qur\u02bcon.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olimlar shuningdek, payg\u02bbambarlarning Alloh tomonidan yuborilishining maqsad va vazifalarini ham o\u02bbrganib chiqqan. Ular payg\u02bbambarlarning Alloh tomonidan yuborilishidan maqsad, Qiyomat kuni insonlarda Yaratuvchining oldida vaj qolmasligi, deydi. Qur\u02bconda:\u00a0<strong>\u201cPayg\u02bbambarlar (<\/strong>kelgan<strong>)dan keyin odamlarda Allohga qarshi hujjat bo\u02bblmasin deb payg\u02bbambarlarni xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib (<\/strong>yubordik<strong>)\u201d\u00a0<\/strong>(Niso, 165) [11:104] deyiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vazifalarga kelsak ular bir nechta deb ko\u02bbrsatiladi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Imon keltirganlarga xushxabarni yetkazish. Shuningdek imon keltirmagan va osiylarni ogohlantirish. Bu borada Qur\u02bconda:\u00a0<strong>\u201cU (<\/strong>Qur\u02bcon<strong>)dan ilgari Musoning peshvo va rahmat bo\u02bblmish Kitobi (<\/strong>Tavrot<strong>) bor edi. Bu (<\/strong>Qur\u02bcon<strong>) arab tilidagi (<\/strong>oldingi ilohiy kitoblarni<strong>) tasdiqlovchi bir Kitobdir. U zolim (<\/strong>kofir<strong>) bo\u02bblganlarni (<\/strong>oxirat azobidan<strong>)\u00a0<u>ogohlantirish<\/u>\u00a0va ezgulik qiluvchilarga (<\/strong>jannat haqida<strong>)\u00a0<u>xushxabar<\/u>\u00a0sifatida (<\/strong>nozil qilingandir<strong>)<\/strong><strong>\u201d<\/strong>\u00a0(Ahqof, 12) [11:503] deyilgan;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 ibodat qilishga loyiq bo\u02bblgan zot faqatgina Alloh ekanini yetkazish. Qur\u02bconda:\u00a0<strong>\u201c(<\/strong>Ey, Muhammad!<strong>) Sizdan ilgari Biz yuborgan har bir payg\u02bbambarga ham: \u201cMendan o\u02bbzga iloh yo\u02bbq, bas, Menga ibodat qilingiz!\u201d, deb vahiy yuborgandirmiz<\/strong><strong>\u201d<\/strong>\u00a0(Anbiyo, 25) [11:324] deyiladi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Alloh yuborgan xabar va buyruqlarni yetkazish. Bu haqida Qur\u02bconda:\u00a0<strong>\u201cUlar (<\/strong>o\u02bbtgan payg\u02bbambarlar<strong>) Allohning farmonlarini (<\/strong>bandalarga<strong>) yetkazadigan, Undan qo\u02bbrqib, Allohdan o\u02bbzgadan qo\u02bbrqmaydigan zotlardir<\/strong><strong>\u201d<\/strong>\u00a0(Ahzob, 39) [11:423] deyiladi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 insonlarga go\u02bbzal namuna bo\u02bblish uchun. Qur\u02bconda:\u00a0<strong>\u201c(<\/strong>Ey, imon keltirganlar!<strong>) Sizlar uchun \u2013 Alloh va oxirat kunidan umidvor bo\u02bblgan hamda Allohni ko\u02bbp yod qilgan kishilar uchun Allohning payg\u02bbambarida go\u02bbzal namuna bordir<\/strong><strong>\u201d<\/strong>\u00a0(Ahzob, 21) [11:420] deyiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarlikka oid muhim xususiyat \u2013 bu ularga berilgan g\u02bbayriodatiy imkoniyatlar (xavariqul adat) hisoblanadi. Bu imkoniyatlar ularga payg\u02bbambarlik faoliyatining haqiqiy ekanini isboti uchun beriladi. Valiylarga berilgan karomat va sehr, ko\u02bbzbo\u02bbyamachilar amalga oshiradigan xayollanish faoliyatidan payg\u02bbambarlarga ato qilingan g\u02bbayriodatiy imkoniyatlarni ajratib turuvchi qator alomatlar mavjud [6:142].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarlarga berilgan g\u02bbayriodatiy imkoniyatlar borasida olim va mutafakkirlarda turli xil qarashlar mavjud:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Birinchi fikr faylasuflarniki bo\u02bblib, unga ko\u02bbra bundaylar Alloh o\u02bbziga tanlab olib va vahiy yuboriladigan xos insonlar turiga kiruvchilar emas, balki ular o\u02bbzlarida inson sezgi organlaridan ba\u02bczilari bo\u02bblmish: Ko\u02bbrish, eshitish, ruhiy holat kabilarni yuqori darajada rivojlantirishga muvaffaq bo\u02bblgan shaxslardir [6:142-143];<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 ikkinchi qarash mo\u02bbtazila, ashariy (aksar)lar, mutakallim (ba\u02bczi)lar va sunniylardan bo\u02bblgan ibn Xazmga tegishli bo\u02bblib, unga ko\u02bbra, payg\u02bbambar oddiy insonlarga qaraganda g\u02bbayriodatiy faoliyat bilan, ya\u02bcni mo\u02bbjiza bilan ajralib turishini ta\u02bckidlaydi. Qisqa ma\u02bcnoda \u201cmo\u02bbjiza\u201d so\u02bbzi arab tilidan olingan bo\u02bblib bu shunday faoliyatki, uni qilishdan inson ojiz qoladi. Mo\u02bbtazilalar \u201cmo\u02bbjiza\u201d inson imkoniyatidan tashqaridagi faoliyat bo\u02bblib, bevosita Xudoning o\u02bbzi tomonidan amalga oshiriladi deb hisoblaydi. Va shuning uchun g\u02bbayriodatiy faoliyatga oid bo\u02bblgan (valiyning karomati va sehrgarning jodusi va h.k.z) boshqa amallarni inkor qilishadi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 uchinchi qarash an\u02bcanaviy islom vakillari salafus solih va ahlus sunna val jamoa namoyondalari bo\u02bblib, ular barcha dalillarni umumlashtirib, ularni 3 yo\u02bbnalishga bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1) Alomat (oyat) va dalillar (burhon) yo\u02bbnalishi, g\u02bbayriodatiy faoliyatga bog\u02bbliq. Ular mo\u02bbtazila va ashariylar qo\u02bbllagan \u201cmo\u02bbjiza\u201d iborasi Qur\u02bcon va Sunnatda ishlatilmagan, uning ustiga bu so\u02bbz umum (ya\u02bcni, valiylar tomonidan sodir etiladigan karomat va sehrgarlarning jodusi kabi g\u02bbayriodatiy) amalga oshirilishi mumkin bo\u02bblgan faoliyat, shuning uchun payg\u02bbambarlarga nisbatan Qur\u02bcon (Naml, 12 va Qasas, 32)da ishlatilgan \u201coyat\u201d (alomat) va \u201cburhon\u201d (dalil) iboratlarini ishlatgan afzal deb ta\u02bckidlaydi. Masalan, Payg\u02bbambar Muhammad (S.A.V.)ga berilgan oyat va burhonlarga qaralsa, ularni 4 turkumga bo\u02bblish mumkin: Birinchisi bu \u2013 Qur\u02bcon, unga o\u02bbxshashini na inson va na jinlar bir-biriga yordam berib ham tuza olmaydi. Bu borada Qur\u02bconda:\u00a0<strong>\u201cAyting: \u201cQasamki, agar insu jin ushbu Qur\u02bconning o\u02bbxshashini keltirish uchun birlashib, bir-birlariga yordamchi bo\u02bblsalar-da, uning mislini keltira olmaslar\u201d\u201d<\/strong>\u00a0(Isro, 88) [11:291] deyiladi; ikkinchisi bu \u2013 eshitiladigan, ya\u02bcni payg\u02bbambarga aytilgan salovatlar. Ibn Mas\u02bcud payg\u02bbambar bilan birga taomlanishga o\u02bbtirganda ovqatni unga salovat aytayotganini eshitganini aytadi (Buxoriy-3579) [1:881]; uchinchisi bu \u2013 ko\u02bbrinadigan, ya\u02bcni inson ham, jin ham amalga oshira olmaydigan amal. Payg\u02bbambarning barmoqlari orasidan chiqqan suv (Buxoriy-3579) [1:881]; to\u02bbrtinchisi bu \u2013 suhbat, ya\u02bcni payg\u02bbambarning jonsiz narsalar bilan suhbati. Payg\u02bbambar bilan toshlarning salomlashishi, masjiddagi to\u02bbnkaning yig\u02bblab murojaat qilishi (Buxoriy-918) [1:222].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2) Payg\u02bbambar faoliyatiga aloqador besh haqiqat bu \u2013 u olib kelgan xabar, buyruq, taqiq, so\u02bbz va faoliyat, bularning barchasi uning haq ekaniga dalolat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">3) Allohning o\u02bbz payg\u02bbambarlariga yordami (nusrat) bu \u2013 Alloh tomonidan o\u02bbz payg\u02bbambarlariga, ularning faoliyatlarida yordam berishi va natijada bu buyuk vazifaning g\u02bbalaba qozonishi [6:143-148].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shialar payg\u02bbambarlik tushunchasi har bir payg\u02bbambarda unga yordam beruvchi va burchini davom ettiruvchisi \u2013 \u201cDiniy vasiyatni amalga oshiruvchi\u201d (vasi)si bo\u02bblishi kerak degan tushuncha bilan ajralib turadi [8:184].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari olimlar, Islomning muqaddas manbalariga asoslangan holda payg\u02bbambarlar umuminsoniy xulqlarga ham ega ekanini aniqlashgan, masalan:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Payg\u02bbambarlar Odam avlodidanlar (Isro, 94);<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 payg\u02bbambarlar shahar (o\u02bbtroq joy aholisidan)lik (Yusuf, 109);<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 payg\u02bbambarlar, o\u02bbzlari yuborilgan xalq tilida gaplasha olgan (Ibrohim, 4);<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 payg\u02bbambarlar erkak kishi bo\u02bblgan (Yusuf, 109);<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 payg\u02bbambarlar haqgo\u02bby bo\u02bblgan (Haqqa, 41-47);<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 payg\u02bbambarlar farosat borasida ziyrak bo\u02bblgan (Baqara, 258);<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 payg\u02bbambarlar begunoh bo\u02bblgan (Fath, 1-2).<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa sifatida quyidagilarni aytish mumkin-ki, an\u02bcanaviy (sunniy) islom vakillarining qarashiga ko\u02bbra, payg\u02bbambarlarga ishonish, imonning ruknlaridan biri hisoblanadi. Islomning muqaddas manbalariga ko\u02bbra, ba\u02bczi payg\u02bbambarlarning [elchi-\u0631\u0633\u0648\u0644] mavqei boshqalariniki [prorokov-\u0646\u0628\u0649]ga qaraganda yuqoriroq bo\u02bblgani sabab, ularning necha nafarligi haqida qat\u02bciy ta\u02bckid bildirilmagani ma\u02bcqul.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sunniy olimlarning fikriga ko\u02bbra, payg\u02bbambarlarning Alloh tomonidan g\u02bbayriodatiy fe\u02bcl [oyat-alomat va burhon-dalil]lar bilan ta\u02bcminlangani ularni insonlarning qatoridan chiqarib ilohiylashtirishga asos bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyot:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. Sahihul Buxoriy. \u2013 Bayrut: Dor ibn Kasir, 2002;<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh Hokim. Al-Mustadrak ala-s-sahihayn. \u2013 Bayrut: Doru-l-kutubi-l-ilmiya, 2002. \u2013 J.2<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Amir Alouddin Ali Balban Farsiy. Al-Ihsan fi taqrib sahih ibn Hibbon. \u2013 Bayrut: Muassasatu-r-risala, 1988. \u2013 J.2;<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ahmad ibn Muhammad ibn Ali Fayuvmiy. Al-Misbahu-l-munir. \u2013 Bayrut: Maktaba Lubnan, 1987;<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Doktor Vahb Zuhayliy. At-Tafsiru-l-munir. \u2013 Damashq: Doru-l-fikr, 2009. \u2013 J.9;<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Doktor Solih ibn Abdulaziz ibn Muhammad ibn Ibrohim Oli Shayx. Sharhu-l-aqidati-t-Tahaviya: sharxaxa maali Shayx duktur Salih ibn Abdulaziz ibn Muhammad Ol Shayx. \u2013 Ar-Riyod: Doru-l-mavadda, 2011. \u2013 J.1;<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ibn Munzir. Lisanu-l-arab. \u2013 Kair: Daru-l-maarif, 1998;<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Islam: Ensiklopedicheskiy slovar. \u2014 Moskva: Nauka, 1991;<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ismoil ibn Amr ibn Kasir. Tafsiru-l-Qurani-l-a\u02bczim. \u2013 Ar-Riyod: Dor Toyiba, 1999. \u2013 J.7;<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mujammau-l-lug\u02bbati-l-arabiya. Mu\u02bcjamu-l-vasit. \u2013 Kohira: Maktabu-sh-shuruki-l-duvaliya, 2004;<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qur\u02bconi Karim ma\u02bcnolarining tarjimasi va tafsiri \/Tarjima va tafsir muallifi: Shayx Abdulaziz Mansur. T: \u201cToshkent islom universiteti\u201d nashriyoti matbaa birlashmasi. 2012. B;<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xabibullo SAGDIYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cIslomshunoslik va islom sivilizatsiyasini<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">o\u02bbrganish ISESCO\u201d kafedrasi dotsenti, PhD<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yakkaxudolikka asoslangan dinlarda payg\u02bbambarlar Parvardigor va insonlar orasidagi vositachi, ya\u02bcni ilohiy irodaning xabarchisi hisoblanadi. Payg\u02bbambarlikka oid savollar islom aqidasi va ilohiyotidagi markaziy masalaga aylandi. Sababi, payg\u02bbambar (nabiy) va elchilar (rosul)ga bo\u02bblgan ishonch (e\u02bctiqod) imon ruknlarining biri sanaladi. Bunga dalil sifatida Qur\u02bcondan:\u00a0\u201cPayg\u02bbambar (Muhammad) (S.A.V.)\u00a0o\u02bbziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga (oyatlarga) imon keltirdi va mo\u02bbminlar ham. (Ularning) har &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":24426,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ISLOMDA PAYG\u02bbAMBARLAR MAVQ\u0415I - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ISLOMDA PAYG\u02bbAMBARLAR MAVQ\u0415I\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ISLOMDA PAYG\u02bbAMBARLAR MAVQ\u0415I - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ISLOMDA PAYG\u02bbAMBARLAR MAVQ\u0415I\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-10-03T05:35:34+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/islomdda.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"370\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&lang=oz\",\"name\":\"ISLOMDA PAYG\u02bbAMBARLAR MAVQ\u0415I - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/islomdda.jpg\",\"datePublished\":\"2022-10-03T05:35:34+00:00\",\"dateModified\":\"2022-10-03T05:35:34+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ISLOMDA PAYG\u02bbAMBARLAR MAVQ\u0415I\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/islomdda.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/islomdda.jpg\",\"width\":660,\"height\":370},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ISLOMDA PAYG\u02bbAMBARLAR MAVQ\u0415I\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ISLOMDA PAYG\u02bbAMBARLAR MAVQ\u0415I - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ISLOMDA PAYG\u02bbAMBARLAR MAVQ\u0415I","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ISLOMDA PAYG\u02bbAMBARLAR MAVQ\u0415I - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ISLOMDA PAYG\u02bbAMBARLAR MAVQ\u0415I","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-10-03T05:35:34+00:00","og_image":[{"width":660,"height":370,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/islomdda.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&lang=oz","name":"ISLOMDA PAYG\u02bbAMBARLAR MAVQ\u0415I - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/islomdda.jpg","datePublished":"2022-10-03T05:35:34+00:00","dateModified":"2022-10-03T05:35:34+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ISLOMDA PAYG\u02bbAMBARLAR MAVQ\u0415I","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/islomdda.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/10\/islomdda.jpg","width":660,"height":370},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24428&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ISLOMDA PAYG\u02bbAMBARLAR MAVQ\u0415I"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/24428"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=24428"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/24428\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24429,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/24428\/revisions\/24429"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/24426"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=24428"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=24428"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=24428"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}