{"id":23695,"date":"2022-08-24T12:02:55","date_gmt":"2022-08-24T07:02:55","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=23695"},"modified":"2022-08-24T12:02:55","modified_gmt":"2022-08-24T07:02:55","slug":"imom-buxoriy-samarqandda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&lang=oz","title":{"rendered":"IMOM BUXORIY SAMARQANDDA"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yurtimizdan yetishib chiqqan eng mashhur muhaddislardan biri, shubhasiz, Imom Buxoriydir. U kishi o\u02bbz davrida hadis ilmi rivoji uchun beqiyos xizmat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xatib Bag\u02bbdodiy: \u201cImom Buxoriy barcha shaharlardagi muhaddislarning oldiga borgan. Xuroson, Jibol, Iroqning barcha shaharlari, Hijoz, Shom, Misrda hadis yozgan va Bag\u02bbdodda bir-necha marta bo\u02bblgan\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Demak, Imom Buxoriy ilm talab qilib Makka, Madina, Toif, Jidda, Basra, Kufa, Bag\u02bbdod, Misr va Jazira (Dajla va Furot daryosining orasida joylashgan mintaqa. Muhim shaharlari \u2013 Harron, Ruho, Raqqa, Mavsil va boshqalar)ga safar qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ammo Xuroson va uning atrofidagi Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Vosit kabi shaharlar Imom Buxoriy ko\u02bbp ziyorat qilib yurgan joylar bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy Nasafga kelib, shu yerda bir muddat yashagan. Imom Buxoriy Nasaf ulamolariga alohida ehtirom bilan qaragan. Nasaflik muhaddislarning ishonchli ekanligiga guvohlik berib, boshqalarni ulardan hadis eshitishga chorlagan. Buxorolik muhaddisning ehtiromiga sazovor bo\u02bblgan ana shunday olimlardan biri Nasafda ellik yildan ortiq qozilik vazifasini ado etgan Abu Zayd Tufayl ibn Zayd Nasafiydir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy Nasafdan chiqqan kuni Abu Zayd Nasafiy haqida bunday deydi: \u201cIlm ahlidan Abdulloh ismli mingta shayxni ko\u02bbrdim, ammo ular orasida shayxingiz Tufayl ibn Zayddan odobliroq kishini uchratmadim\u201d. Abu Zayd Nasafiy fiqh ilmi bilan birga hadis ilmini ham puxta egallagan edi. Imom Buxoriy olimning hadis ilmida ishonchli roviy ekanligiga guvohlik berib bunday deydi: \u201cTufayl ibn Zayddan Yahyo ibn Bukayr hadislarini eshiting\u201d. Nasaflik bir nechta ulamolar \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan ta\u02bclim olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy Samarqandga ham kelgan va ushbu shahardagi ulamolar bilan ilmiy suhbat o\u02bbtkazgan. Ehtimol, buyuk muhaddis Nasafda yashagan paytida Samarqandga ham kelib-ketgandir. Imom Buxoriyning Samarqandga kelganini, ushbu shaharda hadis ilmining rivojlanganini hamda ko\u02bbplab muhaddislarning bu joyda jam bo\u02bblishi haqidagi fikrimizni quyidagi ma\u02bclumot ham tasdiqlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy bunday deydi: \u201cMen Sulaym ibn Mujohiddan eshitdim. U: \u201cMen Abul Azhardan eshitganman\u201d, dedi. Abul Azhar: \u201cSamarqandda to\u02bbrt yuzta muhaddis yetti kun to\u02bbplanib Muhammad ibn Ismoil Buxoriyni adashtirishga harakat qildi. Shomning sanadini Iroqning sanadiga, Iroqning sanadini Shomning sanadiga, Yamanning sanadini Haramayn (Makka va Madina)ning sanadiga va Haramayn (Makka va Madina)ning sanadini Yamanning sanadiga almashtirdi. Ular Imom Buxoriyni sanadda ham matnda ham biror xato bilan to\u02bbxtata olmadi\u201d, degan edi\u201d. Imom Buxoriy Samarqandga kelgan vaqtda bu shaharda bu kishini imtihon qilib, buyuk muhaddis bilan tenglasha oladigan yoki tenglashishga harakat qilgan to\u02bbrt yuz muhaddisning bu shaharda istiqomat qilishining o\u02bbzi ham bu joyda hadis ilmining rivojlanganiga ishonchli misol bo\u02bbla oladi. Ammo Imom Buxoriyning bu shaharga qachon kelgani va qancha muddat turgani haqida ma\u02bclumot yo\u02bbq. Manbalarda yuqorida keltirilgan ma\u02bclumotdan boshqasini uchratmadik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tarixiy manbalardan Imom Buxoriyning Samarqandga ikkinchi marta kelgani va Xartang qishlog\u02bbida sodir bo\u02bblgan voqealar haqidagi ma\u02bclumotlarni qidirganimizda, umrining oxirgi kunlarini G\u02bbolib ibn Jabroil Xartangiyning uyida o\u02bbtkazganiga duch kelamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy Buxorodan chiqqanda, samarqandliklar unga maktub yozib, Samarqandga chaqirdi. Alloma shu shaharga qarab yo\u02bblga chiqdi. Samarqanddan uch farsax masofadagi Xartang qishlog\u02bbiga yetganda, samarqandliklar orasida ixtilof chiqqani haqidagi xabar keldi. Bu qishloqda uning qarindoshlari bor edi. Shu sababli ish aniq bo\u02bblguncha qarindoshlarinikida qoldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Mansur G\u02bbolib ibn Jabroil Xartangiy Imom Buxoriyning qarindoshlaridan biri bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ibn Adiy aytadi: \u201cAbdulquddus ibn Abdujabbor Samarqandiyning bunday deganini eshitdim: \u201cMuhammad (ibn Ismoil Buxoriy) Xartangdagi qarindoshlarinikiga kelganda, bir kecha namozni o\u02bbqib bo\u02bblib: \u201cEy Allohim! Keng yer menga torlik qilib qoldi. Mening jonimni qabz qilib, O\u02bbz huzuringga olgin\u201d, deb duo qilganini eshitdim. Bir oy o\u02bbtmasdan vafot etdi. Uning qabri Xartangdadir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shundan faraz qilish mumkinki, Imom Buxoriy Xartang qishlog\u02bbiga kelganda, qarindoshi Abu Mansurning uyida mehmon bo\u02bblgan va chamasi bir oycha yashagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xatib Bag\u02bbdodiy \u201cAl-Muttafiq val muftariq\u201d asarida Abu Mansurning tarjimai holini keltirgan. Xatib Bag\u02bbdodiy aytadi: \u201cAzhariy menga: \u201cBizga Abu Sa\u02bcd Idrisiy aytib bergan edi\u201d, deb xabar qildi: \u201cG\u02bbolib ibn Jabroil Xartangiy Samarqandiy, kunyasi Abu Mansur bo\u02bblgan shayxdir. Muhammad ibn Ismoil uning uyiga mehmon bo\u02bblib tushgan va uning xonadonida vafot etgan. G\u02bbolib ibn Jabroil uning dafn marosimini o\u02bbtkazgan. Muhammad ibn Ismoilning nusxa ko\u02bbchiruvchisi Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy o\u02bbshani G\u02bbolib ibn Jabroildan hikoya qilgan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Idrisiy aytadi: \u201cUning musnad hadisi borligini bilmayman. U ilm ahlidan bo\u02bblgan, deyiladi. Undan Muhammad ibn Ismoilning fazilatlari haqidagi hikoyalar rivoyat qilingan. Menga G\u02bbolib ibn Jabroil Imom Buxoriydan ozgina keyin vafot etdi va uning yoniga dafn etilishini vasiyat qildi, deb aytildi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abdulkarim Sam\u02bconiy \u201cAnsob\u201d asarida bunday deydi: \u201cXartang Samarqanddan uch farsax masofada joylashgan qishloq. Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy shu yerda vafot etgan. Ziyorat qilish uchun u yerga to\u02bbrt marta borganman. Ushbu qishloqqa nisbat berilgan mashhur kishilardan biri Abu Mansur G\u02bbolib ibn Jabroil Xartangiydir. Muhammad ibn Ismoil Buxoriy Xartangga kelganda, uning uyiga tushgan va xonadonida vafot etgan. U Imom Buxoriyning dafn marosimini o\u02bbtkazgan. Aytilishicha, u (Abu Mansur G\u02bbolib ibn Jabroil Xartangiy) ilm ahlidan bo\u02bblgan. Undan Imom Buxoriyning fazilatlari haqidagi hikoyalar rivoyat qilingan. U Imom Buxoriydan ozgina keyin vafot etgan va qabri yoniga dafn etilishini vasiyat qilgan. Imom Buxoriy 256\/870 yili Ramazon hayitiga o\u02bbtar kechasi vafot etgan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy aytadi: \u201cUyiga Abu Abdulloh Buxoriy mehmon bo\u02bblib tushgan Abu Mansur G\u02bbolib ibn Jabroilning bunday deganini eshitdim: \u201cU biznikida bir necha kun yashadi. So\u02bbng betob bo\u02bblib, ahvoli og\u02bbirlashdi. Hatto Muhammad ibn Ismoil Buxoriyni olib ketish haqida Samarqand shahriga elchi yuborilgan edi. Elchi yetib kelishi bilan safarga tayyorgarlik boshlandi. U ikki mahsisini kiyib, sallasini o\u02bbradi. Men bir qo\u02bblidan, boshqa bir odam ikkinchi qo\u02bblidan ushlab, uloviga mindirish uchun yetakladik. Chamamda yigirma qadam nari-beri yurdi. Shunda u: \u201cMeni qo\u02bbying, zaiflashib qolibman\u201d, dedi-da, uzoq duo qildi. So\u02bbng holsizligi yanada kuchayib, yerga chalqancha bo\u02bblib yotdi-da, shu holda vafot etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Uning badanidan ta\u02bcrifga til ojiz bo\u02bbladigan darajada ko\u02bbp ter chiqdi. Kafanlagunimizga qadar to\u02bbxtamadi. U bizga: \u201cMeni qomis (ko\u02bbylak) va imoma (salla)si bo\u02bblmagan uchta oq kiyim bilan kafanlang\u201d, deb vasiyat qilgan edi. Aytganidek qildik. Dafn qilganimizda qabri tuprog\u02bbidan atrofga mushkdan-da xushbo\u02bbyroq o\u02bbtkir hid tarala boshladi va bu holat bir necha kun davom etdi. So\u02bbng osmonga Imom Buxoriy qabri uzra oppoq cho\u02bbziq doira ko\u02bbtarildi. Odamlar bundan hayratga tushib qoldi. Afsuski, ular qabr tuprog\u02bbini olib keta boshladi. Hatto qabr ochilib qolayozdi. Biz qabrga qo\u02bbriqchilik qilishga harchand urinmaylik, buning uddasidan chiqa olmadik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shunda qabrga hech kim tegmasligi uchun atrofiga yog\u02bbochdan panjara o\u02bbrnatdik. So\u02bbng bid\u02bcatchilar marqad atrofidagi tuproqlarni olib keta boshladi, lekin qabrning tuprog\u02bbiga tegina ololmadi. Xushbo\u02bby hid taralishi ancha vaqtgacha davom etdi. Shahar aholisi ajablanib, buni gapirishdan to\u02bbxtamadi. Uning martabasi vafotidan keyin dushmanlari nazdida ham aniq-ravshan bo\u02bbldi. Ba\u02bczi dushmanlari qabriga kelib, qilgan yomon ishlaridan pushaymonlik bildirdi va tavba qildi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy aytadi: \u201cAbu Mansur G\u02bbolib ibn Jabroil Xartangiy Imom Buxoriydan keyin juda kam umr ko\u02bbrdi. Vafotidan keyin o\u02bbzini Imom Buxoriyning yoniga dafn etishni vasiyat qildi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ushbu ma\u02bclumotlardan Imom Buxoriyning kotibi va xos shogirdi Abu Ja\u02bcfar Varroq Buxoriy ustozi bilan birga Samarqandga kelmaganini bilib olish mumkin. Chunki u Imom Buxoriyning Xartang qishlog\u02bbiga kelgani, qarindoshlarinikida qolgani, shu yerda betob bo\u02bblib, vafot etgani va shundan so\u02bbng sodir bo\u02bblgan ajoyib voqealar haqidagi ma\u02bclumotlarni G\u02bbolib ibn Jabroildan hikoya qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tarix kitoblarida keltirilgan ma\u02bclumotlardan qo\u02bbyidagilarni xulosa qilishimiz mumkin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">* Imom Buxoriy Nasafda bir muddat yashagan va shu yerdagi talabalarga \u201cSahihul Buxoriy\u201ddan dars bergan. Bir nechta nasaflik ulamolar ushbu kitobdan dars berish uchun ijozat olib qolgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">* Nasafda yashagan paytida Samarqandga kelgan va ushbu shahardagi to\u02bbrt yuzta muhaddis yetti kun to\u02bbplanib Muhammad ibn Ismoil Buxoriyni imtihon qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">* Imom Buxoriy Samarqandga kelgan vaqtda bu shaharda buyuk muhaddis bilan tenglasha oladigan yoki tenglashishga harakat qilgan to\u02bbrt yuz muhaddis istiqomat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">* Imom Buxoriy umrining oxirida Buxorodan chiqib, Samarqandga yo\u02bbl olgan va ba\u02bczi sabablarga ko\u02bbra Xartangda yashaydigan qarindoshlaridan biri Abu Mansur G\u02bbolib ibn Jabroilning uyida qolgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">* Shu yerda betob bo\u02bblib, vafot etgan va dafn qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">* Abu Mansur G\u02bbolib ibn Jabroil Xartangiy Samarqandiy ilm ahlidan bo\u02bblgan va Imom Buxoriyning dafn marosimini o\u02bbtkazgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">* Abu Mansurdan Imom Buxoriyning fazilatlari haqidagi hikoyalar va vafot etganidan keyin sodir bo\u02bblgan ajoyib voqealar rivoyat qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">* Abu Mansur Xartangiy Imom Buxoriydan keyin juda kam yashagan va vafotidan so\u02bbng buyuk muhaddisning yoniga dafn etilgan.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Abduvosi SHONAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yurtimizdan yetishib chiqqan eng mashhur muhaddislardan biri, shubhasiz, Imom Buxoriydir. U kishi o\u02bbz davrida hadis ilmi rivoji uchun beqiyos xizmat qilgan. Xatib Bag\u02bbdodiy: \u201cImom Buxoriy barcha shaharlardagi muhaddislarning oldiga borgan. Xuroson, Jibol, Iroqning barcha shaharlari, Hijoz, Shom, Misrda hadis yozgan va Bag\u02bbdodda bir-necha marta bo\u02bblgan\u201d, degan. Demak, Imom Buxoriy ilm talab qilib Makka, Madina, Toif, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":23694,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>IMOM BUXORIY SAMARQANDDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"IMOM BUXORIY SAMARQANDDA\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"IMOM BUXORIY SAMARQANDDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"IMOM BUXORIY SAMARQANDDA\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-08-24T07:02:55+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_124-1.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&lang=oz\",\"name\":\"IMOM BUXORIY SAMARQANDDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_124-1.jpg\",\"datePublished\":\"2022-08-24T07:02:55+00:00\",\"dateModified\":\"2022-08-24T07:02:55+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"IMOM BUXORIY SAMARQANDDA\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_124-1.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_124-1.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"IMOM BUXORIY SAMARQANDDA\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"IMOM BUXORIY SAMARQANDDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"IMOM BUXORIY SAMARQANDDA","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"IMOM BUXORIY SAMARQANDDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"IMOM BUXORIY SAMARQANDDA","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-08-24T07:02:55+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_124-1.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&lang=oz","name":"IMOM BUXORIY SAMARQANDDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_124-1.jpg","datePublished":"2022-08-24T07:02:55+00:00","dateModified":"2022-08-24T07:02:55+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"IMOM BUXORIY SAMARQANDDA","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_124-1.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/bukhari_buxoriy2022_124-1.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=23695&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"IMOM BUXORIY SAMARQANDDA"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23695"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=23695"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23695\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23696,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/23695\/revisions\/23696"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/23694"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=23695"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=23695"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=23695"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}