{"id":24148,"date":"2022-09-19T10:58:25","date_gmt":"2022-09-19T05:58:25","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=24148"},"modified":"2022-09-19T10:58:25","modified_gmt":"2022-09-19T05:58:25","slug":"tarixiy-sammit-bashariyat-farovonligiga-xizmat-qiladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&lang=oz","title":{"rendered":"TARIXIY SAMMIT BASHARIYAT FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bismillahir Rohmanir Rohim.<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Butun dunyo nigohida bo\u2018lgan ShHTning Samarqand sammiti \u201cYil voqeasi\u201d sifatida yuksak baholanmoqda. Allohga shukrki, xalqaro maydonda katta ahamiyatga ega bo\u2018lgan muhim voqelik \u2013 Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitiga hamisha navqiron zamin muvaffaqiyatli mezbonlik qildi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">E\u2019tirof etish joizki, dunyodagi eng yirik mintaqaviy tuzilmaning asosiy anjumani \u2013 yangi takliflar muhokamasi va tashkilotning istiqbolini belgilab oladigan xalqaro yig\u2018in sanaladi. Ana shunday nufuzli sammitda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev dunyoda ishonch va o\u2018zaro bir-birini tushunish taqchilligi sezilayotgan, qarama-qarshiliklar va mojarolar kuzatilayotgan bugungi sharoitda barqarorlik va xavfsizlikka nisbatan tahdidlar kuchayganini alohida ta\u2019kidladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Buyuk ne\u2019matni asrash davrning o\u2018tkir talabi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tinchlik ulug\u2018 ne\u2019mat, inson hayotining birlamchi sharti. Chunki yaxshi turmush, farovonlik, ezgu maqsadlar ro\u2018yobi, eng avvalo, shu ne\u2019matga bog\u2018liq. Shuning uchun ham qadimdan barcha xalqlar tinchlikni asrash uchun moli-yu joni bilan kurashib kelgan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biroq bugungi kunda ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari din niqobi ostida yoshlarni zo\u2018ravonlikka, madaniy-ma\u2019rifiy va oilaviy qadriyatlarni yo\u2018qotishga undash yo\u2018li bilan jamiyatda radikal qarashlarni tarqatayotgani tashvishlanarli holatdir.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz bu masalaga bugungi kunning eng dolzarb muammosi sifatida qarab, shunday dedi:\u00a0<strong>\u201cRadikalizmning o\u2018sib borishi xavfli tendensiyaga aylanmoqda. Yoshlarning ekstremistik tashkilotlarga jalb etilishiga yo\u2018l qo\u2018ymaslik, turli nosog\u2018lom mafkuralarga qarshi barqaror immunitetni shakllantirish bo\u2018yicha kompleks amaliy chora-tadbirlar qabul qilinishi maqsadga muvofiq, deb o\u2018ylaymiz\u201d<\/strong>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu xavfning jiddiyligini his etgan O\u2018zbekiston xalqaro minbarlarda bunday xatarga qarshi o\u2018z tashabbuslarini ilgari surmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda jaholatga qarshi ma\u2019rifat bilan kurashish ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Bu yo\u2018lda aholining diniy-ma\u2019rifiy savodxonligini oshirish, ekstremistik oqimlar safiga adashib kirib qolgan va qilgan ishidan chin dildan pushaymon bo\u2018lganlarga nisbatan kechirimlilik siyosati yuritilib, yosh avlod turli buzg\u2018unchi oqimlar safiga kirib qolishining oldini olish bo\u2018yicha muntazam tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, diniy va dunyoviy bilimlarni egallagan, fuqarolar orasida diniy asosdagi ekstremizm mafkurasiga qarshi immunitetni shakllantira oladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarini buzg\u2018unchi g\u2018oyalarga qarshi kurash ishlariga faol jalb etishga katta e\u2019tibor qaratilmoqda.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u2018p yillik tajribalar shuni ko\u2018rsatmoqdaki, yoshlar yetarli bilim-tushunchaga ega bo\u2018lmagani va o\u2018ta ta\u2019sirchanligi tufayli ekstremizm va terrorizm mafkurasi oldida eng zaif qatlam bo\u2018lib qolyapti. Bugungi kunda aqidaparast oqimlar yosh avlodni o\u2018z safiga jalb qilishda internet tarmog\u2018idan keng foydalanmoqda. Ayniqsa, internet orqali turli tillarda targ\u2018ibot olib borish va virtual jamoatlar tuzish, turli ko\u2018rinishdagi asossiz \u201cfatvo\u201dlar berib borilishi muammoni yanada jiddiylashtirmoqda.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haqiqatan, bugun musulmon olamida murakkab jarayonlar kechmoqda. Mutaassiblik va mazhablarni rad etish kabi illatlar kuzatilayotgani vaziyatni yanada xavotirli tus oldirmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston musulmonlari idorasi va diniy soha xodimlari tomonidan jaholatga qarshi ma\u2019rifat bilan kurashish, aholi orasida turli ekstremistik oqim vakillari tomonidan buzg\u2018unchi g\u2018oyalar tarqatilishining oldini olish, fuqarolar, ayniqsa, yoshlarda ma\u2019naviy immunitetni shakllantirish yuzasidan joylarda diniy-ma\u2019rifiy suhbatlar, OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali doimiy chiqishlar qilish hamda islom ma\u2019rifatiga oid nashr mahsulotlarini tarqatish kabi faoliyatlar amalga oshirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dini fasod va buzg\u2018unchilikni butunlay qoralaydi. Alloh taolo Yer yuzida buzg\u2018unchilik qilmaslikni buyurib:\u00a0<strong>\u201cAlloh esa, fasodni (buzg\u2018unchilikni) yoqtirmaydi\u201d<\/strong>\u00a0(Baqara surasi, 205-oyat), shu suraning 60-oyatida esa:\u00a0<strong>\u201cAllohning rizqidan yeb-ichingiz, Yer yuzida buzg\u2018unchilik qilmangiz!\u201d<\/strong>, deb ogohlantirgan. Hadisi shariflarda:\u00a0<i>\u201cHaqiqiy musulmon uning qo\u2018lidan va tilidan boshqa musulmonga ozor yetmaydigan kishidir\u201d<\/i>\u00a0(Imom Buxoriy rivoyati), deyilgan. Demak, islom dini ekstremizm, terrorizm va radikalizmni butkul qoralaydi, musulmonlarni oqibati og\u2018ir bo\u2018lgan bunday harakatlardan ogoh bo\u2018lishga chaqiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqand sammitida Prezidentimiz ilgari surgan xalqchil va chin insoniy maqsadlar ham tinchlikni mustahkamlash, ko\u2018p tomonlama hamkorlikni kengaytirish, dunyo davlatlari o\u2018rtasida birdamlikni kuchaytirishga xizmat qiladi, inshaalloh.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Hayotiy o\u2018ta muhim masala<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo insonni ulug\u2018lab, unga ato etgan ne\u2019mat\u00a0\u2013 tabiatni asrab-avaylash, undan me\u2019yorida foydalanishga buyurgan. Haq taolo:\u00a0<strong>\u201cYerni yaroqli qilib qo\u2018ygandan keyin unda buzg\u2018unchilik qilmangiz!\u201d<\/strong>, deya amr qilgan (A\u2019rof surasi, 56-oyat). Qur\u2019oni karimdagi 750 ga yaqin oyat tabiatdagi ne\u2019matlar haqida mulohaza yuritishga undaydi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu kabi ilohiy ta\u2019kidlar har bir insonni ne\u2019matlarga oqilona munosabatda bo\u2018lish, atrof-muhitni ozoda saqlashga chaqiradi. Afsuski, so\u2018nggi yillarda dunyo hamjamiyati ekologik muammolar tufayli aziyat chekmoqda. Global iqlim o\u2018zgarishlari, suv tanqisligi, chang bo\u2018ronlari, oziq-ovqat yetishmovchiligi kabilar bashariyatni tang ahvolga solib qo\u2018ymoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">ShHT sammitida Prezidentimiz shu kabi dolzarb masalalarga ham alohida to\u2018xtalib,\u00a0<strong>\u201cIqlim o\u2018zgarishi, suv va tabiiy resurslarning yetishmasligi, pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi inqirozi kabi zamonamiz muammolari barqaror rivojlanish uchun jiddiy xavf tug\u2018dirmoqda\u201d,<\/strong>\u00a0deya ta\u2019kidladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haqiqatan, iqlim o\u2018zgarishi va oziq-ovqat tanqisligi bilan bog\u2018liq muammolar kun tartibiga chiqmoqda. Buning uchun biz tabiatga e\u2019tibor berishimiz, ne\u2019matlarni tejab ishlatishimiz kerak. Faqat bugunni emas, yaqin va uzoq kelajakni o\u2018ylab ish tutishimiz zarur. Alloh taolo butun insoniyatga rizq-u ro\u2018zni ato etib, isrofga yo\u2018l qo\u2018ymaslikka chaqirdi:\u00a0<strong>\u201cYeb-iching va isrof qilmang. Chunki U isrof qiluvchilarni sevmas\u201d<\/strong>\u00a0(A\u2019rof surasi, 31-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nabiy alayhissalom:\u00a0<strong>\u201cSolih hidoyat, go\u2018zal ko\u2018rinish va tejamkor bo\u2018lish nabiylikning yetmishdan bir juzidir\u201d<\/strong>, dedilar\u201d (Imom Buxoriy rivoyati).\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulug\u2018 allomalar asarlarida ham atrof-muhitga oid bir qator masalalar bayon etilgan. Abu Ali ibn Sino \u201cTib qonunlari\u201d asarida atrof-muhitning inson salomatligi va ruhiyatiga ta\u2019sirini ochib bergan. Amir Temur bo\u2018z yerlarni o\u2018zlashtirgan kishilar yoki bog\u2018 qilganlarni rag\u2018batlantirgan. Alisher Navoiy esa tabiatga xiyonatni do\u2018stga xiyonat qilishga qiyos qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u2019kidlash joizki, suv inson hayotini ta\u2019minlashda asosiy manba. Daryo va soylar suvi ham qishloq xo\u2018jaligi, ham energetika, ham aholi turmushi uchun o\u2018ta muhim. Hozirgi kunda ichimlik suv muammosi butun jahon miqyosida tashvish bo\u2018lib turibdi. Dunyo aholisining oltidan bir qismi toza ichimlik suvga muhtoj.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Suvni tejash borasida hadisi sharifda go\u2018zal namuna bor.\u00a0<strong>\u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam tahorat qilayotgan buyuk sahobalardan biri Sa\u2019d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuning suvni ko\u2018proq ishlatayotganini ko\u2018rdilar va unga: \u201cHoy Sa\u2019d, bu qanday isrofgarchilik?!\u201d dedilar. Sa\u2019d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu: \u201cEy Allohning Rasuli! Tahoratda ham isrof bo\u2018ladimi?\u201d dedi. U Allohning ibodati uchun tahorat qilayotganda suvni sal ko\u2018proq ishlatish isrof sanalmasa kerak, deb o\u2018ylagan ekan. Shunda u zot alayhissalom: \u201cHa, hatto oqib turgan daryoning yoqasida bo\u2018lsang ham\u201d, dedilar\u201d<\/strong>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo insonlarga ato etgan ne\u2019matlarini eslatar ekan, suvni ham zikr qiladi:\u00a0<strong>\u201cSizlar o\u2018zlaringiz ichayotgan suvni (o\u2018ylab) ko\u2018rdingizmi? Uni bulutlardan sizlar yog\u2018dirdingizmi yoki Biz yog\u2018diruvchimizmi? Agar Biz xohlasak, uni sho\u2018r va achchiq qilib qo\u2018ygan bo\u2018lar edik. Bas, (shu obihayot uchun ham) shukr qilmaysizmi?\u201d<\/strong>\u00a0(Voqea surasi, 68-70-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, isrofning gunohi va uning so\u2018rovi og\u2018ir, suvni isrof qilishning gunohi esa isroflar ichida eng og\u2018iridir. Chunki bu ne\u2019mat isrofi oqibatida juda katta zararlar kelib chiqishi mumkin.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchi. Kiyim kiyishda, yurish-turishda, umuman, har bir sohada tejamkor bo\u2018lish lozim. Ana shunda tejamkorligimiz o\u2018zimizga, oilaviy iqtisodimizga, jamiyatimizga, butun el-yurtimizga foyda keltiradi, xavf solayotgan tahdidlar ortga chekinadi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Samarqand deklaratsiyasi \u2013 istiqbolli hujjat<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sammitda ShHT faoliyatining muhim sohalaridagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. ShHT Davlat rahbarlari kengashining Samarqand deklaratsiyasi tadbirning bosh yakuniy hujjati bo\u2018ldi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jami 44 ta hujjat \u2014 bayonot, bitim, dastur va boshqa hujjatlar qabul qilindi. A\u2019zo davlatlarning yaxshi qo\u2018shnichiligi, do\u2018stligi va hamkorligi to\u2018g\u2018risidagi shartnoma, \u201cShHTning ezgu niyat elchisi\u201d faxriy unvoni to\u2018g\u2018risida nizom va turizm sohasidagi hamkorlik to\u2018g\u2018risida kelishuvlar shular jumlasidandir. ShHT Davlat rahbarlari kengashining iqlim o\u2018zgarishiga nisbatan javob harakatlari, global oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlash, energetik xavfsizlikni ta\u2019minlash to\u2018g\u2018risidagi bayonotlari ham qabul qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">ShHTning 20 yildan ziyod faoliyati davomida shuncha miqdorda muhim va inson hayoti uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilishi eng yuqori ko\u2018rsatkich bo\u2018lib, tarixiy voqeaga aylandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yakunda yana bir jihat: sammitga kelgan bir qator davlat rahbarlari Samarqand zaminidagi \u201cBoqiy shahar\u201d, Imom Buxoriy va Hazrati Xizr majmualarini ziyorat qilishi, Qur\u2019oni karim oyatlari tilovat qilinib, ezgu duolar o\u2018qilishi ushbu yig\u2018in ishiga qut-baraka berdi hamda qabul qilingan hujjatlarda hayotiylik aks ettirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo butun Yer yuzining diqqat markazidan o\u2018rin olgan Samarqand sammiti yurtlar tinchligi, insoniyat farovonligi va mamlakatlar taraqqiyotiga xizmat qilishini nasib etsin.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nuriddin XOLIQNAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2022 yil 19 sentyabr<\/strong><strong>,\u00a0<\/strong><strong>192<\/strong><strong>(<\/strong><strong>714<\/strong><strong>) son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bismillahir Rohmanir Rohim. Butun dunyo nigohida bo\u2018lgan ShHTning Samarqand sammiti \u201cYil voqeasi\u201d sifatida yuksak baholanmoqda. Allohga shukrki, xalqaro maydonda katta ahamiyatga ega bo\u2018lgan muhim voqelik \u2013 Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitiga hamisha navqiron zamin muvaffaqiyatli mezbonlik qildi.\u00a0 E\u2019tirof etish joizki, dunyodagi eng yirik mintaqaviy tuzilmaning asosiy anjumani \u2013 yangi takliflar muhokamasi va tashkilotning istiqbolini belgilab &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":24146,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>TARIXIY SAMMIT BASHARIYAT FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"TARIXIY SAMMIT BASHARIYAT FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"TARIXIY SAMMIT BASHARIYAT FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"TARIXIY SAMMIT BASHARIYAT FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-09-19T05:58:25+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/tarixiy.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"579\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&lang=oz\",\"name\":\"TARIXIY SAMMIT BASHARIYAT FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/tarixiy.jpg\",\"datePublished\":\"2022-09-19T05:58:25+00:00\",\"dateModified\":\"2022-09-19T05:58:25+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"TARIXIY SAMMIT BASHARIYAT FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/tarixiy.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/tarixiy.jpg\",\"width\":660,\"height\":579},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"TARIXIY SAMMIT BASHARIYAT FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"TARIXIY SAMMIT BASHARIYAT FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"TARIXIY SAMMIT BASHARIYAT FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"TARIXIY SAMMIT BASHARIYAT FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"TARIXIY SAMMIT BASHARIYAT FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-09-19T05:58:25+00:00","og_image":[{"width":660,"height":579,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/tarixiy.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&lang=oz","name":"TARIXIY SAMMIT BASHARIYAT FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/tarixiy.jpg","datePublished":"2022-09-19T05:58:25+00:00","dateModified":"2022-09-19T05:58:25+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"TARIXIY SAMMIT BASHARIYAT FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/tarixiy.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/tarixiy.jpg","width":660,"height":579},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24148&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"TARIXIY SAMMIT BASHARIYAT FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/24148"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=24148"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/24148\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24149,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/24148\/revisions\/24149"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/24146"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=24148"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=24148"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=24148"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}