{"id":24055,"date":"2022-09-14T09:13:06","date_gmt":"2022-09-14T04:13:06","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=24055"},"modified":"2022-09-14T09:13:06","modified_gmt":"2022-09-14T04:13:06","slug":"yaxshilik-va-tinchlik-yo%ca%bblida-birlashib-dadil-odimlayotgan-tuzilma","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&lang=oz","title":{"rendered":"YAXSHILIK VA TINCHLIK YO\u02bbLIDA BIRLASHIB, DADIL ODIMLAYOTGAN TUZILMA"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bismillahir Rohmanir Rohim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk mutafakkir va aziz avliyolar hoki qo\u02bbnim topgan, osori atiqalar fayz bag\u02bbishlab turadigan Samarqand bugun yana dunyo nigohida. Sayyoramizning eng nufuzli tuzilmalaridan biri \u2013 Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari mezbonlik qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Milliy davlatchiligimiz tarixida muhim o\u02bbrin tutadigan va bugun xalqaro muloqot maydoniga aylanib borayotgan Samarqandda ilk bor bunday yirik xalqaro tadbirning o\u02bbtkazilayotgani, albatta, butun diyorimiz ahli uchun faxr va iftixordir. Unda 15 davlat yetakchisi, o\u02bbndan ortiq xalqaro tashkilot vakillari, dunyoning ko\u02bbzga ko\u02bbringan ekspert va tahlilchilari, siyosatshunoslar mazkur sammitda ishtirok etishi kutilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbarining \u201cShanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o\u02bbzaro bog\u02bbliqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik\u201d sarlavhali maqolasi e\u02bclon qilindi. Jahon hamjamiyati tomonidan yuksak darajada e\u02bctirof etilayotgan ushbu maqolaga ko\u02bbplab xorijiy nashrlar munosabat bildirmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xususan, Kuvaytning yetakchi \u201cAl-Anba\u201d, \u201cAl-Nahor\u201d, \u201cTayms Kuveyt\u201d gazetalarida davlatimiz rahbarining fikrlariga oid ijobiy chiqishlar e\u02bclon qilindi. Maqolada qayd etilganidek, SHHT o\u02bbz mohiyatiga ko\u02bbra, tinchlik, hamkorlik va taraqqiyot yo\u02bblida birlashishga, ayirmachilik unsuridan xoli bo\u02bblgan jozibador makonga aylanishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aniq dalillarga asoslangan ushbu maqolada \u201cBunday murakkab sharoitda bir haqiqat aniq: hech bir mamlakat yolg\u02bbiz holda ushbu global xavf-xatarlarni chetlab o\u02bbtish yoki bartaraf etishga qodir emas\u201d, deb ta\u02bckidlagan Davlatimiz Rahbari. Hamkorlikning yangicha ruhi va muloqotning o\u02bbzgacha qiyofasi Tarixdan ma\u02bclumki, hech bir davlat hamkorlarsiz tinchlik ne\u02bcmatini asrab-avaylashga to\u02bblaqonli erisha olmaydi. Xalqlar uchun xavf-xatar solayotgan bugungi davrda hamjihatlik yordamidagina tinch-osuda, farovon hayot kechirish mumkin. Tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga xavf tug\u02bbdirayotgan, har qaysi mamlakatga raxna soladigan tahdid va xatarlarga qarshi umumiy sa\u02bcy-harakat hamda imkoniyatlarni safarbar etish barcha uchun birdek muhimdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu ma\u02bcnoda, O\u02bbzbekistonning SHHTga raisligi davrida sa\u02bcy-harakatlarga erishilganini alohida ta\u02bckidlash barobarida Samarqandda Tashkilot faoliyatining yangi bosqichi boshlanishiga, ishonchli hamkorlikning yangi amaliy ko\u02bbrinishlariga tamal toshi bo\u02bblishiga ishonchimiz komil. SHHT sammiti oldidan matbuotda e\u02bclon qilingan maqolada azal-azaldan Samarqand insoniyatning tinch va farovon yashash, o\u02bbz kuch va imkoniyatlarini ro\u02bbyobga chiqarish, baxtli hayot kechirish kabi mushtarak maqsadlari mujassam bo\u02bblgani alohida qayd etildi. \u201cBu tabarruk zaminda yashaydigan har bir odam, yaxshi qo\u02bbshni \u2013 bu Xudo insonga ato etgan baxtning bir bo\u02bblagi ekanini, tinch-totuv qo\u02bbshnichilik esa barakot manbai ekanini chuqur anglagan, deb yozadi Davlatimiz Rahbari.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zero, hamkorlik, savdo, ijod, ilm-fan va san\u02bcat, insoniy g\u02bboyalar ustuvor bo\u02bblgan joyda ezguliklar ko\u02bbpayadi, xalqlar farovon va o\u02bbzaro ahil yashaydi. Bugun zamonaviy va jadal rivojlanayotgan infratuzilmalarga ega bo\u02bblgan Samarqandning bunday noyob jihatlari uni mintaqaviy va global xatarlarni birgalikda muhokama qilish, bu borada zarur yechimlarni izlab topish uchun eng qulay va maqbul maydonga aylantirmoqda\u201d Davlatimiz rahbari maqolasida dunyoning turli joylarida davom etayotgan qurolli mojarolar savdo-investitsiya oqimlarini izdan chiqarib, oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta\u02bcminlash borasida muammolar yanada keskinlashib borayotgani haqida dolzarb fikr bildirilgan. Bu kabi muammolarni hech bir davlatning yakka o\u02bbzi hal etolmasligi, buning uchun birdamlikda o\u02bbzaro kelishib, jipslashish kerakligi qayd etilgan. Chunki har qanday muammo va masalani birgalikda, jipslashib hal qilish lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Dunyoning ko\u02bbplab mamlakatlarida kuzatilgan pandemiya paytidagi holat ham hammaga ma\u02bclum. Mamlakatlar yordam qo\u02bblini cho\u02bbzishi, ayniqsa, davlatlar bir-biriga insonparvarlik yordamlari ila aholini qo\u02bbllab-quvvatlashlari yanada kattaroq kulfatlardan saqlashga omil bo\u02bbldi. Prezidentimizning mazkur maqolasini diqqat bilan o\u02bbqib, davlatlararo hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga katta urg\u02bbu qaratilganiga amin bo\u02bbldim. Darhaqiqat, Islom dinida ham ming yillardan beri qoida bo\u02bblib kelayotgan yaxshilik va taqvo yo\u02bblida hamkorlik qilish, yomonlik va gunohda bir-biriga yordam bermaslik dinning asosiy g\u02bboyalaridan biri hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Alloh taolo shunday marhamat qiladi: \u201cEzgulik va taqvo (yo\u02bbli)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yo\u02bbli)da hamkorlik qilmangiz!..\u201d (\u201cMoida\u201d surasi 2-oyat). Demakki, yaxshi va ezgu ishlarda o\u02bbzaro hamkorlik qilish hamda gunoh va adovatga sabab bo\u02bbladigan ishlarda boshqalarga yordam bermasdan, balki ularni to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga boshlash \u2013 dinimiz talabidir. Hazrati Rasul alayhissalom bu haqda shunday deganlar: \u201cYaxshilikka yo\u02bbllovchi kishi o\u02bbsha yaxshilikni qiluvchi kabidir\u201d (Imom Termiziy rivoyati). Islom nazdidagi hamkorlik insoniyatga faqat saodat keltirish yo\u02bblidagi hamkorlik tushuniladi. Agar insonlar shu hamkorlikni amalga oshirsalar, o\u02bbzlari orzu qilayotgan taraqqiyot va baxt-saodatga erishadilar. Mo\u02bbmin-musulmonlar o\u02bbzi yashab turgan jamiyatdagi barcha insonlarga naf keltirishga, ulardan zararni daf qilishga sa\u02bcy-harakat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulug\u02bb sahoba Jobir raziyallohu anhu Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi, Ul zot: \u00abYaxshilik qilishning barchasi \u2013 sadaqadir. Bir kishining ulovga minishida yordam berishing yaxshilik \u2014 ehson. Bir kishiga tabassum ila yaxshi so\u02bbz aytishing ham yaxshilik, odamlarga aziyat beradigan narsani yo\u02bbldan olib tashlashing ham senga yaxshilik, ikki kishi o\u02bbrtasida adolat bilan isloh qilishing yaxshilikdir. Moddiy yordamga muhtoj oilaga muruvvat qilishing ham sen uchun yaxshilikdir. Kishiga bu kabi yaxshiliklarni ado etgani uchun Alloh, unga qalb musaffoligini beradi, qolaversa, ko\u02bbp xayru savoblarga ega bo\u02bbladi\u201d, deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, musulmon kishi jamiyat uchun faqat yaxshilikni ravo ko\u02bbrmog\u02bbi, yomonliklardan tiyilmog\u02bbi va boshqalarga aziyat berishdan uzoqda bo\u02bblmog\u02bbi kerak. Ayniqsa, musulmon kishi o\u02bbziga sevimli bo\u02bblgan narsani boshqa birodarlariga ham bo\u02bblishini yaxshi ko\u02bbrishi, ya\u02bcni ularga foyda keltirish va ulardan har qanday zararni daf qilishi lozimdir. Ta\u02bckidlash joizki, inqiroz va bo\u02bbhronlar davrida mamlakatlar asosiy e\u02bctiborni hamjihatlikka qaratishlari lozim. Zero, bu dunyoda barqaror, ishonchli va farovon taraqqiyotning eng muhim omili samarali hamkorlikdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shanxay hamkorlik tashkiloti mana shunday keng qamrovli hamkorlikning yorqin namunasi sifatida dunyo maydoniga chiqdi. Tinchlikni targ\u02bbib qiluvchi, ayirmachilikdan saqlovchi Shanxay hamkorlik tashkilotining asosiy maqsadi a\u02bczo davlatlar o\u02bbrtasida o\u02bbzaro do\u02bbstlik, ishonch va yaxshi qo\u02bbshnichilik muhitini mustahkamlash hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, shuningdek, xavfsizlik, energetika, turizm, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. O\u02bbzbekiston mintaqada tinchlikni saqlash borasidagi tashabbuslarning doim oldingi safda bo\u02bblib kelgan. Ayniqsa, bugungi zamonaviy dunyoda qo\u02bbshni Afg\u02bbon muammosi davlatimizning doimiy e\u02bctiborida.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Binobarin, mazkur maqolada ham muhtaram Prezidentimiz ushbu muammoga to\u02bbxtalar ekan, \u201cbugun SHHT doirasida shakllangan mana shunday ijobiy va muvaffaqiyatli tajribadan Afg\u02bbonistonni rivojlantirish masalasida ham foydalanish o\u02bbta muhim va dolzarbdir\u201d, deya ta\u02bckidladi. Aytish o\u02bbrinliki, ushbu davlatda tinchlik o\u02bbrnatish SHHTning barcha a\u02bczolari uchun dolzarb masaladir. Afg\u02bboniston bilan o\u02bbzaro munosabatlar, jafokash afg\u02bbon xalqiga har tomonlama yordam va ko\u02bbmak berishni kuchaytirish bilan bog\u02bbliq barcha masalalar hamon dolzarb bo\u02bblib turibdi. Alloh taoloning eng ulug\u02bb ne\u02bcmatlaridan biri bu \u2013 tinchlikdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan sahobalar ko\u02bbproq nimani duo qilib so\u02bbrashni savol qilishgan-da, Ul zot: \u201cAlloh taolodan ofiyat (tinchlik, xotirjamlik)ni so\u02bbranglar\u201d, deb aytgan so\u02bbzlari bu ne\u02bcmatlar nechog\u02bblik muhim ekaniga dalolat qiladi. Yana bir hadisi sharifda Rasuli Akram alayhissalom shunday deganlar: \u201cKim oilasi tinch, tani salomat va huzurida bir kunlik taomi bor holatda tong ottirsa, unga dunyo to\u02bblig\u02bbicha berilibdi\u201d (Imom Buxoriy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Osoyishtalik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi, farzandlar emin-erkin kamolga erishadi, oqibatda, jamiyatda har tomonlama yuksalish va rivojlanish ro\u02bby beradi. Demak, dunyoda hayotning bir maromda davom etishi, xalqning Haq taolo buyurgan ishlarini mukammal va xotirjam ado etishlari uchun tinchlik va osoyishtalik lozim. Yaratgan Parvardigor Qur\u02bconi karimda ana shu tinchlikni saqlash va qadrlash vazifasini inson zimmasiga yuklab, Islom dini tinchlikka targ\u02bbib qilishini, shaytoniy yo\u02bbllarga ergashmaslik lozimligini ta\u02bckidlab, shunday deydi: \u201cEy, imon keltirganlar! Yoppasiga itoatga kirishingiz va shaytonning izidan ergashmangiz! Albatta, u sizlarga aniq dushmandir\u201d (Baqara surasi, 208-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi g\u02bboyat murakkab va tahlikali zamonda tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, uni ko\u02bbz qorachig\u02bbidek asrab-avaylash va mustahkamlash masalasi SHHT oldida doimo muhim vazifa bo\u02bblib turibdi. Ushbu tashkilotning Samarqand sammiti tinch, erkin va farovon hayotni ta\u02bcminlash yo\u02bblida muhim bosqich bo\u02bblib xizmat qiladi, insha Alloh. Ta\u02bckidlash kerakki, mazkur sammitni o\u02bbtkazish uchun Samarqandni tanlanishida ham o\u02bbziga xos ramziy ma\u02bcno bor. Shubhasiz, ko\u02bbhna va hamisha navqiron Samarqand Shanxay hamkorlik tashkiloti ish faoliyati samaradorligini oshirish bilan yangi tarixga kiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz \u201cKo\u02bbp asrlar mobaynida bu shahar Yevropadan Xitoygacha bo\u02bblgan mamlakatlarni mustahkam rishtalar bilan bog\u02bblab, Shimol va Janubni, Sharq va G\u02bbarbni yagona chorrahada tutashtirgan\u201d deganlarida ayni shu omillarni nazarda tutdi. Yaxshi qo\u02bbshnichilik, do\u02bbstlik va ochiqlik muhitida mintaqaviy hamda global rivojlanishning dolzarb masalalari muhokamasini ko\u02bbzda tutadigan \u201cSamarqand ruhi\u201dda o\u02bbzining yaqqol ifodasini topgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">SHHT sammiti arafasida buyuk muhaddis bobomiz Imom Buxoriy nomi bilan bog\u02bbliq me\u02bcmoriy majmua ulug\u02bb zotning Islom olamida tutgan mavqei va salohiyatiga mos tarzda qaytadan bunyod etilmoqda. Davlatimiz rahbari ushbu nufuzli sammitga tayyorgarlik jarayonlarini ko\u02bbzdan kechirish chog\u02bbida dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilishlari, Qur\u02bconi karim oyatlari tilovat qilinib, xayrli duolar qilinishi xalqimizning azaliy qadriyatlarining amaldagi yaqqol ifodasidir. Alloh taolo mana shunday savobi ulug\u02bb ishlar va ezgu duolar barakotidan mazkur nufuzli sammitni butun dunyo xalqlari uchun muvaffaqiyatli o\u02bbtishini nasib etsin.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nuriddin domla XOLIQNAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba:\u00a0<a href=\"http:\/\/old.muslim.uz\/index.php\/maqolalar\/item\/33425\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">muslim.uz<\/a><\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bismillahir Rohmanir Rohim. Buyuk mutafakkir va aziz avliyolar hoki qo\u02bbnim topgan, osori atiqalar fayz bag\u02bbishlab turadigan Samarqand bugun yana dunyo nigohida. Sayyoramizning eng nufuzli tuzilmalaridan biri \u2013 Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari mezbonlik qilmoqda. Milliy davlatchiligimiz tarixida muhim o\u02bbrin tutadigan va bugun xalqaro muloqot maydoniga aylanib borayotgan Samarqandda ilk bor bunday &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":24053,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>YAXSHILIK VA TINCHLIK YO\u02bbLIDA BIRLASHIB, DADIL ODIMLAYOTGAN TUZILMA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"YAXSHILIK VA TINCHLIK YO\u02bbLIDA BIRLASHIB, DADIL ODIMLAYOTGAN TUZILMA\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"YAXSHILIK VA TINCHLIK YO\u02bbLIDA BIRLASHIB, DADIL ODIMLAYOTGAN TUZILMA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"YAXSHILIK VA TINCHLIK YO\u02bbLIDA BIRLASHIB, DADIL ODIMLAYOTGAN TUZILMA\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-09-14T04:13:06+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/yaxshilik.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"629\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&lang=oz\",\"name\":\"YAXSHILIK VA TINCHLIK YO\u02bbLIDA BIRLASHIB, DADIL ODIMLAYOTGAN TUZILMA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/yaxshilik.jpg\",\"datePublished\":\"2022-09-14T04:13:06+00:00\",\"dateModified\":\"2022-09-14T04:13:06+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"YAXSHILIK VA TINCHLIK YO\u02bbLIDA BIRLASHIB, DADIL ODIMLAYOTGAN TUZILMA\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/yaxshilik.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/yaxshilik.jpg\",\"width\":660,\"height\":629},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"YAXSHILIK VA TINCHLIK YO\u02bbLIDA BIRLASHIB, DADIL ODIMLAYOTGAN TUZILMA\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"YAXSHILIK VA TINCHLIK YO\u02bbLIDA BIRLASHIB, DADIL ODIMLAYOTGAN TUZILMA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"YAXSHILIK VA TINCHLIK YO\u02bbLIDA BIRLASHIB, DADIL ODIMLAYOTGAN TUZILMA","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"YAXSHILIK VA TINCHLIK YO\u02bbLIDA BIRLASHIB, DADIL ODIMLAYOTGAN TUZILMA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"YAXSHILIK VA TINCHLIK YO\u02bbLIDA BIRLASHIB, DADIL ODIMLAYOTGAN TUZILMA","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-09-14T04:13:06+00:00","og_image":[{"width":660,"height":629,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/yaxshilik.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&lang=oz","name":"YAXSHILIK VA TINCHLIK YO\u02bbLIDA BIRLASHIB, DADIL ODIMLAYOTGAN TUZILMA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/yaxshilik.jpg","datePublished":"2022-09-14T04:13:06+00:00","dateModified":"2022-09-14T04:13:06+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"YAXSHILIK VA TINCHLIK YO\u02bbLIDA BIRLASHIB, DADIL ODIMLAYOTGAN TUZILMA","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/yaxshilik.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/yaxshilik.jpg","width":660,"height":629},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=24055&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"YAXSHILIK VA TINCHLIK YO\u02bbLIDA BIRLASHIB, DADIL ODIMLAYOTGAN TUZILMA"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/24055"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=24055"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/24055\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24056,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/24055\/revisions\/24056"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/24053"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=24055"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=24055"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=24055"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}