{"id":23752,"date":"2022-08-26T08:55:49","date_gmt":"2022-08-26T03:55:49","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=23752"},"modified":"2022-08-25T15:42:09","modified_gmt":"2022-08-25T10:42:09","slug":"dahb%d0%b5d-maktabi-va-uning-tasavvufdagi-o%ca%bbrni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&lang=oz","title":{"rendered":"DAHB\u0415D MAKTABI VA UNING TASAVVUFDAGI O\u02bbRNI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201cInsonning vazifasi Allohi taolo tomonidan uning izmiga berilgan tiriklik olamini yashnatishdan, bu dunyo ne\u02bcmatlaridan kelgusi avlodlarni xam bahramand qilishdan iboratdir\u201d\u00a0<\/em><strong><em>Maxdumi A\u02bczam Kosoniy<\/em><\/strong><strong><em>.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2017 yil 15 iyun kuni Toshkent shahrida \u201cIjtimoiy barqarorlikni ta\u02bcminlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash \u2013 davr talabi\u201d mavzusida bo\u02bblib o\u02bbtgan anjumanda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev \u201cMamlakatimizning deyarli barcha hududlarida dinimiz ravnaqi yo\u02bblida beqiyos xizmat qilgan buyuk aziz-avliyolar, alloma zotlar xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmualari, ilmiy markazlar faoliyat ko\u02bbrsatmoqda. Ularning qoshida islom dinining alohida yo\u02bbnalishlari bo\u02bbyicha ilm olishga, mutaxassis bo\u02bblishga tayyorlab boradigan ilmiy maktablar tashkil etsak, nima deysizlar?\u201d, degan murojaatlari anjuman ishtirokchilari tomonidan ko\u02bbtarinki kayfiyatda qabul qilindi[1].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anjumanda yig\u02bbilganlar Prezidentimizning \u201cKelgusida chuqur bilimli imom-xatiblar, islomshunos mutaxassislar, ulamolar tayyorlashda, eng muhimi, farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, sog\u02bblom e\u02bctiqod ruhida tarbiyalashda bu maktablar tayanch bo\u02bblib xizmat qiladi. Imom Buxoriy bobomiz yodgorlik majmuasida bo\u02bblganimda bu masalaning naqadar muhim va dolzarb ekanini ayniqsa chuqur his etdim\u201d [1] degan fikrlari bugungi kunda jamiyatda yoshlarimiz tarbiyasida muhim ahamiyatiga ega ekanligi o\u02bbz isbotini topib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu maqsadda Prezidentimizning Samarqandda \u2013 Imom Buxoriy xalqaro markazida hadisshunoslik, Imom Moturidiy markazida kalom ilmi, Farg\u02bbonada \u2013 Marg\u02bbinoniy ilmiy markazida islom huquqi, Buxoroda \u2013 Bahouddin Naqshband markazida tasavvuf, Qashqadaryoda \u2013 Abu Muin Nasafiy markazida aqida ilmi maktablarini tashkil etish, kelgusida chuqur bilimli imom-xatiblar, islomshunos mutaxassislar, ulamolar tayyorlashda, eng muhimi, farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, sog\u02bblom e\u02bctiqod ruhida tarbiyalashda bu maktablar tayanch bo\u02bblib xizmat qilishini amalda isbotlashimiz kerak. Chunki, jahon fani, diniy ilmlarni rivojlanishida qo\u02bbshgan hissasida mutasavviflarimiz, muhaddislarimiz, mutakallimlarimizda ana shunday maktablarning ahamiyati katta bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday maktablardan biri XVI asrda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan Dahbed maktabi bo\u02bblib, naqshbandiya ta\u02bclimotini dunyoga tarqalishiga muhim rol o\u02bbynagan. Maktabning asoschisi naqshbandiya tariqatining nazariyotchisi Maxdumi A\u02bczamning to\u02bbliq ismi Sayyid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jaloliddin Kosoniy Dahbediydir. U Farg\u02bbona vodiysining Koson shahrida tavallud topgan. Kosoniyning otasi Qoraxoniylar (840-1212) sulolasiga mansub sultonlardan Burhoniddin Qilich (XI asr) avlodlaridan bo\u02bblib, onasi esa Koson sayyidlari oilalariga mansub edi. Maxdumi A\u02bczam ilk ta\u02bclimni Koson maktablaridan birida olgan. So\u02bbng Axsikatda, Xoja Muborak madrasasida o\u02bbqishni davom ettiradi. Kosoniyning domlasi Mulla Ziyo o\u02bbz shogirdining a\u02bclo darajadagi qobiliyatini e\u02bctiborga olib, unga \u201cilm uz-zohir\u201d va \u201cilm ul-botin\u201d dan yaxshi ta\u02bclim beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mutasavvifning Sayyid Ahmad Kosoniyning tariqat ilmidagi favqulodda iste\u02bcdod va qobiliyatlari tufayli o\u02bbz davrining zabardast ulamolari tomonidan e\u02bctirof etilib, \u201cMaxdumi A\u02bczam\u201d unvoniga musharraf bo\u02bbladilar. \u201cMahdum\u201d \u2013 xizmat qiluvchi odam. Odatda u piru ustozlarga beriladigan taxallus, chunki ularga o\u02bbz muridlari va shogirdlari xizmat qilishadi. Bu taxallusni ba\u02bczi joylarda piru ustoz va ulamolarning o\u02bbg\u02bbillariga nisbatan ham ishlatadilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Naqshbandiya tariqatining nazariyotchi piri murshidi Hazrati Maxdumi A\u02bczami Dahbediy va ushbu tariqatning yirik namoyandasi Maxdumi A\u02bczam Hofiz al-Basir, kubraviya tariqatining piru muridi Hazrati Maxdumi Xorazmiylar shunday muborak va sharafli nom bilan sharaflanganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cA\u02bczam\u201d, ya\u02bcni ulug\u02bb degan ma\u02bcnoga ega. Tasavvuf va fiqhshunoslik ilmlari bobida uch buyuk zot \u201cA\u02bczam\u201d (Ulug\u02bb) unvonini olishgan. Bular Imomi A\u02bczam [2], G\u02bbavsul A\u02bczam [3] va Maxdumi A\u02bczam.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dahbed maktabi va uning faoliyati nafaqat Markaziy Osiyoda balki uzoq G\u02bbarbda ham keng o\u02bbrganilgan. Masalan, Buyuk Britaniyalik manbashunos olim Algar Hamid o\u02bbzining \u201cDahbidiya\u201d nomli maqolasida naqshbandiya tariqati piri Maxdumi A\u02bczam hamda u kishining avlodlari faoliyatiga yuqori baho beradi[4]. Rus tadqiqotchisi professor N.Veselovskiyning \u201cDagbed\u201d nomli tadqiqotida ham Maxdumi A\u02bczamning qabrtoshlaridan ko\u02bbchirilgan to\u02bbliq shajarasi keltirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maxdumi A\u02bczam shariat va tariqat ilmiga oid, axloq va ilohiyot masalalariga doir o\u02bbttizdan ortiq diniy, falsafiy, axloqiy, ilmiy va adabiy risolalarni yozib qoldirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mutasavvif \u201c<strong>Asror un-nikoh<\/strong>\u201d risolasida muridlarni kuz shabadasi singari daraxtlarning yaprog\u02bbini xazon qilib ularni g\u02bbaflat tomon yetaklovchi noqobil \u201cpirlar\u201dning bexosiyat nafaslaridan ogoh bo\u02bblish lozimligini uqtiradi. Maxdumi A\u02bczam har bir jamiyatning kelajagini uning qo\u02bbynida o\u02bbsib, ulg\u02bbayayotgan yoshlarning yetarli va to\u02bbliq parvarish olishga bog\u02bbliq degan g\u02bboyani ilgari surgan. Bu masalada loqaydlik qilish yoki e\u02bctiborsiz bo\u02bblishning oqibati halokat ekanligidan ogoh etganlar. Bu esa Dahbed maktabining qanchalik ahamiyatli ekanligini ko\u02bbrsatib beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maxdumi A\u02bczamning izdoshlari, muridlari va muxlisla\u00adri juda ko\u02bbp bo\u02bblgan. Manbalarda Maxdumi A\u02bczamni oltmishta avliyoni yetishtirgan murshid, (piri shasti) deb atashgan. Ko\u02bbpchilik hukmdorlar, davlat arboblari, shoiru ulamolar, unga qo\u02bbl berib murid bo\u02bblishgan. Jumladan, mutasavvif shayxlardan Muhammad Islom (1494-1563), Mavlono Lutfulloh ( 967\/ 1559-979\/ 1571), Mavlono Poyanda (1601.v.e.), Shayboniy hukmdorlaridan Ubaydulloxon (1538.v.e.), Abdulazizxon (1550.v.e.), Jonibek Sulton (1529.v.e.), temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) unga murid tushishgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBuxoro avliyolarining tarixi\u201d asarida Poyanda Muhammad Axsiy Fayziobodiyning faoliyati jo\u02bbybor shayxlari bilan chambarchas bog\u02bblangan, deb ma\u02bclumot berilgan. Aslida Poyanda (abadiy, davom etuvchi. \u2013Z.E.) hazrati Maxdumi A\u02bczamning eng yaqin muridlaridan biri bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maxdumi A\u02bczamdan keyin naqshbandiya tariqatiga Jo\u02bbybor shayxlari piru murshidlik qilgan va naqshbandiyaning O\u02bbrta Osiyo tarmog\u02bbining markazi yana Buxoroga ko\u02bbchgan. Ma\u02bclumki, naqshbandiya tasavvufiy ta\u02bclimoti va tariqati Buxoroda Bahouddin Naqshband tomonidan asoslangan. Uning xalifalari Alouddin Attor, Muhammad Porso va Ya\u02bcqubi Charxiylar uni rivojlantirganlar. Ya\u02bcqubi Charxiydan naqshbandiya ta\u02bclimotini olgan Xoja Ahrori Valiy bu tariqatni Turkiya va Hindistonda yoyilishi, shu tufayli butun jahonga tarqalishiga sabab bo\u02bblgan. Uning g\u02bboyalarini Muhammad Qozi orqali Maxdumi A\u02bczam rivojlantirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuni alohida ta\u02bckidlash lozimki, birinchidan, Maxdumi A\u02bczam vafotidan so\u02bbng naqshbandiya tariqatlarida xalifalar o\u02bbrtasida pirning maqomini olish, irshod huquqini qo\u02bblga kiritishga intilish kuchaygan deyish mumkin. Pirlik maqomini, irshod ijozatnomasini olish bo\u02bbyicha naqshbandiya tariqatining namoyandalari Maxdumi A\u02bczamning muridlari Xoja Islom Jo\u02bbyboriy va Mavlona Lutfulloh o\u02bbrtasida kurash kuchaygan deyish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prof. A.A. Semyonov Mahdumi A\u02bczamning muridi Mavlono Lutfulloh Chustiyning [5] ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida fikr yuritgan. Amerikalik tadqiqotchi Vess Devin ham naqshbandiya-kubroviya ta\u02bclimotining ba\u02bczi kelishmovchiliklari haqida aytib o\u02bbtgan. Unda Mavlono Lutfulloh Chustiy bilan kubraviya tariqati namoyandalari o\u02bbrtasidagi kelishmovchilik bo\u02bbyicha so\u02bbz ketadi. Ushbu tadqiqotlarda manbalarga asoslangan holda, Mavlono Lutfullohni turli shahar va viloyatlarda ma\u02bclum ta\u02bcsirga ega bo\u02bblgan shayxlarning pinhona va goho oshkora hujumi qurshovida qolganini ko\u02bbrsatib o\u02bbtganlar. Bu holatdan ma\u02bclumki, Markaziy Osiyoda Maxdumi A\u02bczam vafotidan keyingi davrda naqshbandiya maktablari ichidagi raqobat tobora keskinlashib borgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarni o\u02bbrganish natijasida shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, Xoja Islom Samarqand, Karmana, Buxoro viloyatlarida, Mavlono Lutfulloh esa, Toshkent, Farg\u02bbona vodiysi, Hisor, Afg\u02bboniston hududlarida naqshbandiya tariqatidagi faoliyatlarini olib borganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dahbediya maktabining XVIII asr vakillari to\u02bbg\u02bbrisida tadqiqotchi Xaydarxon Yuldashxodjayev \u201cMusoxon Dahbediyning Naqshbandiya-mujaddidiya tariqati rivojida tutgan o\u02bbrni\u201d (XVIII asr) mavzuidagi dissertatsiyasida alohida to\u02bbxtalib o\u02bbtgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musoxon Dahbediy Maxdumi A\u02bczam Kosoniy Dahbediy (1461-1542) avlodlaridan bo\u02bblib, Samarqanddan 15 km shimolda joylashgan Dahbed mavzesida dunyoga kelgan. Ilk tahsilini Samarqanddagi Tillakori madrasasida olgan Musoxon Dahbediy keyinchalik Kubraviya tariqatidan ko\u02bbzga ko\u02bbringan vakili Muhammad Rizo Qarnakiy hamda Naqshbandiya-Mujaddidiya tariqatidan Miyon Obid Jahonobodiy (vaf. 1738-39) qo\u02bblida ta\u02bclim oladi. Shayx Muhammad Obid Musoxon Dahbediyga to\u02bbrt tariqat: Naqshbandiya, Qodiriya, Suhravardiya va Chishtiyaga rahbarlik qilish ijozatini bergan. 1756 yillarda Musoxon Dahbediy va uning izdoshlari Hindistondan Samarqandga keladi. Shu tariqa Naqshbandiya ta\u02bclimotining markazi Hindistondan Markaziy Osiyoga ko\u02bbchadi. Musoxon Dahbed maktabining faoliyat doirasi butun Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkiston, Xuroson, Hindiston o\u02bblkalarini o\u02bbz ichiga qamrab olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, Musoxon Dahbediy Naqshbandiya-Mujaddidiya sulukining nazariy rivojiga katta hissa qo\u02bbshdi, Naqshbandiya tariqatini e\u02bctiqod va amaliyot borasidagi turli xurofotlardan tozalab, asarlarida tariqat ta\u02bclimotini Qur\u02bcon va sunna asosida qayta ishlab chiqdi. Naqshbandiya tariqati Movarounnahrda tashkil topib, shu makonda gurkirab rivojlangan bo\u02bblsa-da, lekin XVII asrning ikkinchi yarmidan boshlab, uning markazi Hind diyoriga ko\u02bbchgan edi. Musoxon Dahbediy bu tariqatni o\u02bbz diyori \u2013 Movarounnahrga qaytarib olib keldi va rivojlantirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqotlar shuni ko\u02bbrsatadiki Dahbed maktabi o\u02bbz vaqtida Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy hayotda muhim o\u02bbrin egallagan. Maxdumi A\u02bczam merosidan bizgacha yetib kelgan risolalalar globallashuv sharoitida yoshlarni g\u02bboyaviy-tarbiyaviy immunitetini kuchaytirishda, oila farovonligi va nikoh tushunchalarini qadrlashni shakllanishida foydalanish yo\u02bbllarini tadqiq etishda muhim ahamiyatga egadir.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u201cIjtimoiy barqarorlikni ta\u02bcminlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash \u2013 davr talabi\u201d mavzusidagi anjumanda prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ma\u02bcruzasi; 2017 yil 15 iyun, Toshkent.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">699-767 yillarda yashagan: \u201cXanafiya\u201d mazhabining asoschisi.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">1079-1166 yillarda yashagan: \u201cQodiriya\u201d tariqatining asoschisi.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Algar Hamid. Dahbidiya.<a href=\"http:\/\/www.iranicaonline.org\/articles\/dahbidiya\">http:\/\/www.iranicaonline.org\/articles\/dahbidiya<\/a>. Internet ma\u02bclumoti.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Semyonov A.A. Unikaln\u044by pamyatnik agiograficheskoy sredneaziatskoy literatur\u044b XYI v \/\/ Izvestiya Uzbekistanskogo filiala Akademii nauk SSSR, \u2116 12 (1940), S. 42-52; \u2116 13 (1941).<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Erkin ZOYIROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0Buxoro muhandislik texnologiya instituti<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cIjtimoiy fanlar\u201d kafedrasi dotsenti<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Doniyor G\u02bbAFUROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>tadqiqotchi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cInsonning vazifasi Allohi taolo tomonidan uning izmiga berilgan tiriklik olamini yashnatishdan, bu dunyo ne\u02bcmatlaridan kelgusi avlodlarni xam bahramand qilishdan iboratdir\u201d\u00a0Maxdumi A\u02bczam Kosoniy. 2017 yil 15 iyun kuni Toshkent shahrida \u201cIjtimoiy barqarorlikni ta\u02bcminlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash \u2013 davr talabi\u201d mavzusida bo\u02bblib o\u02bbtgan anjumanda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev \u201cMamlakatimizning deyarli barcha hududlarida dinimiz ravnaqi yo\u02bblida beqiyos xizmat &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":23750,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>DAHB\u0415D MAKTABI VA UNING TASAVVUFDAGI O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"DAHB\u0415D MAKTABI VA UNING TASAVVUFDAGI O\u02bbRNI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"DAHB\u0415D MAKTABI VA UNING TASAVVUFDAGI O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"DAHB\u0415D MAKTABI VA UNING TASAVVUFDAGI O\u02bbRNI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-08-26T03:55:49+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-08-25T10:42:09+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_126.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&lang=oz\",\"name\":\"DAHB\u0415D MAKTABI VA UNING TASAVVUFDAGI O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_126.jpg\",\"datePublished\":\"2022-08-26T03:55:49+00:00\",\"dateModified\":\"2022-08-25T10:42:09+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"DAHB\u0415D MAKTABI VA UNING TASAVVUFDAGI O\u02bbRNI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_126.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_126.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"DAHB\u0415D MAKTABI VA UNING TASAVVUFDAGI O\u02bbRNI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"DAHB\u0415D MAKTABI VA UNING TASAVVUFDAGI O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"DAHB\u0415D MAKTABI VA UNING TASAVVUFDAGI O\u02bbRNI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"DAHB\u0415D MAKTABI VA UNING TASAVVUFDAGI O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"DAHB\u0415D MAKTABI VA UNING TASAVVUFDAGI O\u02bbRNI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-08-26T03:55:49+00:00","article_modified_time":"2022-08-25T10:42:09+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_126.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&lang=oz","name":"DAHB\u0415D MAKTABI VA UNING TASAVVUFDAGI O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_126.jpg","datePublished":"2022-08-26T03:55:49+00:00","dateModified":"2022-08-25T10:42:09+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"DAHB\u0415D MAKTABI VA UNING TASAVVUFDAGI O\u02bbRNI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_126.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_126.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23752&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"DAHB\u0415D MAKTABI VA UNING TASAVVUFDAGI O\u02bbRNI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23752"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=23752"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23752\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23753,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23752\/revisions\/23753"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/23750"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=23752"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=23752"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=23752"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}