{"id":23805,"date":"2022-08-30T09:24:36","date_gmt":"2022-08-30T04:24:36","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=23805"},"modified":"2022-08-30T09:24:36","modified_gmt":"2022-08-30T04:24:36","slug":"chinakam-mardlik-va-vatanga-cheksiz-sadoqatning-yorqin-timsoli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&lang=oz","title":{"rendered":"Chinakam mardlik va vatanga cheksiz sadoqatning yorqin timsoli"},"content":{"rendered":"<h4 class=\"mt0\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti\u00a0Shavkat Mirziyoyevning<\/span><\/h4>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Urganch shahrida\u00a0Jaloliddin Manguberdi haykalining ochilishiga bag\u02bbishlangan tantanali marosimdagi nutqi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhtaram mehmonlar!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qadrli Xorazm ahli!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bugun Mustaqillik bayrami arafasida xalqimizning buyuk farzandi Jaloliddin Manguberdi xotirasiga bag\u02bbishlab bunyod etilgan muhtasham yodgorlik majmuasini tantanali ravishda ochmoqdamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hech shubhasiz, bunda chuqur ramziy ma\u02bcno bor. Nega deganda,\u00a0<strong>dunyodagi eng ulkan qahramonlik \u2013 bu Vatan mustaqilligi va ozodligi yo\u02bblida ko\u02bbrsatilgan mardlik va jasoratdir. Bunday qahramonlik aslo unutilmaydi, hamisha xalq qalbida yashaydi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Jaloliddin Manguberdi el-yurt istiqloli uchun kurashgan, bunga o\u02bbz hayotini bag\u02bbishlagan ajdodlarimizning buyuk namoyandasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ona yurtga muhabbat va sadoqat, or-nomus va shon-sharaf bobida unga teng keladigan ulug\u02bb shaxslar dunyoda kamdan-kam uchraydi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo\u02bblamiz. Bu fikrimizni donishmand alloma va odil hukmdor Mirzo Ulug\u02bbbekning:\u00a0<strong>\u201cOlam ahli Jaloliddindan oldin ham, keyin ham bunday bahodir jangchini ko\u02bbrmagan. Bu zotning azmu shijoati oldida hatto buyuklikning o\u02bbzi ham ta\u02bczim qiladi\u201d<\/strong>, degan so\u02bbzlari yaqqol tasdiqlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sulton Jaloliddin o\u02bbn bir yil davomida mo\u02bbg\u02bbul bosqinchilariga qarshi 300 dan ortiq janglarda ishtirok etib, yovlarni titratib keldi. Bunday jasorat har qanday odamni ham hayratda qoldiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yengilmas sarkardaning Sind daryosi bo\u02bbyida o\u02bbz qo\u02bbshinidan to\u02bbrt marta ko\u02bbp bo\u02bblgan Chingizxon qo\u02bbshiniga mardona qarshi chiqqanini eslaylik. Yoki Isfahon yaqinidagi jangda bor-yo\u02bbg\u02bbi 14 nafar askari bilan mingdan ziyod mo\u02bbg\u02bbul lashkarining qurshovini yorib o\u02bbtganini yodga olaylik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hatto Chingizxondek sarkarda ham uning matonatini ko\u02bbrib:\u00a0<strong>\u201cJaloliddindek qahramon farzandi bor ota naqadar baxtlidir\u201d<\/strong>, deb tan berishga majbur bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sulton Jaloliddin jangovar faoliyati bilan nafaqat o\u02bbz yurtini, balki dunyodagi o\u02bbnlab mamlakatlarni ham mo\u02bbg\u02bbul hujumidan himoya qilganini jahon ahli e\u02bctirof etadi. Butun umri urushda o\u02bbtgan bo\u02bblishiga qaramasdan, u og\u02bbir va murakkab davrlarda ham ilm-ma\u02bcrifat homiysi sifatida masjid va madrasalar, karvonsaroylar, qal\u02bcalar, yo\u02bbl va ko\u02bbpriklar qurdirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Taqdirning qaltis sinovlarini mardona yengib o\u02bbtgan, 32 yoshda halok bo\u02bblgan azamat ajdodimizning hayot yo\u02bbli, shaxsiyati va jasorati barchamizga aslo eskirmaydigan bir haqiqatni uqtiradi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Vatan ozodligi, Vatan manfaati yo\u02bblida birlashib, mardi maydon bo\u02bblib kurashga bel bog\u02bblagan xalqni hech qanday kuch hech qachon yenga olmaydi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hurmatli marosim qatnashchilari!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mustaqillik yillarida Vatanimizda Jaloliddin Manguberdining o\u02bblmas xotirasini abadiylashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar barchangizga yaxshi ma\u02bclum. Xususan, davlatimizning yuksak mukofoti \u2013 Jaloliddin Manguberdi ordeni ta\u02bcsis etildi. Yurtimizda bu ulug\u02bb zotning tavallud sanalari munosib nishonlanmoqda. Uning hayoti va faoliyatiga bag\u02bbishlangan yangi-yangi ilmiy va badiiy asarlar yaratilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Buyuk ajdodimizning davomchilarini kamol toptirish maqsadida Urganchda Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litsey tashkil etdik. Bu mardlik maktabi joriy yil ilk bor o\u02bbquvchilarni o\u02bbz bag\u02bbriga qabul qilmoqda. Ularning barchasiga omad va zafarlar tilab, kelgusida bu navqiron avlod orasidan ulug\u02bb sarkardaning munosib izdoshlari bo\u02bblgan haqiqiy vatanparvar o\u02bbg\u02bblonlar, jasur ofitser va generallar yetishib chiqadi, deb ishonamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Aziz do\u02bbstlar!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Biz bugun ochilayotgan yodgorlik majmuasi loyihasi ustida juda ko\u02bbp ishladik. Ziyolilarimiz, keng jamoatchilikning fikr-mulohaza va takliflarini o\u02bbrgandik. Bo\u02bbyi 25 metr bo\u02bblgan ushbu mahobatli haykalda Sulton Jaloliddinning qat\u02bciyatli, mag\u02bbrur siymosida kelajakka katta ishonch va shiddat bilan intilayotgan xalqimizning vatanparvarligi, bukilmas irodasi o\u02bbz ifodasini topgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Haykal oldida Jaloliddin Manguberdi bitiktoshining nusxasi o\u02bbrnatildi. Bitiktosh nusxasida muqaddas Qur\u02bconi karim oyatlari, Jaloliddin Manguberdi shajarasi, ushbu yodgorlikning yaratilish tarixi aks ettirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Jaloliddin Manguberdi majmuasini barpo etish bilan birga, Urganch shahri va uning markaziy maydonida katta hajmdagi bunyodkorlik ishlari ham amalga oshirildi. Qariyb 8 gektarlik ushbu hudud butunlay yangicha qiyofa kasb etdi. Bu yerga 18 mingga yaqin manzarali daraxtlar, gullar va butalar ekildi. Shaharning markaziy maydoni ostidan o\u02bbtadigan, to\u02bbrt qatorli, uzunligi 500 metr bo\u02bblgan noyob avtomobil tunneli barpo etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hurmatli tantanali marosim ishtirokchilari!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu o\u02bbrinda aytish kerakki, oxirgi yillarda amalga oshirayotgan islohotlarimiz natijasida\u00a0barcha hududlar kabi Xorazm ham o\u02bbzgarmoqda. Xususan, o\u02bbtgan 5 yilda barcha tuman markazlari, 100\u00a0ga yaqin qishloq va mahallalar obod qilindi. Sayyohlar uchun 80 ta yangi mehmonxona qurildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Kelgusi 5 yilda viloyatda yangi mehmonxona va oilaviy mehmon uylari tashkil etilib, xorijiy turistlar soni 10\u00a0barobar oshiriladi, ya\u02bcni yarim milliongacha yetkaziladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cOchiq osmon ostidagi muzey\u201d nomini olgan Xiva shahriga temir yo\u02bbl yetib bordi va yangi vokzal ishga tushirildi. 2024 yilda esa tezyurar poyezdini Xivaga olib kelishni reja qilganmiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tulpor kabi uchqur, tezyurar poyezdga Jaloliddin Manguberdi nomini bersak, o\u02bbylaymanki, sizlar ham bu taklifni qo\u02bbllab-quvvatlaysizlar. Shuningdek, Urganch va Xiva shaharlari o\u02bbrtasidagi avtomobil yo\u02bbli bo\u02bbyida 100\u00a0dan ziyod zamonaviy servis obyektlari barpo etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan Xiva shahrining 2024 yilda\u00a0<strong>\u201cIslom dunyosining turizm poytaxti\u201d<\/strong>\u00a0deb e\u02bclon qilinishi\u00a0bu sohadagi islohotlarimizning munosib e\u02bctirofi bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Boshlagan ishlarimizning izchil davomi sifatida\u00a0vohada mahalliy va chet ellik sayyohlar uchun jozibador\u00a0<strong>\u201cXorazm\u201d turistik brendini yaratish<\/strong>\u00a0bo\u02bbyicha aniq reja asosida ish olib borilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xorazmga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini keskin oshirish uchun hududlararo va xalqaro transport qatnovlarini kengaytirish maqsadida zarur infratuzilmalar yaratiladi. Jumladan, yo\u02bblovchilar oqimi bo\u02bbyicha poytaxt aeroportidan keyingi o\u02bbrinda turadigan Urganch xalqaro aeroporti kelgusi 2 yilda rekonstruksiya qilinib, yirik turistik transport xabiga aylantiriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xabaringiz bor, siz, azizlar bilan maslahatlashib, xalqimiz, birinchi navbatda, yoshlarimizning fikri, xohish-istaklarini e\u02bctiborga olib, Urganch shahrida Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishini boshladik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu yerdagi 130 gektardan ziyod hududda Al-Xorazmiy universiteti va ixtisoslashgan maktabi, Al-Xorazmiy markazi, buyuk bobomizning ulug\u02bbvor haykali bunyod etiladi. Shuningdek, bu yerda texnopark, ishlab chiqarish zonasi va ofislar, tibbiyot, innovatsiya va madaniyat markazlari, maktab va bog\u02bbchalar, yashil maydon va xiyobonlar, sport majmualari, avtoturargoh, savdo va maishiy binolar, eng muhimi, aholi uchun 104 ta ko\u02bbp qavatli zamonaviy shinam uylar barpo etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xudo xohlasa, bu shaharcha ham xuddi Samarqanddagi \u201cBuyuk ipak yo\u02bbli\u201d xalqaro turizm markazi singari\u00a0mamlakatimizning eng go\u02bbzal va betakror maskanlaridan biriga, ta\u02bcbir joiz bo\u02bblsa, Urganch shahrining yuziga aylanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Fursatdan foydalanib, Xorazmda mana shunday ezgu ishlarni amalga oshirishda ishtirok etgan va mehnatini davom ettirayotgan barcha-barcha aziz insonlarga \u2013 quruvchi va muhandislarga, me\u02bcmor va haykaltaroshlarga, texnik mutaxassis va mutasaddilarga, chet ellik hamkorlarimizga, mehnatkash va olijanob Xorazm ahliga samimiy minnatdorchilik bildiraman.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhtaram yurtdoshlar!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bugungi marosimda ziyolilar, ayniqsa, yoshlar vakillari ishtirok etayotgani uchun bir masalaga alohida to\u02bbxtalib o\u02bbtmoqchiman.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Biz ko\u02bbplab muhtasham imoratlar qurishimiz, mahobatli haykallar barpo etishimiz mumkin. Ammo ushbu bunyodkorlik ishlarimizning tub ma\u02bcnosini, tarbiyaviy ahamiyatini xalqimiz, yoshlarimiz qalbiga singdirmasak, bu obidalarning ma\u02bcnaviy ibratini tushuntira olmasak, asosiy maqsadimizga yeta olmaymiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Biz bugun dunyoda va mintaqamizda turli tahdid va xatarlar kuchayib borayotgan notinch bir zamonda yashamoqdamiz. Ko\u02bbplab buzg\u02bbunchi kuchlar o\u02bbzlarining g\u02bbaraz niyatlari bilan yosh avlodning ongini egallashga urinmoqdalar. Bunday tahlikali vaziyatda jondan aziz farzandlarimizni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini hammamiz yaxshi tushunamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu sababli buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi singari vatanparvar, jasoratli ajdodlarimiz hayoti va faoliyatini chuqur o\u02bbrganish, uni xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o\u02bbrtasida keng targ\u02bbib etish barchamizning burchimizga aylanishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ayni vaqtda bu borada fidoyi olim va adiblarimiz tomonidan olib borilayotgan ilmiy-ijodiy izlanishlarni qo\u02bbllab-quvvatlashimiz, ularni yangi asarlar yaratishga rag\u02bbbatlantirishimiz lozim. Xususan, ana shunday izlanishlar tufayli Turkiyaning Silvan shahrida ulug\u02bb ajdodimizning qabri topilgani muhim ahamiyatga ega. Ushbu qardosh davlat bilan kelishib, bu yerda ramziy maqbara bunyod etsak, albatta, har tomonlama savobli ish bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Viloyat hokimligi hamda xorazmlik ziyolilarning sa\u02bcy-harakati bilan tuzilgan Jaloliddin Manguberdi fondi faoliyatini moddiy va ma\u02bcnaviy jihatdan qo\u02bbllab-quvvatlash choralarini ham ko\u02bbrishimiz zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Jaloliddin Manguberdining sharafli tarixini to\u02bblaqonli yoritib beradigan ilmiy ensiklopediya, ya\u02bcni qomus yaratish ham oldimizda turgan muhim vazifadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Chaqmoqdek qisqa umri mobaynida o\u02bbzbek xalqiga xos bo\u02bblgan Vatanga cheksiz muhabbat va sadoqat, yuksak harbiy salohiyatni namoyon etib yashagan Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk ajdodlarimiz bilan har qancha faxrlansak, g\u02bbururlansak, arziydi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Ishonaman, oradan yillar, asrlar o\u02bbtadi, Sulton Jaloliddin hamisha yurtimizni ko\u02bbz qorachig\u02bbidek asrab-avaylash, unga farzandlik mehri, iymon-e\u02bctiqod bilan xizmat qilishning o\u02bbchmas timsoli bo\u02bblib qoladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhtaram vatandoshlarim!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">So\u02bbzimning yakunida barchangizni bugungi qutlug\u02bb tarixiy voqea bilan, yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayramimiz bilan yana bir bor chin qalbimdan samimiy tabriklayman.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hammangizga tinchlik-omonlik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga bitmas-tuganmas qut-baraka tilayman.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Dunyoga Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk qahramonlarni bergan muqaddas zaminimiz, ona xalqimiz omon bo\u02bblsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mard va matonatli Xorazm elining doimo baxtini, omadini bersin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">E\u02bctiboringiz uchun rahmat.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Manba: <a href=\"https:\/\/uza.uz\/uz\/posts\/chinakam-mardlik-va-vatanga-cheksiz-sadoqatning-yorqin-timsoli_403145\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O\u02bbzA<\/a><\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti\u00a0Shavkat Mirziyoyevning Urganch shahrida\u00a0Jaloliddin Manguberdi haykalining ochilishiga bag\u02bbishlangan tantanali marosimdagi nutqi \u00a0 Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! Muhtaram mehmonlar! Qadrli Xorazm ahli! Bugun Mustaqillik bayrami arafasida xalqimizning buyuk farzandi Jaloliddin Manguberdi xotirasiga bag\u02bbishlab bunyod etilgan muhtasham yodgorlik majmuasini tantanali ravishda ochmoqdamiz. Hech shubhasiz, bunda chuqur ramziy ma\u02bcno bor. Nega deganda,\u00a0dunyodagi eng ulkan qahramonlik \u2013 &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":23802,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Chinakam mardlik va vatanga cheksiz sadoqatning yorqin timsoli - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Chinakam mardlik va vatanga cheksiz sadoqatning yorqin timsoli\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Chinakam mardlik va vatanga cheksiz sadoqatning yorqin timsoli - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Chinakam mardlik va vatanga cheksiz sadoqatning yorqin timsoli\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-08-30T04:24:36+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/przdntnutqi.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1024\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"682\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&lang=oz\",\"name\":\"Chinakam mardlik va vatanga cheksiz sadoqatning yorqin timsoli - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/przdntnutqi.jpg\",\"datePublished\":\"2022-08-30T04:24:36+00:00\",\"dateModified\":\"2022-08-30T04:24:36+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"Chinakam mardlik va vatanga cheksiz sadoqatning yorqin timsoli\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/przdntnutqi.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/przdntnutqi.jpg\",\"width\":1024,\"height\":682},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Chinakam mardlik va vatanga cheksiz sadoqatning yorqin timsoli\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Chinakam mardlik va vatanga cheksiz sadoqatning yorqin timsoli - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"Chinakam mardlik va vatanga cheksiz sadoqatning yorqin timsoli","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Chinakam mardlik va vatanga cheksiz sadoqatning yorqin timsoli - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Chinakam mardlik va vatanga cheksiz sadoqatning yorqin timsoli","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-08-30T04:24:36+00:00","og_image":[{"width":1024,"height":682,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/przdntnutqi.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&lang=oz","name":"Chinakam mardlik va vatanga cheksiz sadoqatning yorqin timsoli - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/przdntnutqi.jpg","datePublished":"2022-08-30T04:24:36+00:00","dateModified":"2022-08-30T04:24:36+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"Chinakam mardlik va vatanga cheksiz sadoqatning yorqin timsoli","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/przdntnutqi.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/przdntnutqi.jpg","width":1024,"height":682},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23805&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Chinakam mardlik va vatanga cheksiz sadoqatning yorqin timsoli"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23805"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=23805"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23805\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23806,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23805\/revisions\/23806"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/23802"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=23805"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=23805"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=23805"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}